otabek_khasanov | Unsorted

Telegram-канал otabek_khasanov - Otabek Hasanov

21580

Республика Маънавият ва маърифат маркази раҳбари, сиёсий фанлар доктори Facebook: https://www.facebook.com/otabek.hasanov.75 Instagram: https://www.instagram.com/otabek_khasan/

Subscribe to a channel

Otabek Hasanov

Yaxshilar ketidan agar choparsan, istaging, baxtingni shunda toparsan

©️Sa’diy Sheroziy



#yangiruhiyat #iqtibos #intizom

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Nuroniy va ziyolilar bilan muloqotimiz qoraqalpoqlik iqtidorli yoshlar, O‘zbekiston Madaniyat va san’at instituti Nukus filiali talabalari bilan uchrashuvga ulanib ketdi.

Qoraqalpog‘iston yoshlari tashabbuskor, yangilikka intiluvchan. Har safar muloqotimda bunga ko‘p bora guvoh bo‘lganman.

Yoshlar bilan ijtimoiy tarmoqlar, sun‘iy intellekt kabi zamonaviy yo‘nalishlarda olib borayotgan loyihalarimiz haqida gaplashdik.

Ularni qiynayotgan muammolar o‘rganildi, mutasaddilar bilan shu joyning o‘zida yechim topilib, kreativ yoshlar hamkorlikka jalb etildi.

Shuningdek, hozirda xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan ilg’or qoraqalpoq yoshlari bilan ham ZOOM orqali suhbat qilindi.

Suhbatimiz ochiq, samimiy, taklif va mulohazalarga boy bo‘ldi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

“Jadid” gazetasining 2025-yil 11-apreldagi 15-soni bilan tanishing!

Gazetaning har soni haqidagi videosharh Respublika Manaviyat va marifat markazi tomonidan tayyorlanayotgan siyosiy marifat soatida berib borilyapti.
Gazetani to‘liq bu yerda o‘qishingiz mumkin.
/channel/gazetalar_sharhi/34868

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

“Loaqal ularning, qoralovchi qora ko‘zlarning ko‘ngli uchun bo‘lsa ham, menga eng oliy bo‘lg‘on jazoni bera ko‘ringiz. Ko‘nglida shamsi g‘uboroti, teskarichilik maqsadi bo‘lmog‘on sodda, go‘l, vijdonlik yigitga bu qadar xo‘rlikdan o‘lim tansiqroqdir”

Abdulla Qodiriyning suddagi nutqidan

Animatsion rolik jadid bobomiz tavalludining 131 yilligi uchun sun’iy intellekt yordamida yaratildi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan yangi loyiha taqdim etilmoqda.

Hozir sun’iy intellekt asr mo‘jizasiga aylanmoqda. Undan har bir sohada faol foydalanilmoqda. Biz ham tarixchi olimlar bilan birga mazkur yo‘nalishda hamkorlik qilib yangi loyihalarni boshlamoqdamiz.

Birinchi qadam tarixshunos olim Muhammad Ali bilan hamkorlikda sun’iy intellektda Amir Temur qiyofasini, uning sarkardalik faoliyati, yoshligi, ilmiy merosini jonlantirishdan iborat. Eng muhimi, bunda buyuk sarkardaning yoshligi bo‘yicha kitobchalar yaratilib, shu asosida animatsion multfilmlar ishlab chiqiladi.

Yil davomida bu yo‘nalishdagi ishlarimizni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarib, yana ham zamonaviylashtirib, tarixiy shaxslar, voqealarni yosh avlod ko‘z o‘ngida jonli tarzda gavdalantirib boramiz.

Har bir media mahsulotlarni sizlarga taqdim etib boramiz. Barcha ziyolilar, olimlar, yoshlar va soha mutaxassislarini hamkorlikka chaqirib qolamiz.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Bugun Amir Temur tavallud topgan kun. Bu ma’rifat bayrami, madaniyat tantanasi, jasorat kunidir.

