Oʻzbekiston Milliy Universiteti ( rasmiy xabarlar ) ɴᴀᴛɪᴏɴᴀʟ ᴜɴɪᴠᴇʀsɪᴛʏ of ᴜᴢʙᴇᴋɪsᴛᴀɴ ᴀʙɪᴛᴜʀɪʏᴇɴᴛ ᴠᴀ sᴛᴜᴅᴇɴᴛʟᴀʀ ᴜᴄʜᴜɴ sᴏ'ɴɢɪ , ishonchli ᴠᴀ ᴍᴜʜɪᴍ ʏᴀɴɢɪʟɪᴋʟᴀʀ ʙɪᴢᴅᴀ (Norasmiy kanal) Reklama uchun: @khusanoff_a Guruhimiz: @nuu_student_s
Hurmatli talabalar!
Universitet rektorining 01-8-sonli buyrug’i bilan 2023/2024 o‘quv yilining I-yarim yilligi fanlaridan akademik qarzdor bakalavriat bosqichi kunduzgi, kechki bo‘limining 1, 2, 3 va 4-kurs, masofaviy bo‘limning 1 va 2-kurs, hamda magistratura bosqichi 1 va 2-kurs talabalariga istisno tariqasida bir marta fanlarni qayta o‘zlashtirish uchun 2024-yilning 29-fevraligacha muddat berildi.
Bunda bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizidan ortiq soatni sababsiz qoldirib, akademik qarzdor bo’lgan bakalavriat bosqichi kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy bo‘limlari hamda magistratura bosqichi talabalari uchun HEMIS axborot tizimida yakuniy nazoratni qayta topshirish imkoni mavjud emasligidan kelib chiqib, qayta o‘zlashtirish jarayonlarini amalga oshirishga ruxsat etilmaydi.
Oraliq va yakuniy nazoratlarni ajratilgan muddatlarda topshira olmagan va sababsiz qoldirgan dars soatlari bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizidan oshmagan bakalavriat bosqichi kunduzgi, kechki, masofaviy bo‘limlari hamda magistratura bosqichi talabalari qarzdor fanlarini qayta o’zlashtirgan holda oraliq va yakuniy nazoratlarni qayta topshirishlari mumkin.
Kredit-modul tizimida tahsil oluvchi akademik qarzdor talabalar ta’til vaqtida tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng o‘zlashtirmagan fanlarni o‘z hisobidan qayta o‘qish mumkinligini eslatib o’tamiz.
@milliy ✈️
👀 Ishlaringizni orqaga ketkazadigan odatlar nimalar?
1️⃣ Va’dani bajarmaslik;
2️⃣ Budilnikni o‘zgartirish;
3️⃣ Uyqudan avval smartfondan foydalanish;
4️⃣ O‘tgan ishlar uchun o‘zingizni ayblash;
5️⃣ Bariga rozilik berish.
💬 Sizda bu odatlar bormi?
@milliy ✈️
🙂 Hayot mazmunli bo'lishi uchun qanday harakat qilish kerak?
🎁 Agar hayotda baxtli yashab o‘tishni istasang, uni muayyan odamlar yoki buyumlarga emas, biror ulkan maqsad sari bag‘ishla.
🔗 Hayotda shunday maqsadni tanlash kerakki, u sendagi mavjud hamma imkoniyatni ishga solishni talab qilsin.
🔔 Hayotda omadga erishish uchun intilma. Hayoting mazmunli bo‘lishi uchun intil.
@arabistonli 🌙
Yana 3-kishiga Kontrakt to’lab beramiz!
75% evaziga
@khusanoff_a
“O’zMU Yoshlari” 3-futbol musobaqasiga start berildi!
👇👇👇👇👇👇👇
/channel/nuu_sport/301
📚INGLIZ TILINI O'RGANMOQCHIMISIZ? MAGISTRATURA YOKI DOKTORANTURADA O'QIMOQCHIMISIZ?
✅ IELTS YOKI CEFR OLISHNI XOHLOVCHILAR UCHUN AJOYIB IMKONIYAT.
