pedagoglarga | Unsorted

Telegram-канал pedagoglarga - Oʻqituvchilar uchun

11862

Bizning kanal maktablardagi oʻqituvchilarning muammolarini mutasaddilarga yetkazuvchi koʻprikdir... Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin

Subscribe to a channel

Oʻqituvchilar uchun

#Директорлар_кенгаши

✅ Maktab ta’limiga doir muhim islohotlardan biri sifatida joylarda “Direktorlar kengashi” tashkil etilayotganligidan xabaringiz bor. Uning maktab boshqaruvini tashkil etishdagi o‘rni va ahamiyati nimalardan iborat? Kengash faoliyatining direktorlarni tanlash va malakasini oshirishdagi vakolati qaysi mezonlarda aks etadi?

❗️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbоsari Hasanxon Husanovning “Madaniyat va ma’rifat” telekanali muxbiri savollariga bergan javobida bu jihatlarga alohida e’tibor berilgan.

Shuningdek, muloqot davomida:

➖“Direktorlar kengashi”ni tashkil etishdan maqsad nima, bunga qaysi zaruratlar asos bo‘lmoqda;

➖“Direktorlar kengashi”ning asosiy vazifalari nimalardan iborat? Unga maktablar boshqaruvini tashkil etishda qanday vakolatlar berilmoqda;

➖Kengash a’zolari qaysi mezonlarga asosan tanlanadi, tanlov tamoyillari nimalardan iborat;

➖"Direktorlar kengashi" maktab direktorlariga o‘z faoliyatini tashkil etishda qanday ko‘mak beradi kabi mavzuga doir muhim savollarga atroflicha to‘xtalib o‘tilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Toshkent — Urganch”, “Toshkent — Nukus”, “Toshkent — Samarqand”, “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar qatnovi joriy etiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar qildi.

Shuningdek, mavjud yo’nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarga bosqichma-bosqich qo‘shimcha vagonlar ham ulanishi rejalashtirilgan.

❗️Talabalarga maslahat: 50% chegirma garchi juda kech e’lon qilingan bo’lsa ham, hali sizda bilet sotib olish uchun imkoniyat bor.

eticket.railway.uz saytini kuzatib boring, yangi yo’nalish qo’shilsa yoki qo’shimcha vagonlar ulansa, biletlar sotuvda paydo bo’ladi. Bundan tashqari saytda yaxshi funksiya bor, ya’ni yo’lovchi ma’lumotlarini oldindan kiritib qo’yish mumkin. Shunda sotuvda bilet paydo bo’lib qolsa, tezda xarid qilish mumkin bo’ladi, har safar yo’lovchi ma’lumotlarini kiritib, ovora bo’lib o’tirmaysiz.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️Talabalar uchun poyezdlarga chegirmalar eʼlon qilindi

Respublika Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun “Oʻztemiryoʻlchi” AJ tomonidan poyezd qatnovlariga chegirmalar eʼlon qilindi.

2023-yilning 25-dekabridan 2024-yilning 7-yanvariga qadar davom etadigan ushbu chegirmalar oʻrnatilgan tartibda barcha mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarning temir yoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50 foiz miqdorida amal qiladi.
Chiptalarni sotib olish uchun pasportingiz bilan temir yo‘l kassalariga tashrif buyurishingiz yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishingiz mumkin!

Chegirmalar SV /VIP klass vagonlari va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.

P.S: Afsuski endi chiptalar qolmagandi

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#qonunchilik_yangiliklari

Texnikumlarda kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy
etiladi

Hukumat qarori (648-son, 07.12.2023-y.) bilan texnikumlarda kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga ko‘ra texnikumlarda kredit-modul tizimida o‘quv jarayoni kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa modeliga (European Credit Transfer and Accumulation System – ECTS) muvofiq tashkil qilinadi.

Kredit-modul tizimi joriy etiladigan ta’lim dasturlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi.

O‘quv yili davomiyligi ta’lim dasturi asosida belgilanadi. Akademik davr davomida o‘quvchi tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlar miqdori o‘quv rejasida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarni o‘z ichiga oladi.

O‘quvchi bir o‘quv yilida kamida 60 kredit to‘plashi zarur. Texnikumlarda o‘quv yuklamasining hajmi o‘quv rejasi asosida belgilanadi.

Kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 25-30 akademik soat hisobidagi o‘quv yuklamasiga teng qilib olinadi.

Bunda o‘quvchi muayyan fandan tegishli kreditlarni to‘plashi uchun belgilab olingan miqdordagi o‘quv yuklamasini o‘zlashtirishi zarur.

O‘quv yuklamasi auditoriya soati va mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Ta’lim dasturi o‘quv yili uchun o‘quvchi tomonidan qoida tariqasida, bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi inobatga olinib ishlab chiqiladi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#yumor

Menimcha bu fotoshop emas deb o‘yladim😅
@domlajon

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Xushxabar

BUXOROLIK O'QUVCHI OSIYO CHEMPIONI BO'LDI

Shofirkon tumandagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Xurshid Qoyirov sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

БИЗ ЎЗБЕКМИЗ

Биз ўзбекмиз бошқаси эмас,
Қадим туркнинг ўзига беги.
Ёлғиз отнинг қашқаси эмас
Бақувватдир илдизи таги.

Биздан чиққан энг буюк зотлар,
Жаҳонгашта саркарда мардлар.
Илм нурин таратиб элга
Ёғду сочган бизнинг аждодлар.

Энди эса биримиз ғарбга,
Қай биримиз русга, арабга.
Ўзлиги йўқ мисли қул каби
Сиғинамиз ўзга миллатга.

Айтинг ахир дўппимиз йўқми,
Ўрай десак ҳарир рўмоллар?
Бошга бурқа кийганлар қанча-
Таги очиқ ўтар шамоллар.

Қани атлас, қани адраслар
Қани чопон, қани белбоғлар?
Топилса ҳам уни кийгани –
Қани қизлар, қани ўғлонлар?

Бири арабпарасат, бири ғарбпараст,
Бири эса руснинг каломин сўзлар.
Бири Сулаймоннинг тахтин кўтариб
Тўйда сохта шон-у, обрўни кўзлар.

Эсига на ўзлик, на миллат келар,
На буюк аждоди, на зурриёди.
Бир лаҳзалик обрў, шараф шон учун
Ўзга миллатдадир эс ҳуши, ёди.

Биз ахир ўзбекмиз, бошқаси эмас...

Мирзабек ЖАПАҚОВ, Хоразм.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Кун_тарихи

🗓 10 декабрь (1992 йил)

Ўзбекистон Республикасининг Давлат мадҳияси тўғрисидаги Қонун қабул қилинган.

Қонунга кўра, Давлат мадҳияси Ўзбекистон Республикаси Давлат суверенитетининг рамзидир.

Давлат мадҳиясига зўр эҳтиром билан қараш Ўзбекистон Республикаси ҳар бир фуқаросининг ватанпарварлик бурчидир.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Davlatni faqat ilm qutqarishiga zo‘r misol bo‘libdi.
@domlajon

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

“МАЪРИФАТ”СИЗ МАКТАБ – ИМОМСИЗ МАСЖИДДИР
Ахборот технологиялари жадал ривожланган, кундалик хабарлар интернет орқали бир зумда етказилаётган бир пайтда газета-журналларнинг даври ўтган, уларга ҳожат йўқ, дея эътироз билдирадиганлар кўп топилади.
Аммо, ўша хабар ва воқеаларнинг сабабини, оқибатини таҳлил қилиб, муаммонинг ечимини батафсил ёритадиган, ҳаётий ва илмий нуқтаи назардан ёндашиб тўғри йўл кўрсатадиган, йиллар, асрлар ўтсада ўша давр руҳини ўзида сақлаб қола олдиган ягона ахборот воситаси – газета ва журналлар эканлигини унутмаслик лозим.
Айниқса, соҳа газеталари ходимларнинг малакасини, қобилятини оширишда, уларнинг ижодий ишларини, илмий изланишларини ёритишда минбар вазифасини бажарадиган ҳам, маънавий озуқа берадиган ҳам газеталардир.
Афсуски, баъзи мактабларга кирганимизда кутубхона ёки ўқитувчилар хонасида маҳаллий ҳокимят, айрим партия ёки тармоқ газеталарини учратамиз-у, аммо бир дона бўлса ҳам ўқитувчилар минбари бўлган “Маърифат” газетасига кўзимиз тушмайди.
Айрим ҳурматли директорларимиз турли хил тадбирларга, кечаларга, мактаб безаклари-ю, дарпардаларгача, гулдан тортиб кўчатларгача топа олган пулни ўзларининг минбари бўлган бир дона “Маърифат” газетасига топа олмаганига ҳайрон қоламиз.
Мактабни аксарият масжидларга қиёслаймиз. Шундай экан, диний маъруза, насиҳатларни интернет тармоқлари орқали ҳар лаҳзада эшитиш мумкин бўлган бугунги кунда ҳам масжидларимиз имомсиз қолмаётгани каби ҳар бир мактабимиз ҳам ўқитувчилар минбари – “Маърифат”сиз қолмаслиги лозим!
Мирзабек ЖАПАҚОВ, ҳуқуқшунос журналист. Хоразм.



"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Tabriknoma

Hurmatli ustozlar, tizim xodimlari!


Avvalo, barchangizni bugungi unutilmas sana – davlatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami munosabati bilan samimiy tabriklayman!

Shuni faxr bilan aytish lozimki, jonajon Vatanimiz — O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan har bir inson, har bir fuqaro uchun bu qutlug‘ sana o‘zgacha intiqlik, cheksiz g‘urur va iftixor bilan nishonlanadigan unutilmas kundir.

Bosh Qomusimiz bizga farzandlarimizni bilimli va barkamol avlod qilib tarbiyalash, ularni shu yurt koriga yaraydigan mustaqil shaxs qilib kamolga yetkazish borasidagi kasbiy faoliyatimizda mustahkam huquqiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

Ayniqsa, joriy yilning 30-aprel kuni umumxalq referendumi asosida qabul qilingan davlatimizning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi jamiyatimiz rivoji va ta’lim tizimidagi islohotlarni jadal suratlarda amalga oshirishda katta ko‘makchi ekanligi bizga katta g‘urur bag‘ishlaydi.

Fursatdan foydalanib, sizlarni yana bir bor O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami bilan chin qalbimdan qutlayman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilayman!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi

Keyingi yilgi qabuldan OTMga hujjat topshirgan abituriyentlar avval kirish imtihonlarida qatnashib, so‘ngra to‘plagan balliga qarab yo‘nalishlarni tanlashi mumkin bo‘ladi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimi bu haqida Kun.uz ga intervyu berdi:

"Keyingi yildan yangi tartib ishga tushsa, ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqichda abituriyentlar agentlik tizimiga o‘zining shaxsiy ma’lumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yo‘nalishlarni tanlamaydi. Dastlabki ma’lumotlar abituriyentlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘ladi xolos. So‘ng abituriyentlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abituriyentning qo‘lida o‘z to‘plagan balli bo‘ladi va u prognoz qila oladi.

Masalan, abituriyent imtihonda 120 ball to‘plagan va u tibbiyot oliygohlariga kontraktga o‘tish balli 150 dan kam bo‘lmasligini biladi. Tibbiyot yo‘nalishlarini tanlasa, kira olmasligi ehtimoli yuqori. Buni oldindan to‘la prognoz qilib bo‘lmasligi mumkin, biroq oldingi yillardagi o‘tish ballariga asoslanib, ancha aniq qaror qabul qilish mumkin. Shunda abituriyent balli pastroqligini hisobga olib, bir yil yo‘qotmaslik uchun biologiya yo‘nalishini tanlashi mumkin.
Yoki teskari holat ham bo‘lishi mumkin. O‘zim abituriyent bo‘lgan vaqtda bir kursdoshim poytaxtdagi OTMga grantga kira olmayman deb viloyatdagi OTMga hujjat topshirgan. Lekin u juda yuqori ball to‘plagandi va balli bemalol Toshkentdagi OTMlarga grantga yetardi.

Yangi tizimda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin yo‘nalish tanlasa, bu kabi abituriyentlar to‘g‘ri tanlov qila olishi mumkin."

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Англия_таассуротлари

ANGLIYADA MAKTABLARIDA ASOSAN O‘QUVCHILAR GAPIRADI, O‘QITUVCHI ESA TOPSHIRIQ BERADI

Hammasi qanday boshlandi?


