Республика Маънавият ва маърифат маркази раҳбари, сиёсий фанлар доктори Facebook: https://www.facebook.com/otabek.hasanov.75 Instagram: https://www.instagram.com/otabek_khasan/
Biz anchadan beri mahallalarga ma’rifat, kitobxonlik ruhini olib kirish haqida o‘ylayotgan edik.
Bugun shu g‘oyalarimizdan biri amalga oshish arafasida. Bag‘dodning Samandarak mahallasida yoshlarimiz, mahalla aholisi uchun qulay, zamonaviy kutubxonaga tamal toshi qo‘yildi.
Bu yer kitob o‘qish, yoshlar uchun qulay muloqot, maqsadlarni amalga oshirish, yangi g‘oyalarni o‘ylash maskani ham bo‘ladi.
Safarimiz mahalladagi bayram tantanalariga ham ulanib ketdi. Qadriyatlarimiz go‘zal, an’analarimiz takrorlanmas, ayniqsa, samimiy xalqimiz bilan buni yanada teran anglash, qalban his qilish mumkin.
@otabek_khasanov
Bugun Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida bo‘ldik. Bir guruh ziyolilar, tuman hokimi ishtirokida aholi bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Muloqot maydoni yaratildi.
Bugun aholining farovon yashashi, kambag‘allikdan chiqarilishi bo‘yicha ko‘plab tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Bu borada maxsus ishchi guruhlar faoliyat olib bormoqda.
Tumandagi mahalla aholisi uchun maxsus seminar-trening tashkil etildi.
Seminar dasturi doirasida "Bag‘dod", "Mehnatobod", "Saidobod" mahallalarida "Quva tajribasi" o‘rgatilib, zarur tavsiyalar berildi.
16 000 dona ko‘chatlar keltirilib, aholi xonadonlariga o‘tkazildi.
Ziyolilar aholi bilan samimiy muloqot qildi.
@otabek_khasanov
Xabaringiz bor, Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash «Ulug‘bek» jamg‘armasi tomonidan universitet prorektorlari, professor- o‘qituvchilar, yoshlar, tadqiqotchilar uchun doimiy ma’ruzalar tashkil etilib kelinmoqda.
Bu galgi muloqotimiz “Yangi O‘zbekiston — ijtimoiy davlat” mavzusida bo‘ldi. Unda professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Respublikadagi barcha hududlardan yoshlar onlayn ravishda muloqotimizga qo‘shildi.
Savol-javob qismida barcha faol qatnashib, bu boradagi mulohazalarini ham bildirdi.
@otabek_khasanov
Bugun “Zamonaviy targ‘ibot texnologiyalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazdik.
Unda professor-o‘qituvchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, doktorant va tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Hozirda ijtimoiy-ma’naviy muhit tahlilida yangicha ilmiy tadqiqot usullari, zamonaviy targ‘ibot texnologiyalari zarurdir.
Bu borada oldimizda turgan vazifalar, yechimini kutayotgan muammolar ko‘p.
Konferensiyada olimlar jamiyat birdamligini ta’minlaydigan omillar tahlili, xalqparvar davlat barpo etishda ijtimoiy faol fuqaroning rolini oshirish vazifalari, taraqqiyotga olib boruvchi ustuvor qadriyatlarni aholi ongiga singdirish masalalari kabi ilmiy muammolar bo‘yicha mulohazalarini bildirdi.
@otabek_khasanov
Bugun muhim kun! Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichida Eron terma jamoasi bilan kuch sinashadi.
Oʻyin Tehron shahridagi “Ozodiy” stadionida, Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.
Mazkur oʻyin “Sport tv” orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatiladi.
Milliy terma jamoamizga g‘alaba tilaymiz!
@otabek_khasanov
Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan nimaki yaratilgan bo‘lsa, albatta, kuchli tartib asosida tashkil etilgan.
Bugun Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida O'zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Zulayxo Mahkamova mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan mahalla tizimi xodimlari xususan, "mahalla yettiligi" vakillarini bayram bilan qutladi.
Tadbir davomida “22-mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni” munosabati bilan “Mahalla iftixori” ko‘krak-nishoni egalari taqdirlandi.
Ular qatorida mening ham borligim katta ishonch, mas’uliyatdir. Sababi axloq, tarbiya ishlari oila va mahalla bilan chambarchas bog‘liq, bir-birini to‘ldirib turadi.
Keyingi faoliyatimizda ham mahalla bizning maqsadlarimizga olib boruvchi eng yaqin yo‘l bo‘lib qoladi.
@otabek_khasanov
Aziz yurtdoshlar, Navro‘z bayramingiz muborak bo‘lsin!
Birdamlik, mehr-oqibat, saxovat, tinchlik ayyomi azaliy qadriyatlarimiz ramzi sifatida doim barhayot bo‘lsin!
#yangiruhiyat #birdamjamiyat
@otabek_khasanov
⚽️ Bugun muhim kun!
