Республика Маънавият ва маърифат маркази раҳбари, сиёсий фанлар доктори Facebook: https://www.facebook.com/otabek.hasanov.75 Instagram: https://www.instagram.com/otabek_khasan/
Aziz kuzatuvchilar, sizlarga yana bir medialoyiha haqida aytmoqchiman.
“Munozara” – uyg‘oq ziyolilar ovozi. Unda bugun jamiyatimizdagi og‘riqlar, yechimini kutayotgan muammolar, birdam jamiyat, ruhiyatimizni yangilaydigan fikrlar berib boriladi.
Mazkur loyiha ziyolilarimizning maydoni bo‘lgan “Madaniyat va ma’rifat” kanali bilan hamkorlikda youtube platformasida e’lon qilib boriladi.
Birinchi soni ertamiz asosi, bugunimiz og‘riqi bo‘lgan bolalar adabiyoti haqida.
Ko‘ring, fikr bildiring!
Batafsil: https://youtu.be/3Jx2Xx839lM
#yangiruhiyat
💬 @otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan
⚡Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi
O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarida mutlaqo yangi davrni boshlab, ikki tomonlama aloqalar solnomasida oltin harflar bilan bitiladigan tarixiy tashrif.
@otabek_khasanov
- Yaqinda bir rolik ko‘rdim; juda ta’sirli. “Uy” deb nomlanibdi. Kitoblarning uylardan quvilayotgani haqida. Umumdunyoviy og‘riq, bugungi kunda barcha xalqlarning boshida aylanayotgan musibat bo‘roni ifodalangan.
Президент Шавкат Мирзиёев Франциянинг олий мукофоти - Фахрий легион ордени билан тақдирланди.
@otabek_khasanov
Францияга давлат ташрифи билан келган Президент Шавкат Мирзиёев Парижда тантанали кутиб олинди.
Читать полностью…Bizda yangi loyiha — “Bunyod”ning 1-qismi tayyor.
Bolalarimiz uchun mo‘ljallangan bu kontent barchaga birdek yoqishiga ishonaman.
Sun’iy intellekt yordamida ishlangan animatsiya ham qiziqarli ham jozibadordir.
“Bunyod”ning sahifasi: https://www.instagram.com/bunyod_a.i?igsh=MXhxZWIydmpxZTRhdQ==
Kuzatishda davom eting va fikrlaringizni bildiring!
@otabek_khasanov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi va davlat mukofotlarini topshirdi.
@otabek_khasanov
#Bunyod
Bunyod – kelajagimiz bunyodkori! U izlanuvchan, zamonaviy fikrlovchi, o‘zligini anglagan va kelajakda katta marralarni ko‘zlayotgan bola.
Uning sarguzashtlarini kuzatib boring, u sevimli qahramoningizga aylanishiga ishonamiz.
Bunyodning sahifasi: https://www.instagram.com/bunyod_a.i?igsh=MXhxZWIydmpxZTRhdQ==
@otabek_khasanov
#armiya_va_tarbiya📚
Toki xavf-u xatar bor, shudir temir tarbiya:
Har birimiz - posbonmiz, har birimiz - armiya!
"Barchamiz yaxshi tushunamiz, korrupsiyaga qarshi kurash jarayoni hech qachon aniq muddat bilan cheklanmaydi. Ushbu masalada faqat davlatning sa’y-harakati bilan kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi. Bu – butun jamiyatimizning ishi",
- dedi Prezident.
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi boshlanadi.
@otabek_khasanov
#kun_hikmati
Kurash faqat shaxmat taxtasi va ringlarda emas: hayotning har bir dami jang! Ammo bu kurashlarda eskilik o‘ladi, yangilik, yangi aql-idrok, hissiyotlar bosh ko‘taradi.
Ibrohim G‘ofurov.
@otabek_khasanov
Bugun 1 – mart xalqimizning sevimli shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun.
Har doim Zulfiyaxonim yurtimizga o‘zi bilan bahorni boshlab kiradi. Olam yangilanadi, atrof go‘zallikka, nafosatga to‘ladi. Xuddi shoira qalblarga she’riyati, dostonlari bilan yorug‘lik, ezgulik olib kirgan kabi.
Har doim bahor kirishi bilan shoiraning quyidagi misralarini eslayman:
Salqin saharlarda, bodom gulida, Binafsha labida, yerlarda bahor. Qushlarning parvozi, yellarning nozi, Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor...
Kirib kelgan bahor, muqaddas ramazon oyi barchamizga muborak bo‘lsin!
@otabek_khasanov
#yangiruhiyat #maromiylik
DABDABA — BAXT GAROVI EMAS!
Jamoamiz tomonidan yaratilgan ijtimoiy rolik barchani: ota-onalar, yoshlarni yana bir bor mulohazaga chorlashiga ishonaman. Har kim o‘z baxtini kimgadir ergashib emas, o‘zgacha yaratishi mumkin.
💬 @otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan
Andijonga tashrifimiz davomida ajoyib xushxabar eshitdik. Ma‘naviy-ma’rifiy sohada fidoyi inson, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi rahbari Abdulhamid Nurmatov Andijon viloyati teleradiokompaniyasi raisi etib tayinlandi.
Ma’naviyat, ma’rifat va teleradio o‘zaro chambarchas soha. Abdulhamid akani kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, o‘zaro hamkorlik ishlarini kelishib oldik.
Shu bilan birga, viloyat bo‘limi xodimlari bilan kelgusi rejalarimiz, muammo va kamchiliklarimizni muhokama qilib oldik.
