O‘qituvchilarga vaqtinchalik to‘xtatilgan ustamalar 1-yanvardan to‘lanadi
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining «2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining barqarorligini ta'minlash va xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2020-yil 16-apreldagi 232-son bilan va 2020-yil 2- sentabrdagi qarorlariga asosan byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga 1 yanvarga qadar moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishini to‘xtatib turilgan edi.
Bugungi kunda ayrim hududlarda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanishi lozim bo‘lgan ustamalar hisoblanmayotganligi yuzasidan noroziliklar yuzaga kelmoqda. 2021 yilning 1-yanvardan boshlab mazkur ustamalarni to‘lanmasligi yuzasidan hech qanday ko‘rsatmalar berilmaganligini ma'lum qilamiz.
Vaqtinchalik to‘xtatilgan ustamalar Ishchi guruhlarining 2020 yil 1 iyulga qadar qabul qilgan qarori va direktorning buyrug‘i asosida 2021-yil 1-yanvardan boshlab o‘rnatilgan tartibda to‘lab beriladi.
Xalq ta'limi vazirligi barcha hududiy xalq ta'limi bo‘linmalariga pedagog xodimlarning oylik ish haqiga ustamalar to‘lanishini 2021- yil - yanvardan boshlab amalga oshirilishini, ustamalarni to‘lashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan tegishli mas'ullarga nisbatan intizomiy chora ko‘rishni qat'iy nazoratga olishni so‘raydi. ⚜️YAXSHI MUALLIM- SIFATLI TA'LIM «Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt |Fecebook| Aloqa
O‘QITUVCHILAR TOMONIDAN O‘TILADIGAN TO‘GARAKLARNI KIM NAZORAT QILADI?
#Savol
Maktabda fan o‘qituvchilar tomonidan o‘tiladigan to‘garaklarni kim nazorat qilishi kerak? To‘garaklarga kim mas'ul?
#Javob
Ta'lim muassasalarida tashkil etilgan to‘garaklarga direktor boshchiligida barcha rahbar xodimlar birdek mas'ul hisoblanadi.
Lekin, maktabda to‘garaklar va sport seksiyalarining faoliyat yuritishini asosan ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2020-yil 30-iyul kungi “Umumiy o‘rta ta'lim muassasasining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va sinf rahbarlari faoliyati samaradorligini oshirish haqida”gi Nizomga asosan ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ta'lim muassasasida turli to‘garaklar va sport seksiyalarining faoliyat yuritishini ta'minlash, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etishni tashkil etish maqsadida muhim tashabbuslar doirasida ta'lim muassasasida fan, sport, badiiy- estetik, san'at, texnik, ekologik, sayyohlik, o‘lkashunoslik va boshqa yo‘nalishlarda to‘garaklar, klublar faoliyatini tashkil etish, o‘quvchilarning qiziqishi, imkoniyati va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda ularni to‘garaklarga jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiradi.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ta'lim muassasalarida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyatini tashkil etishda, to‘garaklarning sifatli va o‘z vaqtida o‘tilishini nazorat qilishda ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga ko‘maklashishi lozim. Chunki, ularning ham lavozim yo‘riqnomasida ham fakul'tativ mashg‘ulotlar va fan to‘garaklarining ishlashini tashkil qilish vazifalari qayd etilgan.
Fan to‘garaklari pedagog xodimlarning pedagogik yuklamasi tarkibida bo‘lganligi bois o‘tilgan to‘garaklarga ham oylik maosh hisoblanadi. Ko‘pchilik o‘qituvchilar to‘garaklarga maosh to‘lanmaydi deb hisoblashi notug‘ri.
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ta'lim muassasasida turli to‘garaklar va sport seksiyalarining faoliyat yuritishini ta'minlash maqsadida to‘garaklar faoliyatini o‘rganishga, aniqlangan kamchilaklar yuzasidan maktab direktori va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga bildirish xati bilan murojaat qilishi mumkin.
Agar fan o‘qituvchilari tomonidan to‘garak hujjatlari to‘g‘ri yuritilmagan yoxud o‘z vaqtida o‘tilmaganligi holatlari aniqlansa, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari fan o‘qituvchisining oylik maoshidan ma'lum bir qismini ushlab qolish haqida hisobchiga xabar berishi lozim.