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Toshkentda 🇰🇬Qirg‘iziston bilan maydonga tushadi.
Ma'lumot uchun, ortda qolgan 6 ta turdan so‘ng terma jamoamiz 13 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘gri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
⏰ Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
💬 @otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bir qator korxona va ijtimoiy obyektlarga tashrif buyurib, mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishadi. Davlatimiz rahbari bahorgi ko‘chat ekish tadbirlarida ishtirok etishi ham rejalashtirilgan.
💬 @otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning mamlakat aholisiga murojaati
💬 @otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan
"Dunyoda sun’iy intellekt, innovatsiya, raqamli va yashil texnologiyalar, kreativ xizmatlar orqali "katta sakrash" bo‘layapti.
Yurtimizning betakror tabiati, tog‘ va yaylovlari, tarixiy obidalari – kino industriyasi, konsert-tomosha faoliyati va turizmda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun katta imkoniyat",
"Men ham mana shunday sohalarda loyiha qilaman, degan intiluvchan tadbirkorlarga eng qulay sharoitlar yaratib berishga tayyorman", - dedi davlatimiz rahbari.Читать полностью…
#yangiruhiyat
💬 @otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan
#tahlilnoma
— Bugun dunyo “Yangi O‘zbekiston”ni tan olyapti. Faqatgina tan olmayapti, islohotlariga ishonyapti. Bu islohotlar esa prezidentimiz taʼkidlaganidek, ortga qaytmaydigan, faqat oldinga yuradigan
islohotlardir...
488 kishi afv etildi
Prezident farmoniga ko‘ra, Ramazon hayiti munosabati bilan jazo muddatini oʻtayotgan hamda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 488 nafar shaxs afv etildi.
Bunda, afv etilgan shaxslarning:
🔹 100 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi;
🔹 268 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi;
🔹 34 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi.
@otabek_khasanov
⚡️“Siyosiy ma’rifat soati”
🔹Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!
🔹Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.
Turma – yugur, tinma - tirish, bukilma - yuksal!
@otabek_khasanov
#yangiruhiyat
O‘zbekistonda Ramazon hayiti bayrami 30-mart kuni nishonlanadi
Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi
💬 @otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi iftorlikda futbolchilarimiz g‘alabasi uchun ham duo qilindi.
@otabek_khasanov
Ta`ziya
Suratdagi inson Sur’at Mirqosimov. Ular Davlat boshqaruv akademiyasida bizga saboq bergan, bilganlarini o‘rgatgan, samimiy ustoz edilar. Bugun ularning vafoti haqidagi xabar men va ularni tanigan ko‘pchilikni chuqur qayg‘uga soldi.
Sur’at Mirqosimov O‘zbekiston davlat teleradioqo‘mitasining xorijiy mamlakatlar uchun eshittirish bo‘limida turli lavozimlarda, jumladan, hind tahririyatida muharrir bo‘lib ishlagan.
O‘zbekistonning Hindistondagi birinchi elchisi bo‘lgan. Ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan.
Umrining oxirigacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida talabalarga dars bergan.
Taniqli diplomat va sharqshunos olim Sur’at Mirqosimov vafoti munosabati bilan uning oilasi a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.
@otabek_khasanov
#milliybirdamlik👩
#milliyg‘urur
- Kiborlar kolleksiyasida milliy matolarimiz;
- 1100 AQSh dollariga baholangan kalish;
- Soyabonning vatani qayerligini BILASIZMI?!
Bugun Mahalla tizimi xodimlari kuni!
Bu kunning azaliy va boqiy bayram Navro‘zi olam bilan hamohang tarzda nishonlanishida ham katta hikmat bor.
Mahalla ham Navro‘z kabi qadimiy, hamisha navqiron, azaliy qadriyatlarimiz beshigidir.
Ayniqsa, so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistondagi islohotlar mahallada aks etib, mahalla yettiligi insonlar mushkulini oson, og‘irini yengil qilmoqda.
Natijada inson qadri qadrlanib, kelajakka ishonch, ertaga umid xalqimiz qalbida yashamoqda.
Ayniqsa, hozirgi globallashuv davrida mehr-oqibat, ahillik, tarbiya maskani bo‘lgan mahallaning ahamiyati yanada oshib bormoqda.
Barcha mahalla tizimi xodimlarini mana shunday mas’uliyatli, mashaqqatli va sharafli ishlarida kuch-quvvat, sog‘lik tilaymiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin!
💬 @otabek_khasanov
"Yangi O‘zbekiston" bog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Navruz bayrami shodiyonasi bo‘lib o‘tmoqda.
Bayram tadbirini jonli tarzda Prezident Matbuot xizmatining YouTube dagi rasmiy sahifasida tomosha qiling.
#mening_prezidentim
Президент салом айтди, дейсизлар — Шавкат Мирзиёев
Давлат раҳбари Юнусобод туманида янги очилган "High Town Mall" савдо-кўнгилочар мажмуаси билан танишмоқда.
