«METODIK YORDAM» kanaliga hush kelibsiz! ✔Ta'lim yangiliklari ✔️Dars ishlanmalar ✔️Testlar ✔Taqdimotlar ✔️Media mahsulotlar ✔️Ssenariylar ✔Kitoblar Kanal boshqaruvchisi: @Zafarbek_admin Reklama: @rek_info
❗Diqqar e'lon, kanalimiz faoliyatini rivojlantirishda hissa qo'shgan obunachilar uchun chegirmalar e'lon qilamiz!
🎳Sharti: Ta'lim sohasi yoki ilmiy tadqiqot ahlini o'zida jamlagan maqsadli 1000 dan ortiq auditoriyasiga ega 5 ta kanal yoki guruhlarga kanalimiz postlarini ulashib shaxsiy orqali bizga screenshot yuborsangiz barcha xizmatlarga 10 % lik chegirma qilib beramiz.
👉Мурожаат: @solihahmad, @akbaridiyev, @NematulloKarimiy.
👉Канал: /channel/xorijiy_nashr
Fan oyliklari doirasida o'tkazilgan tadbirlar hisobotini xalq ta'limi bo'limiga topshirilishi majburiymi?
Xalq ta'limi bo'limlari o'qituvchilardan har oyda o'tkaziladigan fan oyliklari hisoboti yig'ma jildini ham qog'oz ham elektron shaklda topshirishimizni talab qilyapti. Agar bunday hisobotni topshirirmasak boshqarmaga bildirgi bilan murojaat qilib, bizga intizomiy jazo chorasi qo'llanar ekan. O'qituvchilar shunaqa hisobotlar topshirishi majburiymi?
Javob:
Ma'lumki, ijodkor o'qituvchilarni aniqlash, ularning tajribasini o'rganish qo'llanilayotgan metodlarni takomillashtirish maqsadida fan oyliklari tashkil etilgan.
Fan oyliklarini o'tkazish tartibi Xalq ta'limi vazirligining 2020 yil 13 avgustdagi 183-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Umumiy o'rta ta'lim maktabining Metodbirlashmalari to'g'risida"gi nizom bilan tartibga solinadi.
Ushbu nizomda maktablarda o'tkazilgan fan oyliklarini qay tartibda o'tkazish haqida to'liq ko'rsatmalar berib o'tilgan.
Ammo mazkur me'yoriy hujjatda fan oyliklari doirasida o'tkazilgan barcha tadbirlarning hisobotini hududiy xalq ta'limi bo'limlariga topshirilishi haqida hech qanday qoida belgilanmagan.
Amaldagi tartibga ko'ra, umumiy o'rta ta'lim maktablarida fan oyliklarida amalga oshiriladigan ishlar maktabning metodbirlashmasi ish rejasiga kiritiladi.
Ish reja bo'yicha amalga oshirilgan ishlar esa metodbirlashma rahbarida 3 yil mobaynida saqlanadi hamda tegishli arxivga topshiriladi.
Xulosa o'rnida aytadigan bo'lsak, umumta'lim maktabi o'qituvchilari ham metodbirlashma rahbarlari ham hududiy xalq ta'limi bo'limlariga fan oyliklari bo'yicha hisobot topshirishga majbur emas.
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
❗️MAKTAB OʻQUVCHILARI UCHUN QISHKI TAʼTIL QACHONDAN BOSHLANADI?
Amaldagi tartibga koʻra maktab oʻquvchilari uchun II chorakning soʻnggi kuni 27-dekabrga toʻgʻri kelib, 28-dekabr qishki taʼtilning ilk kuni sanaladi. Taʼtil 14 kalendar kun, yaʼni 10-yanvargacha davom etadi. III chorak esa 11-yanvardan boshlanadi.
1-sinf oʻquvchilari uchun esa fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil belgilanadi.
Maʼlumot uchun: Taʼtilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga toʻgʻri kelib qolgan taqdirda, dars mashgʻulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi. Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga toʻgʻri kelib qolgan dars mashgʻulotlarining mavzulari oʻquv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashgʻulotlarida oʻtkaziladi.
