kitob_ombori | Unsorted

Telegram-канал kitob_ombori - Kitoblar ombori (blog)

14209

Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot

Subscribe to a channel

Kitoblar ombori (blog)

📚Nega biz kitob sotib olamiz?

🔴Italyan yozuvchisi Umberto Eko 30 ming jildli kutubxona egasi edi. Eko haqiqatan ham bu kitoblarning barchasini o'qiganmi?

🔴Albatta yo'q. Biroq, ular unga u bilmagan barcha narsalarni doimo eslatib turardi.

🔴Bu Danning-Kruger effekti deb ataladi. Biror narsani bilmasligingizni qanchalik oson tan olsangiz, shunchalik tez o'rganasiz.

🔴Ostin Kleon, "Rassom kabi o'g'irla" kitobi muallifi ham o'qish mumkin bo'lgandan ko'ra ko'proq kitob sotib olishni maslahat beradi, shunda siz doimo g'oyalar va ilhom manbalariga ega bo'lasiz.
Rejissyor Jon Uoters esa shunday dedi:

O'qilmagan kutubxonadanda muhimroq narsa yo'q.


🔴 Shunday ekan kitob sotib olganingiz yoki yengib oʻtolmaydigan o'qish ro'yxatiga ega bo'lganingiz uchun o'zingizni koyishni bas qiling. Ular tufayli, siz nimalardan bexabar ekaningizni bilasiz.

@rakhmonalievs_blog

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yevropa Ittifoqida soʻnggi 12 oyda kitob oʻqigan insonlar statistikasi ekan. Raqamni Eurostat bermoqda. Eʼtibor bergan boʻlsangiz reyting boshidagi mamlakatlar aholi boshiga YAIM boʻyicha ham eng yaxshilar safidadir.
Yana bir holat, aholi baxtliligi boʻyicha reytingda ham oʻrinlar tahminan shunaqa shakllanadi.

Koʻp kitob oʻqilsa, mamlakat boy va baxtliroq boʻladimi bilmadimu, lekin boyroq va baxtliroq davlatlarda aniq koʻp kitob oʻqiladi.

@allaevuzb

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Dushanba – og‘ir kun...mi?

“Dushanba – og‘ir kun”. Ko‘pchilik xorijiy mamlakatlarda ommalashgan, hatto xalqimiz orasida ham hazil aralash ko‘p bor takrorlanadigan bu gapning biror asosi bormi? Dinimizda bu masalaga qanday qaraladi?

Ayrim Gʻarb davlatlarida og‘ir kun deb xush ko‘rilmaydigan dushanbaning dinimizdagi o‘rni, ahamiyati katta. Payg‘ambarimiz (a.s.) hayotlaridagi ko‘pgina ajoyib voqealar aynan shu kuni ro‘y bergan.

Ilm-fan shiddat bilan ildamlagani sari odamlar, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlar aholisining ehtiyojlari shunga monand o‘sib borishi tabiiy. Uni qondirish esa robotday ishlashni talab etadi. Bunday tinimsiz mehnat qilishning, holdan toydiruvchi yugur-yugurlarning birinchi kuni bo‘lgani uchun ham dushanbani uncha yoqtirishmas, balki...

Biz musulmonlar esa tabiatdagi mavjud hamma narsaga Alloh taoloning san’at asari deb qaraydigan, yaralmishlarni Yaratuvchi tufayli yaxshi ko‘radigan madaniyat egasimiz. Shu jihatdan butun borliq biz uchun hikmat va ezgulik manbaidir. Biroq xalqimiz orasida ba’zi narsalar baxtsizlik va kulfat keltirishi haqidagi xurofotlar birmuncha yoyilgani ham haqiqat. Ana shu xurofotlarning qora zanjiriga ba’zi millatdoshlarimiz dushanbadan shumlanishni ham qo‘shib olishgan.

Dinimizda o‘z mehnati bilan kun ko‘rish, oila ahlini halol luqma bilan ta’minlash vojibligi haqida ko‘plab oyati karima va hadisi shariflar bor. Hatto shu maqsad bilan harakat qilish ulug‘ ibodat sanaladi. Dushanba kuni esa ana shu qutlug‘ ibodatning birinchi kunidir.

Dushanba kunining fazilatlari

Olamlarga rahmat etib yuborilgan Payg‘ambarimiz (a.s.) dushanba kuni dunyoga kelganlar. Bu haqda: “U kun (dushanba) men tug‘ilgan va payg‘ambar qilib yuborilgan kundir”, deganlar (Imom Muslim).

U zotning payg‘ambar bo‘lishlaridan biroz oldin Ka’ba ta’mirlanganida Hajarul asvad (qora tosh)ni o‘rniga qo‘yib, qabilalaridagi muqarrar nizoning oldini olgan kunlari ham dushanba edi (Muhammad Hamidulloh, “Hijriy taqvim va uning tarixi”). Bu jihatdan dushanba biz uchun ham muammolarimizni hal qiladigan va ezgulik elchisi bo‘ladigan kun.

Payg‘ambarimiz (a.s.): “Qur’oni karim menga dushanba kuni nozil qilindi”, deganlar (Imom Termiziy). Biz ham dushanba kuniga zimmamizdagi mas’uliyatning ahamiyatini yodga soladigan xayrihox do‘st deb qarashimiz mumkin.

Rasululloh (s.a.v.)ning vafot etgan kunlari ham dushanba edi (Imom Buxoriy). Shunday ekan, dushanba insonlarning eng afzali (a.s.)ga salavot yuboradigan, tilovatlarimiz savobini bag‘ishlaydigan fursat bo‘lishi mumkin emasmi?

Dushanba safar, tijorat va rizq axtariladigan kundir. Zero, Allohning rasuli (s.a.v.): “Dushanba safar va tijorat kunidir”, deb marhamat qilganlar. Sahobalar buning sababini so‘rashganida: “Chunki o‘sha kuni Shuayb (a.s.) tijorat qilish va rizq topish uchun safarga chiqqanlar”, deb javob berganlar (Ibn Moja). Demak, dushanbani halol rizq umidida ishga sho‘ng‘ish bilan sunnatga ergashib, savob olish kuniga aylantirish o‘zimizga bog‘liq.

Dushanbada bandalar kechiriladi. Payg‘ambarimiz (a.s.) marhamat qilganlar: «Jannat eshiklari dushanba va payshanba kunlari ochiladi. Alloh taologa hech narsani sherik qilmagan har bir banda mag‘firat qilinadi. Faqat birodari bilan oralarida dushmanlik bo‘lgan kimsalar mustasno! (Ular haqida:) “Shu ikkisi yarashib olgunicha muhlat bering”, deyiladi» (Imom Muslim).

Dushanba – amallar taqdim qilinadigan kun. Payg‘amba­rimiz (a.s.): “Amallar har dushanba va payshanba Allohga ko‘rsatiladi”, deganlar (Imom Muslim). Demak, dushanbani munosib taqdirlash kuni desa ham bo‘ladi.

Dushanba ro‘za kunidir. Oysha (r.a.) onamiz xabar berishicha: “Rasululloh (s.a.v.) dushanba va payshanba kungi ro‘zalarni mushtoq bo‘lib kutardilar” (Imom Termiziy). Payg‘ambar (a.s.)ning o‘zlari ham: “Bandalarning amallari dushanba va payshanba kunlari Alloh taologa ro‘baro‘ qilinadi. Men amallarimning Alloh taologa ro‘zador holimda ro‘baro‘ qilinishini yaxshi ko‘raman”, deganlar (Imom Termiziy).

