khumoyun_codes | Unsorted

Telegram-канал khumoyun_codes - Khumoyun Codes

4210

Dasturlash va dasturchi hayotiga oid maqola va media kontentlar. Muallif: Khumoyun Inoyatov | Boshqa tarmoqlarga linklar:https://linktr.ee/ikhumoyun | Tanlangan maqolalar:https://bit.ly/3PBHPOM

Subscribe to a channel

Khumoyun Codes

Uber Amsterdamda ishlaydigan hamyurtimiz Shamsiddin aka kanal ochibdilar, umid qilamizki foydali postlar ko’p bo’ladi. Obuna bo’lib qo’llab quvvatlab yuboramiz, GO!

@the_spillover_sh_mukhibillaev

P.S. Iloji bo’lsa meni kanalimdan o’tganilarni izohda eslab ketinglar 😁

@khumoyun_codes

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Sardor og'a bilan o'tkazgan interview haqidagi postni, juda ko'p hamkasblarimiz o'z kanallarida ulashishpti. Menimcha bu interviewlarim bo'yicha absolut rekord natija. Sardor og'ani yaxshi ko'rishadimi, yo menimi bilmadimu lekin asosiysi natija 😅.

Postni ulashgan barchaga rahmat 🙌

P.S. Keyingi suhbatlarda kimlarni ko'rishni hohlashingizni izohga yozib ketsangiz chaqirishga harakat qilamiz.

@khumoyun_codes

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Sardor og'a a.k.a. PHP Qalqoni bilan o'tkazgan suhbatimizdan lavhalar 🎙🎞

Suhbat davomida PHPni iloji boricha kamroq eslatishga harakat qildim, menimcha o'xshadi 🤭

Olovchalarni 🔥 bosib yuborselar shu hafta chiqarishga harakat qilamiz :)

@khumoyun_codes

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Feedback haqida uzunroq post yozdim, o'qing, baho bering, obuna bo'ling, feedback yozing 😅

https://www.skillup.uz/communities/khumoyun-inoyatov/posts/kelin-tomondan-feedback

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Kanalimni guruhiga manovi padarilanat kanal nomini va rasmini qo’yib private kanalga link tashlayapti. Ogoh bo’ling, kirmang, meni nomimdan boshqa kanallarga yozsa ham ishonmang. Agar “Khumoyun Codes” deb yozilgan akkauntni ustiga bosilganda u shu kanalga emas, odam akkaunti yoki boshqa kanalga o’tsa spam report qiling, iltimos.

@khumoyun_codes

Читать полностью…

Khumoyun Codes

10 yillik maqsadlarimdan ko’plari amalga oshdi

Najot Ta’limda dars berayotganimda o’quvchilarimga dars berishdan tashqari, “motivation” time lar qilib turardim. Ulardan birida yaqin kelajak uchun o’zingizga maqsad qo’ying deb, 2015-2025 yillar uchun o’zimning rejalarimni ko’rsatganman.

Screenshotda o.xyz (Azimjon aytgan io.net loyihasi asoschisi Ahmad Shadidning yangi startapi) kompaniyasida faoliyat yuritadigan va hozirda Qatarda yashayotgan shogirdim Sardordan kelgan xabarni ko’rsangiz, 8 yillik maqsadlarning 26dan 19tasini bajarilganini yozgan.

Menda 10 yillik rejamda 60 ishdan, 44tasi amalga oshdi. Bu 44 maqsad hozir kimligimni belgiladi, ular hayotimda burilishlarga sabab bo’ldi. Qolgan 16 tasini yana aktualligiga qarab yangi royihatga qo’shamiz yoki olib tashlaymiz.

Maslahatim siz ham yozing, royihat tuzing. Unga orzu va maqsadlaringizni yozing, ular qandaydir smart maqsad bo’lishi shart emas, kichkina bo’lsa ham farqi yo’q. Shunchaki yozing, u mashina sotib olish bo’ladimi, Googlega ishga kirish bo’ladimi, yo parashutdan sakrash bo’ladimi farqi yo’q (menda shunday maqsad bor haliyam, sakrashga qo’rqyapman lekin 😅).

