norbekovmarkazi | Unsorted

Telegram-канал norbekovmarkazi - NORBEKOV MARKAZI

13832

Norbekov sistemasi orqali 15 dan ortiq davlatda 38 yil davomida 4 mln dan ortiq inson o’z sog’ligini tiklagan! ✅Bepul darslar: https://t.me/+tRQasXb8bNJhYzhi ⚡️Natijalar: @Norbekov_natijalar 📞 Aloqa: +998954767677

Subscribe to a channel

NORBEKOV MARKAZI

‼️ Biz boshlaymiz

Bugun soat 10:00 da 1-bosqich Sog'lomlashtirish kursi boshlanadi.

Kurs spikeri — Ahadjon Qo'shoqov

Mashg'ulotlar Norbekov markazi binosida bo'lib o'tadi. Birinchi darsga kelib  qatnashish bepul!

Keling, ishtirok eting va dars jarayonini o'z ko'zingiz bilan ko'ring!

📍 Manzil: Sebzor 52, Mo'ljal: Tarnov kafesi yoni

☎️ Markaz administratsiyasi raqami:

+998974508191
+998954767677

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Norbekov sog‘lomlashtirish markaziga kelish uchun 6 sabab:

1⃣ Mashg‘ulotlar davomida dunyoga sog‘lom, baxtli va muvaffaqiyatli insonlardek boqishni boshlaysiz.

2⃣ Qalbingizdagi og‘riqlar, dardlar va qo‘rquvlarni o‘zingiz, ongli ravishda bartaraf eta olasiz.

3⃣ Jismoniy mashqlar yordamida tanangizni chiniqtirasiz va harakatlaringiz yengillashadi. Yelkangizdagi og‘ir yuklardan xalos bo‘lasiz.

4⃣ Ko‘z, yurak qon-tomir, nerv sistemasi grija va bog‘imlar bilan aloqador kasalliklar, og‘riqlar, yara va chandiqlardan xalos bo‘lasiz.

5⃣ O‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz ortadi, ichingizda quvvatni va ichki imkoniyatlaringizni kashf etasiz.

6⃣ Hayotga ijobiy ko‘z bilan qarashni boshlaysiz, olamning faqat ijobiy tomonlarini ko‘rib, atrofingizdagilarga quvonch va baxt ulasha olasiz.

Agar sizda mashg‘ulotlarimizda qatnashish istagi paydo bo‘lgan bo‘lsa yoki savollaringizga javob olishni istasangiz kommentariyda + qoldiring

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Sog‘liq uchun shahar kezish shart emas!

Ko‘pchilikning sog‘lomlashtirish kursiga qatnashishga niyati bor, lekin:

– Ishni tashlab ketib bo‘lmaydi,
– Yo‘lda vaqti va puli ketadi,
– Viloyatdan kelish oson emas…

Ana shuning uchun ONLAYN KURS eng zo‘ri!

📍 O‘zingizning uyog‘izda, divanda o‘tirib, yoki issiq choyingizni ichib ham ishtirok etishingiz mumkin.

📍 Hamma mashqlar tushunarli, sodda qilib o‘rgatiladi.

📍 O‘zingizga mos vaqtda shug‘ullanish imkoniyati bor — dars jonli o'tiladi va zapisi ham beriladi,

📍 Maxsus yopiq guruhda ustozlar barcha savolingizga javob berib, muammongizga qarab qo'shimcha tavsiyalar berishadi

Bugun soat 18:00 da ONLAYN sog‘lomlashtirish kursi boshlanadi. Bahorgacha oxirgi onlayn kurs bu!

Sog‘lig‘ingizdagi muammolarni orqaga surmang – hoziroq kursga yoziling!

👉 Ro'yxatdan o'tish

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

🌙 Ramazonni yengil nafas, quvvat va xotirjamlik bilan boshlang!

✨ Siz ro‘za tutmoqchisiz, ibodatlaringizni mukammal ado etmoqchisiz, lekin… holsizlik, bosh og‘rig‘i, ovqat hazm qilish muammolari sizni qiynamasin!

