norbekovmarkazi | Unsorted

Telegram-канал norbekovmarkazi - NORBEKOV MARKAZI

13832

Norbekov sistemasi orqali 15 dan ortiq davlatda 38 yil davomida 4 mln dan ortiq inson o’z sog’ligini tiklagan! ✅Bepul darslar: https://t.me/+tRQasXb8bNJhYzhi ⚡️Natijalar: @Norbekov_natijalar 📞 Aloqa: +998954767677

Subscribe to a channel

NORBEKOV MARKAZI

Bola bilan qanday munosabatda bo'lishimiz kerak?

Boladagi ruhiy o'zgarishlarni avvalo ona bilishi lozim

Bolaga yolg'on gapirish qanday oqibatlarga olib keladi?

🎙 Nurjahon Mahamadiyorova

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Sizning farzandingiz ham jizzakimi?

Mushtdekkina bo'la turib, yer tepinib yig'layotgan bolaga qarab hayron qolasan: kichkina bola nimaga buncha "нервничать" qiladi?

Bu hol sizga ham tanishmi? Hoynahoy shunaqa asabiy boladan qo'shningizda, singlingizda yoki o'zingizda bor.

Bu holatning asosiy sababi esa videoda keltirib o'tilgan. Videoni oxirigacha tomosha qiling va shunaqa jizzaki bolasi bor tanishingizga jo'natib qo'ying

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Bolalarni bir - biriga va ota - onaga qanday qilib mehribon qilib o'stirish kerak?

Bolalarimizni mehribon, o'ziga ishongan va ota - onasiga mehr-oqibatli qilib tarbiyalashning 3 sirini ushbu ovozli xabarda batafsil eshiting.

🎤Nurjahon Mahamadiyorova

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

📢 O‘smirlar uchun maxsus sog‘lomlashtirish kursi

Farzandingiz oxirgi paytlarda asabiylashayotganini yoki tez lovullab ketishini sezganmisiz?

🥺 Balki u tengdoshlariga qaraganda bo‘yi pastligidan uyalayotgandir?

📱Yoki telefon oldidan uzoqlashish unga qiyin kechayotgandir?

3-yanvardan boshlab, Ahadjon Qo‘shoqov boshchiligidagi maxsus sog‘lomlashtirish kursi farzandingizga yangi imkoniyatlar eshigini ochadi!

💡 Ushbu kursda o‘smirlarga jismoniy rivojlanish va ruhiy muvozanatni yaxshilashga yordam beradigan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

🔸 Jismoniy mashqlar orqali bo‘yni o‘stirish va kuchliroq bo‘lish

🔸 Motivatsion darslar bilan o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish

🔸 Sog‘lom turmush tarzi odatlarini shakllantirish

📅 Kurs sanasi: 3-yanvar

Joylar cheklangan! Bugunoq  farzandingiz uchun joy band qiling!

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Bolalarni gadjetlardan himoya qilishning sog‘lom usullari

Bolalarni gadjetlarning salbiy ta’siridan qanday himoya qilish mumkin? Quyidagi foydali maslahatlarni hayotingizga tadbiq qiling:

1⃣ Cheklov qo‘ying:
Bolalar uchun kuniga 1-2 soatdan ko‘p bo‘lmagan gadjet vaqti belgilab qo‘ying. Bu me’yor bolalarni haddan tashqari bog‘lanishdan himoya qiladi.

2⃣ Muqobil faoliyatlar taklif qiling:
Sport, kitob o‘qish yoki ijodiy mashg‘ulotlar bolalarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi va ularni real hayotga ko‘proq jalb qiladi.

3⃣ Oilaviy vaqtni oshiring:
Birga o‘yinlar o‘ynash, sayrga chiqish yoki oddiy suhbatlar bolalar uchun real dunyoning qanchalik qiziqarli ekanini ko‘rsatadi.

4⃣ Ekran vaqti gigiyenasi:
Kechki payt gadjetlardan foydalanishni cheklang va ko‘z damini olishga alohida e’tibor qarating.

Gadjetlardan foydalanish zararli emas, ammo ularni sog‘lom chegaralarda saqlash bolalarning baxtli va sog‘lom o‘sishiga xizmat qiladi!

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Eng to'g'ri tarbiya — o'rnak bo'lish

Ota-onalar nolishi emas, balki, o'zlari o'zgarishlari orqali farzandlarini tarbiyalashi lozim!


☝️
Bilamiz, oson emas...lekin, bir o'ylab ko'ring sizda boshqa iloj bormi? Afsuski, yo'q!

📌 Eslab qoling! - siz va farzandingiz o'rtangizdagi har qanday muammo-masalaga faqatgina siz aybdorsiz, boshqa hech kim emas.

