pedagoglarga | Unsorted

Telegram-канал pedagoglarga - Oʻqituvchilar uchun

11862

Bizning kanal maktablardagi oʻqituvchilarning muammolarini mutasaddilarga yetkazuvchi koʻprikdir... Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin

Subscribe to a channel

Oʻqituvchilar uchun

Pandemiya sabab boshlang'ich sinf o'quvchilarning o'qish savodxonligi o'sishiga salbiy ta'sir ko'rsatgan

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi PIRLS 2021 (toʻrtinchi sinfda oʻqish yutuqlarini monitoring qilishga qaratilgan) xalqaro tadqiqot haqidagi videoni oʻzbek tili eʼlon qildi.

Ushbu videoda PIRLS 2021 boʻyicha oʻqish yutuqlari va oʻqishni oʻrgatish va oʻrganish uchun qulay uy va maktab muhiti haqida umumiy maʼlumotlar keltirilgan:

➖2016- va 2021-yillardagi soʻnggi yutuqlar tendensiyalari COVID-19 pandemiyasining taʼlimga salbiy taʼsirini aks ettirgan, 2016-yilda eʼlon qilingan ijobiy oʻsish tendensiyalari 2021-yilda toʻxtab qolgan yoki bekor qilingan;

➖Ushbu baholashlar orasidagi taqqoslanadigan trend maʼlumotlariga ega 32 mamlakatdan 21 tasida 2016- va 2021-yillar oraligʻida pasayish kuzatilgan, oltitasida hech qanday oʻzgarish kuzatilmagan va faqat uchta mamlakatda oʻsish koʻzga tashlangan;

➖Ota-onalarning fikriga koʻra, maktabdan uyda qolish oʻquvchilarning uchdan ikki qismining oʻqishiga salbiy taʼsir koʻrsatgan.

PIRLS 2021 tadqiqotida Oʻzbekiston oʻquvchilari ham ishtirok etgan.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Диққат
❗️Ходим қачон моддий ёрдам олиши мумкин.


1. Ходимни оила қуриши
2. Ходимни ёки унинг оила азоларини бетоп бўлиши
3. Ходимни оиласида фарзанд туғилиши
4. Ходимни нафақага чиқиши
5. Ходимни яқин қариндошларидан бирини вафоти

Ходим шу ҳолатларни асословчи ҳужжатлар асосида ўзи ишлаётган ташкилот раҳбариятига мурожаат қилади!

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️“Темурбеклар мактаби”га аёллар ҳам қабул қилинади

Президент қарори (ПҚ–349, 30.10.2023 й.) билан айрим қарорларга қўшимча ва ўзгартиришлар киритилди

🔰 Унга кўра:

2024/2025 ўқув йилидан Миллий гвардия Тошкент “Темурбеклар мактаби” ҳарбий-академик лицейига аёл жинсидаги Ўзбекистон фуқароларини қабул қилиш имконияти яратилади;

➖Миллий гвардия Қўриқлаш бош бошқармаси Болалар психологияси маркази ишчи ва хизматчиларининг лавозим маошлари оширилади.

▶️ Шунингдек, Миллий гвардия Қўриқлаш бош бошқармаси маблағлари ҳисобидан Миллий гвардия бўлинмалари ва ҳарбий қисмларининг объектларига қуёш фотоэлектр станциялари ва қуёш сув иситиш қурилмалари босқичма-босқич ўрнатилади.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Давлат телеканалида ўқитувчилар мактаб ҳовлисини “гуллатиб” қўймаганликда айбланди

“Ўзбекистон 24” телеканали давлат раҳбарининг Бешкентдаги мактабга режадан ташқари кириб борганини ёритар экан, мактаб ҳовлисини “гуллатиб-яшнатиб қўймагани” учун ўқитувчиларни айбдор қилиб кўрсатди, бунга асос сифатида охирги йилларда педагогларнинг ойликлари оширилганини пеш қилди. Ободонлаштириш – ўқитувчининг функционал вазифасига кирмайди, уни бунга мажбурлаш эса қонунга зид.

👉 https://kun.uz/49975097

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Электр_энергиясини_тежашни_болаликдан_ўрганамиз

❓Elektr energiyasini tejash uchun kundalik hayotda nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Farzandlarimizga bu borada nimalarni o’rgatishimiz kerak?

Bularning barchasi bilan videolavhada batafsil tanishishingiz mumkin.

