🎯 TAIBA FINANSE taʼlim granti g'oliblari aniqlandi!
Talabalar uchun to‘liq bir yillik shartnoma summasini qoplab beruvchi taʼlim granti uchun arizalar topshirish jarayoni o‘z yakuniga yetdi.
✅ Taʼlim granti uchun 3.000 ga yaqin hamyurtlarimiz qiziqish bildirdi va yuzdan ortiq arizalar kelib tushdi.
Ariza topshiruvchilar orasidan 30 ta grant g‘oliblari maxsus komissiya orqali saralab tanlab olindi.
🤝 Grantni qo'lga kiritgan talabalarga o'quv yili davomida yangi muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Barcha ishtirokchilarga kelgusi grantlarda omad tilab qolamiz. Keyingi grant sohibi aynan siz bo'lishingiz mumkin. Bizdan uzoqlashmang !
@MetsenatUz
Talabalar uchun TAIBA FINANCE ta’lim granti
MCHJ "TAIBA FINANCE" XK to`liq bir yillik shartnoma summasini qoplab beruvchi ta’lim granti e’lon qiladi.
Grantning maqsadi: ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor talabalarning ta'lim olishi uchun moddiy yordam ko’rsatish;
Taʼlim granti haqida maʼlumot:
🏢 Qaysi OTMlar uchun: barcha davlat taʼlim muassasalari uchun
📊 Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi
📚 Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi
👥 Necha kishiga beriladi: 30 nafar
💰Taʼlim granti miqdori: to`liq bir yillik stipendiyasiz shartnoma summasi
⏳Hujjatlar 31- oktabrgacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.
📲 Onlayn ariza yuborish
Murojaat uchun
@MetsenatUz
Jurnalistika sohasi talabalari uchun e'lon qilingan Grant uchun ariza topshirish yakunlanishiga 3 kun qoldi!
Ushbu grantning umumiy qiymati 75 mln so’mni tashkil etib, 25 nafar talaba uchun mo'ljallangan edi. Grant uchun ariza topshirish yakunlanishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda.
⏳Hujjatlar 25-may soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.
📲 Onlayn ariza yuborish:
https://imkon.uz/metsenat/122
Qo'shimcha savollar uchun:
@imkon_support_chat
@imkon_Uzbekistan
✅ Jurnalistika sohasida o’qiyotgan talabalar uchun 75 mln so’mlik ta’lim granti
Grantning maqsadi: jurnalistika sohasida ta’lim olayotgan, yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichiga ega, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalarning ta'lim olishi uchun moddiy yordam ko’rsatish;
🔻Taʼlim granti haqida maʼlumot:
Qaysi OTMlar uchun: barcha davlat va nodavlat taʼlim muassasalari uchun
Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi
Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy
Necha kishiga beriladi: 25 nafar
Taʼlim granti miqdori: har bir kishiga 3 mln so‘mdan (jami 75 mln so‘m)
⏳Hujjatlar 25-may soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.
📲 Onlayn ariza yuborish:
https://imkon.uz/metsenat/122
Qo'shimcha savollar uchun:
@imkon_support_chat
@MetsenatUz
🎯 Grant g‘oliblarining yakuniy saralash natijalari eʼlon qilindi
Mustaqillik taʼlim granti g‘oliblarining 2/3 qismi aniqlangan edi. Endilikda esa, qolgan g‘olib ishtirokchilar ham saralab olindi. Ishtirokchilar va tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
📲 31 nafar grant g‘oliblari bilan telefon orqali bog‘laniladi.
🔹 Imkon.uz - ijtimoiy rivojlanish asosiy maqsadimiz.
🏆 Mustaqillik ta‘lim granti g‘oliblarining bir qismi aniqlandi!
Mustaqillik ta‘lim granti g‘oliblarining birinchi 12 taligi aniqlandi. Qolgan ishtirokchilarga ham omad tilab qolamiz.
📲 G‘olib bo‘lganlar bilan telefon orqali bog‘laniladi.
🔹 @MetsenatUz - ijtimoiy rivojlanish asosiy maqsadimiz.
✅ Arizalar ko'rib chiqilmoqda
🇺🇿 MetsenatUz loyihasi hamda XushnudbekUz Telegram kanali doirasida e'lon qilingan "Mustaqillik ta'lim granti" uchun 1520 ta ariza kelib tushdi.