To‘garak mashg‘ulotlar jurnali moliyaviy davlat hujjati hisoblanadi va muassasa arxivida saqlanadi. O‘tilmagan to‘garak mashg‘ulotlari uchun oylik maosh to‘lab berilishi noqonuniy xatti-harakat deb baholanadi va bunday holatlarga yo‘l qo‘ygan shaxslar qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Eslatib o‘tamiz, Xalq ta'limi vazirligining 2020-yil 21-dekabr kungi 314-sonli buyrug‘i bilan maktablarda to‘garaklar, seksiyalar va klublar faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yishga rasman ruxsat berilgan. ⚜️YAXSHI MUALLIM- SIFATLI TA'LIM «Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt |Fecebook| Aloqa
📌O'qituvchilar uchun onlayn tanlov❗️ Mumtoz adabiyotimizning ikki buyuk shoiri tavalludi munosabati bilan "Nazm ummonida ikki dur" mavzusida onlayn tanlovda ishtirok eting .Tanlov Xorazm viloyati XTXQTMOHM "Tillarni o'qitish metodikasi " kafedrasi hamkorligida o‘tkaziladi.
✅Tanlovda ishtirok eta oladigan pedagoglar: Boshlang'ich ta'lim o'zbek (rus) ,matematika,fizika,tarix,huquqshunoslik,kimyo, biologiya,ona tili va adabiyot, davlat tili (o'zbek tili), texnologiya,informatika,ingliz tili,fransuz tili,nemis tili,rus tili,musiqa ,tasviriy san'at fani o'qituvchilari va maktab, MTT psixologlari, MTT tarbiyachilari ham ishtirok etishlari mumkin.
📌Tanlov 2 bosqichda o'tkaziladi: 🔰1-bosqich online test Online testda 85 ball va undan yuqori ball to'plagan ishtirokchilar 2-bosqichda ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadilar. ⏰1-bosqich Online testi 9-fevral kuni soat 10:00 da muallima.uz saytida boshlanadi. Barcha ishtirokchilarning vaqtini inobatga olgan holda tanlov testi kun davomida (soat 23-55gacha) oʻtkaziladi.
🔰2-bosqich videorolik yuborish Ishtirokchilar "Nazm ummonida ikki dur" mavzusida (3minutdan oshmagan ) videorolikni 14-fevralgacha tayyorlab 👉 @Muallimauz_bot manziliga yuborishi kerak.
Videoroliklar expertlar tomonidan 4ta mezon asosida baholanadi: Tanlov mavzusiga mosligi;
Ishtirokchilarning ijodkorligi va individual ishtirogi;
Videorolikning sifati (3minutdan oshmasligi)
Davlat tiliga asoslanganligi,imlosi
🎁Tanlov g‘oliblari quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi:
1️⃣-O‘RIN 500ming so'm ,kitoblar to'plami📚,diplom va esdalik sovg'alar🛍
2️⃣-O‘RIN 300ming so'm ,kitoblar to'plami📚,diplom va esdalik sovg'alar🛍 3️⃣-O‘RIN 200ming so'm ,kitoblar to'plami📚,diplom va esdalik sovg'alar🛍
❇️G'oliblardan tashqari ikkala bosqichda yuqori ball to'plagan 2nafar ishtirokchi 📚kitoblar to'plamiga ega bo'ladi.Tanlovning 2-bosqichida ishtirok etgan barcha ishtirokchilar "Maqtov yorliq"qa ega bo'lishadi. 📌 Tanlov shartlari : Barcha ishtirokchilar Muallima.uz saytidan roʻyhatdan oʻtishlari shart.
(Oldin ro'yhatdan o'tganlar bundan mustasno)
🏃Shoshiling,bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang
♻️Boshqalarga ham ulashing
⚜️YAXSHI MUALLIM- SIFATLI TA'LIM «Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt |Fecebook| Aloqa
Chimboydagi o‘quvchilar 8 km uzoqlikdagi maktabga eshakda borishmoqda
«Qizilketgen» OFY To‘ti ovulidagi bolalar maktabda eshak yoki velosipedda borishga majbur.
Agar ikkalasi bo‘lmasa, noiloj 2,5 soatlik yo‘lni sovuqda piyoda bosib o‘tishadi.
Kun.uz Chimboyning olis hududlarida «Qishloqda bir kun» loyihasini suratga oldi. «Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt |Fecebook| Aloqa
“Jismoniy tarbiya” faniga qo‘shimcha soatlar ajratildi
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining “Umumiy o‘rta ta'lim maktablari uchun 2021-2022-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 1-4-sinfgacha bo‘lgan boshlang‘ich sinflar hamda 11-sinfga qo‘shimcha 1 dars soati ajratildi. 2021-o‘quv yildan boshlab 1-11-sinflarda 2 soatdan o‘qitiladi.