⌛️ Tana va ruhiyatni tozalash, ichki energiyani uyg‘otish va Ramazonga to‘liq tayyor bo‘lish uchun bor-yo‘g‘i 2 ta imkoniyat qoldi:

📅 20-fevral | 18:001-bosqich sog‘lomlashtirish kursi (onlayn)

📅 21-fevral | 10:001-bosqich sog‘lomlashtirish kursi (oflayn)

Bu oddiy kurs emas! Bu kurs – organizm va ruhiyatni tozalash, immunitetni mustahkamlash va ichki uyg‘unlikka erishish uchun ajoyib imkoniyat! Ramazonda toliqmasdan, xush kayfiyat bilan o‘tishi uchun hozirdan chora ko‘ring!

🌟 Sog‘lom tanada – yengil ro‘za, xotirjam ibodat!

O'ylashga vaqt yo'q, ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling 👇

👉 Ro'yxatdan o'tish

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Intuitsiyani qanday rivojlantirsa bo‘ladi?

Shu savol sizni ham sizni ham o'ylantirayotganini kommentariylardan bilib oldik. Ko‘pchilik intuitsiyasiga ishonishni xohlaydi, lekin uni qanday tushunish va rivojlantirishni bilmaydi.

Javob oddiy: 24-fevraldan boshlanadigan amaliy kursda buni o‘rganamiz! “Intuitsiya. Eng samarali qarorlar qabul qilish” kursida siz:

🔹 Ichki sezgilarni qanday eshitishni
🔹 Noaniqlik oldida to‘g‘ri qaror qabul qilishni
🔹 Intuitsiyani hayotning har bir jabhasida qanday qo‘llashni
o‘rganasiz.

Qiziqyapsizmi? Unda yuqoridagi video ko‘ring va fikringizni yozing!

Kursga ro‘yxatdan o‘tish uchun esa pastdagi tugmani bosing 👇

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Intuitsiya – ichimizdagi ko‘rinmas "kompas"

✨ Ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish va sezish – besh sezgimiz hammaga tanish. Lekin oltinchisi bor – intuitsiya. Ko‘rinmaydi, eshitilmaydi, lekin har doim biz bilan.

Hech shunday bo‘lganmi – bir qarorga kelayotib, ichingizdan nimadir “buni qilma” degandek bo‘lgan, lekin baribir qilgansiz… va keyin afsuslangansiz. Yoki aksincha, hech qanday aniq sabab bo‘lmasa ham ichki sezgingizni eshitib, to‘g‘ri yo‘lni tanlaganmisiz?

🧠 Intuitsiya – bu shunchaki tasodifiy fikr emas, balki ong ostingizning tajriba va bilimlarni tahlil qilib sizga signal berishi. Uni eshitish yoki e’tiborsiz qoldirish esa o‘z qo‘lingizda.

❓Sizga qachon oxirgi marta intuitsiyangiz yordam bergan? Yoki unga quloq solmaganingiz uchun pushaymon bo‘lganmisiz?

Kommentariyda yozib qoldiring 👇

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Nega endi muammo ortida boshqa kishiyu, lekin, muvaffaqiyat ortida siz o'zingiz bo'lishingiz kerak...

- Bunday holatlarni o'z hayotingizda uchratgan bo'lsangiz... - shuni bilib oling:

"O'z baxtning himoyachisi ham, uni yakson qiluvchisi ham - INSONNING o'zi!" - Mirzakarim Norbekov

👇 Yuqoridagi ta'kidga qanchalik qo'shilasiz, izohlarda o'z fikrlaringizni bildirishingiz mumkin!

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Sizni ham shu muammolar qiynayaptimi?

Bel og‘rig‘i – har kuni bezovtalik va noqulaylik
Uyqusizlik – tunlari tinch uxlab bo‘lmaydi, kunduzi esa charchoq
Yurak sanchig‘i – har safar bezovtalik va qo‘rquv
Ortiqcha vazn – tanadagi og‘irlik va harakatdagi qiyinchilik

Bularning barchasidan xalos bo‘lish mumkin!

✅ Bel og‘rig‘idan qutulish
✅ Sog‘lom uyqu va energiya
✅ Yurak tinchligi va barqaror kayfiyat
✅ Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish

21-fevral soat 10:00 dan Ulug‘bek Sultonov boshchiligida Dori-darmonsiz sog‘lomlashtirish kursi boshlanadi!

Tabiiy usullar bilan sog‘liqni tiklash va o‘zgarish sari birinchi qadamni qo'yishni istasangiz, hoziroq o'z joyingizni band qiling 👇

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Bu kasalliklarning  davosi bor...

- Qo‘rquv, xavotir, vahima, tushkunlik (Hissiyotlarni boshqara olmaslik)
- Asab kasalliklari
- Astigmatizm, Miopiya, Katarakta, Glaukoma (Ko‘z kasalliklari)
- Oshqozon-ichak kasalliklari
- Tinimsiz bosh og‘rishi
- Osteoxondroz, Grija, Osteoporoz
- Uyqusizlik
- Yurak qon tomir kasalliklari
- Varikoz


‼️ Sizni ham ushbu kasalliklar qiynayotgan bo‘lsa, Zokirjon Tojiboyev olib boradigan Sog'lomlashtirish 1-bosqich mashg'ulotlarida qatnashishingiz shart.

✅ Kurs bugun soat 17:00 da boshlanadi va siz 9 kun davomida ushbu kasalliklarga kompleks davo topasiz.

Bugun Norbekov sog‘lomlashtirish markaziga tashrif buyuring, 1-kun darslarda bepul ishtirok eting.

📍 Manzil: Sebzor 52, Mo‘ljal: Tarnov kafesi yoni

Lokatsiya

☎️ Markaz administratsiyasi raqami: +998954767677

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Kechki uyqusini "yo'qotib" qo'yganlar, yaqinroq keling!

🤓 Siz uchun uyquni yaxshilash uchun maxsus texnikalar topib keldik!

✅ Ushbu texnikalar 96% insonlarda ijobiy natija ko'rsatgan.

Siz ham bularni sinab ko'ring. Birinchi kundayoq natija berishiga kafolat beramiz!

🔻Oldin ham kanalimizda berilgan texnikalardan foydalanib, uyqungizdagi muammolarni hal qilganmisiz?

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Norbekov tizimi qanday paydo bo‘ldi?

Qanday qilib oddiy yigit sog‘lig‘ini tiklash yo‘lida o‘z usulini yaratib, minglab insonlarga umid berdi? Bu tasodifiy hodisa emas, balki hayot sinovlari orqali shakllangan ilm edi!

Mirzakarim Norbekovning o‘zi og‘ir kasallikdan keyin sog‘ayish yo‘lini izlab, turli texnikalarni sinab ko‘rdi. Natijada, faqat jismoniy mashqlar emas, balki ichki kayfiyat, tafakkur va ruhiyatni o‘zgartirish ham sog‘liq uchun hal qiluvchi omil ekanligini tushundi. Shu tariqa, o‘z hayotiy tajribasidan kelib chiqib, Norbekov tizimini yaratdi.

🔥 Bugun bu tizim butun dunyoda minglab insonlarning nafaqat ko‘rish qobiliyatini tiklashiga, balki sog‘lom va baxtli hayot sari yo‘l topishiga yordam bermoqda. Siz ham o‘zingizga imkon bering!

Norbekov tizimi haqida ko‘proq bilish va hayotingizni o‘zgartirish uchun videoni oxirigacha tomosha qiling! 👇


https://youtu.be/mFqNVXMqKDA?si=uIrPZuhAtz2boMcB

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

#bilarmidingiz

Ovqatga qo'shib suv yoki choy ichsa bo'ladimi?

Ovqatlanish paytida suv yoki choy ichishning foydali va zararli tomonlari bor.

Foydali jihatlari:
Quruq ovqatni yutishni yengillashtiradi – Ayrim quruq yoki zich ovqatlar (masalan, go‘sht yoki non) suv bilan yutish osonroq bo‘ladi.

Og‘iz gigienasini saqlaydi – Ichimlik ovqatdan keyin og‘izda qolgan qoldiqlarni yuvib tushiradi.

Ich ketishining oldini oladi – Ayrim ovqatlar hazm qilishni og‘irlashtirsa, ozgina iliq choy yoki suv ichish yordam berishi mumkin.

Zararli jihatlari:
Ovqat hazm qilish jarayonini sekinlashtirishi mumkin – Suv yoki choy oshqozon shirasi konsentratsiyasini suyultiradi, bu esa hazm qilishni sekinlashtiradi.

Nafas olish va qorin dam bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin – Ayniqsa, gazli ichimliklar yoki juda sovuq ichimliklar ichilsa, ovqat hazm qilish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Organizmning muhim moddalarni o‘zlashtirishiga to‘sqinlik qilishi mumkin – Choy tarkibidagi tanin va kofein temir moddasining o‘zlashishini pasaytirishi mumkin.

Qanday ichsak to'g'ri bo'ladi?

✅ Eng yaxshi variant – ovqatdan 30-40 daqiqa oldin yoki keyin suv yoki choy ichish.

✅ Agar ovqatlanish paytida ichimlik ichish kerak bo‘lsa, iliq va oz miqdorda ichish tavsiya etiladi.

✅ Juda sovuq yoki gazli ichimliklar ichish oshqozon faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin.

Agar ichimliksiz ovqatlanish qiyin bo‘lsa, iliq suv yoki limonli iliq choy ichish eng yaxshi tanlov bo‘ladi.

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Baxt garmonini 100%ga ko'tarish sirini bilasizmi?

Norbekov sog'lomlashtirish markazida mashg'ulotlar asosi — bu qomat, tabassum va kayfiyat

Nega bu 3 omil dersiz? Lavhada Zokirjon Tojiboyevdan bu savolga javob olasiz

Mashg'ulotlar 9 kun 4 soatdan davom etadi:

➖ Kechki mashg'ulotlar 18-fevral soat 17:00 da Zokirjon Tojiboyev tomonidan

➖ Kunduzgi mashg'ulotlar 21-fevral soat 10:00 da Ulug'bek Sultonov tomonidan o'tiladi

Kursda ishtirok etishni istasangiz, hoziroq ro'yxatdan o'ting 👇

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Gadjetlardan foydalanish qoidalarini bilasizmi?

🤨 Bilasiz, eshitgansiz, faqat amal qilmaysiz.

😩 Bo'yningiz og'rimaguncha, ko'zingiz achishmaguncha bu qoidalar esingizga kelmaydi

Ana shunday paytda shu mashq bajarib ko'ring. Natijasini esa izohlarda yozib qoldiring

✅ Videoni esa telefon va kompyuterdan boshini ko'tarmaydigan tanishlarga jo'natib qo'ying

Ulug'bek Sultonov bilan bo'ladigan sog'lomlashtirish mashg'ulotlarini kutayotganlar bormi?

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Tongni shunday boshlamang!

❌ Biz sizga aytmoqchi bo'lgan 4 odat kun davomida horg'in, energiyasiz va hafsalasiz bo'lib yurishingizga sabab bo'ladi.

✅ Kun davomida bardam yuray desangiz, tavsiyalarimizga amal qiling va yaqinlaringizni ham bundan boxabar qiling!

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Bu xabarni hech kim yo‘q joyda o‘qing!!!

Boylikning kaliti qayerda? Shu haqda siz bilan ikki og‘iz suhbat qurmoqchiman!

Keling bu mavzuni davom ettirishdan oldin sizga bir narsani aytib bersam…

Ancha yillar oldin bir yoshgina o‘zbek yigiti ishlash uchun Rossiyaga ketgan ekan. Ruschani bazo‘r o‘zbek tiliga aralashtirib gapiradigan yigit musofirchilikda rosa ish izlab oxiri Moskvaning chetidagi bir o‘rmonda bir boyning dachasida qorovul bo‘lib ishga kiribdi.