🔎 155 mln so'mlik grant 31 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj talabani qo'llab-quvvatlash uchun ajratilgan. Ayni paytda grant uchun topshirilgan mazkur arizalar jamoatchilik vakillaridan iborat komissiya tomonidan ko'rib chiqilmoqda.
📌 Yakuniy natijalar 10 kun ichida ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilinadi. Shuningdek, natijangizni imkon.uz ijtimoiy-tarmog'idagi shaxsiy sahifangiz orqali ham bilishingiz mumkin.
@MetsenatUz
Talabalar uchun Mustaqillik ta’lim granti
XushnudbekUz Telegram kanali O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan jami 155 mln so'mlik ta’lim granti e’lon qiladi.
Grantning maqsadi: yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichiga ega, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalarning ta'lim olishi uchun moddiy yordam ko’rsatish;
Taʼlim granti haqida maʼlumot:
🏢 Qaysi OTMlar uchun: barcha davlat, nodavlat, diniy taʼlim muassasalari uchun
📊 Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi
📚 Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy
👥 Necha kishiga beriladi: 31 nafar (shundan 5 nafari TDYU talabalari uchun)
💰Taʼlim granti miqdori: har bir kishiga 5 mln so‘mdan (jami 155 mln so‘m)
⏳Hujjatlar 30-sentabrgacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.
📲 Onlayn ariza yuborish:
https://imkon.uz/metsenat/120
@MetsenatUz
Xushnudbek telegram kanali granti g'oliblari to'liq saralandi!
📜 G'oliblar ro'yxati bilan imkon.uz platformasi orqali tanishishingiz mumkin. Ishtirokchilar va tashkilotchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Kelib tushgan 743 ta arizadan 35+3 kishiga belgilangan grant summasi taqdim etildi.
🖥 Navbatdagi metsenatlik loyihalarini kuzatib boring. Shuningdek, Imkon.uz Grantlar bo'limi orqali dunyo bo'ylab grant va stipendiyalar yutib olishingiz mumkin.
G'oliblar ro'yxati 👉https://bit.ly/3E9cigv
🔹 Imkon.uz - ijtimoiy rivojlanish asosiy maqsadimiz.
@imkon_uzbekistan
📣 XushnudbekUz telegram kanali granti g'oliblari e'lon qilindi
Siz natijasini kutgan Metsenat.uz loyihasi doirasida g‘oliblarga pul o‘tkazish ishlari boshlandi.
☑️ Talabalar uchun eʼlon qilingan taʼlim grantida 25 nafar g‘oliblar tanlab olindi. Ular bilan bog‘lanib, har biriga 3 mln so‘mdan, jami 75 mln so‘m pul o‘tkazish ishlari start oldi.
Bundan sal oldinroq g'olib 10 nafar Toshkent davlat yuridik universitet talabasiga ham grant summasi to'lab berilgan edi.
➕ Grantda qatnashgan 750 nafarga yaqin talabalarning barchasiga ishonch uchun rahmat. Eng quvonarlisi, ariza yuborganlar orasidan yana 200 nafarga yaqin ehtiyojmand talabalarning to‘lov-kontraktiga «Talabaga madad» loyihasi orqali moddiy ko‘mak olib berishga yordamlashilmoqda.
@imkon_uzbekistan
Imkon.uz sayti orqali grantga ariza topshirish
imkon.uz platformasi Metsenat bo'limi talabalarga grant va stipendiyalar e'lon qilishda davom etmoqda. Quyidagi qo'llanma orqali arizangizni qoldiring.
1️⃣ imkon.uz saytiga mavjud login parolingiz orqali kiring. Ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz, Gmail, Facebook, Vkontakte, Yandex.mail, Apple ID orqali yoki quyida Ro'yxatdan o'tish tugmasi yordamida ro'yxatdan o'ting.
2️⃣ Mening profilim'ga kiring va Kontakt ma'lumotlari qismini to'ldiring. So'ng shu yerdan Imkon ID olishingiz kerak. Buning uchun so'ralgan ma'lumotlarni e'tibor bilan kiriting.
4️⃣ Endi chap menu'dagi Metsenat bo'limi orqali o'zingizga kerakli grantni tanlang. Ariza topshirish tugmasini bosish orqali grantga ariza topshiring.
