norbekovmarkazi | Unsorted

Telegram-канал norbekovmarkazi - NORBEKOV MARKAZI

13832

Norbekov sistemasi orqali 15 dan ortiq davlatda 38 yil davomida 4 mln dan ortiq inson o’z sog’ligini tiklagan! ✅Bepul darslar: https://t.me/+tRQasXb8bNJhYzhi ⚡️Natijalar: @Norbekov_natijalar 📞 Aloqa: +998954767677

Subscribe to a channel

NORBEKOV MARKAZI

Hayotni sevishni ko‘rishni o‘rganmoqchimisiz?

Unda bu gayd siz uchun! Optimist bo‘lish va hayotdan zavqlanishga olib boruvchi 8 qadam — Norbekov markazidan tuhfa!

O‘qing, ilhom oling va yaqinlaringiz bilan ulashing.

🔥 Reaksiyalar bilan bizni qo‘llab-quvvatlashni unutmang!

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

🎉Ko‘rish qobiliyatini tiklash bo‘yicha masterklass yakunlandi!

Barchangizga faol ishtirokingiz va qiziqishingiz uchun katta rahmat!

Endi navbat to‘liq kursga:
“Ko‘rish qobiliyatini tiklash” kursimiz 23-may kuni soat 18:00 da start oladi.

Bugungi masterklassga bag‘ishlab, faqat bugun — soat 23:59 gacha — kursga maxsus chegirma asosida ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin!

👉🏻Ro’yxatdan o’tish

Vaqtni boy bermang — ko‘zingiz sog‘ligi o‘z qo‘lingizda!

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Bugungi bepul masterklass yodingizdami?

Bugun soat 20:00 da Shuhrat Suyundiqov bilan Ko'z nurini ko'zoynak, linza va lazer operatsiyasiz tiklash mavzusida BEPUL MASTERKLASS bo‘lib o‘tadi!

Agar siz:
— Ko‘zoynakka o‘rganib qolgan bo‘lsangiz
— Linzalar noqulaylik tug‘dirayotgan bo‘lsa
— Lazer operatsiyasidan cho‘chiyotgan bo‘lsangiz — bu masterklass siz uchun!

Masterklassda siz:

✔️ Ko‘z nurining pasayishiga nima sabab bo‘lishini bilib olasiz
✔️ Tabiiy tiklanadigan tashxislar haqida ma’lumot olasiz
✔️ Amaliy mashqlarni bajarishni o‘rganasiz
✔️ Ko‘rish va ruhiy holat o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunasiz
✔️ Va eng muhimi — «Kech» deyilgan holatlarda ham nima qilish mumkinligini bilib olasiz

Yodingizda bo‘lsin: bu dars yozib olinmaydi. Faqat jonli efir!

Agar siz ham bu muammolarni boshdan kechirayotgan bo‘lsangiz, bu masterklassni o‘tkazib yubormang.

Ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:

👉 Masterklass uchun ro'yxatdan o'tish

Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng, budilnikni soat 20:00 ga qo‘yishni unutmang.

😉 Tag‘in masterklassni o‘tkazib yuborib, afsuslanib qolmang!

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Ko‘z nurini tiklashni istaganlar, yaqinroq keling!

Agar sizga ham “zreniyani faqat operatsiya bilan tiklash mumkin” deyishgan bo‘lsa — bu masterklassni aslo o‘tkazib yubormang.

20-may, soat 20:00 da — ko‘rishni tiklash bo‘yicha bepul masterklass!

Norbekov metodikasi asosida, hech qanday ko‘zoynak, linza yoki lazer operatsiyasiz ko'z nurini tiklash sirlaridan boxabar bo'ling!

Bu masterklassda siz:
— Ko‘z nurining pasayishiga nima sabab bo‘lishini bilib olasiz
— Ko‘rishni tabiiy tiklash mumkin bo‘lgan tashxislar bilan tanishasiz
— Mashqlarni o‘rganib, darhol sinab ko‘rasiz
— Ko‘rish va ruhiy holat o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunasiz
— “Kech” deyilgan holatlarda nima qilish mumkinligini bilib olasiz

Ro‘yxatdan o‘tish uchun hoziroq pastdagi tugmani bosing!

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Nega issiq kunda sovuq suv ichib bo'lmaydi?

Ko‘pchilik jaziramada muzdek suv ichishni yoqtiradi. Ammo bu odat salomatlik uchun xavf tug‘dirishini bilasizmi?

Nega sovuq suv zararli?

❄️ Organizmga shok bo‘ladi — tanangiz issiqqa moslashgan va to‘satdan sovuq kirishi stressga olib keladi.

❄️ Hazm sekinlashadi — sovuq suv ovqat hazmini qiyinlashtiradi.

❄️ Tomoqni shamollatadi — ayniqsa qizib turgan paytda muzdek suv ichish tomoq yallig‘lanishiga olib keladi.

❄️ Yurak-qon tomirlar uchun xavfli — qon tomirlari to‘satdan torayib, bosim o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.

Jazirama issiqda organizmingizga zarar bermaslik uchun xona haroratidagi suv iching. Bu sizni salqin qiladi, lekin tanangizni zo‘riqtirmaydi.

Sog‘ligingiz — o‘z qo‘lingizda!

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Ko'zlarni mashq qildirishning qanday foydalari bor?

Ko‘z mashqlari ko‘zni chiniqtirish, ko‘rish qobiliyatini yaxshilash va ko‘z bilan bog‘liq muammolarni kamaytirish uchun kerak.

Ularning foydalari quyidagicha:

▪️Ko‘z charchog‘ini kamaytiradi — uzoq vaqt telefon, kompyuter yoki kitobga qaraganingizda ko‘z muskullari zo‘riqadi. Mashqlar esa dam olishga yordam beradi.

▪️Ko‘rishni yaxshilashga hissa qo‘shadi — ayniqsa Norbekov metodidagi mashqlar muntazam bajarilganda, ko‘zoynakdan qutulishga xizmat qilishi mumkin.

▪️Ko‘z mushaklarini harakatlantiradi — bu orqali ko‘zlar har xil masofadagi obyektlarga tez va aniq moslasha oladi.

▪️Qon aylanishini yaxshilaydi — mashqlar ko‘z atrofidagi qon aylanishini faollashtirib, oziqa moddalarining ko‘zga yetib borishini ta’minlaydi.

▪️Profilaktika vazifasini bajaradi — yoshligidan mashq qilish ko‘zdagi muammolarning oldini oladi, ayniqsa miyopiya (yaqinni yaxshi ko‘rish) va gipermetropiya (uzoqni yaxshi ko‘rish) xavfini kamaytiradi.

Ushbu mashqlar orqali ko'zingizdagi turli kasalliklardan qutulishni va ko'z nurini tiklashni istasangiz, 23-maydan boshlanadigan "Ko'zoynaksiz hayot" kursida ishtirok eting.

Kursda ishtirok etish uchun pastdagi havolani bosing
🔗 HAVOLA

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Ko'zoynakni butunlay tashlamoqchimsiz?

⚡️ Bu kursdan natija olish uchun kundalik mashq, ichki intizom va qat’iyat kerak.

Kurs «mo‘jiza» emas — bu o‘z ustingizda ishlashga undovchi yo‘l.

💥 Agar siz ko‘zoynaksiz hayotga jiddiy intilsangiz va harakat qilishga tayyor bo‘lsangiz, bu kurs — birinchi qadam bo‘lishi mumkin.

Ko'z nuringizni tabiiy yo'l bilan qaytarib, dunyoni yana yorqin ranglarda ko'rishni istaysizmi?

Unda hoziroq pastdagi havolani bosib, 23-maydan boshlanadigan "Ko‘zoynaksiz hayot" kursiga yoziling 👇

🔗 HAVOLA

Shunchaki eshitish, post o'qish bilan hech narsaga erishmaysiz — toki amaliy harakat bo'lmaguncha 🔥

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Bu mif — afsona!

👓 Ko‘zoynak zreniyani tiklamaydi, ya’ni ko‘rish qobiliyatini asl holatiga qaytarmaydi. U faqat vaqtincha yordam beradi — ko‘zni to‘g‘ri yo‘nalishda sinab, tasvirni aniqroq ko‘rsatadi.

Ko‘zoynak — ko‘zdagi sinish nuqsonini (yaqinni ko'rolmaslik, uzoqni ko'rolmaslik, astigmatizm) kompensatsiya qiladi. Ammo agar doim ko‘zoynak taqilsa va ko‘zga mashq qilinmasa, ko‘z muskullari zaiflashib, zreniye yana yomonlashadi.

⁉️ Unda nima qilish kerak?
Agar zreniyeni tabiiy tiklamoqchi bo‘lsangiz:
➖ Ko‘z mashqlari bilan shug‘ullanish
➖ Ko‘z dam olishiga imkon berish
➖ Ko‘z sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlovchi ovqatlar iste’mol qilish zarur

✅ Ya’ni, ko‘zoynak vaqtincha yechim, tiklanish esa faqat sizdan boshlanadi.

❓ Oramizda ko'zoynak taqadiganlar bormi? Necha yildan beri ko'zoynak taqasiz? Shu yillar davomida ko'z nuringiz tiklandimi yo pasaydimi?

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Nimadan voz kechyapmiz?

Hayotda ayrim qarorlar bor — ularni vaqtga tashlab qo‘yish mumkin. “Bo‘lsa bo‘lar, bo‘lmasa peshona” deymiz. Harakat qilmaymiz. Jim kuzatamiz. Chunki ichimizda hali muddat bor degan ishonch bo'ladi.

Lekin ba’zi holatlar bor — u yerda jim turish kechikish bilan teng. Ayniqsa gap sog‘liq haqida bo‘lsa. Uni hech qanday pulga sotib olib bo‘lmaydi.

Bugun qo‘lingizda pul bor. Uning rejasi ham bor — ro‘zg‘or, maktab fondi, kiyim-kechak… faqat sog‘ligingiz bu ro'yxatda yo‘q. Chunki hali bel og'rig'iga chidab bo‘ladi, hali "davleniya" o‘tib ketadi, hali yurak og'rig'ini "validol" bilan yengsa bo'ladi.

Ammo biz kutgan o‘sha “hali” oxirgi nuqtaga aylanganda — pul topiladi, lekin sog‘liq topilmaydi.

Kasallikni yengish emas — oldini olish va sabablari bilan kurashish kerak.

Sizda 25 kun ichida faqat 3 ta imkoniyat bor:
➖ Kunduzgi sog'lomlashtirish kursi
➖ Kechki sog'lomlashtirish kursi
➖ Onlayn sog‘lomlashtirish kursi.

25 kun ichida — bor-yo‘g‘i 3 ta kurs. Yana sog'ligingizni ortga surasizmi yoki harakat qilasizmi?

Oldindan joyingizni band qilishni istasangiz, menejerlarimiz bilan bog'laning 👇

👩‍💻 Menejer bilan bog'lanish

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Ko‘zoynak taqadiganlar soni nega ko‘paymoqda?

So‘nggi yillarda dunyo bo‘yicha har 3-bola yoki o‘smirdan 1 tasi — miopiya (yaqinni ko‘rish) tashxisi bilan ko‘zoynak taqmoqda.

Buning asosiy sabablari:

🔻 Ekranga tikilib o‘tirish: Kuniga 4 soatdan ortiq telefon/kompyuterga qaraydigan bolalarda ko‘z mushaklari zaiflashadi.
🔻 Sun’iy yoritish: Tabiiy quyosh nuri yetishmasa, ko‘z nuri sustlashadi.
🔻 To‘g‘ri uxlamaslik, stress: Ko‘zlar dam olmasa, zo‘riqish ortadi.
🔻 Ko‘z gimnastikasi yo‘qligi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 2050 yilga borib dunyo aholisining yarmi ko‘zoynak taqishi mumkin.

O‘zbekiston bo‘yicha ham har yili minglab bolalarga ko‘zoynak yoziladi — aksariyatida sababi ekran va noto‘g‘ri yoritish.

✅ Lekin ko‘zoynakdan qutulishning tabiiy, xavfsiz yo‘li bor — bu haqda keyingi postda yozamiz.

Ma'lumotlar foydali bo'layotgan bo'lsa, yaqinlarga ulashishni unutmang!


@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Uyqudan to'ymaslik: Kasallikmi yoki oddiy holat?

Birov uchun bu oddiy charchoq belgisi bo‘lishi mumkin, boshqalar uchun esa jiddiy kasallik alomati.

📌 Odatda, sog‘lom odam 7-9 soat uyqu bilan o‘zini quvvatlantiradi. Ammo, ba’zi insonlar bunday uyqu bilan ham to‘ymaydi va doimiy charchoqni his qilishadi. Nima uchun?

1️⃣ Uyqu buzilishlari – masalan, apnoe (uyqu paytida nafas to‘xtashi) yoki inson miyasini dam olishga imkon bermaydigan boshqa muammolar.

2️⃣ Stress va ruhiy holat – ortiqcha stress yoki tashvish inson organizmiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu uyqu sifatiga ham zarar qiladi.

3️⃣ Qon yetishmovchiligi (anemiya) yoki boshqa sog‘liq muammolari – energiyani to‘g‘ri boshqarish qobiliyatiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Siz ham bunday holatlarni boshdan kechiryapsizmi? Yaxshisi, mutaxassis bilan maslahatlashib ko‘ring va sog‘lig‘ingizni asrang!

Postni esa doim uyqusirab yuradigan tanishlaringizga jo'natib qo'ying

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Tugri!!!🙏 Har kuni tongimni 3 soatini uzim uchun mazza qilib sarflayapman 😇 2012 yillar Mirzakarim Norbekov kurslarida uqiganman 3 ta kurs!!!🥰Yana intutsiya darsga qatnashish istagi yondiryapti... Chindan ham Norbekov sistemasi barakotli umr, farovon hayotni kursatadi💐💐💐💐💐💐💐

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Boylikning siri – ongda yashirin!

Siz o'zingizni bugun boy deb his qilyapsizmi? Agar yo'q bo'lsa, kelajakda boylikka erishish qiyin bo'lishi aniq. Chunki boylik faqat tashqi sharoitlar bilan emas, balki ong va ichki munosabatlar bilan bog‘liqdir.

💭 Boylik avvalo fikrlarimizda shakllanadi.
Agar siz o'zingizni boylikka munosib deb bilmasangiz, hayot taqdim etayotgan imkoniyatlarni ko'rish qobiliyatingiz zaiflashadi. Ulardan foydalanish uchun zarur bo'lgan ichki kuchni topish ham qiyinlashadi. Boylik – bu nafaqat moliyaviy erkinlik, balki imkoniyatlarni ko'rish, ularga qaror qabul qilish va harakat qilish jasorati.

💬 Ko'pincha odamlar o'zlarining salohiyatini anglamay, imkoniyatlardan qo'rqib yashaydi. "Men buni qila olmayman", "Boylik menga mos emas", "Muvaffaqiyat faqat boshqalarga tegishli" – bu kabi salbiy fikrlar ichki energiyangizni bloklaydi va sizni ortga tortadi.

🔑 Lekin bu jarayonni o'zgartirish qo'lingizda!
O'zingizga nisbatan ishonchni qayta tiklash va ongingizni muvaffaqiyatga sozlash orqali siz hayotingizni tubdan o'zgartirishingiz mumkin. Sizni cheklab turgan ichki to‘siqlarni yengib o‘tib, boylik sari qadam tashlashni boshlashingiz kerak.

Zokirjon Tojiboyev bilan Intuitsiyani rivojlantirish (3-bosqich) kursi ertaga 17:00 da start oladi. Kurs uchun atigi 4 ta joy qoldi. Shu joylardan birini band qilish uchun havola orqali ro'yxatdan o'ting:

🔗HAVOLA

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Intuitsiyani rivojlantirish kursida kimlar ishtirok eta oladi?

1- va 2-bosqich sog'lomlashtirish kurslari — bu tayyorgarlik asosidir.

Norbekov metodikasida har bir bosqich oldingisiga tayanadi. 1-bosqichda inson o‘z organizmi bilan muloqot qilishni, ong osti bloklarini yechishni va ruhiy tiklanish mexanizmlarini o‘rganadi. 2-bosqichda esa hissiyotlarni boshqarish, ichki muvozanat va ong kuchini chuqurroq rivojlantirish ishlanadi.

3-bosqich esa — intuitiv kuch bilan ishlash bosqichi.

Bu darajaga yetish uchun inson:
✅ O‘z tanasini eshitishni o‘rganib bo‘lgan,
✅ Ruhiy va hissiy jihatdan tozalangan,
✅ Ichki energiyasini uyg‘ota oladigan bo‘lishi kerak.

Agar inson 1-2-bosqichsiz
3-bosqichga kirsa, mashqlar unga og‘irlik qilishi yoki noto‘g‘ri tushunilishi mumkin. Bu esa natijaga yetmasligiga olib keladi. Shu bois, intuitsiya kursida qatnashish uchun 1-bosqich (va ideal holatda 2-bosqich) shart!

Xuddi poydevorsiz uy qurib bo‘lmaydigani kabi, chuqur ichki ishlar uchun ham tayyorgarlik zarur.

3-bosqich Intuitsiyani rivojlantirish kursi bo'yicha yana qanday savollaringiz bor? Izohlarda yozib qoldiring 👇

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Tananing tiklanish mo'jizasi

🧬 Inson tanasi o‘zini ajoyib darajada tiklash qobiliyatiga ega! Masalan, jigar hujayralari 90% gacha yangilanadi, teri esa har 27 kunda yangi hujayralarga ega bo‘ladi. O‘zingiz sezmasangiz ham, bu jarayonlar har kuni sodir bo‘ladi.

🤓 Buni bilarmidingiz?

Tana tiklanish qobiliyati eng yuqori darajaga asosan soat 22:00 dan 02:00 gacha chiqadi. Shuning uchun bu vaqtda yaxshi dam olish tiklanish mexanizmlarini kuchaytiradi. Muntazam uyqu, to‘yimli ovqatlanish va stressni kamaytirish orqali siz ham bu jarayonlarga hissa qo‘shishingiz mumkin!

🌿 O‘z tanangizga g‘amxo‘rlik qiling, u esa sizni mo‘jizaviy tiklash qobiliyati bilan ajablantirishda davom etadi

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Siz so‘radingiz, biz tayyorladik!