Dachaning egasi juda mansabdor inson ekan ishdan bo‘sh paytlarim dam olaman deb shu yerni barpo qilgan ekan. O‘sha boy har hafta Sasha ismli yigitni qorovulni yoniga yuborib nima kerak bo‘lsa oborib ber deb jo‘natar ekan.

Sasha har hafta qimmat meva-chevalar, oziq-ovqat va shunga o‘xshash narsalarni qorovulga oborib berar ekan.

Boy kamdan kam dam olish uchun dachaga borib turadi. Kuni bilan tinmay kabinetida shartnomalarga,  hisob kitoblarga to‘la  qog‘ozlariga ko‘milib o‘tiradi. 6 oy deganda 2 yoki 3 marta dachaga borib unda ham qog‘oz ruchkalarini olib stolni hisobotlar varaqasi bilan  to‘ldirib o‘tirardi.

Tinmay ishlagan boyning boyligi nihoyatda ko‘p edi. Qattiq mehnat qilib uy joy va hokazolar olib qo‘ygandi. Lekin, qimmat mashinasida haydovchisi hashamatli dachasida esa qorovul yigit maishat qilib yashardi.

E’tibor bering! Boy tinmay ishlab mehnat qilardi, lekin topgan moli oddiy insonlarga rizq qilib berilgandi.

Shu yergacha erinmay o‘qiganingiz uchun rahmat siz eng qiziq joyiga keldingiz!

Yon atrofimizda ham ko‘plab insonlar yillar davomida sog‘ligidan kechib boylik orttiradi, topgan pullariga sog‘ligini tiklashga sarflaydi.

Inson boy ekanligini his qilishi uchun o‘zida bor narsalarga qanoat qilishi va shukr aytishi lozim. Yo‘qsa, qancha topsa ham ko‘zi to‘ymaydigan holga tushib, oxiri umrini behuda sarflaganini tushunib yetishi mumkin.

Ha aytgancha boylik tanani baquvvat qilishdan boshlanadi. Agar sog‘ligingizni dori darmonsiz tiklashning 10 ta yo‘li haqida bilishni va bor narsalaringizga qanoat qilishni istasangiz ertaga soat 10:00 boshlanadigan sog‘lomlashtirish kursida ishtirok eting! Birinchi kungi dars mutlaqo bepul!

Bepul ishtirok etish uchun Norbekov Sog‘lomlashtirish markaziga tashrif buyuring

📍 Manzil: Sebzor 52, Mo‘ljal: Tarnov kafesi yoni

Lokatsiya

☎️ Markaz administratsiyasi raqami: +998954767677

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

To‘g‘ri qaror qabul qilishning siri – ichki sezgingizda!

Ko‘pchilik hayotiy tanlovlar oldida ikkilanib qoladi. Nima qilish kerak? Qaysi yo‘l to‘g‘ri? Bu savollar ichki sezgilarga ishonmaganimizdan paydo bo‘ladi. Aslida esa intuitsiya – bu har birimizda bor qobiliyat! Uni rivojlantirib, hayotni tubdan o‘zgartirish mumkin.

Agar siz:
❌ Qaror qabul qilishda qiyinchilikka duch kelsangiz
❌ O‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz past bo‘lsa
❌ To‘g‘ri yo‘lni topishdan qo‘rqayotgan bo‘lsangiz

🎥 Unda bu videoni albatta oxirigacha ko‘ring! 👇

🔗 Videoni ko‘rish

📅 Intuitsiyani rivojlantirish bo‘yicha maxsus 4 kunlik kursga qo‘shiling!
🚀 Boshlanish sanasi: 24-fevral, 17:00
👉 Ro‘yxatdan o‘tish: Bu yerni bosing

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Inson o'zi bilan solishtirishga haqli bo'lgan yagona inson — bu o'zining avvalgi “men”i!

Haqiqatan ham, biz o'zimizni faqatgina o'zi bosib o'tgan yo'l orqali solishtira olamiz. O'tgan davrda qanday edim? Bugungi kunda esa qanday manzilga yetdim?