P.S. Arizani to'ldirayotganingizda e'tiborli bo'ling, ma'lumotlar to'g'riligini albatta tekshiring!
❗️Bir turdagi grantlarga ariza topshirish uchun siz to'lov-shartnoma asosida o'qiyotgan bo'lishingiz lozim.
Savol va takliflaringiz bormi: @Imkon_support_chat
Diqqat! Metsenat loyihasida stipendiya dasturi e’lon qilindi
✅Stipendiya nomi: Uzbekistan GTL mas’uliyati cheklangan jamiyati stipendiyalar dasturi
👤Metsenat: Uzbekistan GTL mas’uliyati cheklangan jamiyati
📌Sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi uchun kadrlar tayyorlash dasturini kengaytirish, iqtidorli talabalarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi "Uzbekistan GTL" mas’uliyati cheklangan jamiyati 2021-2022 oʼquv yili uchun III stipendiyalar dasturini e‘lon qiladi.
🔖 Necha kishiga beriladi: 12 nafar
🔰Qaysi ta'lim yo'nalishi uchun?
Stipendiya kimyo-texnologiya, biologiya, mashinasozlik, ekologiya, metrologiya yo’nalishida kunduzgi ta’limda tahsil olayotgan 3 va 4-bosqich bakalavr talabalari hamda 1 va 2-bosqich magistrantlari uchun beriladi.
👉 Qo`shimcha ma`lumot uchun
🔖 ISHTIROK ETISH SHARTLARI
📍Stipendiya miqdori 3 bazaviy hisoblash miqdoridan kam bo’lmagan miqdorda oyma-oy 10 oy davomida to’lab boriladi.
🔖Bakalavr va magistraturaning oxirgi bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun stipendiyaning 10 oylik summasi 7 oy davomida oyma-oy to’lab boriladi.
⏳Hujjatlar 15-oktabrgacha qabul qilinadi. Shundan so’ng ichki imtihon orqali g’oliblar aniqlanadi.
📲 ONLAYN ARIZA YUBORISH
https://imkon.uz/metsenat/110
@metsenatuz
MetsenatUz'da e’lon qilingan ta’lim granti g‘oliblari aniqlandi
✅ Metsenat.uz loyihasi doirasida "BTS Express Cargo Servis" tomonidan tibbiyot, pedagogika va oliy diniy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan talabalarga "Ilm uchun" granti eʼlon qilingan edi.
🔽 Metsenat tomonidan arizalar ko’rib chiqilib, eng munosiblar g’olib deb e’lon qilindi.
👥 Demak, quyidagi 13 nafar talabalar grantga sazovor bo’ldi:
➖Tursunaliyeva Niluzar Baxtiyorjon qizi (FarDU)
➖ Mamadaliyev Otabek Nazirjonovich (O’zXIA)
➖ Xolbayeva Mahliyo Umar qizi (TTA Urganch filiali)
➖ Akbaraliyeva Jumagul Sobirjon qizi (ADU)
➖ Xasanova Rohila (TDChPI)
➖ Dehqonov Lazizbek Otabek o’g‘li (TTPI)
➖ Yo'ldashev Nematillo O'tkirali o'g’li (TDPU)
➖ Abdullayev Abdulaziz Abdug'ofur o'g'li (O’zMU)
➖ Toshpo’latov Abdulaziz Urayimjon o’g'li (ADU)
➖ Bozorov Shahzod Shavkatovich (O’zDJTU)
➖ Abdullayev Ramazon Murodulla o’g’li (TerDU)
➖ Sultonov Farid Ilyos o'g'li (BuxDU)
➖ Mustapaeva Nargiza Maratovna (NDPI)
💰Har bir gʻolibga 3 mln so`m miqdorida grant beriladi.
👏 Metsenat.uz jamoasi barcha gʻolib talabalarni chin qalbdan tabriklaydi.
Kanallarimiz:
👉@metsenatuz
👉@urfon
MetsenatUz'da navbatdagi grant g‘oliblari aniqlandi
✅ Metsenat.uz loyihasi doirasida Venkon Group MChJ tomonidan «Greener.Sun» - quyosh energiyasiga oid loyihalar uchun taʼlim granti eʼlon qilingan edi.
