28309
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi Asosiy telegram kanal: @uza_uz Sayt: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •lotin yozuvida: @uzauzlot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etish uchun 3-4-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Yaqubov Odiljon Almaxamadovich
Sariosiyo tumaniga hokim etib tayinlandi
Tayinlovga qadar O.Yaqubov Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Dusmatov Aziz Fayzamatovich
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi "Zarur amaliyotlar markazi - GxP" Davlat muassasasi direktori lavozimidan ozod etildi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#TAYINLOV
Rashidov Alisher Abdurazoqovich - Navbahor tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar A.Rashidov Navoiy viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#TAYINLOV
Narpay tumaniga yangi hokim tayinlandi
Boliyev Anvar Begimovich Narpay tumani hokimi etib tayinlandi.
A.Boliyev shu paytgacha Narpay tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#QURULTOY
⚡️O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga yangi rahbariyat saylanadi
Bugun ilk marta Kasaba uyushmalari federatsiyasiga rais va uning o‘rinbosari muqobillik asosida, yashirin ovoz berish orqali saylanadi.
Ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan Federatsiyaning IX Qurultoyida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etmoqda.
Bu yig‘ilish har besh yilda bir marta o‘tkaziladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga uning Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilishi munosabati bilan yo‘llagan tabriknomasiga javoban maktub yo‘llab, Qirg‘iziston tomoni ushbu tadbirga nufuzli delegatsiyasini yuborgani uchun minnatdorlik izhor etdi.
"Mazkur xalqaro forum so‘nggi qirq yil ichida ilk bor YUNESKO Bosh qarorgohidan tashqarida - qadimiy Samarqand shahrida o‘tkazilayotgani Markaziy Osiyo mintaqasining umumiy muvaffaqiyati ekani, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori tobora oshib borayotgani haqidagi iliq so‘zlaringiz biz uchun g‘oyat qadrlidir.– deyiladi maktubda.
Konferensiyada ilgari surilgan muhim tashabbuslar va qabul qilinadigan qarorlar ta’lim, fan va madaniyat sohasida global hamkorlikning yangi ufqlarini ochishi, o‘zaro do‘stlik muhitini yanada kuchaytirishi haqidagi fikrlaringizga ham to‘liq qo‘shilaman.
Aminmanki, o‘rtamizdagi chin qardoshlik rishtalarining tobora mustahkamlanib borayotgani va bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlarimiz strategik sherikligimizni yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi",
O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasidagi oliy darajali muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Ko‘ksaroyda Finlyandiya Prezidenti tantanali kutib olindi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
O‘zbekistonda dollar kursi pastladi
Markaziy bank 3 noyabrdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi:
1 dollar — 12 005,09 soʻm (-20,13)
1 yevro — 13 898,29 soʻm (-71,41)
1 rubl — 148,56 soʻm (-0,80)
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev UNESCO bosh direktori Odri Azuleni qabul qildi va "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Toshkent viloyatida katta miqdordagi valyuta qimmatliklarini Tojikistonga noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida jami 11 kg dan ortiq narkotik moddalar ashyoviy dalil sifatida olindi
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bugun har qanday jamiyat uchun jiddiy muammo sanaladi.
Shu sababli, unga qarshi kurashish borasida Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan boshqa huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda samarali ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi, 1998 y.t. shaxs belgilangan tartibni buzib, aylanma yo‘llar orqali Tojikiston Respublikasidan 8 kg 860 gr "opiy" moddasini kontrabanda yo‘li bilan mamlakatimiz hududiga olib o‘tgan vaqtida, "o‘zbek-tojik" davlat chegarasini qo‘riqlayotgan DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, giyohvandlik vositasini tashlab, noma’lum tomonga qochadi.
Ammo, buzoqni yugurgani somonxonagacha deganlaridek, ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida og‘ufurush qo‘lga olindi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, Urgut tumanida yashovchi, 1966 y.t. shaxs uning jinoiy sherigi ekanligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlandi.
lgan holatda esa, Denov tumanida yashovchi, 1969 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tekshirilganda, uning yonida 31 gr. "opiy" moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Shundan so‘ng, u ajal og‘usini Denov tumanida istiqomat qiluvchi, 1978 y.t. fuqarodan sotib olganligi aniqlanib, mazkur narkosavdogarning yashash xonadonidan ham 1 kg 483 gr "opiy" moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Xorazm viloyatida kuzatilgan h
anida yashovchi, 1952 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun ikki marotaba sudlangan shaxs 877 gr "gashish" moddasini xaridorga 14 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, ushbu giyohvandlik vositasi tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan yurtimizga aylanma yo‘llar orqali olib kelingan.
Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Unutmang! Giyohvandlik – asr vabosi. Bu ta’rif
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Belgiyaliklar Qiroli Filipp Laken saroyida uchrashuv o‘tkazdilar.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida markazlashgan issiqlik ta’minoti 2025-yil 3-noyabr soat 9:00 dan yoqiladi.
3-noyabrdan — maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar kabi ijtimoiy soha muassasalariga issiqlik beriladi.
5-noyabrdan esa — turar joy binolarida isitish tizimi ishga tushiriladi.
Shu tariqa, poytaxt va viloyat aholisi bu yilgi isitish mavsumini 3-noyabrdan boshlaydi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#RASMIY
⚡️Qudratilla RAFIQOV Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi lavozimiga qayta saylandi
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#TAYINLOV
Islomov Sohib Yaxshibekovich Forish tumani hokimi etib tayinlandi.
U bugungi kunga qadar “Qishloq xo‘jaligida yuqori texnologiyalar agrotexnoparki maxsus sanoat zonasi direksiyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#TAYINLOV
Boltayev Shoxrux Shavkatovich - Navoiy viloyati Karmana tumani hokimi etib tayinlandi.
U bunga qadar Karmana tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#Tayinlov
Abdurahmonov Elyorbek Inomidinovich Xonobod shahri hokimi etib tayinlandi.
U bunga qadar Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borgan.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan uchrashdi.
Suhbat davomida Saida Mirziyoyeva Finlyandiya Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tgan samarali muzokaralar ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratganini ta’kidladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
O‘zbekiston va Finlyandiya yetakchilari birgalikda daraxt ekdilar.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdilar.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubbni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
O‘zbekiston Prezidenti YUNESKO Bosh konferensiyasining Samarqanddagi tarixiy sessiyasi ochilishida nutq so‘zladi va uning doirasida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (UNESCO) Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Odri Azule xonimni O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga tabrik
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarda mutlaqo yangi davrni boshlab bergan tarixiy tashrif.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Bryussel shahriga rasmiy tashrif doirasida Laken saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belgiyaliklar Qiroli Filipp bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz