pedagoglarga | Unsorted

Telegram-канал pedagoglarga - Oʻqituvchilar uchun

11862

Bizning kanal maktablardagi oʻqituvchilarning muammolarini mutasaddilarga yetkazuvchi koʻprikdir... Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin

Subscribe to a channel

Oʻqituvchilar uchun

⚡️Pedogogika universitetlariga qabul ikki bosqichli imtihon orqali amalga oshilishi mumkin

Prezidentning 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qaroriga asosan, 2024/2025 o‘quv yilida tajriba-sinov tariqasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga (alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bundan mustasno) qabul jarayonlari ikki bosqichda, jumladan birinchi bosqichda — dastlabki imtihon shaklida, ikkinchi bosqichda — kirish test sinovlari orqali amalga oshiriladi. Bunda:

➖dastlabki imtihon va kirish test sinovlari Davlat test markazi (hozirgi nomi Bilim va malakalarni baholash agentligi) tomonidan o‘tkaziladi;

➖dastlabki imtihon doirasida abituriyentlarning pedagogik kasbga moyilligi o‘rganiladi;

➖kirish test sinovlarida qatnashishga faqat dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga ruxsat etiladi.

🔖2024-yil 1-yanvarga qadar Universitetning pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha vaqtinchalik tartibni ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

📌Shuningdek, qarorda tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqib, pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga qabul imtihonlarini ikki bosqichda o‘tkazish tartibini pedagog kadrlar tayyorlovchi boshqa oliy ta’lim muassasalariga ham tatbiq etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish vazifasi belgilangan.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Hurmatli maktab ta'limi xodimlari, so'rovnomada ishtirok eting.
1 daqiqa vaqtingizni ayamang!
Quyidagi havolaga kiring⤵️

https://forms.gle/EDKzJiKHko2gZtBn8

❗️Ta'limga befarq bo'lmaganingiz uchun rahmat! So'rovnoma yuzasidan taklif va mulohazalarni telegram orqali /channel/mentor_ps_bot ga yuborish mumkin.

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Taniqli ingliz siyosatdoni Cherchill doim quyidagicha tilak bildirgan:
“Men sizga sog'lik yoki boylik o'rniga, faqatgina omad tilashni afzal ko'raman. Doim omadingizni bersin!

O'ylab ko'ring, axir, TITАNIK kemasidagilarning aksari boylar va sog'lar emasmidi? Аmmo ular orasidan ayrimlariga omad kulib boqqan va aynan omadlilar omon qolishgan."

Omad bor narsa -- Xudo nazaridan qo'ymasin yoki panohida asrasin mazmunidagi duolarning ijobati ham omaddir. Ehtimol eshitgandirsiz, bir yirik kompaniya rahbari bir kuni birinchi marta o'g'lini bolalar bog'chasiga olib borishga qaror qilgan. Аna shu tufayli ishga o'z vaqtida bora olmay, Nyu-Yorkdagi 11- sentyabr hujumidan omon qolgan.

Yana bir yigit shirinlik do'koniga kirib o'tishi zarurligi bois bu hujumdan joni omon qolgan.

Bir ayol esa har tong uyg'otuvchi qo'ng'iroq 11 sentyabr kuni ishlamagani oqibatida omon qolgan.

Boshqa kimdir o'sha tongda Nyu-Jersi shossesi yo'lidagi tirbandlikda qolgani tufayli bugun yashab yuribdi.

Boshqasining aytishicha, u o'sha kuni doim chiqadigan avtobusni o'tkazib yuborgan.

Bir ayolning esa nonushta mahali ko'ylagiga qahva sachragan. Boshqa kiyimni hozirlaguniga qadar vaqt kerak edi.

Kimningdir o'sha tong har kuni tongda ishlab ketadigan mashinasi o't olmagan, kimdir bolasi bilan yoki boshqa tashvishlar bilan andarmon bo'lib, yana kimgadir taksi o'z vaqtida kelmagani sababli ofisga bora olmagan.

Hammasidan ham taʼsirlirog'i -- ertalab yangi tufli olgan va yangi tufli oyog'ini qadoq qilgani bois, shifo izlab dorixonaga kirgan hamda aynan shu tufayli omon qolgan kishining taqdiridir. Yangi tufli uning oyog'iga tor kelgani uchun ham u hozir tirik.

Endi har gal tirbandlikda qolib ketsangiz, liftni kutib qolsangiz yoki kutilmagan boshqa biror koru hol sodir bo'lsa, yaxshilikdan umidvor bo'ling. Ehtimol omadingiz kelib, bu sizning foydangizga bo'layotgandir. Kimnidir kutib qolish, kimningdir qo'ng'irog'ingizga javob bermasligi, kundalik tashvish va odamlar, bajarilmagan va'dalar kayfiyatingizga ta'sir qilmasin. Bunda ham yaxshilik bordir.
Xudoyim chevar -- uning xohishlari ortida biror hikmat yotgan bo'ladi. Buning orqasida sizning omadingiz yotgan bo'lsa, ajab emas.

* * *
Muvaffaqiyat sirlarini "Biz g'alaba qozonamiz" kitobida o'qing.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Hurmatli maktab ta'limi xodimlari, so'rovnomada ishtirok eting.
1 daqiqa vaqtingizni ayamang!
Quyidagi havolaga kiring⤵️

https://forms.gle/EDKzJiKHko2gZtBn8

❗️Ta'limga befarq bo'lmaganingiz uchun rahmat! So'rovnoma yuzasidan taklif va mulohazalarni telegram orqali /channel/mentor_ps_bot ga yuborish mumkin.

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️ Endi o‘qituvchilar bir yo‘nalishda o‘qib, ikkita fandan dars berishi mumkin

Prezidentning “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilidan o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan 4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

➖Matematika va informatika (qo‘shimcha informatika fani o‘qituvchisi),
➖Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi),
➖Biologiya (qo‘shimcha tabiiy fanlar o‘qituvchisi),
➖Maxsus pedagogika: surdopedagogika (qo‘shimcha surdotarjimon)
bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tartibi joriy qilingan.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Nano Learning nima?

Nano-ta'lim
- bu ixchamlashtirilgan ma'lumotni qiziqarli tarzda etkazishning zamonaviy usuli.

Axborot kichikroq va soddaroq formatda baham ko'rilsa, uni tushunish va yodda saqlab qolish osonroq bo'ladi. Nano-ta'limning asosi ma'lumotlarning ixchamligidir. U raqamli texnologiyalarga tayanishi bilan ajralib turadigan hozirgi avlodning kontentni iste'mol qilish afzalliklariga qaratilgan.

♦️Nano-o'rganish guruh dasturi emas.
♦️Nano-ta'lim murakkab masalalarni hal qiluvchi kompleks dasturlarning o'rnini bosa olmaydi.
♦️Odatda, nano-ta'lim kurslari 2 dan 10 daqiqagacha davom etadi.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#LMS_haqida

Bitta akkaunt orqali ikki va undan ortiq yo‘nalishlarni tanlagan holda mustaqil malaka oshirish imkoniyati yaratildi

Hurmatli pedagog xodimlar!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti "Uzluksiz kasbiy taʼlim" platformasida siz uchun imkoniyat va qulayliklarni kengaytirishda davom etmoqda.

Endilikda siz bir necha fanlardan pedagogik faoliyat yuritsangiz ham platformada har bir faningiz uchun alohida telefon raqamidan ro‘yhatdan o‘tishingizga hojat yo‘q.

💹 Platformada bitta akkaunt orqali ikki va undan ortiq yo‘nalishlarni tanlagan holda mustaqil malaka oshirish imkoniyati yaratildi. Buning uchun siz profilingizga kirgan holda qo‘shimcha lavozim va faningizni kiritishingiz lozim bo‘ladi.

Shuningdek, siz kiritgan yo‘nalishlar doirasida platforma tomonidan qaysi fan bo‘yicha o‘qishni boshlashingiz haqida taklif beriladi. Endilikda buning uchun adminlarga faningizni o‘zgartirishni so‘rab, murojaat yo‘llashingiz shart emas. Fanlar bo‘yicha malaka oshirish kurslari ketma-ket amalga oshiriladi.

➡️ videoyo'riqnoma: /channel/video_yoriqnoma/64

📨 Qo'shimcha savollarga javob olish uchun
t.me/joinchat/UthvxcGuRTIyMjZi chati orqali murojaat qiling.

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇

Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Nima deb o'ylaysiz, o'qituvchilar bugungi kunda qanchalik o'z hayotidan, ta'lim tizimidan yoki rahbariyatdan rozi deb o'ylaysiz? (5 ballik tizimda baholang, har bir balning izohiga e'tibor bering)
anonymous poll

1 - o'qituvchilar norozi – 195
👍👍👍👍👍👍👍 72%

3 - o'qituvchilarning roziligi o'rtacha – 32
👍 12%

2 - qisman norozi – 19
👍 7%

5 - o'qituvchilar hayotdan eng mamnun kasb egalaridir – 12
▫️ 4%

4 - o'qituvchilar yuqori darajada rozilar – 7
▫️ 3%

0 - bilmadim/ meni boshqa javobim bor – 4
▫️ 1%

👥 269 people voted so far.

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

ILG‘OR ISH TAJRIBALARNI OMMALASHTIRISH ELEKTRON PLATFORMASIDAN FOYDALANISH BO'YICHA YO‘RIQNOMA

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

“Eks pirt”lar ham koʻpayib ketdi

Darslik muallifi bilan muharrir, rassom va musahhihni farqlay olmaydigan bitta “eks pirt” molxona oralabdi.

Shoʻring qurgʻur darsliklar zamonaviy taʼlim standartlariga javob bermasligini birorta saviyali, dunyo koʻrgan mutaxassis ilmiy isbotlab bermadi, men ham qutulmadim. Garchi muallif boʻlmasam ham, boʻyidan baland gapiradigan, boshqalarni “koʻrsogʻot”likda ayblaydigan nodonlardan zerikdim. Mohiyatning m harfini bilmaydi, lekin aql oʻrgataveradi.

Miriqib tanqid qilinayotgan aksariyat oʻzbekcha darsliklarga muharrirlik va musahhihlik qilganman (darvoqe, muharrir va musahhih boshqa-boshqa ish qiladi). Ana shu jarayonda metodika nima, XXI asr koʻnikmalari nima – yaqinroq tanishdim. Bizda sobiq Ittifoq davridan beri shakllanib kelgan, tushuncha-yu qoidalarni yod olishga qaratilgan taʼlim nazariy bilishga asoslanadi. Yangi darsliklarda bosh yoʻnalish – oʻquvchida koʻnikma shakllantirish. Bola avvalo fikrlashi, tanqidiy tahlil qilishi, nimanidir bajara olishi, ijodkor boʻlishi kerak. Taʼlimga bunday yondashuv chet elda yaqin ellik yildan beri amalda. Bizda endigina shu yoʻlga oʻtildi. Oʻtildi hamki, oʻsha eskicha uslubga oʻrgangan va oʻzi bilgan narsadan boshqa narsalar ham borligini qabul qila olmaydigan toifaning nayzalariga duchor boʻldi. Munavvar qori aytmoqchi, bizning jaholat – jahli murakkab.

Koʻrgan narsasiga ishonib yo xayoliga kelgan gapni gapirib ketavermaslik uchun ham tosh yomgʻiri ostida qolgan yangi “Ona tili” darsliklariga ochiq koʻz va ochiq qalb bilan nazar tashlash kerak. Shunda mediasavodxonlik nima, tekshirilmagan axborotga koʻr-koʻrona ishonmaslik nima, tanqidiy fikrlash nima – oz-moz tasavvur hosil boʻladi.

Hay, hech kimni farosat va insofdan qismasin.

@oriftolib

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Boburga_ehtirom
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlanadi

Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz,
Jamiyatingiz borini davlat tutungiz.
Chun gardishi charx budurur, Tengri uchun,
Bir-birni necha kun g'animat tutungiz.

📌Ushbu ruboiyda shoir odamlarning bir-biriga g’animatligini, yaqinlarning borligining o’zi davlat ekanligini, bu o'tkinchi dunyoda ko'rayotgan kunga shukronalik lozimligini juda ta’sirli yo'sinda aks ettiradi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Диққат жамоатчилик муҳокамаси!

2022–2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясини “Инсонга эътибор ва сифатли таълим йили”да
амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармони лойиҳаси кенг жамоатчилик муҳокамаси учун эълон қилинди.

"Тараққиёт стратегияси" маркази барча фуқаролардан 2023 йилги Давлат дастури лойиҳасининг муҳокамасида фаол иштирок этиб, мамлакатимиз тараққиётига хизмат қиладиган таклифларни Марказнинг махсус 2023.strategy.uz ҳамда davlatdasturi.uz порталлари ёки ижтимоий тармоқлардаги @dscuzbekistan ва @YangiTaraqqiyotStrategiyasi телеграмм каналлари орқали билдиришларини сўраб қолади.

МУҲОКАМАЛАР 2023 ЙИЛНИНГ 6 ФЕВРАЛИДАН 17 ФЕВРАЛИГАЧА ДАВОМ ЭТАДИ.

Каналимизга обуна бўлинг
👉🏻
/channel/dscuzbekistan

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Hurmatli ustoz, nima deb o'ylaysiz pedagogik jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhit, ta'lim-tarbiya sifatini oshirishga qanchalik ta'sir qiladi? Uning ta'sirni 5 ballik tizimda baholang. Iltimos, raqamlar yonidagi izohlarga e'tibor qarating.
anonymous poll

"5" - eng muhimi shu, jamoada ijtimoiy-psixologik muhit yaxshi bo'lsa, ta'lim-tarbiya sifati ham shunga monand bo'ladi – 43
👍👍👍👍👍👍👍 66%

"4"-asosiy ta'sir qiluvchi omillardan biri – 9
👍 14%

"0"-ta'sir qilmaydi – 5
👍 8%

"3"- sezilarli ta'sir qiladi – 5
👍 8%

"2"-qisman ta'siri bor – 3
▫️ 5%

"1"-biroz ta'siri bo'lishi mumkin, yana ham bilmadim
▫️ 0%

👥 65 people voted so far.

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

“Малака оширишга ўқитувчилар қўрқиб эмас, хурсанд бўлиб, эҳтиёжига қараб келиши лозим”, — Аюбхон Раджиев

“Илгари имтиҳонларни топшириш учун фақат битта имконият бериларди” — мактаб таълимида енгиллашган малака ошириш

А.Авлоний номидаги миллий-тадқиқот институти ректори Аюбхон Раджиев сўнги йиллардаги мактаб таълими малака ошириш тизимидаги трансформация - олиб борилган ислоҳотлар бўйича Kun.uz мухбирига интервью берди.

Интервьюни Kun.uzнинг ютубдаги расмий канали орқали кузатишингиз мумкин 👉 https://www.youtube.com/watch?v=vjq4ftDAUd4&t=379s

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

OMMALASHTIRISH ELEKTRON PLATFORMASIGA 9 MINGDAN ORTIQ ISHLAR KELIB TUSHDI

www.ommalashtirish.uz elektron platformasidan joriy yilning 23- yanvaridan – 1-fevraliga qadar boʻlgan muddatda 34 649 nafar umumiy oʻrta taʼlimi maktabi oʻqituvchilari roʻyxatdan oʻtdi va jami 9 064 ta hujjat kelib tushdi.

Batafsil: https://rtm.uzedu.uz/uz/news/7

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Maktablarda 100 mingta to‘garak tashkil etiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan
o‘quvchilarda kasb-hunar ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida umumta’lim muassasalarida 100 mingta to‘garak tashkil etish bo‘yicha zarur ishlar boshlangan.

Maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish, ta’lim muassasalarida bepul to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur topshiriqlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan.

Ushbu maqsadlar uchun davlat budjetidan 79,5 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lib, to‘garaklar yo‘nalishini aniqlash bo‘yicha o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda.

Bunda o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, IT injiniring, tarjimonlik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etishga ustuvorlik berilmoqda.

"Oʻqituvchilar uchun" kanali
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Томга шундоқ чиқиб бўлмас,
Аввал қўйилар нарвон.
Пала-партиш оёқ боссанг,
Йиқиларсан шу замон!

“Томга ўзим чиқдим”-деб.
Ўзингни баланд тутма.
Чиқишингда нарвон бўлган,
Устозингни унутма!!!


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Farg‘onadagi xususiy maktabda o‘quvchilarning telefoni mixlab qo‘yildi.

Aytishlaricha, videodagi xolat Farg‘onada. Masala aktual. Ko‘pchilik kishilar bu masalani maktab jamoasida oqlashmoqda, telefon masalasi ta'limda to‘sqinliklar qilishi mumkinligini ham inkor etmayman.

Lekin maktab jamoasi xatti-harakatida ko‘p xatoliklar bor. Avvalo shaxsiy telefon bu shaxsiy mulk, shaxsiy mulk xavfsizligi qonunda belgilangan, maktab rahbariyati oldida o‘z telefonlarini bunday suiste'mol qilinishiga jim qarashga majbur bolalarni mute, tobe, o‘z mulkini dahlsizligini himoya qila olmaydigan bo‘lib chiqishiga sabab bo‘ladi bu bilan kamida.
Ertaga buning asorati bilinadi.

Ho‘p agar o‘quvchilarini telefondan foydalanmasligi kelishilgan bo‘lsa bu ota-onalar bilan tuzilgan shartnomada belgilanganmi, aynan mixga qoqamiz, deya? Agar shunday band bo‘lmasa mulk egasi sudga bersa maktab jamoasi qiynalib qoladi.

Xo‘p, shartnomada belgilangan bo‘lsa ham barcha o‘quvchilar oldida bunday sazoyi qilinishi (ayniqsa mix qoqayotgan domlaning xatti-harakati juda izzat nafsga tegadigan) psixologik tamoyillarga mutlaqo zid. Buning o‘rniga o‘quvchilarning ota-onalari bilan suhbatlashish shart va birgalikda hal qilinishi kerak edi.

Bir narsani unutmaslik kerak, bu bolalar qanchadir miqdorda pul to‘layapti maktabga, ular iste'molchi. Iste'molchi huquqi esa bunday toptalmasligi kerak.

Kanalga ulanish uchun 👇👇
Isroil Tillaboyev blogi
@domlajon

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Мактабда танаффус нима учун керак!

Аслида , мактабда таълим сифатини ошириш ва ўқувчилар саломатлигини сақлаш, дарслар орасида ташкил этиладиган танаффус вақтидан унумли фойдаланишга ҳам боғлиқ бўлиб, кўп ҳолатларда , биз ўқитувчилар ва мактаб рахбарлари бунга ахамият бермаймиз.
СанПин (Санитария қоидаларни ва нормалари!)талабларига кўра, дарслар орасида танаффуслар тўғри ташкил этилиши керак. Бу ўқувчи саломатлиги, дам олиши, бир бири билан ўзаро мулоқот ташкил этиши, дам олиши учун мухимдир.

Аслида, танаффус нима учун мухим?

Белгиланган дарс машғулотининг давомийлиги (45 дақиқа) ўқувчининг қуйидаги 3 та йўналишда толиқишига олиб келади.
✔️ Биринчидан, бир жойда ўтириш натижасида, ўқувчи умуртқа сохаси ва оёқларига жиддий юклама олади. Бундай холатдан чиқиш учун, бола харакатланиши зарур.

✔️Иккинчидан, диққат ва эътибор давомийлиги узлуксиз бўлмайди. Диққатни қайта тиклаш учун ўқувчи, танаффус вақтида, харакатланган холда дам олиши керак.

✔️Учинчидан, ўқувчи миясидаги жараёнга дам берилиши, билим олишдан кейинги қисқа дам олиш, олинган билимларни хотирада яхши сақланишига, кейинги дарсни яхши тушуниш ва ўзлаштиришига омил бўлади.

Ўқитувчи танаффус вақтида ўқувчини синф хонасида ушлаб қолиши мумкунми?

Асло йўқ. Бундай холатга йўл қўйилмаслиги керак .
Амалиётда шундай холатлар ҳам учрайдики, ўқитувчи турли ҳил сабабларга кўра ўқувчини танаффус пайтида синф хонасида ушлаб қолади. Бу мутлако мумкун эмас. Бу каби холатлар содир этилмаслиги учун мактаб рахбарияти танаффусларни тўғри ташкил этилишини доимий назоратда сақлашлари талаб этилади. Аслида, ўқитувчи дарс вақтини тўғри тақсимлаши керак. Ўзига берилган вақт давомида режалаштирган вазифаларни бажариш учун танаффус вақтидан фойдаланиши, юқорида санаб ўтилганидек, ўқувчининг етарли хордиқ чиқариб, тикланиб олишига тўсқинлик қилиш билан бирга, навбатдаги дарс тартибини бузилишига ҳам олиб келади.

Ўқувчи танаффусда синф хонасини тарк этиши керакми?

Навбатдаги дарсга ҳар тамонлама тайёр бўлишлик учун, албатта ўқувчиларга танаффус вақтида синф хонасини тарк этишлари тавсия этилади. Ёғингарчилик, совуқ ва бошқа ноқулай об-хаво шароитлари кузатилган пайтда, ўқувчилар танаффусни, бино корридорларида , фойе қисмларида ўтказишлари мумкун.
Бу вақт давомида навбатчи ўқитувчи ёки навбатчи ўқувчи томонидан синф хонасини шабодалатиш мақсадга мувофиқ хисобланади.

Даврон Акбаров
Фарғона вилояти
Данғара тумани
12-мактаб директори

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Телефон ўйнаётган болалар: психологлар уларни кутаётган хавф ҳақида

Сиз ҳар тонгда уйқудан кўз очибоқ телефонингизни қидирасизми? Агар шундай бўлса сиз кенг тарқалаётган хавфли касаллик қаршисида турибсиз. Бу касаллик номофобия деб аталади ва энг хавотирлиси – у болалар орасида ҳам кўпайиб бормоқда.

👉 https://kun.uz/86054704


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Nemis tilida ravon so'zlayotgan farg'onalik hunarmand o'quvchilar

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizdagi umumtaʼlim muassasalari oʼquvchilarini xorijiy tillar va kasbga oʼrgatish boʼyicha Fargʼona viloyati Oltiariq tumanidagi taʼlim dargohlari, xususan hududdagi 38-maktabda amalga oshirilayotgan ishlar diqqatga sazavordir.

Taʼlim muassasasining yuqori sinf oʼquvchilari ushbu talabdan kelib chiqqan holda oʼzi qiziqqan kasb turlari va chet tillarini oʼrganishga harakat qilishmoqda.

Quyidagi videolavha orqali turli hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarayotgan oʼquvchilarning ushbu kasbiy jarayonlar haqidagi fikrlari va xulosalarini nemis tilida tinglashingiz mumkin.

Videolavhada aks etgan bu holat har birimizni quvontirishi tabiiy. Biz esa ushbu o'quvchilarimiz singari ham ilmli, ham hunarli o'quvchilar soni oshib borishini tilab qolamiz.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Soʻrovnomada faol ishtirok qilishingizni iltimos qilamiz

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

💡O'qituvchilarning ilg'or tajribasi va faoliyati davomida qo'llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish yuzasidan kelib tushayotgan savollarga javoblar

Savol: Ommalashtirish uchun tayyorlangan videorolikning davomiyligi qancha bo’lishi kerak?
Javob: Ommalashtirish uchun jo’natilayotgan video mahsulotlarning davomiyligi 7 minutdan, hajmi esa 300 mb dan oshmasligi zarur.

Savol: Namangan va Sirdaryo viloyatlarida tajriba-sinov jarayonida bo’lgan darsliklar yuzasidan tayyorlangan materiallar ham ommalashtirilishi mumkinmi?
Javob: O’qituvchining ishi avvalo u darsda ishlatayotgan ilg’or pedagogika, innovatsiyaning ahamiyatiga ko’ra ommalashtiriladi. Shu boisdan, siz hozirda maktabda qaysi darslik bo’yicha dars o’tayotgan bo’lsangiz shu darslik bo’yicha material tayyorlashingiz mumkin. Agar nizomdagi ommalashtirish talablariga javob bersa bu ish ommalashtirilishi mumkin.

Savol: Platformaga ommalashtirish uchun ta’lim sifatini oshirishga doir maqola joylasam bo‘ladimi?
Javob: Ommalashtirish tartibi nizomiga ko’ra ommalashtirish uchun o’qituvchilar 3 turdagi mahsulotlarni platformaga joylay oladilar. 1- metodik qo’llanmalar, 2- dars ishlanmalar, 3- video mahsulotlar

Savol:Ommalashtirish platformasiga bittadan ko'p metodik mahsulot yuklay olamanmi?
Javob: Bir o'qituvchi bir mavsumda faqat bir dona metodik ish yubora oladi. Boshqa ishini keyingi mavsumda yuborishi mumkin.

Savol:2022-yil mart oyida viloyatda ishim ommalashgan. Pedagogik kengash qarori bo'limiga qaysi qarorni yuklayman?
Javob: Agarda, sizning ishlaringiz ketma-ket uch yil davomida tuman yoki viloyatda ommalashtirilgan bo‘lsa va aynan o‘sha ishingizni qayta ommalashtirmoqchi bo‘lsangiz, unda pedagogik kenggash qarori o‘rniga tuman yoki viloyat ommalashtirishtirilgani haqidagi qarorni yuklasangiz ham bo‘ladi. Lekin mutlaqo yangi ish yuboryotgan bo‘lsangiz albatta pedagogik kengashning ijobiy xulosasi kerak bo‘ladi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Geografiya
O'quvchilarning mantiqiy va kreativ fikrlashini rivojlantirishda zamonaviy darsliklarning ahamiyati mavzusida onlayn seminar taqdimoti

Seminar videosi: https://www.youtube.com/watch?v=s9T8SBNtii8

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boʼlinmalari mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazilayotgani boʼyicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy hokimliklar masʼuliyatini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni loyihasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʼlinmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazish qayd etilgan va ushbu hujjat loyihasini tegishli vazirlik va davlat idoralar bilan kelishish uchun Аdliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi — project.gov.uzga joylashtirilgan.

Shu oʼrinda taʼkidlash joizki, ushbu normativ-hujjat hozirda loyiha boʼlib, rasmiy kuchga ega emas. Аyni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Farmon loyihasidagi tegishli bandlar boʼyicha eʼtiroz bildirilib, Аdliya vazirligi bilan muzokaralar oʼtkazilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʼlinmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazilayotgani boʼyicha soha xodimlari va keng jamoatchilik vakillarining xavotiriga oʼrin yoʼqligini maʼlum qilamiz.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Bilasizmi

Siyosatchilar, odatda, bir-birlarini populizmda ayblashadi.

Xo’sh, populizm o’zi nima? Populistlarni real siyosatchilardan qanday ajratish mumkin?

Nima deb o’ylaysiz, O’zbekistonda ham populist siyosatchilar bormi?

Fikrlaringizni izohlarda kutib qolamiz.

Yuksalish_live

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Президент Шавкат Мирзиёев ижтимоий соҳаларга масъул раҳбарларни қабул қилди.

Президент Шавкат Мирзиёев принял руководителей, ответственных за социальные сферы.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Bilasizmi

✅ Tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan “Temir daftar” va “Ayollar daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh oilalarning oʻquvchi farzandlari uchun 1 kalendar yilida bir marotaba maktab formasi hamda oʻquv qurollari uchun xarajatlarini qoplab berish belgilangan.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Диққат

⚠️Тадқиқотларга кўра, кунига икки соат телевизор кўрган бола бошланғич мактабни тамомлагунча телевизор экранида, тахминан 8000 қотиллик ва 100 000 зўравонлик тасвирини кўрган бўлади.


Ҳурматли ота-оналар фарзандингиз келажаги сизга боғлиқ, фарзандингиз таълим тарбиясига ҳушёр бўлинг


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

“Илгари имтиҳонларни топшириш учун фақат битта имконият бериларди” — мактаб таълимида енгиллашган малака ошириш

2021 йилдан қатъий режим ва қоғозбозликка асосланган малака ошириш курслари даврийликдан узлуксизга ўтказилди. Ўқитувчилар истаган вақтида касбий ривожланишига шароит яратилди, кириш-чиқиш тестлари ҳамда малака ишлари бекор қилинди.

📹 ВИДЕОНИ САЙТИМИЗДА КЎРИНГ

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…
Subscribe to a channel