Дорогие защитники Отечества! Поздравляю Вас с праздником 14 января – Дня защитника Родины! Желаю Вам больших успехов в дальнейших начинаниях! Пусть мужество, выдержка и терпение будут надёжными помощниками в решении задач, направленных на сохранение и приумножение славных традиций нашей Родины! Пусть в Вашей семье всегда будет мир и взаимная привязанность! С праздником!
Читать полностью…#Madaniy_meros
#Obodonlashtirish
❇️ Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish hamda ularning jozibadorligini oshirish maqsadida Buxoro tarixiy markazida joylashgan bir qator tarixiy obidalarda keng ko‘lamdagi tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan “Hovli poyon” uyida jadidchilik tarixiga bag‘ishlangan ilk muzey tashkil etiladi.
1860-1870-yillarda qurilgan va G‘oziyon mahallasida Gavkushon madrasasi yonidagi uy mashhur ziyoli, ma’rifatparvar, Markaziy Osiyo jadidchiligi yetakchilaridan biri Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayevga tegishli bo‘lgan. Aynan shu uyda ilk bor yangi usuldagi maktablardan biri ochilib, o‘quvchilarga zamonaviy ta’lim tizimiga mos ravishda ona tili, matematika, tarix, geografiya va boshqa fanlar bepul o‘qitilgan.
Uyning yaxshi saqlanib qolgan eski qismida zarur restavratsiya ishlarini olib borish, shuningdek, yangi binolarni rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
Muzeyda jadidchilik namoyandalarining qo‘lyozmalari va shaxsiy buyumlaridan iborat yangi ekspozitsiya hamda jadidchilik tarixini ochib beruvchi maxsus yaratilgan multimediya tizimi o‘rin oladi.
Muzey qoshida jadidlar merosini o‘rganish bo‘yicha ilmiy markaz tashkil etish ham rejalashtirilgan. Olimlar ilmiy faoliyat uchun barcha sharoitlarni ta’minlovchi materiallar va arxivlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Muzeyni tashkil etish tashabbuskorlaridan biri, Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayevning oʻgʻli Timurxoʻja boʻlajak muzey fondiga qadimiy qimmatli qoʻlyozmalarni oʻz ichiga olgan boy kutubxonasini hamda zamonaviy adabiyotlarning keng toʻplamini sovgʻa qiladi.
2025 йилда Бухорода илк Биеннале бўлиб ўтади.
Бухорода Биенналени ўтказиш юқори мақсадларимиздан бири — Ўзбекистоннинг халқаро санъат ҳамжамиятига қўшилиши ҳамда унинг жаҳон миқёсида маданий-тарихий нуфузини юксалтиришда муҳим аҳамиятга эга.
Биеннале ташкил этиш ва ўтказиш асносида маҳаллий ва хорижий усталар ҳамда ижодкорларнинг мулоқот қилиш имкониятлари яратилади. Бу эса мутахассислар ўртасида тажриба алмашишга, шунингдек, анъанавий ҳунармандчилик салоҳиятларини замонавий руҳда очиб беришга замин яратади.
Олдимизда ушбу лойиҳани амалга ошириш вазифаси турибди. Ишонаман, Бухорода илк Биенналени ўтказиш халқаро ҳамжамият эътиборини қозонади ҳамда қадимий ва тарихий шаҳримизни мутахассис ва сайёҳлар томонидан янада кенгроқ кашф этилишига ёрдам беради.
"Atrofimizda biz ahamiyatsiz deb qarayotgan narsalar aslida yildan-yilga o'tib kelayotgan bebaho boylik madaniy merosimiz bo‘lishi mumkin.
Madaniy meros avlodlarimizga tuhfa bo'lib qolsin!"
YUNESKO madaniy merosni asrashni targ'ib qilish bo'yicha rolik tayyorladi.
___________
«То, что мы считаем незначительным вокруг нас, на самом деле может быть нашим бесценным культурным наследием, передаваемым из поколения в поколение.
Пусть культурное наследие станет даром нашим потомкам!»
ЮНЕСКО подготовила ролик, пропагандирующий сохранение культурного наследия.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
#Xalqaro_aloqalar
❇️ Buxorodagi tarixiy obidalar restavratsiya qilinmoqda
🎞 “Buxoro MTRK”, “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi
🎙 Suxrob Sherov
📹 Olim Ziyoyev
Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati
Новости 24 | Реставраторы из Италии проводят изучения и реконструкционные работы в старинных зданиях Бухары
#1july #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#TA'ZIYA
Toshkent arxitektura-qurilish institutining Arxitektura tarixi va nazariyasi kefedrasi professori, arxitektura fanlari doktori, Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi raisi o‘rinbosari - Nazilov Doda Avazovich shu yil 29-iyun kuni 77 yoshida vafot etdi.
Madaniy meros agentligi professor Nazilov Doda Avazovichning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
D.A.Nozilov ko‘p yillar O‘rta Osiyo xalqlari me’morchiligi sohasida izlanish va tadqiqotlar olib bordi. Toshkent arxitektura-qurilish institutining Arxitektura tarixi va nazariyasi kafedrasi professori, 200 ga yaqin ilmiy ishlarning muallifi hisoblanadi.
O‘zbekistonning qadimiy obidalari tarixi va me’moriy tuzilishini o‘rganish, ularni tiklash va ta’mirlash, asrash va ommalashtirish bo‘yicha atoqli olim D.A.Nozilovning oʻzbek ilm-faniga qoʻshgan hissasi beqiyos.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🏛️Madaniy meros agentligi Qurbon hayiti bilan barchangizni samimiy qutlaydi!
🌿Baxt, omad, baraka, sihat-salomatlik doimiy hamrohingiz bo'lsin.
🕌Qutlug' kunda barcha o'ylagan xayrli amallaringiz va ezgu niyatlaringiz ijobat bo'lishiga tilakdoshmiz.
🕊️Yurtimiz va Siz aziz vatandoshlarga ko'z tegmasin!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🏔 Ситораи Моҳи Хоса — Бухоро амирининг шаҳар яқинидаги қароргоҳи. Маълумотларга кўра, Амир Саид Олимхон бу саройни рафиқаси Ситора учун барпо этган. Бошқа бир афсонага кўра, сарой олдидаги ҳовузда хизматкор-жориялар чўмилишган. Амир айвон орқали чиқиб, ҳовуз томонга олма отган. Олмани биринчи бўлиб қўлга киритган жория вақтни Амир билан ўтказган. Мўъжиза ва романтикага бой маскан.
* * * * * *
🏔 Дворец Ситораи Мохи-Хоса – загородная резиденция бухарских эмиров. Согласно одной из легенд, Эмир Сайид Алимхан построил дворец для своей жены Ситоры. Согласно другой легенде, в бассейне перед дворцом купались наложницы, эмир выходил и бросал яблоко, та, кто поймает яблоко первой, проводила время с эмиром. Место, окутанное мистикой и романтикой.
📍 Локация
#Madaniy_meros
#Tarix_va_Bugun
🕌 Buxoro shahrida joylashgan tarixiy obidalarning o‘tmish va hozirgi kundagi ko‘rinishi
Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi
#Болойи_Ҳовуз_ансамбли
Бухоронинг энг машҳур диққатга сазовор жойларидан бирига айланган Болойи Ҳовуз мажмуаси ҳақидаги қисқача видеолавҳани эътиборингизга ҳавола этамиз
Ушбу тарихий мавзудаги ижодий лавҳа БухДУ журналистика
йўналиши 2 босқич талабаси Мехрибон Қурбонова томонидан тайёрланди.
✍️Бухоро шаҳар ҳокимлиги ахборот хизмати
O‘zbekiston Madaniy meros agentiligi delegatsiyasi Eron tajribasini o‘rganmoqda
Batafsil
Батафсил
Telegram | Facebook | Twitter| YouTube |Telegram (на русском)
#Sharq_gavhari
#Buxoroga_xush_kelibsiz
Вилоят Маданият ва туризм бошқармаси янги “Бухорога хуш келибсиз!” (Welcome to Bukhara) видеоролигини тақдим этади.
Тобора гўзаллашиб бораётган қадим Бухоройи Шариф янги ракурсда!
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
https://www.uza.uz/uz/posts/qadim-buxoro-xorizhlik-fototasvirchilar-nigohida_502303
Читать полностью…#Tayinlov
Prezident qarori (PQ–218-son, 10.07.2023 y.) bilan Baxodir Ganjiyevich Abdikarimov O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Bahodir Abdikarimov 2022-yilning 2-iyunidan Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son va 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmonlari bilan Turizm va madaniy meros vazirligidan ajratilgan holda Madaniy meros agentligi faoliyati qayta tashkil etildi.
Eslatib o‘tamiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1- iyundagi "Ma’muriy islohotlar doirasida madaniy meros sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PQ-177-sonli qarorga muvofiq Agentlikning faoliyati belgilandi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
‼️ DIQQAT, E'LON ‼️
Buxoro viloyati aholisi va mеhmonlari diqqatiga‼️
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shuni ma'lum qiladiki, joriy yilning 5 iyul kuni soat 09:00 da viloyatdagi barcha "Madaniy meroslarni" turli xil favqulodda vaziyatlar va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni oldini olish borasida Buxoro shahridagi "Ark qo‘rg‘oni" misolida maxsus-taktik o'quv mashg'ulotlari o'tkaziladi.
Fuqarolardan mazkur o'quv mashg'ulotlari o'tkaziladigan hududda tashkil etiladigan shartli yong'in va uni bartaraf etishda jalb qilinadigan yong'in ekipajlari harakati vaqtida vahima qilmaslik, tadbirlarni ommaviy axborot vositalari (intеrnеt tarmoqlari) orqali noto'g'ri talqin qilib yoritmasliklarini so'rab qolamiz.
𝐵𝑢𝑥𝑜𝑟𝑜 𝑣𝑖𝑙𝑜𝑦𝑎𝑡𝑖 𝐹𝑉𝐵 𝑟𝑎𝑠𝑚𝑖𝑦 𝑠𝑎𝑦𝑡𝑖
https://t.me/joinchat/AAAAAEoigWz6iodESNWGuw.
Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab boʻlgan holat yuzasidan rasmiy maʼlumot
Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlarda 1 nafar qiz va 1 nafar oʻgʻil bola Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan “Poyi Kalon” majmuasi oldida madaniyatsiz hatti-harakatlar bilan raqsga tushgani aks etgan video tarqaldi.
Mazkur video Buxoro shahar IIO FMB da belgilangan tartibda qayd etilib, masʼul xodimlar tomonidan kechiktirib boʻlmas tezkor surishtiruv harakatlari olib borildi.
Aniqlanishicha, 2022-yilning iyul oyi oʻrtalarida 2004-yilda Gʻijduvon tumanida tugʻilgan, tumanning “Zarangari” mahallasida roʻyxatda turuvchi, Buxoro shahar A.Somiy koʻchasida vaqtincha ijarada yashovchi E.M. ismli ayol oʻzining tanishi 2004-yilda Kogon tumanida tugʻilgan, hozirda Samarqand temir yoʻl texnikumi 1-bosqich talabasi, Kogon tumani “Taraqqiyot” mahallasida yashovchi A.A. ismli yigit bilan Buxoro shahrining tarixiy qismidagi “Poyi Kalon” majmuasiga taxminan soat 05:00 larda kelib, turli beoʻxshov qiliqlar qilib, boshqa bir “H.” ismli tanishining qoʻl telefoniga videoga olinganligi hamda oʻtgan yili ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, har ikkala fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, javobgarlikka tortildi va “H.” ismli fuqaroning shaxsini aniqlash choralari koʻrilmoqda.
Holatni videoga olib ijtimoiy tarmoqqa chiqarib yuborgan H. ning shaxsiga aniqlik kiritilib, qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikning muqarrarligi taʼminlanadi.
🇺🇿 Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati
#OAV_biz_haqimizda
#Uzbekiston24
❇️ Italiyalik restavratorlar Buxorodagi qadimiy binolarda o'rganish va ta‘mirlash ishlarini boshladi
Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati
#Изма_из_медиалойиҳаси
“Изма из” медиалойиҳаси ижодкорларидан Қурбон ҳайити туҳфаси
Кўрсатувмизнинг бу галги сони Мавлоно Маҳдуми Аъзамнинг шогирдлари, Нақшбандия тариқати давомчиларидан бири, улуғ авлиё Ҳазрат Поянда Муҳаммад Шоҳи Ахсий Файзиободийга бағишланди.
✅ Бухоро шаҳар ҳокимлиги ахборот хизмати
#Buxorojon
✨Tunggi Buxoro sehri
-
✨Ночная магия Бухары
Suratlar : Muhammadjon Toshpulatov
Telegram | Facebook | Instagram
📹Buxoro shahridagi barcha muzeylar sayyohlar bilan gavjum. Xususan, "Buxoroda temirchilik hunari tarixi" muzey-ustaxonasida ham bir qator mehmonlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari tashrif buyurib, muzey haqida ko'rsatuv tayyorlashdi.
⚜️Shu bilan birga, muzey fillial mudiri Shavqiddin Kamolov tomonidan tashrif buyurganlarga mahorat darslari o'tkazildi.
__________
📹Все музеи города Бухары переполнены туристами. В частности, ряд гостей и представителей СМИ посетили музей-мастерскую «История кузнечного ремесла в Бухаре» и подготовили репортаж о музее.
⚜️Вместе с тем директор филиала музея Шавкиддин Камалов провел для посетителей мастер-классы.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
30-may kuni Buxoroda 11 nafar o‘zbekistonlik ustalarning nufuzli “Homo Faber Guide” sayyohlik qaydnomasiga kiritilishi munosabati bilan “Hunarmandlik kuchi” mavzusida ochiq bahs-munozara bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqotda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Madaniy hamkorlik boshqarmasi loyiha rahbari, boshqaruvchisi Azizbek Mannopov va Mikelanjelo jamg‘armasi ijrochi direktori Alberto Kavalli ishtirok etdi. Tadbir qatnashchilari qatorida, shuningdek, taniqli dizayner va hunarmandlar Nada Debs (Livan) va Ahmad Angavi (Saudiya Arabistoni) ham hozir bo‘ldilar.
O‘zbekistonlik hunarmandlarning “Homo Faber” qo‘llanmasiga kiritilishi mamlakat uchun diqqatga sazovor voqea bo‘lib, u xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, hunarmandlarni O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shishga jalb etish, butun dunyo kashtachilik ustalarini Buxoroning zardo‘zlik san’ati bilan tanishtirish hamda mahalliy ustaxonalarda ijodkorlikni rag‘batlantirishga qaratilgan.
—
30 мая в Бухаре состоялась открытая дискуссия «Сила ремесла», посвященная включению 11 узбекских мастеров в престижный путеводитель Homo Faber Guide.
В открытой дискуссии приняли участие: Азизбек Маннопов, руководитель проекта, проектный менеджер Управления культурного сотрудничества Фонда развития культуры и искусства Узбекистана, Альберто Кавалли, исполнительный директор Фонда Микеланджело. Также среди участников события были известные дизайнеры и ремесленники Нада Дебс (Ливан) и Ахмад Ангави (Саудовская Аравия).
Включение узбекских мастеров в Homo Faber Guide является знаковым для страны событием и направлено на укрепление международного сотрудничества, привлечение ремесленников для содействия развитию Узбекистана, знакомству мастеров вышивки всего мира с золотошвейным искусством Бухары и стимулирование творчества в местных мастерских.
#new_project
“Кўкалдош” мадрасасида “Homo Faber Guide”нинг “Ўзбекистонга оид боби” тақдимоти ўтказилди.
Telegram | Facebook | Instagram
Маданий мерос объектларига зарар етказилаётганлиги ҳолати юзасидан
РАСМИЙ ХАБАР
Вилоят прокуратураси, ДХХ Бухоро вилояти бошқармаси хамда вилоят Маданий мерос бошқармаси билан ҳамкорликда ўтказилган текширишларда Ромитан туманида жойлашган ўрта асрларга оид 5 та археология мероси объектларида ноқонуний қазиш ишлари олиб борилганлиги ва бошқа сабабларга кўра жами 291,4 млрд. сўмлик зарар етказилганлиги аниқланган.
Хусусан, ноқонуний қазиш ва бузиш ишлари олиб борилганлиги сабабли, ўрта асрларга оид “Тепа 9” археология мероси объектига 269,6 млрд. сўмлик, “Қалъаи Муллабектепа” ёдгорлигига 19,7 млрд. сўмлик, “Амиртепа” ёдгорлигига 1,1 млрд. сўмлик, “Хўжа Ҳаққитепа” ёдгорлигига 832 млн. сўмлик ва “Тепа-5” ёдгорлигига 202 млн. сўмлик зарар етказилган.
Мазкур ҳолатлар юзасидан вилоят прокуратураси томонидан 19.04.2023 йилда Жиноят кодексининг 132-моддаси 3-қисми “а” банди (Моддий маданий мерос объектларини нобуд қилиш, бузиш ёки уларга шикаст етказиш) ва бошқа моддалар билан жиноят иши қўзғатилган.
Маданий мерос агентлигининг Археология тадқиқотларини мувофиқлаштириш бўлими томонидан ушбу археология мероси объектларига етказилган зарар миқдори Вазирлар Маҳкамасининг 265-сонли қарори билан тасдиқланган “Моддий маданий мерос кўчмас мулк объектига етказилган моддий зарар миқдорини ҳисоблаш Методикаси”га асосан етказилган зарар ҳажми объектнинг уч ўлчамлик фазовий шакли бўйича ҳисобланган.
Дастлабки тергов ҳаракатлари давомида вилоят прокурори бошчилигидаги гуруҳ томонидан тегишли мутахассисларни жалб қилган ҳолда археология объектлари жойида кўздан кечирилди.
Тергов ҳаракатлари давомида зарар миқдорига ва бошқа ҳолатларга аниқлик киритилади ва ҳуқуқий баҳо берилади.
➡️Батафсил:👇👇👇
✅/channel/Buxoro_viloyat_prokuraturasi
Бухорода бешта тарихий ёдгорлик бузилиши натижасида сал кам 300 млрд сўмлик зарар етказилди
Бош прокуратура томонидан ўтказилган текширувлар натижасида Ромитан туманида ўтказилган ўрганишлар давомида, ҳудудда жойлашган 5 та археология ёдгорлигига турли сабабларга кўра жами 291,4 млрд. сўмлик жиддий шикаст етказилганлиги аниқланди.
Хусусан, ноқонуний қазиш ва бузиш ишлари олиб борилганлиги сабабли, ўрта асрларга оид “Тепа 9” археология мероси объектига 269,6 млрд. сўмлик, “Қалаи Муллабектепа” ёдгорлигига 19,7 млрд. сўмлик, “Амиртепа” ёдгорлигига 1,1 млрд. сўмлик, “Хўжа Ҳаққитепа” ёдгорлигига 832 млн. сўмлик ва “Тепа-5” ёдгорлигига 202 млн. сўмлик зарар етказилган.
Бухоро вилоят прокуратураси хабарига кўра, аниқланган ҳолатлар юзасидан жиноят иши қўзғатилиб, дастлабки тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
Каналга уланиш:
➖ @uzauz