‼️ Lekin yana bir yo'li bor — u ham bo'lsa farzandingizni 3-yanvardan boshlanadigan Bolalar sog'lomlashtirish kursida ishtirok etishi

O'zingizni o'zgartira olmayapsizmi, sizni endi farzandlaringiz o'zgartiradi!

Bolalar kursi Nurjahon Mahamadiyorova tomonidan o'tiladi va 6 yoshdan 11 yoshgacha bolalarga mo'ljallangan.

Pastdagi tugmani bosib, ro'yxatdan o'tib, to'lovni amalga oshirsangiz, 15% chegirmaga ega bo'lasiz!

Ta'tildan unumli foydalaning va farzandingiz ruhiy holatini e'tiborsiz qoldirmang!

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Intuitsiyaning yana bir eng qiyin va xavfli dushmani bor — bu XATO QILISHDAN QO‘RQISH, chunki u avvalgi barcha dushmanlarni o‘z ichiga oladi.

Xato qilishdan qo‘rqqanimizda, biz his-tuyg‘ular mayatnikini tebratishni boshlaymiz, bu esa, bilganimizdek, intuitsiyani bo‘g‘adi. Qizig‘i shundaki, hattoki oddiy kartalar bilan mashqlar qilsangiz ham, masalan, yutqazish xavfi yo‘q bo‘lgan paytlarda ham, noto‘g‘ri javob berishdan qo‘rqish paydo bo‘ladi! Kartaning rangini noto‘g‘ri aytib qo‘yishdan qo‘rqish hissi paydo bo‘lishi mumkin.

XATO QILISHDAN QO‘RQMANG, eng muhimi — bu izlanish, ijodkorlik va mashqdir. O‘zingizga xato qilishga ruxsat bering! Agar siz faqat to‘g‘ri javobni topishga intilsangiz, demak, erkin emassiz!

Mirzakarim Norbekov — "Tentakning tajribasi-6" kitobidan


@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Farzand tarbiyasida tez-tez uchraydigan xatolar

🛡️ Haddan tashqari himoya qilish
Bolaga mustaqil qaror qabul qilish imkonini bering. Har narsani o‘rniga hal qilib berish, uni hayotga tayyorlamaydi.

🫵 Boshqalar bilan qiyoslash
"Qo‘shning o‘g‘li yaxshi o‘qiyapti" kabi gaplar bolaning o‘ziga ishonchini yo‘qotadi. Har bir bola o‘ziga xos.

😤 Ortiqcha jazolash
Xatoni tushuntirib o‘rgatish – jazodan samaraliroq.

💔 Mehrni ko‘rsatmaslik
Farzandingiz sizni sevishini biladi. Ammo, sizning mehringizni ochiq-oydin ko‘rsatishingiz uning ruhiy holati uchun juda muhim.

🔎 Ortiqcha talablar qo‘yish
"Faqat a’lo baholar kerak" degan so‘zlar bolaning siqilishiga olib keladi. Qo‘llab-quvvatlang va yordam bering.

Tarbiya bu sevgi va sabr bilan amalga oshadigan jarayon. Farzandingizni yomon ko‘rsatishdan ko‘ra, unga o‘rnak bo‘ling!

⁉️Siz ham farzand tarbiyasida shunday xatolarni qilganmisiz? Shu haqda o‘z fikringizni yozing!


@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Qishda bolalar salomatligini qanday saqlash mumkin?

❄️ Qish fasli — bolalar immuniteti uchun haqiqiy sinov davri. Bu mavsumda to‘g‘ri ovqatlanish ularning sog‘lom o‘sishi va viruslardan himoyalanishiga yordam beradi.

Bolalar ratsionida albatta quyidagilar bo‘lishi kerak:

Vitaminlarga boy mahsulotlar: sabzi, lavlagi, qovoq, sitrus mevalar (apelsin, limon, mandarinlar) va quritilgan mevalar.

Sog‘lom oqsillar: baliq, go‘sht, tuxum va tvorog. Ular organizmning himoya tizimini mustahkamlaydi.

Immunitetni oshiruvchi tabiiy mahsulotlar: asal, qora zira yog‘i va zanjabil.

Issiqlik beruvchi uglevodlar: guruch, grechka va jo‘xoridan tayyorlangan issiq taomlar.

Bundan tashqari, bola yetarli suyuqlik ichishi, issiq o‘simlik choylari va kompotlar bilan kunni boshlashi muhim.

Sog‘lom ratsion — bu faqatgina to‘g‘ri ovqatlanish emas, balki sog‘lom hayot tarzining muhim qismidir. Bolalaringiz sog‘lom va baxtli bo‘lishi uchun ularning oziqlanishiga e’tibor bering!

Norbekov salomatlik markazi sizni va farzandlaringizni sog‘lom hayot sari chorlaydi!

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Ovqat hazmi: Tabiatning ajoyib laboratoriyasi

⏯️ Ovqat hazmi og‘izdan boshlanadi
Tishlar ovqatni maydalab, so‘lak esa kraxmalni parchalashni boshlaydi. Kun davomida 1,5 litr so‘lak ishlab chiqarilishi hazmning ilk bosqichini samarali qiladi.

2️⃣ Oshqozon kislotasi kuchi
Oshqozon suyuqligi shunchalik kuchli-ki, metallarni ham parchalashi mumkin. Ammo oshqozonning himoya qatlami uni zararlanishdan asraydi.

3️⃣ Ichaklarning murakkab mexanizmi
Uzunligi 7 metr bo‘lgan ichaklar hazm jarayonining asosiy qismini bajaradi. Ichaklardagi mikroorganizmlar nafaqat ovqatni parchalashga yordam beradi, balki immunitetni mustahkamlaydi.

4️⃣ "Ikkinchi miya" roli
Ichaklar 100 milliondan ortiq nerv hujayralariga ega bo‘lib, stress va kayfiyatga ta’sir ko‘rsatadi.

5️⃣ Hazmning vaqti
Ovqat og‘izdan oshqozonga 7 soniyada yetadi, ichaklarda esa 6-8 soat davomida hazm bo‘ladi.

6️⃣ Peristaltika jarayoni
Ovqat ichaklarda mushak qisqarishlari orqali harakatlanadi. Bu nafaqat foydali moddalarni so‘rishga, balki chiqindilarni chiqarishga ham yordam beradi.

7️⃣ Oshqozonning tovushi
Ochlikda yoki hazm jarayonida oshqozon mushaklari qisqarishi natijasida "gurillash" ovozi eshitiladi.

8️⃣ Hazmning mukammalligi
Organizm ovqatdan maksimal foyda oladi: energiya, vitaminlar va minerallar. Hatto chiqindilar ham qisman qayta ishlanadi.

Ovqat hazmi murakkab va mukammal jarayon. Organizmni sog‘lom oziq-ovqat bilan qo‘llab-quvvatlash uning samaradorligini oshiradi.

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Ayol qayerdan energiya oladi?

Hech narsaga hafsalangiz yo‘qmi? Ishga qo‘l urishni xohlaysiz, ammo energiya yetishmayaptimi?

📱 Ijtimoiy tarmoqlar va seriallar ichiga g‘arq bo‘lib, rejalaringizni chetga surib qo‘yyapsizmi? Bu holatlarning orqasida nima borligini bilishni istaysizmi?

📹 Ushbu videoda ayollarning energiya yo‘qotish sabablari va ularni qanday tiklash mumkinligi haqida suhbatlashamiz.

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

MASTERS CLUB 2025 DA QANDAY YANGILANISHLAR BO'LMOQDA?!

Hozirda klub dasturi va formatini yaxshilash ustida qizg'in ishlar olib borilmoqda...

Qisqa yangiliklarni aytadigan bo'lsak klubning olti oylik va bir yillik a'zolari uchun ushbu qulayliklar tashkillashtirilmoqda.

1. Har oyda bir marotaba bitta klub a’zosi bilan biznes"razbor";
2. Har oyda bir marota bitta klub a’zosi bilan uning shaxs sifatida kamchilik va yutuqlarini "razbor" qilish;
3. Biznes Ekskursiya - klubimizning "alochi" o'quvchilarining biznesiga ekskursiya tashkillashtirish;
4. Klub platformasiga obuna bo'lish.Hozirda platforma ustida ishlar olib borilmoqda. Bu platforma klub a’zosiga klub mashg'ulotlaridan so'ng darslarni qayta ko'rish imkoniyatini beradi.

Hamda bir yillik a'zolar uchun yana quyidagi bonuslar berilmoqda

1. Norbekov markazida Shoxruh Norbekov va Zokirjon Tojiboevlar ishtirokidagi har qanday darslarda bepul ishtirok etish imkoniyati.

2. Bir oyda bir marotab klub ustozlaridan biri Shoxruh Norbekov yoki Zokirjon Tojiboevdan individual konsultatsiya olish imkoniyati.

Ha aytgacha, 22-yanvarda klubimizning ilk mashg'ulotlari bo'lib o'tadi. Ishtirok etish va ushbu bonuslarni qo'lga kiritish uchun oldindan joyingizni band qiling 👇

JOYNI BAND QILISH

ESLATMA
Ushbu uchrashuv uchun mehmonxonada ajratilgan joylar soni 86 ta. Ulgurib qoling!

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Qalb va aqlni qanday uyg‘unlashtirish mumkin?

Hayotda ichki tinchlik va baxtga erishish uchun qalb va aql birgalikda ishlashi kerak. Hoziz siz bilan buning oddiy va samarali yo‘llarini ko'rib chiqamiz:

1️⃣ Hissiyotlaringizni tinglang. Ichingizda nimadir aytmoqchi bo‘lsa, uni e’tiborsiz qoldirmang. Hissiyotlaringizni boshqaring, lekin ularning qiymatini ham biling.

