ohangaronshahar | Unsorted

Telegram-канал ohangaronshahar - Оhangaron shahar hokimligi

3659

Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati Мurojaat va takliflar uchun: https://t.me/hokimlikbot

Subscribe to a channel

Оhangaron shahar hokimligi

“Yoshlik”ning yoshlari respublikada chempion bo‘lishdi

🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Ichki ishlar vaziri kubogi” uchun voleybol musobaqalarining A liga (qizlar) final bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

Natijalar bilan tanishing: 22-30 yosh

1-o‘rin: Toshkent viloyatining “Yoshlik” mahalla jamoasi;

2-o‘rin: Namangan viloyatining "Mash'al” mahalla jamoasi;

3-o‘rin: Toshkent shahrining “Fitrat” mahallasi jamoasi.

Ayni vaqtda g‘olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Tabrik

Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.T.Rayimkulovning Tibbiyot xodimlariga bayram tabrigi!

Assalomu alaykum! Hurmatli tibbiyot xodimlari! Qadrli, soha faxriylari!

Avvalo, o‘z hayotini el-yurt salomatligini asrashdek olijanob ishga bag‘ishlab kelayotgan siz, azizlarni qutlug‘ kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Bemorlarni nafaqat dori-darmon, balki shirin so‘z, qaynoq mehr bilan darddan forig‘ etishga, malham bo‘lishga shoshilgan Sizdek jonkuyar insonlar uchun har qanday e’zozu ehtiromlar yarashadi.

Shunday sharafli va ayni paytda mashaqqatli mehnatlaringizda ulkan zafarlar, o‘zlaringizga ham mustahkam sog‘liq, oilalaringizdan halovat arimasligini tilayman.

Shu qatorda, Ohangaron shahar Tibbiyot birlashmasida mehnat qilayotgan hamkasblarim mehnatlarini alohida e’tirof etmoqchiman! Hamisha xalqimiz ardog‘ida bo‘ling!

Sizlar bilan bir safda xalqimiz salomatligi yo‘lida mehnat qilayotganimdan baxtiyorman! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Brifing
⚡️⚡⚡⚡
Ohangaron shahar Sanepid bo‘limi boshlig‘i G‘afforov Rahmatilla Ziyodovich:

-Botulizmdan ogohlantiramiz!

- Ovqatdan zaharlanish va botulizm haqida brifing.

Kanalga obuna bo‘ling!
👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻
/channel/Ohangaron_shahar_SanEpid_bolim

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#10fakt

O‘rta asrlarda mukammal hisoblangan ilmlar tasnifini yaratgan, 70 dan ortiq tilni bilgan, “Sharq Arastusi” nomiga sazovor bo‘lgan – “10 fakt” loyihasi bu gal Abu Nasr Farobiy haqida ma’lumotlarni ulashmoqda.

Aziz yoshlar, sun’iy intellekt yordamida yaratilayotgan mazkur loyiha orqali siz yana kimlar haqida ma’lumot olishni xohlar edingiz?


Xoja Bahouddin Naqshband, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek , Najmiddin Kubro , Muhammad al-Xorazmiy , Husayn Boyqaro, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Al-Farg‘oniy

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Bildirish #Уведомление

Viloyatda ertadan bosqichma-bosqich issiqlik bilan taʼminlash boshlanadi

Toshkent viloyati hududida ijtimoiy soha obyektlari hamda turar joy binolarini isitish mavsumi 2024-yilning 8-noyabr kunidan boshlanadi. Bu haqda viloyat hokimining qarori eʼlon qilindi.
➖➖➖
В Ташкентской области с завтрашнего дня поэтапно начнётся отопительный сезон

На территории Ташкентской области отопление в социальные объекты будет подаваться с 8 ноября 2024 года. Об этом объявлено в соответствующем решении, подписанное хокимом области.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Milliy armiya - g'urur va iftixor

🇺🇿 Yoshlarimizni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ona yurtga mehri va sadoqatini oshirish maqsadida Yoshlar yetakchilar tomonidan 22 ta mahallalardan middatli harbiy xizmatni o‘tash niyatidagi yoshlar Mudofa bo'limiga olib borildi va yoshlarni qiziqishlari, takliflari eshitildi.

✨Harbiy xizmatga chaqirilayotgan yoshlarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish, harbiy xizmatchilarning professional va axloqiy-ruhiy tayyorgarligini yaxshilash, davlat byudjetidan ajratilgan mablag'lardan maqsadli va samarali foydalanilishi hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan tushunchalar berildi.

Telegram         Instagram
Youtube           Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Pensiya va nafaqa farqi.

#Bilasizmi?

Pensiya bilan nafaqa tushunchalari sinonim sifatida ishlatish to‘g‘ri emas.