- Tanlov uch bosqichda o‘tkazilib, Angliya universiteti rektorlari bilan ishtirokchilar suhbati ham tashkil etildi. 3-bosqichda esa vazirlik masʼullari bilan suhbat o‘tkazildi. Yakuniy bosqichda "Lider qanday bo‘lishi kerak?" mavzusida insho yozildi. Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar Angliyada tajriba oshirish baxtiga sazovor bo‘lishdi.

Sinf rahbarlari uchun tez-tez psixologik kurslar tashkil etiladi

- Angliya maktablarida bolalar soni oz bo‘lib, faqat bir smenada taʼlim olib boriladi. Shu bilan birga  bolalar xavfsizligiga katta eʼtibor qaratiladi. Bundan tashqari, sinf rahbarlari uchun ko‘plab psixologik kurslar tashkil etilib, muntazam ravishda treninglar o‘tkazilar ekan.

Turli millatlarning urf-odatini hurmat qilish o‘rgatiladi

Bolalar har xil millat vakillari bo‘lgani uchun bir-birining urf-odatlarini o‘rganishga katta eʼtibor qaratishadi. Shu boisdan ham milliy anʼanalarni o‘rganishadi va hurmat qilishadi.

Asosiy eʼtibor o‘quvchilarning mustaqil fikrlashiga qaratiladi

- Eng qiziq tomoni, darsda o‘qituvchi asosan topshiriq beradi, o‘quvchi gapiradi. Yangi mavzu haqida ham o‘quvchilar fikri tinglanadi. O‘quvchilar o‘zlari tayyorlab kelgan loyihalarni namoyish qilib, loyihaviy ishlaydi. Xatolar bo‘lsa, o‘qituvchi to‘g‘rilaydi. Asosiy eʼtibor, bolalarning mustaqil fikriga qaratiladi.

Bir so‘z bilan aytganda, Buyuk Britaniyaga sayohatimiz haqiqiy tajriba almashish maktabi bo‘lib xizmat qildi.

Nigora Ahmedova, Farg'ona shahridagi 2-ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan umumta'lim maktabi direktori

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Survey

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha darajadagi xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalarini o'rganish maqsadida anonim so'rovnoma tashkil etildi.

✔️Bundan ko'zlangan maqsad tizim tashkilotlar va muassasalar uchun tavsiyalar ishlab chiqish va korrupsiyaning olini olish bo'yicha yanada samarali chora-tadbirlarni tashkil etishga qaratilgan.

❗️ Faol bo'ling! Sizning javobingiz biz uchun muhim!

👉 https://forms.gle/UfkpBGXDxT1JNPCz6


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️ 2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

✅ 2024-yilning 1-yarmida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

❕ Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Xorijiy_hamkorlik

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan singapurlik mutaxassislar bilan tabiiy va matematika fanlari yuzasidan tashkil etilgan uchrashuvdan videolavha


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

ШАЙТОННИНГ ШАРПАСИ
(ҳали ҳам кезиб юрган экан).

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Diagnostika testlari mutaxassislar tomonidan doimiy ko'rib chiqilishi yo'lga qo'yilgan

Ta'kidlash joizki, diagnostika testlari test ishlab chiqish talablariga muvofiq, sohadagi tajribali ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan, tajriba-sinovidan o'tkazilgan hamda tajriba-sinovi natijasida takomillashtirilgan holda "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasiga joylashtirilgan.

Shu kunlarda o'tkazilayotgan diagnostika jarayonlarida jamoatchilik faollari va foydalanuvchilardan kelib tushayotgan murojaatlar, takliflar va tavsiyalardan kelib chiqqan holda testlar bazasi xolis mutaxassislar hamda muharrirlar tomonidan diagnostika jarayoni grafigiga ko'ra, testlar boshlanishidan oldin takroran ko'rib chiqilishi yo'lga qo'yilgan.

Bundan ko'zlangan maqsad ustozlarimiz e'tiboriga sifatli va mazmunli test topshiriqlarini yetkazish hamda ularning bilim va ko'nikmalarini baholash vositalarining sifatini ta'minlash, shuningdek ularning roziligiga erishishdir.

⚠️Yuqoridagi lavhada bugungi ishchi guruh, o‘qituvchilarning ish jarayonlari va fikr-mulohazalari bilan tanishishingiz mumkin.