📣MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI GEOGRAFIYA VA GEOAXBOROT TIZIMLARI FAKULTETI 1-KURS MAGISTRANTI MURATOVA FARANGIZ INGLIZ TILI KURSLARINI TAQDIM ETADI.
🕰 KURS HAFTANING DUSHANBA, CHORSHANBA VA JUMA KUNLARI GEOGRAFIYA VA GEOAXBOROT TIZIMLARI FAKULTETIDA BO'LIB O'TADI. SOAT 18:00 dan 19:30 gacha.
💰 KURS NARXI: 250 MING SO'M
👩💻 DUSHANBA SOAT 18:00 da PROBNIY DARS BO'LIB O'TADI.
📞 MUROJAAT UCHUN:
+998900011705
@geofaraa
📌 Qonunchilikda yangilik: “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, quyidagi shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
➖qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar;
➖qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
➖pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari bo‘lgan shaxslar;
➖psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslar.
❗️Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlarga qabul qilish man etiladi.
Do’stlaringizga ulashing
@milliy ✈️
📄 2024-yil uchun rasman tasdiqlangan javoblar varaqasi namunasi
@milliy ✈️
Узоқроқ ёмғир Тошкентни ҳавоси энг тоза шаҳарлар рўйхатига киритди
28 январ кечаси бошланиб, ҳамон давом этаётган ёмғир Тошкент ҳавосини январ ойидаги энг тоза даражага олиб чиқди. 29 январ соат 17:00 ҳолатига, шаҳар ҳавосидаги PM2,5 зарралари миқдори 1 кубометр ҳавода атиги 23 микрограммни ташкил этмоқда.
👉 https://kun.uz/57582167
@milliy ✈️
😡 Agressiyani qanday yo‘qotish mumkin?
◼️ Odam o‘zida jahldorlik alomatlarini sezsa, birinchi uning sabablarini topishga harakat qilishi kerak. Bo‘lmasa, agressiv kayfiyat nafaqat o‘ziga, balki atrofdagilarga yomon ta’sir qiladi:
🧠 O‘z-o‘zini anglash: sizdagi kayfiyatga stress, charchoq yoki tushunmovchilik sabab bo‘layotgan bo‘lishi mumkin. Buni aniqlash o‘z reaksiyalaringizni nazorat qilishga yordam beradi;
💬 Kommunikatsiya: fikrlaringizni baqirish va haqoratlarsiz tushuntirish orqali agressiv kayfiyat pasayadi;
🧘 Dam olish: nafas olish mashqlari, yoga, yoki shunchaki musiqa tinglash kerak;
🏃♂️Jismoniy faollik: sport va jismoniy mashqlarni bajarish kayfiyatni yaxshilaydi;
⏱ Tanaffuslar: agressiya kuchayib borayotganini his qilsangiz, tanaffus qiling. Tinchlanish va o'ylash uchun vaziyatdan uzoqlashing.
🥗💤 Oziqlanish va uyqu: yetarlicha uyqu va muvozanatli ovqatlanish hissiy farovonlik uchun muhimdir.
❗️ Agressiya — boshqa muammolarning belgisi, shuning uchun undan qutilish uchun harakat qilishni unutmang.
@milliy ✈️
#Ҳушхабар
⚡️Талаба фарзандли бўлганида унга ОТМ томонидан бир марталик суюнчи пули берилади
➖ Талаба олий таълим муассасасига аризани бола туғилган кунидан бошлаб олти ойдан кечиктирмай тақдим этади ва унга раҳбарият томонидан белгиланган нафақа пулини 10 кундан кечиктирмай тўлаб бериш мажбурий ҳисобланади. Ҳозирги кунда нафақа пули миқдори меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг 70,3 фоизини ташкил этади.
❗️2023-йил 1-декабрдан меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори — ойига 1 050 000 сўм этиб белгиланган.
Керакли ҳужжатлар:
➖ ОТМ ректори номига ариза
➖ Паспорт нусхаси
➖ Туғилганлик ҳақида гувоҳнома нусхаси
@milliy ✈️
Bizga qo’shiling!
“O’zMU team”
👉 @zamdekan 👈
📌 Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?
✅ JAVOB: Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:
▪️yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi
– ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
–chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
–mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
–hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.