❗️Agar havo haroratining keskin sovub ketishi munosabati bilan qoʻshimcha taʼtil kunlarini eʼlon qilmasa oʻquvchilar yuqoridagi tartib boʻyicha taʼtilga chiqadilar.
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
🟢O'quvchilaringizni darsda shovqin qilmay darsingizni jim tinglashini xohlaysizmi?
Hozir eng ko'p o'qituvchilarni qiynayotgan muammolardan biri o'quvchilar darsga quloq solmasdan shovqin qilishidir va o'quvchilarni darsga qiziqtirishda qiynalayotganini komentariyalarnda juda ko'p yozishayapti ustozlar, agar sizda ham shu muammolar bo'layotgan bo'lsa men sizlarni 5 kunlik Mutlaqo Bepul onlayn marafonimga taklif qilaman.
"Sevimli ustoz" nomli Bepul marafonimda o'quvchilaringizda maqsad, orzu va kelajakni ko'ra olish hislatlatlari paydo bo'ladi keyin esa o’quvchilaringiz to’g’ri yo’nalishda harakatlanishda davom etadi;
🗓Bugun soat 20:00 da bo'ladigan marafonga qatnashish uchun ro'yxatdan hoziroq o'ting;
Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi link ustiga bosing👇
/channel/+BABl4Ao7puhkMzgy
⚡️QUYIDAGILAR METODBIRLASHMANING FAOLIYATINI TAShKIL QILADI
☝️Umumta’lim maktablarida boshlang‘ich ta’lim, sinf rahbarlari yo‘nalishi hamda 5-11-sinflarda esa alohida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar turkimi bo‘yicha metodbirlashmalar faoliyat ko‘rsatadi.
☝️Umumta’lim maktablarida bitta fan yoki turkum bo‘yicha kamida uchta o‘qituvchi bo‘lsa, metodbirlashma tashkil etiladi.
👆Agar tegishli fan bo‘yicha o‘qituvchilar soni uch nafardan kam bo‘lsa, u holda ushbu fan o‘qituvchilari shu turkumdagi fan o‘qituvchilari bilan birgalikda bitta metodbirlashmaga birlashadi.
☝️Metodbirlashma rahbari metodbirlashma a’zolari bilan kelishilgan holda, maktab direktorining buyrug‘i bilan, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha metodik ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘ygan, doimiy ravishda uzluksiz metodik xizmatni tashkil eta olgan, ijotkor va tajribali o‘qituvchilardan tayinlanadi.
☝️Umumta’lim maktabining har bir o‘qituvchisi (o‘rindoshlik tariqasida ishlayotgan o‘qituvchilar ham) o‘z yo‘nalishi yoki tegishli fan turkumi bo‘yicha metodbirlashmaga a’zo bo‘lishlari shart.
👆Metodbirlashma yig‘ilishi har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
⚡️Andijonda 7-sinfda oʻqiydigan qiz oʻzining oʻqituvchisini uchib borib tepdi
Oʻqituvchilarni shuncha yil behurmat qildik, bolasini soʻksa ota-onalar borib oʻqituvchini boʻynidan boʻgʻdi, mana oqibati.
Voqea viloyatning Ulugʻnor tumanidagi 17-maktabda sodir boʻlgan.
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Barcha sinf rahbarlar yuritishi kerak bo'lgan hujjatlar toʻplami
2022-2023-oʻquv yili uchun
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
10-sinflar uchun Sinf soati 2022-2023-oʻquv yili uchun
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
8-sinflar uchun Sinf soati 2022-2023-oʻquv yili uchun
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
6-sinflar uchun Sinf soati 2022-2023-oʻquv yili uchun
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
4-sinflar uchun Sinf soati 2022-2023-oʻquv yili uchun
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
2-sinflar uchun Sinf soati 2022-2023-oʻquv yili uchun
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
⚡️Oʻzbekistonliklar bayram munosabati bilan dam oladiganlar kunlar yana bittaga koʻpaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan 11-noyabr «Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni», umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan boʻldi. Bu degani 11-noyabr taqvimda dam olish kuni sifatida kiritiladi.
