muallimauz | Unsorted

Telegram-канал muallimauz - Muallima.uz| Rasmiy kanal

-

🌐 Muallima.uz rasmiy saytining rasmiy telegram kanali Barcha pedagoglar uchun eng so'nggi yangiliklar, sifatli metodik manbalar Yaxshi muallim- sifatli ta'lim! Murojaat uchun - @Muallimauz_bot

Subscribe to a channel

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Qadrli hamkasblar,
hurmatli pedagoglar!


Avvalo barchangizni chinakam insoniylik, ezgu qadriyatlar, o‘zaro hurmat, mehr-saxovat ayyomi — Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklayman hamda o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman.

Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda Uchinchi Renesans davrining poydevori aynan ta’lim islohotlari asosida qurilayotganligi va bu jarayonda siz aziz hamkasblarimiz sidqidildan ishtirok etayotganingiz tizim yetakchisi sifatida meni juda xursand qiladi. Bu jarayonlarda sizlar bilan bir safda yelkama-yelka turib xizmat qilish men uchun ham faxr, ham ulkan mas’uliyatdir.

Shuni unutmasligimiz kerakki, ta’lim sohasi millatimiz yuksalishi hamda uning kelajak rivojida muhim rol o‘ynaydi. Bu haqiqatni barchangiz teran anglagansiz. Shu boisdan sizlarni hech ikkilanmay ana shu savobli ishlarning mohir muhandislari, deb atasam, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Aziz do‘stlar, muhtaram ustozlar!

Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor muborakbod etaman. Oilangizga xotirjamlik, baxt va omad hamisha hamroh bo‘lishini tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⚡️Rasman: Endilikda maktab hujjatlari to'liq elektron yuritiladi

🇺🇿 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda maktab ta’limi jarayonini ortiqcha qog‘ozbozlikdan holi etish orqali samaradorlikka erishiladi va boshqaruv jarayonlarini shaffofligi ta’minlanadi.

Xususan, elektron baholar tabeli “emaktab.uz” platformasida avtomatik tarzda shakllanadi va ota-onalar uchun tizimdan yuklab olish imkoniyati yaratiladi.

Natijada tabeldagi baholarni o‘zgartirish va soxtalashtirishning oldi olinadi.

@Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

#Xotira_va_qadrlash_kuni

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha hamyurtlarimiz, hurmatli urush qatnashchilari va mehnat faxriylarimizga tinchlik-omonlik, sog’lik-salomatlik tilaymiz.

Xonadonlaringizdan fayzu baraka arimasin.
Yaxshi muallim-sifatli ta'lim

«Muallima.uz» sahifalari 
👇  
                                                      
👍Telegram| 👍Sayt| 👍Fecebook|👍Instagram

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⚡️Ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinishi mumkin

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qarori bilan endilikda umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha A+, A, B+, B, C+, C, darajali sertifikatlar berilishi belgilangan.

Yangi Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama berish boʻyicha hujjat loyihasi ishlab chiqilgan.

Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xodimi jonli muloqotda maʼlum qildi.

Ayni vaqtda amaldagi hujjatlariga oʻzgarish kiritish haqidagi loyiha ishlab chiqib, Adliya vazirligiga kiritilgan va tasdiqlanishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi:

“70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja;
65 — 69,9 ball olganlarga A daraja;
60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja;
55 — 59,9 ball olganlarga B daraja;
50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja;
46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2023-2024 o'quv yili bo'yicha yanuniy davlat attestatsiya imtihonlarini o'tkazish bo'yicha ko'rsatma xati yuborildi.

Ushbu ko'rsatma xatda:
- yakuniy imtihon o'tkazilish tartibi;
- qaysi fanlardan imtihon topshirilishi;
- imtihon bo'lib o'tadigan sanalar;
- imtihon uchun qancha vaqt ajratilishi ko'rsatilgan.


Yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish boʻyicha zarur metodik tavsiya va materiallar:

O‘ZBEK TILI

9-sinf Jismoniy tarbiya
9-sinf Matematika
9-sinf O'zbekiston tarixi
9-sinf Ona tili va adabiyot
9-sinf Matematika spetsifikatsiyasi
11-sinf Davlat va huquq asoslari
11-sinf Fizika
11-sinf Geografiya
11-sinf Ingliz tili
11-sinf Matematika
11-sinf Ona tili va adabiyoti
11-sinf O'zbekiston tarixi
11-sinf Kimyo
11-sinf Matematika spetsifikatsiya

👉На русском языке

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Pedagoglar uchun muhim xushxabar

“Tabiiy fan (science)“ va “Tarbiya” fanidan dars berayotgan boshlangʻich taʼlim, shuningdek, fizika, geografiya, biologiya, tarix, davlat va huquq asoslari fanidan amaldagi malaka toifalariga mos ravishda haq toʻlanishiga rozilik berildi.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️muallima.uz saytida yangi tartibda ro'yxatdan o'tish yo'lga qo'yilgani sabab test rejimida ishlamoqda.Kamchiliklar bartaraf etilgach to'liq ro'yxatdan o'tishingiz mumkin bo'ladi

Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz
Muallima.uz» sahifalari  👇                                                                🚀Telegram| 🎬 Sayt|🔵 Fecebook|📷Instagram

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

📣 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi

✅ Avval xabar qilinganidek, maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari 2024-yil 15-apreldan boshlab attestatsiyadan o‘tkaziladi.

❗️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan mazkur malaka toifa sinovlari o‘tkazilish vaqti belgilandi. Unga ko‘ra:

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 15-16 aprel kunlari (2 kun);
Boshlang‘ich ta’lim fanidan — 17-22 aprel kunlari (5 kun);
O‘zbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 23-25-aprel kunlari (3 kun);
Matematika fanidan — 26-29-aprel kunlari (3 kun);
Fizika, Kimyo fanlaridan — 30-aprel — 1-may kunlari (2 kun);
Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan — 2-3 may kunlari (2 kun);
Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yo’nalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yo’nalishi - o’g’il bolalar uchun) fanlaridan — 4-6 may kunlari (2 kun);
Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlaridan — 7-8 may kunlari (2 kun);
Fransuz tili, Hind tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Qirg‘iz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 10-13 may kunlari (3 kun);
Davlat va huquq asoslari, Tarbiya, Tarix fanlaridan — 14-15-may kunlari (2 kun);
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, Jismoniy tarbiya fanlaridan — 16-17-may kunlari (2 kun);
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, O‘qituvchi-defektolog, O‘qituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixologlarga — 18 may kunlari (1 kun);
Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan — 20-21 may kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

👉 Ma’lumot uchun: malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan joy manzillari quyida keltirib o‘tilgan:

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️Pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish vaqti belgilandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 2024-yil 15-aprel kuni boshlanadi.

Malaka sinovlari avval eʼlon qilingan manzillarda real vaqt rejimida test (jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida oʻtkaziladi.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi

❗️Joriy yilning mart-may oylarida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi pedagoglar uchun malaka (test) sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari maʼlum boʻldi.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

                                                                   ✅Pedagogik mahorat adabiyotlari 

Muallima.uz» sahifalari  👇 
🚀Telegram| 😀Sayt| 👍Fecebook|📷Instagram

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️ Malaka toifasi uchun vazirlikning repetitsion testida ishtirok eting 👉 https://uzedu.devel.uz/ Muallima.uz» sahifalari 👇 🚀Telegram| 🎬 Sayt|🔵 Fecebook|📷Instagram

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

#taqvim_mavzu_reja
#2023-2024

O‘qish savodxonligi fani taqvim-mavzu rejalari (4-chorak):
📘1-sinf
📘2-sinf
📘3-sinf
📘4-sinf

Читательская грамотность календарно-тематическое планирование (4 четверть):
📘1 класс
📘2 класс
📘3 класс
📘4 класс

Русский язык календарно-тематическое планирование (4 четверть):
📘1 класс
📘2 класс
📘3 класс
📘4 класс

«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Malaka sinovlariga tayyorlanish uchun onlayn repetitsiya o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning mart-may oylarida attestatsiyadan oʻtuvchi pedagoglarni ushbu malaka sinovlariga tayyorlash maqsadida onlayn repetitsiya oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

❗️Bunda pedagoglar test sinovlari topshiriladigan maxsus platformadan foydalanish tartibi hamda namunaviy test savollari bilan atroflicha tanishishadi.

🖥 Onlayn repetitsiya oʻtkazilishi vaqti va maxsus platforma havolasi tez kunlarda eʼlon qilinadi.

⚡️Bizni kuzatib boring.

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Bir haftada bir kitob o‘qish” aksiyasini e’lon qiladi.

📝 Aksiya quyidagi tartibda o‘tkaziladi: kitoblar ro‘yxati maktab o‘quvchilari yosh toifasi (1-4-sinf; 5-9-sinf; 10-11-sinflar kesimida) inobatga olingan holda shaklantiriladi.

❗️ Aksiyani umumta’lim maktabida o‘tkazish uchun direktorning ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari va maktab kutubxonachisi mas’ul hisoblanadi.

📚 Aksiya davomida eng ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchilar mart oyining oxiriga qadar ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari va kutubxonachi tomonidan savol-javob va intellektual o‘yin shaklida aniqlanadi hamda ularga maktab rahbariyati tomonidan kitoblar jamlanmasi va sertifikat topshiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

2024-2025-O‘QUV YILI UCHUN 1-SINFGA QABUL 20-IYUNDAN BOSHLANADI

✅ Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-BOSQICH: 20-iyundan 31-iyulgacha mikro-hudud doirasida,
2-BOSQICH: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida.

✅ 1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.

✅ Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi.

MUHIM ESLATMA!
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Elektron qabul jarayonlari yuzasidan Vazirlik Call-markazining 71-203-07-04 raqami yoki telegramdagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.

©️ Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

5 mln 775 ming so'm miqdorda har oylik vazir ustamasini oladigan pedagoglar aniqlandi

Pedagoglarga Vazir jamg'armasi hisobidan har oylik ustama belgilash maqsadida ikki bosqichli tanlov jarayonlari o'tkazilgandi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug'i bilan vazir jamg'armasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar ro'yxati tasdiqlandi.

Unga koʻra, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari (5 mln 775 ming so'm) miqdorida har oylik ustama to'lab boriladi.

Telegram I Facebook I xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⚡️Magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati B1 darajaga pasaytirildi

Bunda quyidagi tartib o’rnatiladi:

ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;

✅ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi.

🌐 Quyidagilar saqlanib qoladi:

Xorijiy tillar yo‘nalishlarida esa C1 daraja;

aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 daraja saqlanadi.

🌐 Malaka oshirish|CPD_official
🌐 @malakaoshirish_official

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6 -maydagi 263-son qarori bilan Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy urta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi toʻgʻrisida NIZOM tasdiqlandi.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari ijobiy koʻrsatkichlarni qayd etayotgan umumiy oʻrta ta’lim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi joriy etiladi.

Rahbariyati va oʻqituvchilari ragʻbatlantirishga tavsiya etilgan umumiy o'rta ta'lim maktablari roʻyxati har oʻquv yili yakunida eʼlon qilinadi hamda keyingi bir oʻquv yili davomida ushbu maktabning oʻqituvchilariga mazkur qarorga muvofiq rahbariyati hamda oʻqituvchilarning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama beriladi.

Rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlanadigan umumtaʼlim maktablari roʻyxatini shakllantirish tartibi haqida kanalimiz orqali maʼlumot berib boramiz.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

2-sinfda “Informatika va axborot texnologiyalari” hamda 5-sinfda “Tabiiy fan (Science)” fani joriy etiladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrug‘i (26.03.2024 94-son) bilan umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 2024-2025-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv reja tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab, umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 2-sinfida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani hamda 5-sinfida “Tabiiy fan (Science)” fani joriy etiladi.

Mazkur fanlardan dars beradigan “Biologiya”, “Geografiya” fani oʻqituvchilari uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi.

Boshlanadigan oʻquv yilida dars taqsimoti shu oʻquv-reja asosida amalga oshiriladi.

Bosh vazir topshirig‘i bilan “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini boshlangʻich sinflarda “Boshlangʻich taʼlim” oʻqituvchilari, “Tabiiy fan (science)“ni 5-6-sinflarda esa “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” oʻqituvchilari dars oʻtishlariga rozilik berilgani haqida xabar bergan edik.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️💚💚💚 muallima.uz saytida yangi tartibda ro'yxatdan o'tish yo'lga qo'yilgani sabab test rejimida ishlamoqda.Kamchiliklar bartaraf etildi endilikda to'liq ro'yxatdan o'tishingiz mumkin

Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz
Muallima.uz» sahifalari  👇                                                                🚀Telegram| 🎬 Sayt|🔵 Fecebook|📷Instagram

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Muallima.uz sayti pedagoglar uchun yangi ko'rinishda sizlar aziz ustozlarga metodik yordam,yangi tartibdagi attestatsiyaga puxta tayyorgarlik ko'rish uchun o'z faoliyatini yangicha ko'rinishda boshlamoqda Ro'yxatdan o'tish uchun👉 https://muallima.uz/register Muallima.uz» sahifalari  👇                                                                🚀Telegram| 🎬 Sayt|🔵 Fecebook|📷Instagram

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

"Aslida eng to‘g‘ri yo‘l – o‘qituvchining darsdagi amaliyotini baholash!"