Ora-orada unga qarab nimalar qildingizu, nimalar qoldi, nimalarga o’zgartirish kerak va nimalar qo’shish kerakligini yozing. Berilgan vaqt tugagandan keyin xulosa qiling, eslang, qanday yutuqlarga erishdingiz, qanday xatolar qildingiz, endi nimalar qilish kerakligini o’ylang va yana yangi royihat tuzing. Bu sizga turtki va yordam beradi, hayotingiz shunchaki o’tmayapganini, maqsadlaringizga/orzularingizga erishayotganingizni eslatib turadi.

Men endi 2026-2036 rejamni tuzaman, nasib qilsa oldingi va hozirgi maqsadlar haqida bir post yoki video qilamiz.

02.02.2026 Amersfoort. Netherlands 🇳🇱

P.S. Saidolim akani har postlarini ko’rganimda rosa man ham shunaqa sana va davlatni ko’rsatib yozgim kelgandi 🤭

@khumoyun_codes

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Hikmat aka bilan bo’lgan suhbatimiz deyarli tayyor.

Qanchalik olovlar ko’p bo’lsa shunchalik tez chiqaramiz 😁 Minimum 200 🔥

@khumoyun_codes

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Tegirmonlar hali ham ishlaydigan, Zaanse Schaans ga keldim, aylanib yuribman ko’proq video va rasmlar albatta Instagramda. Hafa bo’lmaysiz bir oz Instagramimni reklama qilib turaman, foydali kontentdan tashqari sayohatni ham ko’rsatib turish kerakku 🙃

https://www.instagram.com/khumoyuncodes

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Do'stlar, ertaga Hikmat aka Abdullaev (ex-booking, ex-meta) bilan offline suhbat o'tkazish niyatidamiz. Shunga agar ularga sizni qiziqtirgan savollarni berishimni hohlasangiz izohlarda qoldiring. Tanlangan savollarni ularga suhbatda berib o'taman.

@khumoyun_codes

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Talablarga binoan, Yandex Nonushta va Yandex Uzbekistan Office bo'yicha tour haqida vlogimizni YouTube ga yukladik 🎞. Undan tashqari Yandex Cup g'oliblari bilan ham kichik suhbat qurdik.

Videoimiz uncha uzun bo'lmadi, ko'rib, like va izohlaringizni yozib, ulashib qo'yasiz degan umiddamiz 😉

P.S. Nonushtaga chaqirib, bizga office bo'yicha tour uyushtirgan Anvar Umarov va Yandex Cup g'oliblari Akobir Abduganiev va Otabek Abduboqievga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

https://youtu.be/iF9J5_Y5Mcg

@khumoyun_codes

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Yandex Nonushtadan so’ng ofis tour qildik. Agar qiziq bo’lsa 200 🔥 reaksiya yig’sak. Kichik vlogimiz ertaga chiqadi. Go?

@khumoyun_inoyatov

Читать полностью…

Khumoyun Codes

9.8 Ballik zaiflik to'pilganmush, bu juda havotirli men sizga aytsam 😬

/channel/uzcert_live/1051

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Vanihoyat men o'zimning birinchi kiberxavfsizlik bo'yicha sertifikatimni oldim.

Yo'q bo'lib ketganimni sababi ham shu edi. Davom etamiz 🙃

@khumoyun_codes

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Dasturchining odatlari

O‘zbekiston dasturchilari juda qimmat!


Shu gapni eshitganmisiz? Bu gapni o‘zimizdan emas, chet davlatida turgan va dasturchi yollamoqchi bo‘lgan korxonalar aytadi. O‘ylab qarasam, rostdan ham bizda dasturchilar qimmatga aylanar ekan.

Keling shuni o‘ylab ko‘ramiz, nima uchun bizda qimmat?


1. Daraja.

O‘quv kursini tamomlagan odam o‘zini Junior dasturchi deb biladi. 2-3 yil ishlagan dasturchi esa Middle bo‘ldim deydi. 5 yilda Senior bo‘lgan odamlarni ko‘p uchratasiz.

Daraja vaqt bilan o‘lchanadimi?


Albatta, yo‘q. Chunki u o‘zining ustida ishlamagan bo‘lsa, 10 yildan keyin ham Junior bo‘lib qolaveradi.

Unda nima uchun odamlar o‘ziga daraja beradi?


Sabablaridan biri o‘zini boshqa odamga qimmatroqqa sotish. Sizni sotish bilan shug‘ullanadigan korxonalar ham shuni maqsad qilgan. Sizni kichik darajada sotib olib, katta darajada sotsa, foyda ko‘proq bo‘ladi. Siz rostdan ham Juniordan Middlega chiqdingizmi, unisi keyingi masala bo‘lib qoladi.

2. Soft skill

Bilamiz-ki, dasturchining biror texnologiyani bilishi Hard skill deyiladi. Buni bizning o‘quv kurslarimiz sochib tashlashmoqda. Bitiruvchilar rostdan ham texnologiyalarni zo‘r bilib chiqishmoqda. Ammo...

Shu intizom kabi soft skill’larni hamma joyda ham o‘rgatishmaydi.


1. Vazifaga mas’uliyat bilan yondashish.
2. Tushunmasa savol berish.
3. Majlis (call)ga vaqtida kirish.
4. Vazifaning holatini izohlarida yozish.
5. Xabarlarni shaxsiydan emas, guruhda yozish.
6. Hujjat yozish (documentation)
7. Email ishlatish. 
8. O‘ron (parol)ni Password managerda saqlash. Qog‘ozda emas.
9. Vazifalarini qilib bo‘lgan bo‘lsa, backlogdan vazifa izlash.
bu ro‘yxatni hali ko‘p davom ettirsak bo‘ladi.

3. Jamoada ishlash.

Ko‘p dasturchilarimiz "yolg‘iz bo‘ri" holatidan chiqa olishmaydi. O‘rmonda bir o‘zi ov qilishda qolib ketishadi. Korxonalarda esa, hatto kichik korxona bo‘lsa ham, jamoada ishlay oladigan odam kerak.

Buni o‘rganish uchun bizda choyxonalar bo‘lar edi. Agar Abdulla Qodiriy davridagi choyxonani olsangiz, odamlar osh ustida yig‘ilganida kitob tahlil qilishgan, biror kishi muammosini hal qilish ustida bosh qotirishgan, mahallaga biror yordam kerak bo‘lsa, qanday tashkil qilishni gaplashishgan.

"Menga nima?" - deyishmagan ekan-a?


Bu madaniyatimizda bo‘lgan. Bu jamoa bo‘lishga va jamiyat shakllanishiga yordam bergan usul. Hozirgi nomlari:
- Networking
- Small talk
- Volunteering
- Donation
deb ataymiz.

Vaholanki aynan shu narsalar bor:
+ Tanishish (tanish bilish orttirish)
+ Holidan xabar olish 
+ Hashar
+ Ehson

Manimcha, biz nimanidir xato qildik.


