Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Bugun, hali ertaga hammasi yaxshi bo‘lib ketadi deb e’tiqod qilib yashayotganimga o‘n yil bo‘libdi!
@dostoyevskiydan_qaydlar
Taniqli Portugaliyalik murabbiy Joze Mourino nafaqat yaxshi murabbiy balki kinoyali gaplari bilan ham jamoatchilikning eʼtiborini doimo oʻziga jalb etgan.
Quyida uning lisonidan chiqqan jumlalarni havola etaman:
“Agar siz muxlislarga yoqsangiz, yaxshisiz. Agar ular sizni ko‘rarga ko‘zi yo‘q bo‘lsa, bilingki eng zo‘risiz”;
“Menga qarata otilgan toshlardan ajoyib haykal yasash mumkin”;
“Agar Abramovich menga murabbiylik bo‘yicha ko‘mak bersa, biz turnir jadvalining tubiga sho‘ng‘iymiz. Agar men Abramovichga biznes maslahatchi bo‘lsam, inqirozga uchraymiz”;
“Agar sizga mening siyosiy qarashlarim qiziq bo‘lsa aytay – men 4–3–3 tizimi tarafdoriman”.
@kitob_ombori
Shundayin onlar bor – bizni tashlab ketgay
Yoshlik, quvonchimiz, qalbda borimiz.
Qorong‘u qabrday zulmatga otgay –
Nogoh yopirilib kelgan zorimiz.
Sarson tentisak-da umrimiz bo‘yi,
Inkor etolmaymiz taqdirning ra’yin.
Lek baribir shu dard, g‘amdan bir kuni
Aminmanki, Xudo qutqarar meni.
Ser Uolter Reli - ingliz shoiri
@kitob_ombori
Eliza K kim ekanligini bilasizlarmi?
Uning ijodi bilan tanishmisiz?
Shunday qilib, men vannaga yo'l oldim, suvga tushdim va shu orqali o'zimni cho'ktirishga qaror qildim. Keyin birdaniga kecha do‘kondan olgan shokoladli pirogim borligi esimga tushdi. Kim nima desa deyaversin-u, ammo dunyoda yashashga arzigulik narsalar bor.
ㅤㅤ ㅤㅤ
Sesiliya Axern
@kitob_ombori
Yashashni Entoni Xopkinsdan oʻrganish kerak!
1. Men bahaybat Atlant emasligimni tushundim. Dunyo tashvishini bir o‘zim yelkamda ko‘tarib turganim yo‘q.
2. Har kunimni xuddi umrimning so‘ngi kunidek yashashni o‘rgandim. Axir, rostan ham bugun oxirgi kunim bo‘lishi mumkin-ku.
3. Umrim davomida ota-onam, aka-ukalarim, farzandlarim, oilamni sevdim. Umrim poyonida esa o‘zimni sevishni o‘rgandim.
4. Odamlar xato qilayotganini bilsam ham xatoni tuzatmay qo‘ydim. Butun odamzotni mukammal qilishga majbur emasman. Tinchlik mukammallikdan afzal.
5. Men his tuyg‘ularimdan uyalmay qo‘ydim. Hislarim men inson ekanimni anglatadi.
6. Xizmat ko‘rsatuvchilarga yaxshi choychaqa qoldiraman. Bu choychaqa ularni biroz bo‘lsa ham xursand qilsin. Axir ular pul topish uchun mendan ko‘ra mashaqqatliroq mehnat qilishadi.
7. Meni qadrlamaydigan insonlarni tark etaman. Ular mening qadrimni bilmasa bilmasin. O‘z qadrimni o‘zim bilaman-ku.
8. Qariyalar bir hikoyani qayta-qayta aytib berganda “avval ham aytgansiz” deb ularning so‘zini bo‘lmayman. Keksalar biror hikoyani takrorlar ekan o‘z xotiralari yo‘lagidan qayta o‘tib, yoshlikni qayta yashaydilar.
9. Insonlarni ko‘p maqtayman. Maqtov eshitgan kishining kayfiyati ko‘tariladi. Buni ko‘rib men ham xursand bo‘laman.
10. Meva-cheva va sabzavot sotuvchilari bilan tortishib savdolashmayman. Men uchun arzimas bo‘lgan uch-to‘rt dollar ular uchun juda zarur – bolasini o‘qitishga ko‘mak bo‘ladi.
11. Ko‘ylagimdagi g‘ijim yoki kichik dog‘ga e’tibor bermayman. Shaxsiyat tashqi ko‘rinishdan muhim.
12. Birov mendan o‘zish uchun g‘irrom o‘yin qilsa o‘zimni yo‘qotib qo‘yib asabiylashmayman. Men kalamush emasman, men kim o‘zarga musobaqalashmayman.
13. Insonlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish uchun kibrni yig‘ishtirish kerak. Kibr va xudbinlik insonni yolg‘izlatib, jamiyatdan yakkalab qo‘yadi.
14. Men o‘z baxtimni o‘z qo‘lim bilan yarataman. Hayotimni baxtli yashash faqat o‘z qo‘limda.
@kitob_ombori
Navbatdagi Nobelchilar oilasi
Chapdagi kishi Daniyalik nazariy fizika daholaridan biri Nils Bor. Fizika bo‘yicha 1922-yilda Nobel mukofoti sovrindori. Doska oldida turgan kishi uning o‘g‘li Oge Bor. U ham fizika bo‘yicha 1975-yilda Nobel mukofotini olgan.
Ularga taqlid qilishga urinayotgan bolakay uning nabirasi Tomas Bor. U bugungi kunda Daniya texnika universiteti professoridir.
Ilm va unga bo‘lgan muhabbat to‘xtamasdan ko‘chib yuribdi. U bobo, o‘g‘il va nabiraning o‘rtasini ajratmayapdi!
Siz bosgan izni farzandingiz bosayapdimi? O‘zingiz yetgan joyga farzandingiz yetadimi? Bunga ko‘zingiz yetadimi?
Afsus! Bizda unday emas...
@kitob_ombori
Bir vaqtlar inson yolg‘iz qolishga fursat topilardi: avtobusda, ishga piyoda ketayotganda yoki kimnidir kutayotganda odam o‘zi bilan muloqot qilishi mumkin edi. Hozir esa yolg‘iz qoldi deguncha odamlar telefoniga yopishadi, quloqchin taqadi va allaqanday o‘yinlarga berilib ketadi. Ular texnologiyaning quliga aylanib bo‘ldi. O‘tmish mo‘jizalari yangilillar tumani ichra ko‘zdan yo‘qolmoqda.
Den Braun "Ibtido"
@kitob_ombori
Gabriele D’Annunsio. Fransuz adibi Floberdan keyin Tolstoy, Yakobson va D’Annunsio yaxshi romanlar yozdi.
Hans-Kristian Andersen – Daniyadagi eng yaxshi yozuvchi. Dunyoda undan yaxshi yozadigani yo‘q. Hech kim Andersenchalik tarixni bolalarga yaxshi hikoya qilib berolmaydi. U jahonda noyobdir.
Stendal asarlari Napoleon urushlari, ya’ni fransuzlar dunyoga hukmron bo‘lgan davrlar haqida. Uning pozitsiyasi shunday. Bundan tashqari, uning kitoblari romantizmdan iborat, biroq ularda muallifning his-tuyg‘usi juda kam. U hech qachon sentimentalizm ruhida shakllanmadi.
Uilyam Vordsvort barcha ingliz shoirlaridan ko‘ra buyukroq, ham daholikka loyiq. Uning oqpadar o‘g‘il haqidagi kitobi – “Ekskursiya”ni o‘qing.
Daniel Defo asarlari menga juda yoqadi. Kutubxonasida hamma yozuvchilarning saylanma asarlari bo‘lib, u barchasini oxirigacha o‘qib chiqqan. Jumladan, Flober, Ben Jonson va Ibsenni. U “Robinzon Kruzo” asarini inglizlarning “Uliss”i deb aytgan edi.