🔽Arizalarni o’rganib chiqish natijasida quyidagi 4 nafar talabalar Metsenat tomonidan eng munosib deb topildi:
➖ Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi Isoqov Jasurbek Jumanazar o'g'li;
➖O’zbekiston Milliy Universiteti talabasi Sirojiddinov Azizbek;
➖ Toshkent davlat texnika universiteti talabasi Ochilov Sur’at;
➖Toshkent davlat texnika universiteti talabasi Xudoyberdiyev Nodirbek Noʼmonjonovich.
💰Har bir gʻolibga 5 million so’m miqdorida grant beriladi.
👏 Metsenat.uz jamoasi barcha gʻolib talabalarni chin qalbdan tabriklaydi.
Kanallarimiz:
👉@metsenatuz
👉@urfon
Metsenat.uz'da navbatdagi stipendiya g‘oliblari aniqlandi
✅ Metsenat.uz loyihasi doirasida «Reiwa Japanese School» oʻquv markazi tomonidan yapon tilida oʻqiyotgan filolog-talabalar uchun jami 36 mln soʻmlik stipendiya tanlovi eʼlon qilingan edi.
🔽 26-may kuni «Reiwa Japanese School» oʻquv markazi tomonidan stipendiya uchun daʼvogar talabalar ishtirokida imtihon boʻlib oʻtdi. Imtihon natijasiga koʻra, quyidagi 6 nafar talabalar oʻquv markazi tomonidan eng munosib deb topildi:
➖Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi Shodiyorov Otabek Shermamatovich;
➖Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi Abdubotirova Munira Abdurasul qizi;
➖Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi Usmonov Siddiq Sobir oʻgʻli;
➖Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi Norboyeva Guljahon Shavkat qizi;
➖Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi Muxammedvaliyeva Muslima Abdusattor qizi;
➖Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi Bakirova Sadoqatxon Elmurod qizi.
✅ Har bir gʻolibga kelgusi 10 oy davomida 300 ming soʻm miqdorida stipendiya berib boriladi.
👏 Metsenat.uz jamoasi barcha gʻolib talabalarni chin qalbdan tabriklaydi.
Ma’lumot uchun: tez kunda Samarqand viloyati hokimligining stipendiyasi g‘oliblari ma’lum qilinishi kutilmoqda.
Kanallarimiz:
👉@metsenatuz
👉@urfon
🎯 TAIBA FINANSE taʼlim granti uchun qabul yopildi
Talabalar uchun to‘liq bir yillik shartnoma summasini qoplab beruvchi taʼlim granti uchun arizalar topshirish jarayoni o‘z yakuniga yetdi.
✅ Taʼlim granti uchun 3.000 ga yaqin hamyurtlarimiz qiziqish bildirdi va yuzdan ortiq arizalar kelib tushdi.
Hozirda ariza topshiruvchilar orasidan 30 ta grant g‘oliblarini maxsus komissiya orqali saralash jarayoni davom etmoqda.
@MetsenatUz
🎉 Ta'lim granti natijasi e'lon qilindi!
Jurnalistika sohasida ta'lim olayotgan talabalar uchun e'lon qilingan 75 mln so’mlik ta’lim granti g'oliblari aniqlandi.
📃 Unga ko'ra grant dasturiga:
Qiziqish bildirganlar - 83 ta
Ariza qoldirgan talabgorlar - 92 ta
Ko’rishlar soni - 4529 tani tashkil etdi.
Ariza topshiruvchilar orasidan 25 nafar yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichiga ega, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalar jamoatchilik vakillaridan tuzilgan komissiya orqali saralab olindi.
🏆 Har bir grant g'oliblariga 3 mln so'mdan taqdim etiladi. Grant egalarining ro'yxati bilan esa ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Barcha grant egalariga o'qishlari va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz.
@MetsenatUz
🏆 Toshkent shahridagi Piza Universiteti filiali va “Imkon Uzbekistan” jamoat birlashmasi tomonidan “Metsenat” loyihasi doirasida taʼlim granti eʼlon qilinadi!
Grantning asosiy maqsadi o‘quv to‘lovlarini to‘lashga qiynalayotgan, ammo yuqori isteʼdod va salohiyatga ega bo‘lgan kam taʼminlangan talabalarga moliyaviy yordam ko‘rsatishdir.
🔹Qaysi OTM uchun: Toshkent shahridagi Piza Universiteti filiali;
🔹Ta'lim yo'nalishlari: Geologiya, Ekologiya;
🔹Grant miqdori: 118 mln so‘m (bir stipendiat uchun);
🔹Talabalar turar joyi uchun: 22,6 mln so‘m + kitoblar va amaliyot (bir stipendiat uchun);
🔹Kvota soni: 2 ta;
🔹Grant qoplanadigan muddat: 4 o‘quv yili;
🔹Ariza topshirish muddati: 15.04.23-30.07.23 sana oralig‘ida;
🔹O‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar: ingliz va rus tillarini bilish;
🔹Saralash 2 bosqichda amalga oshiriladi: onlayn ariza topshirish va suhbat.
Ariza topshirish imkon.uz platformasi “Metsenat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.
@MetsenatUz
MetsenatUz лойиҳасида эълон қилинган «Мустақиллик гранти»нинг 31 нафар ғолиби тўлиқ аниқланди. Мазкур 31 талабанинг ҳар бирига 5 млн сўмлик грант миқдори уларнинг контракт тўловлари учун ўтказиб берилди.
31 нафар ғолибнинг 17 нафари қиз, 14 нафари йигитлар бўлди. Биз асосан етим, чин етим ҳамда эҳтиёжманд талабаларга грант берганлигимиз сабабли, ғолибларнинг исм-фамилиясини эълон қилиб ўтирмаймиз. Аммо ғолиб талабалар ўқийдиган ОТМлар рўйхатини беришимиз мумкин:
1. Тошкент давлат юридик университети (10 нафар)
2. Бердақ номидаги Қорақалпоқ давлат университети (2 нафар)
3. Андижон давлат тиббиёт институти
4. Бухоро давлат тиббиёт институти
5. Бухоро давлат университети
6. Наманган давлат университети
7. Нукус давлат педагогика институти
8. СамДУ Денов тадбиркорлик ва педагогика институти
9. Термиз давлат университети
10. Тошкент давлат иқтисодиёт университети
11. Тошкент педиатрия тиббиёт институти
12. Тошкент тиббиёт академияси
13. Тошкент тиббиёт академияси Термиз филиали
14. Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университети
15. Ўзбекистон журналистика ва оммавий коммуникациялар университети
16. Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия ва спорт университети
17. Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети
18. Ўзбекистон миллий университети
19. Урганч давлат университети
20. Фарғона жамоат саломатлиги тиббиёт институти
21. Қарши муҳандислик—иқтисодиёт институти
P.S.: бунда алоҳида таъкидлашни истардимки, ўзим таҳсил олган Тошкент давлат юридик университетига алоҳида устуворлик берилган ва 10 нафар ғолиб танланган. Чунки менга қолса ҳамма битирувчилар имконияти бўлганда ўзлари ўқиган ОТМларга ҳар томонлама ёрдам беришлари, ҳомий-меценатлик қилишлари керак. Жаҳоннинг энг нуфузли университетларининг асосий даромад манбаларидан бири ҳам айнан битирувчилари берадиган маблағлар бўлади. Масалан, Стэнфорд университетида ўқиган шахслар ҳар йили университетга 1 млрд доллар атрофида меценатлик ёрдами кўрсатишини айтгандик.
Хуллас, шунақа гаплар. Айтганча, грант учун ажратилган барча маблағлар каналда берилган рекламалар ҳисобидан қопланди.
👉 @xushnudbek 👈
🎯 Grant g‘oliblarining navbatdagi 10 taligi saralab olindi
Mustaqillik taʼlim granti g‘oliblarining navbatdagi bir qismi ham aniqlandi. Tez kunlarda yakuniy qism saralash natijalari ham e'lon qilinadi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.
📲 G‘olib bo‘lganlar bilan telefon orqali bog‘lanib, kontrakt to‘lovlarini o‘tkazib berish uchun OTMlardan shartnomalar olinadi.
🔹 @MetsenatUz - ijtimoiy rivojlanish asosiy maqsadimiz.
🎯 Mustaqillik ta‘lim granti — yakuniy natijalar
📢 Mustaqillik ta‘lim grantining yakuniy natijalari e‘lon qilinish arafasida. Eslatib o‘tamiz, ushbu grant uchun o‘tgan yilgiga nisbatan 2 barobar ko‘p arizalar kelib tushgan. Shu sababli, saralash jarayoni kutilganidan ko‘ra ko‘proq vaqt oldi.
Saralash natijalari platformadagi shaxsiy profil orqali ma‘lum qilinadi. Ya‘ni grant g‘oliblarining shaxsiy profillarida ushbu grantning g‘olibiga aylanganliklari to‘g‘risida ma‘lumot ko‘rsatiladi.
🔎 Shaxsiy profilingizni tekshirib turing!
@MetsenatUz
Arizalar topshirish oʻz nihoyasiga yetdi
Metsenat.uz loyihasi doirasida eʼlon qilingan Xushnudbek.uz Telegram kanalining “Mustaqillik Taʼlim Granti” uchun arizalar topshirish jarayoni yakunlandi. Ayni damda mazkur arizalarni koʻrib chiqish jarayoni boshlandi.
Arizangiz holatini imkon.uz ijtimoiy tarmogʻidagi shaxsiy profilingiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
@MetsenatUz
🎅 Aziz yurtdoshlar! 2021-yilda biz bilan bo'lganingiz va bizga ishonganingiz uchun tashakkur!
MetsenatUz jamoasi kelayotgan yilda ham sizga foydali loyihalarni taqdim etishda davom etadi. Unutmang, ilmga tikilgan investitsiya eng yaxshi investitsiyadir!
🤗 Muhimi, ilm olish va undan unumli foydalanishdan to'xtamang. Bayramingiz muborak bo'lsin!
@metsenatuz
🎉 Metsenat.uz loyihasi 1 yoshda
✅ O’tgan vaqt mobaynida talabalar va yoshlar uchun turli grant va stipendiyalar e’lon qilindi.
Quyida Metsenat loyihasining 1 yillik natijasini ko'rishingiz mumkin:
- 13 ta turli yo’nalishlardagi ta’lim grantlari;
- 4 ta stipendiyalar;
- 1963 nafar talabalar uchun.
E’lon qilingan grant va stipendiyalarning umumiy miqdori 6 milliard 868 million so’m.
™️ Shuningdek, 2021-yil iyul oyida Metsenat.uz loyihasi “Tahsin” mukofoti bilan taqdirlandi.
Metsenat jamoasi kelgusi yillarda ham yoshlarga imkoniyatlar yaratib berishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.
Shu o’rinda loyihamiz orqali talabalarga moddiy ko’mak bergan barcha homiylarga hamda bizning axborot hamkorlarimiz — UzReport telekanli, Kun.uz, Daryo.uz, Xabar.uz, Zarnews.uz nashrlari, FM Avtoradio va xayrixoh blogerlarga minnatdorlik bildiramiz.
@metsenatuz
❗️IT sohasida oʻqimoqchi boʻlganlarga 1 yarim milliard soʻmlik taʼlim granti eʼlon qilindi
Yaqinda Toshkent viloyatida “Astrum” IT akademiyasi oʻz faoliyatini boshladi.
Albatta, bu kabi akademiyalarda oʻqishni va IT sohasida yetuk mutaxassis boʻlib, yaxshi daromad topishni koʻpchilik xohlaydi. Ammo oʻqish tekin emas, moddiy imkoniyati yoʻqlar bunaqa akademiyalarda oʻqishni orzu ham qilib oʻtirmaydi.
Shu sababli Yoshlar ishlari agentligi MetsenatUz loyihasi bilan hamkorlikda “Astrum” IT akademiyasida oʻqishni niyat qilgan yoshlar uchun taʼlim granti eʼlon qiladi.
Buning uchun jami 1,5 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi. Bu mablagʻ 100 nafar yoshlarning har biriga oʻqish uchun 15 million soʻmgacha grant berishga yoʻnaltiriladi.
❗️Arizalar @yoshlargrant_bot orqali 14-noyabrga qadar qabul qilinadi.
@metsenatuz
❗️Контрактда ўқиётан талабалар учун XushnudbekUz канали таълим гранти эълон қилади
Хабарингиз бор, 1 йил аввал MetsenatUz лойиҳасини бошлаган эдик. Лойиҳадан асосий мақсад таълимга инвестиция киритиш, эҳтиёжманд талабаларга илм олишлари учун моддий кўмак бериш, жамиятда меценатлик (ҳомийлик) маданиятини шакллантириш эди. Тома-тома кўл бўлур деганидай, 1 йил давомида жами 5 млрд сўмдан ошиқроқ қийматдаги таълим гранти ва стипендиялар эълон қилинди.
Биз бу лойиҳани тўхтатмоқчи эмасмиз, бор куч ва имкониятларимиз билан ушбу лойиҳани ривожлантириш устида бош қотиряпмиз. Бугун мамнуният билан MetsenatUz лойиҳасида навбатдаги таълим грантини эълон қиламиз.
XushnudbekUz Телеграм канали номидан жорий қилинган таълим грантида 35 нафар талабага 3 млн сўмдан, жами 105 млн сўмлик маблағлар тўлаб беришни ният қилдик.
Балки бу катта сумма эмасдир, балки кимларгадир ярим йиллик контрактини қоплаш учун ҳам етмас, лекин имкон қадар эҳтиёжманд толиби илмларга ёрдам бўлади, деган умиддаман.
ℹ️ Маълумот: ушбу грант учун ажратилаётган маблағлар XushnudbekUz каналида эълон қилинган рекламалар ҳисобидан қопланади.
📲 ОНЛАЙН АРИЗА ТОПШИРИШ
Таълим гранти ҳақида маълумот:
Қайси ОТМлар учун: Барча давлат, нодавлат, диний таълим муассасалари учун
Қайси босқич учун: бакалавриатнинг барча босқичи
Қайси таълим шакли учун: кундузги, сиртқи ва кечки
Қайси жиҳатларга устунлик берилади: ўзлаштириш кўрсаткичи юқори, ижтимоий ҳимояга муҳтож, етим ва чин етим, ногиронлиги бор талабалар.
Квота сони: 35 нафар (бунинг 10 нафари ТДЮУ талабалари учун)
Таълим гранти миқдори: 3 млн сўм (жами 105 млн сўм)
Ариза топширишнинг сўнгги куни: 31 октябрь
📲 ОНЛАЙН АРИЗА ТОПШИРИШ
P.S.: электрон тизим тўлиқ янгилангани учун, мабодо ҳужжат топширишда техник муаммо ёки тушунмовчилик бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.
👉 @xushnudbek 👈
Metsenat.uz loyihasi “Tahsin” mukofoti bilan taqdirlandi.
2020-yil oktyabr oyida talabalarga ta’lim granti va stipendiyalar ajratishga yordam berish maqsadida asos solingan loyiha doirasida bugungi kungacha jami 10 ta grant va 3 ta stipendiya e’lon qilindi.
Metsenat.uz jamoasi ushbu “Tahsin” mukofotini yoshlarga moddiy ko’mak berishni niyat qilgan barcha hamkor metsenatlar va homiy tashkilotlarga berilgan e’tirof deb hisoblaydi. Chunki ilmga investitsiya kiritmoqchi bo’lgan har bir inson va tashkilot tahsinga loyiq!
Kanallarimiz:
@metsenatuz
@urfon
MetsenatUz’da e’lon qilingan Qashqadaryo viloyati hokimligining innovatsion loyihalar uchun ijtimoiy granti g’oliblari aniqlandi
✅ Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan viloyatda joylashgan OTMlar talabalari uchun 6 ta yo’nalishda innovatsion loyihalar uchun ijtimoiy grant tanlovi eʼlon qilingan edi.
ℹ️ Maxsus komissiya arizalarni ko’rib, moliyalashtirishga munosib deb topilgan g’oyalar uchungina mablag’ ajratishga qaror qildi.
🔽 Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Yoshlar festivali doirasida grant g’oliblarini taqdirladi.
👥 Demak, natijalar quyidagicha:
➖Marhabo Kazakova (QarDU) — 100 000 000 so’m;
➖Siroj Turapov (QarDU) — 90 000 000 so’m;
➖Gulshoda Xo‘janova (QMI) — 60 000 000 so’m;
➖Mirqosim Fayzullayev (QMI) — 15 200 000 so’m.
♻️ Viloyat hokimligi tez orada bu kabi ijtimoiy grantlar tanlovini yana davom ettirishi haqida ma’lum qildi.
👏 Metsenat.uz jamoasi barcha gʻolib talabalarni chin qalbdan tabriklaydi.
Kanallarimiz:
👉@metsenatuz
👉@urfon
MetsenatUz'da e’lon qilingan ilk stipendiya g‘oliblari aniqlandi
✅ Metsenat.uz loyihasi doirasida Samarqand hokimligi tomonidan Samarqand viloyatida joylashgan OTMlarda tahsil olayotgan magistrlar uchun stipendiya tanlovi eʼlon qilingan edi.
🔽 Kuni kecha Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Yoshlar festivali doirasida o’tkazilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvida Samarqand hokimligi tomonidan e’lon qilingan stipendiya g’oliblarini taqdirladi.
❗️Dastlab 10 nafar talabaga stipendiya berilishi e’lon qilingan edi, keyinchalik hokimlik tashabbusi bilan kvota 20 nafarga oshirildi.
👥 Demak, quyidagi 20 nafar magistrlar Metsenat tomonidan eng munosib deb topildi:
➖Suyarova Zilola Sirliboyevna (SamDTI)
➖Hamdamova Charos Hamdamovna
(SamDChTI)
➖Samadov Aziz Ilhomovich
(SamDU)
➖Shukrullozoda Roza Shukrullo qizi
(SamDU)
➖Fayzullayev Xurshid Ismatillo o‘g‘li
(SamDChTI)
➖Hamidov Munis Musinovich
(SamDU)
➖Fayzullayeva Sevara Botirali qizi
(SamDChTI)
➖Ibragimov Zamonali Yusuf o‘g‘li
(SamVMI)
➖Xayriyeva Madina Ilhomovna
(SamDChTI)
➖Qayumov Shahzod Baxtiyor o‘g‘li
(SamDChTI)
➖Elmurzayev Farrux Asliddin o‘g‘li
(SamISI)
➖Meliyev Xudoyor Toshqobil o‘g‘li
(SamDU)
➖Mardiyeva Nigora Istam qizi
(SamDU)
➖Sayfiyev Sherzod Shavkat o‘g‘li
(SamDU)
➖Qalandarov Siroj Uktam o‘g‘li
(SamDAQI)
➖Abdusaidov Bahoviddinxon Samariddin o‘g‘li (SamVMI)
➖Bo‘riboyev Rustam
(SamDU)
➖Nizomov Oxunjon Azim o‘g‘li
(SamDTI)
➖Normuhamedova Feruza Shavkatjon qizi (SamDU)
➖Qosimov Sayfiddin Jahongir o‘g‘li
(SamVMI)
💰Har bir gʻolibga kelgusi 6 oy davomida 1 million soʻm miqdorida stipendiya berib boriladi.
👏 Metsenat.uz jamoasi barcha gʻolib talabalarni chin qalbdan tabriklaydi.
Kanallarimiz:
👉@metsenatuz
👉@urfon
❗️Metsenat.uz: Tibbiyot, pedagogika va oliy diniy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan talabalar uchun grant
Grant nomi: BTS Express "Ilm uchun"
👉 https://metsenat.uz/uz/grants/71?type=grant
✅ Metsenat: MChJ "BTS Express Cargo Servis"
📍 Qaysi hudud uchun: barcha hudud talabalari uchun
🏫Qaysi OTM talabalari uchun: barcha OTMlar uchun
👩🏻⚕️ Qaysi soha uchun: Tibbiyot, pedagogika sohalari, oliy diniy ta’lim muassasasi
🎓Qaysi daraja uchun: bakalavr
❓Qaysi ta'lim shakli uchun: kunduzgi
💰Qaysi to'lov shakli uchun: to'lov-kontrakt
📶 Qaysi bosqich (kurs) uchun: 1,2,3
💵 Grant summasi: 3 mln so'mdan (jami 39 mln so'm)
#⃣ Grantlar soni: 13 ta
🤷♂️ Gʻolibni tanlashda qaysi jihatlar eʼtiborga olinadi: o’zlashtirish ko’rsatkichlari yuqori bo’lgan yetim, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor talabalar hamda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga ustunlik beriladi
⏳ Ariza topshirishning so'nggi kuni: 30-may
Kanallarimiz:
👉@metsenatuz
👉@urfon