@otabek_khasanov
#Diqqat
⚡“Siyosiy ma’rifat soati”
🔹Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!
🔹Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.
Xabaringiz bor, Islom sivilizatsiya markazi ekspozitsiyasini boyitish va takomillashtirish bo’yicha qator loyihalar ustida ishlamoqdamiz.
Xususan, “Yangi O’zbekiston – Yangi renessans” bo‘limini tashkil etish borasida olimlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.
Bugun loyihalarimizni yanada aniqlash, ekspozitsiyalarni zamonaviy ko’rinishda tasvirlash bo‘yicha olimlar forumi bo‘lib o‘tdi.
Unda 200 nafarga yaqin soha ekspertlari, olimlar qatnashdi. Ular o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi, qiziqtirgan savollariga javob oldi.
@otabek_khasanov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasining oliy mukofoti - Faxriy legion ordeni bilan taqdirlandi. Davlatimiz rahbariga yuksak mukofotni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tantanali ravishda topshirdi.
—
#Mirziyoyev #tashrif #Fransiya #taqdirlash
#men_prezidentimdan_faxrlanaman
@otabek_khasanov
📚
“Loyihalarni boshqarish” bo‘yicha seminar-trening davom etmoqda
Unda Markaziy Osiyo bo'yicha biznes akademiyasi trenerlari ishtirokida o'quv soatlari bo'lib o'tmoqda.
#Kun_hikmati
Tarbiya uch qismdan iborat: badan tarbiyasi, aqliy tarbiya va axloq tarbiyasi.
❔Qahramon ayol timsoli qanday bo’ladi?
Videotabrikda jamiyatimizning qahramon ayollari portretini yaratdik.
Ayolning mehri, matonati, sabri tufayli dunyo go’zal! Har bir ona, har bir ayol-qiz har kun xuddi bayramdagidek e’zoz va hurmatda bo’lsin! 🌷🤍
Eng chiroyli bayram muborak!💐
@Sinchalak_blog
#xalqchildavlat 📚
✔️“Siyosiy ma’rifat soati”
⏺Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!
⏺Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.
5 yil avval tayyorlagan videomiz haliyam juda ahamiyatli! Aynan bugun 2020-yil 6- mart kuni ijtimoiy tarmoqqa joylagan ekanmiz.
Menimcha, bu yerda aytilgan gaplar hali ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
@otabek_khasanov
"Korrupsiyani yengish uchun birinchi navbatda uning ortiqcha hashamat va dabdaba degan "o‘q ildizlarini" quritishimiz shart.
Eng achinarlisi, bunga taniqli shaxslar bosh-qosh bo‘layapti, odamlar ularga tenglashaman deb, o‘zini "o‘tga-cho‘g‘ga" urayapti.
Bu borada ayrim rahbarlar o‘zining kamtarona turmush tarzi bilan barchaga namuna bo‘lish o‘rniga, bunday soxta qadriyatlar asiriga aylanib, noqonuniy daromad topishga intilayotgani ham bor gap",
- dedi Prezident.
"Islohotlarimiz natijadorligi avvalo, sadoqatli, fidoyi va korrupsiyaga toqatsiz yangi avlodga bevosita bog‘liq. Bu ishda fikri toza yosh avlodni tarbiyalash ustuvor vazifaga aylanishi shart",
- dedi Prezident.
Shu maqsadda maktab direktorlari "Tarbiya" fani doirasida o‘g‘il-qizlarimizga halollik, birovni haqiga xiyonat qilmaslik kabi ezgu g‘oyalarni sodda tilda tushuntirib borishi kerakligi ta’kidlandi.
Bugun ma’naviy-ma’rifiy soha nafaqat, yangilikka intilmoqda, shu bilan birga yoshlarni kelajak tomon intilishlarida ham zamin bo‘lmoqda.
Suratdagi yigitning ismi Axror. U sal oldin Markazimizda faoliyat yuritardi, tirishqoq, yangilikka intiluvchan yigit.
U bugun “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, London iqtisodiyot va siyosatshunoslik universiteti magistri, ingliz tili bo‘yicha IELTS xalqaro sertifikati va qator tanlovlar g‘olibi, “TED-Ex” loyihasi hammullifi.
U bugun Ichki ishlar akademiyasida tengdoshlari uchun seminar-trening o‘tib berdi.
Muloqot tarzida davom etgan mashg‘ulot jarayonida kursantlar til o‘rganish metodlari, qisqa fursatda muvaffaqiyatga erishish omillari xususida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Yoshlar kirib borgan sohaga albatta, yangi qon, yangiliklar kirib keladi.
Axrordan hali umidlarimiz katta, u yurtga qaytib, elimizga xizmat qiladi.
@otabek_khasanov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi Qarori
—
@otabek_khasanov
Farg‘onadagi Sharqiy harbiy okrugda bo‘ldik.
Harbiylarni nafaqat, jismonan balki, ruhan ham chiniqtirish vatanparvarlikning eng muhim omilidir.
Shu sabab bugungi kunda harbiy qismlarda ham kitobxonlik, madaniyat va san’at, teatrlarga jalb qilish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Sharqiy harbiy okrugda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdik.
O'zida qadimgi tarix va bugungi zamonaviylikni mujassam etgan harbiy okrug Tarixiy muzeyi hamda kutubxonasi menda katta taassurot qoldirdi.
Kelgusida hamkorlikda amalga oshiradigan ishlarimiz xususida kelishib oldik.
@otabek_khasanov