Президент бу ердаги ўйин майдончасига келган болалар – туман ижодий жамоалари аъзолари билан самимий суҳбатлашди.
@otabek_khasanov
Instagram.com/otabek_khasan
#yangiruhiyat #inson
Sen dunyoni qanday ko‘rishni istasang, avvalo, o‘zing o‘zgar!
💬 @otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan
Bunyodning sarguzashtlarini kuzatib borayapsizmi?
U bugun buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur haqida kitob o‘qidi.
Siz bobomiz haqida nimalarni bilasiz?
#yangiruhiyat
💬 @otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va o‘rta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Prezident soha uchun yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
Jumladan, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy ekspertlar bilan katta dastur ishlab chiqildi. Bunga 2025-yilda barcha manbalar hisobidan 10 milliard dollar ajratiladi.
"Bu yil kichik va o‘rta biznesga 120 trillion so‘m resurs beriladi. Buncha katta mablag‘ ilgari hech qachon bo‘lmagan",
"Uy-ro‘zg‘or va farzand tarbiyasidan ortib, tadbirkorlik bilan odamlarni ishli, daromadli qilayotgan ayollarimizga har qancha rahmat aytsak, arziydi",Читать полностью…
- dedi Prezident.
Bu yildan kichik biznesga 300 million so‘mgacha kredit berish boshlandi. Endilikda bir yilda yiriklashib, kichik yoki o‘rta korxonaga aylangan tadbirkorlarga shuni 150 million so‘mi garovsiz beriladi. Xuddi shunday, oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha ham 50 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.
Mutasaddilarga oldingi kreditidan kechikkan qarzi bo‘lmagan tadbirkorlarga yangi imtiyozli kredit olish imkonini yaratish topshirildi.
YASHASH MEZONLARI: AVVAL VA HOZIR
▪️Oldinlari odamlar bir-birining yoniga shunchaki, ishi bo‘lmasa ham gurunglashish uchun boraverardi. Hozir gurungga vaqt yo‘q. Ishi bo‘lmasa, birov-birovga qo‘ng‘iroq qilishi ham amrimahol.
▪️Oldinlari kimdir rahbar bo‘lib tayinlansa o‘sha kishini tanigan-tanimagan odamlar g‘oyibona "Juda yaxshi, xalqparvar odam deyishayapti. Xudo nazar qilgan kishi ekan-da. Bo‘lmasa katta bo‘larmidi?", deb yaxshi gumon qilishardi. Hozir esa endi ish boshlayotgan rahbarning yomon jihatini topishga urinish urfga kirib borayapti.
▪️Oldinlari muallimlar bolani urishsa, ota-onasi ham muallimni yoqlab, farzandiga tanbeh berar, hatto tarsaki ham tushirardi. "Muallim xato gapirmaydi, to‘g‘ri qilibdi" deyishar va "Ustozning urgan joyi qiyomatda kuymasmish" deya matal ham aytib qo‘yardilar. Hozir esa biror muallim farzandimizni urishib qo‘ysa, uni sudga berishgacha borayapmiz.
▪️Oldinlari biror kishi kim bilandir ko‘rishishi kerak bo‘lsa, u bilan bir oy oldin ahdlashib qo‘ysa bas, o‘sha manzilga aytilgan vaqtda borar edi. Hozir telefonda yuz marta kelishilgandan keyin ham biror narsa to‘g‘ri kelmay qolib, va’dalar buzilayapti.
▪️Oldinlari odamlarning soni kam edi, orzular katta va ko‘p edi. Hozir esa aholi ko‘p, ammo orzular maydalashib qoldi.
▪️Oldinlari yashash uchun yashardilar. Hozir esa pul topish uchun ishlashayapti. Yashash urfdan qolayapti.
Shodmonqul SALOM,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
#yangiruhiyat #inson
💬 @otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan
Dam olish oqshomi uchun ota-onalarga “Mo‘jiza” nomli filmni tavsiya qilmoqchiman.
Biz farzandlarim bilan birga ko‘rdik. Ular kinodan har doim atrofidagi do‘stlariga nisbatan qanday ko‘rinishidan qat’iy nazar teng munosabatda bo‘lishi lozimligini angladi.
O‘zim yana bir bor anglagan haqiqat shuki: dunyo mo‘jizalarga to‘la, lekin eng katta mo‘jiza bu farzandlarimizning dunyoga kelgandanoq boshlanadi.
Faqat bu mo‘jiza kundan kun o‘ziga ishonchi ortishi, hayot qonunlariga moslashishi va nihoyat o‘zini topishi uchun biz shunchaki qanday vaziyatda bo‘lmasin ularga ishonsak bo‘lgani.
Filmi bu yerda tomosha qilish mumkin: https://youtu.be/PnS68IPSXnk?si=2APbtkg0vTc7Ntih
💬 @otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan