kosontumani_uz | Unsorted

Telegram-канал kosontumani_uz - Koson.uz | Koson tumani hokimligi

-

Қашқадарё вилояти Косон тумани ҳокимлигининг расмий телеграм каналига хуш келибсиз! Туман ҳаётига оид аниқ, холис ва тезкор хабарларни биринчи бизда кузатинг! Мурожаат учун: (75) 592 15 35 veb-site: kosont.uz

Subscribe to a channel

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

📣 “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yilgi ilk mavsumiga 1-fevraldan start beriladi!

Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Bunda:

1️⃣Loyihalar kiritish: 1–20-fevral;
2️⃣Loyihalarni saralash: 21-fevral–11-mart;
3️⃣Ovoz berish: 12–31-mart sanalari davomida o‘tkaziladi.

🪙Ushbu mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 3 trln so‘m dan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi!

‼️Eslatma! Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 360 mln so‘mni tashkil etadi.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|Twitter

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

OAV biz haqimizda

"Yangi O'zbekiston" gazetasining yangi sonida kosonlik imkoniyati cheklangan ayollarni ish bilan ta'minlagan tadbirkor ayol haqida maqola chop etildi. Batafsil gazetaning 5-betida o'qishingiz mumkin.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Press-turdan keyin Koson tumani hokimi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Koson tumani hokimligi zalida Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev ishtirokida jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida tuman hokimi amalga oshirilgan ishlar va o‘z rejalari haqida ma'lumot berdi.

Shunday keyin anjuman savol-javob tarzda davom etib, ishtirokchilar tuman hokimidan o‘z savollariga javob olishdi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

OAV xodimlari va blogerlar uchun press-tur tashkil qilindi

Bugun Koson tumani hokimligi tashabbusi bilan viloyatimizda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Dastlab tadbir ishtirokchilariga Shayx Qusam ota ziyoratgohida amalga oshirilayotgan ishlar tanishtirildi.

Shundan keyin saxovatli tadbirkorlar tomonidan kam ta'minlangan oilalar uchun qurib berilgan uy-joylarga borilib, bu yerda yashayotgan fuqarolar bilan muloqot qilindi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

ДИҚҚАТ РЕЙД

Косон туман ҳокимлиги ташаббуси билан масъул соҳа вакиллари иштирокида савдо марказларида рейд ўтказилди

Бунда савдо марказлари қаршисида ғайриқонуний тартибда сотувчилар тижорий жараёнларни амалга ошираётгани, сифатсиз озиқ-овқат маҳсулотларини ижтимоий аҳамиятини салбий таъсирлари муҳокама этилди.

❗️Рейд жараёнида ОАВ вакиллари, журналист, блогерлар иштирок этди.

———
Рустамов_БЛОГ
@Rasmiykanal_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев рафиқаси билан бирга давлат ташрифи билан Хитой Халқ Республикасига келди. Пекин шаҳрининг “Шоуду” аэропортида давлатимиз раҳбарини ХХР маданият ва туризм вазири Сунь Ели ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вместе с супругой прибыл с государственным визитом в Китайскую Народную Республику. В пекинском аэропорту "Шоуду" главу нашего государства встретили министр культуры и туризма КНР Сунь Ели и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

"Тафсилот" кўрсатувида Косон туманидаги Чироқчи маҳалласида "Обод хонадон", "Обод кўча" ва "Обод маҳалла" мезонларини жорий этиш бўйича олиб борилаётган ишлар хусусида сўз борган.

#19jan #qashqadaryo_trk
📱Расмий телеграм каналимиз
👉
/channel/qashqadaryo_trk

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

📹 OAV biz haqimizda

"O‘zbekiston 24" telekanali orqali Koson tumanida faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlar haqida reportaj namoyish etildi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Давлатимиз раҳбари тизимдаги муаммоларни санаб ўтди.

Комплекс раҳбарияти сўнгги олти йилда четдан қарийб 50 миллиард доллар инвестиция киргани ҳақида маълумот бераётгани, лекин ушбу инвестицияларнинг ялпи ички маҳсулотга, қўшилган қийматга, экспортга таъсири қандай бўлгани бўйича таҳлиллар етарли эмаслиги қайд этилди.

Масалан, ўтган йили ялпи ички маҳсулот ҳам, саноат ҳам 6 фоизга ўсди. Бироқ, товарлар экспортида кутилганидек ўсиш бўлмагани айтилди.

Ҳудудларда эса молиялаштириш тўлиқ якунланган 8 триллион сўмлик 1 мингта лойиҳа ҳалигача ишга тушмаган.

Мамлакатимиз сертификатларини тан олиш бўйича ҳалигача бирорта давлат билан келишувга эришилмаган.