Jon Donn ijodi Shekspir asarlari singari jozibador va o‘qishli. Agar boshqa asarlar bilan solishtirilsa, aminmanki, fransuz shoirlari kitoblarining siyqasi chiqqani oydinlashadi. Jon Donn klassisizim oqimi ortidan ergashmagan daho. U va Choser “mo‘min-qobil” odamlarga qo‘shilmagan, hayotni sevguvchi adiblar edi.
Aristotel mening nazdimda, hamma zamonlarning eng buyuk mutafakkiri. Uning asarlarida hamma narsaga aniq va oddiy ta’rif beriladi. Keyinchalik esa uning fikrlari asosida tom-tom kitoblar yozildi.
Ernest Heminguey hayot va adabiyot orasidagi tafovutni kamaytirdi. Aslida, bu ishni barcha yozuvchilar qilishi kerak. Ernest Heminguey hamma narsani boricha yozdi. Shuning uchun ham biz uni sevamiz. U biz yozuvchilarni yozgan va hali yozishga ulgurmagan hayotga olib kirdi.
Onore de Balzakning dong‘i va mahorati o‘quvchini ushlab turadi, deb o‘ylayman.
Dante. Italyan adabiyoti Dantedan boshlanib, Danteda tugaydi. Shuning o‘zi kifoya. Danteda hamma narsa tiklanish ruhida. Men Danteni Bibliyani sevganchalik sevaman. U ruhimni oziqlantiradi. Qolgan hammasi daxmaza.
Gi de Mopassan… Qiziqarli va jonli… ammo uning asarlarini buyuk ishlar deb aytmagan bo‘lardim.
Iogann-Volfgang Gyote. Keksa Faustning yoshartirilishi menga yoqmaydi.
Mixail Lermontov. “Zamonamiz qahramoni” asari jahonda mening kitobimga o‘xshagan yagona asar. “Zamonamiz qahramoni”ning shafqatsiz taqdiri menga kitobimni eslatib turadi.
Aleksandr Pushkin. Men bir narsani tushunolmayman: Pushkinning askarlar, yovuz odamlar, tanti qahramonlar haqidagi asarlaridan qanday zavqlanish mumkin? Pushkin bolalarcha yashadi va yozdi, shu tariqa o‘ldi ham.
Lev Tolstoy. Hamma davrlarda ham adabiyotga yangilik olib kirganlar eng yaxshi yozuvchi deb tan olingan. Lev Tolstoy buyuk adib. Uning asarlari hech qachon o‘lmaydi. Chunki uning yelkasida doim boshi bo‘lgan.
Jek Londonga qarshi biror gap aytolmayman. Chunki biz bir-birimizdan tubdan farq qilamiz.
Homer barcha aspektlar va spetsifikalarni “Odisseya”da ifodalab bergan, shu jumladan, mayda detallarni ham. U oddiy so‘zlardan favqulodda ma’nolar chiqara oladi. Homerning asarlari shu darajada ajoyib yozilganki, ulardan bir nechta yozuvchilarni topish uchun odam juda aqlli bo‘lishi shart emas. Bular ertaklardek ajoyib va butun yer yuzini birdek bog‘lab turadigan asarlardir. Ularni qayta yozishning iloji yo‘q. Hammasidan ko‘ra eng ajoyibi va keng qamrovlisi “Odisseya”dir. U “Hamlet”, “Don Kixot”, “Ilohiy komediya”, “Faust”dan ham buyukroq va ijtimoiyroq.
Anton Chexov adabiyotga yangilik olib kirdi. Sirtdan qaraganda, u birinchi dramaturg. Chexov kichkinagina detallardan ham tragediya, komediya, xarakter va his-tuyg‘u yarata oladi. Shuningdek, uning asarlarini o‘qiganda pyesalar xuddi ko‘z ochib yumguncha tugab qolgandek taassurot uyg‘otadi. Chexov asarlarida qahramonlar doim ko‘zbo‘yamachiliklardan o‘zini tiyadi va parda tushiriladi. Ammo, bilingki, ular his-tuyg‘uni unutib, yangi ko‘zbo‘yamachiliklarni yaratishadi.
Marsel Prust – analitik natyurmortchi. U faqat gersoginyalar haqida yozadi. Meni esa ularning xizmatkorlari ko‘proq qiziqtirgan.
@kitob_ombori
Rahmat sizga katta yurakli inson!
Sizlar bor olam munavvar. Sizlar bor reklamalar bor
Результаты конкурса:
Победители:
1. Baxawatdiyin (@Seylibekov)
2. ㅤㅤ 𝑲𝒆𝒏𝒋𝒂𝒚𝒆𝒗𝒂 (@the_kenjayeva)
Проверить результаты
Кеча Маккайи мукаррамада устоз Абдулҳаким қори домлани зиёрат қилган эдик, суҳбат асносида бир гап айтдилар:
— Шайх ҳазратлари кўп шундай дер эдилар, “онаси илм учун етаклаб келган болалар одатда, олим бўлиб етишади, энг озида, қори бўлмай қолмайди”.
Бунга мисол қилиб, ўзларига онаси етаклаб келган, ўзлари ўқитган кишиларни ва бунинг исботи аслида тарихда имом Бухорий, имом Молик, имом Аҳмадларнинг мисолида ўз тасдиғини топганини эсладилар.
Ҳа, бу гапни кўп эшитганмиз. Аммо бу гапни такарор ва такрор эшитиб туравериш керак экан. Айниқса, ҳаётда ўзлари бунга гувоҳ бўлган улуғ устозлардан эшитиб, сир-синоатини сўраб туриш керак. Ўзим ҳам олдиндан онаси илмга ихлос қилган, боласининг одоби, илми учун куйиниб юрган оналарни кўрсам, ўша болалардан катта яхшиликлар умид қиламан.
Азиз оналар — опа-сингиллар, сизларда гап кўп. Бугунги фитналарга, турли макр-ҳийлаларга чалғиманг, алданманг.
Сизлар тепратаётган бешикда, сизлар ювиб-тараётган ўша кир устибошнинг ичида буюк инсонлар ўсаяпти аслида. Уларнинг буюклиги сиз билан! Сизнинг ихлосингиз, иффатингиз, сабр-матонатингиз, қаноатингиз ва ғайратингиз билан!
@IkromSharif
Janubiy Koreyada magistratura talabasi, kelinlik hayoti haqida bir sahifa.
Bu qiz sizni sogʻlom turmush tarziga targʻib qiladi, uning nigohi bilan tabiatni, kitoblarni va coffeeʼni sevib qolishingiz mumkin.
Kanal faqat ayol-qizlar uchun:
/channel/+LExSA6wdBaE5ODAy
Insonning aqliy va axloqiy rivojlanishi qanchalik yuqori bo'lsa, hayot unga shunchalik zavq bag'ishlaydi.
Anton Chexov
@kitob_ombori
Qiziquvchan bo'lsang ham qiyinda
2018-yil noyabrda 4 ayol astrofizik Nil Degrass Taysonni jinsiy zo'ravonlikda ayblashadi. Ulardan biri — Baknell universiteti professori Keytlin Allersning ta'kidlashicha, Tayson 2009-yilda bo'lib o'tgan "Amerika astronomiya jamiyati" yig'ilishida unga "suykalgan".
Aslida, Keytlinning yelkasida Quyosh tizimi tatiurovkasi bo'lgan. Tayson esa bu voqeadan 3 yil oldin sayyoralar safidan chiqarilgan Pluton ham tatiurovkada tasvirlanganmi yoki yo'q ekaniga qiziqqan.
"Men shunchaki odamlar hali ham Plutonni tatuirovkalariga qo'shishyaptimi yoki yo'q — shuni aniqlamoqchi edim. Hamkasbim meni noto'g'ri tushunganidan afsusdaman va undan uzr so'rayman." — degandi Nil bu hodisa haqida.
@kitob_ombori
Ilgari eng go‘zal lahzalarni suratga tushirmasdik, ammo o‘sha lahzalarning lazzatini tuyar edik, o‘sha lahzalarda hayot bor edi. Bugungi kunda esa, o‘sha go‘zal lahzada yashamasak da, go‘zal suratlarga tushirmoqdamiz!
Читать полностью…Sizga katta shaharlar yoqadimi?
Masalan, Sergey Yeseninga katta shaharlar yoqmagan!
U shahar hayotiga, uning shovqin-suroniga o'ta salbiy munosabatda bo'lib, qishloqning soddaligi va u yerdagi erkinlikni afzal ko'rgan. Agar e'tibor beradigan bo'lsangiz, Yesenin she'rlarida ham ko'pincha tabiat, qishloq hayoti va sodda qishloq odamlarning quvonchlari haqida yozgan.
Yesenin to‘laqonli xuzur-halovat va baxtni shovqinli shahar dunyosidan uzoqda, tabiatga yaqinlik va soddalikda topish mumkinligiga ishongan. U o'zining tug'ilgan joyini, rus zamini ulug‘vorligini chuqur his qilib yashagan va rus xalqining boy madaniyatiga doimo qiziqqan.
Siz qanday hayotni afzal ko'rasiz?
@kitob_ombori
Agar mendan: "Qanday qizlarni boshqalarga namuna qilib ko'rsatish kerak?"- deb so'rashsa,hech ikkilanmasdan: "Bilimli, zamonaviy va diniy hissiyoti o'tkir Ra'noga o'xshash qizlarni",- degan bo'lardim. Abdulla Qodiriyning daho san'atkorligi shundaki, u sho'ro bosqini ila avj olgan ma'naviy-ruhiy bo‘hronlar ichida millat ongi qanday ofatlar iskanjasida qolishini aniq bilgan. Millat xarakteridagi qanaqa ojizlik va nuqsonlar yuzaga qalqishini xatosiz ko'ra olgan. Shuning uchun romanlarda yaratilajak bosh qahramonlariga millat dunyoqarashi, millat Ruhoniyati va millat tabiatida doim sobit saqlanishi shart bo'lgan fazilat va xislatlarni mahorat bilan umumlashtirib tasvirlagan.
@kitob_ombori
Bugun metroda yurdim. Bir hikoya yozishlik taassurotlar oldim shekilli
Читать полностью…Postlarga ko'p-ko'p reaksiya bosish, ma'noli, tahliliy, go'zal izohlar yozish boshqa (yangi) obunachilar hamda reklama beruvchilarni jalb etar ekan.
Читать полностью…Dunyoda, atrofimizda muammolar tiqilib ketgani tufayli bu joyga iloji boricha qiziqroq, kayfiyat koʻtaradigan, odamni taʼbini xira qilmaydigan narsalar yozishga harakat qilaman.
Baʼzan "siz ham xalq dardini, muammolarini olib chiqmaysizmi? tanqidiy narsalar yozmaysizmi?" deyishadi.
Mensiz ham bu mavzuni bu jamiyat odamlari juda sevadi va mendan koʻra ustalik bilan koʻtarishga usta.
Hayot qisqa, oʻlayotganimizda afsuslanadigan narsalarimiz qatoriga: oila aʼzolarimiz bilan kamroq vaqt oʻtkazganimizdan, doʻstlar davrlariga bormaganimizdan, sayohat qilmaganimizdan, tuygʻularimizni yaqinlarimizga izhor qilmaganimizdan koʻproq nadomat chekamiz. Qaysidir poyafzali teshik insonga, otasini tan olinmagan bolasini hayotiga, yoki qaysidir ayolning tana aʼzosini oʻylab oʻlmaymiz.
Atrofingizdagi voqeliklarni koʻngilga ortiqcha olmang, hamma axborotlarga ham qiziqmang, sevgan ishingiz bilan shugʻullaning, yaqinlaringizni seving, Alloh yaratgan yerda uning rizoligini izlab yashang.
Mariya Kyuri. Bu ayolning jasorati, ilmga boʻlgan muhabbati, har qanday qarshiliklarga qaramay qobiqni yorib chiqqani meni doimo hayratga solgan.
Har qancha qiyin bo‘lmasin, muhit va olomon fikriga qarshi borib o‘qimishli bo‘lgan polshalik ilk olima ayol, shu bilan bir qatorda Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan birinchi ayol kimyogar hamdir.
Oilaning yutuqlari:
Mari Kyuri (Kimyo va fizika bo'yicha Nobel mukofoti);
Turmush o‘rtog‘i - Pyer Kyuri (fizika bo'yicha Nobel mukofoti);
Qizi - Iren Joliot Kyuri (Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti);
Qizining turmush o‘rtog‘i - Frederik Joliot Kyuri (Kimyo bo'yicha Nobel mukofoti).
Oilamisan-oila!
P.S: Suratda Mari Kyuri va uning qizi Iren Joliot Kyuri tajriba jarayonida.
@kitob_ombori
/channel/bushro_05/815
Mana bu yerda yaxshi tanlov boʻlyapti. Yutish ehtimolingiz biz oʻtkazgan tanlovdan koʻra koʻproq. Har holda sal mehnat qilgan, salgina hafsala qilgan yutadi.
Mayli, men sizlarga fora beraman)
Jeyms Joys jahon adiblari haqida
“Yozuvchi bo‘lishdan avval o‘quvchi bo‘lish kerak”. Bu aksioma. Zero, Abdulla Qodiriy ta’kidlaganidek:
Yozuvchi birovni takrorlab qo‘ymaslik uchun ham o‘qishi kerak!
Eng katta yutuq mana shu kanalni topganingiz va unda mavjud ekanligingiz emasmi?
Blocklanib, kanaldan post oʻqiy olmaydiganlar qancha...
Oʻzini qadrini bilganlar - 🎉
Hozir Sizga tarixda o‘tgan ayanchli voqealardan birini hikoya qilib beraman, xulosani o‘zingiz chiqaring:
...Misrda fransuz bosqinchilariga qarshi kurashib, ularga katta talafotlar yetkazgan qo‘mondon Muhammad Karimni tutib, Napoleonning huzuriga keltirishadi.
- Men sening mardligingga, jasoratingga tan berdim, - deydi Napoleon. – To‘g‘ri, sen menga katta zarar yetkazding, ammo, men o‘z xalqining himoyasi uchun jonini berishga tayyor qahramonlarni qatl qilgan imperator sifatida tarixda qolishni istamayman. Shuning uchun, senga imkon bermoqchiman. Sen mening juda ko‘p askarlarimni o‘ldirding. Agar ular evaziga menga o‘n ming oltin tanga keltirsang, seni ozod qilaman. Bu bir va’dadir, so‘zdan qaytish yo‘q!
- Roziman, - deydi Muhammad Karim. – Shartingni to‘liq bajaraman, bunga imkoniyatim bor. Ammo ayni damda qo‘limda shuncha oltin yo‘q. Bozorlarda tirikchilik o‘tkazadigan odamlarga yuz ming oltin tanga qarz berganman. Ruxsat bersang, ulardan pullarimning sen aytgan miqdorini qaytarib olsam.
Napoleon unga ruxsat berib, muhlat tayin etadi.
Muhammad Karim oyoq-qo‘llari zanjirband holda, o‘nlab fransuz askarlari qurshovida har kuni Misr bozorlariga borar, o‘zi qarz bergan odamlarga Napoleonning shartini aytib, bergan pulining hech bo‘lmasa ma’lum miqdorini qaytarishni iltimos qilardi.
- Men sizlarning ozodligingiz, farovonligingiz yo‘lida jonimniyu molimni tikdim. Sizlarga hech bir aziyat yetishini istamayman. Hozir ham sizlarga yaxshi bo‘lishi uchun harakat qilyapman. Agar Napoleon aytgan oltinlarni olib borib bersam, u bizlarga ortiq zarar yetkazmaydi, - deya o‘tinadi. Ammo birorta qarzdor savdogar uning pullarini qaytarishni istamaydi. Qaytaga, Muhammad Karimning o‘zini malomat qiladilar.
- Sen Iskandariyaning vayron bo‘lishiga sababchi bo‘lding! Seni deb tijoratimiz kasod bo‘ldi! Avvalroq taslim bo‘lganingda, shu qadar katta zarar ko‘rmagan bo‘lardik! – deya tashlanishadi unga.
