mahinsworld | Unsorted

Telegram-канал mahinsworld - Mahin's World

-

PhD student (Academy of Sciences) Specialization: International Relations and Politics Contact: @mahins_world

Subscribe to a channel

Mahin's World

Nobel mukofoti sovrindorini aytmasam ham bilib bo’lgandirsiz?

Читать полностью…

Mahin's World

Oxirgi yangiliklardan. Ba’zi birovlar Qashqirlar makonini birga ko’rdiryapti. Va ko’ryapman.

Ha, do’stlar Mahinni yo’qotdingiz…

Читать полностью…

Mahin's World

Hozir Mo Yanning “Frog” asarini o’qiyapman. Xitoyda bir farzandlik siyosatini o’rnatilishi haqida hikoya qilinyapti. Og’ir. Mo Yan juda bir yengil yozmasligidan xabarim bor. Hozir o’qigan satrlarim ancha o’ylantirdi. Ofitserning xotini farzandli bo’ladi va tug’ruqning o’zida ayolga homiladan saqlovchi narsa qo’yiladi. Tanish holat a?

Bundan 15 yillar oldin ayollarga tug’ruqxonada farzand dunyoga keltirishi bilan spiral qo’yilishi haqida eshitgandim ayollardan (ayoldan so’rab ham o’tirmay). Siyosat. Avvaliga ko’p farzandli bo’ladiganlarga mukofotlar beriladi. Bu hukumat uchun noqulaylik tug’dira boshlagach esa ko’p farzandlikni oldini olish siyosatini yo’lga qo’yadi. O’qiyversak ko’raverar ekanmiz.

@mahinsworld

Читать полностью…

Mahin's World

Zabarjad Mediadan qaynoq kitoblar. Sizlar ham olishga ulgurdizmi?

@mahinsworld

Читать полностью…

Mahin's World

Istanbul. Sen va men

@mahinsworld

Читать полностью…

Mahin's World

Shunchaki boshqa shaharda ham sevgan gullaringdan birini sovg’a qilishi…

@mahinsworld

Читать полностью…

Mahin's World

Matrang qachon qaytadi?

Читать полностью…

Mahin's World

Sayohat inson ichidagi g’uborlarni to’kish uchun juda yaxshi bahona aslida. Oqimdan ajralish, hech narsa haqida o’ylamaslik, qayg’urmaslik, urinmaslik uchun dastak.

Odam o’zini kashf qiladi. Har kun. Har soniya. Har lahza. Doimiy komfort hayotdan odam ajraladi. Hayoti va nafasi oldin keyinga aylanadi. Har sayohatga chiqqanimda birinchi bor yolg’iz yo’lga chiqqanimni o’ylayman. Entikaman. Xayol suraman. His qilgan tuyg’ularimni o’ylayman.

O’zi seziladi hissiyotlar qondek, jonga kirgan suvdek men uchun. Balki siz uchun hamdir. Yozish. Nega yozmay qo’ydim? Yozuv bilan nafas olar jonimni nega o’ylamay qo’ydim. Qiziq. Yozishim uchun dard kerakmi? Dardsiz kesakka aylandimmi? Yo’q. Tuxmat qilyapsiz. Tuxmat azmi gunoh, azizlar.


Yozish kerak. Kecha. Bugun. Ertaga. Balki. Yozish kerak. Hozircha. Esa. Shu

@mahinsworld

Читать полностью…

Mahin's World

Na Kurtlar va na Chuqurni ko’rgan odammasman. Kechiraslarmi?

Читать полностью…

Mahin's World

Tayyormisizlar? Aeroportdan gapiramiz. Qayerga ketyapman?

Читать полностью…

Mahin's World

#tez_kunda

Navbatdagi yangiligimiz – Janni Rodarining “Chipollinoning sarguzashtlari” kitobi chiqishiga ham sanoqli kunlar qoldi 🎉

Janni Rodarining eng mashhur ertak-qissalaridan biri – Chipollinoning sarguzashtlari meva va sabzovotlar yurtidagi piyoz oilasi haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon Chipollino timsolida bolalarga rostgoʻylik, halollik, adolatparvarlik kabi fazilatlarni oʻrgatadi.


📜 Kitob oʻzbek tiliga ilk bor toʻliq tarjima qilindi.

@ZabarjadMedia – eng yaxshisini ilinamiz!

Читать полностью…

Mahin's World

Sokin hayotga shu darajada moslashibmanki umuman eski tempimga qaytolmayapman do’stlar😅. Avvalari kitob o’qib bo’lishim bilan review yozishga yugurardim, sizlarga albatta. Hozir esa u Mahin sekin kitobni yopib xayol suradigan bo’lgan. Odam nirvanani cho’qqisiga chiqib olsayam bo’lmaskan. Mayli kuzatib turinglar. Tez kunda yana bir sayohatga ketaman

Читать полностью…

Mahin's World

Yoz hayotning kichik hikoyasi deyishadi. Ayni yozda turli voqealar, yangidan yangi tajribalar bo’lar ekan (men baribir kuzsevarman, fikrimdan hech kim qaytara olmaydi).

Yoz yakuniga yetishiga sanoqli kunlar qoldi. Sarhisob qilish, ortimga qarab kunim qanday o’tganini chamalash ba’zida tetikantiradi. Bu yoz qiziq o’tdi. Yangi davlat, yangi shaharga oyim bilan birgalikda sayohat qildik. Xohlaganimdek road map tuzdim va ana shu map bo’yicha kunimni o’tkazdim. Oilali, farzandli bo’lgandan keyin ayniqsa odam solo aylanishlarga juda chanqoq bo’larkan. Xuddi cho’lda qidirilgan bir qultum suvdek. Avvalari sayohatim haqida kanalga tinmay yozardim. Bu safar 1-2 ta rasm joylabman xolos. So’ramasangiz ham maqtangim keldi…

Adrenalinni yaxshi ko’raman. Balandlikdan qo’rqamanmi yoki yo’q haligacha bir qarorga kela olmadim. Bir qarasa qo’rqaman, bir qarasa esa ko’zim qonga to’lgandek adrenalin ko’pchiydi. Bilmadim nega. Ko’z qonga to’lmasa mashina haydashni bilmaydigam, rul boshqara olmaydigan, tormoz va gazni joyini adashtiradigan odam qo’rqmay Qora dengizda mashina haydaydimi?

Umuman olganda Batumini o’zimga o’xshatdim. Havosini demoqchiman. Bir qarasa quyosh. Bir qarasa yomg’ir. Bir qarasa esa shtorm. Bir qarasa dengiz mavj uradi. Bir qarasa to’lqinlari bilan sizni o’z bag’riga umrbodga olib ketaman deydi. Ajabo. Tabiat qo’rqinchili go’zallik. Judayam.

Sizda yoz qanday o’tdi?
@mahinsworld

Читать полностью…

Mahin's World

Ilk bookblogerlar qaytmoqda🍃

Yaqin orada kitobqurtlarini:
– yangi loyihalar,
– qaynoq uchrashuvlar hamda
– jo‘shqin muhokamalar kutmoqda🤩

O‘tkazib yubormaslik uchun barchani bir jildda kuzating, yozuv ustiga bosing!

Читать полностью…

Mahin's World

Yusuf to’xtovsiz bizga “ya lyublyu tebya” deb quchoqlab o’padigan bo’lgan. Oilada ko’rganini qaytaryapti. Bir-birilarga mehr va sevgi berishdan to’xtamanglar. Hayotni sevgi qutqaradi.

@mahinsworld

Читать полностью…

Mahin's World

Knijniy mirni aylandik. Shu kitoblarga qiziqdim juda. Ammo sotib olmadim. Narxlar buyragim narxidan oshib ketibdi…

Читать полностью…

Mahin's World

Va biz oktyabrda ham Telbalarmiz

Читать полностью…

Mahin's World

O’zim olganim bugun. 10 bet o’qidim

Читать полностью…

Mahin's World

​​#book_review

Anchaaaadan beri romance o’qimagan edim. Tan olib aytishim kerakki romance’lar yoqadi. Sababsiz. Shunchaki yoqadi. Og’ir o’tayotgan akademik yil, arxivlardagi tinimsiz mehnatlar natijasi o’laroq miyam charchaganini his qildim. Va. Anchadan beri yengil adabiyot o’qimaganimni sezdim. Societyga kirsam qizlar shu kitobni o’qiyapti. Men ham Kindlega yukladimu, o’qishga tutindim.

Sevgan insonim bilan uzoq kutilgan sayohat. Men sevgan Istanbul va romance. Bir-biriga mos kelganini aytmaysizmi? Xullas.

Stenford. Adam va Olivia. Biri aspirant va biri unvonli. Bari Olivianing aspiranturaga Stenfordga suhbatga kelishi va hojatxonada Adamni uchratganidan boshlanadi. Oradan yillar o’tganidan keyin qalbaki sevgi munosabatlari, sevgi uchqunlarining paydo bo’lishi, qorinda kapalaklar o’ynashi. Bari romancega xos shundaymi? Farqi akademik hayot. Dokladlar, laboratoriyalar haqida o’qiymiz.

Asosiy mavzular do’stlik. Olivianing yaqin do’stlari. Va xuddi shunday Adamning ham do’stlari. Tasodifni qarangki Oliviada ham 2 ta do’st, Adamda ham ikki do’st. Bu munosabtlar oxiri qanday tugashini taxmin qildingizmi? To’g’ri taxmin.

@mahinworld

Читать полностью…

Mahin's World

Keldimmmmmm

@mahinsworld

Читать полностью…

Mahin's World

Ha, do’stlar. 3-kitobini yarmidaman…

Читать полностью…

Mahin's World

Quloqchinda Manus Baba, sen Istanbulda. Sen sevgan ko’chalar. Yana nima kerak senga Ramesh?

@mahinsworld

Читать полностью…

Mahin's World

Meduza

@mahinsworld

Читать полностью…

Mahin's World

Sayohatda bu safar romance o’qishga qaror qildim. O’qiganlar bormi?

@mahinsworld

Читать полностью…

Mahin's World

Dildoraning tarjimasi kelyapti… yaxshi ekani aniq

Читать полностью…

Mahin's World

​​#book_review

Ivan Turgenevning “Birinchi muhabbat” qissasiga Lestat o’qib chiqqanidan keyin juda qiziqib qolgandim. O’ziyam rosa maqtagandi. Kitobini sotib oldim. Ammo bilasiz sotib olingan kitob joyida o’qilmasa chang bosish qobiliyatiga ega. Yozda og’ir kitoblarni ketma-ket o’qiganimdan keyin bir qultum suv qidirishga tushdim va Turgenevni qo’lga oldim.

“Birinchi muhabbat” kichik qissa. Qissa boshida biz 40 yosh aftoridagi so’qqabosh Vladimir Petrovichni ko’ramiz. Davrada qizg’in suhbat jo’sh urayotgandi. Shunda u davradagilarga o’z sevgi qissasini aytib berishini aytadi. U 16 yashar paytida ota-onasi dam olishga yoz uchun dala hovli olgan bo’ladi. Kunlarning bir kunida kechki payt aylanib yurganida yigitcha bir qizni uchratadi va voqealar boshlanib ketadi. Qiz 21 yashar knyajna Zinaida bo’ladi. Mayli shu yerda hikoyamni to’xtatib ozgina tahlilga o’tamiz.

Sevgi uchburchagi. O’zi adabiyotda o’lmas mavzular mavjud: urush, sevgi, oila va hokazo. Ushbu qissada sevgi uchburchagi bor. Umuman xayolimizga ham kelmaydiganidan. Ammo maqtanib ketay qissa o’rtasida taxmin qila boshlagandim va taxminim to’g’ri chiqdi.

Hayotiylik. To’g’ri yozuvchilar atrofidagi voqea va kimsalarni yoritadi. Va bu qissa ham xuddi shunday. Qissada Turgenev uchun qadrli insonlar voqeasi yotadi.

Qissa birinchi sevgi, ilk tuyg’ular, sof hislar, ilk muhabbatning inson qalbini larzaga solishi haqida. Qissada sevgi boshqarib bo’lmaydigan to’lqindek tasvirlangan. Va birinchi sevgi faqatgina shirin xotiralar emas balki o’zi bilan ba’zida tragediya ham olib kelishi ko’rsatilgan. Gapim so’ngida do’stlar nimayam derdim? O’qing. Avvalo klassikani o’qishimiz kerak. Turgenevni esa o’qimasak bo’lmas. Klassika har qanday kayfiyatimizga moslashib ketoladi. O’qish kerak. Ancha bo’libdi review yozmaganimga, nima deyishsa ham yozish o’zimni qalb ishim. Mazza qildim. Oxirigacha o’qiganlar izohga nimadir deb yozing.

Mahin
@mahinsworld

Читать полностью…

Mahin's World

Yangi kitoblarim… oxirgi sotib olganiz qaysi?

Читать полностью…

Mahin's World

O’ylab qarasam avgust tugayapti ekan. Yo’q, yoz.

Oxirgi paytlar oldimdan 6 oy deb nomlanadigan reelslar ko’p chiqyapti. Sxema bilan ishlaysiz. 6 oyda o’zingiz va hayotingizni butkul o’zgartirasiz. Hmmm. Share va repostlar ko’p. Urinadiganlar ham ko’p. Harakat qiladiganlar ko’p.

Ko’pchilikdan internet balosi chiqdi, shu instagram bo’lmasa hayot boshqacha bo’lardi degan gaplarni eshitaman. Qaysidir ma’noda haqdir. Ammo nohaq ham. O’smirligimda shu internet bo’lmaganidan ko’p afsuslanaman. Ya’ni turli bloglar, foydali ma’lumotlar. Bir bloger hazil tariqasida “internet yordamida atom yaratsa bo’ladi”, degandi. Men aytamanki shu internet yordamida ko’p narsa o’rgansa bo’ladi. Masalan, kitoblar. Janrlar. Bilgan va bilmagan kitoblarimiz bilan tanishish mumkin.

Masalan, o’z hayotimdan. Shu yoz Batumiga sayohat qildim. Shu internetdagi reelslar yordamida road map tuzdim. Qayerda ovqatlanish arzon, mazali va halol kabi savollarga ham osonlikcha javob topdim.

O’ylab qolaman, agar bloglar avval ham ko’p bo’lganida umuman boshqa sohani tanlagan bo’larmidim deb? Bilmadim, bilmadim. Balki jimgina Scopus maqolamni yozishda davom etaverishim kerakdir. Aniq kerak. Vaqt kam. Vaqt ko’p.

@mahinsworld

Читать полностью…

Mahin's World

​​#book_review

Odam. Inson. Mavjudot. Tiriklik. Jamiyat. Oila. Hislar. Nafas. Yashash. Hayotiy norma. Inson bo’lish. Insoniylik. Qaramlik. Yosh. Qari. Soch oqarishi

Bari nima?

Hozirgina Osamu Dazaining “Insonlikdan mahrum odam”ini o’qib tugatdim. Apatiya, depressiyani quchoqlab, yondosh yashab yurgan qalb o’z malhamini topgandek his qildirar kitob.

Kitobda biz o’ziga to’q oilaning farzandi kundaligidan 3 ta kundalikni o’qiymiz. Har bir kundalik boshlanish, kulminatsiya va qulashni ko’rsatadi. Bir obraz timsolida qaysidir ma’noda barcha qalbi insonlikdan ming chaqirim uzoqda bo’lganlarni ko’rsatadi, tasvirlaydi.

Inson tug’lar ekan oilaga, jamiyatga undanam muhimi o’ziga tegishli bo’lishni, o’zini insondek his qilishni xohlaydi. Jamiyatda turlicha jayot kechirib ko’radi. Normalarga bo’ysunadi, urinadi. Ammo barchaning ham qo’lidan kelavermaydi. Normalar…

Yapon adabiyotida o’zgacha bir melanxoliya, depressiv havo bor. Qisqa asar bo’lishiga qaramay nelanxoliya butun tanangizga tarqaydi. Quchoqlagingiz va qo’yib yuborgingiz kelmaydi. O’qing.

@mahinsworld

Читать полностью…

Mahin's World

Hozirda mutolada. Ko’pchilik o’qib bo’ldi a? Yoki men bilan teng o’qiyapsizlarmi?

@mahinsworld

Читать полностью…
Subscribe to a channel