Халқаро молия ташкилотлари билан қиймати 480 миллион долларлик 5 та лойиҳа бўйича келишув имзоланганига 1-2 йил бўлган бўлсада, ўзлаштириш бошланмаган.

Ёки, икки йил олдин ташкил қилинган Тўғридан-тўғри инвестициялар жамғармасига 1 миллиард доллар хорижий инвестиция олиб келиш бўйича режалар тўлиқ амалга оширилиши шартлиги кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|Twitter

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

📹 YPX xodimlarini haqorat qilgan fuqarolar 10 sutkaga qamaldi (Video)

Koson tumanida yashovchi bir guruh erkaklar yo‘ldan o‘tib ketayotgan YPX avtomashinasini tasvirga olib, hech bir sababsiz xodimlarni turli so‘zlar bilan onasidan so‘kib, haqorat qildi.
Kuni kecha JIB Koson tumani sudida bu fuqarolarning ushbu qilmishi ko‘rib chiqildi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Президент Шавкат Мирзиёев раислигида 2024 йилда макроиқтисодий барқарорлик ва иқтисодий ривожланишни таъминлаш бўйича устувор вазифалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по приоритетным задачам обеспечения макроэкономической стабильности и экономического развития в 2024 году.

#Mirziyoyev #videoselektor #iqtisodiyot #sanoat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

#seminar

🔸Koson tumanida soliq sohasiga oid so‘nggi yangiliklar, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.
🔸Unda viloyat soliq boshqarmasi, tuman soliq inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining tegishli Qonunlari bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, joriy yilgi soliq stavkalari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
🔸Seminar davomida kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi, qanday hollarda o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga YATTlar uchun belgilangan tartibda soliq solinishi, 2024-yil 1-apreldan aksiz solig‘i solinadigan tovarlar va xizmatlar doirasining kengayishi kabi o‘zgarishlar ham atroflicha tushuntirildi.
🔸Ishtirokchilarni savollariga javoblar qaytarildi.

✍️Qashqadaryo viloyati
soliq boshqarmasi


Telegram | Facebook

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Бу йил 5 миллион аҳоли бандлигини таъминлаш бўйича алоҳида дастур қабул қилинди.

Камбағалликни кескин камайтириш учун одамларимизга доимий даромад келтирадиган иш ўринларини яратиш зарур
- деди давлат раҳбари.

Ўтган йили 16 та туман ва шаҳарда доимий иш ўринларини яратиш режаси 70 фоизга ҳам бажарилмагани кўрсатиб ўтилди. Бандлик идоралари эса иш сўраб келган одамларга осонгина нафақа тайинлашга ўтиб олгани танқид қилинди.

Шунингдек, республикадаги 319 та маҳалладаги ҳоким ёрдамчилари аҳолини бизнесга жалб қилиш, бандликни ошириш, камбағалликни қисқартириш бўйича натижа кўрсата олмагани қайд этилди.

Жумладан, Ш.Рашидов, Пастдарғом, Ангор туманлари, Андижон ва Термиз шаҳарларидаги 123 та ҳоким ёрдамчисининг аҳолини тадбиркорликка жалб қилиш ишлари қониқарсиз.

Ушбу ҳоким ёрдамчиларини тўлиқ янгилаш ва тажрибали ҳоким ёрдамчиларини бириктириш вазифаси қўйилди.

Facebook|Instagram|Twitter

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Viloyat IIB boshlig‘i "Chiroqchi" mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i Shuhrat Sotvoldiyev “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha Koson tumani “Chiroqchi” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Hududni obod maskanga aylantirish borasida o‘z taklif va tavsiyalarini bildirib, bu borada mas'ul etib biriktirilgan mutasaddilarga zarur topshiriqlarni berdi.

Hozirda mahalla hududida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 32 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 32-й годовщиной образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днём защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

📹 OAV va soha vakillari bilan bozor atrofida reyd o‘tkazildi (video)

Bir guruh bloger va jurnalistlar, mutasaddilar bilan birgalikda Koson tumani dehqon-oziq ovqat bozori tashqarisida, yo‘l yoqasida ishlayotgan savdogarlar faoliyati bo‘yicha reyd o‘tkazildi. Afsuski, vaziyat juda achinarli. Oziq-ovqat mahsulotlari yerda sotilmoqda. Yana sanitariya-gigiyena talablariga savdogarlar umuman rioya qilishmaydi. Mutasaddilar tomonidan berilgan ogohlantirish va jarimalar ham ularga ta'sir qilmayapti.

Qolaversa, bozor ichkarisida rastalar bo‘sh. Ayrim savdogarlar chek to‘lashdan bo‘yin tovlab tashqarida tartibsiz holatda ishlashni afzal ko‘rmoqda.

Mas'ullarning ma'lum qilishicha, bu reyd oxirgi ogohlantirish. Agar yana bunday holatlar takrorlanaversa qat'iy choralar ko‘rilishi ta'minlanadi.

Batafsil "Millar" dasturidagi lavhada tanishing.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

“Chiroqchi” mahallasida bolalar maydonchasi quriladi

Mahalla binosi oldida bo‘sh va qarovsiz yotgan yer maydoniga kichik saylgoh va bolalar maydonchasi quriladi. Bu ishlar “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladi.

Hozirda saylgoh va maydoncha loyihasi ishlab chiqilgan va ayni paytda maydonchani qurish uchun tuproq ishlari olib borilmoqda.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Press-tur davomida yangi maktab faoliyati ham tanishtirildi

Koson tumani "Do‘stlik" MFYdagi Yangi O‘zbekiston massivida qurilgan 100-maktab bugun zamon talablariga mos ravishda qurilib, foydalanishga topshirildi. Jurnalist va blogerlar maktabda bo‘lib, bu sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi. Maktab jamoasi bilan suhbatda bo‘lishdi.

Shundan so‘ng tuman Madaniyat markazida faoliyat ko‘rsatayotgan madaniyat bo‘limi xodimlari faoliyati ham tanishtirildi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Ноқонуний жойлашув ва антисанитария” – Косон тумани марказидаги бозорда рейд

Савдогарлар бозорнинг кўча қисмида жойлашиб, аҳоли ҳаракатланувчи йўлларда жойлашган. Истеъмол учун сотилаётган гўшт, инфекциядан тез зарарланувчи маҳсулотларни сақлашда санитария қоидаларига риоя этилмаган.

Маълум бўлишича, бозор ичкарисида расталар бўш. Савдогарлар эса чек пулини тўлашдан бўйин товлаб, ташқарида, йўл ёқасида савдо қилмоқда. Бу борада уларга берилган огоҳлантириш ҳам таъсир қилмаяпти.

Соҳа ходимлари билан рейд ўтказилиб, бу борада савдогарлар огоҳлантирилди.

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Президент Шавкат Мирзиёев ва рафиқаси Пекинда тантанали кутиб олинди

Президента Шавката Мирзиёева с супругой торжественно встретили в Пекине

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

«ЙИЛ ЭЪТИРОФИ — 2023»  |  «ҚАШҚАДАРЁ АҲЛИ» ТАНЛОВИ!

«Қашқадарёдаги фаолияти энг намунали ҳоким» жамоатчилик сўровномаси бўйича, энг намунали ҳоким деб Косон тумани ҳокими Асрол Бойкараев эътироф этилди.

Тақдирлаш маросимида махсус статуэтка ва эсдалик совғаси Косон тумани ҳокимининг биринчи ўринбосар Ҳамза Назаровга топширилди.

Қуйидаги линкни босинг ва Қашқадарёликларга қўшилинг👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEag43PSTC9kTJgRaQ

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

"Chiroqchi" mahallasi obodonlashtirilmoqda

“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha Koson tumani “Chiroqchi” mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Jumladan, 1600 metr masofada ariqlar tozalandi, 360 tup daraxt ko‘chati ekildi,  42 tonna chiqindi olib chiqildi, 16 ta xonadonlardagi tandirxonalar oqlandi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Давлатимиз раҳбари экспорт соҳасидаги ишлар аҳволини таҳлил қилди. Комплекс раҳбарияти ва ҳокимларнинг 2024 йил учун экспорт режаси етарли эмаслиги қайд этилди.

Иқтисодиётимизни янги босқичга олиб чиқиш учун, экспортни йилига камида 30 фоизга ошириб боришимиз зарур
- деди Президент.

Лекин, ўтган йили 2 та драйвер тармоқ ва 4 та ҳудудда 2022 йилга нисбатан экспорт ҳажмлари камайди. Шунингдек, 10 та туман ва шаҳарда экспорт олдинги йил кўрсаткичини ярмига ҳам етмади.

Шу муносабат билан Бош вазирга Андижон, Бухоро, Қашқадарё, Навоий вилоятлари ҳокимининг инвестиция бўйича ўринбосарлари ҳамда 10 та туман ва шаҳар ҳокимига нисбатан интизомий чора кўриш топширилди.

Мева-сабзавот экспорти учун хорижий давлатларнинг фитосанитар рухсатлари олинганига қарамасдан, улардан тўлиқ фойдаланилмаяпти. Масалан, Японияга 58 турдаги мева-сабзавотга фитосанитар рухсат олингани билан, 52 тури бўйича, Ҳиндистонга 38 тадан 32 таси, Покистонга 22 тадан 18 таси, АҚШга 15 тадан 11 таси бўйича экспорт бўлмади.

Ўсимликлар карантини ва ҳимояси агентлиги ва ҳокимларнинг инвестиция бўйича ўринбосарлари ўртасида маҳсулотлар экспортини ташкил қилиш бўйича ҳамкорлик йўқлиги танқид қилинди. Эндиликда агентлик нафақат фитосанитар рухсат олиш, балки қишлоқ хўжалиги экспортини ташкиллаштириш учун ҳам масъул бўлади. Бунинг учун карантин тизими, иш услуби ва ёндашувлари тўлиқ ўзгаради.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Президент раислигида экспорт, инвестиция ва маҳаллий саноатда 2024 йилда турган вазифалар бўйича йиғилиш бошланди.

Давлатимиз раҳбари ялпи ички маҳсулотни ошириш бўйича катта марра олинганини, лекин бунга фақат ички инвестиция ва ички бозор билан эришиб бўлмаслигини қайд этди:

Ягона тўғри йўлимиз – хорижий инвестицияларни фаол жалб қилиш ва экспортни кўпайтириш”.

Президент бевосита инвестиция, саноат ва экспортга масъул 11 та вазирлик ва идора, 10 та уюшма, хориждаги дипломатик ваколатхоналар, бундан ташқари, барча вазирлик, тармоқ ва ҳудудларда экспорт ва инвестицияга масъул раҳбар ўринбосари фаолият юритаётган инвестициялар ва ташқи савдо тизимининг фаолияти жуда сустлигини кўрсатиб ўтди.

Ҳозирги мураккаб вазиятда тизимда инвестиция ва экспорт бўйича чуқур таҳлил йўқлиги танқид қилинди.

Асосий бозорларимиз бўлган мамлакатлардаги девальвация, жаҳонда рўй бераётган зиддиятлар ва логистика ҳисобига уларга экспорт камайган.

Бундай мураккаб вазият бугун ёки кеча бошланмагани, Инвестиция вазирлиги ва тармоқлар раҳбарлари экспорт бозорларини диверсификация қилиш устида ўз вақтида бош қотирмагани кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|Twitter

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

"Chiroqchi" mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko'cha", "Obod mahalla" tamoyili amalda

Bugun Koson tumani "Chiroqchi" mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko'cha", "Obod mahalla" tamoyili asosida mahalla hududidagi xonadonlarda mavjud muammolar o‘rganildi. Xonadonlarni obodonlashtirish, tozalash va ozodaligini saqlash hamda xonadonlarni o'rab turuvchi devorlarni zamonaviy ko'rinishga keltirish ishlari davom etmoqda. Mahalla aholisining ehtiyoji uchun 150 metrli artizan quduq foydalanishga topshirildi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

#axborot

📽 Qarshi shahri va Koson tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotganlar aniqlandi.

🗓 16.01.2024

📺  @axborot_qashqadaryo_tv

✍ Bizning telegram manzil:

📲/channel/HUDUDGAZ_QASHQADARYO_GTF

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

“Chiroqchi” mahallasida bunyodkorlik ishlari davom etmoqda

Mahalladagi eski va ta‘mirtalab ahvolga kelib qolgan devorlar buzilib, o‘rniga yangi devorlar qurilmoqda. Bu ishlar hashar yo‘li orqali aholi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Президент 2024 йилда иқтисодиётни ривожлантириш бўйича турган устувор вазифаларни белгилаб берди.

Жорий йилда ялпи ички маҳсулотни камида 6 фоизга кўпайтириб, 100 миллиард долларга етказиш режа қилинган.

Лекин, ўтган йили саноат 6 фоиз ўсгани билан, ишлаб чиқаришда қўшилган қиймат 40 фоиздан ошмаётгани кўрсатиб ўтилди.

Бу рақамлар бизни қониқтирмайди. Булар асосан импортга қарамлик ва энергия истеъмоли юқорилиги ҳамда ортиқча харажатлар кўплиги сабабли бўлмоқда
- деди давлат раҳбари.

Йирик саноат тармоқларига солиқ юки камайтирилган бўлса-да, кўп тармоқлар давлатга тушумни таъминлаш ўрнига харажатини ошираётгани қайд этилди. Жумладан, 10 та йирик корхонада харажатлар даромаддан тезроқ ўсгани кузатилган.

Facebook|Instagram|Twitter

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

"Эл-юрт посбони ва қалқони бўлиш – бу дунёда энг улуғ ва муқаддас ишдир". Ўзбекистон Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 32 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муборак бўлсин!

"Защищать и стоять на страже родной страны - самое великое и благородное дело в мире". С 32-й годовщиной образования Вооруженных Сил Узбекистана и Днем защитников Родины!

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

https://telegra.ph/OLIS-MAJDAYOBUDA-KATTA-TIBBIJ-K%D0%8ERIK-%D0%8ETKAZILDI-01-12

Читать полностью…
Subscribe to a channel