otabek_khasanov | Unsorted

Telegram-канал otabek_khasanov - Otabek Hasanov

21580

Республика Маънавият ва маърифат маркази раҳбари, сиёсий фанлар доктори Facebook: https://www.facebook.com/otabek.hasanov.75 Instagram: https://www.instagram.com/otabek_khasan/

Subscribe to a channel

Otabek Hasanov

Kuzatuvchilarimiz yaxshi biladi, o‘tgan yili Xorazmda bo‘lganimizda Urganch shahridagi xususiy kutubxonaga tashrif buyurib, tadbirkor Quvondiq Abdullayev bilan tanishgan edik.

Ma’rifatparvar tadbirkor tashabbuskorligi va fidoyiligi uchun ''Ma'naviyat fidoyisi'' ko'krak nishoni bilan taqdirlangan edi.

Endi bu xususiy kutubxona yangi binoda ish boshlabdi. Kitoblar soni ortib, mazmunan ham ancha turfa xil bo‘libdi.

Meni quvontirgani, turli binolar, xizmat ko'rsatish inshootlaridan baland qilib barpo qilingan 4 qavatli bu kutubxona o'zbek xalqining ma'rifatga bo'lgan muhabbatining ham balandligini aks ettiradi.

Tadbirkor bilan kutubxona binosidan samarali foydalanish, uni saqlash borasidagi muammolar yechimi yuzasidan suhbatlashdik.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#yangiruhiyat

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Mashhurbek ismli xonandaning qo‘shig‘i keng tarqaldi.

Bu san’atkorimiz “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi sifatida ham hududlardagi targ‘ibot tadbirlarida doim faol qatnashardi. Aytgan qo‘shiqlari samimiy xalqimiz ko‘nglidan tezda joy olardi.

Bugun Mashhurbekning qo‘shig‘i uchun ishlangan klip e’lon qilindi.

Ochig‘i klipdagi har bir qahramonni qiynagan muammo, hayot sinovlari ko‘pchilikka begona emas. Lekin ular har qanday vaziyatda oila, jamiyat, davlatga suyana olgani, sinovlardan o‘tib, boshini tik tutib, yangi hayot imkoniyatlarini ocha olgani quvonarlidir.

Zero, yurtimizda inson qadri, inson baxti islohotlar asosi, o‘zgarishlarning tub maqsadini tashkil qilmoqda.

Dunyo miqyosida ham Yangi O‘zbekiston so‘zi “ijtimoiy davlat” tushunchasi bilan yonma yon qo‘llanila boshlandi.


Shu o‘rinda bir mulohaza, doim atrofdagilarimizni qadrlaylik, birdam jamiyat, bir kuchga aylanaylik!

Klipni bu yerda tomosha qilish mumkin: https://youtu.be/_e7vmODn6gg?si=S-Fuc1714brp4D3V

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#Siyosiy_ma’rifat_soati_15_son

📚
“Siyosiy ma’rifat soati”

⏺️Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

⏺️Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi
“Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

▶️ Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi
https://youtu.be/6OOFashm71k sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

#xalqchildavlat

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov "Boqiy shahar" majmuasiga tashrif buyurdilar.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Xabaringiz bor, o‘tgan yili Prezidentimiz Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida bo‘lib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashgan, ta’lim-tarbiya borasida katta tashabbuslarni bildirgan edi.

Hozir bu dargohda malaka oshirish zamonaviy usulda, so‘nggi metodik texnologiyalar asosida olib borilmoqda. Umumta’lim maktablari direktorlari, hatto direktorlikka nomzodlar ham alohida menejerlik o‘quv kurslarini o‘tamoqda, boshqaruv usullarini o‘rganmoqda.

Bugun mazkur institut tinglovchilari bilan liderlik, zamonaviy rahbar xususiyatlari va boshqaruv masalalari haqida samimiy muloqot qildik.

Meni xursand qilgani, tinglovchilar kurs davomida "Liderlar" kitobidan ham foydalanishar ekan.

Shu bois suhbatimiz qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Bugun ajoyib bayram. “O‘zbekiston — kitobxonlar yurti” shiori ostida kitobxonlik haftaligi boshlandi.

Bu tadbir har yili an’anaviy ravishda bo‘lib o‘tadi. Hafta davomida turli xil qiziqarli loyihalar, madaniy tadbirlar o‘tkaziladi.

Biz kitobxon millatmiz, mutolaani qadriyat darajasida ardoqlagan xalqmiz.

Haftalikda har birimiz faol ishtirok etaylik! Farzandlarimiz, yaqinlarimiz bilan kitob ko‘rgazmalarida qatnashaylik!

