Республика Маънавият ва маърифат маркази раҳбари, сиёсий фанлар доктори Facebook: https://www.facebook.com/otabek.hasanov.75 Instagram: https://www.instagram.com/otabek_khasan/
🇺🇿O‘zbekiston sportining haqli yutug‘i: yaratilgan sharoit, doimiy e’tibor, yuksak mahorat va g‘alabaga ishonch millionlab futbol muxlislari, butun xalqimizning orzusini real haqiqatga aylantirdi.
@otabek_khasanov
O‘zimizga nazar tashlaylik!
#yangiruhiyat
@otabek_khasanov
Президент Шавкат Мирзиёев Абу-Дабидаги (БАА) ўйиндан сўнг футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси аъзоларига қўнғироқ қилиб, уларни тарихий ютуқ - илк бор жаҳон чемпионатига чиққани билан самимий табриклади.
@otabek_khasanov
O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi
“Hozirgi kunda dunyo naqadar murakkab va tahlikali bo‘lib borayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. Bunday keskin sharoitda yurtimizda tinchlik, o‘zaro hurmat va totuvlik muhitini saqlab, barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilib ko‘zlagan yuksak maqsadlarimizga yeta olamiz.”
#Tavsiya_etamiz
#inson #birdamjamiyat
📚"Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi, siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Jo'rayev O'zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Alining "Kleopatra" romanini tavsiya etadi.
⚡️Bu asar faqat tarixiy asar emas, bu tarixiy voqealar va jarayonlarning badiiy talqini orqali eng qadimgi tariximizning mantiqiy tahlili deyishimiz mumkin.
Kleopatra qadimgi yunon tarixining yirik namoyandasi, yirik davlat va siyosat arbobi, vatan himoyachisi, mard va jasur ayol sifatida insoniyat tarixiga kirgan.
Yozuvchi Kleopatrani o'zbek adabiyotiga olib kirgani o'ziga xos adabiy, madaniy, tarixiy, falsafiy va mantiqiy voqea hisoblanadi.
Aziz kuzatuvchilar, sizlarga yana bir yangi loyihamiz haqida xabar bermoqchiman.
“Fonus” — kino orqali ruhimizga kirib boradigan nur! Shu nom ostidagi loyiha doirasida yil davomida bir qancha qisqa metrajli filmlar namoyish etiladi.
Qisqa metrajli filmlarimizda ilm, birdam jamiyat, qardoshlarimiz bilan bizni bog‘lab turgan qadriyatlar, madaniyatlar tasvirlanadi.
Boisi, azaldan kino qalbga olib boradigan eng yorug‘ yo‘ldir.
@otabek_khasanov
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “So‘z” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Maqsad — yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, she’rlarini xalqimizga yangicha talqinda yetkazishdan iborat.
So‘z — qudratli kuch! U bilan qalbda shijoat, g‘urur, ulkan orzular uyg‘onadi, yurakdan yurakka hislar yetib boradi!
Loyihaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga ulanib olib, albatta, kuzatib boring!
Instagram: https://www.instagram.com/soz_loyihasi?igsh=ZTEycmI4aDUwN2gw
Telegram: /channel/soz_loyihasi
Facebook: https://www.facebook.com/share/16cMaGqf9H/?mibextid=wwXIfr
@otabek_khasanov
Bugun 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni! Bugun hayotimizga quvonch, erta kelajagimizni yaratuvchilar ayyomi!
Biz bugun ularga mehr-muhabbat, e’tibor berish bilan birga, ilm olishlari yo‘lida ruhlantiraylik, tarbiya borasida o‘rnak bo‘laylik!
Bolajonlar oq qog‘oz misoli, bugun biz ota-ona sifatida unga qanday kunlarni yozsak, shu ularning taqdirini belgilaydi ham. Qahr, g‘azab qilsak, ularni eshitmasak, vaqtimizni ayasak, erta bu nafaqat aks ko’rsatadi, balki, bola qalbini ham vayron qiladi.
Aziz ota-onalar, bolalar kelajagimiz, degan so‘zlar, aslida katta gap, katta mas’uliyat! Bu bizning mas’uliyat! Ular rostan kelajagimizni go‘zal qilishlari bugun har birimizni har daqiqadagi harakatlarimizga bog‘liq!
Bayram bolajonlarimizga muborak bo‘lsin! Ularning kulgularini, orzularini, maqsadlarini asraylik!
@otabek_khasanov
Akademiya Vasiylik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Akademiya Vasiylik kengashining birinchi yig‘ilishi bo'lib o'tdi. Unda Akademiya faoliyatiga doir muhim vazifalar muhokama qilindi. Akademiya faoliyatining istiqbolini belgilovchi qarorlar qabul qilindi.
BATAFSIL
@otabek_khasanov
#yangiruhiyat
Biz farzandlarimizga erta uchun dang‘illama uy, mashina, mol-mulk yig‘maylik, ularni ilmli, tarbiyali qilib voyaga yetkazaylik.
Youtube: https://youtu.be/UdmcBlk-7Gg
@otabek_khasanov
Bugun Qashqadaryo viloyatida safardamiz. Safar davomida Ko‘kdala tumanida bo‘ldim.
Meni quvontirgani va hayratlantirgani tuman yoshlarining shijoat va g‘ayrati, ilmga intilishlari bo‘ldi.
Ular bilan orzu-maqsadlari, kelajakdagi rejalari xususida uzoq suhbatlashdik.
Shu bilan birga, tumandagi nuroniy otaxonlar, mahalla faollari, ziyolilar bilan muloqot qildik. Birgalikda bugun mahallalarda yoshlar bilan ishlash, kutubxonlikka jalb qilish masalasida fikr almashdik.
@otabek_khasanov
“Daxlsiz haqiqatlar”, “Jahon tartiboti: xazonrezgi alomatlari”, “Alibobomi yoki Ali bob?” – “Tafakkur” jurnalining yangi sonida nimalarni o‘qiymiz?
Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/28121
💬@otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan
Bugun g‘urur, faxr kuni!
O‘z tarixida ilk marta Jahon chempionati yo‘llanmasini hal qilgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun joriy saralash bahslarining oxirgi turida Qatar bilan bellashadi.
Futbol millionlar o‘yini, lekin u millionlarni birlashtiradi ham! Xalqimiz shu kunlarda bir bo‘lib terma jamoamizni, yurt sha’nini ko‘tarayotgan yigitlarimizni qo‘llab-quvvatladi, ulardan minnatdor bo‘ldi, yangi tarixga birgalikda guvoh bo‘ldi.
Shu bois, bugun nafaqat o‘yin, katta bayram ham aslida!
O'yin soat 18:45 da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi.
Olg‘a yigitlar! Biz sizlarga ishondik, ishonchimizni baland saqladingiz, bugun ham biz sizlar bilan birgamiz!
@otabek_khasanov
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Robert Fitsoning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
@otabek_khasanov
Futbol bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga tabrik
@otabek_khasanov
Bosh voqea — mamlakatning bosh minoralarida! 🇺🇿
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi – mamlakatning jahon chempionatiga ilk yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga bir qadam qolgan tarixiy lahzada. Buning uchun BAAga qarshi bahsda ochkolarga ega bo‘lish kerak.
Biz birgalikda tarix zarvaraqlarini bitamiz. Bugungi oqshomda butun mamlakat jamoamizni qo'llab-quvvatlaydi.
Bugun muhim kun, hayajonli daqiqalar yaqin! Jahon chempionatiga chiqish arafasida turibmiz!
O‘yin BAA ning “Al Nahyan” stadionida soat 21:00 da bo‘lib o‘tadi.
Bu aslida yangi tarix yozilayotgan daqiqalar! Barchamiz bir bo‘lib, yaqinlashayotgan ulug‘ ayyom kunlarida yigitlarimizni qo‘llab-quvvatlaylik, ularga ruhan dalda bo‘laylik!
Biz birlashsak, katta kuch, katta g’alabalarga erishamiz!
P/s Videoda Oʻzbekiston milliy terma jamoasining JCh 3-saralash bosqichida kiritgan gollari. Bu gollar davomli va ko‘p bo‘lsin!
@otabek_khasanov
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2025-yil 1-ochiq stipеndiya tanlovini e’lon qiladi!
🔘 “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi uchun jami 450 ta o‘rin ajratilgan.
Xususan,
- bakalavriat - 130 ta o‘rin;
- magistratura - 220 ta o‘rin;
- doktorantura - 100 ta o‘rin.
🔘 Nomzodlarga hujjat topshirish jarayonida yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Jamg‘arma tomonidan onlayn platforma (https://el-yurt.uz) ishga tushirildi.
⚡️Nomzodlar joriy yilning 3-iyunidan 16-iyuniga qadar mazkur platforma orqali tegishli hujjatlarni yuborib, tanlovga nomzod sifatida qatnashishlari mumkin.
🔘 Tanlovga oid barcha ma’lumotlar (https://eyuf.uz) orqali batafsil e’lon qilib boriladi.
Murojaat uchun: (71) 203-00-47, (71) 203-00-49 hamda @Eyufmatbuot
BATAFSIL / ПОДРОБНО / MORE
🌆 EYUF axborot xizmati.
🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
Shu yil 5-may kuni Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida bo‘lgan mash’um voqea hammamizni chuqur qayg‘uga soldi.
Yakkasaroy tumanida yashovchi ikki nafar qizaloq kanalga tushib ketdi. Buni ko‘rgan mard va jasur vatandoshimiz Abdumannop Samiqov o‘zini suvga tashlab, norasidalar hayotini saqlab qoldi. Lekin, afsuski, baxtsiz hodisa ro‘y berdi – bu ezgulik yo‘lida uning o‘zi qahramonlarcha halok bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu fidoyilik bejiz emas – Abdumannop Samiqov hamisha odamlarga yaxshilik qiladigan, el koriga yaraydigan vatanparvar inson edi.
Davlatimiz rahbari bu jasorat tarixini yuragiga yaqin olib, avvalo, marhumning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi. Bugun hurmatli Prezidentimiz marhum Abdumannop Samiqovni "Jasorat" medali bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
@otabek_khasanov
✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida"gi Farmoni
@otabek_khasanov
100 yil oldin aytilgan haqiqatlar!
@otabek_khasanov
Prezident Shavkat Mirziyoyev Haj ziyorati uchun Makkai mukarramada bo‘lib turgan yurtdoshlarimizga boshchilik qilayotgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlatimiz rahbari hojilarimiz holidan xabar oldi, ular uchun yaratilgan sharoitlar haqida so‘radi.
—
@otabek_khasanov
Bizda mutolaa vaqti...
OSMONI FALAKLARDA
@otabek_khasanov
#Siyosiy_ma’rifat_soati_19_son
📚“Siyosiy ma’rifat soati”
⏺️Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!
⏺️Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.
▶️ Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/bx-IUZwoQCs sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
@otabek_khasanov
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Jorja Meloni Registon maydoni va "Boqiy shahar" majmuasi bilan tanishdilar.
@otabek_khasanov
🔸O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda boshqa qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda
🔸 2025-yilning may-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida “Tamaddun, madaniyat va maʼrifat” mavzusida “Maʼrifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy va madaniy targ‘ibot tadbirlari o‘tkaziladi.
Loyiha doirasida:
✅ “Sivilizatsiyalar – Shaxslar – Kashfiyotlar” olamshumul g‘oyalar asosida olimlar tomonidan tayyorlanayotgan ilmiy-innovatsion loyihalar taqdimotlari, amaliy seminar-treninglar;
✅“Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans poydevori" mavzusida konferensiyalar, forum va anjumanlar;
✅Buyuk ajdodlarimizning madaniy meroslarini ommalashtirish maqsadida kinoijodkorlar ishtirokida “Tirik tarix” loyihasi doirasida milliy kinofilmlar namoyishi va boshqa ilmiy-innovatsion, ijtimoiy loyihalar o‘tkaziladi.