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Mabododa

Agar Telegram o'chib ketsa elektron kitob o'qiydiganlar ancha qiynalib qolishsa kerak, deb o'ylayotgan edim. A lekin bu yoqda "Mutolaa" ilovasi borligi esga keldi.
Bu ilova "daxshatli" tarzda o'z bazasini to'ldirib bormoqda. Insayderlarni xabarlariga ko'ra, jahon klassikasining eng shedevr va hajman katta asarlaridan birini audiolashtirishibdi va yaqin kunlarda ilovaga joylashtirilar ekan.

Так что, pdf'chi va audiobook'chilar uchun Pushkin bir jahonu Bayron bir jahon😄

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Chilonzor yo'lini tugatdik.

p.s: bugun Toshkent yerosti metro bekatlarini aylanyapman

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Doimiy ravishda kitob o'qishga hammani ham vaqti, imkoniyati, sharoiti va ko'pincha sabri yetmaydi. Shu sabab sizlarga bir kechadayoq o'qib tugatish mumkin bo'lgan kitoblarni tavsiya etmoqchiman. Bu kitoblarni o'qish sizdan ko'p vaqt talab etmaydi ammo unutulmas taassurotlar qoldirishiga shubham yo'q.
Ro'yxatdagi kitoblar asosida mashxur kinolar ham suratga olingan. Lekin bu kinolarni kitobini yakunlagandan so'ng koʻrib chiqishni tavsiya etaman.

Ana endi va'da qilgan ro'yxatim bilan sizlarni tanishtiraman:

Do'stlik haqida

Antuan de Sent Ekzyuperi "Kichkina shahzoda"

Abdel Sellga "Siz mening hayotimni o'zgartirdingiz" yoki 1+1


O'smirlar hayoti haqida

Jerom Salinger "Javdarzordagi xaloskor"


Sevgi haqida

Frensis Fitsjerald "Buyuk Getsbi"

Erix Mariya Remark "Lissabonda tun"

Fyodor Dostoyevskiy "Oydin tunlar"



O'zlikni anglash haqida

Frants Kafk "Jarayon"

Albert Kamyu "Begona"

Uinston Grum "Forrest Gamp"



Insonlar taqdiri haqida

Ernest Xeminguey "Chol va dengiz"

Gabriel Garsiya Markes "Polkovnikga hech kim xat yozmaydi"

Mixail Bulgakov "Yosh vrach kundaligi"



Insondagi illatlar haqida

Daniel Kiz "Eljernonga atalgan gullar"

Jorj Oruell "Molxona"

Mixail Bulgakov "Ityurak"



Dramalar

Jon Grin "Yulduzlar aybdor"

Stiven King "Rita Xeyvort yoki Shoushankdan qochish"

Jon Steynbek "Sichqonlar va odamlar"



Fantastik kitoblar

Frensis Fitsjerald "Benjamin Buttonning sirli hayoti"

Gerbert Jorj Uells "Dunyolar jangi"

Rey Bredberi "Mars xronikalari"



Antiutopiya

Rey Bredberi "Farangeyt bo'yicha 451 daraja"

Oldos Xaksli "Ajib yangi dunyo"

Uilyam Golding "Pashshalar hukmdori" (o'zbekchasi tarjima qilinmangan)



Horror yoki Qo'rqinchli

Meri Shelli "Frankenshteyn"

Dennis Lixane "La'natlanganlar oroli" (o'zbekchasi tarjima qilinmangan lekin Leonardo di Kaprio o'ynagan shedevr kinosi bor
)


Detektivlar

Agata Kristi "10 ta negr bolasi"

Artur Konan Doyl "Baskervill iti"

Edgar Allan Po "Morg ko'chasidagi qotillik"


Asosan g'arb adabiyotidan misollar keltirdim. Nasib qilsa janrlarga ajratib o'zbek adabiyotidan ham ro'yxat tuzaman.

Postga like bosing, uni saqlab oling hamda uni do'stlaringiz bilan baham ko'ring!

P.S: Sizda qo'llab-quvvatlash mendan esa foydali postlar ulashish. Agar mehringiz jo'shib ketsa kanal biosidagi kartaga ko'ngildan chiqarib donat (hayriya) qiling. Albatta tushgan mablag'lar to'liq kanalni rivojlantirishga yo'naltiriladi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Jeyms Allenning "Fikrlayotgan odam" asari, inson ruhiyatining kuchi va fikrlari hayotdagi hodisalarga qanday ta’sir ko‘rsatishini tadqiq etadi. Kitob, noodatiy fikrlash orqali hayotni qanday yaxshilash mumkinligini ko‘rsatadi. Allen, fikrlar bizning xatti-harakatlarimizni va hatto taqdirimizni shakllantirishi haqidagi falsafasini ilgari suradi.

Kitob o‘zining qisqa va aniq ifodalar bilan o‘z fikrlarini yetkazadi, bu esa o‘quvchiga o‘z fikrlarini qayta ko‘rib chiqishga va yangi qarashlarni o‘zlashtirishga yordam beradi. Allen, ijobiy fikrlar va maqsadli intilishlarning muvaffaqiyatga erishishda qanchalik muhim ekanligini ta’kidlaydi. Shuningdek, u fikrlar va his-tuyg‘ular orqali insonning ichki dunyosini va tashqi hayotini qanday yaxshilash mumkinligini ko‘rsatadi.

"Fikrlayotgan odam" kitobi, shaxsiy rivojlanish va muvaffaqiyatga erishish uchun motivatsiya va yo‘l-yo‘riq beradigan asar sifatida keng tanilgan. Allenning falsafasi, fikrlar va qarashlarning kuchini tan olish va ulardan foydalanishning ahamiyatini yoritadi. Kitob, o‘quvchiga o‘zgarishlarni erishish va hayotdagi maqsadlarga erishish uchun ichki kuchni qanday ishlatishni o‘rgatadi.

Kitobning qariyb yuz yil davomida o'z mavqeyini yo'qotmagani uning chindan ham foydali qo'llanma ekaniga dalolat qiladi...

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bu postni oʻqib hayolingizga ehtimol koreys tarixidagi birinchi shifokor De Chang Kim (oʻzbekcha Seo Tangem) kelgan boʻlsa kerak.

Hozir koreys tarixi haqidagi Sam Gukka (Uch qirollik) kitobini oʻqiy turib, bu ayol haqida bir qancha qaydlarni topib oldim. Qiziq boʻlsa tarjima qilib ulashaman.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Hozir baʼzi erkaklar ayollarga boyligi, nasabi uchun uylanishadi. Ammo tarixda ayolga kitobi uchun uylangan insonlar ham boʻlgan.

Imom Zahabiyning "Siyaru alamin nubala" kitobida ana shunday kitobga haris insonlardan biri haqida yozilgan.

Is'hoq ibn Rohuvayh rohimahulloh bir kishi o‘lgach uning xotiniga uylandi. O‘lgan kishida imom Shofi’iyning kitoblari bor edi. Uning xotiniga faqatgina ana shu kitoblar uchun uylandi.


@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ayni paytda oʻqiyotgan "Talaba" kitobi haqida

Yaqinda Asaxiy nashriyoti tomonidan Tara Westover'ning dunyoga mashhur "Educated" (Talaba) kitobi oʻzbek tiliga tarjima qilinganidan xabaringiz bor.

Bu kitob Amazon tomonidan "2018-yilning eng yaxshi kitobi" deb topilgan. "Talaba" Barack Obama va Bill Gates kabi insonlar tavsiya etuvchi kitoblar roʻyhatidan joy olgan. Bir qator nominatsiyalarga erishgan ushbu kitob muallifi Time jurnali tomonidan 2019-yilning "100 nufuzli insonlari" (100 most influential people) qatoriga kiritilgan.

Tara Westover aslida kim?

Tara Westover tarixshunos olima, Cambridge universitetida PhD ilmiy darajasiga erishgan 36 yoshli amerikalik ayol. "Educated" uning birinchi kitobi. Kitob Tara Westover hayoti haqida. U Mormonlar guruhiga mansub mutaassib diniy oilada dunyoga keladi. Uning ota-onasi farzandlarining maktabga borishiga va boshqa jamiyatlarga qoʻshilishiga qattiq qarshilik qilishadi. Kitobda Taraning otasi farzandlarini (shu oʻrinda yosh qizcha Tarani ham) ogʻir jismoniy mehnatga majburlash, ularni urish, masxara qilish va kelajagi haqida oʻylamaganligi haqida yozilgan.

Tara maktabga bormagan holda, ota-onasidan berkinib yurgan holda oʻzi oʻqishni va yozishni oʻrganadi. Oʻzi yashash uchun kurashadi. Maktabga bormaganligini sir tutgan holda oliygohga oʻqishga kiradi. Talabalik vaqtida berilgan imkoniyatlardan foydalangan holda Cambridge universitetida PhD darajasi olishgacha yetib boradi. Bu kitobni yigʻlamasdan oʻqish qiyin...

#Memuar #AQSH #Amazon #TaraWestover

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

“Farengeyt bo‘yicha 451 daraja”

“Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” (1953) asari kitoblarni butkul yo‘qotib yuborgan jamiyat qay ahvolda bo‘lishini tasavvur etadi. Mashhur amerikalik yozuvchi Rey Bredberi asari qahramoni kitoblar yoquvchi o‘t o‘chiruvchi bo‘lib ishlaydi. Lekin birgina uchrashuv va qo‘liga tushgan bitta kitob uning hayotini butkul o‘zgartirib yuboradi va kutilmagan voqealar girdobiga uloqtiradi.

“Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” asari haqida qiziq faktlar:

1. Rey Bredberi “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” asarini yozishiga Adolf Gitlerning yovuzliklari turtki bo‘lgan: “15 yoshimda Gitler Berlin ko‘chalarida kitoblarni yoqa boshlagan. Keyinchalik 5000 yil ilgari Aleksandriyada kutubxonalar yonib kul bo‘lganidan voqif bo‘ldim… Qalbim yaralandi. Men ta’limni mustaqil ravishda olganman, bu esa ustozlarim – kutubxonalar – xavf ostida ekanligini anglatardi. Agar bu Aleksandriya va Berlinda yuz bergan bo‘lsa, yana qayerdadir takrorlanishi va mening qahramonlarim o‘ldirilishi mumkin edi”.

2. Bredberining “O‘t o‘chiruvchi” (The Fireman) hikoyasi “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” romaniga asos bo‘lgan. Yozuvchi “O‘t o‘chiruvchi” ni 9 kunda jamoat kutubxonasida, u yerdagi yozuv mashinkani ijaraga olib yozgan. Yozuv mashinkasi soatiga 10 sent turgan. Bredberi uydan mayda tangalarni olib kelgan va ijara uchun $9.80 (to‘qqiz dollar sakson sent) sarflagan.

3. Internet sahifalarida “404” (o‘chirilgan) yoki “403” (ma’n etilgan) HTTP kodlari mavjud. 2015-yilda Rey Bredbering “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” romanidan ilhomlanib “451” kodi ham qabul qilingan. 451 – sahifa hukumat tomonidan senzura qilinganligini bildiradi.

4. Rey Bredberi 91 yoshga to‘lguncha “Farengeyt bo‘yicha 451 darajada” kitobi elektron kitob shaklida chiqishiga ruxsat bermagan. U “elektron kitoblardan yonayotgan kerosin hidi anqiydi” degan. Kitobning rasmiy elektron shakli 2011-yildagina chiqqan va faqat yagona shart bilan: kutubxonalarga elektron kitob tekinga beriladi.

5. O‘zini ilmiy-fantastik yozuvchi deb hisoblamasa-da, 1953-yilda yozilgan “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” antiutopiyasida Bredberi zamonamizning qator texnologik kashfiyotlarini bashorat qila olgan. Romanda aksariyati XXI asrdagina yaratilgan quyidagi texnologiyalarni topish mumkin: quloq ichida taqiluvchi jajji yumaloq qulochqinlar va bluetooth; katta yassi televizorlar; yuguradigan robot kuchuklar; FaceTime/Skype kabi dasturlar; bankomatlar; dronlar.

6. “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” 10 mln.dan ortiq tirajda chiqqan antiutopiyalardan. Unga juda ko‘p muqovalar chizilgan. Alangadagi o‘t o‘chiruvchi aks ettirilgan original muqovani mashhur illyustrator Jozef Mugnaini chizgan. Bir kuni Rey Bredberi Beverli Xillsdagi san’at asarlari do‘koni oldidan o‘tib ketayotganida vitrinada Mugnaini chizgan suratni ko‘rib qolgan va o‘zining miyasidagi narsalarni aniq chiza oladigan rassomni uchratganidan lol qolgan. Mugnaini Bredberining yana bir nechta asarlariga illyustratsiya chizgan.

Siz bu kitob bilan tanishmisiz?

#ReyBredberi #kitoblar #antiutopiya

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Sinfdoshlar “insta”da

Favqulodda internetga kirib qoldim, unda “Instagram” sayti bor ekan – o‘zimiznikilar hammasi shu yerda, G‘ishmat ham! U maktabda faqat ikkita to‘rt baho olgan, bu yerda bo‘lsa qandaydir devor oldida turibdi va “Men Stokgolmdaman” deb yozib qo‘yibdi.

Eh, men yarim kechagacha uxlolmadim, ertalab Botanika bog‘iga bordim! Qandaydir kaktus oldida suratga tushdim va “Men Misrdaman” degan yozuv bilan internetga joyladim.

Keyingi kun saytga qaradim – G‘ishmat xotini bilan mamnun qiyofada. Meniki bo‘lsa, uyda yo‘qligimdagina xursand bo‘ladi.

Mayli, deb o‘yladim. Teatr oldida mashhur aktrisani kutdim, birga suratga tushishga ko‘ndirdim, tushdim va saytga qo‘ydim. “Baxtiyor kelin-kuyovlar Taitida o‘tadigan asal oyi oldidan”.

Keyingi kuni saytni ochsam, G‘ishmat bolalari bilan turibdi! Bir oʻgʻil va bir qiz. Mening uyimda ham ular ikkita: qutidagi toshbaqa va mushugim Mosh. Men bolalar bog‘chasiga bordim, tarbiyachidan iltimos qilib, bolalar bilan suratga tushdim – ular yigirmatacha bor! Keyin – internetga! Ostiga esa “Oila davrasida baxtli soatlar” deb yozib qo‘ydim.

G‘ishmat jimib ketdi. Keyinroq qarasam, surat paydo bo‘ldi: G‘ishmat ot ustida! “Mening sevimli Arkadag‘im 50 ming yevro turadi”, deb yozib qo‘yibdi. 50 ming… men o‘zimning Mosh laqabli mushugimni yuvindixonadan topib olganman.

Hayvonot bog‘iga chopdim. Filning oldida suratga tushdim va "bu mening filim – Mamont. 500 ming dollar turadi, ertalablari shippagimni keltirib beradi", deb yozib qoʻydim.

G‘ishmat ikki kun jim qoldi, keyin ko‘rdimki u “Lamborgini” yonida turibdi! Ostida yozuv: “Ikkinchisini nega sotib oldim, bilmayman!”

Ha-a, hozir bilasan, deb o‘yladim! Markazga bordim, “Lexus”, “Rolly-Roycye”, “Jaguar”lar bilan suratga tushdim va yozib qo‘ydim: “Avtomobillarni kolleksiya qilish odati bolaligimda – marka to‘plab yurgan paytlarimda paydo bo‘lgan”.

G‘ishmat pisib ketdi, keyin ko‘rsam, u yaxta yonida turibdi. “Men va mening yaxtam “Dilbar”. Xotinim sharafiga nomlangan” deb yozib qo‘ygan.

Men Sirdaryo daryosiga bordim! U yerda o‘ziyurar “Buran” barjasi – yuk kemasi bor. Suratga tushdimu internetga joyladim “Men va mening qaynonam sharafiga nomlangan barjam “Adolat” deb yozib qo‘ydim.

G‘ishmat tinim bilmadi, keyin qarasam, u yaramas dubulg‘a kiyib samolyot yonida turibdi! Yozuv: “Mening qiziqishim osmon!”. Osmon emish… o‘zi boloxona ayvoniga ham ehtiyot choralarisiz chiqishga qo‘rqardi!

Ha, mayli, o‘zimizni aeroportga bordim, u yerda devor ortida havo laynerlari turibdi, suratga tushdim va yozib qo‘ydim: “Faqat “Boing – 737 Dream Line” ni sotib olgachgina, menga nima yetishmaganini tushundim!”

Tamom – o‘yladim men. G‘ishmatning ovozi o‘chadi! Ammo… qarasam, u qo‘lida kitob bilan turibdi va yozuv bor: “Menga Oltin Qalam mukofotini topshirish marosimida”.

Eh, sen eshak, deb o‘yladim! Sen sakkizinchi sinfgacha to‘rtta harfli so‘zda ikkita xato qilarding. To‘qqizinchida esa Lev Tolstoyni “Lev Tolstiy” derding.

Ha, men uch kun o‘ylandim, nima qilish kerak, keyin o‘zimga qorakuya chaplab rasmga tushdim va yozib qo‘ydim: “Menga yodgorlik, haykaltarosh Sereteli ishlagan. Mening sharafimga nomlangan “G‘ishtko‘prik” shohko‘chasida o‘rnatish rejalashtirilyapti”.

Ana shunda qo‘qqisdan bir nima shaq etdi! Saytni qaradim – uchrashuv oqshomi haqida xabar! O‘ylayapman: G‘ishmat, yaramas, “Lamborgini”da keladi, men-chi, metrodami?! Yana onam yettinchi sinfdaligimda olib bergan katta kamzulda-ya?

Qo‘shnimning qaytarma shoyi yoqali movut kostyumini olib turdim, tomida o‘chib-yonadigan chirog‘i bor BMW haydovchisi bilan kelishib qo‘ydim, u meni maktabga olib borib, signal chaladigan, hamma derazadan qaraganda menga eshikni ochadigan va hurmatimni joyiga qo‘yib turadigan bo‘ldi.

Ketyapmiz, qarasam, G‘ishmat ketyapti. Xomush. Kiyilaverib qiyshayib ketgan poyabzalda. Unga rahmim keldi, mashinaga chiqarib oldim, maktabimizga yetib kelganimizda esa, haydovchi signal chaldi, G‘ishmat bilan mashinadan tushdik. Mayli, barcha bizda hammasi yaxshi deb o‘ylasin.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Oʻzlarini doimo "Biz toʻgʻri ish qilyapmiz" deb oʻylayveradigan kishilar bilan yashash qiyin.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ijtimoiy tarmoqlar paydo bo‘lishidan oldin kaltafahm insonlarning borligini faqatgina oilasi bilar edi!

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ha, ha, dunyoda eng tanbal jonzot sevgidan oladigan lazzatni yalqovlikdan ustun qo‘yaolmadi. Sevgilisi bilan uchrashmagani yetmaganday, unga xat ham yozmadi va shunchaki telefon qilib qo‘yaqoldi. Ochiq gap-da, men bir narsaga hayron bo‘laman, ba’zi bir odamlar o‘zlarining tanballiklari bilan tabiatni ham aldamoqchi bo‘ladilar. Masalan, har bir bolani alohida tug‘ishga, alohida ter to‘kishga erinib, bir yo‘la ikkita, uchta, hatto beshtalab tug‘ishadi. Ayting, bu tanballik bo‘lmay, nima?
Qayoqqa qaramang, tanballik bilan bekorchilikka ko‘zingiz tushadi. Oddiygina o‘zingizning ish stolingizga qarang. Inson ruchkani siyohdonga botirishga erinib, o‘zi yozar ruchka yaratdi. Keyin bu ruchkani siyohga to‘ldirishga sabri chidamay, sharikli ruchkani kashf etdi. Bu ruchkada yozilgan xati ko‘ziga xunuk ko‘rinib, yozuv mashinkasini o‘ylab topdi. Bu ham unga yoqmadi, tugmachalarni bir-bir bosishga erinchoqligi tutdi. Shunda u avval elektr yozuv mashinkasini, keyin barmoqlariga ko‘proq dam berish uchun elektron yozuv mashinkasini yaratdi. Bitta matnni ikki-uch marta qayta yozishga erinib, kopirka qog‘ozni ixtiro qilganiga nima deysiz?
Tanballik qursin, inson u yoq-bu yoqqa yurib yangiliklardan xabardor bo‘lishga erindi. Shunda u gazetani o‘ylab topdi. Gazeta – bu inson eng yalqov paytlarida yaratgan kashfiyotlaridan bittasi. Chunki shinamgina uyda, divanda cho‘zilib yotib, bir necha varaq qog‘ozni varaqlab, dunyoda bo‘layotgan yangiliklardan xabardor bo‘lish yaxshi-da. Lekin inson uchun bu ham yoqmadi va radioni yaratib qo‘ydi.
Radio – odamni yanada tanbalga aylantirdi. Gazeta o‘qishda bir ozgina harakat bor edi, radio eshitishda-chi, yo‘q, cho‘zilib yotaveradi. Ha, cho‘zilib olib, ovoz chiqadigan qutiga termulish ham jonga tegarkan. Lekin zerikkanda o‘rindan turish, kiyinib tashqariga chiqish, qaysidir avtobusga osilish, navbatda turib chipta sotib olish va kinoteatrga kirib kino ko‘rish ham erish tuyilarkan odamga. Shunda inson buning ham yo‘lini topdi va televizorni yaratdi.
Televizor o‘zining odatiy xizmatidan tashqari ota-ona, buvi va buva rolini ham bajarardi. Televizor – o‘qituvchi, eng yaqin do‘st, o‘yinda sherik yoki raqib, u qiziqchi va olabo‘ji edi. Agar odamlar biror muammo ustida bosh qotirishga qo‘llari tegmay, to‘g‘risi, tanballiklari tutsa, televizor darrov bu mavzuda qiziqarli suhbat uyushtirib bera olardi. Ba’zida odamlar tili uchida turgan gapni aytib ham qolar, ba’zida aravani quruq olib qochib, zeriktirardi ham. Shunga ham shukr qilmoq kerak. Chunki inson uchun eng og‘ir yumush – bu fikr qilmoq. Fikrlash, o‘ylash – bu tanballikning eng oliy belgisi. Televizor esa odamni o‘ylashdan, fikrlashdan qutqardi. 
Masalan, o‘nta tugmani o‘tkazish va yechish – bu igna bilan quduq qazishday gap-ku. Lekin buni bir tugma bosish bilan saranjomlash mumkin. Asosan shoshib turganda bu juda qo‘l keladi. Bu, shoshqaloqlik, shoshqaloqlik esa tanballik bilan chiqisholmaydi, deyishingiz mumkin. Lekin men shoshqaloqlikning zaruriy tomonlarini nazarda tutib aytyapman. Masalan, tabiat qo‘yniga chiqishga shoshayotgan bo‘lsangiz, tugmalarni bir-bir o‘tkazishda qo‘lingiz titraydi yoki toyib ketaveradi. Shu paytda “zanjirli yopqich” siz uchun mo‘‘jiza ko‘rsatadi. Boshqa sohalarda ham tanballik namunalarini ko‘rish mumkin.
Tarixni olib ko‘raylik. Inson o‘tgan zamonlarda ham tanbal bo‘lgan. Oddiy sadoqdan paykonni olib kamonga qo‘yishga, keyin kamon ipini tortishga, nayza otishga yoki dushman boshi uzra qilich o‘ynatishga erinib, miltiqni ixtiro qilgan. Lekin har otgandan so‘ng miltiqni yana o‘qlash joniga tegib, avtomat va pulemyotni o‘ylab topgan. Endi dushmanlarini bitta-bitta o‘ldirishga sabri chidamagan, nimagaki, buning uchun ko‘p vaqt va ko‘p harakat sarflanadi. Qarang, buning ham yo‘lini topib, zaharli gaz bilan bombani yaratdi.

