otabek_khasanov | Unsorted

Telegram-канал otabek_khasanov - Otabek Hasanov

21580

Республика Маънавият ва маърифат маркази раҳбари, сиёсий фанлар доктори Facebook: https://www.facebook.com/otabek.hasanov.75 Instagram: https://www.instagram.com/otabek_khasan/

Subscribe to a channel

Otabek Hasanov

TA’ZIYA

O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Milliy universiteti Matematik analiz kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori, yurtimizning taniqli matematik olimi Azimboy Sa’dullayev 2025-yil 28-may kuni, 78 yoshida olamdan o‘tdi.

Azimboy Sa’dullayev o‘zining ilm-fanga sadoqatli mehnati, boy ilmiy merosi, halolligi, yuksak insoniy fazilatlari va fidokorona pedagogik faoliyati bilan xalqimiz va yurtimiz oldida beqiyos xizmat ko‘rsatgan ulug‘ siymolardan biri edi. Uning yetishtirgan shogirdlari, yaratgan ilmiy maktabi va olib borgan fundamental tadqiqotlari nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro ilmiy doiralarda ham keng e’tirof etilgan.

Marhumning oila a’zolari, yaqinlari, shogirdlari va ilm-fan ahliga chuqur hamdardlik bildiramiz.

/channel/otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#kun_hikmati

Tarbiya – qalbning aqlga bo‘ysunishidir.

Darhaqiqat, qalb-ko‘ngil nimalarni tusamaydi.

Uni hovridan tushirib, aql yetoviga bo‘ysundirish ayni tarbiyali insonning ishidir.

✍ Shayx Ramazon Butiy

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi oʼgʼil-qizlarga tabrik

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 115 yoshni qarshilagan otaxonning istagi amalga oshdi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Bugun 9-may Xotira va qadrlash kuni!

O‘tmishda xalqimiz ne-ne mudhish kunlar, kulfat va musibatlarni boshidan kechirdi.

Lekin shunga qaramay har bir sinov yanada kuch, birlik, hamjihatlik olib keldi.

Matonatli xalqimiz Ikkinchi jahon urushida ham jang maydonida ham front ortida katta qahramonliklar ko‘rsatdi.

Jasorat unutilmaydi, mardlik izsiz ketmaydi! Buni qancha tarix almashmasin, avlodlar e’tirof etaveradi!

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi


@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Xorazmning hayratlari…

MAHMUD TOIR
O’zbekiston xalq shoiri

@otabek_khasanov

#xalqchildavlat

Читать полностью…

Otabek Hasanov


O‘zbekiston. G‘alabaga yo‘l” – yangi film premerasi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Rossiya-Kultura” hamda “Sevimli” telekanallarida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Rossiyaning “Divi” kinokompaniyasi hamkorligida suratga olingan “O‘zbekiston. G‘alabaga yo‘l” nomli hujjatli film namoyish etiladi.

Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbek xalqi ko‘rsatgan jasorat, bag‘rikenglik va insonparvarlik haqida O‘zbekiston va Rossiyaning mashhur aktyorlari hikoyalari asosida suratga olingan ushbu film tarixiy xotirani yoritishga bag‘ishlangan.

Efir vaqti

🕐 “Rossiya-Kultura” telekanalida 8-may kuni soat 16:15 da (Toshkent vaqti bilan soat 18:15 da)
🕐 “Sevimli” telekanalida 9-may kuni soat 16:20 da (O‘zbek tilida).



Tilda, fikrda, ishda birlik!


@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли фармонлари билан:

Жасур Шавкатович Салихов Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат сиёсати ва бошқаруви академияси ректори лавозимига;

- Гулноза Сайдиғанихўжаевна Исмаилова Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Истиқболли кадрларни тайёрлаш бўйича "Эл-юрт умиди" жамғармаси ижрочи директори лавозимига тайинланди.

Читать полностью…

Otabek Hasanov

“Эл-юрт умиди” фондини Президент ҳузуридаги Истиқболли кадрларни тайёрлаш бўйича “Эл-юрт умиди” жамғармаси этиб, Давлат бошқаруви академиясини Президент ҳузуридаги Давлат сиёсати ва бошқаруви академияси этиб қайта ташкил этиш кўзда тутилмоқда.

Улар Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги билан бирга
кадрлар тайёрлаш кластерига айлантирилади.

Халқаро рейтингларда “
ТОП-100” талик университетларга грант асосида ўқишга кирган номзодларга “Эл-юрт умиди” стипендияси имтиҳонларсиз ажратилади. “ТОП-300” таликда бўлган университетларга грантга кирганларга халқаро транспорт ва турар жой харажатлари имтиҳонларсиз қоплаб берилади. “ТОП-20” таликдаги университетлар бакалавриатига 50 фоиз грант асосида қабул қилинган Президент мактаблари битирувчиларига стипендиялар танловларсиз ажратилади.

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Aziz kuzatuvchilarim, 9-may Xotira va qadrlash kuni yaqin.

Shu bois bu hafta o‘zbek xalqining matonati, jasorati, mehr-oqibati tasvirlangan filmlarimizni tomosha qilsak.

Bugun men “Ilhaq” filmini qaytadan ko‘rmoqchiman. Shu kinoni har safar ko‘rganimda urushda o‘g‘illaridan ayrilgan ona timsolida butun o‘zbek ayollarining sadoqati, mehri, sabr-toqatini ko‘raman.

Bu yerda filmni tomosha qilish mumkin: https://youtu.be/ep2EoMZJVY4?si=ZSo2LC_gsmjOhbNy

Читать полностью…

Otabek Hasanov

- Bu maskan o‘zida o‘tmish va bugunni uyg‘unlashtirgan, ma’naviy va tarbiyaviy ahamiyati yuqori bo‘lgan o‘ziga xos loyiha! Bu yerga kelgan o‘g‘il-qizlarimiz zamonaviy texnologiyalar orqali tariximizni o‘rganadi, qanday ajdodlarning avlodi ekanini his qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, milliy o‘zlikni anglaydi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

🇺🇿Prezidentimiz Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Xivada “Arda Xiva” turizm majmuasi bilan tanishdi va Xorazm yoshlari bilan muloqot qildi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

🇺🇿Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi

Tashrif dasturidan sanoat, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida ishga tushirilgan yangi obyektlar, yirik transport infratuzilmasi va shaharsozlik loyihalari bilan tanishish va boshqa tadbirlar o‘rin olgan.

Shuningdek, davlatimiz rahbari hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.

/channel/otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Moturidiylik – bag‘rikenglik, mo‘tadillik va ma’rifat ta’limoti” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilariga tabrigi

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Yaxshi kitob va qahva - har qanday uzoq masofa ham maroqli o’tadi. Toshkent - Qarshi

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Aziz o‘quvchilar, qadrli yoshlar!

Bugun sizlar ilk bor qadam qo‘ygan, ilk orzularingiz qanot yozgan maktablaringiz bilan xayrlashmoqdasiz! Qo‘lingizdan ushlab avval yozishni, keyin ilm sari dadil qadam tashlashni o‘rgatgan ustozlaringiz ko‘zida quvonch yoshlari. Sizlar ular barpo qilgan bir bog‘sizlar.

Aziz ukalarim, qadrli singillarim men ham bundan 23 yil avval shu hayajonlarni his qilgan edim. O‘shandan to hozirgi paytgacha chiqargan xulosalarimni jamlab, sizlarga ayrim maslahatlar bermoqchiman:

🔹KATTA MAQSAD QO‘YING. Katta yo‘lga chiqmoqdasiz, maqsadni katta, harakatlaringizni shiddatli qiling!