Pensiya — bu yetarlicha ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarga va ularning oilalariga davlat tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy ta’minot hisoblanadi. U inson umrining oxirigacha to‘lab boriladigan, doim oshib boradigan to‘lov.

Nafaqa — bu ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifadagi shaxslarga beriladigan pul to‘lovi hisoblanadi. To‘lovlar ijtimoiy yoki oilaviy vaziyat tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan aholi qatlamlariga bir marotaba yoki bir muddatga beriladi.

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Rasmiy

Bugun Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi
.

Unda shahar saylov komissiyasi raisi Charos Yo‘ldoshevaning joriy yil 27-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.

Sessiyada viloyat hokimi o‘rinbosari Shukurulla Mahmudov ishtirok etdi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, shahar Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Sessiya ishida Toshkent  viloyati hokimi tomonidan Ohangaron shahar hokimi lavozimiga Muzaffar Rajabboyev nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.

Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining qarori bilan Rajabboyev Muzaffar Erkaboyevich Ohangaron  shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.


Telegram         Instagram
Youtube           Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Namanganda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida voleybol bo'yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqasining qizlar o'rtasidagi Respublika bosqichiga start berildi

🖐🏻 Namangan shahrida joylashgan Pahlavon sport majmuasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida qizlar oʻrtasida o'tkazilayotgan Voleybol musobaqasining "A" ligasi boʻyicha Respublika bosqichining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Shundan soʻng jamoalar qura tashlash natijalariga koʻra bahslarga kirishishdi. Eng quvonarlisi ushbu musobaqada Toshkent viloyati sha'nini shahrimizning "YOSHLIK" mahalla qizlari himoya qilishmoqda!

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Tabriklaymiz

Bugun Ohangaron shahar "Iloq" MFY xotin-qizlar faoli Ergasheva Dilnoza Salohiddinovnaning tavallud ayyomi.

Dilnoza Salohiddinovna, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Ishda, oilada namunali ayolsiz! Mana shunday saodatli umr, farzandlar kamoloti, xalqimiz mehri bir umr Sizni qo‘llasin!

Shahrimiz ravnaqi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi faoliyatingizda muvaffaqqiyatlar yor bo‘lsin!


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#onatilimfaxrim

🔰Til — shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq nomaʼqul bo‘lib chiqsa — tilning ofatidir.

✍️Alisher Navoiy

Раз - MODOMIKI
Разворот - QAYRILISH
Размер - O‘LCHAM
Район - TUMAN
Ремень - KAMAR
Ровно - TO‘G‘RI, ROPPA-ROSA
Роддом - TUG‘RUQXONA
Родной - TUG‘ISHGAN, MAHALLIY
Розовый цвет - PUSHTI RANG
Свет - CHIROQ
Сдача - QAYTIM
Сезон - MAVSUM
Сигарет - TAMAKI
Скамейка - O‘RINDIQ

⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!

Kanalga ulanish
👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Ohangaron shahar hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling!

➡️Telegram - /channel/ohangaronshahar

➡️Instagram - https://www.instagram.com/ohangaronshahar24

➡️You tube - https://www.youtube.com/channel/UCKuZbzYW0w5bsayPHUNo9ZA

➡️Web sayt - https://ohangaron-sh.uz/

Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati.

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#tonggi_mutolaa

“Asqad umrida bir marta ariza yozib ishga kirgan. Shu birgina ariza bilan juda ko‘p ijodiy tashkilotlarda turli lavozimlarda ishlab keladi. Bu gapning ma’nosi shuki, Asqad hech qachon ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozmagan. Uni yuqori tashkilotlar topshirig‘i bilan ishdan ishga ko‘tarishardi. Asqad hali mehnat daftarchasini ushlab ko‘rmagan. Idoralarning kadrlar bo‘limlari bu daftarchasini ushlab ko‘rmagan. Idoralarning kadrlar bo‘limlari bu daftarchani o‘zlari qo‘ldan qo‘lga o‘tkazadilar. U qayerda ishlamasin, orqasidan biron odam “Asqad ishni chala qilib ketdi” yoki “Ishni xom qildi” degan gap aytmagan. U hamisha o‘ziga yuklatilgan vazifaga vijdon ishi deb qaraydiganlardan...”

Said Ahmad, “Yo‘qotganlarim va topganlarim” asaridan

Telegram         Instagram
Youtube           Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Munosabat

Obodonlashtirish bo‘limi xodimlari xazonlarni olib ketish choralarini ko‘rmoqda.

Shu o‘rinda, aholi vakillariga ham murojaat qilmoqchimiz! Uyingiz, mahallangiz atrofidagi daraxtlar o‘zingizga foyda keltiradi. Meva soladi, soya-salqin beradi. Endi mana shu daraxtlarni “qish uyqusi”ga ketishida ko‘maklashing! Xazonlarini yoqmang! Xazon bahona, maishiy chiqindilaringizni ham tashlab ketmang! Belgilangan hududdagi chiqindi qutilariga tashlang!

