muallimauz | Unsorted

Telegram-канал muallimauz - Muallima.uz| Rasmiy kanal

-

🌐 Muallima.uz rasmiy saytining rasmiy telegram kanali Barcha pedagoglar uchun eng so'nggi yangiliklar, sifatli metodik manbalar Yaxshi muallim- sifatli ta'lim! Murojaat uchun - @Muallimauz_bot

Subscribe to a channel

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Joriy yilda oʼqituvchilar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi, maoshlar mavjud sertifikatlar asosida toʼlab beriladi

2023-yilda majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak bo‘lgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari 2024-yilga qadar amal qiladi
.

Xabaringiz bor, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʼzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoniga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi faoliyati tugatilib, uning tegishli vazifa va funksiyalari Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligiga oʼtkazildi.

Shu munosabat bilan vazirlik tomonidan taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʼtkazish va malaka toifalari berish boʼyicha yangi shaffof va adolatli tizim ishlab chiqilib, 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy oʼrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, yangi tartib joriy etilgunga qadar 2023-yilda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak boʼlgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari toʼgʼrisidagi sertifikatlarining amal qilish muddati navbatdagi attestatsiya tashkil qilingunga qadar uzaytiriladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Vazir jamg‘armasi 2-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagoglar ro‘yxati e'lon qilindi.

Ro'yxatdagi ustozlarni tabriklaymiz👏

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Қоидаларга хилоф ҳаракатлар қилган абитуриент 5-7 йилгача имтиҳонларга киритилмаслиги мумкин

"ОТМга кириш имтиҳонида қоидаларга ҳилоф ҳаракатлар қилиб, қўлга тушган абитуриентни 5-7 йилгача имтиҳонлардан, агар ўқишга кирган бўлса, ўқишидан ҳам четлаштириш бўйича норматив хужжатлар тайёрланмоқда", деди Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги директори М.Каримов.

/channel/rost_24uz

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

❗️Мажбурий аттестацияга жалб этилмайдиган педагог кадрлар рўйхати кенгайтирилди

"Таълим ташкилотлари педагог кадрларини аттестациядан ўтказиш тартибини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида"ги Ҳукумат қарори (120-сон, 23.03.2023 й.) қабул қилинди

Қарорга кўра, 2023 йил 1 апрелдан қуйидагилар мажбурий аттестацияга жалб этилмайди:

✅ педагогик фаолият бўйича 25 йил ва ундан кўп иш стажига эга педагог ходимлар;

✅ ёшга доир пенсияга чиқиши учун 5 йилдан кўп бўлмаган муддат қолган педагог ходимлар.

💯Каналимизга аъзо бўлинг ва барча янгиликлар билан биринчилардан бўлиб танишинг!

👉
/channel/pka_tdi_uz 👈
Murojaatlar uchun: 👉
@pkatdi_bot👈

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

III chorakning soʼnggi oʼqish kuni 18-mart (shanba) boʼladi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandiga muvofiq, umumiy oʼrta taʼlim maktablarida bahorgi taʼtil 21-mart sanasidan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʼshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʼchirish toʼgʼrisida” 2022-yil 23-dekabrdagi Farmoniga muvofiq, 2023-yil 20-mart kuni – qoʼshimcha dam olish kun sifatida belgilanganligi munosabati bilan maktablarda bahorgi taʼtil 20-mart sanasidan boshlanadi hamda 26-martga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shularni inobatga olib, umumiy oʼrta taʼlim maktablarida 18-mart (shanba) III chorakning soʼnggi oʼqish kuni boʼlib, IV chorak 27-mart sanasidan boshlanishini maʼlum qilamiz.

****

Последним учебным днем III четверти будет 18 марта (суббота)

Согласно пункту 26 Положения, утвержденного постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан №140 от 15 марта 2017 года, весенние каникулы в общеобразовательных школах начинаются 21 марта и длятся 7 календарных дней.

В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан от 23 декабря 2022 года «Об установлении дополнительных нерабочих дней в период празднования официальных дат и переносе выходных дней в 2023 году» 20 марта 2023 года в школах обозначен как дополнительный праздник. Он начинается с 20 марта и продолжается до 26 марта (включительно).

Принимая во внимание это, сообщаем, что 18 марта (суббота) будет последним учебным днем 3-й четверти, а 4-я четверть начнется 27 марта.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

​​⚡️Педагог ходимларни бугунги байрам билан шунчаки "қуруқ" табрикламоқчи эмасмиз, яъни улар учун яхши янгиликларни эълон қилиб қўймоқчимиз

Бугун «8 март — Халқаро хотин-қизлар куни» байрами. Айнан шу бугун педагогларимизнинг кайфияти аъло даражада бўлиши лозим, шу сабабли улар учун 3 та энг яхши янгиликларни тайёрлаб қўйганмиз:

👉Демак, биринчи энг асосий янгилик шу йилининг апрель ойигача «Педагог ходимнинг мақоми тўғрисида»ги қонун лойиҳаси Қонунчилик палатасига киритилади. Яъни, икки йилдан буён "чанг босиб ётган" мазкур қонун насиб қилса шу йил имозаланади;

👉Иккинчи янгилик: жорий йилнинг май ойида умумий ўрта таълим мактаблари раҳбар ходимлари меҳнатига ҳақ тўлаш шароитлари яхшиланади;

👉Учинчи янгилик: 2023 йил май ойига қадар бошланғич синф ўқитувчиларининг педагог ставкаси 16 соат этиб белгиланади. (бу ҳақда мана бу видеода тўлиқ танишиб чиқсангиз бўлади)

Юқорида тилга олинган янгиликлар қандайдир лойиҳа ёки амалга ошмай қолиб кетадиган норасмий ҳужжатларда айтилган таклифлар эмас. Бу давлат раҳбари томонидан имзоланган «Инсонга эътибор ва сифатли таълим йили» давлат дастурида белгилаб берилган топшириқлардир.

Ҳар йили байрам табрикларида «Педагог ходимнинг мақоми тўғрисида»ги қонун имзоланишини айтардик. Мана бу йил ўқитувчиларнинг орзуси амалга ошадиган бўлиб турибди. Энг яхши янгиликларимиз ҳали олдинда.

Насиб қилса, келажакда ўқитувчи касби Ўзбекистондаги энг обрўли касблардан бирига айланади. Яна бир бор аёл педагогларимизни бугунги байрам билан чин қалбимиздан табриклаймиз.

👉Xalq ta'limi Info

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Бугун Сенат ўқитувчиларни мажбурий меҳнатга жалб этганлик учун жиноий жавобгарликкача бўлган жазони назарда тутувчи қонунни маъқуллади.

Бу — ўқитувчилар ҳимояси йўлида ташланган катта қадам. Ишончим комилки, энди уларни вазифасига кирмайдиган ишларга мажбурламоқчи бўлганлар қонун олдида жавоб беришига тўғри келади.

Қонунни Президент имзолагач, ўқитувчилар, умуман, таълим соҳаси учун катта воқелик бўлади. Кутамиз.

___

Сегодня Сенат одобрил закон, предусматривающий наказание вплоть до уголовной ответственности за привлечение учителей к принудительным работам.
 
Это большой шаг в защите учителей. Уверена, что те, кто хочет заставить педагогов делать то, что не входит в их обязанности, будут отвечать перед законом.
 
Когда закон будет подписан Президентом, это станет неоспоримой реальностью для учителей и сектора образования в целом. Ждём

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⚡️Pul evaziga chiqarilayotgan maqolalar va tadbirlarda g‘oliblik oʻqituvchiga ustama uchun imtiyoz beradimi?

degan savolga Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova quyidagicha javob berdi:

“Ilgari oʻqituvchi ustama olish uchun, albatta, biror jurnal yoki gazetada maqolasi chiqqan boʻlishi kerak edi.

Chunki Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori boʻyicha pedagogdan baholanayotgan oʻquv yilida ommaviy axborot vositalari, taʼlimga oid veb-saytlardagi chiqishlari, ilmiy-metodik jurnallar va turli anjumanlarda maqola, tezis, konsepsiya hamda istiqbolli rejalari bilan qatnashish orqali taʼlim-tarbiya jarayonini yanada yaxshilashga oid ishlari boʻlishi talab etilardi. Endilikda qarorga oʻzgartirish kiritilgan va bu talab bekor boʻlgan.

Oʻqituvchilarga xizmat safari xarajatlarini qoplab berish esa belgilangan tartiblarga koʻra amalga oshiriladi. Nodavlat tashkilotlarning turli tadbirlarida qatnashish xarajatlarini davlat mablagʻlari hisobidan qoplash holati qonunga zid hisoblanadi”.

Manba: oyina.uz

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

❓Mart oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Prezident farmoniga ko‘ra, Navro‘z arafa:
✔️5 kun ishlaydiganlar — 5 kun — 18-22-mart kunlari;
✔️6 kun ishlaydiganlar — 4 kun — 19-22-mart kunlari dam oladi.

Bunda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha ko‘chiriladi:
👉 11-mart — shanba kunidan 20-mart — dushanba kuniga;
👉 25-mart — shanba kunidan 22-mart — chorshanba kuniga.

8-mart ham dam olish kuni.

Kanalga ulanish:👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Xavotiriga oʼrin yoʼq!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boʼlinmalari mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazilayotgani boʼyicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy hokimliklar masʼuliyatini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni loyihasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʼlinmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazish qayd etilgan va ushbu hujjat loyihasini tegishli vazirlik va davlat idoralar bilan kelishish uchun Аdliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi — project.gov.uzga joylashtirilgan.

Shu oʼrinda taʼkidlash joizki, ushbu normativ-hujjat hozirda loyiha boʼlib, rasmiy kuchga ega emas. Аyni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Farmon loyihasidagi tegishli bandlar boʼyicha eʼtiroz bildirilib, Аdliya vazirligi bilan muzokaralar oʼtkazilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʼlinmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazilayotgani boʼyicha soha xodimlari va keng jamoatchilik vakillarining xavotiriga oʼrin yoʼqligini maʼlum qilamiz.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

#Hamdardmiz

@muallimauz

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

#yangiliklar

Attestatsiya bekor qilinmagan - vazirlik bu haqida rasmiy ma'lumot taqdim etdi

2023-yilning mart-iyun oylarida o'tkaziladigan attestatsiya imtihonlari uchun arizalar qabul qilish noma'lum muddatga qoldirilganligi sababli, ko'plab o'qituvchilar orasida malaka toifasi imtihoni (attestatsiya) bekor bo'lganligi haqidagi gap-so'zlar tarqala boshlagan edi.

Ammo Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ma'lum qilgan xabarga ko'ra, attestatsiya jarayonlariga masʼul bo‘lgan tashkilot – Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi yopilgani sabab hozir vazifalar taqsimoti ishlari amalga oshirilyapti. Ishlar to‘liq yo‘lga qo‘yilgach, barchasi o‘rnatilgan tartibda davom ettiriladi. Attestatsiya bekor qilingani haqidagi xabarlar esa asossiz.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

#ota_onalar_diqqatiga
#diqqat_qilamiz
#ogohlikka_chaqiramiz

❗️Farzandingizga shubhali shaxslardan qanday himoyalanish kerakligini o'rgating.

👆🏻Yuqorida farzandingizga uqtirishingiz zarur bo'lgan bugungi davr talablari sanab o'tilgan.

