izzatkhoja | Unsorted

Telegram-канал izzatkhoja - Izzatxo'ja Asomiddinov

274

👉 SMM, loyiha (product) menejeri; 👉 @talabayoshlar, @kitobxonyoshlar sahifalari hamda @kitob_muhokamasi, "Birga kitob o'qiymiz" loyihalari muallifi; 👉 Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibi; 👉 Eng asosiysi Allohning oddiygina bandasi.

Subscribe to a channel

Izzatxo'ja Asomiddinov

#Muqaddasdir_Vatan_bayrog‘i

🇺🇿 Xalqlar Do‘stligi san’at saroyi maydonida davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbiri videolavhasi

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Talabalar tanlovida Powerbank yutib olgan ishtirokchilar:

🟢Durdona Miylieva
🟢Feruza Rajabova
🟢Akmal Saidov
🟢Shuhratjon Xoliyorov
🟢Uralbaeva Aziza
🟢Tohirjon Tolibov
🟢Мафтуна Зиядуллаева
🟢Umidjon Rahmonov
🟢Gulzoda Nomozova
🟢Ibroimov Yodgorbek

©️Izzatxo'ja Asomiddinov

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Talabalar tanlovida 64 Gblik fleshka yutib olgan ishtirokchilar:

🟢Raximov Baxtiyor
🟢Mubinabonu Ne'matjonova
🟢Ashirboyeva Munirabonu
🟢Jansaya Almasova
🟢Shaxodat Xudoyberganova
🟢Salohiddin Mirzakarimov
🟢Gulxanoy Safarova
🟢Mamasodiqov Muhammadaziz
🟢Sitora Ataqulova
🟢Islombek To'lanboyev

©️Izzatxo'ja Asomiddinov

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Tanlov yakunlandi! G'oliblar bilan tanishing. Batafsil ertaga ma'lumot beriladi.

🟢1-3-o'rinlar — 1 million so'm;
🟢4-6-o'rinlar — 700 ming so'm;
🟢7-9-o'rinlar — 500 ming so'm;
🟢10-12-o'rinlar — 300 ming so'm;
🟢13-15-o'rinlar — 100 ming so'm.

👉 @izzatkhoja

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

😂😂😂 super

Juda ko'p loyihalar o'tkazaman, ba'zida o'ylab qolaman, nahot insonlar biroz tafakkur qilmaydi, yozib qo'yilgan narsalarni ham qayta-qayta so'rayveradi. Nega bunchalik e'tiborsiz ekan-a...

Mohirfest jamoasi tushuntirishni boplashibdi, lekin qiziqib bir kommentga kirib ko'ring, aga komment ochiq bo'lganida yana shu savollarni bergan bo'lishadi.

Exx odamlar, odamlar...

©️Izzatxo'ja Asomiddinov

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Ish izlayotgan va talablarimizga mos tushadigan, bilmaganini o'rganishga intiladigan, mas'uliyatli, farosatli, didli va o'zbek tilida xatosiz yozadigan, ijtimoiy tarmoqlardan hech bo'lmasa Telegramni yaxshi tushunadigan talabalar bo'lsa, yuqoridagi so'rovnomani to'ldiring, javoblaringizni ko'rib chiqib, eng munosiblarni suhbatga taklif qilamiz. Suhbatdan muvaffaqiyatli o'tganlar stajirovkani o'taydi va ish o'ziga ma'qul kelsa, rasman ishga qabul qilinadi.

Jurnalistika, SMM, kopirayting, muharrirlikdan xabari bor do'stlaringizga ulashing.

Aytgancha ish offlayn, faqat Toshkent shahrida o'qiydigan, yashaydiganlar uchun!

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Yaxshi loyiha boshlashibdi, men ham qatnashyapman. Shu bahona anchadan beri rejalashtirayotgan dasturchilikni boshlasam ajab emas. Ochig'i bu loyihada yutuq qiziq emas, 1 oylik bepul ta'limni yo'lga qo'yishganiga besh kettim. Anvar Narzullayev super, Alloh rozi bo'lsin!

