Alisher Navoiy haykali yonida (poyida deyish sal xato bo‘lsa kerak) talabalarga konsert qilib berilgani keng muhokama qilinyapti. Videoga e’tibor berilsa, haykalning tagida emas, unga yaqin joyda boʻlganini ko‘rish mumkin. Holatni tanqid qilayotganlarning mantig‘i biroz tushunarsiz.
Masalan, talabalar shaharchasida tez-tez talabalar uchun mana shunday konsertlar uyushtiriladi, yonida Beruniy haykali bor. Skverda yoki Mustaqillik maydoniga yaqin joyda ham ko‘p shou va konsertlar bo‘ladi, yonida Amir Temur haykali bor. Bundan tashqari, quda tomonga o‘tib ketgan Magic City’ni olaylik, bu yerda qancha-qancha ishlar bo‘ladi, shundoq biqinida buyuk adiblar haykallari bor.
Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti yonidagi konsert ham (kimlargadir bu diskotekadir) Navoiy haykalining tagida bo‘lganda boshqa gap edi, ammo unday emas-ku. Talabalar, yoshlar bir yayrasa yayrabdi, tegishli idoralardan buning uchun ruxsat ham olingan bo‘lsa, tadbir haykalning tagida emas, unga yaqin joyda o‘tgan bo‘lsa, buning nimasi yomon?
@masofatalim
G‘oliblarga vaqtida mukofot pulini bermay, yana qaysi bet bilan bu tanlovni qilishmoqchi?
2023-yil sobiq oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonov poytaxt hokimligiga bir necha marta xat yozib ham Mirzo Ulug‘bek vorislari tanlovining pul mukofotini olib berolmagandi.
Holatni o‘rgangan “MY5” telekanali muxbirlariga Toshkent shahar hokimligi mas’uli vazirlik xat yozgan, ammo xodimini kengashda ishtirok etishini ta’minlab bermaganini aytgan.
Yangi vazir mana shu eski muammoni hal qiladi, degan umiddamiz. Tanlovning Toshkent shahar g‘oliblari sal kam bir yildan beri mukofot pullarini olisholmayotgani haqida gapirib kelamiz.
Pulni berish hokimliklar zimmasida edi. Hokimlikdagilar ham tilga kirib qolar.
@masofatalim
Aslida fojiamiz ham shunda
Qo‘limizga cho‘p tutqazib qo‘yishsa, do‘stimiz bo‘lsa, ortidan, dushmanimiz bo‘lsa, oldidan ayamay kavlashtiramiz. Birlik va o‘zaro hurmat yo‘qolib boryapti.
Rossiya prezidenti yoshlarga qo‘shilib madhiya kuylasa, trendga chiqarishni bilamiz. Futbolda madhiyani hatto jo‘r bo‘lib birga kuylaymiz, birov g‘alati tushunmaydi.
Yoki Namangan hokimi favvora ochilishida yoshlar bilan birga madhiya aytadi. Har kuni yarim kechasi va ertalab davlat telekanallarida davlat madhiyasi yangraydi.
Nafaqat madhiya, bayroqni ham behurmat qilamiz. Vatan tuyg‘usi desa, kulamiz. Madhiya aytsa, kulamiz. Lekin xorij kinolarida tomiga bayroq ilib qo‘yganlarga qarsak chalamiz, havas qilamiz.
Yerda yotgan bayroqqa befarq bo‘lgan odamni yomonlaymiz, uyiga bayroq o‘rnatsa, ustidan kulamiz. Mahalladagilar madhiya kuylasa, tanqid qilamiz, ko‘chada kimdir madhiyani aytishni bilmasa, masxaralaymiz.
Yurtni yov bossa, ko‘r-ko‘rona maqtab, “paxta qo‘yganlar” birinchi bo‘lib qochadi; davlat ramzlarini hurmat qilmaganlar, hazil-mazax qilganlar birinchi bo‘lib sotadi. Xudo ko‘rsatmasin!
Manba
@masofatalim
Moliya + “narxoz” + fiskal = To‘lqin Teshaboyev
Prezident qaroriga asosan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut birlashtirildi. Teshaboyev To‘lqin Zokirovich esa Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. U 2020 yil oktyabrdan buyon Toshkent moliya instituti rektori lavozimida ishlayotgandi.
To‘lqin Zokirovichni yangi mas’uliyat bilan tabriklab, kuch-quvvat tilaymiz!
@masofatalim
Yaxshi yangilik: Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun “Toshkent shahar prokurori” stipendiyasi tsulofficial/z374U6iICs6">joriy etilibdi.
@masofatalim
Toshkent yoshlarni sevmaydi
Toshkent yoshlarni sevsa, Mirzo Ulug‘bek vorislari tanlovining Toshkent shahar bosqichida g‘olib bo‘lgan yoshlarga mukofot pullarini vaqtida berardi.
Bunaqa jozibador gaplarga ishonmanglar.
Konsert qilib berguncha Vazirlar Mahkamasi qarori bilan o‘tkaziladigan tanlov g‘oliblarining mukofot pulini o‘z vaqtida berishni o‘rganish kerak.
@masofatalim
“El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident Administratsiyasi huzuriga o‘tkaziladi
Mana shu juda yaxshi yangilik bo‘ldi. Jamg‘arma rahbariyatini ham to‘liq yangilansa, nur ustiga alo nur bo‘lardi. 2021-yilda bu jamg‘armaning o‘yinlari, gapi-gapiga to‘g‘ri kelmasligiga shaxsan guvoh bo‘lganmiz. Jamg‘arma PAga o‘tkazilarkan, rahbariyati ham yangilanishini kutib qolamiz.
@masofatalim
“Talabaning qobiliyatini yuzaga chiqaradigan tizim yaratish zarur” — Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bakalavriatda o‘nlab yo‘nalishlar mehnat bozori talablariga javob bermaydi.
Ko‘p oliygohlar kredit-modulga o‘tdi, lekin talabaning qobiliyatini yuzaga chiqaradigan tizim yaratish zarur.
Joriy yilda 122 ta yangi yirik loyihalar boshlanadi. Bu – yaqin yillarda murakkab texnologiyada ishlay oladigan 10 ming muhandis va texnologlar kerak, degani.
Lekin oliygohlarda bunday mutaxassislarni tayyorlash 20 foizdan oshmayapti.
@masofatalim
Prezident Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirligi hamda ayrim rektorlarni tanqid qildi
Oliy ta’limda qamrov keskin oshdi, sohaga xususiy sektor kirib keldi. Lekin sifatga yetarli e’tibor qaratilmayapti.
Masalan, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan. Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham ish beruvchilar talabi bilan hisoblashmaydi. Ayrimlarida darslik va adabiyotlar yetishmaydi, bori ham bugungi talablarga javob bermaydi.
Ilm-fan va innovatsiyalarga yetti yilda 6 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi. Lekin ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula ishlamayotgani qayd etildi.
Umuman, ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar bo‘yicha yangi vazir tayinlanib, uning oldiga professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarish qilish vazifasi qo‘yildi.
P.S. OTMlarda darsliklar yetishmayotgani haqida ancha avval yozgandik.
@masofatalim
Penaltilar seriyasi - lotoreya. Yigitlar oxirigacha kurashdi. Ajoyib oʻyin va haqiqiy kurash uchun futbolchilarimizga rahmat!
@masofatalim
Bugun oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlangan Kongratbay Sharipov shu kunning oʻzida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalar turar joyiga borib, yotoqxonada talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishibdi.
Ma’lumotlarga koʻra, kanalimiz kuzatuvchilari orasida vazir K.Sharipov ham bor ekan. Demak, ijtimoiy tarmoqlarni faol kuzatib boradilar. Avvalo, yangi vazirni mas’uliyatli lavozim bilan tabriklaymiz. U kishi haqida asosan yaxshi gaplar yuradi. Vazir mana shu dadillik, ochiqlik va muloqotni saqlab qoladi, degan umiddamiz.
@masofatalim
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasining murojaati kanalda e’lon qilingandi. Universitet matbuot kotibi bogʻlanib, vaziyatga oydinlik kiritdi va murojaatda talaba tomonidan aytilgan gaplar oʻz isbotini topmadi.
Nazarimizda, kimdir universitetni obroʻsizlantirish harakatida. Goʻyoki talaba niqobi ostida turli kanallarga shunaqa igʻvolar tarqatilayotgan ekan. Murojaatchiga bir necha marta yozdik, javob bermadi.
Biz esa talaba murojaatidan ta’sirlanib, kanalda uning gaplarini e’lon qilgandik. Ammo keyin bilsak, qaysidir isqirt jirkanch niyatini amalga oshirish uchun shunaqa igʻvo yuborgan ekan. Bunga aralashib qolishni istamadik va shu sabab xabar kanaldan oʻchirildi.
Tezkorlik, aniqlik va ochiqlik uchun Jahon tillari universiteti rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz.
@masofatalim
Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yoshlarga yaxshi tavsiya va qiziq gaplar aytibdi.
@masofatalim
⚡️iPhone 15, PlayStation 5, Dyson va xorijda dam olish yo‘llanmasi — Biz.Media platformasi sovrinli konkurs e’lon qildi
Biz.Media 1-fevraldan 20-martga qadar konkurs e’lon qilmoqda. Ishtirok etib, iPhone 15, Play Station 5 va ayollar uchun Dyson hamda xorijda dam olish yo‘llanmalaridan birini qo‘lga kiritish mumkin. Buning uchun Play Market yoki App Store’dan ilovani yuklab olish va bir yillik obunani atigi 240 000 so‘m evaziga sotib olish kifoya. Bu orqali bir yil maroqli tomosha va ajoyib sovg‘alardan birini qo‘lga kiritish mumkin. Batafsil.
Ma’lumot uchun, Biz.Media platformasida barcha kontentlar (kino, serial va multfilmlar) oila davrasida ko‘rish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, har qanday ortiqcha sahnalardan xoli. Unda boshqa platformalarda topilmaydigan serial va filmlarni to‘liq davlat tili — o‘zbek tilida, professional dublyaj talqinida, 5 ta qurilmada tomosha qilish mumkin. Unda 70 dan ortiq telekanallar ham bor.
P.S. YouTube’dan topilmaydigan kinolarni boshqa platforma yoki saytlarda ko‘rsa bo‘ladi, lekin ularning ichi to‘la onlayn qimor reklamasi bo‘lib yotibdi. Bloklatadigan odam yo‘q. O‘shanchun har xil qalang‘i-qasang‘i saytlardan emas, o‘zimizning ishonchli va sifatli Biz.Media platformasidan foydalanish ayni muddao.
Ilovani yuklab olish:
Play Market | App Store
Raqamli texnologiyalar vazirligi va “IT Park O‘zbekiston” tomonidan tashkil etilgan “IT Park 2024: Achiyevements & Vision” taqdirlash marosimi doirasida “AloqaVentures” venchur fondi startap loyihalariga investitsiya kiritish va ularni qo‘llab-quvvatlashdagi yetakchiligi uchun “Venture Catalyst” nominatsiyasi g‘olibi deb topilibdi.
@masofatalim
Telekanallar uchga boʻlinadi: rahbarlar koʻradigan, kam sonli odamlar koʻradigan va hech kim koʻrmaydigan.
Birinchi turga mansub yagona kanal bor — Oʻzbekiston-24. Shu kanal Alisher Navoiy tavalludining 538 yilligi haqida yozmoqda. Biz gʻariblar 583 yilligi deb yuribmiz.
Matematikaga ham toʻgʻri kelmayapti-ku, dermidi :)
@masofatalim
Twitterda yozishmoqda: Mana shunaqa ilovalar ko‘p odamning kartalaridan pul “uxlatish”ga rosa yordam beryapti. Barcha smslarni “perexvat” qilib, skrinshotdagi IPga tashlaydi. Eng qizig‘i, kelgan smsni o‘chira oladi — sms kelmagan deb ham o‘ylaysiz.
Qisqasi, har xil ilovalarni telefonga o‘rnatishda, noma’lum linklarni ochishda ehtiyot bo‘lish kerak. Moliyaviy firibgarliklar va mana shu turdagi ilovalar kun sayin ko‘payib boryapti. Mehnat qilmay pul topish yoki oson boyib ketish faqatgina qopqonda bo‘ladi.
@masofatalim
Ercan Kahya Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori lavozimidan ozod etildi.
@masofatalim
Davlat telekanali rahbar shaxslaridan biri xodimasiga shilqimlik qildi va 3 sutkaga qamaldi
27-yanvar kuni davlat telekanallaridan birining bosh muharriri o‘rinbosari mazkur telekanalda ishlovchi xodima ayolni aldab, ish joyiga chaqirib, unga shahvoniy shilqimlik qilgan.
Ayolning sudga bergan ko‘rsatmasiga ko‘ra, erkak mazkur ayol birga ishlovchi ustoz bo‘lgan. O‘sha kuni erkak ayolni burchakka taqab, o‘pmoqchi bo‘lgan. Shundan so‘ng, u IIBga murojaat qilgan.
Ayol bunday holat anchadan buyon bo‘lib kelayotganligini, bu holatdan so‘ng asabiylashib qolganligini bildirib, suddan erkakka nisbatan qonuniy chora ko‘rishni va unga yetkazilgan ma’naviy zararni undirib berishni so‘ragan.
Sudda erkak yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan huquqbuzarlik harakatiga iqrorligini, hozirda qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.
Sud qarori bilan erkak MJtKning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
@masofatalim
Darvoqe, Mirzo Ulug‘bek vorislari tanlovi g‘oliblaridan birining xabar berishicha, haligacha mukofot pullari berilmabdi. Boshqa tomonda esa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirligi tanlovning yangi mavsumiga ro‘yxatdan o‘tish davom etayotganini xabar bergan.
Ajoyib. Toshkent shahar va poytaxtdagi tuman hokimliklari eski mavsumdagi g‘oliblarga bir yil o‘tsada mukofot pulini bermay kelyapti, boshqa tomonda esa yangi mavsumga start berib yuborildi. Shunchaki qoyil)
@masofatalim
Insoniylik
Videodagi holat Farg‘ona shahrida 2024-yilning yanvar oyi o‘rtalarida sodir bo‘lgan. Bolakay onasi bilan birga yolg‘iz yashaydi. Betob onasining olma yegisi kelganini bilgan bola do‘kon oldidagi rastadan ikki dona olma o‘g‘rilab ketishga qaror qiladi. Biroq u buning uddasidan chiqolmaydi. Do‘kon egasi uni tutib oladi. Shu hududda xizmat vazifasini o‘tayotgan YPX xodimi esa holatga befarq bo‘lmay, bolaga qilgan xatosini tushuntirib, unga olma olib berib, haqini to‘lab yuboradi.
@masofatalim
Yaxshi yangilik: Prezident ish beruvchilarda katta ehtiyoj, talabalarda salohiyat va xohish borligini ta’kidlab, endilikda kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratilishini ma’lum qildi.
@masofatalim
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
“Ayrim rektorlarga tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayapti”.
@masofatalim
Jahongir Ortiqxo‘jayev:
“Men bilaman go‘rga hech balosiz kirib ketishimizni, lekin hayotda hech narsa qilmasdan kirib ketishdan qo‘rqaman...”
@masofatalim
Yaxshi odamlar haliyam bor va ular koʻp
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarni bir video portlatdi. Unda kuryer yigit velosipedi buzilib qolgani uchun yomgʻirda ham velosipedini, ham mahsulotni koʻtarib ketayotgani aks etgan. Video instagram’ga joylangach, juda koʻpchilik bu yigitga sovgʻalar tayyorlab qoʻygani haqida yozgan.
Bu yigitni ingliz tili oʻquv markazi bepulga til oʻrgatishni, IT oʻquv markazi esa ITga bepul oʻqitishni taklif qilgan. Royal taksi esa yangi elektro skuter olib berishni yozgan. Parfyumeriya doʻkoni esa istagan mahsulotni bepulga olib ketishi mumkinligini aytgan. Va boshqa shu kabi yaxshi izohlar.
Yozda issiqqa, qishda sovuqqa chidab bunaqa yurishga hammayam dosh berolmaydi. Velosipedda, piyoda kuryerlik qiluvchilarimiz - qahramon.
@masofatalim
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Sharipov Kongratbay Avezimbetovich O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi.
@masofatalim
Rossiyalik Sergey Mixeyev degan navbatdagi dabba “Agar, biz bo‘lmaganimizda o‘zbeklar ishtonsiz yurgan bo‘lar edi”, deb akillabdi.
Shu joyiga rahmatli Islom Karimovning gapi: “Bizni savodsizga chiqarganlarning ajdodlari oyog‘iga latta bog‘lab yurganida, bizning ajdodlarimiz yulduz sanashgan!”
Darvoqe, o‘zlaridan chiqqan fizik olim, dotsent, fizika-matematika fanlari nomzodi Boris Sergeyevich Boyarshinov tan olganidek, haqiqiy ruslar o‘qituvchi, shifokor, yurist va o‘g‘ri bo‘lishi mumkin, xolos. Boshqa ish ularning qo‘lidan kelmaydi. Aytgancha, Boris akani gapiga qo‘shimcha: ulardan laycha itlar ham chiqadi.
@masofatalim
Yangi O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Karsh qishlog‘i. Bolalar loy kechib, maktabga ketishyapti.
@masofatalim
Platina.uz nashri mustaqil iqtisodchi, soliq tizimida o‘tkazilgan islohotlarga bevosita hissa qo‘shgan ekspert Yuliy Yusupov bilan zo‘r suhbat o‘tkazibdi.
Soliqlar, iqtisodiyot va budjet masalalari borasida juda qiziq gaplar aytilibdi. Suhbatning o‘zbekcha titri ham mavjud. To‘liq video: https://youtu.be/aMfwCq_QyRw
@platinauzb
Buxoro shahridagi 71-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarga berilishi kerak bo‘lgan 12 kg pishirilgan go‘sht va 4 kg baliq oshpazlar yuvinish xonasidagi vannada yashirib qo‘yilgani aniqlanibdi. Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi maktabgacha ta’lim tashkilotining xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudirini, bosh oshpazini, oshpazini, hamshira va metodistini ishdan olibdi.
Teshib chiqqurlar ruknidan.
@masofatalim