Muhammad Karim Napoleon bergan o‘n kunlik muhlatni shunday xorlik bilan o‘tkazadi. Hech kim bir tanga ham bermaydi unga.
Muhlat bitgan kuni Napoleon iztirobdan boshini ko‘tara olmay qolgan bu azamatga ham achinish, ham g‘azab bilan hayqiradi:
- Sen qatl qilinishga loyiqsan! Sababini bilasanmi? Sen qorin qayg‘usini yurt qayg‘usidan ustun qo‘yadigan, johil vatandoshlaringni deb, mening yuzlab azamat askarlarimni o‘ldirding!..
Muhammad Karim o‘sha kuniyoq qatl qilinadi.
...«Johil olomonni qutqarish uchun maydonga otilgan odam – ko‘rlarning yo‘lini yoritish uchun o‘ziga o‘t qo‘ygan odam kabidir», deya yozgan edi faylasuflarning biri.
@kitob_ombori
Meni ijtimoiy tarmoqda eng charchatgan narsalar:
1. Tartibli ilmdan uzoqlashish va shuning natijasida paydo bo‘layotgan bo‘lmag‘ur bahslar (muhimi, bu tortishuvlarda hech kimning yengganini ko‘rmadim hali);
2. Tarafkashlik (katta muammolarni gapirishning foydasi bormikin, shu arzimagan masalada sharmandalik ko‘rinish zohir);
3. Guruhbozlik (maydalashishning yana bir xunuk ifodasi);
4. Osmoniy so‘zlardan manfaat yo‘lida foydalanish (insonmiz-ku deyishimiz mumkindir, ammo baribir bu gap oqlab bermaydi bizni);
5. Tortishuvda yengish uchun hadis izlash (qidirish tugmasi ham sezadi qizarayotgan yuzni);
6. Alloh asrasin, shu maqsad yo‘lida hatto oyat izlash (odam o‘lgani yaxshi shu ishni qilganidan!);
7. Qilgan amalini ro‘kach qilaverish (banda aslida hech kim);
8. O‘tmish bilan yashab qolish va o‘sha o‘tmishni yuzga solaverish (orqaga qarayvergan odam bexosdan chuqurga tushib ketadi);
9. Xolislikni o‘zini qo‘llovchilardagina ko‘rish (qiyin, juda qiyin bu illatdan qutulmoq, ammo qutulmoq kerak, shunisi aniq);
10. Samimiyatdan uzoq xulosalar (bobomni sog‘indim);
Ko‘pi o‘zimda uchragani uchunmi, mazkur qusurlarni darrov ilg‘ayman, meni alday olmaysizlar, uzr!
Xayrulla Hamidov
@kitob_ombori
Yil oxiriga hech qanday tanlovlar, eksklyuziv narsalar, marafonlar vaʼda bermayman. Xafta oxirida long read nimadir qoralashim mumkin.
Shu narsalarsiz ham 15k boʻla olarmikanmiz?
1000KITOB'ning 2024-yildagi 50 kitobi tarjimalari tugab, loyihaning birinchi bosqichi yakunlanishiga oz qolibdi. 2025-yil uchun ham rejalar tuzilgan.
Kitoblar qachon chiqadi? Kelgusi rejalar qanday? Hozir-chi, aynan nima qilinyapti?
20-dekabr kuni Yoshlar ijod saroyida mana shu loyihaga bag'ishlangan jonli uchrashuv o'tkaziladi. Tadbirga borib, loyiha haqidagi barcha savollaringizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri loyiha tashkilotchilaridan javob olishingiz imkoni bor. Uchrashuvda hamkor nashriyotlar ham o‘z yarmarkalari bilan qatnashishadi (arzonga kitoblar sotib olishingiz ham mumkin).
Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish kerak:
📝 Ro‘yxatdan o‘tish
📆 20.12.2024
⏰ 15:00
📍 Yoshlar ijod saroyi
Deyarli hech kim o'z xohishiga ko'ra baxtli bo'lishga jur'at etmaydi. Hamma boshqalar kabi baxtli bo'lishni xohlaydi.
Читать полностью…