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatining 2023-yilgi yakuniy sarhisobi hamda joriy yilda vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga bag’ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjuman davomida mutasaddilar tomonidan attestatsiyaning 2-bosqichida pedagogik mahoratni test emas, boshqa uslubda aniqlashni rejalashtirganligi haqidagi savolga ham javob qaytarildi. Muallima.uz» sahifalari  👇                                                                🚀Telegram| 🎬 Sayt|🔵 Fecebook|📷Instagram

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Maktabni bitirish imtihonlarida OTMga kirish sinovlariga mos fanni tanlash imkoniyati yaratiladi

Imtihon topshiriqlari yozma va amaliy shaklga oʻtkaziladi, javoblarni maxsus platforma orqali tekshirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi, savollar doimiy ravishda yangilanib boriladi.  Muallima.uz» sahifalari  👇                                                                🚀Telegram| 🎬 Sayt|🔵 Fecebook|📷Instagram

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

"Biz boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari vazir ustamasidan norozimiz" — Muallimdan maktub

“Muallimdan maktub” loyihamizga bir guruh boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan murojaat kelib tushdi. Ular asosan vazir ustamasiga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlarida tushgan test savollaridan noroziligini bildirgan.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/567

Telegram I Facebook I xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️ Malaka toifasi uchun vazirlikning  repetitsion testida ishtirok etish uchun faqat kompyuter orqali kiring. Telefon orqali Pedagogik mahorat uchun tilni tanlash ko'rinmagani va til tanlanmagani sabab xatolik ro'y beraveradi.
Kompyuter orqali to'liq bajarasiz
Barcha ustozlarga omad yor bo'lsin!
👉https://uzedu.devel.uz/                            
  Muallima.uz» sahifalari  👇                                                               🚀Telegram| 🎬 Sayt|🔵 Fecebook|📷Instagram

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Malaka toifa testi uchun ajratiladigan vaqt ham ko'paytirilgan. «Muallima.uz» sahifalari 👇 🚀Telegram| 🎬 Sayt|🔵 Fecebook|📷Instagram

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

test.uzedu.uz sayti orqali repetitsion testda ishtirok eting

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⚡️Bugun boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun diagnostika testlari boshlanadi

2024-yilning birinchi yarmida oʻtkaziladigan attestatsiya oldidan umumtaʼlim fanlari boʻyicha diagnostika testlari tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Bugun, 9-mart kuni soat 17:00 dan boshlab boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun diagnostika testlari boshlanadi. Diagnostika testlarida barcha oʻqituvchilar bepul ishtirok eta olishadi.

Ushbu test topshiriqlari vazirlik tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida malakali testologlar tomonidan shakllantirilgan.

Diagnostik testda haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

Boshqa fanlar boʻyicha boshlanish vaqtlari Taʼlim nazorati (@uztdi) kanalida eʼlon qilib boriladi.

Diagnostik testda ishtirok etish uchun quyidagi telegram botga obuna bo‘ling: 👉 @uztdi_testbot

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malaka toifasi ular dars beradigan barcha fanlarga nisbatan tatbiq etiladi

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomda o‘quv fanlarining nomi ko‘rsatilmaganligi sababli, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining malaka toifa sinovlari boshlang‘ich sinflarda o‘qitilayotgan asosiy o‘quv fanlari (ona tili va adabiyot, matematika, tarbiya, tabiiy fanlar, texnologiya va h.k)dan umumlashtirilgan holda o‘tkaziladi.

Shu sababli boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha berilgan malaka toifasi ular boshlang‘ich sinflarda dars beradigan barcha o‘quv fanlariga nisbatan, shu jumladan informatika va tarbiya tarbiya fanlariga ham tatbiq etiladi.

Asos: Ta’lim inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligining (avvalgi nomlari) 27.11.2020 dagi 01-698, 02-02/3-1377-son qo‘shma xati
Ta'limdagi yangiliklar, kasbiy faoliyatingiz uchun eng qiziqarli ma'lumotlar, attestatsiya imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko'rishni va qiziqarli tanlovlarda ishtirok etishni istaysizmi?🧐

🔉 Unda «Muallima.uz»sayti aynan siz istagan ma'lumotlarni berib boriladigan ijtimoiy manzildir.

🔂 Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.
Barcha pedagoglar uchun qulaylik

Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram

Читать полностью…
Subscribe to a channel