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥Ijara “jari” | Yurakdan gapiramiz

ZoʻrTV telekanalidagi “Yurakdan gapiramiz” loyihasining 72-soni talabalar ijarasi mavzusida bo'ldi. Koʻrsatuvni toʻliq formatda YouTube sahifamiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

🎞 To'liq koʻrsatuvni koʻrish👈

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Xayrli kech! Bir savol bor PayMe va Clickda pul o'tkazmalaridan 1% xizmat haqi olib qoladi. Shunday ilovalardan eng kam foiz oladigani yoki foiz olmaydiganini biladiganlar bormi? Kommentda yozvoringlar...

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

O'zbekistonda yomg'irlar mavsumi boshlandi, oliygohlarda esa muammolar...

➡️Kuni kecha yurtimizning ko'plab hududlarida, shu jumladan poytaxtimizda ham kuchli yomg'ir (ba'zi joylarda do'l) yog'ishi kuzatildi. Bu esa ko'plab joylarda suv to'planishi, devorlardan suv o'tishi holatlarini yuzaga keltirdi (xuddi videodagidek).

☝️Bu tabiat hodisasi to'g'ri, tushunaman, hech kim ataylab shunday qilmagan. Lekin talabalarni chakki o'tayotgan auditoriyalar o'qitish, mavjud muammoni zudlik bilan bartaraf etmaslik, o'qish binolarini kuz-qish, yog'ingarchilik mavsumiga tayyorlamaslik tanqid qilishga arzigulik holat.

🟥Bu post orqali barcha oliygoh mas'ullarini xushyorlikka chaqirib qolaman. Muammolar bo'lsa uni albatta yechimlari bor, faqat biroz o'ylash kerak. Talabalarga imkon qadar sharoit yaratib berishga harakat qilishingizni so'rab qolaman.

Muammolarni vaqtida bartaraf etmagan oliygohlarni kanalimiz orqali e'lon qilib borishimizni unutmang!

©️Izzatxo'ja Asomiddinov

TalabaYoshlarObuna bo'lishni unutmang!

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🤲 Saxiy insonlarning yordami bilan bir qiynalgan talabaning kontrakti to'lab berildi!

🟥 Eslasangiz, kanallarim orqali otasi vafot etgan, kontraktga yig'gan pullarini onasini davolatishga sarflashga majbur bo'lib, qiyin ahvolga tushib qolgan talabaning kontraktini to'lashga pul to'playotganim haqida xabar bergandim. Kecha shu talabaning kontraktini to'ladik.

💠 Sizlarning ehsonlaringiz orqali 2.610.000 so'm pul yig'ildi. Bir saxiy insonga holat haqida aytgandik, ular kontraktni 5 million so'mini o'zlari to'lab berdilar (ismlarini oshkor qilmaymiz). Qolgan qismini esa meni kartamga yig'ilgan puldan to'ladik (cheklar yuqoridagi rasmda).

🙂 Talabaning o'zi bu haqida bilmas edi, kontakti to'langanini eshitgach qanchalik xursand bo'lishini tasavvur qilib ko'ring-a... To'lovni aynan muborak Juma kuni amalga oshirdik. Alloh barcha ehson qilganlarni ajrini ko'paytirib bersin.

🤔 Aytgancha, yig'ilgan puldan 113 ming ortib qoldi, uni biror masjid qurilishiga ehson qilsak, qarshi bo'lmasangiz, albatta. Chunki masjiddagi hattoki har bir g'isht qiyomatgacha ehson qilgan kishiga salovat aytib turadi deb eshitgandim.

Fake bo'lmagan biror masjid qurilishiga pul yig'ilayotgan e'lonni ko'rgan bo'lsangiz xabar bering, pulni o'tkazvoramiz.

©️ Izzatxoʻja Asomiddinov

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Nima haqida gap ketayotganini tushunmaganlar uchun, bu "Til posbonlari" loyihasi konsepsiyasi. Bugun shu loyihaning taqdimotida qatnashdik.

Taqdimotga "Til bilimdonlari" loyihasi g'oliblari va tashkilotchilari ham tashrif buyurishdi.

©️ Izzatxoʻja Asomiddinov

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

⚜️“Til posbonlari” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida tashkil etilgan "Til posbonlari" loyihasi bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etildi.