Davomi bor

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Dahshatli filmlar qahramonlarining ularni halok etadigan ahmoqona odatlari.

Dahshatli filmlarni ko‘rib, asablarini taranglashtirishni yaxshi ko‘radigan har bir kishi, ushbu filmlar qahramonlarining zig‘ircha ham aqli yo‘qligini payqasa kerak. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, nega ular har doim zulmat va qichqiriqlarga to‘la tashlandiq binolar va qorong‘u o‘rmonlarga intilishadi. Ha, bunday mantiqsiz xatti-harakatlar dahshatli film ishqibozlarini g‘azablantirishi tabiiy. 

Notanish shubhali kimsaga ishonch bildirish.

Barcha notanish kimsalar yaxshi odam bo‘lishsa, nima uchun ularning hayratlanarli o‘tkir tishlari bor. Masalan Оно filmi bunga misol.

Ular doimo bo‘linishadi.

Qorong‘ulikdan to‘satdan hujum qiluvchi manyak ta’qib qilyaptimi? Haa demak, shu joyda hozir ikkitasi yo‘qolgan do‘stini qidirgani ketishadi, qolgan ikkovi o‘sha yerda ularni kutib turishadi.

Ular o‘lim bilan atayin o‘ynashishadi.

Ayniqsa olimlar. Xavfliligi aniq bo‘lgan ob’yektni ko‘rganlarida ular uzoqlashmaydilar, aksincha yaqindan o‘rganishga harakat qiladilar. Masalan “Prometey” filmidagi bir kadrda olim ilonsifat mahluq bilan xuddi chuvalchang bilan o‘ynagandek o‘ynashadi. 

Eng xavfli vaziyatlarda qichqirishadi.

Film qahramonlari xavfsiz joyni topdilar, yashirindilar. Ularni ta’qib qilayotgan yovuz odam ularni ko‘rmay qolishi mumkin. Qotil ortga qaytaman deb turganida, birdan kimdir aksirvoradi yoki noto‘g‘ri buriladi. Shu salgina kutib (qisib) turishni iloji yo‘qmikan-a?

Ularning oyoqlari doimo chalishib ketadi.

Film qahramoni yugurish bo‘yicha chempion bo‘lishi mumkin, lekin manyak ta’qibidan qochayotganda oyog‘i chalkashib yiqiladi.

Ular ko‘rinadigan joyga berkinishadi.

Divan ostiga, vannaxonaga, hojatxonaga... Hazillashmayapsizmi? Ta’qibchi manyak bu joylarni tekshirmaydi deb o‘ylaysizmi? Axir, u eng birinchi navbatda shu joylarni tekshiradi-ku!

Zombi yetkazgan jarohatni yashirish.

Tulki tishlaganda ham yashirilmaydi, bu yerda bo‘lsa... Jarohatlangan film qahramoni dunyoda xavfli virus tarqayotganini hamda o‘zida sekin harakatlanuvchi bombani olib yurganini bilib turib ham jarohatni yashirib jim turadi.

Atrof qo‘rqinchli va qorong‘u, shu vaqtda bizning qahramonlarimiz iblisning o‘zi qurganga o‘xshash tashlandiq bir binoga yaqinlashishadi. Ular unga nazar tashlashadi, g‘ayrioddiy hech narsa ko‘rishmaydi va bir oz o‘ylanib, keyin ichkariga kirishadi. Ha, ular shunchaki qotil qo‘lidan o‘lishni xohlaydilar.

Ular arvohlarga to‘la uylarda yashashadi.

Bizning qahramonlarimiz yashaydigan uyda qo‘rqinchli g‘alati hodisalar sodir bo‘la boshlaydi. Kechalari g‘alati pichirlash eshitiladi, eshiklar o‘zidan-o‘zi ochilib-yopiladi, idish-tovoqlar shitirlaydi, gohida videokuzatuv kameralarida shaffof sharpa yonib ko‘rinib turadi. Xo‘sh, shularga qaramay nima uchun ular yana o‘sha joyda yashashni davom ettirishadi? Darhol u yerdan ko‘chib o‘tib, videokuzatuv kamerasidagi yozuvlarni katta summaga sotishsa bo‘ladi-ku.

Qonli izlarni ortidan kuzatib borishadi.

Dahshatli filmlar qahramonlari uzoqdan qonli izni ko‘rishsa, bir qichqirib olib, keyin uni ortidan diqqat bilan kuzatib borishadi. Qiziq, ular u yerdan nima topishni maqsad qilishadi, bir xum tillami?
 
Narigi dunyoga aloqador o‘yinlarni o‘ynash kamdan-kam hollardagina yaxshilikka olib keladi. Ammo qahramonlarimiz bu haqda unutib, o‘lgan buvisiga qayta-qayta aloqaga chiqishadi (juda ajablanarli). 

Ular qo‘rqinchli narsalarni o‘zlarida saqlaydilar.

Ko‘pchilik dahshatli filmlar qahramonlari paranormal hodisalarga ishonishmaydi. Shuning uchun qo‘rqinchli qo‘g‘irchoq, qadimiy quticha yoki echki terisi qoplangan eski kitobga duch kelishganda hech ikkilanmay o‘zlarida saqlashadi. Kerak bo‘lib qolishi mumkin-da...)))

O‘rmon ichkarisidagi qorong‘u g‘or, eski tashlandiq uy, chirog‘i miltillovchi qorong‘u podval – hammasini tekshirish, ko‘zdan kechirish shart.
Maqsadi – umrni samarali tarzda kamaytirishdan iboratdir.

Sizlar ham qo‘shimcha qo‘shishingiz mumkin.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

"Seni sevaman" so'zlari menda hayotimni uzaytirish istagini uyg'otdi.


Jorj Oruell "1984"

#iqtibos

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

📚 Britaniyalik aktyor Deniel Radkliffning eng sevimli 5 ta kitobi

Aktyor J.K Roulingning “Garri Potter va falsafa toshi” kitobiga moslashtirilgan filmdagi sehrgar bola rolini ijro etganidan keyin jahon miqyosida shuhrat qozongan.

Danielning rus mumtoz adabiyotiga qiziqishini alohida eʼtiborga molik.

Men Dostoevskiyning "Jinoyat va jazo" asarini ilk bor 14 yoshimda o'qiganman. Keyinchalik Gogol va Zamyatinning to'plamlarini, Bulgakovning romanlarini olib oʻqidim.


Uning sevimli adabiy asarlari orasida quyidagilar mavjud:

• “Usta va Margarita”, Mixail Bulgakov

• “Oq gvardiyachi”, Mixail Bulgakov

• “Chol va dengiz”, Ernest Xeminguey

• "Hamal", Emil Zolya

• "Las-Vegasdagi qo'rquv va nafrat" Hunter Tompson


@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Telegram asoschisi Pavel Durov Parijdagi aeroportda hibsga olindi. Fransuz OAV u Telegramʻda yetarlicha moderatsiya yoʻqligi ortidan kelib chiqqan giyohvand moddalar savdosi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlikda ayblanayotgani haqida yozmoqda.

Buning ortidan Telegram messenjeri kelajagi soʻroq ostiga olinmoqda.

«Telegramʼda saqlayotgan muhim axborotlaringizni yuklab olishni maslahat beraman. Istalgan onda AQSH va Amsterdamdagi serverlarni olib qo‘yishlari mumkin», — deya ogohlantirmoqda Red Shield VPNni yaratgan dasturchi Vladislav Zdolnikov.

Agar Telegramga nimadir boʻlsa Instagram va Facebookda jon saqlayotgan boʻlaman

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Menga aloqador kanallar:

@remarkdan_qaydlar
@kafkadan_qaydlar
@dostoyevskiydan_qaydlar
@tolstoydan_qaydlar
@kamyudan_qaydlar
@nitsshedan_qaydlar
@aziznesindan_qaydlar
@kitob_ombori
@unutilgan_tarix
/channel/EA_liveblog

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

📚 Aktyor Uill Smitning eng sevimli 5 ta kitobi

"Qora liboslilar", "Henkok" va "Men afsonaman" kabi jahon kinosanoatidagi eng kassabop filmlar bosh qahramoni Uill Smit nafaqat mahoratli aktyor balki faol kitobxon hamdir. Undan eng sevimli kitoblari haqida soʻralganda quyidagi kitoblarni sanab oʻtgan:

• “Payg‘ambar”, Xalil Gibron

• “Alkimyogar”, Paulo Koelo (oʻzbekchasi bor)

• “Boy ota kambag'al ota”, Robert Kiyosaki (oʻzbekchasi bor)

• "Zukkolar va landovurlar”, Malkolm Gladuvell (oʻzbekchasi bor)

• "Hammasi parchalanib ketganda. Qiyin paytlarda samimiy maslahatlar" Pema Chodron

Men biror joyda oʻzimizni qorakoʻz aktyorlarni kitob oʻqishga qiziqishlari haqida hech oʻqimaganman

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Jeyms Allenning "Fikrlayotgan odam" kitobi, 1903-yilda nashr etilgan, o‘zgacha bir adabiy asardir. Kitob o‘zining qisqa va aniq tili bilan, insonning fikrlari hayotdagi muvaffaqiyat va baxtga ta’sirini ko‘rsatadi.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Qadimgi Yunonistondagi ilk ayol shifokor

Qadimgi Yunonistonlik Agnodiki ismli ayol tarix solnomalarida ilk ayol shifokor deb keltirilib oʻtilgan. U miloddan avvalgi 300-yilda dunyoga kelgan. Bu davrda Yunonistonda tabiblikni faqat erkaklar oʻrganishiga va shugʻullanishiga ruhsat berilgan. Agnodiki sochlarini erkaklar kabi kesib, Iskandariya(qadimgi Misr)dagi tibbiyot maktabiga oʻqishga kiradi.

Agnodiki Iskandariyadagi tibbiyot maktabini tamomlab, Afinaga qaytadi. Bir kuni u Afina koʻchalarida aylanib yurganida tugʻuruq ogʻrigʻidan qichqirayotgan ayolning ovozini eshitib qoladi va darhol u ayolga yordam berishga shoshiladi. Ammo ayol uning yordamini rad qiladi, chunki uni erkak deb oʻylaydi. Agnodiki hech kimga koʻrsatmay kiyimlarini koʻtarib, ayol ekanligini aytadi. Shu tariqa u yosh ayolga tugʻuruqda yordam beradi.

Bu voqeani eshitgan Afinalik ayollar davolanish uchun Agnodikining eshigini birin-ketin taqillata boshlaydilar. Bu xabarni eshitgan hukumat birinchi navbatda Agnodikini ayol bemorlarni aldashda ayblashadi. Sudda ayol ekanligini isbotlagan Agnodiki o‘lim jazosiga hukm qilinadi. Chunki u ayol boʻla turib tibbiyotni oʻrgangan edi. Ammo bu qarorga shaharlik barcha ayollar, ayniqsa oʻlim hukmini chiqargan sudyalarning ayollari qarshi chiqadi.

Ba’zilar esa agar u qatl qilinsa, Agnodiki bilan birga oʻlishni afzal koʻrishlarini aytishadi.
Ayollarning bu bosimiga dosh bera olmagan sudyalar Agnodikining jazosini bekor qilishadi va faqatgina ayollarga xizmat qilish sharti bilan unga shifokor boʻlishga ruxsat berishadi. Shunday qilib, Agnodiki tibbiyot tarixidagi birinchi yunon ayol shifokori, jarroh va ginekolog sifatida tarixga muhrlanadi.

#tibbiyot #ayollar #tarix

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Agar men o'qituvchi bo'lganimda, bolalarini jonidan ortiq yaxshi ko'radigan, ammo ularning yalqov va yaramasligini ko'rib ko'rmaslikka oladigan ota-onalar uchun zo'r bir narsa yozib bergan bo'lar edim.

Masalan: "O'g'lingiz Maksimilian, - deb yozardim, - g'irt "nol". Umid qilamanki, maktabni tamomlaganidan so'ng uni ishga joylab qo'yishingiz mumkin bo'lgan oilaviy tadbirkorligingiz bor, chunki uning boshqa ish topmasligi ikki karra ikkidek aniq".

Mabodo o'sha kuni lirik kayfiyatda bo'lsam, shunday deb yozardim: "Qiziq, chigirtkalarning eshitish a'zosi ketida joylashgan. Qizingiz Vanessaning esa bu chorakdagi o'zlashtirish darajasiga qaraganda, uning umuman eshitish a'zosi yo'q".

Hattoki, tabiat tarixiga chuqurroq yondashib, "Chirildoq olti yilini yer ostida qurt sifatida o'tkazadi, Quyosh va toza havodan olti kundan ko'proq zavqlanmaydi. O'g'lingiz Uilfred maktabimizda olti yil qurt bo'ldi, biz esa uning g'umbakdan chiqishini anchadan beri kutyapmiz" degan bo'lar edim.

Roald Dal "Matilda"

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ernest Xeminguey ovga juda ishqiboz bo'lgan. Kunlardan birida u ov sarguzashtlaridan gapirib berayotganda tinglovchilardan biri so‘rab qolibdi.

- Aytishlaricha, agar odam qo‘lida yonib turgan mash’ala olib yursa, unga yovvoyi hayvonlar daf qilmas ekan. Shu to‘g‘rimi?

- Bu mash’alani qanday tezlikda olib yurishga bog‘liq, - deb javob beribdi mashhur yozuvchi.

#MashhularHayoti #ErnestXeminguey #kitoblar

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bir-biri uchun yaratilgan ba’zi bir odamlarni taqdiriga faqatgina onlayn munosabatlarda bo‘lish bitilgan.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Buyuk Britaniyada maktab tartib-qoidalari (1872-yil)

Quyidagi tartibni buzganlar uchun novda bilan savalash jazosi:

1. O‘g‘il va qizlar aralash o‘ynasa 4
2. Maktabda mushtlashuv bo‘lsa 5
3. Maktabda janjal bo‘lsa 5
4. Maktabda pul tikib o‘yinlar o‘ynasa 4
5. Maktabda qarta o‘ynasa 10
6. Daraxtga 3futdan baland chiqsa (har bir fut uchun) 1
7. Yolg‘on gapirish uchun 7
8. Maktabdan tashqari hududda yolg‘on gapirgani uchun 8
9. Bir-biriga laqab qo‘ygani uchun 3
10. Maktabda haqoratlash uchun 8
11. Qizlarga tegajonlik qilish uchun 10
12. Maktabda spirtli ichimliklar ichish 8
13. Arg‘imchoqlarni o‘ynash uchun 7
14. Uzun tirnoq o‘stirish uchun 2
15. Yo‘lda tarbiyasizlik qilgani uchun 4
16. Qizlar o‘ynaydigan maydonga borgani uchun 3
17. O‘g‘il bolalar o‘ynaydigan maydonga borgani uchun 3
18. Iflos yuz-qo‘lda kelgani uchun 2
19. Sherigini yolg‘onda ayblagani uchun 4
20. Maktabda kurashgani uchun 4
21. O‘yin vaqtida suv sepgani uchun 2
22. Maktabda oyoqlarini o‘ynatgani uchun 4

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Agar siz sport bilan shug‘ulanmaydigan bo‘lsangiz-u, lekin birdan unga xohish tug‘ilib qolsa: “Yaxshi, bugun juma – haftaning oxiri, dushanbadan boshlayman”, deb o‘zingizni yupatasiz.
Agar siz dutor chalishni o‘rganmoqchi yoki matematika bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz, o‘zingiz biror muddatni belgilab oling: “Oy boshidan boshlayman!” deng. Qish bo‘lsa, “Bahorda boshlayman!” deng.
Xo‘sh, endi falsafa tomonga ham bir qiyo boqaylik-da, keyin o‘zimiz ham safsata sotishni bas qilaylik (davom ettirish menga ham yoqmayapti).

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Endi iqtisodiyotga bir nazar tashlasak. To‘g‘ri, inson hamma ishni qilishga erinadi.
Ekish, o‘rish, pishirish, tikish, qurish va boshqa qilinishi kerak bo‘lgan ming bir ishlarni bajarish osonmi? Shunda odamlar bir joyda yig‘ilishdi va ularning orasidan bir tanbali chiqib, dedi: “Kelinglar, bunday qilamiz: sen non yopasan, sen poyafzal tikasan, sen temir eritasan, sen daraxt kesasan, sen uy qurasan. Men esa sizlar qilgan ishlarning hisob-kitobini yuritaman. Sen yaxshi ishlading, sen yomon ishlading, deb ajrim chiqaraman”.
Shu yo‘sin insoniyat tarixida mehnat taqsimoti degan buyuk inqilob yuz berdi va u rivojlanib-rivojlanib... hozir esa to‘xtab qolgan. Lekin tanballik hamisha yo‘l topgan va topadi.
Shu tariqa avtomatlashtirish yuzaga keldi.
Siyosat olamiga mo‘ralaylik, keyin siyosatchilar bizdan nolib yurishmasin. Inson jamoat ishlarini bajarishga yalqovligi tutib, shaxsiy ishlarini tartibga keltirish maqsadida vakillar tanladi. Vakil degani ham odam, demak, u ham tanballar sirasiga kiradi. Ular bir necha odamni yig‘ib, jamoat ishlarini amalga oshirishni buyurishdi. Lekin o‘sha bir necha odam ham tanbal emasmi, o‘z yelkalaridagi yukni bitta odamning bo‘yniga yuklashni o‘ylab topdi. U odam xohlaydimi-yo‘qmi, ko‘pchilikning xohishini bajarishi shart. Turgan gap, u odam charchaydi va bu ishdan bosh tortadi, kezi kelganda qochadi. Odamlar uni aldadi, ha, ha, aldadi, xohlaganda jinni ham qilishdi (Yomon narsalarni o‘ylamang! U paytlarda gazetada “tasodifiy hodisalar” rukni yo‘q edi!).
Kelinglar, endi omad va omadsizlikka to‘la siyosatni tinch qo‘yaylik-da, ko‘ngilxushlik olamiga sayohat qilaylik.
Insonning eng yaxshi ko‘radigan ermagi nima deb o‘ylaysiz? Albatta, ichish! Odam yangi qit’alarni ochishni, yovvoyi va xavfli o‘rmonlarda sayr etishni, cho‘qqilarni zabt etib, bundan zavq olishni yoqtiradi, lekin bunga tanballigi xalaqit beradi. U bu narsalardan oladigan zavqini uyida o‘tirib olishni afzal ko‘rdi va mayni kashf etdi. Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, may insoniyatning eng omadli kashfiyoti hisoblanadi. Sen hech narsa qilmaysan, mayning o‘zi sen uchun hamma ishni qiladi. U soatlab yurishingga, raqs tushishingga, kulish, yig‘lash, baqirishingga kuch beradi, xayolingga nima kelsa shuni bajarishingga ko‘maklashadi. Keyin tushkunlikka tushmasliging uchun seni bo‘shashtiradi, tinchlantiradi va turgan gapki, uxlatadi (o, bunaqa holatni inson qanchalar yaxshi ko‘radi!).
Aytgancha, hozirgina esimga tushdi! Agar inson tanbal bo‘lmasa, nima uchun uyqu dorini o‘ylab topdi? Nimagaki, uxlaganida u yonidan-bu yoniga ag‘darilishga eringani uchun shu dorini kashf etgan.
Gapdan chalg‘idik, axir gap ko‘ngilxushlik haqida borayotgan edi-ku. Xo‘sh, inson nimadan ko‘proq lazzat oladi? Hech kimga sir emas, sport insonga juda katta lazzat bag‘ishlaydi. Sportchilar insoniyatning eng chaqqon va abjir vakillari hisoblanadi. O‘zi sport bilan tanballik bir-biriga zid-ku, deyishingiz mumkin. Lekin biz mutlaqo boshqa narsani nazarda tutmoqdamiz. Menimcha, sportchi eng tanbal kishi. Agar u tanbal bo‘lmasa, nimaga tog‘larga chiqish uchun ko‘tarib-tushiradigan moslamalar, arqon yo‘llar va boshqa uskunalarni o‘ylab topdi?
Ha, men aytmoqchi edimki, inson shunchalar yalqovki, agar u biror ishni qilishni istamasa, o‘sha zahotiyoq shu ishni qilmaydi, agar biror ishni qilishni xohlasa, bu ishni qilish uchun o‘ziga biror qulaylik yaratishni o‘ylab topadi. Suhbat sport haqida ketyaptimi, bir misol keltiray. Siz har kuni ertalab badantarbiya bilan shug‘ulanasiz, to‘g‘rimi? Ajoyib kunlarning birida o‘rningizdan turib, o‘zingizga o‘zingiz shunday deysiz: “Bugun badantarbiya qilishga kech bo‘ldi”. Ertasi kuni esa o‘ylaysiz: “Bugun nimagadir kayfiyatim yo‘qroq, yaxshisi badantarbiya qilmay qo‘yaqolay”. Indiniga yana bahona bor: “Kecha kechqurun ozgina otgan edim, bugun badantarbiya qilishga hushim yo‘qroq”. Shu yo‘sin, siz ertalabki badantarbiyadan voz kechasiz.

Davomi bor

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

YASHASIN, TANBALLIK!

Odamzoddan tanbali bo‘lmaydi. U to‘rt oyoqlab yurishni xohlamagani uchun ikki oyoqlab yurishni afzal ko‘rgan. Chunki to‘rt oyoqda yurganda bo‘ynini cho‘zishi, boshini ko‘tarib turishi, yurganda qo‘lini silkitishi noqulay bo‘lardi. Ikki oyoqda yurishi esa, boshini tik tutib, boshqa jonzotlardan o‘zining ustunligini ko‘rsatib qo‘yish uchun imkoniyat yaratdi. 
Inson hayvonlarni, masalan, otni qo‘lga o‘rgatishining sababi – u shunchaki yayov yurishga eringanidan edi. Otda yurish yaxshi-da. Xo‘sh, inson qayiq va kemani nima uchun ixtiro qilgan? Albatta, o‘zi suzishni istamagani uchun. Yalqovligi suzishga xalaqit bergan-da. Keyin desangiz, unga eshkak eshish ham malol kelgan va u yelkanli qayiqni yaratib, moviy to‘lqinlar qo‘ynida, quyoshning zarrin nurlarida tovlanib turib yana o‘ylagan: shu yelkanni ko‘tarib-tushirish ham bir dahmaza. U shu zahoti motorli qayiqni ixtiro qilib yuborgan-u, birpas o‘tib yana yalqovligi tutgan, chunki bandargohga kirib, yoqilg‘i olishga navbatda turishga erinib, o‘zining tinchligini o‘ylab, yuradigan mashina kashf qilgan.
Egarda lo‘killab yurganda bo‘g‘imlari, faytonda yurganda beli og‘rigan va erinchog‘lik bilan avtomobil bilan temir yo‘lni o‘ylab topgan. Keyin o‘nqir-cho‘nqir yo‘llarda avtomobilda soatlab yurish, avtomobilga yoqilg‘i quyish, moy me’yorini tekshirish, g‘ildiraklarni almashtirish, tasmani, amortizatorni sozlash va boshqa ishlarni bajarishdan erinib, samolyotni yaratgan.
Samolyotga ham qanoat qilmagan. Uni uchish yo‘lakchasiga to‘g‘rilash, havoga ko‘tarilgandan keyin qo‘nish uchun aerodrom qidirish, aerodrom topilgach, qo‘nishga ruxsat tekkuncha uning ustida aylanib yurishga erinib, vertolyotni yasagan va bu uning tanballigigiga juda ham mos tushgan. Chunki uchuvchi xohlasa – joyidan uchib ketadi, xohlasa, joyiga qo‘nadi.
Samolyotning yumshoq o‘rindig‘ida o‘tirib, unga ichimlik, xohishiga ko‘ra kitob, gazeta, jurnal berishdi, musiqa qo‘yishdi, kino ko‘rsatishdi. Eng asosiysi – masofa, piyoda bir yilda yetadigan manzilini bir necha soatda bosib o‘tadi. U shu soatlarga ham qanoat qilmadi, tanballigi tutdi. Endi u ovoz tezligida uchadigan samolyot ixtiro qildi. Ana, ko‘rdingizmi, bu olamda odamzoddan tanbal va chidamsiz jonzot yo‘q.
Har qanday boshqa ixtirolarni oling, u xoh katta, xoh kichik bo‘ladimi, bari inson tanballigining mahsulidir. Kir va idish-tovoq yuvish mashinalari, kimyoviy ko‘ylak, bir marta foydalaniladigan likopchalar, qog‘oz qadahcha va dastro‘molcha, lift. Ha, ha, eng ishonchli misol, bu – lift. U liftni zinapoyalar orqali yuqoriga ko‘tarilishga eringani uchun kashf qilgan. Axir, tanballikning chegarasi bordir? Xo‘p, liftda yuqoriga ko‘tarildi, endi qayoqqa boradi? U shunday ishyoqmaski, qarang, pastga ham liftda tusha boshladi.
Siz nima deb o‘ylaysiz, insonga eng zo‘r lazzat va quvonch beradigan mashg‘ulot nima? Yeyishmi? Ha, to‘g‘ri – yeyish! Inson bu sohada ham tanballigidan voz kechmadi. O‘ziga ovqat tayyorlashga erinchog‘ligi sabab, restoranni o‘ylab topdi. Endi buni qarangki, oldiga keltirib qo‘yilgan ovqatni pichoq, sanchqi, qoshiq yordamida yeyishga erinib, buterbrodni yaratdi. To‘g‘ri, buterbrodning rolini kamsitmaslik kerak, chunki u insoniyatning eng buyuk kashfiyotidir.
Inson shunday zotki, o‘rnidan turishga, bir-ikki qadam yurishga, do‘stlari bilan suhbatlashishga, o‘z ishlarini tartibga keltirishga erinadi. Buning uchun u xat bilan pochtani yaratdi. Bu narsalarni yaratishga yaratib qo‘ydi-yu, yana tanballigi tutdi. Endi u xat yozib, pochtaga borib marka olishi, uni ho‘llab xatjildga yopishtirishi (to‘g‘ri, keyinchalik u markali xatjildlar ixtiro qildi) va xatni pochta qutisiga tashlashi kerak edi. Bu yumushlarni bajarishga erinchog‘ligi tutib, telefonni bunyod etdi. Telefoni borlar, albatta, xat yozmasligi, o‘tirgan joyidan xohlagan kishisi bilan gaplashishi mumkin-da. Bora-bora telefon orqali savdoni yo‘lga qo‘ydi, sotib olish, sotish, o‘qish, o‘qitish, hatto telefon orqali sevish va nikohdan o‘tishni amalga oshirdi.

Davomi bor...

@kitob_ombori

Читать полностью…
Subscribe to a channel