11605
Республика Маънавият ва маърифат маркази раҳбари, сиёсий фанлар доктори Facebook: https://www.facebook.com/otabek.hasanov.75 Instagram: https://www.instagram.com/otabek_khasan/
Bugun Davlat boshqaruv akademiyasida Siyosiy institutlar va jarayonlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda bugungi siyosiy jarayonlarda qaysi mavzular tadqiqi zarurligi, siyosiy soha olimlarining jamiyat rivojiga ta’siri va bo‘lajak tadqiqotchilar oldiga qo‘yilishi lozim bo‘lgan talab, vazifalar haqida suhbatlashdik.
Muloqotimiz davomida bugungi tahlikali zamonda siyosiy sohadagi ilmiy faoliyat takomillashishi, aniq real vaziyatlar tahlili asosida bo‘lajak siyosiy jarayonlar bo‘yicha ham xulosalar bera olishi yuzasidan takliflar o‘rtaga tashlandi.
@otabek_khasanov
#Diqqat 📚
⚡️“Siyosiy ma’rifat soati”
✍️ Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.
Butun dunyoni qidirib, go‘zal xulqdan ko‘ra yaxshiroq layoqatni topmadim.
Jaloliddin Rumiy
@otabek_khasanov
Maqsadlaring yo‘lida hech qachon chalg‘ima! Ota-onag ishonchini oqla! O‘QI!
@otabek_khasanov
Uchinchi Renessans bunyodkorlari
Bugun xalqaro maydonda yurtimizda ta‘lim, yoshlar kelajagiga qaratilgan e’tibor o‘z e’tirofini topdi.
Toshkent shahridagi Prezident maktabi Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotning “Global o‘rta maktablar” nominatsiyasida g‘olib, deb topildi.
Maktab o‘quvchilari Pahlavon Gʻulomov va Asilbek Ashrapov hamda ularning ustozi Sohibxon Azizovning yomg‘ir suvini ichishga yaroqli darajagacha qayta ishlash loyihasi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Dunyo davlatimizni yana yangidan tanidi. Tanlovga 156 ta davlatdan jami 5980 ta ariza kelib tushgan edi.
Bu barchamizga g‘urur va cheksiz quvonch olib keldi. Zero, bugun Yangi O‘zbekistonda ilm-ma’rifat najot yo’li, Uchinchi renessans poydevori sifatida yuksaltirilmoqda.
Yoshlarimiz ilmli, zukko va ma’naviyatli bo‘lib, yuksak marralarni egallayversin!
@otabek_khasanov
Aslida o‘z yurtini sevgan, xalqini, oilasini qadrlagan har bir inson Vatan himoyachisi!
Har ishida halollik, sof vijdon, fidoyilik bor har kim Vatan himoyachisi!
Qalbida ezgu niyat, fikrida ezgu g‘oya, amalida ezgu ish bo‘lganlar ham shu yurt posbonlari aslida!
Shu xalq, shu millat ertasi uchun qayg‘urgan, har qanday ongga, qalbga qaratilgan “janglarda” teran fikr, keng mushohada bilan har doim g‘olib bo‘lganlar ham shu aziz tuproq himoyachilaridir!
Vatanni iddaolar qilmay sevayotgan har qalbga bayram muborak bo‘lsin!
@otabek_khasanov
Prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Abu-Dabi shahriga keldi.
@otabek_khasanov
#Iqtibos
📖 Ilmsiz millat, qavm asir va zaif qolur. Ilmsiz davlatni foydasi yo‘q, ilmsiz dunyodorni hayoti yo‘q.
✍️ Mahmudxo‘ja BEHBUDIY.
@otabek_khasanov
Bugun 8-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni.
Barcha soha xodimlarini chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Qonun va xalq manfaatlarining himoyasi aslida vatanparvarlik, xalqparvarlikning eng yorqin ko‘rinishidir.
Barcha fidoyi, jonkuyar prokuratura organi xodimlarini mas’uliyatli va sharafli vazifalarini bajarishlarida kuch-g‘ayrat, sog‘lik, oilaviy xotirjamlik tilayman.
@otabek_khasanov
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining bugungi sonida "Ma’naviyat – millat ruhi, shaxs mas’uliyati" nomli maqolam chop etildi.
Maqolada nima uchun bugungi zamonaviy hayotimiz, taraqqiy etayotgan jamiyatimizga ma’naviyat zarur, ma’rifat kerakligi haqida mulohaza va tahlillar keltirilgan.
Maqolani bu yerda o‘qish mumkin: https://telegra.ph/MANAVIYAT--MILLAT-RU%D2%B2I-01-07
Gazetaning elektron shakli quyida: /channel/gazetalar_sharhi/33169
2025-yilda raqamli targ‘ibot bo‘yicha ko‘plab loyihalarni boshlash arafasidamiz.
Shulardan biri — animatsion qisqa metrajli filmlar tayyorlash. Animatsiya faqat bolalar uchun emas, hammamizni o‘ylantiradigan mavzularda kattalar uchun ham ta’sirli ijodiy ishlar yaratish mumkin.
Tez orada barchalaringiz uchun "Uy" nomli qisqa metrajli animatsion filmni taqdim etamiz.
@otabek_khasanov
🇺🇿Bayram muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab poytaxtimizning asosiy koʻchalari bo‘ylab Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy boʻlinmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari bo‘lib o‘tdi.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Туркистон жадидлик ҳаракатининг асосчиси, атоқли адиб ва жамоат арбоби, ношир ва педагог Маҳмудхўжа Беҳбудий таваллудининг 150 йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида"ги қарори
—
Постановление Президента Республики Узбекистан "О широком праздновании 150-летия со дня рождения основателя джадидского движения в Туркестане, выдающегося писателя, общественного деятеля, издателя и педагога Махмудходжи Бехбуди"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#liderlar_kundaligi
Farzandimga maktublar
“Liderlar kitobi”dan
Matn ko‘rinishida quyida o‘qishingiz mumkin: https://telegra.ph/HAMMA-OQISHI-SHART--7-01-02
@otabek_khasanov
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oyina.uz portali “Gender tenglik faoli” milliy tanlovida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi
Portal tanlovning “Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan Internetdagi eng yaxshi veb-sayt yoki portal” yoʻnalishida gʻolib boʻldi.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/26395
@otabek_khasanov
Qadrli kuzatuvchilar, “Uy” animatsion qisqa metrajli filmimizni ko‘rgan bo‘lsangiz kerak.
Odatda, bu jarayonlarda ko‘rishlar soni aytiladi, umumiy raqamlar keltiriladi. “Uy” esa ijtimoiy tarmoqlardagi yuzlab sahifalarga joylashtirildi, qaysidir manbada 300, qaysi birida 500, 600, 900 mingdan 1 milliongacha ko‘rildi, keng tarqatildi.
Biz esa hatto sanog‘ini ham bilmay qolganimizdan xursandmiz. Demak, xalq animatsiyani o’ziniki qildi, unga mehr berdi, sevib tomosha qilmoqda. Buning uchun barchangizdan minnatdormiz.
Navbatdagi animatsion qisqa metrajli film ham tayyor!
“Robot”! Film qahramoni zamonaviy dunyoda yashayotgan oddiy bir inson, biroq uning qalbi, fikrini band qilgan dard, muhabbat inson yaralibdiki, uning ruhi, qalbida yashab kelmoqda!
Biroz kutamiz, premyeraga juda oz qoldi!
@otabek_khasanov
Президент Шавкат Мирзиёевнинг расмий ташрифи шарафига Дубайдаги дунёнинг энг баланд биноси – "Бурж Халифа" Ўзбекистон байроғи рангларига бурканди
Читать полностью…
#kun_hikmati
Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy ta’siri bo‘lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur.
✍ Shavkat Mirziyoyev
@otabek_khasanov
Prezident Shavkat Mirziyoyev "Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi" ochilishi hamda Shayx Zoid nomidagi mukofot g‘oliblarini, shu jumladan, Toshkentdagi Prezident maktabini taqdirlash marosimida ishtirok etdi
@otabek_khasanov
Vatanga qasam bu — onaga qasam!
Bayram muborak bo‘lsin, ahdiga sodiqlar, maydonda mardlarimiz!
@otabek_khasanov
2025-yil oldimizga katta maqsad, kreativ g‘oya va loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirganmiz.
Shu sababli “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati safiga bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha yangi nomzodlarni taklif qilamiz.
Siz o‘z sohangiz bo‘yicha raqamli, offlayn targ‘ibot ishlarini amalga oshirib, biz bilan doimiy hamkorlikda ishlashingiz mumkin.
👏 Nomzod sifatida ishtirok etish uchun:
O‘zingiz haqingizdagi ma’lumotnomani quyidagi ⬇️ havola orqali yuboring:
[@Marifat_hr_bot](http://t.me/Marifat_hr_bot)
📩 Batafsil ma'lumot uchun:
📞 +998 95 221 60 50
@otabek_khasanov
#kinotavsiya
Yozuvchi Xayriddin Sultonning “Yozning yolg‘iz yodgori” qissasi asosida suratga olingan “Yolg‘iz yodgorim” filmi bosh obraz Adash buvaning xotiralaridan iborat syujetlar asosiga qurilgan.
Unda ma’naviy jihatdan barkamol inson dunyoqarashi va o‘sha davr siyosati o‘zaro qarama-qarshi qo’yiladi.
Yakshanba oqshomi uchun o‘ylantiradigan, mulohazaga chorlaydigan film “ Yolg‘iz yodgorim”ni ko‘rishni tavsiya qilaman.
Bu yerda tomosha qilish mumkin: https://youtu.be/VOx4AKPi6rY?si=sbkmR21yxXmZCvZY
@otabek_khasanov
#Diqqat
⚡️"Siyosiy ma’rifat soati"
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!
Barchaga va’da qilgan animatsion filmimiz premyeraga tayyor. Tomosha qilib, fikr-mulohazalaringizni bildirsangiz xursand bo‘lamiz.
Boisi hali bu kabi dolzarb mavzularda yana animatsion filmlar yaratiladi, takliflaringiz esa faoliyatimiz uchun zarurdir.
Albatta, ko‘ring: https://youtu.be/Fbb9ORcLHpI
@otabek_khasanov
“Uy” — bugun o‘ylashimiz zarur bo‘lgan, erta xavfga aylanadigan muammolar haqidagi animatsion film tizeri!
Erta kanal kuzatuvchilari ushbu animatsiyani to‘liq tomosha qilishlari mumkin!
@otabek_khasanov
#Эскирмасўзлар
Har kimki qanoat qilsa aziz bo‘lur.
@otabek_khasanov
#Эскирмассўзлар
Hayotda yo‘qotish yutishdan ko‘ra zarurroqdir, agar don o‘lmasa, unib chiqmaydi.
@otabek_khasanov
#Iqtibos
Shunday ilm olginki, ibodat qilishingga zarar bermasin. Shunday ibodat qilginki, ilm olishingga zarar qilmasin. Kim ilmsiz amal qilsa, isloh qilgan narsasidan ko‘ra, barbod qilgan narsasi ko‘proq bo‘ladi.
𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂
Prezidentning Maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisiga qo‘shimcha vakolatlar berildi — Prezident qarori
Qarorga (31.12.2024-yildagi PQ-467-son) ko‘ra:
Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi.
Kengash siyosiy va iqtisodiy hamda mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga oid takliflarni muntazam ravishda Prezidentga kiritib boradi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash ichki va tashqi siyosat jarayonlari bo‘yicha strategik tadqiqotlarni tashkil qilish hamda ularni o‘tkazishning barcha jarayonlarini muvofiqlashtirish masalalariga mas’ul bo‘lgan maslahat organi hisoblanadi.
Kengash faoliyatini umumiy muvofiqlashtirish hamda idoralararo hamkorlikni ta’minlash Prezidentning Maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilmasida quyidagi yo‘nalishlarga mas’ul bo‘lgan ishchi guruhlar tashkil qilinadi:
▪️xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlik;
▪️davlat va jamiyat qurilishi;
▪️ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish;
▪️tashqi siyosat va xalqaro hamkorlik;
▪️hududlarni strategik rejalashtirish va rivojlantirish;
▪️ekologik kun tartibi, shu jumladan iqlim o‘zgarishi, suv taqchilligi masalalari.
@otabek_khasanov