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Yaxshilar ketidan agar choparsan, istaging, baxtingni shunda toparsan

©️Sa’diy Sheroziy



#yangiruhiyat #iqtibos #intizom

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Bugun muhim kun!

Futbol bo‘yicha U-17 terma jamoamiz Osiyo kubogi finalida mezbon Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqadi.

⏰ O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.

Olg‘a, O‘zbekiston! Olg‘a, yigitlar!

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#yangiruhiyat


Agar baxtli hayot kechirishni istasangiz, uni odamlar yoki narsalar bilan emas, balki maqsad bilan bogʻlaning.
✍️Albert Eynshteyn


@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Prezidentning Andijonga tashrifi: Yangi O‘zbekiston nafasi har bir mahalla, har bir xonadonga kirib bormoqda, xalqimizni baland-baland marralarga undamoqda.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Prezidentimiz xalq saylida ishtirok etib, odamlar bilan muloqot qildi

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi davomida xalq saylidagi nutqidan iqtiboslar

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

15-aprel — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni

Soha vakillarini bayram bilan muborakbod etamiz!

Madaniyat,san’at — xalq boyligi, tarixi, kechasi va ertasidir.

Butun umrini san’at durdonalarini yaratishga, madaniyatimizni targ‘ib qilishga bag‘ishlagan soha xodimlari haqiqiy qahramonlardir.

Ularga
umrboqiy asarlar, davomli yashayotgan xalq madaniyati, qalb tarbiyasi, ruh quvvati uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Nozik qalb, katta matonat egalariga bayram muborak bo‘lsin!

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Tilga e’tiborelga e’tibor

* * *
O‘z tiling  o‘z  Vataningdek  aziz,  o‘z  onangdek  tabarruk.
                                                                
Erkin Vohidov

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Bugun Xorazm viloyatidagi safarimiz davomida tadbirkor, dizayner Dildora Ro‘zmetova bilan samimiy muloqot qildik.

Tadbirkorimiz milliy liboslarimizni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Eng qizig‘i, tarixiy binolarimizdagi naqshlarni matolarga tushirib, ham noodatiy, ham zamonaviy kiyim-kechaklarni bozorga chiqarar ekan.

Barchamiz yaxshi bilamiz, milliy liboslarimizga talab so’nggi vaqtlarda yana ham ortmoqda. O‘z navbatida, raqobat ham shunga yarasha.

Bu quvonarli, albatta. Muloqotimiz davomida bu borada targ'ibot ishlarini kuchaytirish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish borasida fikr almashdik.

Milliylik va zamonaviylik uyg'unligini ta'minlash bugun Xorazm viloyatining rivojlanish drayveri hisoblangan turizm sohasida eng zarur omil.

Keyingi safar Xorazmga kelganda, albatta, Dildora opaning ustaxonasiga borishni niyat qildim.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

"Rimni alishmasman bedapoyangga...", "Parijning eng go‘zal restoranlarin, Bitta tandiringga alishmasman men..." , "O‘zingdan qo‘ymasin, xalqim, o‘zingdan-a...." , "Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston...", "O‘zing meni ulug‘lardan ulug‘imsan, vatanim". Bu misralar bugun barchamizga yod bo‘lib ketgan.


Bugun xalqimiz qalbiga yaqin, o‘zidek sodda, samimiy o‘xshatishlari bilan yuragimizdan joy olgan shoir Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

Shoir o‘lmaydi, degan gap bor. Bu gap Muhammad Yusuf haqida aytilgandek. U hali hamon she’rlari bilan qalbimizda yashab kelmoqda. Vatan muhabbatiga yuraklarimizda bir haykal o‘rnatganki, uni hech kim olib tashlolmaydi.

Agar bugun sh
oir hayot bo‘lganda 71 yoshni qarshilayotgan bo‘lardi. Uning tug‘ilgan kuni barchamizning Vatanga muhabbatimiz izhor qilinadigan kunimizga ham aylangan. Vatanga bunday samimiy dil izhorlarimiz shoir she’rlari orqali doimo abadiydir.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#iqtibos

📌 Xato qilishdan qo‘rqmang, lekin bir xatoni ikki marta takrorlamang. Uni tuzating!

📌 Yiqilishdan cho‘chimang! Bir ishni boshladingizmi harakatdan to‘xtamang, tavakkal qiling mag‘lub bo‘lsangiz ham taslim bo‘lmang.To‘qqiz marotaba yiqilsangiz o‘ninchi martasida o‘rningizdan turing, shaxt bilan harakat qiling!

📌 Vaqtning qadriga yeting! Ilm oling, izlaning va ota-onangizning qadriga yeting! Bugun borib ularni yaxshi ko‘rishingizni ayting. Ertaga kech bo‘lishi mumkin.

✍ Otabek Hasanov
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston Respublikasining "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi.

#yakdilmintaqa

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Yurt qahramonlari!

#yangiruhiyat #birdamjamiyat

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#birdamjamiyat

FUTBOL O‘YNAYОTIR O‘ZBЕK BOLASI

Butun el bir bo‘lib g‘oliblik kutdi,
Umidvor onaning duosi o‘tdi,
O‘ttiz yetti million niyatga yetdi,
Futbol o‘ynayotir o‘zbek bolasi.

Raqibni gangitib, o‘ylatib qo‘yib,
O‘n birga to‘qqizni o‘ynatib qo‘yib,
Qora qoshlarini o‘ynatib qo‘yib,
Futbol o‘ynayotir o‘zbek bolasi.

Yiqilsa ham, darhol kulib turadi,
Bular buncha quvnoq — kulib turadi,
Chempion bo‘lishin bilib turadi,
Futbol o‘ynayotir o‘zbek bolasi.

Zulfiya Mo’minova

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning futbol bo‘yicha o‘n yetti yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrigi

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Bu shunchaki dahshatli final!!! Yangi O’zbekistonga shunday g’alabalar yarashadi!!!

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning mamlakatimiz soha va tarmoqlariga ta’sirini yumshatish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo’lib o‘tmoqda.

Garvard universiteti tahliliga ko‘ra, o‘tgan besh yilda Iqtisodiy murakkablik indeksida O‘zbekistonning o‘rni 25 pog‘ona yaxshilanib, 105-o‘rindan 80-o‘ringa ko‘tarildi.

Bugungi kunda 162 turdagi milliy mahsulotlarimiz "dunyo bozorlarida raqobat ustunligiga ega" deb e’tirof etilayapti.

Natijada oxirgi yillarda eksport 2,2 barobar oshdi. Tashqi savdo aylanmasi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 57 foizga yetdi.

"Bu – iqtisodiyotimiz tashqi bozorlarga qanchalik bog‘liq ekanini ko‘rsatadigan juda katta raqam",

-
dedi Prezident.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#Siyosiy_ma’rifat_soati_14_son

📚
“Siyosiy ma’rifat soati”

⏺️Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

⏺️Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi
“Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

▶️ Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi
https://youtu.be/A5hNJbOzdLQ sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

#xalqchildavlat

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buloqboshi tumanida yig‘ilish o‘tkazganidan so‘ng yo‘lda keta turib, ta’ziyali xonadonga ko‘zi tushdi.

Bu xonadonda oilaning tabarruk onaxoni – Mamlakatxon aya Davronovaning vafot etgani munosabati bilan marosim bo‘layotgan edi.

Davlatimiz rahbari ta’ziyada qatnashib, xonadon egalaridan ko‘ngil so‘radi, chuqur hamdardligini bildirib, sabr-toqat va bardosh tiladi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Davlatimiz rahbari bugungi kunda Andijonda havas qilsa arzigulik o‘zgarishlar bo‘layotganini qayd etdi.

"Kecha viloyatdagi ishlar bilan tanishdim, oddiy odamlar bilan gaplashdim. Ishonch bilan aytishim mumkinki, bu zaminda Yangi O‘zbekiston shukuhi har bir mahalla, har bir xonadonga kirib ulgurgan.

Bu – isloh
otlarimizning eng katta natijasi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi",

- dedi dav
latimiz rahbari.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

✅Prezident Shavkat Mirziyoyev buyuk ajdodimiz – Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish maqsadida Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berishni taklif qildi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga kelib, Andijon xalqaro aeroportini modernizatsiyalash ishlarining borishi bilan tanishdi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

✈️Andijon viloyatidamiz!

Bu yerda mahallalarda bo‘lib, samimiy, ochiqko‘ngil xalqimiz bilan muloqot qildik.

Mahalla — qadriyatlar, an’analar, urf-odat va mehr-oqibat maskani.


Shu bois vatan ichra kichik vatanning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, o‘zlikni asrashdagi ahamiyati katta.

Ayniqsa, Andijon mahallalarida bo‘lib, bu yerdagi aholining shijoati, yangilikka intilishini ko‘rib quvondik.

Mahalla raislari, faollari va nuroniylar bilan suhbatlashib, tarbiya borasidagi fikr-mulohazalarini tingladik.

@otabek_khasanov

Читать полностью…
Subscribe to a channel