Obunachilarimiz fikri biz uchun doim muhim! Aynan siz qiziqqan mavzuda eksklyuziv GAYD tayyorladik.

Endi navbat sizga! Postga reaksiya bosish orqali bizni qo‘llab-quvvatlang!

200 ta 🔥 bosing – va GAYDni BEPUL qo‘lga kiriting!

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

"Onam yana ko‘zoynaksiz kitob o‘qiyapti."

Bu so‘zlarni o‘qiganda yurak quvonchdan yayraydi.
Bu shunchaki gap emas. Bu — kimningdir hayotidagi kichik, ammo muhim g‘alaba.
Bu — onasining qanday qilib kitobni qo‘liga olib, ko‘zoynak izlamayotganini ko‘rgan voyaga yetgan qiz.
Bu — onaning nevaralariga ertak o‘qiyotgani. O‘zini yana yosh, kerakli, mustaqil his qilayotgani.

Shunday izohlarni biz tobora ko‘proq olyapmiz.
Oddiy so‘zlar — lekin ular ortida yillar davomida to‘plangan qiyinchilik, ojizlik, operatsiyalardan qo‘rquv yotibdi.
Va birdan — yengillik, tiniqlik, erkinlik.

Ha, biz “mo‘jizaviy tabletkani” bermaymiz. Ammo biz o‘n yillab sinovdan o‘tgan metodikani taklif qilamiz.
U — ko‘rishni chin dildan tiklashni istaganlarga yordam beradi. Operatsiyalarsiz, linza va ko‘zoynaklarsiz.
Va bu — mumkin.

Agar siz ham shunday so‘zlarni bir kun yozishni orzu qilsangiz — ehtimol, sizning "yana" bugun boshlanadi.
💛 Sizni bugun soat 20:00 da bepul masterklassda kutamiz: "Ko‘zoynak, linza va lazer operatsiyasisiz 7 kunda ko‘rishni tiklash usuli".

Masterklassda qatnashish uchun havola orqali ro'yxatdan o'ting:

🔗HAVOLA

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Bizni kasal qiluvchi kichik odatlar…

Ko‘p hollarda kasalliklar to‘satdan kelmaydi. Ular asta-sekin, har kuni takrorlanadigan oddiy odatlar ortidan paydo bo‘ladi. Masalan:

➖ Sovuq suvni ichish odati, ayniqsa ovqatdan keyin
➖ Kech yotib, erta turishga majbur bo‘lish
➖ Telefonni yotgancha uzoq vaqt ko‘zga yaqin tutish
➖ Asabiylashgan holda ovqat yeyish
➖ Ovqatni chaynab emas, yutib yeyish
➖ Harakatsiz hayot tarzi
➖ Ilojsiz holatda ham o‘zingizni majburlab ishlash

Bu odatlar bir qarashda oddiy ko‘rinsa-da, organizmga katta zarar yetkazadi: ichki organlar toliqadi, immunitet zaiflashadi, asab tizimi yomonlashadi.

✅ Bugundan boshlab bitta zararli odatdan voz keching. Buning evaziga o'zingiz bilmagan holda ancha kasalliklarning oldini olasiz.

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Ko'z kasalligi aniqlangan bemorlar uchun foydali tavsiyalar!

✅ Sog‘lig‘ingiz to‘g‘ri kelguncha mehnat qilishda davom etishingiz mumkin, lekin asabiy va jismoniy zo‘riqishdan saqlaning. 10 kg.dan ortiq yuk ko‘tarish tavsiya etilmaydi.

✅ Ishlash yoki o‘qish paytida yorug‘lik chap tomondan tushishi va yetarli darajada bo‘lishi kerak. Har 15 daqiqada qisqa tanaffuslar qiling.

✅ Engashib ishlash sizga zararli. Agar jo‘yaklarni tozalash yoki tikuvchilik kabi ishlarni qilmoqchi bo‘lsangiz, stulchada o‘tirib ishlang.

✅ Ko‘zingiz uchun muntazam mashqlar bajarib turing.

✅ Umumiy sog‘lig‘ingizga e’tibor qarating: yurak-qon tomir, o‘pka, diabet, buyrak va jigar kasalliklari ko‘z sog‘lig‘ingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

✅ Televizor ko‘rish mumkin, faqat boshni to‘g‘ri tutib, yaxshi yoritilgan xonada tomosha qiling. Uzoq vaqt qorong‘ilikda televizor ko‘rish zararli.

✅ Tor yelkali kiyimlar va galstuklardan saqlaning, bo‘yinni qisib turuvchi kiyimlardan foydalanmang.

✅ Chekish taqiqlangan, spirtli ichimliklar ham ko‘z sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

✅ Issiq hammom olish tavsiya etilmaydi.

✅ Uzoq vaqt quyoshda qolmang, quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklardan foydalaning. Qorong‘ida ham uzoq vaqt qolishdan saqlaning.

✅ Kechki sayr va tungi uyqu ko‘z sog‘lig‘i uchun foydali. Yotishdan oldin issiq vanna va asal iste’mol qilishni unutmang.

✅ Maxsus parhez talab qilinmaydi, lekin yog‘li, achchiq ovqatlarni kamaytiring. Vitaminlarga boy oziq-ovqatlarni ko‘proq iste’mol qiling.

✅ Suyuqlikni ortiqcha iste’mol qilmang, kofeinli ichimliklar ko‘zga foydali bo‘lishi mumkin, lekin shifokor bilan maslahat qilishni unutmang.

🔥 Ma'lumotlarimiz foydali bo'layotgan bo'lsa, reaksiya qoldirib, yaqinlarga ulashishni unutmang

Ko'z nurini dori-darmonsiz tiklashni istagan barchani 23-may soat 18:00 da boshlanadigan Ko'rish qobiliyatini tiklash kursida kutib qolamiz!

👉 Ro'yxatdan o'tish

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

"Oxirgi chorasi operatsiya", deyilganlar ham tuzalishdi!

Ular siz bilan bir xil edilar. Faqat bir narsani erta tushunishdi — vaqt boy berilmasligi kerak!


Hozir siz ham o‘sha chiziqda turibsiz. Tanangiz signal bermoqda — bosh og‘riq, ko‘z xiralashuvi, vahima, bel og‘rig‘i, yurak siqilishi... Lekin siz hali ham tanlov qila olmayapsiz.

1-bosqich sog'lomlashtirish kursi — bu oddiy mashg‘ulot emas. Bu — tanangiz va ruhingizni tiklash yo‘li.

Shunchaki og‘riqlar emas, balki ularning ildiz sabablarini yo‘q qilish usuli.

Mashg'ulotlar:
🔻 26-maydan — OFLAYN
🔻 31-maydan — ONLAYN tarzda boshlanadi.

Bu metod millionlab bemorlarni:
Grija, osteoxondroz
Astigmatizm, katarakta, glaukoma
Uyqusizlik, yurak kasalliklari, varikoz
➖ Hatto "umid yo‘q" deyilgan holatlardan ham olib chiqqan!
Endi sizning navbatingiz keldi.

❗Diqqat, kursda joylar cheklangan. Har doimgidek, oxirgi daqiqagacha kutganlarga joy topilmasligi aniq.

Aynan hozir ro‘yxatdan o‘ting va hayotingizda yangi sahifani oching!
👇
Ro'yxatdan o'tish

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Dam olish kuniga munosib tuhfa!

Yakshanbani foydali va mazmunli o'tkazishni xohlaganlar uchun Shohruh Norbekovdan maxsus podkast!

Bu safar mehmonimiz — Alisher Isayev! Ular birgalikda sizni o‘ylantiradigan, hayotga boshqacha qarashga majbur qiladigan mavzularda fikr yuritganlar.

📌 Podkastda:

➖ Ichki kuchingizni qanday uyg‘otasiz?
➖ Qaror qabul qilishdan qo‘rqish – rivojlanishdagi eng katta to‘siq
➖ Hayot va biznesda muvozanatni qanday saqlash kerak?
➖ Yoshlar uchun amaliy, foydali maslahatlar

👉 Tomosha qilish uchun:

🔗 YouTube'da ko'rish

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Ko'zoynakdan qutulish uchun nima qilish kerak?

Ha, biz yana sizga Norbekov tizimida eng samarali kurslardan biri — "Ko‘zoynaksiz hayot" kursini tavsiya qilamiz

Ushbu kurs:
Ko‘z muskullarini faollashtirishga qaratilgan mashqlarni o‘z ichiga oladi
O‘ziga ishonchni oshirish, sog‘lom hayot tarzini shakllantirish va fikrlash tarzini o‘zgartirishga urg‘u beradi
➖ “Men tuzalolmayman” degan cheklovchi fikrlarni yo‘q qilishni maqsad qiladi

Yillar davomida minglab ishtirokchilar bu kurs orqali zreniyelarida ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini aytishadi, ayniqsa:
🔻 Yaqindan ko‘ra olmaydiganlar (gipermetropiya)
🔻 Uzoqdan ko‘ra olmaydiganlar (miopiya)
🔻 Ko‘z zo‘riqishidan aziyat chekadiganlar

😱 Ammo bu kursda ishtirok etish uchun shart bor!

Qanday shartligi qiziq bo'lsa, izohlarda 🔥 qoldiring, biz esa davom etamiz

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Ko‘zlar dam oladi – ruhiyat tinchlanadi

Uy sharoitida oddiy Palming mashqi bilan ko‘zlaringizdagi charchoq va zo‘riqishni yo'qoting!

✅ Oddiy, lekin kuchli usul bilan o‘zingizga energiya bering. Bir necha daqiqa vaqt ajrating va sezilarli o‘zgarishlarni his eting!

💆🏻‍♀️ Yengil, xotirjam va qulay!
Sog‘lom ko‘zlar – sizning baxtingiz!

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Ko‘zoynakdan qutulib, hayotni yana yorqin ranglarda ko‘rmoqchimisiz?

❓ Har kuni ko‘zoynakni yechib-taqishdan charchadingizmi?

❓ Tomchi dorilar, shifokorlarning "oxirgi chora operatsiya" degan tashxisi, oftobga tik qaray olmaslik sizni xavotirga solyaptimi?

Norbekov sistemasida minglab odamlar operatsiyasiz ko‘z nurini tiklagan. Siz ham ularga qo‘shilishingiz mumkin.

⁉️ Qanday qilib?

Haftasiga 1 dioptriyaga yaxshilanish mumkin bo‘lgan, ilmiy asoslangan mashqlar orqali!

➖ Ko‘zni emas, avvalo ongni, e’tiborni, ichki quvvatni uyg‘otadigan usullar bilan!

Bu oddiy mashqlar emas. Ruhiy holatingiz tinchlanadi, bosh og‘riqlari kamayadi, ko‘zlaringiz yorishadi.

🔥 Yuqori natijalar ko‘p yillik amaliyot, tajriba va ilm asosida kafolatlangan.

Navbatdagi “Ko‘rish qobiliyatini tiklash” kursimiz 23-may kuni, soat 17:00 da boshlanadi!

Joylar soni cheklangan.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun hoziroq pastdagi havolani bosib, ro'yxatdan o'ting 👇

🔗 HAVOLA

✅ O‘z ko‘zingizga, o‘z hayotingizga nur qaytarish vaqti keldi!

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

🎉 Kecha sog‘lomlashtirish kursimiz yakuniga yetdi!

Natijalar esa ajoyib — kimdir bosh og‘rig‘idan qutuldi, kimdir tushkunlikdan, kimdir yillar davomida qiynagan kasalliklardan xalos bo‘ldi.

Yuqoridagi videolarda ayrim ishtirokchilarning natijalarini ko‘rishingiz mumkin.

Endigi navbat sizniki bo‘lishi mumkin. 26-may kuni Norbekov markazida yangi sog‘lomlashtirish kurslari boshlanadi!

Ertalabki darslar — Ulug‘bek Sultonov
Kechki darslar — Ahadjon Qo‘shoqov tomonidan olib boriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havolani bosing: 🔗HAVOLA

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Yana kimni Intuitsiyani rivojlantirish kursida ishtirok etish istagi yondiryapti 🔥

⏰ Bugun soat 17:00 da barcha 1-va 2-bosqich kurslarida ishtirok etganlarni markazimizda kutib qolamiz!

‼️ Toshkentga kelolmaydiganlar uchun esa onlayn shaklda ishtirok etish imkonini yaratdik!

Ishtirokchimiz aytgandek barokatli va farovon hayotga erishish siz o'ylaganchalik qiyin emas. Buning uchun ilm o'rganib, unga amal qilib yashasak kifoya!

✨ Farovon hayot ilmi sizni kutyapti! Shoshiling!

👉 Ro'yxatdan o'tish

📍 Manzil: Sebzor 52, Mo'ljal: Tarnov kafesi yoni

☎️ Markaz administratsiyasi raqami: +998954767677

📍 Lokatsiya

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Hammada 24 soat bor… Menga esa yetmaydi

Bu gapni aytganingizda, aslida nimani nazarda tutasiz?

Ko‘pincha bu so‘z ortida:
• Yordam so‘ray olmaydigan yurak
• Har narsaga ulgirishga harakat qilayotgan, lekin o‘zini unutgan inson
• Ruxsat berilmagan dam olish ehtiyoji yotadi.

24 soat – har kimda bir xil. Ammo ularni kimga, nimaga, qanday sarflash – bu sizning tanlovingiz.

Balki vaqt yetishmayotgani yo‘qdir… Balki ortiqcha yuklarni ko‘tarib kelayotgandirsiz?

Bugun bir daqiqa to‘xtang va o‘zingizga savol bering:
«Mening vaqtimdan men nechta soatni chin dildan o‘zim uchun sarflayapman?»