#Tengdoshdan_tengdoshga_tavsiyalar

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Yurist_maslahati

❓Men boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiman. Malaka toifam ikkinchi. Bu yil sertifikatimning amal qilish muddati tugadi. Attestatsiya bo‘lmaganligi sababli toifaga topshira olmadim. Menga sertifikatim bo'yicha oylik ustama to'lashda davom etiladimi?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta'lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash hamda Moliya-iqtisod departamentlari va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-79-son Farmoning 3-bandiga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Bunda malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinguniga qadar malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarni o‘tkazishga moratoriy joriy etiladi (attestatsiya o‘tkazilmaydi);

2023-yilda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak boʼlgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari toʼgʼrisidagi sertifikatlarining amal qilish muddati navbatdagi attestatsiya tashkil qilingunga qadar uzaytiriladi.

❗️Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Sizga yangi tartib joriy etilgunga qadar mavjud sertifikatingiz bo‘yicha ustama to‘lashda davom etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#yangiliklar

Ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha malaka oshirish kurslari endi “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida

✅Respublikamizdagi koʻp sonli boshlang‘ich ta’lim oʻqituvchilariga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida boshlangʻich sinf fanlari (Informatika va AT, Matematika, Ona tili, Oʻqish savodxonligi, Alifbe, Tarbiya, Texnologiya, Tasviriy sanʼat va Tabiiy fanlar) boʻyicha “Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusidagi malaka oshirish kursi “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida tashkil etildi.

Endi siz profilingizda joylashgan “Maqsadli kurslar” sahifasi orqali ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tayyorlangan videodarslar va taqdimot materiallari bilan tanishishingiz va yuklab olishingiz mumkin.

✉️Kurs yakunida sizga ushbu kursni oʻqiganligingiz haqida sertifikat taqdim etiladi.

✅ Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida “Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida malaka oshirish kurslari tashkil qilingan edi.

💻 Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun moʻljallangan o‘quv kursining birinchi bosqichi joriy yilning 14-17-avgust kunlari Toshkent shahrida takshil etilgan boʻlib, ushbu kurslarda Respublika boʻyicha 304 nafar pedagoglar trener sifatida tayyorlandi.

Ikkinchi bosqichi Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida davom ettirildi va bunga 10 ming nafardan ziyod boshlang‘ich ta’lim metodik birlashma rahbarlari jalb etildi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

ЯККА ТАРТИБДА ЎТИЛГАН ДАРС УЧУН ҚАНДАЙ ҲАҚ ТЎЛАНАДИ?

Савол: Менга уй таълими хафтасига 1 соат дарс беришди. Умуман уй талимига қандай тулашади. Уларга алохида режа тузиш керакми? Кундалик комга қандай ёзиш керак?

ЮРИСТ ЖАВОБИ:


Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 12 октябрдаги 638-сон қарорига 2-иловада тасдиқланган Жисмоний, ақлий, сенсор ёки руҳий нуқсонлари бўлган болалар учун давлат ихтисослаштирилган таълим муассасалари тўғрисида Низомнинг 18-бандига кўра Ўқув режасидаги ҳафталик соатлар миқдори:

➖ 1 — 4-синфлар учун 8 соат,
➖ 5 — 9-синфлар учун 10 соатни,
➖ 10-11-синфлар учун 12 соатни ташкил қилади.

☝️Бунда дарс жадвали ҳафтасига камида уч кунга мослаб тузилади.

Шунингдек, дарс машғулотларида ўқувчининг олган баҳолари ушбу Низомга 4-иловада келтирилган шаклга мувофиқ ҳар бир фан бўйича алоҳида юритиладиган баҳолаш дафтарига қайд этиб борилади.
Ўқувчининг баҳолаш дафтарига қўйилган баҳолар ўқувчи рўйхатда турган мактабнинг синф журналига ёки ўқувчиларнинг давомати ва ўзлаштиришини ҳисобга олиш электрон тизимига киритиб борилади.

Мазкур низом ҳамда “Умумтаълим муассасаларида синфларни комплектлаш ҳамда тарификация рўйхатларини шакллантириш тартиби тўғрисида”ги низом (рўйхат рақами № 3271)га мувофиқ, якка тартибда ўтиладиган дарслар ўқитувчига тариф асосида бириктирилади.

💁‍♂ Шу билан бирга низом (ВМ 638-сон қарор) 33-бандига кўра ўқувчига таълим бераётган ўқитувчиларга белгиланган тартибда қўшимча ҳақ ва йўл ҳақи компенсацияси тўланади.

Энди қаранг! Уйда ижтимоий ёрдам хизмати ходимлари ҳамда ногирон болаларни уйида ўқитганлик учун умумтаълим мактабларининг ўқитувчиларига йўл ҳақи компенсацияси тайинлаш ва тўлаш тартиби тўғрисидаги Низомга (рўйхат рақами 2435) асосан мактаб ўқитувчиларига – мактабдан ўқитилаётган ўқувчининг яшаш жойигача камида 1,5 километр масофа бўлганда уйда ўқитилаётган бир нафар ўқувчи учун базавий ҳисоблаш миқдорининг 100 фоизи миқдорида компенсация тайинланади.

Ҳозирги кунда базавий ҳисоблаш миқдори – 330 000 сўмни ташкил этади.

✅ Шунга кўра сизга ҳам ҳар ой қўшимча 330 минг миқдорда компенсация тўланади, агар якка тартибдаги ўқувчининг уйи мактабдан 1.5 км ва ундан кўп узоқликда жойлашган бўлса.
@Yurist_Xizmati


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Maktablarda “Yoshlar teatr studiyalari” orqali byudjetdan tashqari pul topilmoqda

Bugungi kunda Respublika bo‘yicha 3213 ta umumtaʼlim maktablarida “Yoshlar teatr studiyalari” tashkil etilgan bo‘lib, ularga 295 mingdan ortiq o‘quvchilar jalb qilingan.

O‘quvchi-yoshlarning qiziqishlariga asosan Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda 12 ta ssenariy loyihalari taʼlim muassasalariga yetkazib berilgan, shu ssenariylar asosida o‘quvchilar tomonidan turli sahna ko‘rinishlari tashkil etilmoqda.

Jumladan, Toshkent shahri, Mirobod tumanidagi 158-umumtaʼlim maktabida “Yoshlar teatr studiyasi” tomonidan ota-onalar uchun “Teatr kundaligi” o‘tkazildi.

Unda har bir sinf yo‘nalishida 10 ga yaqin sahna ko‘rinishlari tashkil etildi. Teatr tomoshalariga kelgan 120 nafar ota-onalar o‘z farzandlari uchun teatr tomoshalariga chipta xarid qildi.

Teatr tomoshalari jarayonida ota-onalar farzandlarining ezgu g‘oyalar asosida tarbiyalanayotganidan mamnunligini bildirdi.

@pedagoglarga

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Мактаб директори лавозимига номзодлар менежерлик ўқув курсларида ўқитилади

Мактаб директорларининг вакант лавозимларига номзодлар фақат сертификати мавжуд ва захирага киритилган кадрлар орасидан танлаб олиниши режалаштирилмоқда.

👉 https://kun.uz/48640669


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Tabriknoma

Qadrli yurtdoshlar, aziz ustoz va murabbiylar!


Barchangizni chinakam milliy tantanamiz, g‘urur va iftixorimiz bo‘lgan O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Insoniyat o‘z milliy tilini “ona tili” deb sharaflashi bejiz emas.

Chunki bunday ulug‘ e’tirof bizga har lahzada o‘z tilimizni onamizdek e’zozlab, qadrlashimiz zarurligini anglatib turadi. Ona tilimiz bizning jahonda alohida xalq, millat sifatida mavjudligimizni belgilovchi muhim asoslardan biridir.

Inson tug‘ilajak Vatani va tilini tanlamaydi – bu unga Yaratgan ato etgan bebaho ne’matlardir. Ana shu ne’matlarni qadrlab, Vatanimiz taraqqiyoti, o‘zbek tili ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilish va mehnatlarimiz samarasini ko‘rish saodati barchamizga nasib etsin!

Ona tilimiz ruhiyatimizga nur, tafakkurimizga yog‘du, qalbimizga g‘urur baxsh etib abadiy gullab yashnasin!

O‘zbek tili bayrami yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri


✅ @Pedagoglarga

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

❗️Ўзбекистон Республикаси Конституцияси: таълим олиш ҳуқуқига оид 9 та энг муҳим кафолат

1️⃣ Ҳар ким таълим олиш ҳуқуқига эга.

2️⃣ Давлат узлуксиз таълим тизими, унинг ҳар хил турлари ва шакллари, давлат ва нодавлат таълим ташкилотлари ривожланишини таъминлайди.

3️⃣ Давлат мактабгача таълим ва тарбияни ривожлантириш учун шарт-шароитлар яратади.

4️⃣ Давлат бепул умумий ўрта таълим ва бошланғич профессионал таълим олишни кафолатлайди.

5️⃣ Мактабгача таълим ва тарбия, умумий ўрта таълим давлат назоратидадир.

6️⃣ Алоҳида таълим эҳтиёжларига эга бўлган болалар учун инклюзив таълим ва тарбия таъминланади.

7️⃣ Фуқаролар давлат таълим ташкилотларида танлов асосида давлат ҳисобидан олий маълумот олишга ҳақли.

8️⃣ Олий таълим ташкилотлари академик эркинлик, ўзини ўзи бошқариш, тадқиқотлар ўтказиш ва ўқитиш эркинлиги ҳуқуқига эга.

9️⃣ Давлат ўқитувчиларнинг шаъни ва қадр-қимматини ҳимоя қилиш, уларнинг ижтимоий ва моддий фаровонлиги, касбий жиҳатдан ўсиши тўғрисида ғамхўрлик қилади.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

📲Боғчага йўлланмани телефонингизда қабул қилиб олинг!

Боғча йўлланмасини олишда давлат хизматлари марказида соатлаб навбатда турармидингиз? Унда сиз учун хушхабаримиз бор.

Энди Сиз, фарзандингизнинг МТТга йўлланмасини олиш учун Давлат хизматлари марказига боришингиз шарт эмас!

Мактабгача таълим агентлиги, Адлия вазирлиги ва Рақамли технологиялар вазирлиги ҳамкорлигида фуқароларга қулайлик яратиш мақсадида йўлланма олиш жараёни соддалаштирилди.

❓Яъни:

🔢Эндиликда, йўлланма шаклланиши билан Сизга СМС хабар орқали ариза рақами ва махфий код юборилади. Ушбу махфий код билан Сиз тўғридан-тўғри боғчага боришингиз ва мудирага мурожаат этишингиз кифоя.

📌Асосийси, яратилган имконият шаффофликни таъминлайди. Сизга шаклланган йўлланмани тасдиқловчи махфий код МТМ мудирасига айтилмагунча у йўлланмани кўра олмайди ва бу билан коррупсияга йўл қўйилмайди.

📊Яна бир аҳамиятли жиҳати, биргина 2022 йилнинг ўзида боғчага жойлаштириш учун 1 405 424 та, 2023 йилнинг 9 ойи мобайнида эса 1 022 065 та йўлланма шаклланган. Бу дегани, ушбу қулайлик орқали фуқароларнинг нафақат вақти балки ҳар йили 1.2 миллиондан ортиқ (6 тонна) қоғоз тежалишига эришилади.

©️ Мактабгача таълим агентлиги

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Сўровнома

📣📣 Hurmatli ustozlar!

✅ Taʻlim sifatini oshirish bizning eng ustuvor maqsadlarimizdan biridir. O'qituvchilarning qiziqishi, talabi va metodik ehtiyojini o'rganish va ularga zamonaviy metodik yordam ko'rsatish pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga va bu orqali o'qitish sifatining yaxshilanishiga xizmat qiladi.

➖ Shu maqsadga yo'naltirilgan soʻrovnomada ishtirok eting va sifatli ta'lim uchun oʻz hissangizni qo'shing!

👉 So’rovnomada quyidagi havola orqali ishtirok eting.

❗️Sizning fikringiz biz uchun muhim!


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Umumtaʼlim maktablarning yuqori sinflari uchun 4 ta yoʻnalishda tanlov fanlari belgilandi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova maʼlum qildi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 192-sonli buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining yuqori sinflarida (joriy oʻquv yilida 10-sinflarda) 4 ta yoʻnalish (matematika-fizika, ona tili-chet tili, kimyo-biologiya, matematika-chet tili) boʻyicha tanlov fanlari belgilab berildi hamda tajriba-sinovdan oʻtkazish tartibi, oʻquv rejalari, tushuntirish xati, tajriba-sinovdan oʻtkaziladigan maktablar roʻyxati tasdiqlandi.

2023-2024-oʻquv yilida respublika boʻyicha 135 ta umumtaʼlim maktablari tanlab olinib, ushbu maktablarda jami 137 ta sinflarda 4 050 nafar oʻquvchilar Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarining tajribalaridan kelib chiqib ishlangan oʻquv dasturlar asosida tahsil olmoqda.

Xususan, matematika-fizika yoʻnalishida 16 ta, ona tili-chet tili yoʻnalishida 51 ta, kimyo-biologiya yoʻnalishida 40 ta, matematika-chet tili yoʻnalishda 30 ta sinflarda oʻquvchilar oʻzlari qiziqqan yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim olmoqda.

Tanlov fanlari asosida taʼlim olayotgan oʻquvchilar bilimi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoʻlga qoʻyilgan yangi formativ va summativ baholash tizimi asosida baholanadi.

Kelgusi oʻquv yillardan boshlab, oʻquvchilarining qiziqish va qobiliyatiga qarab yangi yoʻnalishlar tavsiya etilishi rejalashtirilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

JAMOATCHILIK NAZORATI UCHUN HAMKORLIKKA CHAQIRAMIZ

Joriy yilning 4-10-noyabr kunlari matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan respublikamizning barcha hududlarida asosiy fan olimpiadasining III(viloyat) bosqichi o'tkaziladi.

Mazkur jarayonlarni shaffof va adolatli o'tkazilishini ta'minlash, jarayonlarni ota-onalarga, uztozlarga xolis yetkazib berish maqsadida har bir hudud bo'yicha OAV vakillari, jurnalistlar, blogerlarni xolis kuzatuvchilikka va hamkorlikka chaqiramiz.

Maqsadimiz, iqtidorli yoshlar o'rtasida tashkil qilinayotgan fan olimpiadalarini yuqori saviyada, adolatli o'tkazish, g'olib o'quvchilarni rag'batlantirishdan hamda xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etadigan terma jamoaga munosib nomzodlarni saralashdan iborat.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

«Юсуф алайҳиссалом маҳбус эди, ва у билан бирга икки йигит бор эди.

Юсуф уларнинг энг чиройлиси ва энг яхшиси эди. Лекин, Аллоҳ уларни ундан (Юсуфдан) олдин чиқарди.

Кўплаб афзалликлари бўлишига қарамай қамоқда бир неча йил қолиб кетди.

Илк йигит: ҳизматчилик учун чиққан эди.

Иккинчиси: қатл қилиниши учун чиқди.

Юсуф алайҳиссалом кўп кутди. Лекин у киши Мисрнинг вазири бўлиш учун чиқарилди».


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklarni taqdim etadi!

✅ Bugungi kun yoshlari bilimni nafaqat kitoblar orqali, balki turli mediavositalar orqali qabul qilishga o‘rganishgan. Shuni hisobga olgan holda, vazirlik tomonidan turkum videodarslar tayyorlanmoqda.

Umumta’lim maktablari o‘quvchilariga O‘zbekiston tarixi fanini yanada chuqurroq o‘rgatish, ajdodlarimiz merosini kengroq tushuntirish maqsadida ular uchun 2D formatdagi animatsion roliklar tayyorlandi.

❗️Ushbu maxsus tayyorlangan roliklarda O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davridan hozirgi kungacha bo‘lgan voqealar qamrab olinadi.

E’tiboringizga havola etilayotgan ilk videorolik "O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi davlatlar" mavzusiga bag‘ishlangan.

➖ Davomi bor...

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#doktorant_minbari

💬Siz tanlagan mavzu mamlakat taʼlimi rivojiga nima beradi?

🔃Har bir tizimni boshqarish va samarali rivojlantirish nihoyatda murakkab jarayondir. Ayniqsa, taʼlim sohasi mamlakat kelajagini belgilaydi. Tizimda o‘zgarishlar qilish uchun avvalo, ilmiy asoslangan izlanishlar orqali qarorlar qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

✅Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida ham har bir o‘zgarishlar ilmiy izlanishlarga asoslanadi. Vazirlikning A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti doktorantlari ham taʼlim rivoji yo‘lida izlanishlar olib bormoqda. Institutning Matbuot xizmati "Doktorant minbari" loyihasini yo‘lga qo‘ydi.

🗣Bu loyihada doktorantlar bilan ularning mavzulari va izlanishlari doirasida suhbat olib boriladi. Suhbatning birinchi mehmoni institut doktoranti Sulton Normatov.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Bugun pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha 90 yillik tajribaga ega Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasi bilan soha rivoji borasida ochiq muloqot qilish maqsadida ushbu oliy taʼlim muassasasiga bordik.

