mezonlar | Unsorted

Telegram-канал mezonlar - Mezonlar

-

Subscribe to a channel

Mezonlar

​​#book_review

“Odamzodga xos qiziq odatlar bor. U bir narsaga maxliyo bo’lsa, undan ko’ngil uzishi juda qiyin. Masalan, kimdir daryoni, kimdir tog’larni, kimdir dalani sevadi.”

Suvsizlik, ekologik muammolar, havoning kundan-kun ifloslanib borishining intihosi bormi?

Bosh qahramon Orif aynan shu soha mutaxassisi. Uning o’y xayoli Jayhun loyihasida bo’lib, loyiha Sibir daryolarini kanal orqali O’zbekistonga olib kelishdan iborat. Aynan shu yechim bilan suv tanqisligi muammosidan qutilish, qishloq xo’jaligini rivojlantirish olg’a suradi. Bu loyiha o’z tarixiga ega. Qanchadan qancha tortishuvlarga sabab bo’lgan. Suv bo’yicha mutaxassis emasman, lekin loyiha juda qiziq ko’rindi. Ayniqsa Xitoy, Amerikada shu kabi tajriba qo’llanilgan va samara bergani haqida faktlar keltirilganini o’qib o’ylanib ham qoldim.

Rosti, suv tanqisligi kundan-kun har birimiz - xoh shahar, xoh qishloq bo’lsin oldimizdan chiqmoqda. Shahrisabzda bobomlar uyida esimni taniganimdan kachalka (o’zbekchasini bilmas ekanman)da suv chiqarishardi. Shu suv ichilardi, shu suv boshqa ehtiyojlarga ham ishlatilardi. Ma’lum vaqtdan keyin yana-da chuqurroq qazildi. Sababi yuqori masofadan suv chiqmay qoldi. Bora-bora esa motor qo’yilib, mini artizan qilishdi. Hatto shu bir hovli/ro’zg’or/oila misolida ham suv tanqislanib borayotganini ko’rishimiz mumkin.

Qissaga qaytsak. Xayolimda bir-ikki gaplar ortiqchadek. Masalan, Sharof Rashidov haqidagi ma’lumotlar nega keltirilganini tushunolmadim. Juda olqishlangandek ko’rindi. Bundan tashqari AES masalasi ham ko’tarilgan. Undan ham tashqari esa qo’shxotinlik. Qo’shxotinlik oqlangandek bo’ldi. Orif nima sabab bunchalar ikkinchi xotin olishga yugurdi tushunolmadim. O’zi davlat ishida ishlasa. Davlat ishi oyligi bir ro’zg’orni ta’minlashga yetadi bazo’r. Kamiga 3 ta farzandi ham bor. Qaysi puliga ikkinchi oilani boqarkin, qiziq.

Umumiy xulosa. Qissa - kerakli qissa deb hisoblayman. Qancha ko’p yozilsa, shuncha yaxshi. Xoh u shedevr asar bo’lsin, xoh bir martalik. Sababi, bizda nasr yo’qolib bormoqda. Yozish kerak. Adabiyot orqaligina biz zamon va makon muammolari/voqeliklaridan xabar topamiz. Aynan adabiyot deb biz bilamiz, o’rganamiz.

Siz-chi, o’qishga ulgurdingizmi? Adabiyot uchun yosh ijodkorni qo’llab-quvvatlaysizmi?

@mahinsworld

Читать полностью…

Mezonlar

Sen ko‘p holatlarda endi hammasi tugadi deb o‘ylaysan. Aslida esa barchasi yangidan boshlanayotgan bo‘ladi. SHu sabab Ulug‘ Kitobda "inson ziyondadir" deyilgan. Odam bilmaydi, ammo o‘zini biladigan ko‘rsatishni yaxshi ko‘radi.

Читать полностью…

Mezonlar

Санъат асарлари муросасозлик, беҳад хотиржамлик эмас. Балки битмас-туганмас ғам-ташвиш ва ҳаяжон, ўз-ўзига ишончсизлик ёғида қоврилиш, кураш, омад ё бой бериш, кашфиёт ёки хатолар эвазига яратилади.
Ҳаммаёғи бадастир, ҳар жиҳатдан мукаммал, қорни тўқ, қайғуси йўқ мутафаккир ва санъаткор ҳаётда йўқ.
Лев Толстой

Читать полностью…

Mezonlar

“Дарё тошқин, сувлар тўлқин, ўтолмайман, ёр-ёр...”