⁉️ Siz oxirgi marta qachon o‘zingiz uchun vaqt ajratgansiz? Va bu vaqt sizni haqiqatan ham quvontirganmi?

Izohlarda bo‘lishing – ehtimol, kimdir aynan sizning javobingizdan ilhom oladi 👇

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

📣 “Intuitsiya kursini ham onlayn qilinglar” deganlar qanisiz?

➖ “Viloyatdamiz, kela olmaymiz”,
➖ “Intuitsiya kursi qachon bo‘ladi?”,
➖ “Shuni onlayn qilinsa edi…”

🔥 Mana siz kutgan javob. Mana siz kutgan imkoniyat.

Ertaga Intuitsiyani rivojlantirish kursi boshlanadi. Va bu safar — ilk bor ONLAYN holda qatnashish mumkin!

Endi sizga yo'l yurish, vaqt topish, yo‘lkira tashvishlari kerak emas. Faqat bir telefon va internet — bo‘ldi, siz o‘zgarish sari birinchi qadamni qo‘ygan bo‘lasiz.

Bu kursda siz:
— Ichki sezgilaringizni uyg‘otasiz.
— Yashirin quvvatlaringizni ishga solasiz.
— To‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatingiz kuchayadi.
— Yuzingizdagi qat’iyat, yuragingizdagi ishonch va hayotingizdagi aniqlik oshadi.
— Ongingiz va qalbingiz uyg‘onadi.

Bu kurs sizni hayotdagi eng muhim yo‘nalishlarda adashmaslik uchun ichki kompas bilan ta’minlaydi.

‼️ Kurs ONLAYN va OFLAYN shaklda bo'ladi.

Bu imkoniyat har doim bo‘lmaydi.
Fursatni o‘tkazib yubormang.
Ro‘yxatdan o‘ting va ichingizdagi qalb ko'zini uyg'oting:

👉 Ro'yxatdan o'tish

📍 Manzil: Sebzor 52, Mo'ljal: Tarnov kafesi yoni

☎️ Markaz administratsiyasi raqami: +998954767677

📍 Lokatsiya

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Tabassum insonning baxtli ekanligini emas, kuchli ekanligini bildiradi

Umar Hayyom

Tabassum bizni shunchalik kuchli insonga aylantiradiki, buni o'zimiz ham sezmay qolamiz

Qanaqasiga deyishga shoshilmay, Zokirjon Tojiboyev maslahatlariga quloq soling.

Vazifani bajarib ko'ring va natijasini mana shu post izohlarida yozib qoldirishni unutmang

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Intuitsiyani oddiy his-tuyg'udan qanday ajratib olish mumkin?

Bu juda nozik savol — lekin muhim. Intuitsiya va oddiy his-tuyg‘ular o‘xshash tuyulsa-da, ularni ajratish mumkin. Quyidagi farqlar sizga yordam beradi:

▪️ Intuitsiya – sokin va aniq ovoz.
Bu ichki ishonchdek: «Shuni qilishim kerak», «Shu odamga ishonmasligim kerak». Unda vahima yoki hayajon yo‘q.

▪️ Oddiy his-tuyg‘u – kayfiyatga bog‘liq.
Ular kayfiyat, stress, qo‘rquv yoki quvonchga qarab o‘zgaradi. Masalan, qo‘rqqaningiz uchun yo‘q deyishingiz mumkin — lekin bu intuitsiya emas, qo‘rquv.

▪️ Intuitsiya — darhol keladi.
Intuitsion fikr ko‘pincha birinchi soniyalarda paydo bo‘ladi. Keyin esa aql, mantiq aralashib, uni yo‘qotib qo‘yishingiz mumkin.

▪️ His-tuyg‘u — tafakkurdan keyin paydo bo‘ladi.
U ko‘proq o‘y-xayol natijasi sifatida shakllanadi. Intuitsiya esa — o‘y emas, ichki sezgi.

▪️ Intuitsiya – sokin, his-tuyg‘u – shovqinli.
Intuitsiya ichingizda jim, sokin ovoz bilan «shu to‘g‘ri» deydi. His-tuyg‘ular esa baqiradi — «U seni mensimayapti!», «Endi nima bo‘ladi?!».

Agar qaror qabul qilayotganingizda o‘zingizni tinch, sokin va aniq his qilsangiz — bu intuitsiyadir. Agar vahima, g‘azab yoki kuchli hissiy to‘lqin ustida bo‘lsangiz — bu his-tuyg‘u.

Xo'sh, sizda ko'proq qay biri ishlaydi: his-tuyg'u yoki intuitsiya?

Javoblaringizni izohlarda kutamiz 👇

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…
Subscribe to a channel