Hech bir imtihon seni xafa qilish uchun hayotingga kirib kelmaydi.
Ular senga Allohning eshiklarini taqillatishni oʻrgatadi. #anglash
@nigohlarda
• Odamlar tashqi goʻzalligingizdan koʻra shaxsiyatingizni koʻproq qadrlagani yaxshi.
• Barcha narsani bilish shart emas, lekin hech boʻlmaganda, bitta mavzuni yaxshi tushunishingiz kerak.
• Oʻzingizga yoqadigan ishlarda mohir boʻlishga intiling.
• Hayotingizda qiyin davr boʻlsa ham, atrofdagilarga bu haqida diydiyo qilib yurmang.
• Hayotingizga taalluqli qarorlaringiz begonalarning fikrlariga asoslanmasligi kerak.
• Hayotni oson deb koʻrsatish notoʻgʻri, chunki hayot oson emas. U shafqatsiz va murosasiz boʻlishi mumkin. Sizda shunday boʻlsa, oʻzingizni iloji boricha tezroq qutqaring.
• Salomatlik, biznes va hayotni birpasda oʻzgartira olmaysiz. Sizga qattiq mehnat, nekbinlik, halollik, aql va reja kerak.
Bir oʻqishda oddiy tavsiyalardek, ammo anglagan oʻquvchi jumlalar ortida nimalar borligini his eta olishiga ishonaman.
@nigohlarda
Telegram`da foydali va qiziqarli kanallar tobora ko'payib bormoqda. Bugun biz sizning e'tiboringizga adabiyot va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi eng sara kanallarni havola etamiz.
Barcha kanallarga a'zo bo‘lish uchun havolani BOSING!
/channel/nigohlarda/4570 (avval mana shu postni oʻqing)
2 yil oldin orzu qilgan “Bir kun”imga Alloh yetkazdi, hamd! 🥹
23.03.2022 / 31.03.2024
@nigohlarda
Fevral oyi Forrest Gamp bilan yakunlangandi. Yozda filmini ko’rganimda yaxshi taassurotlar olgandim. Odatdagidek, film va kitob oʻrtasida farqlar talaygina.
Forrestning bir gapi juda yoqdi: “I’m not a smart man but I know what love is”.
Qolgan ikki kitoblar esa jarayonda, ya’ni oʻqilmoqda.
@nigohlarda
Kitobparastlik, kitobxoʻrlik va kitobxonlik
Kitobparastlar oʻzlarini ma’rifatli qilib ko’rsatish uchungina kitob yig’adilar. Yiqqanlari xashaki narsami, durdona asarmi - ularga farqi yoʻq, jildli kitoblar terilib tursa bas.
Kitobxoʻrlar qoʻllariga nima tushsa oʻqiyveradilar.
Kitobxonlar esa izlab, saralab, mohiyatini anglashga astoydil intilib oʻqiydilar. Va dunyoni jaholatdan, tanazzuldan va boshqa turli ofatlardan asrab qoladilar.
- Temirpoʻlat Tillayev
Kitobxonlardan boʻlaylik!
⚡️Bugun sizlarga sizni mutolaaga undovchi eng sara kanallarni tavsiya qilmoqchimiz!
Kitoblar va tuygʻular haqida — @salimov_blogi
Kitoblar haqida fikr-mulohazalar, taqrizlar berib boriluvchi kundalik-kanal —@mutolaa_olami
Ilm yoʻlida birgamiz! – @Xushnudbek_kutubxonasi
Kitoblar olamiga o‘n to‘qqiz yoshli o‘smir nigohi ila boqish – @santuagaraoflibrary
Kino olamidan yangiliklar, shaxsiy fikrlar va nostandart qarashlar jamlanmasi – @Panda_books
Adabiyot, noshirlik, san'at va siyosat haqida mulohazalar — @timur_books
Tarjima, tavsiya va taqrizlar kanali — @stoik_kutubxonasi
Kitoblar, tarjimalar va estetika dunyosi — @usmonosphere
Diqqat! Aql ko‘zingiz ochilib ketishi mumkin bo‘lgan hudud! — @kitob_ombori
Izoh shart emas – @ceotony
Chiroyli kitoblar haqidagi chiroyli taqrizlar – @dildora_bookaholic
Kitob bilan stressni yengamiz – @doctorsmind
Sizdan iltimos, koʻproq kitob oʻqing – @Karamazovlar
Kitoblar, tabiat, hislar olami – @nigohlarda
Quyosh qizining kanali – @quyoshtaraflarda
Yangi tarjimalar va ijod kanali – @mittihaqiqatlar
Kitoblar, taassurotlar va hokazo – @larasinsight
Dunyo adabiyotiga nazar – @dunyo_klassikasi
Iqtisodiyot va hayot haqida – @economist_Martin
Odamlar olamshumul nimalarnidir muhokama qilayotgan bir vaqtda men multfilm ko’ryapman.
@nigohlarda
We are readers, of course we’re going to judge a book by its cover.
We are readers, of course we don’t like spoilers.
We are readers, of course the book is better than the movie.
We are readers, of course we fall in love with fictional characters.
We are readers, of course we’re going to be excited about cancelled plans because it means we can stay home to read.
@nigohlarda
Avtobus derazasidan qarab ketsang uzoq-uzoqlarga,
Masofalar suvratini olib ko'zlarga.
Xususan, oy bulutlar orasiga berkinib tursa…. (Rauf Parfi)
Yoʻllarni yaxshi koʻraman, ular sogʻinganlarimga eltadi.
@nigohlarda
Faqat oʻqidim, anduhimni kitoblarga sochdim. Kitob qahramonlarining dardlari uchun yig’ladim. Oʻz dardimni tushuntirishga kuchim yetmadi.
Vaholanki, yozish qoʻlidan keladigan kishilardek dardimni qogʻozga toʻkishni shunchalik xohladimki…
Lekin qoʻlimdan kelmadi. Faqat oʻqidim.
@nigohlarda
Kitobga “Oddiy, tushunarli va loʻnda”, deya baho berishibdi. Mutlaqo qoʻshilaman.
Muallif (Ilon Maskning onasi) bir ayol sifatida hayoti davomida nimalarni boshdan kechirgani, qanday hislarni yashab oʻtganligi haqida hikoya qiladi. Har bir vaziyatdan chiqargan xulosalari haqida alohida toʻxtalib oʻtgan, oʻquvchini zeriktirmaydi.
Kelgusida asqotishi mumkin boʻlgan iqtiboslarini belgilab oʻqidim, keyingi postda ulashaman. #tavsiya
@nigohlarda
🤩🤩
Bugungi manzilimiz “Cheonan shinsegae kyobomungo” kitob do’koni boʻldi. Kitoblar xilma-xilligi, dizayni va xaridorlarning ko’pligi koʻzni quvontirdi.
Ingliz tilidagi kitoblarning kamligi esa xafa qildi:)
@nigohlarda
Har bir musulmon bilib qo’yishi lozim bo’lgan haqiqatlardan biri shuki, kamolot sifatlari ila eng oliy darajada sifatlangan va xulqlangan banda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdirlar.
Shuning uchun ham musulmon kishi barcha himmatini ishga solib, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning axloqlari bilan xulqlanishga harakat qilishi kerak.
Muhammad sollallohu alayhi vasallam bandalikni joyiga qo’yib, xulqlanishni a’lo darajada oʻzlarida jamlagan zotdirlar. Kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga iqtido qilsa, hech bir qiyinchiliksiz kamolotning choʻqqisiga chiqishi mumkin.
“Ruhiy tarbiya, Xulqlanish”
@nigohlarda
Kecha biz mana shu kutubxonaga tashrif buyurdik. Orzularimdan biri edi bu yer. 🤩💫
📍Starfield library in Suwon, South Korea
@nigohlarda
«Ehtimol, yovvoyiligim va odamoviligimning sababi kitoblarda tanishgan va oʻzimga oʻxshagan insonlarni atrofimdan topa olmaganimdir… »
Eng yaxshi koʻrgan asarimdan)
@nigohlarda
Bahor yangilanish fasli. Nafaqat tabiatni balki, fikrlarimiz, shaxsiyatimizni ham o‘zgartirishimizning ayni payti.
Bugun biz sizlar uchun Telegram tarmog‘idagi adabiyot va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi eng sara kanallarni to‘plab, havola etmoqdamiz.
Tarixiy, ilmiy, falsafiy, diniy va mifologik asarlar bilan tanishib borish uchun — @stoik_kutubxonasi
Kitoblar ila Quyosh taftini his eting — @quyoshtaraflarda
Iqtisodiyot va ijtimoiy hayot haqida —@economist_martin
Adabiyot, sanʼat, tarjima va hokazo — @usmonosphere
Kitoblar, filmlar va sizni qiziqtirishi mumkin bo'lgan hamma narsa haqida — @bookerberg
BDSM - @santuagaraoflibrary
Biroz telba va biroz qimorboz Ivan Karamazov kanali — @Karamazovlar
Jahon adabiyotiga bir nazar — @dunyo_klassikasi
Kitoblar, fikrlar, tuygʻular haqida – @salimov_blogi
Kitoblar dunyosidan so’ngi xabarlar - @dildora_bookaholic
Kitoblar, jamiyat va siyosat haqida — @panda_books
Kitob, psixologiya va hayotiy mulohazalar — @marufjonblogi
Gʻaroyib doktorning gʻaroyib kitoblari — @Xushnudbek_kutubxonasi
Ijobiy odatlarni shakllantirish va kitoblar haqida — @kitobxorr
Har kuni yangilan, har kuni tug‘il — @perezagruzka_2021
Soyabon ostidagi hayot — @RaxshonaAhmedova ☔️
Faqat kitoblar haqida gaplashamiz — @doctorsmind📖
Kitoblar haqida fikr-mulohazalar, taqrizlar berib boriluvchi kundalik-kanal — @mutolaa_olami
Adabiyot, noshirlik, san'at va siyosat haqida mulohazalar — @timur_books
Kitoblar, tabiat, hislar olami – @nigohlarda
Titroq novdalarda uyg’onar hayot,
Sarg’aygan qor kabi erib bitar dard.
Yashil tuyg’ulardan chayqalasan shod,
Fevral o’tib borar, yaqinlashar mart.
Musaffo ruhingni alqaydi qushlar,
Maysalar – hayotning shirin tillari.
Uyqungni to’ldirar eng go’zal tushlar,
Oyning nurlarini silar qo’llaring.
Kunlarning chiroyi ochilib borar,
Ochilib borasan kunlarday go’zal.
Ikki fasl sening ko’nglingga qarar,
Ko’nglingni avaylab qisqarar fevral.
Uning himmati keng toki sen borsan,
Yigirma sakkiz kun tanti sayyorga.
Kundan kun go’zalsan va baxtiyorsan,
Fevral bir juft kunin sochar bahorga.
Havasim sengadir, shodlik ortmoqda,
Sarg’aygan qor kabi erib bitar dard.
Mening yuragimdan fevral o’tmoqda,
Sening yuragingga kirib bordi mart.
29.02.2024
@nigohlarda
Leaving the bookstore with a new book is the best feeling. We’ve had a rainy warm winter here with a lot of slush, reading has been - as usual - a big help to get through the dark grey days.
Читать полностью…Kitob oʻqish mana shuning uchun goʻzaldir: Sendan asrlar oldin yashagan bir inson, sening ichingni-da kemirgan, koʻpincha ifodalay olmagan tuygʻularingni ta’rif qilgan bir yerlarda.
Borligingdan xabari boʻlmagan insonning, sening oʻrningga gʻam qilganini koʻrish insonni rohatlantiradi. Anglaysan yolgʻiz emasligingni.
Kecha instagram sahifamga shu videoni joylagandim. Bir qiz shunday komentariya qoldirgan:
“Kitobdagi ozgina narx ko'tarilishi sizni o'ylantiradi lekin kiyimga kelsak eng zori va chiroylisini qimmat bo'lsa ham olishni hohlaymiz kiyimga mehr
qoyganchalik kitobga ham mehr qo'ysak shu biz un yuksalish manimcha”
500 dan ortiq kitobim bor, kiyimlarim eng ko’pi bilan 5-6 xil. Menimcha bunday izohlarni deyarli kitob sotib olmaydiganlar yozishadi. Bu hisni faqatgina doimiy kitob sotib oluvchilargina tuyishadi. Oʻzi doimiy kitob olib oʻqimaydi lekin qancha bo’lsayam kitoblar shu narxga arziydi deb yuraveradi.
Hozirda ziyoli qatlam va faol kitobxon boʻlish uchun choʻntak ham baquvvat boʻlishi kerak.
Sizningchachi?
@nigohlarda
#nimadir
Bugun negadir kitob blog foydasizmikan degan fikrlar yog’ilib kelyapti.
O’zbek zabon kitob blogerlarni Lost generation (Yo’qotilgan avlod)ga o’xshataman. Na media sohasiga kirolgan, na oy/yillik katta summada shartnomalari bor, na bir katta tadbir/bayram/festivallarga taklifnoma keladi, na bir yaxshi loyihalarga chaqiriladi. Hech biri sodir bo’lmaydi yo’q.
Shunchaki yo’qotilgan avlod…
Blog ochiladi, kreativ qilib yurityapman deyiladi. Odamlar e’tirof etdi deyiladi. Nashriyotlar tekinga 1-2 kitobni oldiga tashlab qo’ygan bo’ladi (azbaroyi kanalga qo’yish uchun. Agar 1-2 qo’yilmasa qayta berilmaydi). Reklama olaman deydi. Reklama narxi aytilsa, kitob blog ziyo uchun, juda qimmat deyiladi. Kitob o’qiladi. Taqriz joylanadi. Auditoriyadan ozgina ta’na eshitiladi. Yaxshi kitob o’qing deyiladi. Pdf kitob ber deyiladi. Menga kitob sovg’a qil deyiladi.
Burn out bo’ladi. Yozgisi kelmaydi. 2-3 oy deyarli yozmay ketadi. Kitoblar qarolmaydi. Yana biror ilinj bilan o’rnidan turiladi. Reklama berib yoki tanishlarga aytib kanalda odam ko’paytiriladi. Yuqorida sanaganlarim qaytalanaveradi.
Salom, mening YO’QOTILGAN AVLODLARIM
@mahinsworld
Eng koʻp soʻralgan kitoblardan biri “Fantom ogʻrigʻi” haqida:
Kitob yozuvchining kichik maqola va postlarining jamlanmasi. Bundan oldin “Suv hidi” kitobini oʻqigandim, ikkisi ham bir yoʻnalishdagi kitoblar.
Men kabi koʻplarda ham “Fantom ogʻrigʻi” nima oʻzi degan savol paydo boʻlgani aniq. Tibbiyotda chindan shundan termin mavjud( “Фантомная боль”). Bu nima degani? Tanadan kesib tashlangan organ asab tolalarining merosi miyada saqlanib qolishi.
Marziya Saydam adabiyotshunos, adabiy tanqidchi Ozod Sharafiddinovning muxlisi ekanligini, “Jahon adabiyoti” jurnalini aynan shu adibning publisistik maqolalari uchun sotib olib oʻqishini alohida ta’kidlagan. Ozod Sharafiddinov umrining soʻngi yillarida shakar(diabet) kasalligiga chalingan va doktorlar uning bir oyog’ini kesib tashlashga majbur boʻlishgan. U kishi doim doktorlarga kesib tashlangan oyog’ining bosh barmogʻi yoki tovoni ogʻrishidan shikoyat qilgan ekan. Doktorlar ham jiddiy muolaja qilib, ogʻriq uchun dorilar yozishgan.
Marziya Saydam esa oʻzining vatandan ayro yashash, uni hamisha qo’msash og’rig’ini fantom ogʻrigiga tenglashtirgan ushbu maqolasida. Takrorlanmas oʻxshatuv. Yozuvchining turkona ruhi (turk yozuvchilarining uslubiga oʻxshashligi) shundoq sezilib turadi. Bir qissa ming hissa an’anasidan ham foydalanilgan.
“Aslida, kasalliklarning oʻzi vujudimizda, ildizi ruhimizdadir. Buni do’xtirlarning hammasi ham bilavermaydi. Bu meros ogʻrigʻi mening ruhimni qaqshatadi.”
(Yozuvchidan iqtibos)
@nigohlarda