💠Ushbu loyihaning maqsadi davlat tilini boyitish, til madaniyatini, sifatini yuksaltirish, ko‘chalar va transport vositalarida joylashtirilgan tashqi yozuvlarda, reklama va e’lonlarda, darsliklar, o‘quv va badiiy adabiyotlarda yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklarni to‘g‘irlash, OAV va muomalada adabiy til me’yor va qoidalarining buzilishini oldini olishga qaratilgan talabalardan iborat jamoatchilik nazorati guruhlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

🟥Yig‘ilishda O‘zMTDP raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjonova loyiha haqida talaba-yoshlarga ma'lumot berib o‘tdi. So‘ngra partiya faollari va loyiha mualliflari tomonidan “Til posbonlari” loyihasi taqdimoti qilindi. Loyiha yuzasidan Zoom platformasi orqali qatnashayotgan ishtirokchilar va studiya qatnashchilarining fikrlari tinglandi. Bildirilgan fikrlar yuzasidan loyihani yanada takomillashtirish va o‘zgartirishlar kiritishga kelishib olindi.

🎓 Taqdimotda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri maslahatchisi Odinaxon Jamoldinova, Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi bo‘lim boshlig‘i Izzatxo‘ja Asomidddinov ham ishtirok etib loyiha yuzasidan o‘z fikr va takliflarini berib o‘tdilar.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

⚜️“Til bilimdonlari” onlayn intellektual tanlovi gʻoliblari aniqlandi!

Mazkur tanlov Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi tomonidan joriy yilning 15–28-oktyabr kunlari oʻtkazildi.

🟥Tanlov 2 bosqichda tashkil etildi. 1-bosqich qamrovi 355 mingdan oshdi va ishtirokchilarga 5 kun davomida jami 150 ta oʻzbek tili imlo qoidalariga oid test savollari berildi. Eng yuqori ball toʻplagan 313 nafar va loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 50 nafar ishtirokchilar finalga yoʻllanma oldilar.

Tanlovning final bosqichida ishtirokchilarga jami 50 ta ochiq va yopiq test savollari va ularni ishlash uchun 1 soat vaqt berildi. Yakunda eng koʻp ball jamgʻargan ishtirokchilar tanlov gʻoliblari deb topildi.

💠Tanlovda 1 nafar 1-oʻrin 5 million soʻm, 2 nafar 2-oʻrinlar 4 million soʻmdan, 3 nafar 3-oʻrinlar 3 million soʻmdan, 4 nafar 4-oʻrinlar 2 million soʻmdan va 10 nafar 5-oʻrinlar 1 million soʻmdan pul yutuqlari bilan taqdirlanadi. Quyidagi gʻolib boʻlgan ishtirokchilar bilan tanishishingiz mumkin:

🥇Raʼno Abduraupova — TDPU talabasi;

🥈Rajabboyeva Sevinch — NavDPI talabasi;
🥈Omonova Sevinch — NavDPI talabasi;

🥉Shuxratova Xurshida — SamDU talabasi;
🥉Samandar Tulovkobulov — OʻzDJTU talabasi;
🥉Temur Xoshimov — OʻzDJTU talabasi;

🏅Saminjonova Muxlisaxon — FarDU talabasi;
🏅Oychehra Xolmatjonova — FarDU talabasi;
🏅Abdullayeva Samira Bozor qizi — ToshDOʻTAU talabasi;
🏅Sabina Gʻaybulloyeva — BuxDU talabasi;

🎖Ismoilov Faxriddin — TDYU talabasi;
🎖Rahmonova Durdona — ToshDOʻTAU talabasi;
🎖Feruza Asatullayeva — ToshDOʻTAU talabasi;
🎖Juramurodova Shodiyona — KIUT Namangan filiali;
🎖Moʻminova Maxsuda — FarDU talabasi;
🎖Fotima Tursunboyeva — TDPU talabasi;
🎖Jahongir Temirov — TATU talabasi;
🎖Raimov Akbar — JDPU magistranti;
🎖Xayitboyev ibrohim — UrDU talabasi;
🎖Eʼzoza Qoʻziboyeva — QarDU talabasi.

Tanlov nizomida muvofiq, loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 10 nafar ishtirokchi “Eng faol tanlov targʻibotchisi” nominatsiyasi gʻolib deb topiladi va maxsus sertifikat hamda 1 million soʻm pul yutugʻi bilan taqdirlanadi. Nominatsiya gʻoliblari bilan quyidagi havola orqali tanishing:

👉“Eng faol tanlov targʻibotchisi” nominatsiyasi gʻoliblari

Bundan tashqari final bosqichida ishtirok etgan quyidagi ishtirokchilar ham sertifikat va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi:
🟢Djumayeva Baxtiniso — TerMTI AL oʻqituvchisi;
🟢Ziyodullayeva Gulhayo — Navbahor tumani 15-maktab oʻqituvchisi;
🟢Zarif Quvonov — NavDPI oʻqituvchisi;
🟢Sayfullayeva Dilnura — Mirishkor tumani 21-IDUM 11-sinf oʻquvchisi;
🟢Sayyora Sodaliyeva — NamDU stajyor dokdaranti;
🟢Usmonova Azizabonu — ToshDOʻTAU AL oʻquvchisi;
🟢Sharofat Sobirova — Urganch shahridagi 6-maktab oʻqituvchisi;
🟢Shuxrat Namazov — TDPU Yoshlar masalalari, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi uslubchisi;
🟢Zuxurova Nasiba — Payariq tumani 97-maktab oʻqituvchisi.

🔖 Bundan tashqari tanlovning final bosqichida faol ishtirok etish, savollarning 70% ziga toʻgʻri javob bergan ishtirokchilar QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.
☝️Sertifikat turli tashkilotlar va tanlovlarga taqdim etilganda uning haqiqiy yoki soxtaligini QR kodni skanerlash orqali aniqlash mumkin.

👉Sertifikat bilan taqdirlangan ishtirokchilarning roʻyxati

👏 Barcha gʻoliblarni tanlov tashkilotchilari nomidan muborakbod etamiz. Bilimingiz ziyoda boʻlsin. Taqdirlash marosimi haqida tez orada maʼlumot beriladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Tanlov nizomida eng ko'p referal to'plagan 10 nafar ishtirokchi "Eng faol loyiha targ'ibotchisi" nominatsiyasi g'olibi deb topiladi va 1 million so'mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Mana soat 00:00 va kuchli 10 talikni ko'rishingiz mumkin. Ertaga ular bilan bog'lanamiz va bu 10 talikni ichida talabalar bo'lmasa (bakalavr va magistr), pastdagi ishtirokchilar yuqoriga ko'tariladi. Chunki pul yutuqlari faqat talabalarga berilishi haqida ogohlantirganmiz. Talaba bo'lmaganlar o'rin olsa, sertifikat va kitob bilan taqdirlanadi.

©️ Izzatxoʻja Asomiddinov

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

#tanlov_natijalari

🎓"Talabalar tanlovi"da g'olib bo'lgan ishtirokchilarga pul yutuqlari jonli efirda plastik kartalariga o'tkazib berildi.

👉 Translyatsiyani ko'rish

🌐 Instagramdagi jonli efirda 10 ta 64 GB hajmli fleshka, 10 ta airpods va 10 ta powerbank qurilmalari g'oliblarini aniqladik. G'oliblar ro'yxati bilan quyidagi havolalarni bosib tanishishingiz mumkin:

👉 64GB.lik fleshka yutganlar

👉 Airpods yutganlar

👉 Powerbank yutganlar

🎁 Tanlov 100% haqqoniy bo'ldi, ro'yxatdagi barcha g'oliblar sovg'alarni @asosiyadmin profiliga murojaat qilib olishlari mumkin.

P.S.: Adminimizga faqat g'olib bo'lganlar yozsin, qolganlar yozsa spam qilinadi. Sizni ogohlantirdik...

☝️ Keyingi tanlovlarimizda ham faol ishtirok eting, boshqalarni bilmadimku bizni tanlovlar 100% adolatli va shaffof bo'lishiga kafolat beramiz!

