masofatalim | Unsorted

Telegram-канал masofatalim - Masofatalim™

24226

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot

Subscribe to a channel

Masofatalim™

Davlatlar qayerdan yoki kimdan qarz oladi?

Odatda davlat rivojlanishi va o‘z davlati iqtisodiyotini rivojlantirish yoki barqarorligini saqlab qolish uchun qayerdandir qarz olishi kerak bo‘ladi. Ammo bu qarzni mamlakatga kim yoki qaysi tashkilot beradi? Pinkod.uz buni ochib beribdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning hozirgi davlat qarzi $37 mlrdni tashkil qilmoqda. “Fuqarolar uchun budjeti” hisobotida esa bu miqdor 2025-yilda $45,1 mlrdga ko‘payishi, ya’ni YAIMning 36,7 foiziga yetishi prognoz qilinmoqda.

Batafsil: https://pinkod.uz/ff9326

@pinkoduz

Читать полностью…

Masofatalim™

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaning o‘quvchi yoshlar bilan Prezident Administratsiyasida tashkil etilgan uchrashuvi qanday o‘tdi? Yuqoridagi videoni ko‘rib, bilib oling.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 40 kunda 5000$ ishlab topgan Fargʻona politexnika instituti talabasi haqida post joyladi.

Mana shunaqa yoshlarni koʻproq yoritib, boshqa talabalarga ham oʻrnak qilib koʻrsataverish kerak. Talabalarning oʻzi ham bundan xursand boʻladi.

Bu yoʻnalishdagi kontentlar OTMlar qanchalik samarali ishlayotgani, ularda oʻqiyotgan talabalarning yutuqlarini koʻrsatishda ham tabiiy va ishonarli misol vazifasini ma’lum darajada bajarib beradi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Obuna atalmish balo talabalarni ham qiynamoqda.

Shu majburiy obuna hisobiga bolasini boqadigan ayrim kaslar bu pullar qachondir teshib chiqishi haqida hech o‘ylaganmikan-a?

Agar kimdir majburiy obuna barham topgan, desa bekorlarni besh mingtasini aytibdi.

Asosan ikki toifa — o‘qituvchi va shifokorlar arzimagan oylik olib, yana “obunachi”larning bolasini ham boqishyapti. Ko‘ryapmizki, bu holat talabalarni ham chetlab o‘tmayapti.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

SMM maktabning 10 nafar bitiruvchisi iPhone 16 telefoni bilan taqdirlandi

Poytaxt hokimligi vaqtincha ishsiz ayol-qizlarning zamonaviy kasblarni oʻrganishi, daromad topishi va bandligini ta’minlash uchun “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida katta loyiha amalga oshirib, 1000 nafar ayol-qizni SMMga bepul oʻqitayotgandi.

Ushbu loyiha doirasida Toshkent shahrining go‘zalligi va me’morchiligi aks ettirilgan “Eng yaxshi ijodiy ish” koʻrik-tanlovi tashkil etildi. Unda bepul SMM kurslarida tahsil olgan ayol-qizlar mobilografiya yoʻnalishi boʻyicha oʻz ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi.

Shundan 10 ta eng sara ijodiy ish tanlov gʻolibi deb topildi va mualliflar iPhone 16 telefoni bilan taqdirlanishdi.

P.S.: SMM kursida o‘qib, tanlovda g‘olib bo‘lgan qizlarning ota-onalari xursandchiligi haqida esa mana bu yerda ham yozishibdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Nostalgiya: karantin davri va masofaviy ta’lim rivoji

Karantin davri ko‘plab sohalarda o‘ziga xos yangiliklarni olib keldi. Ayniqsa, O‘zbekistonda masofaviy ta’lim rivoji sezilarli darajada o‘sdi. Eslasangiz, bizning “Masofata’lim” kanalimiz ham aynan o‘sha davrda onlayn ta’lim imkoniyatlarini yaratish maqsadida tashkil etilgan edi.

Onlayn ta’lim rivojlana borgach, ushbu sohada ko‘plab iste’dodli o‘qituvchilar kashf etildi. Ularning biri – shubhasiz, Jalol Boltayev.

Yaqinda Jalol Boltayev haqida ko‘plab iliq fikrlar va samimiy minnatdorchilik so‘zlarini eshitib, uning ishlanmalari va faoliyati bilan yaqindan tanishishni lozim topgan edik. Tekshiruvlarimiz davomida shuni angladikki, bugungi kunda onlayn kurslar ko‘pligiga qaramay, Jalol Boltayev kurslari o‘zining natijaga yo‘naltirilganligi va sifatliligi bilan alohida ajralib turar ekan.

Uning onlayn darslari haqida gapirgan odamlar ko‘pincha “sifatli materiallar”, “to‘g‘ri strategiya” va “natijaga qaratilgan yondashuv” ta’kidlashyapti. Bunga yaqinda “Milliy sertifikat” imtihonida 83.87 ball bilan A+ sertifikatini qo‘lga kiritgan Toshmurodova Durdonaning natijasi yorqin misol bo‘la oladi.

Onlayn ta’lim maydoni o‘zining iste’dodli yulduzlarini kashf qilishda davom etmoqda. Jalol Boltayev esa o‘zining mehnatkashligi, mahorati va talabchanligi bilan bu maydonning yorqin namoyandalaridan biriga aylangan.

Biz chin dildan qoyil qoldik!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Saida Mirziyoyeva UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Mariya Kastijio bilan uchrashdi

Prezident yordamchisining o‘z sahifasida yozishicha, uchrashuvda ta’lim sohasidagi muammolar va imkoniyatlar hamda barcha uchun bilim olish erkinligini ta’minlashni yaxshilash, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini takomillashtirish chora-tadbirlari muhokama qilingan.

“Mavjud qiyinchiliklarga qaramay, hamkorligimiz natijasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishishimizga qat’iy ishonamiz”, deya qoʻshimcha qilgan S. Mirziyoyeva.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida yaratilgan informatsion loyiha — Pinkod.uz bir-biridan qiziqarli materiallar e’lon qilib bormoqda. Kuzatib borishni tavsiya etamiz:

1. Inflyatsiya haqidagi asosiy tushunchalar

2. Uorren Baffet tavsiya qilgan 5 ta kitob

3. Dunyoni o‘zgartirgan ixtirolar qilgan, ammo deyarli foyda olmagan kashfiyotchilar

4. Pullarni to‘g‘ri boshqarishga yordam beruvchi TOP 5 ilova

5. Passiv daromad – moliyaviy erkinlik sari yo‘l

Shu kabi qiziqarli va foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘lish uchun Pinkod’ni Telegram’da kuzatib boring: @pinkoduz

Читать полностью…

Masofatalim™

Simsiz texnologiyadan ruchkagacha: dunyoni o‘zgartirgan ixtirolar qilgan, ammo moliyaviy foyda ko‘rmagan ixtirochilar

Ba’zi ixtirochilar dunyoni o‘zgartirgan ixtirolarni yaratgan bo‘lsalar-da, o‘z ishlaridan boylik orttira olishmagan. Pinkod.uz sayti shu haqida qiziqarli material e’lon qilibdi.

Batafsil: https://pinkod.uz/3543a9

Kuzatib boring: @pinkoduz

Читать полностью…

Masofatalim™

O‘qituvchi va shifokorning oyligi kamligicha qolmoqda, deb siqilib yuribmiz. Ozodbekka o‘xshaganlar artistlarga bo‘lar-bo‘lmasga mashina tarqatavergandan keyin nimayam bo‘lardik-a?

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva “Ko‘ngil Ko‘zi” loyihasi doirasida Toshkent planetariysida ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan samarqandlik bolalar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida bolalar o‘zlarining ijod namunalari bilan o‘rtoqlashdilar, so‘ngra “Dot Pad” texnologiyasi yordamida ular quyosh tizimini “ushlab ko‘rish” imkoniga ega bo‘lishdi.

“Ular orasida ijodkor va chinakam iqtidor egalari shu qadar ko‘pki, bundan benihoya quvondim!”, deb yozadi S.Mirziyoyeva o‘z sahifasida.


@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Buxoroda noqonuniy tarzda kriptovalyuta orqali 3 mln AQSh dollari ishlagan o‘smir ushlandi

Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 17 yoshli o‘smir belgilangan tartibda litsenziya olmasdan jami 34 mlrd so‘mga teng bo‘lgan kripto-aktivlarini olish, o‘tkazish va ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi.

Buxoro viloyati IIB tezkor-qidiruv xizmati kiberxavfsizlik xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda kriptovalyutalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Tez-tez bir achinarli ma’lumotni eshitib qolamiz: afsuski, oxirgi vaqtlarda maktab o‘quvchilari, yosh-yosh yigitlar va qizlar orasida giyohvand moddalar, ayniqsa, sintetik dori vositalariga mukkasidan ketayotgan yoshlar ko‘payib bormoqda.

Ayni shu mavzuda undovpodkast">“Undov” podkast loyihasi ijodkorlari Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi mas’ul xodimi — Shuhratjon G’ulomov bilan O‘zbekistondagi mavjud vaziyat hamda muammoni bartaraf etish borasida suhbatlashibdi.

Ota-onalar va yoshlarga ko‘rishni tavsiya etgan bo‘lardik. Tomosha qilish uchun havola: https://youtu.be/3PcdX-y-dpA

Читать полностью…

Masofatalim™

Oʻzbek telenovellalarining ahvoli😁

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Jadidlar izidan” tanlovi eng qaynoq nuqtasiga keldi!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 364 906 nafar o‘quvchini qamrab olgan loyihasi — “Jadidlar izidan” respublika tanlovining final bosqichi 17-20-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

Respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra, har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan jami 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

Jarayonlarni Telegramdagi @jadidlarizidanuz kanali orqali kuzatib borish mumkin.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

📌 YIL REKTORI TANLOVIGA START BERAMIZ!

Har yilgi an'anaga ko'ra oliygoh rektorlari va direktorlarini jamoatchilik yordamida faoliyatini baholab borish va e'tirofga loyiq topilgan oliygoh rektorlarini munosib taqdirlash maqsadida Yil rektori 6-an'anaviy ko'rik tanloviga start berdik.

2019, 2020, 2021, 2022, 2023-yillarda g'olib bo'lgan rektorlar bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin 👉 /channel/YQQUZB_KANAL/14718 Ularning barchasini tantanali ravishda taqdirlash marosimlarini o'tkazganmiz va muntazam yoritib borganmiz.

OTMlarda talabalar sonini inobatga olgan holda 3ta nominatsiya bo'yicha g'oliblarimizni aniqlaymiz. 27-dekabr 23:59ga qadar quyidagicha ovoz to'plaganlar FINALga yo'l oladi:

YILNING ENG YAXSHI UNIVERSITET REKTORI 1000ta ovoz
YILNING ENG YAXSHI INSTITUT REKTORI 1000ta ovoz
YILNING ENG YAXSHI FILIAL DIREKTORI 500ta ovoz

FINAL 28-31-dekabr kunlari bo'lib o'tadi. Shoshiling!

🏆 G'oliblar Oltin statuetka, Diplom, OTM talabalari uchun 14 000 000 so'mlik sertifikat hamda esdalik sovg'alar bilan tantanali ravishda taqdirlanadilar.

O'Z NOMZODINGIZNI QO'LLAB-QUVVATLANG.
Ovoz berish 👉 @Yilrektoribot

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL

Читать полностью…

Masofatalim™

👍 Mahalla — xalqimiz hayotining ajralmas qismi

🔍Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mahallaning xalq va davlat o'rtasida o'ziga xos ko'prik bo'lishi lozimligini ko'p ta'kidlaydilar.

🔍Shu maqsadda mahallalar Yangi O‘zbekistonga mos va xos bo‘lishi uchun xalqimizning manfaat va ehtiyojlaridan kelib chiqib mutlaqo zamonaviy tizim - “Yettilik” yaratildi.

🎥 Ushbu videolavha orqali "yettovlon" fidoyilarning faoliyati, vazifa-yu vakolatlarini sodda va xalqchil tilda tushuntirishga harakat qildik.

💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K

Читать полностью…

Masofatalim™

Qimorvoz direktor

Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 17-dekabr kuni Chortoq tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd natijasida 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘z xizmat xonasida qimor o‘yini tashkil etib, sheriklari bilan o‘ynayotganligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tashkilotda o‘rnatilgan ichki mehnat tartib qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra bir tomonlama bekor qilingan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxoʻja universitetda “Toza likopcha” aksiyasiga start beribdi.

Buning mohiyati ovqatni isrof qilmaslikdan iborat.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Narxoz” haqida so‘rovnoma ekan

Sizningcha, videoda “soqqa bazm” degan talabaning o‘qishdan chetlatilgani haqidagi buyruq qaysi sana bilan chiqadi? 😂

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Qattiq mehnat, to‘g‘ri strategiya va sifatli ta’lim – bu muvaffaqiyatning formulasi. Durdonaning hikoyasi buni yaqqol ko‘rsatadi!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ma’naviyat markazining OAV bo‘yicha tanlovga nima aloqasi bor?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “OAV va ijtimoiy tarmoqlarda eng faol vazirlik-idora” nominatsiyasida gʻolib deb topilibdi.

Tanlovni boshqa bir davlat idorasi — Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tashkil etgan.

AOKA, Mass-media fondi yoki shunga o‘xshagan tashkilotlar tanlovi bo‘lganda ham boshqa gap edi. OAV bo‘yicha tanlovning ma’naviyat markaziga nima aloqasi borligi mutlaqo tushunarsiz.

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi nomiga yarasha, funksional vazifasida keltirilgan ishlarni qilsa yaxshi bo‘lardi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oʻzbekistonlik IELTS olayotgan yoshlar 4 yilda 10K’dan 50K’ga ortgan

IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 2020-yilda 10 152 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda 52 706 nafarga yetgan. Ya’ni 4 yilda 5 barobarga o‘sish kuzatilgan.

Shuningdek, 7-8 ball (C1 daraja)ni qo‘lga kiritganlar soni 2020-yilda 1807 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yil holatiga 13 424 nafarni tashkil etmoqda. O‘z navbatida bu 7,4 barobarga o‘sish kuzatilganini anglatadi.

8,5-9 ball (C2 daraja)ga erishganlar soni esa 2020-yilda 14 nafar bo‘lgan, 2024-yil holatiga esa ularning soni 332 nafarga yetgan. Bu haqida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev xabar berdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

AQShda yashab, ijod qiladigan taniqli aktyor, publisist Otabek Mahkamovning ko‘pchilik kitobxonlar, siyosatchilar va taniqli insonlarga manzur bo‘lgan kitobi — “Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv”ning 2-nashri chiqibdi.

Shu munosabat bilan 14-dekabr, shanba kuni soat 13:00 da Yoshlar ijod saroyi binosida matbuot anjumani tashkil etilmoqda. Bunga barcha ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar taklif etilmoqda.

Manzil: https://yandex.uz/maps/org/181176134292/

Читать полностью…

Masofatalim™

Madaniyat vazirligi “Toshkent haqida qo‘shiq” degan tanlov e’lon qilib, g‘olibga Monza avtomobilini va’da qilibdi.

Ozodbek Nazarbekov juda saxiy odamda. Qudasini tanitib olgan “Ovoz” loyihasi g‘olibiga KIA va’da qilgandi.

P.S.: Xalqda “Mashshog‘i ko‘p yurtning qashshog‘i ko‘p bo‘ladi” degan eski gap bor...

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Kattalarning “O‘zbekiston24” telekanalidan katta yangilik: Rossiya emas, Rassiya yozilarkan, bilib olinglar :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

PIN-kod nima uchun 4 ta raqamdan iborat?

Pinkodni ishlab chiqqan odam dastlab uni 6 ta raqamli qilgan ekan. Ammo keyinchalik uning ayoli sabab bu 4 taga o‘zgargan. Nega bunday bo‘lgani haqida esa videoda batafsil ma’lumot berilibdi.

Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida yaratilgan informatsion loyiha – Pinkod.uz shu kabi qiziqarli va foydali ma’lumotlarni berib bormoqda. Kuzatib borish tavsiya etiladi.

👉 @pinkoduz

Читать полностью…

Masofatalim™

Hemisni yaratgan insonni ko‘chada ko‘rib qolganingda...

Talabalar yaxshi tushunadi, ularga yuborib qo‘yamiz 😁

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oʻquv markazlar forumi, “Kelajak Expo” va “Diplomsiz ish” mehnat yarmarkalari hamda “TOP 100 oliy oʻquv yurti” koʻrgazmalari — “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasidagi navbatdagi loyihalar e’lon qilindi

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan poytaxtda oʻtkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi qizgʻin davom etmoqda. Oylik doirasida poytaxt yoshlari uchun yanada muhim loyihalar haqida ma’lum qilindi.

10–14-dekabr kunlari “Alpomish” sport saroyida quyidagi yirik loyihalar boʻlib oʻtadi:

⁃ 10-dekabr — o‘quv markazlari forumi;

⁃ 11–12-dekabr — oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun “Kelajak Expo” mehnat yarmarkasi;

13-dekabr — mutaxassislik talab etilmaydigan “Diplomsiz ish” mehnat yarmarkasi;

⁃ 14-dekabr — “TOP 100 oliy o‘quv yurti” oliy ta’lim muassasalari ko‘rgazmalari.

Mazkur loyihalarda yoshlar, ota-onalar va manfaatdor tashkilotlarning ishtirok etishlari mutlaqo bepul.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Izohsiz

Tibbiyotning super-muper kontrakti o‘zining ilk “mevasi”ni berishni boshladimi yoki karantin davrida o‘qishga kirganlar bitirdimi :)

@masofatalim

Читать полностью…
Subscribe to a channel