@eng_kreativ_surat
📌Dunyoda hech qanday chegarani tan olmaydigan va quyosh kabi muttasil nur sochib turadigan sehrli kuch bor. Bu ona mehridir! Olloh Onani shunday yaratgan!
✍️”DUNYONING ISHLARI“. O'tkir Hoshimov
📃Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti Amaliy psixologiya yônalishi talabasi Raxmonova Nargiza
@we_are_creative
@eng_kreativ_surat
📌Taxta-taxta ko'puruk taxting bo'lsin yor-yor,
Payg'ambarning qizidek baxting bo'lsin yor-yor!
Uzun-uzun arg'amchi halunchakka yor-yor,
Chakan ko'nglak yarashar kelinchakka yor-yor.
✍"QOR QO'YNIDA LOLA". Abdulhamid Cho'lpon
📃Buxoro davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi Nasriyev Dilmurod
@we_are_creative
Assalomu alaykum... bir ishtirokchi 4-shartgacha bajarib borsa o'rin beriladimi?? Yoki bitta shartni bajarsa ham o'rin beriladimi?...
Читать полностью…MARDLAR QO'RIQLAYDI ASLI SHU VATANNI!
Har ko'ngilda bir tuyg'u bor azal-abad,
Qon-u jonga singan shunday nozik xilqat.
Bu ishq erur - bunda faqat Vatan sha'ni,
Mardlar qo'riqlaydi asli shu Vatanni!
Bekdir asli-O'ziga Bek bo'lgan elim,
Qo'li qadoq, yuzi baxtdan kulgan elim.
Farzandingman bir gapim bor tingla meni,
Mardlar qo'riqlaydi asli shu Vatanni!
Tinch bo'lsin deb, osoyishta zamonamiz,
Har sohada ilg'ormiz-u parvonamiz.
Men yozmadim bugun o'zni maqtagani,
Mardlar qo'riqlaydi asli shu Vatanni!
Ajdodlardan avlodlarga meros Vatan,
Va bizdanda kelajakka e'zoz Vatan.
Baxti butun bo'lar deylar birlashganni,
Mardlar qo'riqlaydi asli shu Vatanni!
Rahmatulla Temirov, Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti 1- bosqich magistranti
____________________________
✍️ Telegram sahifamiz:@fan_talim
📖Talabalar hayotidan olingan maxsus she'riy monolog.
(ayni sessiya davrida eshitsa boshqacha ekan😉)
☝🏻Bunday davrlar hammaga ham nasib qilavermaydi aziz talabalar.
🎓TALABALIK DAVRIM-OLTIN DAMLARIM!🎓
👇👇a'zo bo'ling👇👇
@STUDENTSFOTO
Iltimos hamma uzini hurmat qilsin bu gruppa silaga tanishish uchun yoki kimgadir yozishlariz uchun ochilmagan. Buni hamma tushunsa yaxshi bulardi. Yigitla, qizla iltimos bir birovlarizga ortiqcha muomala qilmanglar!
Читать полностью…#Tanlov
“Uchinchi renessans – yoshlar nigohida”
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, “Ipoteka-bank” ATIB, O‘zMTRK O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan hamkorlikda “Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” nomli respublika tanlovi tashkil qilinmoqda.
✅ Tanlovda 40 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasidagi barcha oliy ta’lim muassasalarining talabalari, magistratura va doktorantura tadqiqotchilari quyidagi yo‘nalishlarda ishtirok etishlari mumkin:
👉ajdodlar merosini o‘rganish va targ‘ib qilishda innovatsion yondashuv;
👉oliy ta’limda sifatli bilim olishdan talabalarning manfaatdorligini oshirish uchun o‘quv jarayoni va metodikasini o‘zgartirish yo‘llari;
👉yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan’anaviy usullari.
Tanlov yiliga ikki marotaba, yanvar-mart va sentabr-noyabr oylari davomida to'rt bosqichda o‘tkaziladi:
1️⃣ - bosqich – fakultet bosqichi (20-yanvar va 20-sentabrga qadar);
2️⃣ - bosqich – OTM bosqichi (20-fevral va 20-oktabrga qadar);
3️⃣ - bosqich – hududiy bosqich (5-mart va 5-noyabrga qadar);
4️⃣ - bosqich – respublika yakuniy bosqichi (20-mart va 20-noyabrga qadar) o‘tkaziladi.
📹Tanlov ishtirokchilari tayyorlagan maqola, videorolik ko'rinishidagi ijodiy ishlarini onlayn platforma orqali taqdim etadilar.
❗️Ijodiy ishlar @vuz24bot manziliga, ishtirokchining ism-familiyasi va o'qish joyi yozilgan holda yuboriladi. Barcha qabul qilingan ijodiy ishlar @talaba_vuz sahifasiga joylanib boriladi.
Tanlov ishtirokchilarining taqdim etgan loyihalari har bir yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislardan tuzilgan Hakamlar hay’ati tomonidan 100 ballik tizimda baholanadi.
Tanlov g‘oliblari diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
Vazirlik telegram kanaliga ulanish👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFczx0DBI6Hy5OPafg
@eng_kreativ_surat
📌Taxta-taxta ko'puruk taxting bo'lsin yor-yor,
Payg'ambarning qizidek baxting bo'lsin yor-yor!
Uzun-uzun arg'amchi halunchakka yor-yor,
Chakan ko'nglak yarashar kelinchakka yor-yor.
✍"QOR QO'YNIDA LOLA". Abdulhamid Cho'lpon
📃Buxoro davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi Nasriyev Dilmurod
@we_are_creative
Assalom aleykum hammaga. Hurmatli talabalar, fakultetimiz uchun ushbu talabamizni birga qullab quvvatlaylik. Hammaga raxmat
Читать полностью…📌 Diqqat tanlov! 🤗
💥 Adabiyotga mehri baland doʻstlarni faollikka chorlaymiz. ☺️
Biz bilan birgalikda o'z iste'dodingizni kashf eting...
📎 Tanlov shartlari:
1⃣ Oʻzingiz sevgan kitobni kreativ, noodatiy tarzda suratga oling va ushbu kitobdan olingan iqtibosni (maksimal to'rtta gapdan iborat) surat bilan birgalikda bizga joʻnating!
2⃣ Yoqtirgan asaringizdan parcha yoki monolog tanlab uni audio tarzida yuboring. Albatta, shevadan qochgan holda ifodali oʻqishga harakat qiling.
3⃣ Bu shartimiz yuqoridagi shartlardan farq qiladi. 🤔 Bu shartda sizga "Anor" mavzusi beriladi. Siz bu mavzuda oʻz qalamingizga mansub she'rni bizga joʻnatasiz! Biz bu orqali sizning ijodkorlik qobiliyatingizdan bahramand boʻlamiz. 😊
4⃣ Videorolik. Bu shartda siz sevimli yozuvchingiz asaridan iqtiboslar keltirgan holda videorolik tayyorlaysiz. Bu bilan yurtdoshlarimizga eng sara asarlarni tavsiya etishingiz mumkin.👍 (Fon va dizaynga ham e'tibor bering).
📎 Ijodiy ishlarini qabul qiluvchi shaxslar:
1-shart uchun @Iminjanov_95
2-shart uchun @Proofreading_admin
3-shart uchun @Sunnat_Rizo
4-shart uchun @Nodirjonovna_1
Yuborilgan Ijodiy namunalar @we_are_creative " Adabiyot ixlosmandlari" kanaliga joylanadi.
Tanlov 4-yanvardan 19- yanvargacha davom etadi. Natijalar esa 20-yanvarda e'lon qilinadi.
💥 Bir ishtirokchi bir nechta shartlarda qatnashishi mumkin.👏
Tashkiliy jamoa va hakamlar tomonidan har bir yoʻnalish bo'yicha uchtadan gʻoliblar aniqlanadi va diplomlar topshiriladi. Bundan tashqari bir necha yoʻnalishlarda faol ishtirok etganlar alohida e'tirof etiladi. 🤗 Bu hali hammasi emas 😉 1-oʻrin sohiblarini ajoyib kitoblar kutmoqda!👏👏👏
❗️❗️❗️DIQQAT, TANLOV!!!
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil topganligining 29 yilligi munosabati bilan
14 - yanvar" Vatan himoyachilari "kuniga bag'ishlab O'zbekiston" MILLIY TIKLANISH" demokratik partiyasi tomonidan
Buxoro viloyati yosh ijodkorlari orasida
"Mardlar qo'riqlaydi vatanni"
mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o'tkaziladi.
Tanlov 3 yoʻnalishda boʻlib oʻtadi:
1- NASR
2- NAZM
3- PUBLISISTIKA
1,2,3- oʻrin gʻoliblar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.
Hamkorlarimiz Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti.
Xalq ta'lim vazirligi Respublika bolalar kutubxonasi
📝 Tanlov uchun yuborilgan ijodiy ishlar @fan_talim kanalida e'lon qilib boriladi.
Tanlov uchun tashkil etilgan ijtimoiy tarmoqdagi maxsus guruhimiz: @fan_talim
Murojaat uchun:@Zebiniso_Ahmadova
@Journalist_marjon
❗️Диққат, танлов!
🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси Қуролли кучлари ташкил топганлигининг 29 йиллиги муносабати билан 14 январь "Ватан ҳимоячилари куни"га бағишлаб Ўзбекистон "Миллий тикланиш" демократик партияси томонидан Бухоро вилоятидаги ёш ижодкорлар орасида "Мардлар қўриқлайди Ватанни" мавзусида ижодий ишлар танлови ўтказилади.
Танлов 3 йўналишда бўлиб ўтади:
👉 Наср;
👉 Назм;
👉 Публицистика.
🎁 1, 2, 3 - ўрин ғолиблари диплом ва эсдалик совғалар билан тақдирланади.
🤝 Ҳамкорларимиз: Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ҳузуридаги Ёшлар парламенти, Халқ таълим вазирлиги Республика болалар кутубхонаси.
📝 Танлов учун юборилган ижодий ишлар телеграмдаги @fan_talim каналида эълон қилиб борилади.
Танлов учун ташкил этилган ижтимоий тармоқдаги махсус гуруҳимиз: @fan_talim
📥 Мурожатлар учун: @Fantalim_bot
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Buxoro TV
#Diqqat E'LON
🏛Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan universitet talabalari uchun bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida "TALABANING BIR KUNI" loyihasiga start beramiz. Bunda siz uyda bo'sh vaqtingizni qay tariqa o'tkazishingizni videorolik va rasmlar formatida izohlab berishingiz kerak bo'ladi. G'oliblar BuxDU Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan Diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar. G'oliblar 2 bosqichli saralash orqali aniqlanadi. Barcha materiallar @BDU_Yoshlar_ittifoqi kanaliga joylab boriladi.
⚠️Eslatib o'tamiz:
1. 1-bosqichda likelar sonidan kelib chiqib, 5 ta ishtirokchi saralanadi va 2-bosqichda Talabalar kengashi 3 ta g'olibni aniqlaydi.
2. Tanlovimiz 2021-yil 11-yanvargacha davom etadi.
Murojaat uchun:📩 @Ittifoq_MatbuotBot
👉Ism-familiya, guruh va fakultetingizni
yozib qoldiring.
📌Ma'lumotlar tòliq bo'lmasa kanalga joylashtirilmaydi❌
𝐾𝑎𝑛𝑎𝑙𝑖𝑚𝑖𝑧𝑔𝑎 𝑎'𝑧𝑜 𝑏𝑜'𝑙𝑖𝑛𝑔
➢@BDU_Yoshlar_ittifoqi
Hech kim endi yosh bola emas. Oliy ta'limda bilim olamiz. Shunga yarasha saviyamiz bulishi kerak. Bemani narsala bu endi yosh bolani ishi buladi. Shu uchun hamma avvalo uzini yoshini keyin aytadigan gapiga qiladigan ishiga qanaqa javob qaytishini uylab ish qilsa,uzini hurmat qilsa maqsadga muofiq bulardi. Shu un ortiqcha gapla kerakmas.
Читать полностью…⚪️Ingliz tili hamda "Loyihalashtirish" kurslarini 6 oyda o'rganamiz !
🇺🇿O'zbekiston yoshlari uchun eng zo'r imkon!
Xalqaro darajadagi professional kurslarda o'qish vaqti keldi !
__________________________________
Davlatlararo tashkil qilingan ayollar va qizlarni o'qitish tizimida
"Women's Education"(Ayollar ta'limi) tashkiloti zamonaviy yo'sinda yetakchilik qilmoqda!
Endi sizga 6 oylik online kurslarga bepul o'qish imkoni taqdim etilyapti.
Qanday qilib?
- Bunda siz faqat xalqaro tashkilotga a'zolikni amalga oshirish orqali 6 oylik
majburiy(Loyihalashtirish) hamda
ingliz tilini o'qish bonusini qo'lga kiritasiz !
⚠️O'rinlar soni cheklangan!
Rasmiy ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:
@Journalist_marjon
@L_academy_bot
_______________________
❗️Интернет фирибгарларидан эҳтиёт бўлинг
Янги йил арафасида кўплаб компаниялар турли танлов ва акциялар ўтказмоқда. Бундан фойдаланган фирибгарлар эса ўзини ўша компания вакили сифатида таништириб, танловда ғолиб бўлганини, ютуқни олиш учун пластик карта рақами ва амал қилиш муддатини сўраяпти. Кейин эса SMS орқали келган кодни сўрашмоқда. Қарабсизки, бир пасда пластикдаги барча маблағни ечиб олишяпти.
❗️Унутманг! Ҳеч кимга, ҳатто банкдан телефон қиляпман дейишса ҳам, SMS орқали келган кодни айтманг.
Баъзан SMSнинг ўзида “буни ҳеч кимга айтманг” деб ёзилган бўлади, лекин шунда ҳам одамлар бепарволик билан бегона шахсларга бу кодни айтиб қўйишади.
Илтимос, ўзингиз учун пишиқ бўлинг, интернет фирибгарларига алданиб қолманг!
P.S.: юқорида PayMe компаниясининг огоҳлантириш хати келтирилган.
👉 @xushnudbek 👈