2️⃣ Qalb va aqlni birlashtiring. Qaror qabul qilishda qalbingiz nima deyayotganini eshiting, aql bilan esa bu qarorni mustahkamlang.

3️⃣ Asosiy qadriyatlaringizni aniqlang. Siz uchun muhim bo‘lgan narsalar atrofida harakat qiling. Bu qalb va aqlingizni bir yo‘nalishga olib keladi.

4️⃣ O‘rganing va boyib boring. Kitob o‘qish, o‘rganish orqali aqlingizni rivojlantiring, qalbingizni esa tabiat, san’at yoki yaqinlaringiz bilan suhbat orqali boyiting.

5️⃣ Tinchlikni qabul qiling. Ba’zida ichingizda qarama-qarshi fikrlar bo‘ladi. Sabrlik bilan bu jarayondan o‘ting, vaqt o‘z o‘rnini ko‘rsatadi.

6️⃣ Ichki sokinlik odatlarini yarating. Namoz, meditatsiya, yoki oddiy nafas olish mashqlari qalb va aqlni uyg‘unlashtirishda yordam beradi.

‼️ Ertaga boshlanadigan “Hissiyotlarni boshqarish” 2-bosqich mashg‘ulotlarida siz bularning barchasini chuqurroq o‘rganasiz.

Ro'yxatdan o'tishga ulgurdingizmi?

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

MUHIM YANGILIKLAR SIZNI KUTMOQDA!!!

Rasman 22-26-yanvar kunlari "Tibet Mount's Flor" oromgohida Masters Clubning navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ushbu uchrashuv mavzusi: ⤵️
“Moliyaviy erkinlik va oilaning biznesga ta'siri yohud baraka oqimini biznesga burish” deb nomlanadi.

Bu safargi uchrashuvimiz 2025-yildagi ilk uchrashuv bo'lganligi uchun Sizga ajoyib chegirma va bonuslar tayyorladik.

Lekin, bitta muammo bor...Kompleksdagi joylar soni bor - yog'i 86 tani tashkil etmoqda.

Chegirmali narxlar bilan rasm orqali tanishishingiz mumkin.

Klubda o'z joyingizni band qilish va chegirmaga ega bo'lish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting!

JOYNI BAND QILISH ⬅️
JOYNI BAND QILISH ⬅️
JOYNI BAND QILISH ⬅️

P.S Odatda bunday joylar 3-5 kun ichida to'lib ketadi.

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Hissiyotlarni boshqarolmaslik — kasalliklar uchun ko'prik

Hissiyotlarni boshqarolmaslik – ko‘pchilikka tanish holat. Bilsangiz, bu holat nafaqat ruhiy, balki jismoniy sog‘lig‘ingizga ham ta’sir qilishi mumkin

💙️ Qandli diabet:
Ha, to‘g‘ri eshitdingiz! Stress holatida organizmda qand miqdori ko‘tariladi, bu esa uzoq muddatli asabiylikda qandli diabetga olib kelishi mumkin.

💙️ Oshqozon yarasi:
Miyaga “Bu dunyo adolatsiz!” signalini uzatganingizda, oshqozoningizda ham bunga javoban “Yara” nomli kichik "yo‘ldosh" paydo bo‘lishi mumkin.

💙️ Yurak xurujlari:
Hissiyotlarni yig‘ib yurish – yuragingizga ortiqcha yuk. Jahlingiz chiqsa, chuqur nafas oling va yuragingizni asrang!

💙️ Uyqusizlik:
Qo‘shni it tun bo‘yi vovullaganda, uxlamaganingizni tushunish oson. Lekin sizning o‘z fikrlaringiz tun bo‘yi miyangizda “vovullab” yursa, hech qanday uyqudan so‘z bo‘lishi mumkin emas.

💙️ Immunitetning tushishi:
Stress va hissiyotlar bilan “urish” – immun tizimingizni ham “yig‘latishi” mumkin. Shundan so‘ng, oddiy shamollash ham kutilmaganda “katta partiya”ga aylanib ketishi hech gap emas.

Hissiyotlarni boshqarish nafaqat ruhiy, balki jismoniy salomatlik uchun ham muhim.

Shunday ekan, ortiqcha stress, g‘azab va asabiylikni bir chetga surib qo‘yib, sokin va sog'lom bo'lishni istasangiz, 21-dekabrdan boshlanadigan  2-bosqich sog'lomlashtirish mashg'ulotlarida
ishtirok eting

👉Kursga yozilish

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Bu asabiylik va jizzakilik me'yoridan oshib ketsachi?

Boladagi asabiylik o'zidan paydo bo'lib qolmaydi. Ustoz yuqorida aytganlaridek, bosh sababi gadjetlarga mukkasidan ketish bo'lsa, yana boshqa sabablari ham talaygina

Bolalarda bu kabi holatlar turli sabablar tufayli yuzaga kelishi mumkin: uyqu yetishmovchiligi, noto‘g‘ri ovqatlanish, stress yoki emotsional qo‘llab-quvvatlash yetishmovchiligi.

Nima qilish kerak?

1️⃣ Uyqu rejimini qayta ko‘rib chiqing: Uyqusizlik asabiylikka olib keluvchi omillardan biri bo‘lishi mumkin. Farzandingizning uyqu tartibini yaxshilang, kechqurun sokin va tinch muhit yarating.

2️⃣ Ovqatlanishni nazorat qiling: Shirinliklar va gazli ichimliklar asabiylikni kuchaytirishi mumkin. Sabzavotlar, mevalar va to‘yimli ovqatlar bilan boyitilgan ratsion farzandingizning kayfiyatini yaxshilaydi.

3️⃣ Stressni kamaytiring: Agar bolangiz ko‘p miqdorda stressga uchrayotgan bo‘lsa, bu uning asabiy bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. U bilan ko‘proq vaqt o‘tkazing, u bilan gaplashing va uning muammolarini tinglang.

4️⃣ Harakat qilishga sharoit yarating: Sport bilan shug‘ullanish yoki ochiq havoda sayr qilish bolalardagi energiyani chiqarib yuborishga yordam beradi va asabiylikni kamaytiradi.

5️⃣ Psixolog bilan maslahatlashish: Agar barcha choralarga qaramay, bolangizning holati o‘zgarmasa, psixolog bilan maslahatlashish muhimdir. Mutaxassislar yordamida bolangizning muammosi aniqlanib, tegishli choralar ko‘rilishi mumkin.

Norbekov sog'lomlashtirish markazida bolalar va ota-onalar uchun maxsus psixologik dasturlar mavjud. Aynan 3-yanvardan boshlanadigan Bolalar va o'smirlar sog'lomlashtirish kursi farzandingiz emotsional salomatligini yaxshilashda yordam beradi

👉 Kursga ro'yxatdan o'tish
👉 Kursga ro'yxatdan o'tish
👉 Kursga ro'yxatdan o'tish

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Barchasi 490 ming so'm!

Ha-ha, to'g'ri o'qidingiz! Toshkentda ilk marta o'tgan Norbekov Forumi zapislari va aql bovar qilmas bonuslar eng arzon narxlarda!

Norbekov Forumi zapislari orqali siz quyidagi bilimlarga ega bo'lasiz:

✅ Hayotingizni o‘zgartirishga ilhom beruvchi real hikoyalar va motivatsion ma'ruzalar.

✅ O‘z salomatligingiz va ruhiy barqarorligingizni tiklash uchun amaliy mashg‘ulotlar.

✅ Muvaffaqiyatga erishish sirlari va hayotingizni boshqarish bo‘yicha eng samarali usullar.

Bu hali hammasi emas! Sizni bir-biridan ajoyib bonuslar kutyapti!

🔻 Omad ustaxonasi natijalari - Shohruh Norbekovning 1 kunlik darsligi - 890 000 so'm
🔻 Baraka omillari - intensiv trening, Shohruh Norbekov va Mirzakarim Norbekovdan 1 kunlik dars - 690 000 so'm
🔻 Mirzakarim Norbekovning 4 ta elektron kitobi
🔻 Mirzakarim Norbekovning 3 ta yopiq masterklasslari - 990 000 so'm

Bularning barchasi atigi 490 ming so'm!

📅 Tarif muddati: 2 oy

‼️ 25-dekabrdan narxlar oshadi!

Tezroq bot orqali ro'yxatdan o'tib, to'lovni amalga oshiring va Norbekov Forumi atmosferasini his qiling!

👉 @NORBEKOV_FORUM_BOT

Qo'shimcha savollar uchun adminlarimiz bilan bog'laning:

👉 Admin bilan bog'lanish

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Do‘stim, sizningcha, katta muvaffaqiyatga kim erishadi — o‘ziga ishonmaydiganmi yoki o‘ziga ishongan insonmi? Qaysi biri samaraliroq — strategiya yoki ichki holat?

Ko‘pincha noto‘g‘ri strategiyaga ega bo‘lgan, ammo o‘ziga ishonchi baland va ruhiy holati mustahkam inson katta yutuqlarga erishadi. Bunga ko‘plab misollar bor. Ammo, ajoyib strategiyaga ega bo‘lib, ruhiy holati notinch va ishonchsiz odam muvaffaqiyatga erishishi qiyin.


Demak, eng avvalo ichki holatni tartibga solish kerak. Bizning harakatlarimiz samaradorligi ichki holatimizga bog‘liq.

Mirzakarim Norbekov — "Tentakning tajribasi-6" kitobidan


@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

QACHON HAYOTNI YAXSHILASH HAQIDA O'YLAB KO'RISH KERAK?

Inson bir necha yillab bir ishni qayta - qayta qilaversa u ish unga odat bo'lib qoladi.

Qilayotgan ishi ich-ichigacha singib ketganidan fikrlamay qo'yish ehtimoli ham bor.

Bilasizmi, inson qachon hayoti haqida yaxshilab o'ylab ko'rishi kerak?

15 daqiqa ovqatlanish uchun 8 soat ishlayotgandami?…

2 haftalik ta'til uchun yil bo'yi ishlagandami?…

Qariganda nafaqaga chiqish uchun bir umr kamchiliklarga rozi bo'lib ishlagandami?…

Davomini o'qish

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Gadjetlarning bolalar salomatligiga zarari

Bugungi kunda gadjetlar bolalar hayotining bir qismiga aylangan. Ammo ular haddan tashqari ko‘p ishlatilganda bolalar salomatligiga qanday ta’sir qilishi mumkin?

Ilmiy tadqiqotlar bu borada xavotirli faktlarni ochib berdi:

1⃣ Ko‘rish qobiliyatiga zarar yetkazishi:
Har kuni 2 soatdan ortiq ekran oldida bo‘lish ko‘z charchoqlari, quruqligi va miyopiya xavfini oshiradi.

2⃣ Uyquning buzilishi:
Kecha ekran bilan vaqt o‘tkazish melatonin ishlab chiqarilishini sekinlashtiradi, bu esa uyqu sifatiga salbiy ta’sir qiladi.

3⃣ Psixologik muammolar:
Virtual olamda ko‘p vaqt o‘tkazish bolalarda xavotir, depressiya va ijtimoiy izolatsiyani keltirib. chiqarishi mumkin

4⃣ Jismoniy faollikning kamayishi:
Harakatsizlik bolalar orasida semirish va boshqa sog‘liq muammolariga olib keladi.

📌 Eslatma: Gadjetlar foydali bo‘lishi mumkin, ammo ularning cheklovsiz ishlatilishi bolalar hayotiga jiddiy zarar keltirishi mumkin.

Agar sizga mavzu qiziq bo'lsa, keyingi postda bu muammoni qanday hal qilish haqida yozamiz!

Davom etaylikmi?


@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Bir lahzaga to'xtang!

Tongni his qilayapsizmi?


Tashqariga qarang. Havo salqin, daraxtlar esa shivirlamaydi. Atrof go‘yo nafas olishini to‘xtatgandek. Atrofda qor bo‘lmasa ham, qishning o‘ziga xos sukuti bor. Bu sukunat bizni ichki tinchlikka chorlaydi.

Bir lahzaga to‘xtang... Balkonga chiqing yoki deraza yoniga boring. Sovuq havodan chuqur nafas oling va ichingizni tozalang...

...bu lahza sizga kerak edi, shunday emasmi? Har kuni shoshilib, o‘zimizni unutib qo‘yamiz. Lekin tabiat bizga: “To‘xta, nafas ol, ichingni tingla,” deydi.

Keling, bugungi kunni biroz boshqacha boshlaylik. Orzularingizni eslang, ichingizdagi sukutdan zavqlaning va o‘zingizni tabiat bilan uyg‘un his qiling. Axir qish ham bizni yangilanishga, ichki kuch yig‘ishga undaydi.

Hayotingizning bugungi qishki lahzalaridan rohat oling.

Biz esa sizga issiq choy bilan boshlanadigan sog‘lom va osoyishta kun tilaymiz! ❄️


@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Bolangiz o'smir yoshidami?

➖ Farzandingizning bo‘yi tengdoshlaridan pastmi?

➖ Ko‘z nuri zaiflashyaptimi?

➖ Telefon va kompyuterga mukkasidan ketganmi?

➖ Yomon xulqli do‘stlaridan ajratolmayapsizmi?

➖ Uyqusi buzilgan, jizzaki va asabiy bo‘lib qolganmi?

O‘smirlik davri ota-onalar uchun ham, bolalar uchun ham katta sinov! Bu davrda ularning sog‘lig‘i va hissiy holatini muvozanatda ushlash juda muhim. Bola uchun o‘zini tushunish, o‘zgarishlarga to‘g‘ri moslashishni o‘rganish – keyingi yillar uchun sog‘lom poydevor.

🎓 Shu maqsadda 3-yanvardan “O‘smirlar sog‘lomlashtirish kursi” boshlanadi!

✅ Farzandingizning jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlashda qo‘llab-quvvatlashni xohlasangiz, farzandingizni kursimizga olib keling!

Hoziroq ro'yxatdan o'ting va 1️⃣5️⃣🛍 chegirmani qo'lga kiriting!

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

🎙️🎙️🎙️🎙️

Dam olish kuniga maxsus sovg'a!

✨ Hordiq chiqarish turlicha bo'ladi,. Kimdir oilasi bilan ko'chaga chiqishni afzal ko'rsa, kimdir sevgan taomini pishiradi. Yana birov bir finjon qahva bilan sevimli kinosini tomosha qiladi.

🤩 Biz esa sizga bugungi kuningizni ham maroqli, ham foydali o'tkazishingiz uchun ajoyib posdkasd bilan keldik!

🔥 Norbekov salomatlik markazi tajribali ustozlaridan biri Ulug'bek Sultonov bilan bo'lgan ushbu suhbat siz uchun foydali va manfaatli bo'ladi degan umiddamiz!

❄️ Sovuq kunlarda, issiqqina uyingizda maroqli hordiq chiqaring!

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

2024-yil tugashiga ham juda oz qoldi, ko'plab insonlar yaqin kunlardan so'ng ta'tilga chiqadi, talabalar esa uylariga qaytadi.

Vaqtni oila davrasida o'tkazish, dam olish, albatta, yaxshi. Lekin ilm olishdan hech qachon to'xtab qolmasligimiz kerak.

Esingizda bo'lsa "Norbekov Forum" videodarsliklari sotuvga chiqqanligini e'lon qilgandik. Qo'shimchasiga juda ko'plab bonuslarni ham taqdim etdik.

Ammo, 7 kundan so'ng narxlar oshadi, ya'ni 690 ming so'm,

30-dekabr kuni esa sotuvlar to'xtatiladi, shu bilan "Norbekov Forum" eshiklari yopiladi.

Shoshiling, do'stlar!

Bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang, ushbu havola:
@NORBEKOV_FORUM_BOT ustiga bosing va hoziroq to'lovni amalga oshiring🙌🏻


Qo'shimcha savollar uchun admin bilan bog'laning:

👉 Admin bilan bog'lanish

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Norbekov markazi tizimidagi telegram kanallar:

💬/channel/NorbekovMarkazi - Norbekov sog'lomlashtirish markazi rasmiy kanali, kunlik foydali tavsiyalar, darslik va kurslarimiz haqidagi eng so'nggi yangiliklar.

🟡/channel/mastersclubuzb - Akademik Mirzakarim Norbekov boshchiligidagi xalqaro klubning O’zbekistondagi filiali rasmiy kanali.

/channel/Mirzakarim_Norbekovv - Ustoz Mirzakarim Norbekovning telegramdagi rasmiy sahifasi, kunlik iqtiboslar, bepul darsliklar ushbu kanalda berib boriladi.

/channel/shohruhnorbekov_darslari - Shohruh Norbekovning bepul darsliklar va olib boradigan kurslari bo'yicha ma'lumotlar berib boriladi.

🔴/channel/norbekov_ayollar_klub - Norbekov ayollar klubinig telegramdagi rasmiy saxifasi, ayollar uchun shaxsiy rivojlanish, oilaviy munosabatlar va salomatlik bo'yicha foydali tavsiyalar berib boriladi.

🌟Yuqoridagi kanallarga a'zo bo'ling va bizdan uzoqlashmang.

Siz uchun eng yaxshilarini hali oldinda!

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Hayotingizni o'zgartirishga tayyormisiz?

Ertaga Sizda birinchi qadamni qo‘yish imkoniyati bor:
🌿 Onlayn 1-bosqich – Ayollar sog‘lomlashtirish kursi
🌿 Oflayn 2-bosqich – Hissiyotlarni boshqarish kursi

Hissiyotlaringiz hayotingizni boshqarayotganini his qilyapsizmi? Ichki xotirjamlik va o‘zingizga bo‘lgan ishonchni qaytarishni istaysizmi?

Bu kurslar nafaqat bilim beradi, balki ichki kuchingizni ochib beradi:
✔️ Stressni qanday yengishni o‘rganasiz
✔️ Hissiy barqarorlikka erishasiz
✔️ Ruhiy va jismoniy sog‘lig‘ingizni tiklaysiz

O‘zgarishga hozir bo‘lsangiz, izohlarda "+" belgisi qoldiring va birinchi qadamni qo‘ying!

🔥 Sizni yangi hayot kutmoqda – o‘zingizga vaqt va pul ajrating!

📍 Manzil: Sebzor 52, Mo'ljal: Tarnov kafesi yoni

☎️ Markaz administratsiyasi raqami:
+998781137677

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Motivatsiya nega so’nadi?

🎯 Motivatsiyaning bir kun yonib, keyin so’nib ketishi hammamizga tanish holat. Ammo bu jarayon tabiiy ekanini bilasizmi?

🎥 Ushbu videoda biz motivatsiyaning asosiy sabablarini, ichki va tashqi omillarni va uni qayta kuchaytirish yo'llarini aytib o'tdik.