Sohibqiron bobomiz Oqsaroy peshtoqiga
"Adolat – davlatning asosi va hukmdorlar shioridir", deb yozdirib qo‘ygan.

Buyuk Amir Temur ma’rifat, madaniyat, ilm-u maorif homiysi ham bo‘lgan. Shu sababli tarix ulug‘ bobomizni ikkinchi Renessans bunyodkori sifatida e’tirof etadi.

Buyuk ajdodimizning har bir sabog‘i
Uchinchi renessans poydevorini qurayotgan biz avlodlar uchun ulkan ma’rifiy xazina, katta merosdir.

Bizga ma’rifatli, vatanparvar, jasur bo‘lishni meros, mas’uliyat qilib bergan kun muborak bo‘lsin!

#yangiruhiyat

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Til millatning bosh belgisi
hisoblanadi. Til bor — millat bor.
Til yoʻq — millat yoʻq.

Erkin Vohidov

#yangiruhiyat #iqtibos #intizom

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Biror ishni qilishga qasd qilgan bo’lsam,butun zehnim, vujudim bilan bog’lanib, bitirmagunimcha undan qo’limni tortmadim.


Amir Temur✍🏻


#yangiruhiyat #iqtibos #intizom

💬@otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan

Читать полностью…

Otabek Hasanov

📚 Siyosiy ma’rifat soati 12-son

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.


▶️ Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/GdOojwG-1bU sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

#xalqchildavlat

💬@otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Aziz kuzatuvchilar, navbatdagi animatsion filmni taqdim etamiz. “Tanlov”

Animatsion film orqali ba’zan biz tanlashimiz mumkin bo‘lgan yo‘llar ko‘rsatilgan. Tanlov o‘z qo‘limizda! Jamiyatda agar birlashsak, ba‘zi muammolarni birgalikda hal qilsak, maqsad sari olib boradigan yo‘limiz yanada qisqa bo‘lar edi.

Siz qaysi yo‘lni tanlagan bo‘lardingiz?

Ko‘ring, mulohaza qilib, fikr bildiring: https://youtu.be/KDBlmM_CHFQ

#yangiruhiyat #birdamjamiyat

💬@otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Maktaba yo‘q bir tiyinni to‘yga ming so‘mlab berur,
Chorasi mushkul kasalga mubtalodir bizni xalq.


Cho‘lpon

#yangiruhiyat #maromiylik

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

"Oldimizda mintaqamizni nafaqat barqaror, balki farovon makonga aylantirish uchun tarixiy imkoniyat turibdi". O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqanddagi "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti oldidan "Euronews"ga bergan eksklyuziv intervyusi.


@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Душманларингизни мағлуб қилишнинг энг яхши йўли ~ улардан устунроқ бўлиш эмас, яхшироқ бўлишдир.

✍ Конфуций

Ҳайрли кун!

💬@otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan

Читать полностью…

Otabek Hasanov

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston Prezidentlari uch tomonlama uchrashuv o‘tkazib, davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnomani imzoladilar.


@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi


@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Yana bir uchrashuv Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazida bo‘ldi.

U yerda harbiy yoshlar bilan muloqot qildik. Bugun zamon harbiylarni nafaqat jismonan, balki, ruhan ham kuchli bo‘lishi, keng dunyoqarash, teran mulohaza, ilmli bo‘lishini ham talab qilmoqda.

Shu sabab Mudofaa vazirligi bilan doimiy tarzda hamkorlik ishlarini, turli loyihalarni birgalikda amalga oshirib kelmoqdamiz.

Muloqotimiz ochiq, savol-javoblarga boy bo‘ldi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasidamiz. Dastlabki manzilimiz Nukus davlat pedagogika instituti bo‘ldi. U yerda oliy ta’lim muassasasi rektorlari, teatr direktorlari, yozuvchi va shoirlar, nuroniylar, olimlar bilan samimiy muloqot qildik.

Bugun yoshlarimiz har sohada ilg‘or, intiluvchan, lekin ularga yoshi ulug‘larimizning tajribasi, nasihatlari har doim zarur.

Shu bois, suhbatimiz yosh avlodni tarbiyalash, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, san’atga, kitobga, teatrga oshno qilish borasida bo‘ldi.

Lekin hali bu borada amalga oshiradigan ishlarimiz, yechimini kutayotgan muammolarimiz ko‘p.

Takliflar eshitildi, mulohazalar muhokama qilindi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#Siyosiy_ma’rifat_soati_13_son

📚
“Siyosiy ma’rifat soati”

⏺️Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

⏺️Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi
“Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi
https://youtu.be/zx0lbjCsu-0?si=TlRaSyKCnFYJiwgy sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

#xalqchildavlat

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#buyuklarimiz

Sabr deb, inson boshiga tushgan alam va chidab bo‘lmaydigan og‘riqni to yengunga qadar ushlab turishga aytiladi.


Ibn Sino.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

“Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans” ekspozitsiyasi markazning tashrif qog‘ozi bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zolari, olimlar hamda mutaxassislar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda xorijiy kompaniyalar ishtirokida “Yangi O‘zbekiston –Yangi Renessans” bo‘limini yaratish masalalari muhokama qilindi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Bugun Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va madaniyat markazida Amir Temur tavalludi munosabati bilan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘ldi.

Unda professor-o‘qituvchilar, olimlar, harbiylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ochig‘ini aytsam, buyuk sarkardaning bizga qoldirgan merosi, jasorati, vatanparvarlik, axloq masalalaridagi o‘gitini hali ham yetarlicha o‘rganganimiz, undan keng foydalanganimiz yo‘q.

Bugungi konferensiyada ham olimlar shu masalada tadqiqotlari bilan tanishtirdi, ilmiy mulohazalarini bildirdi.

Shu bilan birga, bugun buyuk bobokalonimizning tarixga muhrlab qo‘ygan ulkan ishlarini, saboqlarini zamonaviylashtirish, yangi avlodga yangicha talqinda yetkazish zarurati ham katta.

Bu borada qator loyihalarni boshlaganmiz, lekin bu yetarli emas, bunday ishlar sonini yanada ko‘paytirish lozim.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

"Yangi O‘zbekiston - Yangi Renessans" ekspozitsiyasi multimedia loyihalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

💬@otabek_khasanov
📹Instagram.com/otabek_khasan

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Dunyo bo‘ylab ijtimoiy tarmoqlarda insonlar oʻz suratlarini sunʼiy intellekt yordamida ghibli uslubida chizib sahifalariga joylashtirmoqda.
Biz ham trenddan chetda qolmadik.

O‘xshabdi-mi?

💬@otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Samarqanddagi "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" sammitining birinchi kuni uchrashuvlarga boy va sermahsul bo‘ldi.

#yakdilmintaqa #yangiruhiyat

💬@otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi.

#yakdilmintaqa

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

• Одамзод нима учун кафтдек ҳовлисига гул экади? Ундан кўра, шолғом экса, қозонига тушади-ку.
• Одамзод нима учун булбул чах-чахини эшитганда энтикиб кетади? Ундан кўра, булбулни шўрвага солиб пиширса, нафсини қондиради-ку.
• Одамзод нима учун осмонда чарақлаб ётган юлдузларни кўриб, кўнгли завққа тўлади? Юлдузлар унинг ҳамёнидаги тиллалар эмас-ку.
• Одамзод нима учун китоб ўқиётиб, суюкли қаҳрамони ўлиб қолса йиғлайди? Уни ёзувчи "ичидан тўқиб чиқаргани"ни билади-ку?
• Одамзод нима учун ўзга юртларга бориб беҳисоб мол-дунё орттирса-ю, иттифоқо болалиги кечган кулбаси тушига кириб қолса, туни билан йиғлаб чиқади? Ахир у шоҳона қасрда яшайди-ку.
• Одамзод нима учун боласининг бошида алла айтади? Гўдак алла эшитмаса ухламайдими?
• Одамзод нима учун неварасини етаклаб неча замон аввал ўтиб кетган бобосининг қабрини зиёрат қилади? Марҳумни улар кўрмайдилар-ку?!
• Гап шундаки, Одамзодни ҳайвонотдан ажратиб турадиган чегара бор. Бу чегаранинг номи "маънавият" деб аталади.