Bizda bu kabi fotolavhalar juda ko‘p! Mahallangiz, uy atrofingizni toza saqlang!

Telegram         Instagram
Youtube           Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Bugun Ohangaron shahar Din ishlari bo‘limi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi shahar bo‘linmasi, shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi, shahar "Xonobod" masjidi bosh imom noibi bilan hamkorlikda shahar hududida joylashgan 2-umumiy o‘rta ta'lim maktabida Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi ta'sarrufidagi o'qituvchi murabbiylarga "Imom Termiziy” tavalludining 1200 yilligiga bag'ishangan targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

Telegram         Instagram
Youtube           Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Диққат

🔴 СЕССИЯ: ШАҲАР ВА ТУМАНЛАР ҲОКИМЛАРИ ТАСДИҚЛАНДИ

Сайловлардан кейин шаҳар ва туманлардаги маҳаллий Кенгашлар фаолияти қайта ташкил этилди. Ҳоким эндиликда Кенгаш раиси эмас. Яъни, ҳокимларнинг Кенгаш олдидаги ҳисобдорлиги кучайтирилди, мутлақ ҳокимият бир кишини қўлида эмас, ўзаро тийиб туриш механизми ишга тушди. 

📌 Тугаётган ҳафтада вилоят ҳокими Зойир Мирзаевнинг тавсиясига биноан, маҳаллий Кенгашлар ҳоким лавозимига номзодларни кўриб чиқди, дастурий маърузасини эшитди ва ҳоким лавозимига тасдиқланди. Эътибор беринг, ҳокимликка номзодларнинг ҳар бири Кенгаш олдидаги ўзининг келгуси беш йиллик режаларини маъруза шаклида тақдим этди.

🤔 Шу тариқа Президент Шавкат Мирзиёевнинг маъмурий ислоҳотлари занжирида навбатдаги муҳим ҳалқа пайдо бўлди. Энди жойларда Кенгаш раиси реал куч ва имкониятларга эга шахсга айланди. Кенгаш раиси ҳокимнинг бўйсунувида бўлмайди. Ҳокимнинг 30 дан ортиқ вазифа ва ваколатлари Кенгашга ўтказилди. Бу ерда бир-бирини тийиб туриш механизми, маданиятли, расмий дискуссия муҳити пайдо бўлиши кутилмоқда.

Халқ кутган навбатдаги ислоҳот амалга оширилди. Раҳмат сизга, жаноб Президент! Мураккаб сиёсий вазият, халқаро майдондаги ўткир зиддиятли муҳит даврида ўзбек давлатчилигида тарихий ўзгариш халқ билан маслаҳатлашган ҳолда амалга оширилди. Бақир-чақирларсиз, эҳтиросларга берилмай, вазминлик билан ижро органлари фаолиятини назорат қилувчи кучли вакиллик институти шакллантирилди.


Yoshlar kundaligi

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Chellenj
🇺🇿🇺🇿🇺🇿Hurmatli Ohangaron yoshlari!!!

🎊O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i tashkil topgan kun munosabati bilan Yoshlar ishlari agentligi tanlov e'lon qiladi.
📌14-30yoshgacha bo'lgan yoshlar diqqatiga. Bayrog'imizni aks ettiruvchi fotosuratlarni siz bizga jo'nating va biz uni /channel/OhangaronShaharYA kanalida e'lon qilamiz. Saralangan 22 ta mahalladan 1 tadan g'olib tanlanadi va 17-18-noyabr kuni hakamlar bilan aniqlanadi. Qani yoshlar, fursatni qo'ldan boy bermang.
G'oliblar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.
Fotosuratlarni ushbu raqamlarga jo'natishingiz mumkin.
+998992887075
+998993317075

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 650 dan ortiq Avtotransport vositalarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 283 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 63 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 22 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 17 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 23 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 36 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 84 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 32 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 14 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 14 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

🔰Pech yordamida isitishga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablarini bilasizmi❓

🔷Qonunchilikka ko‘ra, odamlar ommaviy bo‘ladigan obyektlarda, shuningdek, sutka davomida bolalar bo‘ladigan muassasalarning yotoqxonalarida isitish pechlarini o‘rnatish taqiqlanadi❌

🔷Suyuq va qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan dudburon va pechlarni, isitish mavsumi boshlanishidan oldin hamda isitish mavsumi davomida qurumdan tozalash lozim, ushbu ishlar kamida:
🔴isitish pechlari uch oyda bir marta;
🔴doimiy (uzluksiz) ishlatiladigan pech va o‘choqlar ikki oyda bir marta;
🔴 oshxona plitalari va boshqa uzluksiz (uzoq muddat) yoqiladigan pechlar oyiga bir marta o‘tkaziladi.