⚠️Ogohlik ehtiyotkorlikdan boshlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️Ertaga — 23-yanvar, dushanba kunida quyidagi hududlarda hamda barcha ta’lim muassasalari(maktab, bog‘cha, litsey, kollej, texnikum, OTM va boshqalar)da o’quv mashg’ulotlari boshlanadi.
Andijon
Buxoro
Surxondaryo
Xorazm
Toshkent shahri
Toshkent viloyati
Qoraqalpog’iston
Namangan
Qashqadaryo
Sirdaryo
Jizzax (maktab va bog’chalar)
Navoiy (faqat maktablar)
Farg’ona (maktab va bog’chalar)
Samarqand viloyatidagi barcha umumta'lim maktablarida 18-yanvar sanasidan darslar boshlangan. Muallima.uz» sahifalari 👇 📱Telegram|🌍Sayt|📸Instagram|🎞Youtube 💬Fecebook

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

#TEZKOR

⚡️O‘qish 23-yanvardan an’anaviy tarzda boshlanadi

Joriy yilning 23-yanvaridan e’tiboran barcha oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun dars mashg‘ulotlari an’anaviy tarzda boshlanishini ma’lum qilamiz.

Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda moslashtirilgan o‘quv grafiklariga muvofiq amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 23-yanvarga qadar uzaytirilgan.


Manba: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun qanday natijalarga erishish lozim?

Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama oladigan 1697 nafar oʻqituvchilar ro‘yxati e‘lon qilinganidan soʻng:

"Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olishga nomzodlar qanday saralangan? Keyinchalik ushbu ustamaga nomzod boʻlish uchun nima qilish kerak ?” degan savol bilan telegram (@uztdibot) botimizga murojaat yuborilgan.

Hukumat qaroriga (№425, 02.08.2022) koʻra vazir jamgʻarmasi uchun nomzodlarga kvotalar maktabning bitiruvchi-oʻquvchilari tomonidan tegishli oʻquv yili qabulida oliy taʼlim muassasalariga, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida qayd etgan natijalariga muvofiq taqsimlangan.

🔰 Davlat test markazi va Prezident taʼlim muassasalari agentligi taqdim etgan kirish imtihoni natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga asosan vazirlik 2023-yilda Vazir jamgʻarmasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni 2000 nafar etib belgilangan va bu kvota “Boshlangʻich taʼlim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yoʻnalishlari boʻyicha tuman (shahar)lar boʻyicha taqsimlangan.

Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha hududiy kengashlar ushbu kvotaga asosan nomzodlarni vazirlikka taqdim etgan.

🤵 Qarorga koʻra, har bitta yoʻnalish boʻyicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan har bitta kvota oʻrniga koʻpi bilan uchta nomzodni taqdim etilishi mumkin.

Nomzodlar orasidan ustama toʻlanadigan pedagoglarni tanlab olish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqichda — zarur hollarda, nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani boʻyicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari oʻtkaziladi;

2️⃣-bosqichda — umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash boʻyicha oʻtkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat oʻtkaziladi. Suhbat oʻtkazish tartibi va mezonlari vazirning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.

🏅 Ushbu ustamaga nomzod boʻlish uchun oʻquvchilaringiz OTM va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida yuqori ball olishi lozim.

📢 Oʻzingizni qiziqtirgan savollar bilan telegram (@uztdibot) botimizga murojaat qilishingiz mumkin.

👉 Кирил ёзувида ўқиш

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⚡️May oyidan boshlab pedagog xodimlarga oylik ish haqi oshirilgan miqdorda to‘lanadi

Ma’lumki, 2023 yilning 1 may sanasidan boshlab budjet tashkilotlari xodimlari ish haqi miqdori 7 % miqdorida oshirilmoqda.

❗️May oyidan oshirilgan oyliklar bo‘yicha hisoblanganda pedagog xodimlar quyidagicha oylik oladilar:

✅Maktab direktori:
3 mln 816 ming 990 so‘m (400 o‘quvchigacha)
4 mln 75 ming 624 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
4 mln 321 ming 741 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
4 mln 571 ming 633 so‘m (1600dan ortiq)

✅Direktor o‘rinbosarlari: (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘)
3 mln 564 ming 956 so‘m (400 o‘quvchigacha)
3 mln 816 ming 990 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
4 mln 75 ming 624 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
4 mln 321 ming 741 so‘m (1600dan ortiq)

✅Direktorning ho‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:
1 mln 512 ming 2211 so‘m (400 o‘quvchigacha)
1 mln 649 ming 960 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
1 mln 793 ming 565 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
1 mln 942 ming 607 so‘m (1600dan ortiq)

✅CHQBT rahbari:
2 mln 755 ming 648 so‘m

✅Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi (0.5 st) – 1 mln 377 ming 824 so‘m

✅Psixologlar
Oliy ma’lumotli psixolog – 2 mln 480 ming 84 so‘m

Ikkinchi toifali psixolog – 2 mln 655 ming 870 so‘m

Birinchi toifali psixolog – 2 mln 836 ming 137 so‘m

Oliy toifali psixolog – 3 mln 8 ming 761 so‘m

✅O‘qituvchilar
O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi – 2 mln 575 ming 883 so‘m

Oliy ma’lumotli o‘qituvchi – 2 mln 755 ming 648 so‘m

Ikkinchi toifali o‘qituvchi – 3 mln 85 ming 99 so‘m

Birinchi toifali o‘qituvchi – 3 mln 437 ming 740 so‘m

Oliy toifali o‘qituvchi – 3 mln 798 ming 940 so‘m

✅Maktab laboranti (1 st)– 1 mln 363 ming 337 so‘m

✅Kutubxona mudiri:

👉O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 814 ming 665 so‘m

👉Oliy ma’lumotli – 1 mln 979 ming 952 so‘m

✅Kutubxonachi:

👉O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 573 ming 584 so‘m

👉Oliy ma’lumotli – 1 mln 656 ming 406 so‘m Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⚡️⚡️⚡️ #ПКА_2023_Зўр_янгилик!

‼️Мажбурий аттестациядан озод қилинадиган ўқитувчилар рўйхати кенгайтирилмоқда!

❗️Низомнинг 6 бандида: Навбатдаги-мажбурий аттестациядан озод қилинадиган ўқитувчилар тоифалари белгиланган. Амалдаги тартибга кўра 11 та тоифадаги педагоглар мажбурий аттестацияга жалб қилинмайди.

‼️ Таълим ташкилотларида кўп йил хизмат қилган педагог кадрларини янада қўллаб қувватлаш, уларнинг меҳнатини рағбатлантириш, аттестация жараёнларини соддалаштириш ҳамда мажбурий аттестацияга жалб этилмайдиган педагог кадрлар рўйхатини кенгайтириш мақсадида 2023 йил 1 апрелдан бошлаб қуйидагилар мажбурий аттестацияга жалб этилмаслиги жорий этилмоқда:

педагогик фаолият бўйича 25 йил ва ундан кўп иш стажига эга бўлган педагог ходимлар;

ёшга доир пенсияга чиқиши учун 5 йилдан кўп бўлмаган вақт қолган педагог ходимлар.

Асос: Вазирлар Маҳкамасининг 2023 йил 23 мартдаги 120- сон қарори

P.S Низомнинг 7 банди: Навбатдаги мажбурий аттестацияга жалб этилмайдиган педагог кадрлар ўз хоҳишига кўра навбатдан ташқари аттестациядан ўтишлари мумкин.

Навбатдаги мажбурий аттестацияга жалб этилмайдиган педагог кадрларнинг амалдаги малака тоифалари (лавозимлари) сақланиб қолади ҳамда уларга таълим ташкилотларида ишлаган даврида мазкур малака тоифаси (лавозими) бўйича ҳақ тўланади.

Ўз хоҳишига кўра навбатдан ташқари аттестацияда қатнашиб, аттестациядан ўта олмаган педагог кадрларнинг малака тоифаси (лавозими) туширилмайди ҳамда уларга навбатдан ташқари аттестацияда қатнашишдан олдин амалда бўлган малака тоифаси (лавозими) бўйича ҳақ тўланади.

💯Каналимизга аъзо бўлинг ва барча янгиликлар билан биринчилардан бўлиб танишинг!

👉
/channel/pka_tdi_uz 👈
Murojaatlar uchun: 👉
@pkatdi_bot👈

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

❓Navro‘z bayramida qaysi sanalar dam olish kunlari bo'ladi?

✅ Navro‘z bayrami munosabati bilan:
➖ 5 kunlik ish haftasidagilar ketma-ket 5 kun;
➖ 6 kunlik ish haftasidagilar ketma-ket 4 kun dam olishadi.

✅ Bunda quyidagicha bo‘ladi:

➖ 18-mart, shanba — 5 kunliklarga dam olish, 6 kunliklarga ish kuni;
➖ 19-mart, yakshanba —
dam olish kuni;
➖ 20-mart, dushanba — dam olish kuni;
➖ 21-mart, seshanba — dam olish kuni;
➖ 22-mart, chorshanba — dam olish kuni.

❗️23-mart, payshanba — barcha uchun ISH KUNI.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

O‘qituvchilar huquqini himoya qilish jamiyatning umumiy maqsadiga aylanib borishi zarur

Xabaringiz bor, kuni kecha Oliy Majlis Senati tomonidan “Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun ma’qullandi.

Unda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan jazo nazarda tutilmoqda.
Ya’ni pedagog xodimni mehnatga ma’muriy tarzda qayta majburlaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilanmoqda.

Shuningdek, pedagog xodimlarni mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin xuddi shunday qilmishni takroran sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi norma Jinoyat kodeksiga kiritilmoqda.

Ushbu qonun hujjati Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangandan so‘ng o‘qituvchilarning majburiy mehnatga jalb etish bilan bog‘liq necha yillik muammo yechimining qonuniy asosi yaratiladi.

O‘ylaymanki, o‘qituvchiga hurmat ko‘rsatish, uning mehnatini qadrlash yurtimizdagi har bir insonning ham hayotiy, ham insoniy burchlaridan biridir. Shu ma’noda o‘qituvchi kasbining yuksalishi va ijtimoiy himoyasi yaxshilanishidan barchamiz birdek manfaatdormiz.

Bu ezgu yo‘lda biz doimo harakatdamiz.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Sizga quvonch ulashay bugun,
Quchog'ingiz gullarga to'lsin.
Gulga oshno guldek ayollar,
Bayramingiz muborak bo'lsin!

@muallimauz

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

#Vazirga_murojaat

📣MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGIDA “VAZIRGA MUROJAAT” PORTALI ISHGA TUSHIRILDI!

❗️Hurmatli o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar!

Endi siz:
▶️ ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar,
▶️ korrupsiya holatlari yuzasidan asoslangan faktlar,
▶️ tashabbuslar, loyihalar, fikr va mulohazalaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llashingiz mumkin.

⚡️Mazkur taklif, tashabbus va mulohazalar shaxsan o‘zimning nazoratimda bo‘lib, vazirlik mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi. Ular asosida muammolar hal etilib, yangi loyihalar joriy etiladi.

❕TA’LIM VA TARBIYAGA BARCHAMIZ BIRDEK MAS'ULMIZ!
_____

📣В МИНИСТЕРСТВЕ ДОШКОЛЬНОГО И ШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ ЗАПУЩЕН ПОРТАЛ «ОБРАЩЕНИЕ К МИНИСТРУ».

Уважаемые учителя, воспитатели, родители!

Теперь у вас есть возможность отправить предложения и обращения:

▶️по улучшению качества образования,
▶️о коррупционных правонарушениях,
▶️инициативы, проекты, мнения и комментарии в портал обращений vazir.uzedu.uz.

⚡️Данные предложения, инициативы и комментарии будут находиться под моим личным контролем и изучены специалистами министерства. Основываясь на ваших обращениях мы будем внедрять новые проекты в образование.

❕ КАЖДЫЙ ИЗ НАС В ОТВЕТЕ ЗА ОБРАЗОВАНИЕ И ВОСПИТАНИЕ НАШИХ ДЕТЕЙ!

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Пуч сертификатлар, сотиладиган эсдалик нишони ва педагогларнинг ҳавога совурилаётган пуллари. Муаммонинг илдизи қаерда?

Педагогларни аттестациядан ўтказишда уларнинг ўқув семинарларидаги иштироки эътиборга олинади. Бу нодавлат илмий марказлар томонидан ўйлаб топилаётган “сертификат бизнеси”нинг илдизига сув қуймоқда: аттестация ва устама учун деб алдайдиган устомонлар кўпайди. Ўқитувчиларнинг бир қисми бунга меҳнатларининг рағбати сифатида қараяпти.

👉 https://kun.uz/51441071

Kun.uz расмий канали

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Bugun yarim kun Tvitterda "ma’naviyat" mavzusida bahslashdim. Tunov kuni "vatanparvarlik" mavzusida ham bahslashgandim.

Xulosam shuki, maktablarda ma’naviyat, milliy g‘oya, vatan tuyg‘usi kabi predmetlar umuman samarasiz, u ko‘zlangan maqsadga olib kelmagan.

Shu predmetlarni kiritib, shuncha yil o‘qitib, samaradorligini o‘rganmagan, bu boradagi uslublarni va umuman siyosatni zamonga moslab tahrirlab bormaganlardan hisob so‘ralishi kerak. Yoshlar, tarmoq foydalanuvchilari aksari vatanparvarlik va ma’naviyatni asli yo‘q cho‘pchak, to‘qima g‘oya deyapti. Biroz o‘tib shu post tagidagi sharhlarda ham ko‘rasizlar bunday qarashlarni.

Ma’naviyat va vatanparvarlikni qadrsizlantirib, ma’nosizlantirib yuboribsizlar, bir yo balki bir necha avlod bu so‘zlarga nisbatan munosabati yaxshi emas. Ma’naviyat va vatanparvarlik tushunchalari sizlarni sudga berardi agar imkon bo‘lganida.
Afsus.

Endi hech yo‘q o‘ylab ko‘ringlar.
Bu boradagi noto‘g‘ri va samarasiz propagandani to‘xtatinglar, o‘zgartiringlar. Axir odamlar "ma’anaviyat" o‘zi nima deb so‘rayapti qachondan beri. Oddiygina qilib "bu sening nomoddiy olaming, ichki madaniyating, tafakkuring, axloqing" deb tushuntirib berolmagansizlar.

Aksar yoshlar ma’naviyat deganda axloq polisiyasi, senzura, etak o‘lchovchilar, uzundan uzoq beta’sir ma’ruzalar, kata-katta xatboshilardan iborat "g‘isht" kitoblar, zal to‘la bir xil kiyingan odamlar ishtirokida o‘tadigan qolip ssenariyli tadbirlar va soxta vatanparvar maddohlarni tushunyapti.
Afsus...

Umuman ko‘rsatkichlarimizga qarab ham buni bilsa bo‘ladi: dunyo bo‘yicha korrupsiya reytingidagi o‘rnimiz, firibgarlik, tovlamachilik jinoyatlari statistikasi, qonunlarga itoatsizlik, surish kerak kayfiyati...

Uzr, juda to‘lib ketdi bugun.

@shahnozxon

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi

✅Bugun shoh va shoir, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
___________
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida

“Bobur dilbar shaxs edi. Uyg‘onish davrining ajoyib sultoni, kuchli, tadbirkor kishi bo‘lib, san’atni, adabiyotni, go‘zallikni sevardi”.
Javoharlal Neru, “Hindistonning kashf etilishi” kitobidan.

“Bobur fe’li-sajiyasiga ko‘ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir. Uning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo‘yilgan”.
Eduard Xolden, ingliz tarixchisi.

“Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi”.
Uilyam Erskin,“Boburnoma” tarjimoni.

“Mirzo Boburning Hindistondagi qudrati uning bosib olgan yerlari bilan emas, u hind xalqining ko‘nglida uyg‘ota olgan hurmat-ehtirom bilan o‘lchanadi”.
Qamar Rais, hind jamoat arbobi va adabiyotshunos olimi.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

MUNOSАBАT

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Oʼzbekistondagi maktablarda bir sinfdagi oʼquvchilar soni 20 nafargacha qisqartirilishi toʼgʼrisidagi xabarlar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga koʼra, 2022-2026-yillarda umumiy oʼrta taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal taʼmirlash hisobiga 1,2 million oʼquvchi oʼrni miqdoridagi yangi quvvatlar yaratilishi topshirilgan.

Qaror bilan 2022-2026-yillarda umumiy oʼrta taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning asosiy prognoz koʼrsatkichlari tasdiqlangan boʼlib, unga koʼra respublika boʼyicha 2899 ta maktabda qurilish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.

Аyni damda bir sinfda oʼquvchilar soni 35 nafardan oshmasligi belgilangan bo’lib, blogerlardan yolgʼon maʼlumotlar tarqatmaslikni soʼrab qolamiz.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

❗️Бу видеони фарзандингиз албатта кўрсин!

Болалар ёмон ниятли одамларни фарқлай олишмайди. Улар беғуборлиги, катталарга ишонувчанлиги сабаб ёвуз ниятларнинг қурбонига айланиб қолишлари мумкин.

Шу сабаб, болангизга:

❌ шубҳали шахслар билан гаплашмасликни;
❌ уларнинг қўлидан совға олмасликни;
❌ танимаган одамларнинг машинасига ўтирмасликни тайинлашингиз лозим.

▫️ Мазкур видеороликни фарзандингиз билан биргаликда томоша қилинг ва унга бегоналар билан қандай муомала қилишни ўргатинг!

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги

Каналга уланиш:➡️ /channel/rost_24uz

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

#yangiliklar

Maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarining maoshi oshiriladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining xabar berishicha, 2023-yilda maktabgacha taʼlim xodimlarining maoshlari quyidagicha oshiriladi:

pedagog xodimlar lavozim maoshlari umumtaʼlim maktabi o‘qituvchisi lavozim maoshiga tenglashtiriladi;

direktor lavozim maoshi umumtaʼlim maktabi direktori (3- va 4-guruh) lavozim maoshiga tenglashtiriladi;

tarbiyachi yordamchisi lavozim maoshi 70 foiz oshiriladi;

oshxona va buxgalteriya xodimlari lavozim maoshiga 100 foiz ustama belgilanadi.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

VAZIR BILAN 85 YOSHNI QARSHI OLGAN USTOZ HONADONIGA BORDIK

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bilan qutlug' 85 yoshni qarshilagan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan o'qituvchi Mirfozil Mirzahmedovni tabriklagani xonadoniga bordik.

Mirfozil Mirzahmedov Matematika fanidan yangi avlod darsliklari va dasturlarini yaratishdek mas’uliyatli va sharafli ishni boshlagan bilimdon, shijoatli va doimo izlanuvchan ustoz 11 ta fan nomzodi va bitta fan doktorini tarbiyagan qadri baland olimdir.

Samimiy suhbat chog’ida ustoz maktablarda ta’lim sifatini oshirsh borasida ko’p yillik tajribalari bilan bo’lishdilar.

Vazir Mirfozil Mirzahmedovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga ta’lim yo’lida qilgan mehnatlari uchun minnatdorlik bildirdi hamda uni Xalq ta’limi fidoyisi ko’krak nishoni bilan taqdirladi.

Ustoz va vazir suhbatini videoga muhrlab oldim. Bizga ham ilm yo’lida katta iz qoldirish nasib qilsin.

Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, hurmatli Ustoz🤲

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда хорижий тиллар ва касб ўргатиш тизимини ривожлантириш масалалари бўйича кенгайтирилган йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел расширенное совещание по вопросам развития системы преподавания иностранных языков и профессионального обучения в школах.

#Mirziyoyev #yigilish #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…
Subscribe to a channel