Ўткир Ҳошимов

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov


HALI JADID INQILOBCHILARI DEGAN GAPNI AYTGANIMIZ YO‘Q!


➡️ Nega hozirda jadidlar singari fidoyilar yo‘q?
➡️ Jadidlarning ko‘rgan aziyatlari va xalq dushmani deya tamg‘alanishi;
➡️ Cho‘lpon va Qodiriyning maslakdoshlari kimlar edi?
➡️ Buyuk shaxslar bilan yo murosa qilinishi kerak, yoki...
➡️ Tolstoy Rossiya hayotini ag‘dar-to‘ntar qilishni xohlaganmi?
➡️ O‘zbekcha ta’lim tizimi kerakmi?
➡️ Alifboni o‘zgartirish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?


O‘zbekiston Qahramoni, taniqli adabiyotshunos, yozuvchi va tarjimon Ibrohim G‘afurov bilan jadilarning jamiyatdagi o‘rni, bugungi kun uchun ahamiyati hamda boshqa mavzularda suhbatlashdik.

📱
To‘liq videoni soat 20:00 da YouTube kanalimizda tomosha qiling:
https
://youtu.be/sY1prTGu29c


💬@otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Bugun dam olish kunim juda mazmunli o‘tdi.

Mahoratli yozuvchi, olim, tarjimon Muhammad Ali bilan maroqli suhbat qurdik.

Anchadan beri birgalikdagi suhbatlarimizda farzandlarimiz uchun buyuk allomalarimiz, sarkardalarimizning yoshlik davri haqida ham ilmiy asoslangan, ham qiziqarli ma’lumotlar, sarguzashtga to‘la voqealar haqidagi kitoblar kerakligi haqida gaplashardik, o‘ylardik.

Bugun shu mulohazalarimiz asosida ajoyib kitob tayyor bo‘lmoqda. Bu ustoz yozuvchining mahorati, bilimi, tarixni yaxshi bilishi bilan uyg‘unlashib, kitobxonlar uchun yaxshi sovg‘a bo‘lishiga ishonaman.

O‘zaro bir-birimizga kitoblar ulashdik.
Ustoz bilan suhbatimizda vaqt deyarli to‘xtab qolgandek bo‘ldi, chunki bunday insonlar bilan qancha muloqot qilsak shuncha kam. Shu sabab bo‘sh vaqtim bo‘ldi deguncha ziyolilar davrasidagi samimiy, mulohazali suhbatlar tomon talpinaman.

💬@otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan

Читать полностью…

Otabek Hasanov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Xo‘jand shahriga keldi. Aeroportda davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi.


@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanidagi safarimiz davomida tumandagi 1-maktab hududida “Ma’rifat bog‘i” tashkil qildik.

Maktab nafaqat ta’lim, balki, bolalar qalbida tabiatga, oila, vataniga mehr uyg‘otadigan tarbiya maskani ham.

Shu sabab ziyolilar nafaqat, nihollar ekdik, balki, kelajak egalarimiz tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan ustozlar bilan ham suhbatlashdik.

Zero, ular haqiqiy ma’naviyat fidoyilari, ma’rifat targ‘ibotchilaridir.

Umid qilamizki, bu maktabda ekilgan nihollar huddi o‘quvchilar bilan birga qad rostlab boradi va Yangi O‘zbekiston bog‘ining yashnashiga hissa qo‘shadi.

Yana bir yangilik, endi maktabda alohida kutubxona ham tashkil qilmoqchimiz. Kitoblar fondi doimiy to‘ldirilib boriladi va kitobxon o‘quvchilar uchun doimiy tanlovlar tashkil etiladi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…
Subscribe to a channel