🗣Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

😀 Telegram | 🔵Facebook | 🎬YouTube |  📷Instagram

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Биласизми

🏫 Таълим муассасаларининг ўқув хоналарида машғулотлар ўтказишда меҳнатни муҳофаза қилиш талабларига мувофиқ ўқув хоналарида ҳаво ҳарорати енгил жисмоний ишда 21º С, ўртача оғир ишда 17º С ва оғир ишда 16º С дан паст бўлмаслиги керак.

✅ Физика ўқув лаборатория хонасида мунтазам равишда ҳарорат 18º С – 21º С, ҳавонинг намлиги 40 – 60 фоиз бўлиши керак.

🔹Таълим муассасаси ҳудудидаги ҳожатхоналар иссиқ сув ва канализация тизимига уланган бўлиши лозим.

❗️ Таълим муассасасида канализация тизими йўқ бўлганда давлат санитария назорати органлари билан келишилган ҳолда таълим муассасасида ер қатламини ифлослантирмаган ҳолда душхоналардан ва юз-қўл ювгичлардан сув оқмайдиган қурилмали ахлат ўраларининг мавжуд бўлишига рухсат этилади.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Англия_таассуротлари

✅ Buyuk Britaniya maktablari faoliyati, o‘quvchilari hayotiga oid safar taassurotlarini berishda davom etamiz.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani 52-sonli umumta'lim maktabi direktori Kaljan Ayimbetovaning bu boradagi fikrlari bilan tanishing:

➖ Angliya maktablari meni har jihatdan hayratlantirdi. Ayniqsa, o‘quvchilarga akademik bilim berishdan tashqari, ularning ijodkorligiga ham alohida e’tibor qaratilar ekan. Masalan, biz borgan maktabda alohida teatr sahnasi tashkil etilgan bo‘lib, u yerda o‘quvchilar turli sahna ko‘rinishlari yaratishadi va bu orqali san’atga ishtiyoqi bo‘lgan bolalarning iste’dodi maktab davridanoq shakllantirilib boriladi.

➖Yuqori sinf o'quvchilarining bizdagi tanlov fanlariga o‘xshab biron aniq yo'nalishni tanlashlarida mahalliy biznes talablariga qattiq e‘tibor beriladi.

➖Maktablarda inklyuziv ta’lim uchun alohida sharoitlar yaratilgan.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Сўраган_эдингиз

❓Ona tili fani o‘qituvchisiman. 27 yildan buyon maktabda dars beraman, 2027-yilda nafaqaga chiqishim kerak. Hozirda malaka toifam oliy, sertifikatim muddati 2026-yilda tugaydi. Shunda men ham 2026-yilda majburiy attestatsiyaga jalb etilamanmi?


✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021-yilda "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 572-sonli Qarori kuchga kirgan.

Mazkur Qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 6-bandiga muvofiq, jumladan quyidagilar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi belgilangan:

➖ pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar;

➖yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar.

Ushbu Nizomning 7-bandida esa "Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlarning amaldagi malaka toifalari (lavozimlari) saqlanib qoladi hamda ularga ta’lim tashkilotlarida ishlagan davrida mazkur malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanishi belgilab qo‘yilgan.

❗️Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Siz navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod qilinasiz va Sizning amaldagi toifangiz umrbod saqlanib qolinadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️ Bugun ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni

2023-yil 4-dekabr kuni matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📱 Ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 10-dekabr (to‘lov qilish 11-dekabr) ga qadar davom etadi.

❗️ Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar uchun bugun roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni ekanligini eslatib o‘tamiz.

📆 Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 2023-yil 24-dekabr (yakshanba) kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

❗️Афғонистонлик ўқувчи қизлар мактабга қайтишдан умиди йўқлигини айтишмоқда

Олтинчи синфда ўқийдиган қизлар “Толибон” ҳукумати қўйган таълим чекловлари туфайли синфдошлари билан абадий хайрлашганини айтди.

“Толибон” афғонистонлик қизлар учун ўрта мактаб эшикларини ёпганига 800 кундан ошди.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Бўстон туманидаги тадбирга юпун кийимдаги ўқувчилар жалб қилинди

Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси ушбу ҳолатга йўл қўйган мутасаддиларга интизомий чора кўрилишини маълум қилди.

👉 https://kun.uz/61858173


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Ўзбекистон халқ шоири, Ўзбекистон қаҳрамони Эркин Воҳидов таваллудининг 87 йиллигига бағишланади...

Фарғона вилояти Данғара тумани 12-мактаб директори ва ўқувчилари ижросида...

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 27 bob, 155 moddadan iborat.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 31 yillik bayrami muborak bo‘lsin!

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Юзимизга ойна тутган — PISA-2022 натижалари

81 давлат қатнашган тадқиқотларда ўқувчиларимиз Математикадан 364 балл билан 72-ўрин,  Ўқиш саводхонлигидан 336 балл билан 80-ўрин, Табиий фанлар бўйича 355 балл билан 80-ўринни эгаллашди.

PISA тадқиқотлари натижаси 6 даражага ажратилган бўлиб, Математика бўйича 5-6-даражага эришган ўқувчиларимиз деярли йўқ. Маълумот учун, Сингапурда бундай даражага эришганлар 41%ни ташкил этган. Математика саводхонлиги даражаси ўзбекистонлик ўғил болаларда қизларга нисбатан яхшироқ бўлса, Ўқиш саводхонлиги(ўқиб тушуниш малакаси) бўйича қиз болалар яхшироқ натижа кўрсатган.

PISA натижалари чиққандан бери ўзимни фикрлашдан тўҳтаб қолган одамдай ҳис қилиб, айнан бир хулосага кела олмаяпман.

Биз бирор муаммога дуч келсак, атрофдан ўзимиздан бошқа айбдорларни қидиришни яхши кўрамиз, одамзод табиатан шунақа.

Кўпчилик айбдор излашга тушиб кетгани учун таълимдаги мутахассис сифатида ўзимни фикримни билдирмоқчиман.

Биз аждодларимиз буюк ва гений бўлишгани ҳақида жудаям кўп гапирамиз, лекин назаримда, у ақлли генларни шартта кесиб ташлаб, ўрнига очкўзлик, кўролмаслик, сохтакорлик, бир-бирини тан олмаслик, китобдан юз ўгириш, умумий айтганда, ўзимизни ривожлантирмайдиган стандартлар билан днк кодларимиздаги информацияларни ўзгартириб юборганмиз.

Мен таълимда бурилиш ясай оладиган барча омилларни ўқитувчи билим ва дунёқараши билан боғлайман. Ҳар битта устоз ўз копияларини яратиб, жамиятга учирма қилиб юборади.

Ҳар қандай шароитда, ҳар қандай кунда ҳам ўқитувчи таълимда энг муҳим ва келажак бунёдкори сифатида аҳамият касб этаверади, унга на уруш, на кам маош, на нотинч оила, на тарбиясиз болалар ҳалал бера олмайди. Профессионал устоз ҳар қандай вазиятда ҳам фақатгина болага билим бериш йўлини танлайди.

Уруш ҳолатидаги Украина ва Фаластин натижалари биздан анчагина юқори экани таълим аввало ресурс ва шароитга эмас, виждонли ва билимли ўқитувчиларга муҳтожлигини исботлади.

Биз ҳар доим ташқи сабаблар билан курашамиз, ўз билимсизлигимиз билан курашмаймиз. Ўзини мутлоқ ҳақ ва ақлли деб билган одамлар, ўз устида ишламайдиган ва изланмаган омма, ҳеч қачон давлатни ривожлантира олмаслигини бугун тушуниб етдим.

Айримларга PISA натижалари ўзи нима экани ҳақида гапириш ҳам бефойда, онги умуман қабул қилмайди. Ўқиш саводхонлиги деганда фақат тез ўқишни тушунадиганлар, қидириб, изланиб, бу ҳақида жон ҳам куйдирмайди.

Мен ривожланган давлатлар жамиятларини ўзимча таҳлил қилиб, шундай хулосага келганман:

🟣Улар ахлоқий курашни ўзи билан олиб боради, бошқалар билан эмас.

🟣Ҳар бир тушунарсиз ҳодисага илмий иш каби чуқур муносабатда бўлади, изланади, ечим топади.

🟣Бирлашади. Яккалик эмас, жамоавий натижадорлик учун курашади.