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
O’quvchining darsga diqqati qancha davom etadi?
Ba’zi psixologlar o'quvchi diqqati 10-15 daqiqa davom etishini ta'kidlaydilar, ammo ularning diqqat darajasi motivatsiya, kayfiyat, qabul qilingan materialning dolzarbligi va boshqa omillarga qarab o'zgarishi tabiiy.
O'quvchilarni uzoq vaqt davomida qiziqish va hushyor tutish uchun ko'rsatmalarda aniq taktika mavjudligini ilm-fanda tekshirilgan.
O'rtacha e'tibor
O'quvchilarning "qisqa" e'tibori 10-15 daqiqagacha bo'lishiga oid keng tarqalgan tushunchaga qaramay, uning aksini ko'rsatadigan juda ko'p dalillar mavjud. 2007-yil Karen Uilson va Jeyms Korn ma'ruza davomiyligi jarayonida talabalarning yozuvlarida pasayib ketishni aniqlashdi.
O'quvchilar diqqat-e'tibori o'rganilganda ma'ruza paytidagi vaqt oralilqlariga tanaffuslarni kiritishgan. Tanaffuslar bilan ham ma’ruzaning 10-18 daqiqasida, keyin esa dars yakuniga qadar har 3-4 daqiqada diqqat yetishmovchili kuzatilgan. Uilson va Korn o'quvchilarning diqqatini aniq o'lchab bo’lmasligini va ma'ruza paytida ular e'tiborining pasayishi kuzatilishi mumkin bo'lsa-da, o'rtacha diqqat-e'tiborning davomiyligi aniq emasligini isbotlashdi.
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
⚡️Har doimgidek Kundalik.com platformasida nosozliklar kuzatilmoqda
Ayni damda Kundalik.com tizimiga oʻtkazilgan maktablarda oʻqituvchilar choraklik baholarni chiqarolmayapti. Sababi tizimda doimgidek nosozliklar kuzatilmoqda. Yana oʻsha eski muammolar. Koʻpchilik nima boʻlayotganini tushunmayapti.
Oʻqituvchilarning aytishicha, oʻquvchiga bitta baho qoʻyish uchun 15-20 daqiqa vaqt sarflashga toʻrgʻi kelayotgan ekan. Bitta sinfga baho chiqarish uchun esa soatlab vaqt sarflashga toʻgʻri kelmoqda. Sababi choraklik baholar qoʻyilayotgan vaqtda platforma qotib qolib suratdagi kabi yozuv chiqib qolayotgan ekan.
Rasmiy manbalar har doimgidek jim. Aslida shunday nosozliklar boʻlgan vaqtlarda rasmiy manbalar barcha oʻqituvchilarni ogohlantirib qoʻyishi kerak.
Ha aytgancha, tizimga kirishga juda qiynalib ketsangiz Kundalik.com kompaniyasi qoʻllab-quvvatlash markazining +99878-888-82-82 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilib shikoyatingizni aytsangiz ham boʻladi.
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
📝Халқ таълими вазирлигининг муҳим буйруғи эълон қилинмоқда ⚠️
✍️ Халқ таълими вазири 372-сонли буйруқни имзолади.
Ушбу буйруқ, таъбир жойиз бўлса сиз азиз устозларнинг талаб ва истакларингиз асосида тайёрланди, яъни унинг ижодкорлари бу - УСТОЗЛАР!
Хабарларингиз бор, Халқ таълими вазирлиги каналида ҳамда @domlajon каналида фан ойликлари, методик кунлар ҳақида сўровномалар ўтказган эдик, барча устозлар ушбу икки нарсани тугатиш ҳақида овоз бериб, бир овоздан фикрлар ёзган эдингизлар.
Халқ таълими вазирлиги бир неча ой ҳамма худуддаги устозларнинг фикрларини ўрганган холда ваниҳоят бу бўйича ўз буйруғини чиқармоқда.