Barcha g'oliblarni yana bir bor tabriklab, o'qish va ishlariga omad va zafarlar tilaymiz!

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Talabalar tanlovida Airpods yutib olgan ishtirokchilar:

🟢Malika Dulonova
🟢Xumora Jalilova
🟢Shaxlo Komilova
🟢Zebiniso Bobosherova
🟢Shoxruh Sultanov
🟢Zilola Zokirova
🟢Jabborov Qobiljon
🟢Ominaxon Ikromova
🟢Mohichehra Kimsanboyeva
🟢Abdullayev Abdug'ani

©️Izzatxo'ja Asomiddinov

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🇺🇿1991-yil 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun

⚜️Bugun soat 11:00da Xalqlar Do'stligi san'at saroyining tashqi hovlisida davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri o'tkaziladi.

Men boraman, sizni ham taklif qilaman. Borasizmi?

©️Izzatxo'ja Asomiddinov

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

#savol_javob

O'zingizni qiziqtirgan savollarni kommentda yozishingiz mumkin, barchasiga javob beraman.

Faqat menda o'zim xohlamagan 3 ta savolga javob bermaslik imkoni bo'ladi. Qolganlariga javob beraman.

Savol yozish vaqti 23:23 gacha...

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Mana shu so'rovnomaga kiringlar, qaysi tashkilotligi, talablar hammasi yozilgan. Ortiqcha savollarga hojat yo'q, oylik masalalari keyin gaplashiladi. Talabalarni qoniqtiradigan oylik albatta. Lekin pul so'rashdan avval, o'sha pulga munosib bo'lish kerak. Buni ham inobatga olaman.

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

#vakansiya #ishga_qabul

⚡️Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi talabalarni (magistrlarni) ta'limdan bo'sh vaqtlarida jurnalist-muharrir va grafik-dizayner lavozimiga ochiq tanlov asosida ishga taklif etadi.

☝️Ishga kirish uchun quyidagi so'rovnomani to'ldirishingizni so'raymiz:

🔹 Jurnalist-muharrir lavozimi uchun ushbu so'rovnomani to'ldiring: https://forms.gle/kFAkBZc5PXiR9XxX6

🔹 Grafik-dizayner lavozimi uchun ushbu so'rovnomani to'ldiring: https://forms.gle/VdbtgVxpFJbVgpHm7

Nomzodlar hujjatlari rahbariyat tomonidan ko'rib chiqiladi va talablarimizga mos nomzodlar suhbatga chaqiriladi.

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🤩 Bepul onlayn ta'lim oling va mukofot jamg'armasi 200 million so'mlik xakatonda qatnashing

Yoshlar ishlari agentligi va Mohirdev.uz onlayn ta'lim platformasi hamkorligida MohirFest 2022 festivaliga start berilmoqda.

Festival 2 bosqichda bo'lib o'tadi:

1-bosqich: Raqamli oromgoh. Ishtirokchilar 1 oy davomida dasturlash va zamonaviy texnologiyalarni bepul onlayn o'rganishadilar.

2-bosqich: Xakaton. Darslarni muvoffaqiyatli tugatgan ishtirokchilar sovrin jamg'armasi 200 million so'mlik xakatonda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lishadilar.

❗️Xakatonda qatnashish shartlari:

- Raqamli oromgohdagi darslarni muvoffaqiyatli tugatish
- 3 kishidan iborat jamoa tuzish (jamoa a'zolari raqamli oromgohda o'qigan bo'lishlari shart)
- Jamoaga nom tanlash
- Xakaton yo'nalishlaridan biri bo'yicha loyiha taqdimotini tayyorlash

💡 Xakatonda ishtirokchilar quyidagi mavzulardan birini tanlab, o'z loyihalarini namoyish qilishlari kerak bo'ladi:

- Ta'lim
- Ayollar huquqlari
- Ekologiya
- Turizm

🎁 Har bir yo'nalish bo'yicha birinchi, ikkinchi va uchunchi o'rinlarni egallagan jamoalarning har bir a'zosi quyidagi sovg'alar bilan taqdirlanishadi:

1-o'rin uchun: Noutbuk
2-o'rin uchun: Planshet
3-o'rin uchun: eReader (elektron kitob o'quvchi qurilma)

Bundan tashqari, xakaton qatnashuvchilariga Mohirdev kurslari uchun turli xil chegirma va kuponlar taqdim etiladi

⏰ Festivalning birinchi bosqichi 12-noyabr kuni start oladi.

Qatnashish bepul. Ro'yxatdan o'tish:
mohirdev.uz/mohirfest

Bizni kuzatib boring:

@mohirfest | @yoshlaragentligi | @mohirdev

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Rahmat tavsiyangiz bilan ishimiz amalga oshdi. Yana bir masalada maslahat kerak.

45 yoshli insonga sovg'a uchun qanday telefon tavsiya qilasizlar? Asodan internetdan foydalanish, foto va videoga olish hamda YouTubeda videolar ko'rish uchun qulay bo'lishi kerak.

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

#diqqat_tanlov

🎓 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan TalabaYoshlar jamoasi yangi "Talabalar tanlovi"ni e'lon qiladi!

💠 Tanlov bayram kuni, ya'ni 17-noyabr soat 23:59 da yakunlanadi va tanlovda eng ko'p ball yig'gan 15 ishtirokchi pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:
🟢1-o'rin 3 nafar — har biri 1 million so'mdan;
🟢2-o'rin 3 nafar — har biri 700 ming so'mdan;
🟢3-o'rin 3 nafar — har biri 500 ming so'mdan;
🟢4-o'rin 3 nafar — har biri 300 ming so'mdan;
🟢5-o'rin 3 nafar — har biri 100 ming so'mdan.

✅Bundan tashqari tanlov davomida kamida 10 ball yig'gan ishtirokchilar ichidan 30 nafari ham qo'shimcha sovg'alar, 65 GB hajmli fleshka, AirPods va 10000W sig'imli Powerbank qurilmalari bilan taqdirlanadi.

🏆 Hurmatli talaba-yoshlar tanlovda faol bo‘ling va pul yutuqlari yoki 30 ta sovg'alardan birini yutib oling. Barchaga omad!

👉TANLOVDA ISHTIROK ETISH👈

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Ortib qolgan pulni masjid qurish uchun o'tkazib berdim va omonat bo'ynimdan soqit bo'ldi.

👉 /channel/rakat_jome_masjid siz ham hissa qo'shmoqchi bo'lsangiz.

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

/channel/Izzatkhoja/878 ushbu post yuzasidan...

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Bugungi kungi yig'ilishdagi fikrlarimni videoga olib yuborishibdi, Azizaga rahmat video uchun.

Ochig'ini aytadigan bo'lsam "Til posbonlari" loyihasini hali pishitish kerak, kamchiliklari bor. Meni xursand qilgani harakat boshlandi, endi oxirigacha davom ettirib, natijaga erishilsa nur ustiga a'lo nur bo'ladi.

👉 @izzatkhoja

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Va nihoyat yana bir tanlov o'z nihoyasiga yetdi....

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Shu vaqtga qadar ushbu talabaning kontrakti uchun 1464500 so'm pul yig'ildi, hamma ehson qilganlarni Alloh o'rnini 10, 100 barobar to'ldirsin.

Sizlardan ushbu e'lonni boshqa guruhlarga ham tarqatishda yordam berishingizni so'rayman. Hali yana 6 mln so'm yig'ilishi kerak.

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Shu ro'yxatdan ham 11 kishi chetlatildi, essizgina. Meni shunchalik ahmoq deb o'ylaysizlarmi hayronman. Qanday qilib o'zini Telegrami turib, opasi yo singlisini Telegram profilidan o'zini ismini yozib ro'yxatdan o'tib, tanlovda qatnashishi mumkin? O'zinikidan qatnashishi mumkinligini men bilmayman, go'yoki...

Ertaga final kechgi soat 21:00 da, savollar tayyor, aniq fakt va manbalari bilan qayta-qayta tekshirilgan savollar... Insha'Alloh hammasi chiroyli yakunlanadi.

©️ Izzatxoʻja Asomiddinov

Читать полностью…
Subscribe to a channel