Ayni vaqtda universitetda 12 ta fakultet, 30 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishi va 29 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha maktabgacha, umumiy o‘rta taʼlim hamda professional taʼlim muassasalari uchun kadrlar tayyorlanib kelinmoqda.

Ushbu taʼlim dargohida 24 ming nafardan ortiq talabaga 800 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilarning dars berib kelayotgani ushbu taʼlim muassasasi Respublikada tayanch vazifani bajarayotganidan dalolatdir.

Davlatimiz rahbarining universitet faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilinib, 2026-yilga qadar universitet xalqaro talablarga muvofiq transformatsiya qilinishi belgilandi, shuningdek qator maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.

Hozirda universitet tomonidan qo‘shma dasturlar asosida Belarus hamda Moskva pedagogika davlat universitetlari, Qozon Federal universiteti bilan hamkorlikda 3+1 shaklida (Double degree) bakalavr pedagog kadrlar tayyorlab kelinmoqda.

Bundan tashqari, 16 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha konsepsiya va milliy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish maqsadida tuzilgan ijodiy guruhlarga universitetning yetuk salohiyatli professor-o‘qituvchilari jalb etilgani ham ertangi kunimiz uchun xayrli qadam, deb aytish mumkin.

Uchrashuv davomida pedagoglar jamoasi tomonidan sohada mavjud muammo va ularning yechimlari bo‘yicha takliflar berildi.
Xususan, universitet talabalarining umumtaʼlim maktablarida amaliyot o‘tash jarayonlari bilan bog‘liq masalalar  muhokama etildi.

Universitet jamoasi  taʼlimning innovatsion shakllari, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari, kasbiy yo‘naltirish, o‘qitishning samarali usullarini qo‘llagan holda vazirlikka yetuk avlodni tarbiyalashda doimiy ko‘makchi bo‘lishiga ishonaman.

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️Миллий сертификатлар учун имтиҳон саналари

Тест синовида иштирок этиш учун талабгорларни рўйхатга олиш my.uzbmb.uz сайти (“Миллий сертификат” бўлими) орқали онлайн тарзда амалга оширилади.

📆 Миллий сертификатлар учун имтиҳонлар саналари:

➡️ Ўзбек тили ва адабиёти фанидан
Рўйхатга олиш: 9-15 октябрь
Тўлов қилиш: 16 октябрга қадар
Тест синови: 29 октябрь

➡️ Биология, қорақалпоқ тили ва адабиёти фанидан
Рўйхатга олиш: 30 октябрь 5 ноябрь
Тўлов қилиш: 6 ноябрга қадар
Тест синови: 19 ноябрь

➡️ Физика, тарих фанларидан
Рўйхатга олиш: 13-19 ноябрь
Тўлов қилиш: 20 ноябрга қадар
Тест синови: 3 декабрь

➡️ Математика, рус тили ва адабиёти фанидан
Рўйхатга олиш: 4-10 декабрь
Тўлов қилиш: 11 декабрга қадар
Тест синови: 24 декабрь

💰 Миллий сертификат имтиҳонларида иштирок этиш тўлови базавий ҳисоблаш миқдорининг бир ярим баравари 495 минг сўм.

❗️Ҳукумат топшириқлари ва талабгорлар сонидан келиб чиққан ҳолда тест синови ўтказиладиган саналар ўзгаришлар киритилиши мумкин!

✅ Кимё
ва география фанларидан миллий сертификат имтиҳонларини 2024 йил январь ойида ўтказиш режалаштирилган.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️Asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi o'tkaziladigan sanalar e'lon qilindi

Asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi joriy yilning 4-10-noyabr kunlari oʻtkaziladi.

Asosiy olimpiadalarning uchinchi bosqichida:

➖ikkinchi bosqichda 1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar;

➖akademik litseylar hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar tomonidan tavsiya etilgan 3 nafargacha oʻquvchilar;

➖oʻtgan oʻquv yilida asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida 1-oʻrinni egallagan va hozirda maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar maktablarining oʻquvchilari oʻtgan oʻquv yilida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan fani boʻyicha ishtirok etadi.

Uchinchi bosqichda har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar (1, 2, 3-oʻrinlar) gʻoliblar aniqlanadi.

Ishtirokchilarning olimpiadalar boʻlib oʻtadigan manzilga xavfsiz kelib-ketishlarini taʼminlashga tuman (shahar) hokimlari va maktabgacha va maktab ta`limi boʻlimi mudirlari shaxsan masʼul hisoblanadi.

Mazkur bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar:

1-oʻrin uchun — 1 mln 980 ming soʻm;
2-oʻrin uchun — 1 mln 320 ming soʻm;
3-oʻrin uchun — 990 ming soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Oʻtgan yilgi fan olimpiadasining viloyat (III-) bosqichi yozma ish topshiriqlari:

💡Fizika 9-sinf, 10-sinf
🧮 Matematika 9-sinf, 10-sinf
🧪 Kimyo 9-sinf, 10-sinf
🍀Biologiya 9-sinf, 10-sinf
🖥 Informatika 9-sinf,

Oʻtgan yilgi fan olimpiadasining viloyat (III-) bosqichi test topshiriqlari:

💡Fizika
9-sinf, 10-sinf,
🧮 Matematika 9-sinf, 10-sinf
🧪 Kimyo 9-sinf, 10-sinf
🍀Biologiya 9-sinf, 10-sinf,

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun



"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚙️Fan: Texnologiya.

📘Mavzu:
Amaliy mashg‘ulot darslarida “BIZ TOPAMIZ” metodini qo‘llash.

🧑🏻‍🏫 Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatining oliy toifali texnologiya fani o‘qituvchisi Shakirov Elyor Boribayevich


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Ona_tilim_faxrim

✅ 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo’lsin!

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

✅Минг йилларким булбул каломи
Ўзгармайди, яхлит ҳамиша.
Аммо шўрлик тўтининг ҳоли
Ўзгаларга тақлид ҳамиша.
Она тилим, сен борсан, шаксиз,
Булбул куйин шеърга соламан.
Сен йўқолган кунинг, шубҳасиз,
Мен ҳам тўти бўлиб қоламан!


✍️Абдулла Орипов

🌟21 октябрь - ўзбек тилига давлат тили мақоми берилган кун! Тил байрами муборак бўлсин!

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Tanlov_fanlari

"TANLOV SINFI QOBILIYATIMIZNI YUZAGA CHIQARISHGA YORDAM BERYAPTI"

Tanlov fanlari tajriba -sinov tariqasida o‘tilayotgan 135 ta maktabning biri Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 238-umumta’lim maktabidan reportaj.

➖ Eslatib o‘tamiz, yuqori sinf o‘quvchilari 4 ta yo‘nalish (matematika-fizika, ona tili-chet tili, kimyo-biologiya, matematika-chet tili) bo'yicha tahsil olishmoqda.

Kelgusi o‘quv yillardan boshlab, o‘quvchilarining qiziqish va qobilyatiga qarab yangi yo‘nalishlar tavsiya etilishi rejalashtirilgan.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

❗️DIQQAT EʼLON❗️

Prezident maktablariga oʻquvchilar tayyorlash boʻyicha Oʻzbekistonda koʻzga koʻringan mutaxassislardan sanalgan Otabek Raxmonberganov 28-29 oktyabr kunlari Toshkent shahrida Prezident maktablariga oʻquvchilarni tayyorlayotgan va tayyorlashni istagan oʻqituvchilar uchun 2 kunlik pullik MASTER KLASS tashkil qilayapti

MASTER KLASSda:
Oʻquvchilarda fikrlash qobiliyatini shakllantirishdagi muammolar;
Bolalarda kichik yoshdan matematik va mantiqiy fikrlashni hosil qilish masalalari (6-8 yosh)
Prezident maktablariga oʻquvchilarni tayyorlash jarayonida oʻrgatilishi kerak boʻlgan asosiy mantiqiy va tanqidiy fikrlash yoʻnalishi mavzulari
Prezident maktablariga kirish imtihonida tushadigan baʼzi topshiriqlarni yechish va bolalarga tushuntirish boʻyicha koʻrsatmalar
va boshqa mavzularda darslar boʻladi

MASTER KLASSga qoʻshilish pullik, 1 500 000 soʻm. (23-oktyabr sanasigacha pul toʻlaganlarga chegirmalar bor)

Murojaat uchun: @otabek0505

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 21-22-oktabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 24-oktabr4-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

❕ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#OAV_biz_haqimizda
#Миллий_таълим

"Madaniyat va ma'rifat" telekanalining "Milliy ta'lim" dasturida umumta'lim maktablarida joriy etilgan tanlov fanlari va ushbu tizimning afzalliklari haqida so'z yuritildi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…
Subscribe to a channel