Демак, талаб ва истакларга биноан, 372-сонли буйруқ бўйича қуйидаги ўзгаришлар бўлмоқда:
1) Фан ойликлари расман бекор бўлган!
2) Методик кунлар бекор қилинган!
3) Оммалаштириш ишлари онлайн платформага ўтказилган.
Мазкур, методик кунларни бекор бўлиши ҳисобига мактаб ЎИБДЎлари 3-чоракдан СанПин қоидаларига риоя қилган ҳолда дарс жадвалини қайта тузиб чиқишлари тавсия этилади.
Бу нарса албатта, ЎИБДЎларимизга қулайлик яратади, чунки, масалан математика фанини бир кун бўшатиш мажбурлиги эвазига бошқа кунлари 5-6-7-соатларга ҳам дарс қўйишга мажбур бўлиб, қийналишар эди, бу эса амалда СанПин қоидаларини бузилишига олиб келган.
Ўқитувчиларимизга эса икки карра қулай бўлди: фан ойликлари даҳмазасидан, ҳар ҳафта бирон мактабга мажбуран бориб расмга тушиб келиш мажбуриятидан ваниҳоят қутулишди. Фанлар бўйича танлов, тадбирларини энди бииииргина ойда эмас, йилнинг истаган вақтида қилиши мумкин, ўз устида бир кун эмас, ҳар куни ишлаши мумкин. Ва муҳими, метод кун йўқ бўлгани билан дарсига қараб мехнат қонунчилиги бўйича мактабда бўлади, яъни, 6 соат дарси бор одамни ҳар куни мактабда ушлаб ўтириш мумкин, дегани ҳам эмас.
Хуллас, ҳурматли устозлар, сизларнинг истакларингизга кўра чиққан бу буйруқ барчаси сиз ва таълим ривожи учун яратилди деб хисоблаймиз!
Буйруқни ишлаб чиққанларга миннатдорлик билдирамиз👍
@DOMLAJON каналидан олинди.
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
⚡️ Оммалаштириш учун энг зарур нарса нима?
Республика миқёсида дарсингиз оммалашишини истайсиз, Лекин бирор бир ЗАМОНАВИЙ МЕТОД билмасангиз бу орзуларни тушингизда кўраверинг.)
🎁 Шу вазиятда сизга! «Креатив педагог» онлайн курси орқали «нақд 70 (ЕТМИШ!) та метод» ни ўрганишни тавсия этамиз!
😃 Минг марта эшитгандан, бир марта кўрган яхши десангиз, марҳамат методлар мундарижаси: 👉 https://telegra.ph/Kreativ-Pedagog-kursidan-nimani-organaman-11-14
⚡️ Курс қай тартибда бўлади?
— Онлайн
— Исталган вақтда, қайта қайта кўрасиз
— 70 та метод 1 ой давомида бериб борилади
— Енг зўр томони, 1 ойдан кейин методлар ўчмайди ва сизда 1 йил сақланади
— Курснинг ҳар бир дарси атиги 1400 сўм!
— Курсга атиги бир марта тўлов қилиб, бир умрга фойдаланасиз!
🍟 1400 сўмга: эрмак учун писта олишингиз ёки креатив педагог курсидан 1 дона метод ўрганиб, дарсингизни республикада оммалаштиришинги мумкин! Хўш, қай бирини танлайсиз?
✅ Креатив педагог бўлиш ва 70 та методни олиш учун 👉 @Krepeduz_admin га қуйидагиларни ёзиб юборинг:
1. Исм фамилиянгиз
2. Қайси фандан дарс беришингиз
3. Вилоятингиз
👆 @Krepeduz_admin 👈 Профилига ёзиб юборинг!
#Bilasizmi
Pedagog xodimlarni quyidagi ishlarga jalb qilish taqiqlanadi:
👉 Xalq ta’limi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga, majburiy mehnatga, shu jumladan, tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari hamda boshqa turdagi ishlarga jalb qilish;
👉 Xalq ta’limi xodimlarini ularning kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning bosma nashrlarga majburan obuna boʻlishini tashkil etish;
👉 Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan asoslarga va oʻrnatilgan tartibga rioya etmagan holda tekshirish.
Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari mazkur talablar buzilgan hollarda tegishli javobgarlikka tortiladi.
Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-sonli qarori.
❕Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 197-5-moddasiga koʻra pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish:
👉 fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima jarima solishga sabab boʻladi.
❕Agar xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa:
👉 fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
⚡️Attestatsiyadan oʻtgan oʻqituvchilarga dekabr oyida sertifikatlar tarqatiladi
Nizomga koʻra, attestatsiyadan oʻtish uchun pedagog kadrlar har yili 1-yanvardan 1-martga qadar va 1-avgustdan 1-oktabrga qadar bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytida roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladilar.
2022-yil yanvardan boshlab pedagoglar attestatsiyasi bir yilda ikki marta oʻtkaziladi.
✅ Birinchi attestatsiyada:
👉 Yanvar-fevral oylarida arizalar qabul qilinadi;
👉 Mart-may oylarida malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi;
👉 Iyun oyida Sertifikatlar tarqatiladi.
✅ Ikkinchi attestatsiyada:
👉 Avgust-sentabr oylarida arizalar qabul qilinadi;
👉 Oktabr-noyabr oylarida malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi;
👉 Dekabr oyida Sertifikatlar tarqatiladi.
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
3058-1-son 29.06.2020
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Fan oʻqituvchilari tomonidan toʻgarak mashgʻulotlari oʻtilishi majburiymi?
Fan toʻgaraklari oʻqituvchining pedagogik yuklamasi tarkibida boʻlganligi bois oʻtilgan toʻgarak mashgʻulotlari uchun ham oylik maosh hisoblanadi.
Chunki pedagog xodimning ish yuklamasini hisoblab chiqarishda oʻquv-tarbiya jarayoni va oʻquv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayoni hisobga olinadi.
Oʻquv-tarbiya jarayoni pedagog xodimlarga tarifikatsiya boʻyicha ajratilgan dars soatlarini oʻtish kirsa, oʻquv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayoniga esa fanlarni oʻzlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli oʻquvchilar bilan alohida mashgʻulotlar olib borish nazarda tutiladi.
Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 1-iyuldagi 206-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan fan oʻqituvchilarining lavozim majburiyatlarida ham pedagog xodimlar oʻquvchilarning qobiliyat va iste’dodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni oʻzlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash maqsadida oʻz fani boʻyicha toʻgarak mashgʻulotlarini tashlkil etish lozimligi qayd etilgan.
Shuningdek, "Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari"da ham oʻqituvchilar fan toʻgaraklarida ishlashi lozimligi qayd etilgan.
Demak xulosa shuki, fan oʻqituvchilari tomonidan toʻgarak mashgʻulotlarini oʻtish majburiy hisoblanadi. Bunda fanlarni oʻzlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli oʻquvchilar bilan qoʻshimcha mashgʻulotlar olib borish maqsadga muvofiq.
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
11-sinflar uchun Sinf soati 2022-2023-oʻquv yili uchun
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
9-sinflar uchun Sinf soati 2022-2023-oʻquv yili uchun
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
7-sinflar uchun Sinf soati 2022-2023-oʻquv yili uchun
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
5-sinflar uchun Sinf soati 2022-2023-oʻquv yili uchun
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
3-sinflar uchun Sinf soati 2022-2023-oʻquv yili uchun
Читать полностью…1-sinflar uchun Sinf soati 2022-2023-oʻquv yili uchun
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
⚡️Oʻqituvchilarga har oyda beriladigan 5 mln soʻmlik ustamalar qay tartibda tayinlanadi?
Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, oʻquvchilari oliy ta’lim muassasalariga yoki Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida eng yuqori natija koʻrsatgan pedagog kadrlar Xalq ta’limi jamgʻarmasi hisobidan ustama olishlari mumkin.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi vazirining jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom”da qayd etilgan.
Bunda malakali pedagog kadrlarga va ilgʻor xodimlarga har oylik ustama hamda bir martalik pul mukofotlarini toʻlash ishlarini muvofiqlashtirish uchun Vazirlikda doimiy ravishda ishlaydigan Ishchi guruh tuziladi.