Кибр билан бир ҳорижликка "мени ўқувчим фан олимпиадасида юқори ўрин олган" ёки "мен фалондака олимман" деб айта олмайсиз, у буни тушунмайди, улар биргаликда жамоавий юқори натижа кўрсатиб, ақлли халқ эканини шу йўл билан исботлайди ва иқтисодий ривожланиш, фаровонликка эришади.

PISA тадқиқотлари билимларни баҳолашнинг энг шаффоф ва тўғри усулларидан бири бўлиб, унда ихтиёрий мактаб, хусусий мактаб, лицей, коллеж ўқувчилари тест синовлари учун танлаб олинади. Мамлакатга ташриф буюрувчи инвестор ўша мамлакат ўқувчиларининг PISA тадқиқоти натижаларига қарайди ва хулоса чиқаради.

Ўзбекистон биринчи марта ушбу тадқиқотда қатнашиши ва, аллақачон камчиликларни бартараф этиш йўлидаги ҳаракатлар бошланган. Ишонаманки, бу ҳаракатлар бесамар бўлмайди.
@imaginative_girl

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

PISA tadqiqotlarida ilk bor qatnashgan O‘zbekiston eng past natijalarni qayd etdi.

81 ta davlat qatnashgan tadqiqotlarda O'zbekistonning 15 yoshli o‘quvchilarimiz Matematikadan 364 ball bilan 71-o‘rin, O‘qish savodxonligidan 336 ball bilan 80-o‘rin, Tabiiy fanlar bo‘yicha 355 ball bilan 80-o‘rinni egallashdi.

Ushbu tadqiqotlarga qachondir qo‘shilib, haqiqiy xolatimizni bilishimiz zarur edi, umumjahon reytingda biz o‘zimizning kamchiliklarimizni ko‘rib, kelgusi o‘qishlarda e'tibor qaratishimiz uchun bu qadam zarur edi.

Xullas biz "Pisa shok" ka tushdik, deb o‘ylayman.
Shaxsan men bunday "Pisa shok" ka tushishimizni tahmin qilgan edim, 3 yil oldin "Ma'rifat" gazetasiga bergan intervyumda aytgan edim.
Maqola bu yerda.

O‘ylaymanki, bu ilk bor qatnashgan barcha davlatlarda kuzatiladi, bundan fojea yasamay aniq reja asosida darslarni tashkil etib, keyingi imtihonda yuqoriga chiqishga xarakat qilish kerak.
@domlajon


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

PISA 2022 tadqiqotida, O‘zbekistondagi 15 yoshli o‘quvchilar matematika fanidan jami 364 balni qo'lga kiritdi

Mazkur yo‘nalishda o‘g‘il bolalar qizlarga qaraganda balandroq, maktablar joylashuvi bo‘yicha tahlil qilinganda shahar maktablari qishloq maktablaridan yaxshiroq natija qayd etdi.

PISA 2022 tadqiqotida matematika ustuvor yo‘nalish etib belgilangan.

O‘zbekistonning PISA 2022 tadqiqoti natijalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani kirish so'zi ochib bergan vazir Hilola Umarova ushbu tadqiqot ahamiyatiga to'xtalib o'tdi:

Prezidentimiz tomonidan zamonaviy ko‘nikmalarga ega, keng dunyoqarashli zamonaviy kadrlar tayyorlash hamda ta’lim tizimini takomillashtirishdagi xalqaro integratsiya masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligi barchaga yaxshi ma’lum.

Bugun e'lon qilingan O‘zbekiston ta’lim tizimining PISA tadqiqotlaridagi ilk natijalarini oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishishdagi keyingi qadamlarimiz uchun juda muhim omil bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.


Albatta, sohada yutuqlarimiz qatorida ba’zi muammolarimiz ham bor, buni yashirmaymiz. Ammo niyatimiz ham, maqsadimiz ham shuki, biz bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solganmiz. Buning uchun malakali mutaxassislarimiz, mehnatkash ustoz-o‘qituvchilarimiz bilimi va salohiyatiga suyanamiz.

Eslatib o'tamiz, 2022-yilning aprel – may kunlari mamlakatimizning turli hududlaridan tanlab olingan 202 ta maktabda ilk marotaba PISA xalqaro tadqiqotlari oʼtkazilgan edi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel