otabek_khasanov | Unsorted

Telegram-канал otabek_khasanov - Otabek Hasanov

21580

Республика Маънавият ва маърифат маркази раҳбари, сиёсий фанлар доктори Facebook: https://www.facebook.com/otabek.hasanov.75 Instagram: https://www.instagram.com/otabek_khasan/

Subscribe to a channel

Otabek Hasanov

Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi Qarori


@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

"Siz jamiyatni qayta tikladingiz" – Shahboz Sharif

"Siz davlat boshqaruviga kelgan ilk kunlardan boshlab O‘zbekistonni qaytadan transformatsiya qildingiz. Siz jamiyatni qayta tikladingiz. Agar adashmayotgan bo‘lsam, 2016-yilda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 42 foiz bo‘lgan, savdo ko‘rsatkichi ham past edi. Bugun kambag‘allik darajasi 8 foizga tushdi, investitsiyalar hajmi esa 30 milliardga yetdi. Shuning o‘zi katta mo‘jiza emasmi?!

Bu rostdan ham mo‘jiza. Chunki bunday natijalarga balandparvoz gaplar orqali erishilmaydi yoki yaxshi bir kengashni tashkil etish bilan hal bo‘lib qolmaydi. Mo‘jizalar aniq qarashlar, yuqori dinamika, tinimsiz mehnat va yakdil maqsad sari dadil intilish orqali paydo bo‘ladi. Men mana shunday ulug‘ sifatlarni sizda ko‘rdim".


@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#Diqqat

“Siyosiy ma’rifat soati”

▫️Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

▫️Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.


🔹 Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/tHPUszD1mxQ?si=Id0DL3W4gh7b5-IN sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#bizni_kemiruvchi_illatlar

Maktaba yo‘q bir tiyinni to‘yga ming so‘mlab berur,
Chorasi mushkul kasalga mubtalodir bizni xalq.


Cho‘lpon

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

2025-yildagi navbatdagi kitobni boshladik!

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#bizni_kemiruvchi_illatlar

100 yil oldin bobolarimizni tashvishga solgan illatlarni kelajak avlodga meros qilib qoldirishdan to‘xtaylik!

Mahmudxo‘ja Behbudiyni qiynagan millat ahvoli sun`iy intellekt yordamida tasvirlandi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Batafsil: https://president.uz/uz/lists/view/7843

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Premyera. “Robot”!

Film qahramoni zamonaviy dunyoda yashayotgan oddiy bir inson. Biroq uning qalbi, fikrini band qilgan dard, muhabbat inson yaralibdiki, uning ruhi, qalbida yashab kelmoqda.

Tomosha qiling, fikr bildiring, ulashing.

Filmni yuqori sifatli formatda koʻrish uchun: https://www.youtube.com/watch?v=uVmTCE9fvYU

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#bizni_kemiruvchi_illatlar

Qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tayolmay, boshqa yot tillar oldida mag‘lubiyatga uchrab tiz bukar ekan, unday millat ko‘p uzoqlamayoq, insoniy huquqlaridan ajragan holda hayot daftari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. Unday millatlar yolg‘izgina Vatanlaridan emas, balki butun borlig‘i bilan tarix yuzidan yo‘qolishga majbur bo‘ladilar



Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi" kitobidan

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#bizni_kemiruvchi_illatlar

Yoving kimdir, bilasanmi? Nodonlikdir, yalqovlikdir,
Yovga qarshi kurashmaslik — qo‘rqoqlikdir, anqovlikdir.
Ish qilichin, tur, qo‘lga ol!
Yovga qarshi chindan qo‘zg‘ol!

Munavvarqori Abdurashidxonov

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#Behbudiy150

Turkiston jadidchilik harakatining yorqin namoyondasi, atoqli mutafakkir Mahmudxoʻja Behbudiy maqolalaridan parchalar


@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#bizni_kemiruvchi_illatlar

Bizni qilaturgon aqlsizligimizni qaysi millat qilur? Nikoh, xatna, bu ikki balo shundog‘ qattiq bir illatki, o‘lmaguncha qutulub bo‘lmaydur. Shaharlarda o‘rtahol, ya’ni o‘turarg‘a xona va bog‘i bor bir kishi nikoh uchun ikki ming so‘m sarf etar va o‘g‘ul xatnasi uchun hech bo‘lmaganda ming so‘m. Har bir benavo kishi bu mavridlarga 200 so‘mdan 1000 so‘mgacha sarf etar. Boy va zo‘raki boylar esa besh ming, o‘n minglab sarf etar. Oxiri nima bo‘lur? Nima bo‘lur deysiz? Ota-bobosidan qolgan mulk va vatanini o‘z ixtiyori ilan zo‘raki boyni o‘zi o‘lgandan so‘ngra bir yahudiy yo bir armani ajnabiyg‘a sotib, to‘y va ta’ziya qarzini berar. O‘zi sotmaganda sudg‘a sotilur. Mana, yuqoridagi sarlavhada "Bizni kemirguvchi illatlar" degan odatlarimiz, shu to‘y va ta’ziya ismindagi devonaligimizdan iboratdur.

Mahmudxo‘ja Behbudiy

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#Milliy_kontent

Bizga qanchalar qiyin boʻlmasin, qanchalik bizni azoblashmasin, Alloh tomonidan bizga berilgan har bir kunni, har bir daqiqani insoniylik qiyofamizni yoʻqotmay munosib ravishda yashaymiz deb qasamyod qilamiz!

🎬 "101 oʻzbek" filmidan parcha

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

🎬 O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi faoliyati haqidagi — “Ulug‘vor qalb bilan qutlug‘ saflarga” nomli hujjatli film yaratildi.

Mard, jasur Vatan himoyachilarimiz doim bor bo‘lsin!

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#Diqqat 📚

✔️“Siyosiy ma’rifat soati”

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.


▶️ Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/XHIMqNeW--0?si=Af6vLb-bVZvb7-Yi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#hayrat📚


“Shum bola” — bolalarcha beg‘uborlik va sho‘xlik ortidagi hayot maktabi! Qissa va film!


Bugun, soat 21:00da “Madaniyat va maʼrifat” telekanida tomosha qiling!

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Toshkent shahri bo‘ylab “Kitobxon Toshkent” loyihasini boshladik.

Maqsad – o‘quvchi-yoshlarda kitob o‘qish madaniyatini shakllantirish, mutolaaga jalb etishdir.

Bugun loyihaning dastlabki bosqichi doirasida shahardagi 10 ta umumta’lim maktablariga 1000 tadan kitob taqdim qilindi.

Shuningdek, loyiha doirasida maktab o‘quvchilari orasida “Kitobxon maktab” onlayn test tanlovi o‘tkaziladi. Bunda o‘quvchilar maxsus bot orqali ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan kitoblar bo‘yicha turli sinovlarni bajaradi.

Bu safar nafaqat tanlov g‘oliblari, balki o‘quvchining sinf rahbari, maktab rahbariyati ham qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Barchani faol ishtirok etishga chaqiramiz!

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Bugun vazirlik-idoralardagi ma’naviy-ma’rifiy masalalarga mas’ullar bilan muloqot o‘tkazdik.

Unda aniq fakt va raqamlar bilan 160 ta vazirlik-idoralardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tahlil qilindi, kamchiliklar o‘rtaga tashlandi, kelgusi rejalar aniqlashtirib olindi.

Tan olish kerak, hali bu yo‘nalishda qiladigan ishlarimiz, yechimini kutayotgan masalalar juda ko‘p.

Ko‘pchilik tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ullar faoliyatini reyting asosida baholab borish hamda "Eng namunali vazirlik va idora" tanlov g‘oliblarini aniqlashda bu muhim hamda adolatli tizim bo‘lishi mumkinligi aytildi.

Markaz tomonidan davlat xizmatchilarining teatrlarga tashrifi,kitobxonligini rag‘batlantirish bo‘yicha qator loyihalar ham ishlab chiqilmoqda.

Bugungi muloqotda aytilgan har bir taklif esa rejalashtirilgan ishlarimiz, kutilayotgan loyihalar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#Diqqat

⚡️“Siyosiy ma’rifat soati”

▫️Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

▫️Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.


Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/GTCzyFlKEjg?si=NZBflvyuEtQdrln3 sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Birinchi Prezidentimiz xotirasi yod etildi

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Islom sivilizatsiyasi markazi Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlik maktabi, ilmiy-ma’naviy salohiyatimiz ramzi sifatida tarixga kiradi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#bizni_kemiruvchi_illatlar

“Har zamonni(ng) ilmi, hikmati va parvarishi boshqadir. Modomiki, har bola, ya’ni har kimni(ng) zamoni, otasi zamonindan boshqa bo‘lsa va har otag‘a o‘z farzandini kelar zamon uchun va kelar zamong‘a muvofiq suvratda tarbiya va ta’lim etmog‘i lozim bo‘lsa, biz na uchun kelar zamon emas, balki hozirgi va bu kungi zamon va soatimizdagi ilm va fanlarni bolalarimizg‘a o‘rgatmaymiz”.

Mahmudxo‘ja Behbudiy

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

📚 “Ma’naviy hayot” jurnalining yangi sonida nimalarni o‘qiymiz?

SHARQDAN NUR
Dunyoni uyg‘otgan alloma;

SUYUNCHI
Maysalar oftobga talpingan kabi;

KARVON QO‘NG‘IROG‘I

Ong olamidagi inqiloblar;

BURULISH NUQTASI
Inson bu — loyiha;

TURKIYLAR
No‘g‘aylar kimlar?


Jurnaldan o‘rin olgan qiziqarli maqola, suhbat va novellalarni
PDF shaklida o‘qishingiz mumkin.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Bugun yangi yildagi birinchi hamkorlik memorandumini imzoladik.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda mahallalarda kambag‘al oila a’zolarining ishlash ishtiyoqini va tashabbuskorligini oshirishga qaratilgan yangi yondashuv, loyihalar amalga oshiriladi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#Diqqat 📚

“Siyosiy ma’rifat soati”

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.


Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/kc8mFoOR_mQ?si=FpgqA-FiNC5LzeB9 sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tomonidan Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash bo‘yicha qaror imzolandi.

Kuni kecha Kasaba uyushmalari saroyida “Jadidlar va Behbudiy merosini oʻrganishdagi yangi yondashuvlar” mavzusidagi an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya Kasaba uyushmalari saroyida o’tkazilishida ham aslida ramziy ma’no bor, 1914-yilda Abdulla Avloniy rahbarligidagi o‘zbek havaskor truppasining dastlabki spektakli – Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi ham aynan shu binoda qo‘yilgan.

Tadbirni O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja ochib berdi.

Konferensiyada nafaqat, mamlakatimiz olimlari, balki, chet elda jadidlarning ilmiy, adabiy merosini o‘rganayotgan professorlar ham ishtirok etdi.

Shuningdek, filologiya fanlari doktori, professor Halim Saidovning “Behbudiy fenomeni” kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

"Robot" – qisqa metrajli animatsion film.

Tez kunda!


@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

⚡️🇺🇿 РАСМАН! «Манчестер Сити» Абдуқодир Ҳусанов трансферини эълон қилди!

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#Эскирмассўзлар

Vaqtni "esiz", "qaniydi", "koshkiydi"lar bilan o‘tkazgan kishining umri eng qisqa umr ekan.

@otabek_khasanov

Читать полностью…
Subscribe to a channel