Davlat test markazi umumiy oʻrta ta’lim muassasalari bitiruvchilarining tegishli oʻquv yilida oʻqishga qabul qilishda oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihoni hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni (abituriyentlar va imtihon oʻtkazilgan fanlar boʻyicha) natijalari vazirlikka taqdim etadi.
Vazirlik ishchi guruhi umumiy oʻrta ta’lim muassasalari bitiruvchilari (oʻquvchilari) tomonidan tegishli oʻquv yili qabulida oliy ta’lim tashkilotlariga, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida jamlagan ballardan kelib chiqib yillik kvotani «Boshlangʻich ta’lim», «Aniq va tabiiy fanlar», «Xorijiy tillar», «Ijtimoiy fanlar» va «Amaliy fanlar» yoʻnalishlari boʻyicha tuman (shahar)lar boʻyicha taqsimlaydi va hududiy kengashlarga taqdim etadi.
Hududiy kengashlar tuman (shahar) kvotasidan kelib chiqib har oylik ustama olish uchun nomzodlarni «Boshlangʻich ta’lim», «Aniq va tabiiy fanlar» «Xorijiy tillar», «Ijtimoiy fanlar» va «Amaliy fanlar» yoʻnalishlari boʻyicha tuman (shahar) boʻyicha Ishchi guruhga taqdim etadi.
Ishchi guruh tomonidan unga taqdim etilgan nomzodlar orasidan ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlar ikki bosqichli sinov orqali tanlab olingach ularga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama toʻlanadi.
Har oylik ustama u belgilangan kundan boshlab 9 oy davomida beriladi. Bunda xodimning ish joyi, lavozimi oʻzgargan holda ham uning har oylik ustamasi saqlab qolinadi va belgilangan muddatga qadar toʻlanadi.
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
#kundalikcom | #apk
📌 OTA-ONALAR UCHUN KUNDALIK FAMILY ILOVASI
ℹ️ Kundalik ilovasi bilan:
- Bitta ekrandan foydalangan holda barcha maktab yangiliklaridan xabardor bo‘lish;
- E’lonlar va baholar to‘g‘risida push-xabarlar olish;
- E’lonlar orqali o‘qituvchilar bilan ota-onalar o‘zaro aloqada bo‘lishi;
- O‘zlashtirish haqida batafsil hisobotlarni ko‘rish;
- Berilgan muhim ishlarni o‘tkazib yubomaslik va baholarning prognozlarini olish;
- Uy vazifalarini bajarish ketma-ketligini qayd etib borish imkoniyatlari mavjud;
P. S. Bitta obuna barcha oila a’zolariga, hamda barcha qurilmalarga tatbiq etiladi!
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
⚡️OʻQUVCHILARNING TAʼTIL PAYTIDAGI XATTI-HARAKATLARI UCHUN OTA-ONALAR JAVOB BERADI
Barchamizga maʼlumki, ilgari oʻquvchilarning xar qanday xatti-harakatlari uchun, xoh u taʼtilda boʻlsin xoh darsdan tashqarida boʻlsin, faqat sinf rahbar, direktor yoki uning oʻrinbosarlari javobgar boʻlardi. Misol uchun oʻquvchi taʼtil vaqtida qoʻshnisi bilan mushtlashib, janjallashib qolsa ham ichki ishlar organi xodimlari oʻsha oʻquvchining sinf rahbarini chaqirtirib bezovta qilardi.
Koʻp hollarda maktab rahbariyati bilan birga sinf rahbarlari lavozim vazifalarini bajarmagan deya baholanib, ularga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilar edi. Oʻquvchining ota-onasiga esa deyarli hech qanday taʼsirchan choralar koʻrilmasdi. Hozir esa bunday holatlarning oldi olingan.
Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 22-fevral kungi 41-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan, sinf rahbari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.
Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holallarda nafaqat sinf rahbariga balki direktor oʻrinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masʼul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi uchun gʻamxoʻrlik qilishlari shart.
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q