Sport zali mavjud bo‘lmagan umumta'lim muassasalarida “Jismoniy tarbiya” fani qishki davr (dekabr, yanvar, fevral oylari)da O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2020-yil 24-fevraldagi 13/2-309-sonli ko‘rsatmasiga muvofiq 1-11-sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi. Bunda mavzular fan o‘qituvchisi tomonidan tig‘izlashtirilgan (mavzularni qo‘shgan) holda o‘tiladi va ushbu tig‘izlashtirilgan mavzular sinf jurnalida ko‘rsatiladi. ♻️Boshqalarga ham ulashing
⚜️YAXSHI MUALLIM- SIFATLI TA'LIM «Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt |Fecebook| Aloqa
Tiktok ohanrabosi yoxud bilimsizlik tomon ergashayotgan yoshlar
Bilaman, bu maqolani tiktokerlar ham, ularga ergashuvchilar ham o‘qimaydi, chunki ular bachkanalik bilan band. Ammo dilimdagi gaplarni maktabga kelgan tiktok ishqibozlari bo‘lgan o‘quvchilaringizga o‘qib berib, yetkazishingizga umid qilaman, aziz Ustozlar!
BATAFSIL: 👉 https://bit.ly/2Lh5Izn
"Ma'rifat" gazetasining kanaliga ulanish 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEbibUdy5b_xUFBaGA
Barcha maktablarda “Shaxmat sinflari” ochiladi, 150 ta ixtisoslashtirilgan shaxmat maktabi tashkil etiladi
Bu haqda AOKAdagi brifingda Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov maʼlum qildi:
“Joriy yilda sport musobaqalari sonini oshirish maqsadida davlat byudjetidan 100 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi. Hozirda sport bilan doimiy shugʻullanish koʻrsatkichi 19% boʻlib, 2021-yil yakunigacha bu koʻrsatkich 25%ga yetkaziladi.
Turli yoshdagi yoshlarni qamrab oladigan futbol boʻyicha «Charm toʻp” Bosh vazir kubogi oʻtkaziladi. Kelgusi yilda 916 km “Salomatlik yoʻlaklari” barpo etiladi.
Mahallalarda 500 ga yaqin stritbol maydoni, 355 ta badmentol maydoni, qoʻshimcha ravishda 420 ta mini futbol maydoni, 350 ta koʻchada vorkaut maydonchasi quriladi.
70 ta jismoniy tarbiya va sport muassasasi, 16 mingga yaqin bogʻcha va 10 000 ta maktab jami 120 mlrd soʻmlik birlamchi sport jihozlari bilan taʼminlanadi». «Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt | Fecebook
#bilasizmi
Aslida XTB metodist (mentor)larning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Ko‘pchilik o‘qituvchilar ayrim XTB metodistlari ko‘p hollarda maktablarni faqat tekshirgani kelishlarini, shuningdek ularga bosim o‘tkazishini, ko‘pol qilib aytganda har doim tirnoq ostidan kir qidirishlarini aytishib shikoyat qilishadi. Shuning uchun XTB metodistlarining vazifasi nimalardan iborat ekanligini ko‘pchilik bilib olishi kerak deb o‘yladik.
❗️Tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limlarining fan metodistlari o‘qituvchilarga quyidagi metodik xizmatlarni ko‘rsatadi:
✅ o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturlariga tayyorlash uchun o‘qituvchilarnii qo‘shimcha materiallar bilan ta'minlaydi;
✅ o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish ishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida “online metodik kun” tashkil etadi;
✅ o‘qituvchilarga fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv rejalar, dasturlar, darsliklar va boshqa me'yoriy hujjatlardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma'lumotlar beradi;
✅ o‘qituvchilar uchun tegishli fandan o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni topshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi va o‘quv-seminarlar tashkil etadi;
✅ o‘qituvchilarni o‘quv-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha metodik tavsiyalar bilan ta'minlaydi;
✅ o‘qituvchilar darslarini tahlil qiladi va ularga darsga tayyorgarlik ko‘rish, samarali dars o‘tish usullari haqida tegishli tavsiyalar beradi;
✅ o‘qituvchilarga o‘quvchilar bilan ishlash (iqtidorli va o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlash) usullarini o‘rgatadi;
✅ tayanch maktablaridagi fan bo‘yicha trener-o‘qituvchilar bilan birgalikda o‘quv yili davomida tegishli fan o‘qituvchilari uchun fan yutuqlarini tezkorlik bilan o‘zlashtirib olish, ta'limdagi yangiliklar va o‘qitish metodlarini amaliyotga joriy etishga oid o‘quvlar tashkil qiladi;
✅ o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganadi, ularning kasbiy ehtiyojlarini aniqlaydi va ehtiyojni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;
✅ o‘qituvchilarga ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish usullarinit o‘rgatadi.
Xullas XTB metodistlarining asosiy vazifalari shulardan iborat. «Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt | Fecebook
#Musibat😢😢
Fidoyi o'qituvchi...,
Farzand dog'i...Hayotda ota-ona,oila a'zolar uchun bundan ortiq qora kun bo'lmasa kerak!Hamdardmiz!
Butun O'zbekiston Respublikasi bo'ylab avvalari kuzatilmagan anomal sovuq hukm surayotgan paytda shu olimpiadaning shu kunlarda o'tkazilishi shartmidi? Suv va havo kabi zarurmidi?Bunday ,,tezlik"ka nima hojat? Bu kimga kerak?
Hatto,har to'rt yilda o'tkaziladigan eng nufuzli sport bellashuvi hisoblangan Olimpiadaning yozgi va qishki turlari mavjud! Axir, ayrim hududlardagi issiqlik tizimining holati, ayanchli ahvoli hammaga ma'lumku! YPX xizmati yo'lboshchiligini ta'minlab,
o'quvchilarni markazlashtirilgan holatda olib ketsa ham nima o'zgaradi?Kun ilib qoladi-mi?Fan olimpiadasi bahor ta'tilida o'tkazilsa nima bo'ladi?O'qituvchi fojiali vafot etdi.Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha ombudsman nega munosabat bildirmaydi? O'quvchi fojiali vafot etdi.Voyaga yetmagan bola vafot etdi!Ombudsman o'rinbosari, bola huquqlari bo'yicha vakili nega munosabat bildirmaydi?Bola huquqlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish,ta'minlash ular vakolatiku.
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan
,,Maktabga adashib kelib qolganlar boshqa ish topishi" haqida maslahat berildi. Juda to'g'ri fikr!Shu topshiriqni bergan vazirlikdagi mas'ullar ham boshqa ish topishi kerak!
✍️ O'qituvchi «Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt | Fecebook
"Chinobod plaza" sanatoriysi ochildi «Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt | Fecebook
Munosib hayot haqida "Biz gʼalaba qozonamiz" kitobidan Charlz Fini -- davlatini umrining soʼngigacha ulashgan magnat.
U keksalik gashtini ijaraga olingan uyda oʼtkazmoqda. Hozirga kelib unda shaxsiy mashina ham yoʼq. Duty free imperiyasining asoschilaridan boʼlgan 89 yoshlik magnat Charlz Fini uzoq yillar oʼz shaxsini sir tutgan holda yaxshilik ulashdi. U hayoti mobaynida toʼplagan boyligi nihoyasiga yetguniga qadar saxovatpeshalik bilan shugʼullanib keldi. Bugun minglab insonlar uning koʼmagida qurilgan kasalxonalarda davolanadi, universitetlarda tahsil oladi.
U 2020-yilning sentyabrida oʼzining xayriya jamgʼarmasini yopish uchun hujjatlarni imzolar ekan shunday dedi: "Men bugun har doimgidan ham baxtiyorman. Bu hodisa hayotligimda sodir boʼlganidan mamnunman."
Atlantic Philanthropies jamgʼarmasi 38 yil faoliyat koʼrsatdi va 2020-yilda oddiygina sabab bilan yopildi – Charlz Fini ishlab topgan va jamgʼarmaga hadya qilgan $8 mlrd oxirgi sentiga qadar tugab boʼlgan edi.
Janob Finining shaxsiy hisobida yashash uchun bir oz mablagʼ qoldi. San-Frantsiskodagi ijara uyi esa misoli tarki dunyo qilgan rohiblarniki kabi – sodda. U serhasham hayotni xushlamaydi. Uning oʼziga tegishli bir juft oyoq kiyimi va kiyim-bosh, qoʼlida $15 turadigan soati bor xolos. Saxovatli boy "ekonom-klass"da parvoz qiladi, oʼrtahol insonlar kabi ovqatlanadi.
Аynan Charlz Finining hayot tarzi va tamoyillari Bill Geyts va Uorren Baffettni xayriya tashabbuslarini koʼtarib chiqishga ilhomlantirgan. Unga qoʼshilib minglab milliarderlar boyliklarining yarmini xayriya uchun sarf qilish poygasiga qoʼshilishgan.
20-asrning ilk milliarderlaridan boʼlgan Endryu Karnegi toʼgʼri aytgan edi - oʼqi, izlan, badavlat boʼlgin va umring soʼngida topganingni seni boy qilgan xalqqa qaytar. Saxovatli boylar koʼpaysin.