🔹Nima ish qilsangiz ham doim shijoat, g’ayrat bilan intiling! To’siqlardan, xato qilishdan qo’rqmang! Faqat vaqtida xulosa chiqarishni unutmang!

🔹Har bir yutuq ortida katta qalbli yaqin insonlaringiz: ota-ona, oilangiz turishini unutmang. Ularni qadrlang, ishonchlarini oqlang!

🔹Tanlagan kasbingizni avvalo, seving, undan zavq, baxt topa olishingizga ishoning. Chunki qaysidir soha faqat pul topish manbai emas, insonni o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatadigan, harakatlariga mazmun beradigan kuchdir ham.

🔹Tinmay o‘z ustingizda ishlang. Ham jismonan ham ruhan kuchli bo‘lishga intiling, bu yo‘lda dangasalik qilmang.

🔹Hammaga: oila, yaqinlar, do‘stlar, jamiyat va Vatanga naf keltirishga intiling. Bu naf aslida sizga ko‘proq zavq, hayotiy mazmun, baxt beradi!

Eng muhimi, hayotiy qadriyatlaringizni mustahkam turing!

Sinfdosh-do‘stlardan uzoqlashmang! Balki, 25-may sanasini har yili o‘zaro yig‘ilish, bilim-tajriba almashish kuni ham qilarsizlar!

Bu yo‘lda sizlarga omad-muvaffaqiyat, sog‘lik tilab qolaman!

Otabek Hasanov,
Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari.


/channel/otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Har bir ota-ona farzandini yaxshi inson bo‘lishini xohlaydi. Ilm olishi, katta-katta yutuqlarga erishishi uchun tinmay mehnat qiladi.

Lekin bola uchun moddiy ta’minot, yaxshi yaratilgan sharoitgina yetarli, deb o‘ylovchilar bor. Bular aslida farzandning jamiyatda INSON sifatida kamol topishi uchun ahamiyatli emas. Eng muhimi, ota-ona beradigan tarbiya, ko‘rsatadigan o‘rnak zarur.

Har daqiqada yangilanayotgan zamonda tarbiya borasidagi mas’uliyatimizni oshirishimiz zarur.

Tarbiya ota-onaning yuzi ekani, yaxshi xulqli farzandni ko‘rganda "ota-onasiga rahmat", deyishlarini unutmaylik! Buning aksi bo‘lmasin!

#yangiruhiyat

💬@otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan

Читать полностью…

Otabek Hasanov

OY BORIB OMON QAYTGANLAR

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Kinematografiya agentligi, Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasidan hujjatli film


Filmni to’liq tomosha qiling
https://youtu.be/PbJHI2QwEmU


@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#birdamjamiyat

✉️Oʻtmishdan maktub

👊Bir insonning yuz yillik masofadan turib, bugungi avlodga aytgan eng og‘riqli va eng samimiy so‘zlari.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Ikkinchi jahon urushining tugaganiga 80 yil bo‘ldi. Shuncha vaqt o‘tsa-da uning tarixi, kulfat va musibatlari unutilmaydi. Aksincha, urushning mudhish oqibatlari, tinchlik-osoyishtalik qadrini yodga soladi. 9-may – Xotira va qadrlash kuni zamirida ana shunday mohiyat mujassam.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu sana munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, xotira marosimida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari bog‘da o‘rnatilgan "Xotira nuri" kompozitsiyasini ham ko‘zdan kechirdi. U Ikkinchi jahon urushi va front ortida mehnat qilgan o‘zbekistonlik qahramonlar xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan. Monument parvoz qilayotgan ikki qush shaklida bo‘lib, katta va yosh avlodlar o‘rtasidagi vorisiylikni ifodalaydi.

#Mirziyoyev #marosim #Xotiravaqadrlashkuni #Galaba

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Bugun "Yangi O‘zbekiston" gazetasida yaxshi bir maqola o‘qidim.