Ёзувчи Фурқат Алимардоннинг “Пичирланган сирлар” қиссаси минтақамизга таҳлика солиб турган сув муаммосига бағишланган. Асар қаҳрамони 2030 йилга бориб, Ўзбекистонда 7 куб километр сув танқислиги кузатилиши ҳақидаги хабарни ўқиб қоладию, кўксига ғулғула тушади. Бутун асар давомида сув муаммосини ечиш бўйича изланади. Умуман олганда, муаллифнинг бадиий нияти, китобхонга айтмоқчи бўлган асосий фикри эзгу. Аввало, йирикроқ асар ёзишга бел боғлабди, журъату ғайрати эътиборга лойиқ. У ўқувчига бу муаммога лоқайд қараб туриш мумкин эмаслигини, ҳозир ҳаракат қилмасак, сувни асрамасак эртага кеч бўлиши мумкинлигини эслатмоқчи бўлади. Ҳарқалай, ҳозирги вақтда бу каби ижтимоий муаммо негизига қурилган асарларга зарурат бор.

Муаллиф сув муаммосининг қандай юзага келганию уни қандай бартараф этиш мумкинлигига оид материалларни эринмай йиғган, ўқиган, уққан. Сув ҳақида не матн борки, муаллифнинг кўз қиридан четда қолмаган, албатта. Ўйлаган мавзусини яхши ўргангани – ёзувчининг ютуғи. Шунингдек, атрофда бўлаётган воқеаларни обдон кузатиб, хулосаларини, ўй-мулоҳазаларини бадиий матнга сингдиришга ҳаракат қилган.

Бадиий асар ҳаётий материал негизига қурилади. Унда бадиий компонентлар қатнашади. Тили, фабуласи, ғояси, макон-замони, образлар тизими, характерлар орқали бадиий асарнинг қадр-қийматини баҳолаш мумкин. Агар айтиладиган фикр эзгу бўлсаю, уни қўпол ва баланд овозда етказилса, кўнгилни хира қилади. Худди шунингдек, бадиий асарда ҳам ғоя ва мавзунинг оригиналлиги бошқа нуқсонларни бекитиб қўя олмайди.

Асарни бир ўтиришда ўқиб чиқдим. Ўйлашимча, қиссада берилган ҳужжатли матнлар ўқувчини бироз зериктириши мумкин. Муаллиф ҳаётий материалларни йиғаркан, уни бадиий матнга айлантиришда бироз ҳафсаласизлик ёки дангасалик қилган. Мутолаадан кейин менда баъзи саволлар туғилди. Масалан, Ориф нега ўша хабардан кейин бирдан сув муаммоси ҳақида ўйлаб қолди? Ваҳоланки, унинг иш жойи сув билан боғлиқ ташкилот эди. Ёки Барно асарда нега пайдо бўлдию, яна шу тариқа изсиз йўқолди? Унинг асардаги миссияси нима эди? Асарга Боҳо чўнтак образини киритишдан мақсад нима? Ва ҳоказо 4-5 савол ўйлантирди.

“Пичирланган сирлар”да образларнинг нутқи масаласида ҳам баъзи саволлар бор. Муаллиф асарда келтирадиган мақолалар, ҳужжатлар тили билан қаҳрамонлари тилида ўхшашликлар бор. Баъзан жуда китобий гапириб қўйишади. Айниқса, ўғри Баҳо чўнтак образи профессорлардан кам гапирмайди. Унинг нутқидаги “ижтимоий эҳтиёжлар”, “маданий қадриятлар” каби жумлалар бунга далил. Ёки феминисткалару қўшхотинлик ҳақидаги гап-сўзлар қаҳрамонни кўп чалғитган. Сув муаммосидай улкан дардни ўзига юқтирган инсонга бу гап-сўзлар ортиқчадай туюлади.

“Пичирланган сирлар”нинг композицион қурилиши менга ёқди. Лавҳалар, сувнинг инсониятга мактуби ва ҳоказо ҳужжатли парчаларни бадиий асарнинг умумий сюжети билан уйғунлаштиришда муаллифга тажриба етишмаган. Ёки ҳафсаласизлик қилган. Асарда ҳужжатли материаллар кўп деб ўйлайман.

Асосийси, муаллиф шижоат кўрсатган, журъат топган. Яхшими, ёмонми бир қисса пайдо бўлди. Китобнинг фазилатлари ҳақида сўзлай туриб, баъзи нуқсонлари ҳақида ҳам ёзиш керак деб ўйладим. Албатта, булар каминанинг шахсий қарашлари ва фикрлари, холос. Муаллифнинг кейин ижодига ғайрат тилайман. Янги китоб муборак бўлсин!

👉 @xurshidabdurashid

Читать полностью…

Mezonlar

Сирли дунё

Бу дунёда мен ҳам сенингдек,
Жуда кўп нарсага ақлим етмайди.
Фақат сўнгги йиллар ичида
Кичик ҳақиқатни тахминан билдим:
Қувончдан ўлмайди ўлганда одам,
Маишатдан оқармас оқарган сочлар...

М.Солиҳ

Читать полностью…

Mezonlar

Улуғ ёзувчи ва шоирлар ёзувчи ёшларга кўп-кўп шеър ўқишни, ёш шоирларга эса кўп насрий асарлар ўқишни тавсия қилишади.
Кўп шеър ўқиш ёш ёзувчига ёзаётганда финални портлайдиган чиқаришни ўргатади. Ҳам лўндаликни. Насрий асарлар эса ёш шоирларга кўп фикр беради.
Хуллас, баъзида одамнинг шеър ёзгиси келади. Ҳеч қандай сабабсиз. Ҳозиргина бир шеърнамо нарса қораладим. Ҳали йўргакланган ҳам йўқ. Қип яланғоч ётибди.
Гўё сен билан
Ҳа, ҳа, сен билан
Барча камим тўладигандек.
Ҳаётимга чексиз
О, чексиз
Қувонч кириб келадигандек.
Билмадим,
Мен асли билмасман
Аммо сен бўлсанг
Нималардир бўладигандек.
Ф.А

Читать полностью…

Mezonlar

Uydan tashqariga chiqishingga hojat yo‘q. Yozuv stolingdan jilma va tingla. Hatto tinglama ham, faqat kut. Hatto kutma ham, shunchaki sukut saqla va yolg‘iz bo‘l. Shunda olam o‘zini oshkor etishni boshlaydi, u boshqacha bo‘la olmaydi, u sening qoshingda ilojsiz o‘zining arzu jamolini namoyon etadi.
Frans Kafka

Читать полностью…

Mezonlar

Bizni o'zimizdan boshqa hech kim xafa qilolmaydi.
Diogen

Читать полностью…

Mezonlar

Buncha mum tishlaysan, uningni chiqar,
Qaragin, hurliging kiymoqda kafan.
Seni avraganlar, aldaganlar, yo‘q-
Sen gung bo‘lib tug‘ilmagansan.

Har nega ko‘nikish qismatingmas, yo‘q,
Har nega ko‘nikish, tushungin, xatar.
Qo‘lingga ko‘nikmay, jonsiz bo‘lsa ham
Chinqirib yuborar hali kishanlar.

Najmiddin Ermatov


yanvar, 2020

Читать полностью…

Mezonlar

Olomon tomoshaga o‘ch. Olomon hech qachon hech kimni himoya qilmaydi. Olomonga faqat tomosha kerak.

Читать полностью…

Mezonlar

O‘zi borku dekabr oyining oxirgi haftasini dam olish kuni deb e’lon qilish lozim – odam tugayotgan yilda nima ishlar qilganini hisoblab oladi. Yanvar oyining ham birinchi haftasi dam olish bo‘lishi kerak – odam bu yilda qiladigan ishlarining rejasini tuzadi.

Читать полностью…

Mezonlar

Qaysi soha bo‘yicha bo‘lsa ham o‘z sohasining bilimdoni bilan suhbatlashish juda maroqli. Ham odam o‘ziga kerakli ko‘p xulosalarni oladi. Ammo hech bir arzirli bilimi, fikri yo‘q kishi bilan suhbat miyani egovlaydi xolos. Avvalo o‘sha bilimsiz mardum oqilu olimlikni da’vo qilib asabni tugatadi. Keyin uning tuturiqsiz gaplari miyaga o‘rnashib qolib bir necha kun so‘kinib yuradi odam.
Bo‘sh vaqtlarimda suhbatlar ko‘raman netda. Aksari juda foydali, ba‘zilarini esa ko‘rmoqchi bo‘lganim uchun afsuslanaman. Yaqinda ham ikkita suhbat ko‘rdim. Biri olim, ikkinchisi jurnalist bilan qilingan suhbat. Ikkisidan ham ko‘p yaxshi xulosalar oldim. Bilmagan narsalarimni o‘rgandim.

Читать полностью…

Mezonlar

Ona... Hayotning bor quvonchu shodligi shu so‘zda mujassam. Bugun anamning tug‘ilgan kuni.
Boshqalarga bulbuldek sayraydigan tilim anamga kelganda aylanmay qoladi ko‘pincha. Faqat erkalik qilib o‘tiraman xolos.
Ona insonning hayotidagi eng fidoyi insoni. Tug‘ilganimda otam armiyada bo‘lgan. Anam betob bo‘lib operatsiya qilingan. O‘sha paytda do‘xtirlar anamga "sotib yubor bolangni, qanday katta qilib olasan!" deyishgan. Anam qancha qiyinchilik bo‘lsa ham meni boqib ulg‘aytirdi. Keyinchalik biror ayb ish qilsam "seni sotib yuborishim kerak edi o‘zi" deb kulardi anam. Yaxshi ish qilsam "yaxshiyam sotmabman" deb fahrlanadi hozir ham.
To‘qqiz yil maktabda o‘qib bir martagina uch baho olganman. Shunda ham o‘qituvchining aybi bilan. Bundan xabar topgan anam o‘sha kuni tong otguncha dars qildirgan. O‘zi bir oy oldin tayyorlab qo‘yardim darslarimni. Ya’ni hali yetib kelmagan mashqlarni bajarib, misollarni yechib, she’rlarni yodlab qo‘yardim. "Ena ikki oylik darsimni bajarib bo‘ldim" desam ham, "yana qolganlarini bajar" deb o‘tiravergandi o‘shanda.
To‘rtinchi sinfligimdan boshlab har azonda uyg‘otib yugurishga chiqarib yuborardi anam. Ona ulug‘ tarbiyachi. Hayotda neki yutuqqa erishgan bo‘lsam anam va otamning qattiq qo‘llik bilan ta’lim tarbiya bergani boisidan deb bilaman doim.
Onalarimizning umrlari uzoq bo‘lsin!

Читать полностью…

Mezonlar

Tarbiyali odamlarni soxta brilliant kabi mashhur odamlar bilan tanishish, ularga suykalish va bundan gʻururlanish mutlaqo qiziqtirmaydi!
Yozuvchi Chexovning iqtidorli, ammo, irodasiz akasiga yozgan maktubidan
Жалолиддин Сафоев tarjimasi https://oyina.uz/uz/teahause/2640?fbclid=IwAR2KKO0HDoF0VcDVlDg3YdGMlUbc22ogPDc_UkSG0w7bzy_SfImBpxWGv1U

Читать полностью…

Mezonlar

Dahshatli haqiqat
Arslonni qashqirga yalintirgan ehtiyojdir, ehtiyoj.
Qalandarlar qo‘shig‘i
Otam qarib borar... men jim turibman,
Onam qarib borar... men jim turibman,
Xudoyim ayt o‘zi men kim bo‘libman?
Onamning dardini aritolmadim.
Yo‘llarimni kutib baxtlar qaridi,
Sevgilar, nigohlar, ahdlar qaridi,
Suyagim ichida shaxtlar karidi,
Men dunyo g‘amini qaritolmadim.
Onamning ko‘nglida shamchiroq bo‘ldim,
Shamchiroq bo‘lmadim g‘amchiroq bo‘ldim.
Ne-ne zimistonni yoritdim, lekin,
O‘z ko‘nglim tubini yoritolmadim.
Men arslon edim, qashqirga bordim,
Ammo qayon borsam taqdirga bordim.
Yaratgan yaratdi... ko‘p sirga bordim,
Va lekin hech narsa yaratolmadim.
Otam qarib borar... men jim turibman,
Onam qarib borar... men jim turibman...
2005-yil
Guljamol Asqarova

Читать полностью…

Mezonlar

Men uchun eng mahbub inson adolatga zid ish taklif qilinganda, manfaatli bo'lishiga qaramay, rad eta olgan insondir.
Hazrati Umar roziyallohu anhu

Читать полностью…

Mezonlar

Inson hamma narsaga ko‘nikadigan mavjudot, menimcha, bu unga berilgan eng yaxshi ta’rif.
F. Dostoyevskiy, "O‘lik uydan maktublar"

Читать полностью…

Mezonlar

Quyidagi maqolada juda dolzarb masala ko‘tarilgan. Bu kabi masalalarning ko‘piga shaxsan o‘zim guvohman ham. Tarjimai holini to‘g‘ri yozishni bilmaydigan o‘nlab chalasavodlar falsafa doktori darajasini olishyapti. Bu ketishda o‘zi mudrab yotgan fan sohamiz yanada battarlashadi. https://oyina.uz/uz/article/2391?page=1

Читать полностью…

Mezonlar

Ўша жума куни у қулоғига дам-бадам чалинаётган узуқ-юлуқ иғвога ўхшаган гап-сўзлардан юраги безиб, барвақт пиёда ҳазрат Абдуллоҳ Ансорий хонақоҳига отланди. Унда ёлғиз ўзи жуда узоқ ибодат қилди. Ўз муножотига берилиб вақт ўтганини ҳам билмади. Дарвозага қайтганда кўча тўла оппоқ кийинган одамлар масжидлардан жума намозидан тўла-тўда бўлиб чиқиб келардилар. Мусулмонлар Алишерга тизза баравар эгилиб қуллуқ қилиб ўтар, Навоий елкасини енгил эгиб таъзим билан жавоб қайтарарди. У ўз дарвозасига яқинлаганда, нечукдир бирдан орқадан шовқин-сурон эшитилди. «Пўшт-Пўшт! Тарриқу! Тарриқу! Тарриқу! — деб тўрт барзанги ғулом кўтарган тахти равон пайдо бўлди. Навоий нима гап экан деб орқасига ўгирилиб ўгирилмай тахти равон унга етиб келди.

Кутилмаганда тахти равон пардаси сурилиб, кўзлари қийиқ, юзни тухумдай юмалоқ ва сарғиш-оқ хушбичимгина чеҳра кўринди.

— Махдум,-деди оқ-сарғиш хушрўй бу башара, махдум, бугун ҳазрати Мирзо қошларида ажаб гапларни айтишди...

Парда яна сурилди. Хушрўй башара парда ортида ғойиб бўлди. Забардаст ғуломлар тахти равонни шиддат билан олиб ўтдилар. Алишер ҳайратдан ҳанг-манг бўлди. «Не гап? Не гап бўлган?» — деб изтиробга тушди. Шунда бир неча ойдан бери давом этаётган, лекин ҳеч учи, сабабини топиб бўлмайдиган иғволарнинг заҳари Алишернинг бошига урди. У ўзининг нима қилаётганини англамади. Бутун азобли уйларига ҳозир жавоб топилгандай эди. Ниҳоят, мана, гапнинг учи чиқди. Мирзо не деганлар? Мирзо мусоҳиблари не жавоб айлаганлар? Хайрми? Хатарми?
Ҳикояни тўлиқ ўқиш: 👉🏻 АМИР АЛИШЕРНИНГ ТАВБАСИ

Читать полностью…

Mezonlar

#yangi_nashr

📘 Furqat Alimardon: Pichirlangan sirlar

Qissa

📖 Asarda butun insoniyatni tashvishga solayotgan muammo — suv muammosi hayotning har turli jabhalari va shaxslari taqdiriga bog'langan holda bayon etilgan.

📝 Furqat Alimardon 1991-yilda Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Abu Muin Nasafiy hayoti va faoliyatiga bag‘ishlanib suratga olingan "Haqiqat qilichi" nomli hujjatli film ssenariy muallifi. 2019-yilda Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan "Quyosh kulib boqadi" nomli hikoyalar to‘plami chop etilgan.

Kitobxonlarga qulay bo‘lishi uchun asar ham lotin, ham kirill yozuvida taqdim etildi.

Hajmi: 256 bet
Muqova: muqova
Narxi: 30 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

📮 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.

📚  @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

Mezonlar

Hayotda hech narsa kasallik va ahmoqlik kabi qimmat emas.
Zigmund Freyd

Читать полностью…

Mezonlar

Мажнунтол тагига ўтқазинг мени,
Шу кунгача ўзни мен чеклаб бўлдим.
Мажнунтол тагига ўтқазинг мени,
Мен учун йиғласин, мен йиғлаб бўлдим.

Миртемир

Читать полностью…

Mezonlar

Ёзувчиларнинг адабий ўзанларига марҳамат:

Алфайз -
@perezagruzka_2021

Азизбек Норов -
@kitob_xiyoboni

Бахтиёр Абдуғафур -
@Baxtiyor_Abdugafur

Байрам Али -
@BeshinchiTomon

Дўстбек Сулаймонов -
@nasr_uz

Жавлон Жовлиев -
@javlonjovliyev

Жуманазар Йўлдош -
@Jumanazar_Yuldash

Манзура Абдуллаева -
@sayhunqizi

Моҳира Эшпўлатова -
@Altruistning_qizi

Неъмат Арслон - @amalgama_asar

Нодирабегим Иброҳимова -
@mittihaqiqatlar

Нурилла Чори -
@Yozuvchi83

Нурали Қаҳрамон -
@santuagaraoflibrary

Санжарбек Икромов -
@Sanjar_Ikrom

Рахшона Аҳмедова  -
@raxshonaahmedova

Тилланисо -
@tillanisoen

Фозил Фарҳод -
@fozilfarhod

Фурқат Алимардон -
@mezonlar

Шавкат Дўстмуҳаммад -
@katarsis_kundalik

Шерзод Ортиқов -
@SherzodOrtiqov

Шерзод Комил Халил -
@Sherzodkomilkhalil

Читать полностью…

Mezonlar

2024 йилни яхши хабар билан бошлаяпман Алҳамдулиллаҳ. Аввалроқ эълонини берган китобим "Пичирланган сирлар" нашрдан чиқди. Китобни "Академнашр" нашриётидан ва пойтахтдаги китоб дўконларидан олишларингиз мумкин.
Ҳа, айтганча, ҳам ёш авлод, ҳам катта авлодга қулай бўлиши учун крил ва лотин алифболарида чоп этилди.

Читать полностью…

Mezonlar

Eng katta g‘alabalardan biri bu o‘zingning salbiy o‘ylaring ustidan qozonilgan g‘alabadir.

Suqrot

Читать полностью…

Mezonlar

Барча жавоблар сенинг ўзингда мужассамдир. Сен китобларда ёзилганидан кўра кўпроқ билимга эгасан. Лекин буни унутмаслик учун барибир китоб ўқишинг, ўзингни эшитишинг ва ўзингга ишонишинг керак.

Лев Толстой

Читать полностью…

Mezonlar

Maddohlarni ko‘rishga ko‘zim yo‘q. Chunki ular boshqalar ilm bilan, kuch bilan yetadigan marralarga birovga yaltoqlanib yetishmoqchi bo‘ladi. Yuziga tuflab yuborging keladi har qanday darajadagi maddohlikning.

Читать полностью…

Mezonlar

— Alyo
— Alo, nima deysan?
— Momo yaxshimisiz? Zulayho borma?
— Yarim kechasi Zulayhoni jeysanma?
— He, jemiyman, gaplashaman, sinfdoshi bo‘laman.
— Go‘rdan chiqqan sinpdoshi bo‘lasanma?
— Ie, momo nima degangiz? Go‘rdan chiqqan emas, birga o‘qigan sinfdoshi bo‘laman.
— Oting nima bo‘masa?
— Men Qorjovman, Qorjov...

P.S. Menga eng zavq beradigan xotiramdagi suhbat

Читать полностью…

Mezonlar

#tavsuyu

Orif uxlab qolib, kech uyg‘ondi. Ishga kech qolayotgani bois odatiy yo‘li metroga tushmasdan, taksiga chiqa qoldi. Yo‘llar tirband. Haydovchilar asabiy. Vaqt esa ziq. Mashina radiosidan bir odam intervyu bera boshladi. «Men iqlimshunos olimman, qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ilmiy ish qilyapman. Odamlar, amaldorlar meni tushunishmayapti. Ularning fikricha, suvni isrof qilmasak, qurg‘oqchilikdan qutulib qolar ekanmiz. Yo‘q, bu safsata. Yaqin o‘n yilda bizda uvol qilinadigan suvning o‘zi qolmaydi. Maqolalar yozaman ilmiy ishim mavzusi bo‘yicha, saytlar ham, gazetalar ham qirqib, qisqartirib chop etishyapti...»

Furqat Alimardonning "Pichirlangan sirlar" kitobidan

@katarsis_kundalik

Читать полностью…

Mezonlar

Баъзида илмий-таҳлилий мақолалар ҳам ёзиб тураман. Ўқиб, фикрларингизни билдирингизлар азизлар.
https://huquqburch.uz/pedagoglar-huquqlarini-himoya.../

Читать полностью…
Subscribe to a channel