Sizni shunday savol qiziqtirganmi? O'zingizni o'zingiz bilan solishtirib ko'rganmisiz? O'tgan vaqtda qanday bo'lganingizni, hozirgi holatingizni o'ylab ko'ring va kommentariyda yozib qoldiring 👇

☀️ Boshlangan kuningiz xayrli va barokatli o'tsin

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Biz o‘rnimizga – NATIJALAR gapirsin!

Sizlarni ishontirish uchun ming so‘z emas, aniq natijalar kerak! Mana sizlarga isbot – bu faqat boshlanishi... Davomini yozish esa sizning qo‘lingizda!

‼️ Eslatma: 21-fevral | 10:00 – Ulug'bek Sultonov boshchiligida "1-bosqich Sog‘lomlashtirish kursi" start oladi!

❕ Yaqin kunlarda shu inson o'rnida siz bo'lishingiz mumkin! Sizdagi o‘zgarishlarni ko‘rish – biz uchun ham baxt!

Kursda ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz, izohlarga "+" belgisini qoldiring.

✨ O‘zingiz uchun sog‘lom hayot sari birinchi qadamni tashlang 👇

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Uni qanday bilsa boʻladi.

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Tasavvur qiling , hozir yashayotgan kuningizdan boshlab , oradan bir yil o‘tdi va hayotingiz butkul o‘zgarib ketdi…

Ya’ni siz yoki o‘z kvartirangizdan katta hovliga ko‘chib o‘tdingiz, avtosalonga borib, naqd pulga oilaviy katta mashina Jitour yoki Prado sotib oldingiz.

Oilangiz bilan sayohat uchun chet elga uchib ketishga shaylanyapsiz. Aviabilet va mehmonxonadan xonalar bron qilyapsiz.

Ota-onangiz uchun ular istagan hayotni yaratib beryapsiz, yaxshilikni , ularning mehnatlari mukofotini qaytarish uchun imkon kelganidan behad xursandsiz.

☝️ Bunday hayot nimadan boshlanadi ?

Bunday hayot samarli ishlanagan o‘n ikki oy, har bir oyni tashkil qiluvchi  mehnat bilan o‘tgan to‘rt hafta, va nihoyat natijalarga poydevor bo‘luvchi yetti kun va birinchi birinchi qadam tashlanadigan bir kundan boshlandi.

Siz ana shu asosiy kuningizni qanday boshlashni bilasizmi ?

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Noto‘g‘ri qaror qabul qilishdan charchadingizmi?

Ko‘p o‘ylab, har tomonni o'ylagan holda qaror qabul qilasiz, lekin natijasi yana siz kutgandek emasmi? Hayotiy muhim tanlovlar oldida shubhalanaverib, oxir-oqibat noto‘g‘ri yo‘lni tanlaysizmi?

Siz yolg‘iz emassiz. Ko‘pchilik hayotida shunday vaziyatga tushadi: karyera tanlash, biznesda to‘g‘ri qaror qilish, munosabatlarni saqlab qolish yoki kerak bo‘lsa, vaqtida chiqib ketish. Eng achinarlisi – xato qarorlar orzularni barbod qiladi, vaqt va imkoniyatni boy beradi.

Lekin to‘g‘ri qaror qabul qilish san’ati bor. Uni o‘rganish mumkin.

“Intuitsiya. Eng samarali qarorlar qabul qilish" amaliy kursi – Sizni ichki sezgi va ong ostingiz bilan ishlashga o‘rgatadi. Haqiqiy va aniq qarorlar qabul qilishning samarali usullari, shubhalardan xalos bo‘lishning kuchli texnikalarini bilib olasiz!

📅 24-fevraldan mashg'ulotlar boshlanadi va 4 kun davom etadi

Shuhrat Suyundiqov bilan birga hayotga o'zgacha nigoh tashlashni o'rganishni istasangiz, hoziroq ro'yxatdan o'ting 👇

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

#bilarmidingiz

Ichki organlaringiz tinimsiz harakatda ekanini
bilasizmi?

Ko‘rinmas bo‘lsa-da, tanamiz ichida aqlbovar qilmas harakatlar sodir bo‘lib turadi. Misol uchun:

🫀 Yurak – Kuniga 100 000 martadan ortiq qisqarib, 7 000 litrgacha qon haydaydi.

🫁 O‘pka – Har bir nafas olayotganda kengayib, chiqarayotganda torayadi. Kun davomida 20 000 martadan ortiq harakatlanadi.

🦠 Ichaklar – Har soniya to‘lqinsimon qisqarishlar qilib, ovqatni hazm qilish tizimi bo‘ylab harakatlantiradi. Uzunligi esa taxminan 7-9 metr!

🧠 Miya – Qon aylanishi tufayli sekundiga millionlab nerv impulslarini jo‘natib, butun tanani boshqaradi.

Har bir ichki organimiz maxsus mexanizm kabi ishlaydi, harakati esa biz sezmagan holda umrimiz davomida to‘xtovsiz davom etadi. Shu sababli, tanangizga e’tibor bering va unga munosib g‘amxo‘rlik qiling!

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Ish kuni davomida energiyani saqlash sirlari

Ish kunining yarmiga yetib, charchaganingizni sezsangiz, aslo darhol shirinlikka chopmang! Energiya to'plashning yanada foydali va samarali usullari mavjud.

🔺 Ertalabki nonushta – kuningizni to‘yimli va sog‘lom nonushta bilan boshlang. Protein va tolaga boy oziqlar tanangizni uzoq muddatga quvvat bilan ta'minlaydi. Misol: tuxum, yong‘oqlar yoki suli(ovsyanka).

🔺 Suv ichishni unutmang – suv tanadagi energiya darajasini barqaror saqlashda juda muhim. Har 1-2 soatda bir stakan suv iching va suvni doim yoningizda saqlang.

🔺 O‘tirish va harakat qilishni o‘rtaga soling – uzoq vaqt o'tirib qolmasdan, vaqti-vaqti bilan yengil harakatlar qilib turing. Masalan, cho'zilish, qisqa yurish yoki bir necha daqiqa davomida oyoqlarni cho‘zish energiyani qayta tiklashga yordam beradi.

🔺 Tartibli dam olish – qisqa tanaffuslar qiling. 5 daqiqalik tez dam olishlar kun davomida charchoqni kamaytiradi va ish unumdorligini oshiradi.

🔺 Yengil gazaklar – o‘rtada oz miqdorda mevani gazak qiling, masalan, olma yoki bodom. Shirinliklar o'rniga tabiiy vitaminlar va energiya beruvchi mahsulotlardan foydalanish yaxshiroq.

Norbekov sog'lomlashtirish jamoasi sizga energiya to'la kun tilaydi!

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

‼️ Ertaga soat 19:00 da jonli efir ‼️

Sog‘ligingizni tabiiy yo‘l bilan mustahkamlashni xohlaysizmi? Kasalliklarning oldini olish, organizmni tozalash va tiklash bo‘yicha eng samarali usullarni bilmoqchimisiz?

Ertaga soat 19:00 da Norbekov markazining mutaxassisi Ahadjon Qo‘shoqov bilan jonli muloqot bo‘lib o‘tadi!

🔹 Sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha qimmatli maslahatlar
🔹 Kasalliklarning asl sabablari va ulardan xalos bo‘lish yo‘llari
🔹 Har bir inson qo‘llashi mumkin bo‘lgan oddiy, ammo samarali tavsiyalar

📌 Sog‘lom bo‘lish – bu ilm! Bu ilmni egallash imkoniyatini boy bermang!

Efirni o‘tkazib yubormaslik uchun hoziroq yopiq kanalga qo'shiling👇

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Qayerdan kasal bo‘ldim? Bu savol sizga tanishmi?

Kecha yana bosh og‘rig‘i, kechagina oshqozon bezovta, bel esa allaqachon og‘riy boshlagan... Lekin nega bunday bo‘layotganini tushunmayapsiz.

Haqiqat shuki, kasalliklar osmondan tushmaydi. Ular yillar davomida jamlangan noto‘g‘ri odatlar natijasi.

⚡ Kechasi uxlamay telefon titkilash
⚡ Nonushta o‘rniga shirinlik yeyish
⚡ Suv o‘rniga qahva va gazlangan ichimliklar ichish
⚡ Harakatsizlik...

Va natija – doimiy charchoq, og‘riqlar, yomon kayfiyat. Sog‘liq shunday asta-sekin qo‘ldan chiqadi. Lekin buni o‘zgartirish mumkin!
Sog‘lom turmush tarzi nima va uni qanday boshlash kerak?

Barchasini sog‘lomlashtirish kursida o‘rganasiz!

📅 18-fevral, soat 17:00 – Zokirjon Tojiboyev
📅 21-fevral, soat 10:00 – Ulug‘bek Sultonov

Bu kursga qatnashsangiz:
✔️ Ichki muammolaringiz sababini tushunasiz
✔️ Organizmni aslida qanday to‘g‘ri “ishlatish” kerakligini bilib olasiz
✔️ Sog‘lom hayot sari ilk va eng muhim qadamni qo‘yasiz!

Sog‘liqni yo‘qotish oson. Uni tiklash esa bilim va to‘g‘ri yondashuv talab qiladi. Uzoq yashash, baquvvat va energiyaga to‘la bo‘lishni xohlaysizmi? Unda biz sizni kutamiz!

👉 Ro'yxatdan o'tish

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Xayolan nafas olish mashqi

Ushbu maxsus mashq:

➖ asablarni tinchlantiradi
➖ immunitetni mustahkamlaydi
➖ qon aylanishini me'yorga keltiradi
➖ suyukli a'zoda regeneratsiya jarayonini yaxshilaydi
➖ ko'rish qobiliyatini tiklaydi

🛡 Norbekov metodiga asoslangan maxsus sog'lomlashtirish mashqlari jismoniy va ruhiy salomatligingizni tiklashga yordam beradi

😊 Mashqni albatta bajarib ko'ring va natijasini kommentariyda yozib qoldiring

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Norbekov Markazi — hayotingizni o'zgartiradigan maskan

☝️ Yillar davomida dori va muolajalardan natija olmadingizmi? Unday bo'lsa bu videoni oxirigacha tomosha qilishingiz kerak!

🎥 Bu videoda haqiqiy odamlarning jonli fikrlari va hayotlarini qanday o‘zgartirgani haqida hikoyalar bor. Kurs ishtirokchilari sog‘likka erishish yo‘lida qanday o‘zgarishlarni boshdan kechirishganini samimiy o‘rtoqlashishadi.

👉 Navbatdagi sog'lomlashtirish mashg'ulotlari 18-fevraldan boshlanadi

9 kun, 4 soatdan davom etadigan mashg'ulotlar Zokirjon Tojiboyev tomonidan o'tiladi

Oldindan joyingizni band qilishni istasangiz, hoziroq ro'yxatdan o'ting
👇

Ro'yxatdan o'tish

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Ushbu podkasdni tomosha qilgandingizmi?

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

10 bo‘ldi, uxlamaysizmi? 💤

Ko‘zlaringiz hali ham ekranda? Bilasizmi, kech uxlash nafaqat kayfiyatingizga, balki sog‘lig‘ingizga ham jiddiy zarar yetkazadi!

❌ Immunitet pasayadi – tez-tez kasal bo‘lasiz.
❌ Yodlash qobiliyati susayadi – diqqat va xotira yomonlashadi.
❌ Gormonal muvozanat buziladi – semirish, teri muammolari paydo bo‘ladi.
❌ Yurak va asab tizimi jabr ko‘radi – charchoq va stress doimiy holga aylanadi.

Sog‘lig‘ingiz qadrini biling va o‘z vaqtida uxlashga odatlaning! Telefonni o'chirib, yotishga harakat qiling! 🌙

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…
Subscribe to a channel