🔥 Hayotdagi maqsadlaringizga erishish uchun motivatsiyani qanday saqlab qolish kerakligini bilmoqchi bo'lsangiz, videoni oxirigacha tomosha qiling!

💡 Motivatsiyani yuksaltirish va hissiyotlaringizni boshqarish bo'yicha ko'proq bilim olish uchun 21-dekabrda boshlanadigan "Hissiyotlarni boshqarish" kursiga qo'shiling!

‼️ Kurs ertaga boshlanadi! Ishtirok etishni istasangiz, izohlarda + belgisini qoldiring 👇

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Sovuq kunda teringizga g‘amxo‘rlik qiling!

❄️ Sovuq ob-havo nafaqat ayollar, balki erkaklarning ham terisiga ta'sir qiladi. Teringizni quruqlik, qichishish va noziklashishdan asrash uchun bu oddiy maslahatlarni yodda tuting:

1️⃣ Namlikni saqlang. Yog‘liroq va sovuq havodan himoya qiluvchi kremlardan foydalaning. Erkaklar uchun ham maxsus namlovchi vositalar mavjud!
2️⃣ Sovuqdan himoya. Tashqariga chiqqanda yuzingiz va qo‘llaringizni shamol va sovuqdan asrang – sharflar va qo‘lqoplar bunga yordam beradi.
3️⃣ To‘g‘ri yuvinish. Juda issiq suv terini quritadi. Iliq suvdan foydalaning va yuvinishdan keyin darhol namlovchi vositalarni qo‘llang.
4️⃣ Ichki namlik. Har kuni kamida 1,5 litr suv ichish – nafaqat teri, balki umumiy salomatlik uchun ham muhim.
5️⃣ To‘g‘ri ovqatlanish. Yog‘ kislotalariga boy mahsulotlar (masalan, yong‘oq va baliq) terining elastikligini saqlashga yordam beradi.

❗️ Unutmang: sog‘lom teri – bu nafaqat chiroy, balki salomatlik belgisi hamdir. Erkakmi, ayolmi, barchamiz o‘zimizga g‘amxo‘rlik qilishga arziymiz!


👉 Sovuq qishda salomatlik bilan bog'liq qanday muammolarga duch kelayapsiz? Izohlarda yozib qoldiring!


@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Qishda og‘riqlar kuchayib, kayfiyat buzilmasin!

Sizni ham quyidagilar bezovta qilyaptimi?
✔️ Bel og‘rig‘i – kechasi uxlashga qo‘ymaydi, ertalab esa tizzalardagi og‘riq bezovta qiladi.
✔️ Bo‘g‘imlardagi muammolar – sovuq bilan kuchayadi, harakat qilish qiyinlashadi.
✔️ Grija va jinsiy organlardagi muammolar – nafaqat jismoniy, balki ruhiy og‘riq ham keltiradi.

Muammolar ildizi qayerda?

Bu og‘riqlar asosan ruhiy holat bilan bog‘liq. Stress, salbiy hissiyotlar va ichki tinchlikning yo‘qligi qishda kasalliklarni kuchaytiradi.

Dori yoki sport bilan hal qilish mumkinmi?
Bu usullar vaqtinchalik yechimdir. Aslida esa ruh va tananing ichki muvozanatini tiklash kerak.

Norbekov sog‘lomlashtirish kursi – siz uchun yechim!

✅ Bo‘g‘im va bel og‘riqlarini kamaytiradi.
✅ Stressni yo‘q qiladi.
✅ Ichki muvozanatni tiklaydi.
✅ Qishda sog‘lom hayot kechirasiz.

📅 Boshlanish sanasi: 21-dekabr.
👩 Trener: Nurjahon Mahamadiyorova.
📍 Format: Faqat ayollar uchun, onlayn!

❗ Ayni damda kursga 35% chegirma e’lon qilingan. Ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun shu yerni bosing!

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Fe’l-atvor sog‘liqni izdan chiqarishi mumkinmi?

❓ Qiziq, nega ayrim odamlar doim salbiy fikrlar ichida qolib, stressda yashashadi va ko‘p kasal bo‘lishadi? Bu shunchaki tasodifmi yoki nimadir ichki bog‘liqlik bormi?

📽 Biz bu videoda fe’l-atvor va sog‘liq o‘rtasidagi o‘sha ko‘zga ko‘rinmas bog‘liqlik haqida gaplashamiz. Salbiy fikrlash va stress organizmni qanday izdan chiqaradi, va bu holatni qanday bartaraf etish mumkin?

Siz ham bu savollar ustida bosh qotirgan bo‘lsangiz, videoni tomosha qiling. Hayotingizni yaxshilash uchun kichik, lekin juda muhim qadamni birga tashlaylik.

✅ Ko‘ring, fikrlaringizni izohlarda qoldiring va hayotingizni o‘zgartirishni bugundan boshlang!

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…
Subscribe to a channel