▫️umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi
– umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
–vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.
Do'stlaringizga ulashing
@milliy ✈️
HURMATLI TALABALAR!
Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi 824-sonli qaroriga muvofiq:
Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo‘yicha tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Hemis tizimida Davomat to'liq olib boriladi.
Darslarga o'z vaqtida qatnashing.
@milliy ✈️
#ingliztili
Ingliz tilini bilish darajangiz siz uchun qiziqmi? Unda ushbu sayt orqali tekshirib koʻrishingiz mumkin.
© Caffrey
LINK 👉 efset.org
Bizga qo’shiling!
@milliy ✈️
Assalomu Aleykum hurmatli talabalar siz hali ham kontrakt to’lamadingizmi?
Biz sizga Kontrakt,kridet va kommunal to’lovlaringizni to’lashda yordam beramiz!
Har doimgidek 75% narxiga!
Faqat 10 kishiga…
Ko’rishib ham to’lov bor ishonmaganlar uchun..!
Murojat uchun: @khusanoff_s
❗️“Talabaning qobiliyatini yuzaga chiqaradigan tizim yaratish zarur” — Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bakalavriatda o‘nlab yo‘nalishlar mehnat bozori talablariga javob bermaydi.
Ko‘p oliygohlar kredit-modulga o‘tdi, lekin talabaning qobiliyatini yuzaga chiqaradigan tizim yaratish zarur.
Joriy yilda 122 ta yangi yirik loyihalar boshlanadi. Bu – yaqin yillarda murakkab texnologiyada ishlay oladigan 10 ming muhandis va texnologlar kerak, degani.
Lekin oliygohlarda bunday mutaxassislarni tayyorlash 20 foizdan oshmayapti.
@milliy ✈️
Jahongir Ortiqxo‘jayev:
“Men bilaman go‘rga hech balosiz kirib ketishimizni, lekin hayotda hech narsa qilmasdan kirib ketishdan qo‘rqaman...”
@subyektivtalim ✈️
#Diqqat #Tarqating
🏛️Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining san’atga ishtiyoqmand yoshlari !!!
🇺🇿Avval xabar berganimizdek Universitet Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan !!!
⚡️Universitetimizda ilk bor «DORILFUNUN» nomi ostida musiqa va raqs ansambli tashkil etilgan.
Siz musiqa va san’atga qiziqasizmi ?
Milliy yoki boshqa turdagi cholg’u asboblari chalasizmi ?
Xonandalik bo’yicha o’zingizni universitetimiz bo’yicha namoyon qilmoqchimisiz ?
✨Bularning barchasi albatta biz bilan amalga oshadi
Bizga kerakli yo’nalishlar:
🔹xonandalik(estrada,vokal, an’anaviy xonandalik-yigitlar va qizlar)
🔸sozandalik(milliy yevropa va boshqa)
🔹raqs(raqqos va raqqosalar)
🎤Siz iste’dodlimisiz ?
Bizga murojaat qiling✍️
Zero Yoshlar Ittifoqi bilan-yorqin kelajak sari birga boramiz😊
Murojaat uchun:📞+99893-097-53-05 yoki @lawyer_sx✅
@milliy
⏳ Vaqt – insonning eng katta sarmoyasi
💰Muvaffaqiyat siri — ana shu sarmoyadan unumli foydalanishda.
So‘zimiz isboti uchun ulug‘lar hayotiga, qilgan ishlariga nazar tashlasak, kifoya. Ular vaqt isrofidan saqlanishgan, qanday ish bo‘lmasin, jiddiylik bilan yondoshishgan, doim izlanishda, intilishda bo‘lishgan.
⏳ Biz esa ko‘pincha vaqt yetishmayotganidan noliymiz. Lekin vaqt tushunchasi ular yashagan davrdan buyog'iga o'zgarib ketmagan.
@milliy ✈️
🔥 #MATCHDAY
🌏 Osiyo kubogi 🏆 | 1/4 final
🇶🇦 Qatar vs O'zbekiston 🇺🇿
🗓 Bugun | 20:30
Ushbu uchrashuvning aniq hisobini yozgan 1 kishiga sovg’a bor!
@nuu_student_s 👈
Shu guruhga kirib yozib qoldiramiz….
Telegram Premium 3 oylik✅
100.000 so’m pul✅
Sizda ham bo’lganmi?😁
Shunaqa tanishlaringizga jo’natib qo’ying!
@milliy ✈️
❓Talaba farzandli bo‘lsa, OTMdan suyunchi puli oladimi?
❌ Qisqa javob: yo‘q, bu noto‘g‘ri xabar. Suyunchi puli olish uchun hech qayerga murojaat qilish shartmas, avtomat ravishda ota-onadan biring plastik kartasiga tushadi.
❎ Batafsil javob: Telegramda shu xabar rosa aylandi. Bu noto‘g‘ri xabar bo‘lgani uchun, izoh berib o‘tmoqchiman.
Qonunchilikka ko‘ra, istalgan oilada farzand tug‘ilganda bir martalik nafaqa puli beriladi. Bu xalq tilida “suyunchi puli” deyiladi.
Ushbu “suyunchi puli” ota-ona nima ish qilishidan qatʼi nazar barcha fuqarolarga beriladi, xoh davlat ishida, xoh xususiy sektorda ishlasin, xoh ishsiz bo‘lsin, xoh talaba bo‘lsin, farqi yo‘q. Hamma oladi.
Maʼlumot uchun: “suyunchi puli” summasi — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizi deb belgilangan. Yaʼni hozirgi kunda 738 ming 150 so‘mni tashkil etadi.
🛍 Inson hayotining uchdan bir qismini ishda o‘tkazadi!
Ma’lumotlarga ko‘ra, insonning ishi uchun sarflaydigan vaqti o‘rtacha 90 ming soatni, uning hayotining uchdan bir qismini tashkil qiladi.
🔥 Shuning uchun kasb tanlayotganda e’tiborli bo‘ling. Siz o‘qimoqchi va kelajakda ishlamoqchi bo‘lgan sohangizda hayotingizning asosiy qismini sarflashga tayyormisiz?
@milliy ✈️
📌 Reklama...(bir dona belgi mazmunni o'zgartirib yuboradi)
Do'stlaringizga ulashing
@milliy ✈️
🌟 Katta orzular bilan yashang!
Sizni har kun ko'pchilik xafa qilishi mumkin, yuragingizga yaqin olmang. Ularni unuting. Aksincha, ular sizni xayolingizni band qilib rejalaringizni buzmoqda.
✔️ Har kun har xil muammolar bo'lishi mumkin. Kuchli bo'ling.
Katta orzular bilan yashang va orzularingizni ro'yobga chiqarish haqida o'ylang.
@milliy ✈️
#Diqqat
16-25 yoshlilar uchun “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanloviga arizalar qabuli boshlandi!
Tanlovda ilmiy g‘oyalari, innovatsion ishlanmalari hamda ratsionalizatorlik takliflari mavjud 16 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan barcha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
Mukofotlar:
– 1-bosqich gʻoliblari: 1 mln 700 ming soʻm pul mukofoti va diplom
– 2-bosqich gʻoliblari: 3 mln 400 ming soʻm pul mukofoti va diplom
– 3-bosqich gʻoliblari: 6 mln 800 ming soʻm pul mukofoti va diplom
– Respublika bosiqichi gʻoliblari maxsus oʻquv kurslarda bepul oʻqiydi
Qatnashmoqchi boʻlganlar 2024-yil 15-fevrlagacha roʻyxatdan oʻtishi lozim.
👉 Batafsil
Bizni kuzating:
@milliy ✈️
#kino
Boʻsh vaqtingizni maroqli oʻtkazib ham til oʻrganish imkoniyatingiz borligini bilasizmi? Bilmasangiz tanishing – ushbu sayt orqali kinolarni original holda turli tildagi subtitrlar bilan koʻrishingiz mumkin.
© Black Wolf
LINK 👉 myflixer.com
@milliy ✈️
Rossiyaning bosqinchi propogandasi Markaziy Osiyo xalqlariga, jumladan, o‘zbeklarga ochiqdan-ochiq tahdid qilmoqda
Yaqindagina Zaxar Prilepin ismli ahmoq O‘zbekistonni Rossiyaga qo‘shib olish haqida gapirgan edi. Va buni zaldagi boshqa ruslar qarsak chalib qo‘llab-quvvatlagandi.
Endi esa auditoriyasi katta bo‘lgan NTV telekanalida Mixail Smolin degan tovuq miya “1917-yilgacha o‘zbek va qozoq millat sifatida mavjud bo‘lmagan (ozarbayjonlar ham), rus inqilobidan keyin bu millatlar sunʼiy yaratilgan” debdi. Videosini kanalda berib o’tirmayman (menimcha, ko’rib ulgurdingiz), bunaqa jirkanch narsalarni tarqatishni xohlamayman.
Bu kabi holatlar shunchaki tasodif ekanligiga ishonish uchun aqli noraso bo‘lish kerak. Sog‘lom odam bularning barchasi nima uchun qilinayotganini yaxshi biladi. Chunki Ukrainaga bosqin ham aynan mana shu kabi umumiy tezislar asosida boshlangan. Yaʼni uzoq yillar shovinistik propaganda mashinasi tomonidan Ukrainaning davlatchilik tarixi yo‘qligi, millat sifatida mavjud emasligi, Lenin yaratgan sunʼiy davlat ekanligi haqidagi cho‘pchaklar rus xalqi ongiga singdirilgan va bugun buning oqibatini hammamiz ko‘rib turibmiz.
‼️ O‘rtoqlar, buni jiddiy qabul qilishimiz, hushyor bo‘lishimiz, kerakli choralarni ko‘rishimiz kerak. Uyg‘onaylik, xaloyiq, uyg‘onaylik! Ko‘zimizni kattaroq ochaylik. Vatanimiz mustaqilligini himoya qilish uchun aqlimizni ishlataylik. Agar hozir aqlimizni ishlatmasak, ertaga Vatan himoyasi uchun qurol ishlatishga majbur bo‘lib qolamiz.
Nega biz mana shunaqa isqirtlarga qarshi biror chora ko‘ra olmaymiz? Nega doim rus shovinistlariga qarshi muloyim va bag‘rikeng munosabatda bo‘lamiz? Nega Rossiya elchisini “chaqirtirmaymizu”, shunchaki “taklif etamiz”? Nega butun boshli O‘zbekistonni bosib olish haqida gapirganlarga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atmaymiz? Nega o‘zbek xalqini yerga urganlarni O‘zbekistonga kirishini taqiqlash haqida qarorlar qabul qilmaymiz? Nega doim qo‘rqib yashashimiz, “katta og‘a” nima derkin deb, og‘zini poylab turishimiz kerak?
Ijtimoiy tarmoqlarda ham doim Rossiyaning yonini oladigan, u nima qilsa to‘g‘ri deb hisoblaydigan va ming afsuski, millionlar afsuski, milliardlar afsuski, hatto O‘zbekistonni Rossiya bosib olishini ham qo‘llab-quvvatlaydigan yurtdoshlarimiz ham borki, ular ham ko‘zlarini ochishlari kerak. Sal odamga o‘xshab mantiqiy fikrlashni boshlashi, pushti ko‘zoynakni yechishi kerak. Vatanini sevishi kerak. Buning uchun esa eng avvalo iflos rus propaganda telekanallarini O‘zbekistonda cheklash kerak. Bu ilk qadam bo‘lishi shart!
Hooooy, g‘aflat uyqusidan uyg‘oninglar!
👉 @nuu_student_s 👈
Manba: Xushnudbek ☑
O‘zbekistonda 2024-yil uchun minimal isteʼmol xarajatlari miqdori kishi boshiga 1 oyga 621 ming so‘m deb belgilandi.
Maʼlumot uchun, O‘zbekistondagi minimal isteʼmol xarajatlari miqdori 2021-yilda 440 ming so‘mni tashkil etgan, 2022-yil yanvaridan boshlab esa 498 ming so‘m deb belgilangandi. So‘nggi marta bu miqdor 2023-yil iyul oyida 498 ming so‘mdan 568 ming so‘mgacha oshirilgandi.
Bizga qo’shiling!
@milliy ✈️