Ohangaron shahar FVB

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Innoweek_2024

14-16-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Innoweek-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida sizni qanday tadbirlar kutmoqda?

🟥Urban.Tech Uzbekistan 2024 xakaton musobaqasi;

🟥R:ED FEST robototexnika musobaqasi;

🟥“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi;

🟥Xorijiy yetakchi kompaniyalar bilan B2B uchrashuvlar;

🟥Ilmiy va innovatsion faoliyat bo‘yicha III xalqaro forum va boshqa yana ko‘plab tadbirlar.


⭕️⭕️⭕️
Bularning barida bevosita ishtirok etish uchun hoziroq www.innoweek.uz saytida royxatdan oting!

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | mininnovation">YouTube

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Davlat_tili

🔰Ona tili millatning ruhi, or-nomusi, orzu-umidlari
namunasidir
.

Kanalga ulanish 👉/channel/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Adliya_xabari

❗️O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer va undagi ko'chmas mulkka mulk huquqini e'tirof etishga oid Qonun 8 noyabrdan kuchga kiradi


🔰Unga ko'ra, fuqarolar quyidagi ko'chmas mulklarni o'z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o'tkazib olishi mumkin:

2018 yil 1 may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

2018 yil 1 may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko'rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;

“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni e'tirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

2021 yil 8 iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer;

bog'dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;

➖kichik sanoat zonalari hududiga 2020 yil 9 martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;

davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;

hokim qarori bilan mulk huquqi e'tirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot_lotin

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#rasmiy

Birozdan so‘ng, xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining birinchi sessiyasi o‘z ishini boshlaydi.

Bizni kuzating...

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Ohangaron shahar Yoshlar ishlari bo'limi tomonidan 05.11.2024 kuni "Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi" ko'rik tanlovi tashkil etildi.

Unda har bir mahalla yoshlar yetakchilari tomonidan 10 ta yo'nalish bo'yicha taqdimotlari bilan tanishtirildi.

Tanlovning maqsadi quyidagilardan iborat:
Yetakchilar ongi qalbida "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!" g'oyasini mustaxkamlash ularda vatanparvarlik hamda yurt taqdiriga daxldorlik tuyg'usini kuchaytirish.

Ular o'rtasida sog'lom raqobat muhitini shakllantirish intelektual va protsessional salohiyatini ochirish hamda bú boradagi faoliyatini qo'llab-quvvatlash shuningdek tashabbuskor va yetakchilar fazilatlarini rivojlantirishdan iboratdir.

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ❗️❗️❗️ 📣📣📣📣


🗓 2024-yil 8-noyabr kunidan xatlov ishlari boshlanadi.

Qonunga muvofiq o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlariga qurilgan ko'chmas mulk obyektlarini aniqlash maqsadida 2024-2025-yillarda xatlov qilinadigan mahallalar reja-jadvali tasdiqlandi.

✅Tasdiqlangan reja-grafik 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz saytiga joylashtirildi.
Fuqarolar saytga kirib o'zining hududida xatlov ishlari qachon amalga oshirilishini bilib olishi mumkin.

🌟Kadastr agentligi direktorining matbuot kotibi N.Atamuratov bu haqda to'liq ma'lumot berdi.

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Rasmiy

Bugun Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi


Unda viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Ulugʻbek Toʻxtayevning joriy yil 27-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.

Sessiyada deputat Fayziyeva Sayyora Mavlonovna Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Toshkent viloyati hokimi lavozimiga Zoyir Mirzayev nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining qarori bilan Mirzayev Zoyir Toirovich Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#OAV_da_biz_haqimizda

Ohangaron shahridagi sport maktabida voleybolchi yoshlar uchun mahorat saboqlari tashkil qilindi.

Jarayon Sport telekanali talqinida

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

⚡️Zulfiya nomidagi davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi

Talabgorlar 8 ta yo‘nalish — fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati bo‘yicha tanlovlar orqali saralanadi.

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Obodonlashtirish bo‘limi xodimlarining yo‘liga “ko‘z tikkan” xazonlar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

uzsuvtoshkentviloyati">Bosh sahifa | uzsuvtoshkentviloyati-kr">Бош саҳифа | uzsuvtoshkentviloyati-ru">Главная страница

“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: Ohangaron shahrida ichimlik suv va oqovaga ulanish hamda debitor qarzdorlikni elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish bo‘yicha reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda

🔵Cabinet |💧Bot |🕊Telegram |📱Facebook |📲Instagram |🕊 Twitter | vk.com | 📺Youtube  | 🌐Website | 📨Chat | uzsuvtoshvil">tiktok.com

Читать полностью…
Subscribe to a channel