Bu narsalar mahallada, choyxonada o‘rganilgan. Hozir choyxonalarimiz ovqat yeyish va telefonda o‘yin o‘ynashdan iborat.

~~~

Agar oylik maosh chet ellik dasturchilarniki bilan bir xil bo‘lsa, nima uchun bizning dasturchilar qimmat dedingiz?


Bunga sababim bor. Chunki, agar darajamizni o‘zimiz tanlab olsak, intizom ustida ishlamasak va jamoada ishlashni o‘rganmagan bo‘lsak, bu chet el korxonasi uchun qimmatga tushadi degani. 

Tasavvur qiling, man $3,000 ga dasturchi ishga olmoqchiman. Sharqiy yevropadan xodim olganim yaxshimi yoki O‘zbekistondan? 

+ Bizning dasturchi kuniga 8 soat ishlamaydi, 10-12 soat ishlaydi. Yevropalik 8 soat bo‘lishi bilan ishni to‘xtatadi. 
+ Biznikilar dam olish kunlari ham ishga chiqa oladi. Ular esa dam olishi kerak. 
+ Biznikilar texnologiyani zo‘r biladi. Ular muammoni qanday yechishni.
+ Biznikilar bitta o‘zi tez kod yoza oladi. Ular jamoada yaxshi ishlaydi. 

bu ro‘yxatning qaysi tomoni biznes egasi uchun foydali. Chap tomoni unumlimi, yoki o‘ng tomon?

Aynan shu kabi tahlillarni qilgan chet ellik korxonalar bizdan kamroq dasturchi olishmoqda. 

Yechim

Biz unutib qo‘ygan amallarimizni tiklashimiz kerak. Hozir uyqudamiz.
+ Intizom - intizomni tiklashimiz kerak. Har bir kishi ishni o‘z vaqtida qilishni boshlashimiz kerak. 
+ Mas’uliyat - yolg‘onni yo‘qotsak, va’dani ustidan chiqsak, buni ham eplaymiz. 
+ Jamoa - biz jamoa bo‘lib yashaydigan millatmiz. Birga rivojlanishimiz kerak. Qo‘limizdan keladi.

#dasturlash #odatlar

30.12.2025 London
@DrAlgorithm

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Qudrat aka bilan bo'lgan suhbatimiz Youtube ga yuklandi. Ularning dasturlashga kirib kelishlari, hayotlari va boshqaruvga o'tishlari haqidagi qissa haqida gaplashdik. Dasturlash va o'qituvchilik tajribasi biznes bilan shug'illanishda ularga qanday ta'sir qilganini o'rgandik. Suhbat sizlarga foydali bo'ladi degan umiddamiz.

Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz.

P.S. Talablarga binoan bu safar suhbatga taym kodlarni ham qo'shdik, bu o'zingizga kerakli ma'lumotlarni eshitish yanada qulay bo'ladi degan niyatdamiz.

@khumoyun_codes

https://youtu.be/Ul29Gya4ga4

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Yangi loyiha, yangi domain, yangi hayot, yangi OS 😄

Bugun ishimda yangi loyihaga qabul qilindim, menga umuman yod domain, bu safar treydingga aloqador ishlar bilan shug'illanar ekanmiz. Oldingisi Car Rental edi. Hozirgi job safety so'roq osti bo'lib turgan bir paytda yangi loyihaga qo'shilganim, menga qandaydir darajada AI ortidan moliyaviy tomondan siqilmasdan quvib turishimga bir muncha vaqt "fora" beradi, bu uchun albatta xursandman. Boshqa tomondan esa MacBookimni olib qo'yib, preinstalled Ubuntulik kompyuter taqdim qilishar ekan. Ubuntuni hozir ham qo'shimcha kompyuterimda ishlataman, lekin ikki dunyoning o'rtasi, ya'ni ham kundalik yumushlar uchun, ham koding uchun etalon hisoblangan (meni shaxsiy fikrim bu albatta) MacOS dan voz kechish yoqmayapti. Nima deymiz, mijoz doim haq (tanlov borasida).

O'zimni Intel CPUlik eski shaxsiy MacBookimni sotib yuborganimga endi umuman MacOSsiz qoldim, yangisini olaman deb turganimda, Apple hozirgini M5 Pro/Max chiplarida MacBooklarni yangilapti 🤨 Endi bir oz sabr qilib M4 ga ham M5 ga ham narxlar tushishini kutish kerak.

So, LET'S GOOO... deymiz, ishsiz qolib ketmagunimizcha yaxshilab ishlab olishimiz kerak 😁

P.S. Yangi MacBook olishga yordam bermoqchi bo'lganlar uchun: https://www.skillup.uz/communities/khumoyun-inoyatov/donate

@khumoyun_codes

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Sardor og'a bilan bo'lgan suhbatni yukladik, iftorgacha ko'rib ulgursa bo'ladi bemalol, og'a qanday qilib PHPchi bo'lib qolganlaridan, 13 yildan beri nega ish joyini almashtirmayapganlari va boshqa mavzular haqida gaplashdik. Xullas suhbat qisqa bo'lmadi, lekin qiziqarli bo'lganiga shubham yo'q.

Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz 😊

@khumoyun_codes

https://youtu.be/Bcv9b6H6FNs

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Uzbekistan Tech Certifications Summit 2026
Tech Skills & Certifications Defining 2026: Cloud, Cybersecurity, PM

On February 25 join Uzbekistan Tech Certifications Summit 2026 — this key industry event brings together international experts, industry leaders, and the local tech community to explore how global standards in Cloud, Cybersecurity, and Project Management influence team efficiency and professional growth.

What to expect:
🔸 A strategic panel on why certifications matter in 2026
🔸 Insights into global tech standards and future-ready skills
🔸 Three parallel expert-led workshops
🔸 Practical guidance on Cloud, Cybersecurity, and PM certification paths
🔸 Networking

Expert Sessions:
- AWS Cloud Essentials 2026: Rostyslav Myronenko, Solutions Architect at Booking.сom. Practical skills for cloud infrastructure.

- AI in Cybersecurity: Oleksii Baranovskyi, CISSP/CISM. Analysis of how AI is transforming the security landscape.

- AI Toolset for Project Managers: Maxim Pochebut, Director at Sigma Software Tashkent, PMP. Evaluating essential vs. redundant AI tools in management.

📅 February 25 | 16:30
📍 University of World Economy and Diplomacy
(54 Mustakillik Ave., Tashkent 100007, Uzbekistan)
🌐 Language: English

The summit is organized by Sigma Software University, in partnership with Sigma Software, as part of the launch of the International Certifications Center in Tashkent.

👉 Registration is open — secure your spot now: https://bit.ly/3NcHnKu

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Xullas kalom, Yevrotur 2026 🇪🇺 o'z nihoyasiga yetti, uyga ham qaytib oldim. "Hom" videolar bilan HDDni to'ldirib keldim, endi montaj qilib olsak, asta sekinlik bilan YouTube kanalga joylaymiz. Afsuski, ba'zi bir sabablarga ko'ra ko'p intervyular o'tkaza olmadim, lekin yana 1 intervyu va 2 vlog video chiqaramiz.

Bu safar davomida har tomonlama qo'llab quvvatlaydigan akamlarga, undan keyin esa Hikmat aka Abdullaev, Ozodbek aka Kamolov, Iskandar aka Anvarov va Shamsiddin aka Mukhibillaevlar ga minnatdorchilik bildirib qolaman.

Safar zo'r o'tdi, Hudoga shukur, endi davom etamiz.

Wait for more 🙂

P.S. Keyingi joylaydigan suhbatimiz katta ehtimollik bilan Sardor og'a bilan intervyu bo'ladi. Chunki ketmasimdan oldin videoga olib ketgandim.

@khumoyun_codes

Читать полностью…

Khumoyun Codes

📣We are hiring!!!

💻 Silk Road Professionals Farg'gona ofisimizga dasturchilar qidiryapmiz. Batafsil 👇🏻

📍 Fergana City (On-site)
🕒 Full-time
🤝 Collaboration: USA / EU / UK partners
💰 Salary (by level):

FrontEnd Engineer (React, NextJS)
Junior - $500-$800,
Middle - $800–$1,200,
Senior - $1,200–$2,500+

.NET Engineer, Middle / Senior C# Developer (.NET Core — SchoolTech)
Middle - $800–$1,200,
Senior - $1,200–$2,500+

@doniyorniazov

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Ispaniyaga sayohat bilan ovvora bo'lib, Hikmat aka bilan suhbatimizni joylay olmay qoldim (bu haqida keyinroq yozamiz), mana endi uyga qaytib, suhbatni joyladik, timekodlar qo'shdik. Bugalgi suhbat boshqalaridan farq qilib, yangi rubrika va sovg'ali konkurs qo'shdik. Formatlarni sinayabmiz, suhbat haqida fikrlaringizni video ostida kutib qolaman.

Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz.

https://youtu.be/PzO3_xRgGZE

@khumoyun_codes

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Uberning Amsterdam officeda mehmon bo’ldik, Ozodbek aka Kamolov ofisni aylantirdilar, rosa foydali gaplar bo’ldi, o’zim uchun ko’p narsa o’rgandim. Lekin afsuski office tour video yozib, suhbat qilishimizga ichki xavfsizlik hodimlari ruxsat berishmadi. Suhbatimizni boshqa kunga, boshqa lokatsiyaga qoldirdik. Bugungi bo’lgan suhbatlarimizdan olgan narsalarim bo’yicha postlar yozaman. Stay tuned :)

@khumoyun_codes

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Interviewni ham tugatib oldik mana, 10 yil Janubiy Koreada, 8 yil Gollandiyada yashayotgan, MAANG da ishlagan dasturchi sifatida juda zo'r gaplar aytib berdilar Hikmat aka. Vibe ham ko'rib turganingizdek o'zgacha bo'ldi, shunchaki olov 🔥

Interviewni qo'ldan kelgancha shu hafta chiqarishga harakat qilamiz.

Ungacha akani Telegram kanallariga o'tib postlarini o'qib tursangiz bo'ladi:
t.me/performanceuz

@khumoyun_codes

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Obuna bo’lamiz 👇🏻

https://www.instagram.com/khumoyuncodes

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Ha aytgancha, Telegramda startuplar, sun’iy intellekt va biznesning moliyaviy holatini tahlil qilib post yozadigan kanal bor ekan.

Qiziq bo‘lsa obuna bo’ling 👇🏻
@hisperspective

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Bosqich tugadi 👍

Mana bugun EPAMdagi yana bir loyihadagi oxirgi kunni o'tkazdim, bu hisob bo'yicha 6-loyiham ekan. Bu safargi domain Car Rental ya'ni avtomobil ijarasi haqida edi. Ko'p narsalarni o'rgandim, ko'p narsalarni qaytardim, juda ham ko'p challengelar bo'ldi, ayniqsa Monorepo loyiha bo'lganiga oldinroq yozganimdek Monorepo + AEM juda ham bir "mazza" qiladigan qorishma bo'ldi. Lekin bu bosqichdanam o'tdik Hudoga shukur. Jamoada hardoimgidek do'stona atmosfera bilan ishladik. Bu yerda gapiradigan ortiqchga gap yo'q.

Lekin, aynan ushbu loyihada bir narsani qayta qayta qilaverib qandaydir LOOPga tushib qolgandek tuyildi o'zimga. Domain o'zgarishi mumkin, jamoa o'zgarishi mumkin, stack ham bir oz o'zgarishi mumkin. Ammo, anchadan beri shunchaki ishchi bo'lib yurganingiz va korporativ muhit ichida yashayotganingiz uchun, ishdan oladigan "kayf"ni his qilmay qolar ekansiz. Deylik siz Lego zavodida ishchisiz va sizning vazifangiz Lego setlarini yig'ib test qilib ko'rish. Bu ish bilan siz har kuni 7-8 yildan beri shug'illanayotgan bo'lsangiz, bu ishni sevsangiz ham, sizga "rutina"ga aylanib qoladi, o'zingiz uchun sotib olib yasayman desangiz qo'lingiz ishga bormaydi ba'zida.

Frontendda challengelar ko'p, hali 30% ni o'tdimmi yo'qmi ishonchim komil emas, lekin men bu takrorlanishdan charchadim. Hobby ham, ish ham bir xil bo'lsa qiyin ekan, shunga nimanidir notog'ri qilyapman deb o'ylayapman. Bu burnoutmas menimcha, bu shunchaki zerikish, buni qandaydir qilib to'g'irlash kerak, hali o'ylab ko'rmadim.

Siz ham takrorlanaveradigan ishingizdan hech zerikkanmisz?

@khumoyun_codes

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Aniq yo'nalish 🎯

Qattiq strukturalangan kompaniyalarning bir yaxshi tarafi bor. Siz keyingi bosqichga o'tishingiz uchun nimalar kerakligi aniq yozib qo'yilgan bo'ladi. Bu sizning manageringiz yoki boshlig'ingizni kayfiyatiga bog'liq bo'lmaydi. Ya'ni biz seni kompaniyamizda "Senior" deb hisoblashimiz uchun, mana bu, mana bu narsalarni bilishing kerak, mana bu ishlarni qilgan bo'lishing kerak, keyinchalik mana bu ma'suliyatlarni bo'yninga olishinga tayyor bo'lishing kerak deyiladi.

Birinchi martta bunday narsani Super Dispatchdagi 2 oylik tajribam paytida ko'rgandim. Notionda Frontend chapteridagilar uchun aniq "Ladder" deb nomlangan sahifada, hard va soft ko'nikmalarni bosqichma bosqich ajaratib chiqilgandi. Deylik sen Level 3 ya'ni Seniorga o'tmoqchi bo'lsang, Level 2 va 1 dagi barcha narsalar + 10 ta mana shu narsalarni bilishing kerak.

Undan keyingi tog'ri strukturali kompaniyam EPAM, oldin bosqichlar uchun "Skill Matrix" bo'lardi, "Ladder"ni to'liqroq versiyasi. Hozir alohida platforma bor, sizdan kompaniyadagi profilingizda ko'rsatgan ko'nikmalaringiz, orttirgan tajribangiz, olgan sertifikatlaringiz bo'yicha keyingi bosqichga o'tishingiz uchun nimalar kerakligini aniq darajalarga bo'lib ko'rsatadi, shunga qarab qaysidir ichki kurslarni o'qishni tavsiya qiladi. Agar buni o'zi yetarli bo'lmasa "Skill Advisory" ya'ni ko'nikma maslahati sessiyalarini o'tkazishingiz mumkin. Bunday sessiyalarda oldindan "maslahatga tayyorman" degan har qanday o'zingiz hohlagan odam bilan suhbat o'tkazib maslahat olshingiz mumkin. O'zlarini tajribalari va boshqa bilgan keyslardan kelib chiqib sizga aniq maslahat berishadi.

Hozir men shunday sessiyalarning biridan chiqdim, ko'p maslahatlar oldim. Demak buyil men level up qilishim uchun 4 ta sertifikat qo'lga kiritishim kerak. Shulardan:
• 2 tasi Cloud bo'yicha
• 1 tasi NodeJS bo'yicha
• 1 tasi AI bo'yicha

Undan tashqari exam attempt sotib olib qo'ygan yana 3 ta sertifikatim bor, 2 tasi Cyber Sec, 1 tasi Cloud bo'yicha. Menimcha bu yil sertifikatlar yili bo'ladiyov 😅

Sizni ish joyingizda ham shunday "Ladder" va "Matrix" lar bormi, o'sish uchun nima qilasiz?

@khumoyun_codes

Читать полностью…

Khumoyun Codes

2025-yil sarhisobi 🗓

Oxirgi 5 yildan beri yil sarhisobini kanalda qo'yib boraman. Bu yil ham an'analarga sodiq qoldim, lekin qisman 🤏

- 3 ta yangi shogird oldim, qo'ldan kelgancha bilimlarimni ulashdim, ishli ham bo'lib ulgurshdi
- Kiberxavfsizlik kursini o'qib tugatdim, ko'pgina CTF musobaqalarida qatnashdim
- 2 martta sayohat qildim, davlatlar sonini 2 taga ko'paytirib, 15 taga yetkazdik
- Onamlar bilan Umra safariga bordim (Bu meni eng katta orzularimdan biri edi, Hudoga shukur yetishdim)
- SkillUp da yangiliklar qildik, yangi versiyasi ishga tushdi
- Kontent yil oxirida bo'lsa ham qaytdim
- Networkimni kengaytirdim, yangi tanish bilishlar orttirdim 😄

Shuni o'zimi? Ha, shuni o'zi! Reja qilgan ishlarimni ba'zilarini qildim, ba'zilarini qilolmadim, asosiysi o'zimda va oilamda barcha sog'-salomat, doimiy ishim bor, bosh omon bo'lsa kirib kelayotgan 2026-yilda balki natijalar bundan ko'proq va yaxshiroq bo'lar, bilmadim. Ba'zi rejalarni tuzib qo'ydim. Lekin buyil odatdagidek to'liq ro'yhat qilib yozgim yo'q, 2027-yil kirib kelayotganda nimalar bo'lganini albatta aytaman. Ayta oladiganim faqat, buyil consistensy bilan ishlash, shaxsiy brandga e'tibor berish va kiberxavfsizlik bo'yicha sertifikatlarni qo'lga kiritsh. Nasib qilsa ro'yhatimiz bu keyingi safar uzunroq bo'lar 😊

P.S. Siz ham kanallaringiz bo'lmasa ham, qayergadir bu yil nimalar qilganingiz va keyingi yilga nimalar qilmoqchi bo'lganligingizni yozib qo'ying. Vaqti-vaqti bilan uni tekshiring, bu shunchaki reja/maqsadlarni unitib qo'ymasdan harakat qilishga yordam beradi.

@khumoyun_codes

Читать полностью…

Khumoyun Codes

Yandex Cup 2025 yutgan do'stimiz Akobir Abdug'aniev ning kanallari bor ekan, ularni ham kuzatishni tavsiya qilaman. Balki bunaqa natijalarga erishishni sirlarini bizga ham ocharlar 😅

👇👇👇
@akobirabduganiev

Читать полностью…

Khumoyun Codes

“Ustozlarning ustozi” Qudrat aka bilan suhbatimizdan lavhalar 🎙️🎞️

Montaj ham tugay deb qoldi, lekin 200 🔥 dan darak yo’q 🤔

@khumoyun_codes

Читать полностью…
Subscribe to a channel