"G‘alaba bayonnomasini olib kelgan o‘zbek"! Urush hech shubhasiz insoniyat tarixida mudhish iz qoldirgan. Unda o‘zbek xalqining matonati, sabri, jasorati, ulkan qalbi namoyon ham bo‘lgan.

Lekin biz bilmagan hali yana ko‘p qahramonlarimiz ham bor. Shulardan biri — Abdusamat Toymatov. Ushbu mard bobomiz tarixda g‘alaba haqidagi bayonnomani Berlindan Moskvaga yetkazishdek sharafli vazifani bajargan.

Maqolada mazkur tarixiy voqea, qahramon haqida ma’lumotlar bayon qilingan.

Batafsil: /channel/gazetalar_sharhi/35392

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#kun_hikmati

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Давлат сиёсати ва бошқаруви академиясида энди давлат хизматчилари учун 3 та дастур – малака ошириш, қайта тайёрлаш ва магистратура йўлга қўйилади. Барча узоқ ва ўрта муддатли ўқувлар хорижий ҳамкорлар билан қўшма таълим дастурлари ҳамда Иқтисодий ҳамкорлик ва тараққиёт ташкилотининг таянч тавсиялари асосида ташкил этилади.

Магистратурада “Давлат бошқаруви”, “Давлат сиёсати”, “Ҳудудларни комплекс ривожлантириш”, “Инсон ресурсларини ривожлантириш” ва “Давлат молиясини бошқариш” йўналишларида 18 ойгача муддатда чуқурлаштирилган билимлар берилади. Давлат буюртмасидан ташқари тўлов-контракт шаклида ҳам талабгорлар қабул қилинади.

Академияда таълим дастурлари ва илмий тадқиқотлар сифатини ошириш бўйича тавсиялар бериш, нуфузли хорижий илмий-таълим муассасалари билан ҳамкорлик ўрнатиш учун Халқаро академик маслаҳат кенгаши тузилади.

Шунингдек, академия ҳузурида
4 та янги марказ ташкил этилмоқда. Мисол учун, Давлат бошқаруви муаммоларини илмий-амалий тадқиқ этиш маркази давлат хизмати самарадорлигини ошириш, хусусий сектордаги илғор амалиётларни давлат бошқарувида жорий қилишга қаратилган тавсиялар бериб боради.

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#kun_hikmati

“Onalar – butun bashariyatning tarbiyachilaridir”

✍️ Abdurauf Fitrat

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Urganch tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#Siyosiy_ma’rifat_soati_16_son

📚
“Siyosiy ma’rifat soati”

⏺️Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

⏺️Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi
“Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

▶️ Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi
https://youtu.be/UMG629OsP1U sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | respublikamanaviyatvamarif2968">YouTube | Instagram

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Prezident Al-Xorazmiy shaharchasining qurilishini ko‘zdan kechirdi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Bugun mahoratli yozuvchi Xayriddin Sultonovning ustozim, uzoq yillar turli xil davlat xizmati sohasida fidoyilik bilan ishlagan inson - Rustam Qosimov haqidagi maqolasini o‘qidim.

O‘qidim-u, ular bilan bog‘liq xotiralar yana jonlandi. Ustozdan uzoq yillar xalqqa, shu Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, mehnat bilan maqsad sari intilish, ilmga tayanish va vijdon bilan ishlash zarurligini o’rgandim.

Ular qat’iy tartibni yaxshi ko’rar, bizni ham tartib bor joyda, samara bo’lishiga o’rgatar edi.

O’ylab qolaman, ustozlar hatto bu dunyodan o’tsa ham saboqlari, o‘gitlari bizlarni tarbiyalashda, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishda davom etarkan.

Haqiqatan ham, maqolada aytilganidek, eslab ko‘nglim yorishdi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3737

/channel/otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#yangiruhiyat

@otabek_khasanov

Читать полностью…
Subscribe to a channel