* * *
✍🏻Shuhrat Sattorov «Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt | Fecebook
Beeline Uzbekistan ўқитувчилар учун янги тариф режасини ишлаб чиқди
Beeline Uzbekistan муҳим касб эгалари учун янги тарифлар ишлаб чиқди. Улар орасида таълим ва соғлиқни сақлаш ходимлари, ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимлари бор.
“Биз қилаётган ишларингизни қадрлаймиз ҳамда фидокорона ва машаққатли меҳнатингиз учун «РАҲМАТ» айтмоқчимиз! Миннатдорчилик ва қўллаб-қувватлаш рамзи сифатида биз янги ва фойдали махсус тариф режаларини ишлаб чиқдик”, — дейилади компания хабарида.
Ўқитувчилар учун ишлаб чиқилган тариф режаси – «Устоз Старт» ва «Устоз Профи» бўлиб, бу тариф режалари қўнғироқлар учун катта ҳажмдаги дақиқаларни ва СМСларни, юқори тезликда мобил Интернетни, шунингдек, ҳар қандай танлов учун телеканалларни ва мусиқани бирлаштирадилар!
– Ушбу тариф режалари ноёбдир. Ҳар бир олижаноб касбнинг вакили уларда ўзига хос нарсаларни топади. Абонентлар учун бугунги кунда сифат билан бир қаторда алоқа хизматларининг нархи ҳам жуда муҳимдир. Шунинг учун биз мулоқотда чеклашни истамайдиганлар ва алоқа билан Интернет нархларини кузатишни истаганлар учун идеал бўлган янги ойлик тарифларни ишга туширмоқдамиз. Уларда ортиқча нарса йўқ.
Айтганча, янги абонентлар учун яна бир зўр янгилик – «Устоз Профи», «Шифокор Профи», «Ҳарбий Профи», «Шифокор Старт», «Устоз Старт», «Ҳарбий Старт» тарифларига уланиш пайтида сиз “олтин рақам” танлаш хизматидан фойдаланиб, номинал қиймати 210 500 сўм бўлган рақамни 50% чегирма билан олишингиз мумкин бўлади! – дейди Бахтияр Мўминов, компаниянинг корпоратив сотувларни ривожлантириш бўйича директор.
Тарифларга уланишда абонент фақат ушбу соҳага тегишли эканлигини тасдиқловчи ҳужжатни (иш жойидан маълумотнома, иш гувоҳномаси, ушбу ходим учун ташкилотнинг хати) тақдим этиши керак.
Янги тарифлар ҳақидаги барча маълумотларни компаниянинг расмий веб-сайтидан билиб олиш мумкин.
#Bilasizmi
⚡️1-FEVRALDAN MAKTAB XODIMLARI QANCHA OYLIK OLADI?
✅Maktab direktori:
2 mln 895 ming 519 so‘m (400 o‘quvchigacha)
3 mln 091 ming 715 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
3 mln 278 ming 418 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
3 mln 467 ming 983 so‘m (1600dan ortiq)
✅Direktor o‘rinbosarlari: (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘)
2 mln 704 ming 330 so‘m (400 o‘quvchigacha)
2 mln 895 ming 519 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
3 mln 091 ming 715 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
3 mln 278 ming 418 so‘m (1600dan ortiq)
✅Direktorning ho‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:
1 mln 251 ming 639 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
1 mln 360 ming 574 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
1 mln 473 ming 637 so‘m (1600dan ortiq)
✅ChQBT rahbari:
1 mln 493 ming 075 so‘m (400 o‘quvchigacha)
1 mln 596 ming 402 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
1 mln 709 ming 293 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
1 mln 825 ming 106 so‘m (1600dan ortiq)
❗️1-apreldan ChQBT rahbari:
2 mln 90 ming 399 so‘m (400 o‘quvchigacha)
2 mln 193 ming 726 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
2 mln 306 ming 617 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
2 mln 422 ming 430 so‘m (1600dan ortiq)
✅Yoshlar yetakchisi – 2 mln 90 ming 399 so‘m
✅Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi – 2 mln 90 ming 399 so‘m
✅Psixolog – 1 mln 881 ming 359 so‘m
✅O‘qituvchilar – 2 mln 90 ming 399 so‘m
✅Oliy toifali o‘qituvchi – 2 mln 881 ming 828 so‘m
✅Birinchi toifali o‘qituvchi – 2 mln 607 ming 826 so‘m
✅Ikkinchi toifali o‘qituvchi – 2 mln 340 ming 317
✅O‘rta maxsus ma'lumotli o‘qituvchi – 1 mln 954 ming 033 so‘m
✅Maktab laboranti (1 st)– 1 mln 34 ming 211 so‘m
✅Maktab farroshi – 747 ming 300 so‘m
✅Kadrlar bo‘yicha menejer (inspektor) – 786 ming 867 so‘m
✅Kutubxonachi (o‘rta maxsus) – 994 ming 752 so‘m
Kutubxona mudiri (o‘rta maxsus) – 1 mln 147 ming 151 so‘m
Kutubxonachi (oliy ma'lumotli) – 1 mln 47 ming 106 so‘m
Kutubxona mudiri (oliy ma'lumotli) – 1 mln 251 ming 639 so‘m
«Muallima.uz» sahifalari
👇
Telegram | Sayt | Fecebook
#metodik_xizmat
1-qism|Oʻqituvchilarning ilgʻor ish tajribasi Respublika bosqichida ommalashtirilgunga qadar qanday bosqichlardan oʻtadi?
📌Ushbu video qishki taʼtil kunlari fan oʻqituvchilari hamda metodistlarning oʻz ustida ishlashlari va kasbiy mahoratlarini oshirib borishlari uchun tayyorlandi.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#ustama
Кутубхоначиларга ойлик устама белгилаш мезонларига ўзгартириш киритилди
Ҳукумат қарори (831-сон, 31.12.2020 й.) билан Вазирлар Маҳкамасининг “Умумий ўрта таълим муассасаларининг ўрнак кўрсатган ходимларини моддий рағбатлантириш тартибини такомиллаштириш тўғрисида” 2019 йил 30 сентябрдаги 823-сон қарорига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди.
✅ Киритилган ўзгартиришларга кўра, умумтаълим муассасаларидаги кутубхоначилар фаолияти устама белгилашда қуйидаги мезонлар асосида баҳоланади.
❗️Мазкур қарор билан ўқитувчиларга устама белгилаш оид бошқа янгиликлар ҳам киритилган бўлиб, улар билан танишиш учун Таълим инспекциясининг расмий канали (@uztdi)ни кузатиб боринг.
Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекциясининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифалари👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
Joriy yil - fevraldan boshlab Xalq ta'limi tizimidagi rahbar va pedagog xodimlarning bazaviy tarif stavkalari (qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalarsiz) miqdorlari
⚜️YAXSHI MUALLIM- SIFATLI TA'LIM
«Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt |Fecebook| Aloqa
Шавкат Мирзиёев:
– Иқтисодий камбағалликни қисқартириш бўйича катта ишлар олиб бораяпмиз. Лекин маънавий қашшоқликни қандай қисқартирамиз? Фикр қарамлигидан қандай қутуламиз? Ислоҳотлар учун маблағ ва инвестицияларни топяпмиз, лекин маънавий иммунитетни мустаҳкамлаш учун руҳий ресурсни қаердан топамиз? Бу саволлар ҳар биримизни ўйлантириши зарур, – деди давлатимиз раҳбари.
Йиғилишда бугун “Тафаккур”, “Маънавий ҳаёт”, “Жаҳон адабиёти”, “Шарқ юлдузи” каби журналларимиз обуначилар камлиги туфайли жуда кам тиражда нашр этилаётгани таассуф билан қайд этилди.
– Агар ҳар бир мактаб, коллеж, техникум, олий ўқув юрти кутубхонасига биттадан журнал бепул етиб борса ҳам, уларнинг тиражи камида 10 мингдан ортиқ бўлади. Бунинг учун зарур маблағни топиш шунча қийинми? Бу журналларни ўқимаган ёшларимизни қандай қилиб маънавий етук инсон сифатида тарбиялаймиз, - деди Президент.
Манба: ЎзА
👉 @xushnudbek 👈
Avvalroq kun.uz tomonidan Chimboy tumani hokimi lavozimiga tayinlangan Aybek Tajyetdinov xizmatda foydalanish uchun «Equinox» avtomobilini xarid qilayotgani haqida xabar berilgandi. Undan keyin Chimboydagi o'quvchilarning maktabga borishlari aks ettirilgan habardan keyin tumani hokimi «Equinox» xarid qilish fikridan qaytdi. «Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt |Fecebook| Aloqa
Sherzod Shermatov : "Yuqori malakali o‘qituvchilarga talab juda katta va ular doim e'zozda!"
Batafsil: 👉 https://bit.ly/3ikJXus
⚜️YAXSHI MUALLIM- SIFATLI TA'LIM «Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt |Fecebook| Aloqa
Xalq ta'limi vazirligi farzandini maktabga yubormaydigan ota-onalardan uyida zarur shart-sharoit yaratib berishlarini so‘raydi
Hurmatli ota-onalar!
Kuni kecha III chorakdan barcha maktablarda o‘quv jarayonlari to‘liq an'anaviy shaklga o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnoma ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab tushunmovchilik va e'tirozlarga sabab bo‘lmoqda.
Aytish joizki, mamlakatimizda maktablar 2020 yil sentyabr' oyidan sanitar-epidemiologik talablarga javob bergan holda bosqichma-bosqich faoliyatini tikladi.
Qishki ta'tildan avval, respublika o‘quvchilarining 90 foizi an'anaviy ta'limga qaytdi. Qolgan 10 foiz o‘quvchilarni ham kelajagiga befarq bo‘lmay, ularni ham maktab ta'limiga bevosita qamrab olish maqsad qilingan edi.
Xalq ta'limi vazirligi havotirga o‘rin yo‘q ekanligini, uyida kasallik tarqalishiga havotir katta bo‘lgan, keksa odamlari bor hamda salomatligida surunkali xastaligi bo‘lgan o‘quvchilarning ta'lim olishi uchun parallel' ravishda “Onlayn-maktab” loyihasi ham davom ettirilishini ma'lum qiladi.
Bunday oilalar avvalgi chorakdagidek o‘qishlarini uyidan davom ettirishlariga imkoniyat yaratiladi.
Aziz ota-onalar!
O‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarda ularga karantin davrida o‘qituvchilari va tengdoshlari bilan o‘zaro bevosita muloqot yetishmagani aniqlandi.
Maktabga bormayotgan o‘quvchilar esa afsuski, ana shunday imkoniyatdan mahrum bo‘lib qolmoqda, bola uchun do‘stlari bilan doimiy muloqotda bo‘lish va ular bilan bir jamoa bo‘lib ta'lim olish juda muhim, hech qanday eng zamonaviy texnologiya aynan shu muhitni bola uchun ta'minlab bera olmaydi.
Shu o‘rinda farzandini maktabga yubormaydigan ota-onalardan, ularning vaqtini besamar o‘tkazmasliklari hamda uyda ta'lim olishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib, ularni to‘liq nazoratga olishlarini so‘rab qolamiz.
Xalq ta'limi vazirligi
«Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt | Fecebook
III chorakdan barcha maktablarda o‘quv jarayonlari to‘liq an'anaviy shaklga o‘tkaziladi
Xabaringiz bor, 2020-2021 o‘quv yilining birinchi yarim yilligida o‘quv jarayoni yurtimizdagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, ota-onalarning ixtiyoriga ko‘ra an'anaviy va masofaviy shaklda olib borildi.
Xalq ta'limi vazirligi yurtimizda epidemiologik vaziyat barqarorlashgani, ikkinchi chorak yakuniga qadar 90 foizdan ortiq o‘quvchilar an'anaviy shaklda ta'lim olish maqsadida maktabga qaytganini inobatga olib, 2021-yilning 11-yanvaridan (III chorak) barcha maktablarda o‘quv jarayonlari to‘liq an'anaviy shaklga o‘tkazilishini ma'lum qiladi.
Aytish joizki, o‘quvchilarning sog‘ligini himoyalash bo‘yicha o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida o‘quv yilining birinchi yarim yilligi davomida an'anaviy shaklda ta'lim jarayoni yo‘lga qo‘yilgan maktablarda epidemiologik vaziyatning barqarorligi ta'minlandi.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ikki chorak davomida masofaviy ta'lim olish jarayonida o‘quvchilarning darslarni to‘liq o‘zlashtirishlariga yetarli imkoniyat bermadi, ayrim holatlarda o‘quvchilar televizion darslarni ko‘rish va o‘rganish o‘rniga vaqtini besamar o‘tkazish va ota-onalar tomonidan yetarli nazorat etilmasligi oqibatida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik holatlari ham kuzatildi.
Shu bois, ota-onalardan farzandlarining kelajagi uchun o‘z vaqtida bilim olishlariga sharoit yaratishlari va maktabga yuborishlarini so‘rab qolamiz.
O‘z o‘rnida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari barcha umumta'lim maktablarida qishki mavsumda issiqlik tizimini barqaror ishlashi, o‘quvchilarning sog‘ligini himoyalash bilan bog‘liq tashkiliy choralarni ko‘rish, sanitariya-gigiena va dezinfeksiya vositalari bilan ta'minlashlari talab etiladi. «Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt | Fecebook
#taqvim_mavzu_reja
✅Tarbiya fani mavzulari 3-chorakda tigʻizlashtirilgan oʻqitish rejasi asosida birinchi mavzudan boshlab yil oxirga qadar toʻliq ketma-ketlik asosida oʻqitiladi. «Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt | Fecebook
“Maktabga adashib kelib qolgan insonlarga internetda xayp ko‘tarmasdan, sekin boshqa joydan ish topishni maslahat beramiz” — Sherzod Shermatov
Batafsil: 👉https://bit.ly/39dBa9t
«Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt | Fecebook
#tarbiya Аbdulla Qodiriy "Oʼtgan kunlar" nashridan keyin oʼsha davr uchun ancha katta pul hisoblangan qalam haqi oladi. Yozuvchining oʼgʼli Habibulla otasidan velosiped olib berishini soʼraydi. Qodiriy quyidagi soʼzlarni aytib rad etadi:
"Oʼgʼlim, men senga velosiped olib berishga qurbim yetadi, lekin atrofga qara - xalq yupun, yalangoyoq, yarim och kun kechirmoqda. Men senga velosiped olib berishdan uyalaman, mening oʼgʼlim sifatida och, yupun va yalangoyoq holdagi millatdoshlaring oldida velosiped minib yurishdan sen ham uyalsang kerak". ©️Fecebookdan olindi «Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt | Fecebook
Farg‘onada dronlar yordamida aniqlangan qoidabuzarlarga jarima qo‘llash boshlandi
«Muallima.uz» sahifalari
👇
Telegram | Sayt | Fecebook
O‘qituvchilarga qachon avtokreditlar ajratiladi?
2018-yili chiqqan gap: o‘qituvchilar uchun qulay narxlarda avtokredit va uy-joylar ajratilishi haqida eshitmagan odam yo‘q bo‘lsa kerak.
Afsuski, oradan ikki yil o‘tgan bo‘lsa-da yuqoridagilarning hech biri bajarilmadi. To‘g‘ri, avtokreditlar ajratildi, lekin juda oz miqdorda ajratilganligi uchun o‘qituvchilar bu xabarni eshitishga ham ulgurmasdan belgilangan limit tugadi.
BATAFSIL: 👉 https://bit.ly/3onV5ZO
"Ma'rifat" gazetasining kanaliga ulanish 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEbibUdy5b_xUFBaGA
Oʼqituvchi kasbini mamlakatimizdagi eng obroʼli kasbga aylantirish boʼyicha Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifaning amaliy ijrosi yangi yilning birinchi ish kunidan boshlandi. Toshkent shahrida yangi qurilgan eng zamonaviy Chinobod Plaza sanatoriyasi birinchi mehmonlari sifatida respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan pedagoglar uchun oʼz eshiklarini ochdi.
Shunisi quvonarliki, bu yil ilk bora 13,5 ming nafardan ortiq pedagoglarga Oʼzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan sanatoriyalarda bepul dam olib, sogʼliqlarini tiklash imkoniyati rejalashtirilgan «Muallima.uz» sahifalari
👇
Telegram | Sayt | Fecebook
#ustama
Психологларга ойлик устама белгилаш мезонларига ўзгартириш киритилди
Ҳукумат қарори (831-сон, 31.12.2020 й.) билан Вазирлар Маҳкамасининг “Умумий ўрта таълим муассасаларининг ўрнак кўрсатган ходимларини моддий рағбатлантириш тартибини такомиллаштириш тўғрисида” 2019 йил 30 сентябрдаги 823-сон қарорига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди.
✅ Киритилган ўзгартиришларга кўра, умумтаълим муассасаларидаги психологлар фаолияти устама белгилашда қуйидаги мезонлар асосида баҳоланади.
❗️Мазкур қарор билан ўқитувчиларга устама белгилаш оид бошқа янгиликлар ҳам киритилган бўлиб, улар билан танишиш учун Таълим инспекциясининг расмий канали (@uztdi)ни кузатиб боринг.
Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекциясининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифалари👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
#ustama
Ўқитувчиларга ойлик устама белгилаш мезонларига ўзгартириш киритилди
Ҳукумат қарори (831-сон, 31.12.2020 й.) билан Вазирлар Маҳкамасининг “Умумий ўрта таълим муассасаларининг ўрнак кўрсатган ходимларини моддий рағбатлантириш тартибини такомиллаштириш тўғрисида” 2019 йил 30 сентябрдаги 823-сон қарорига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди.
✅ Киритилган ўзгартиришларга кўра, умумтаълим муассасаларидаги ўқитувчиларнинг базавий тариф ставкаларига ҳар ойлик устамалар уларнинг касбий маҳорати, маънавий-ахлоқий, тарбиявий ва синфдан ташқари ишлари учун қуйидаги мезонлар асосида белгиланади.
❗️Мазкур қарор билан ўқитувчиларга устама белгилаш оид бошқа янгиликлар ҳам киритилган бўлиб, улар билан танишиш учун Таълим инспекциясининг расмий канали (@uztdi)ни кузатиб боринг.
Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекциясининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифалари👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram