#befarqemasman
Мен фарзандларимнинг умуминсоний ва миллий қадриятларимиз асосида шаклланишини, етук инсонлар бўлишини истайман. Шунинг учун ҳам Ўзбекистоннинг дунёвий ва ҳуқуқий давлат эканлигини янгиланаётган Конституцияда мустаҳкамлаш зарур, деб ҳисоблайман. Мен бефарқ эмасман!
Барчангизни “Мен бефарқ эмасман” челленжида қатнашишга чорлайман!
#befarqemasman
Сиз ҳам бефарқ бўлманг!
Bobur BEKMURODOV
#Tabriknoma
Aziz yurtdoshlar!
Ming yillar davomida maʼnaviy hayotimizning koʻrki, ziynati boʻlib kelayotgan, barchamiz sogʻinib kutgan Navroʻzi olamning qadami qutlug' kelsin..
Qalbimizga cheksiz quvonch va zavq bagʻishlaydigan mana shu xosiyatli bayramimiz bilan Sizni chin dildan muborakbod etaman!
Hayotingiz bahor tongidek tiniq va farovon boʻlsin!
Sharqona Yangi yilimiz — Navroʻzi olam barchamizga xayrli va barakali kelsin!
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning bayram tabrigi
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Navroʻz bayrami tarixi haqida
NAVRO’Z - O’n ikki maqom. Navro’z (fors. - yangi kun) - shamsiya (quyosh) yil hisobida yilning birinchi kuni (Kalendar); O’rta Osiyo va Sharq mamlakatlarida yashovchi xalqlarning qadimiy an'anaviy bayrami. Bahorgi teng kunlikka (21 yoki 22 mart), ya'ni Quyoshning Hamal burjiga kirishiga to’g’ri keladi. Navro’z dehqonchilik ishlarini boshlash bayrami ham hisoblanadi. Navro’z bayramida ommaviy xalq sayillari uyushtirilgan, yangi ungan ko’katlardan tansiq taomlar pishirilgan, ba'zi ekinlarni ekish boshlangan. Dastlab, Navro’z bayramini o’tkazish o’troq dehqonlarda rasm bo’lgan, keyinchalik ular orqali yarim o’troq va ko’chmanchi turkiy xalqlarning ham urf-odatlariga aylangan. Asrlar o’tishi bilan turli xalqlarda Navro’z bayramini o’tkazish marosimlari ularning turmush tarziga, mafkurasiga moslashgan. Tarixiy manbalarga ko’ra, Navro’zni bayram qilish axomaniylar davridan boshlangan va O’rta Osiyo, Eron, Afg’oniston xalqlarida eng katta bayramlardan biri hisoblangan. Bu o’lkalarga islom dini kiritilganidan keyin Navro’z bayrami man qilingan, ammo xalq o’z sevgan bayramini nishonlashda davom etgan. O’rta Osiyo va Eron xalqlari arab xalifaligi hukmronligidan qutulgan davr (9-10-a.)dan boshlab, Navro’z bayramini o’tkazish yana rasmiy tus olgan. Qadimiy kitoblardagi ma'lumotlarga asoslanib, Abulqosim Firdavsiy o’zining «Shohnoma» asarida Navro’z bayramining paydo bo’lishini afsonaviy shoh Jamshid nomi bilan bog’laydi. Navro’z bayrami haqidagi ma'lumotlar Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqpardan qolgan yodgorliklar» va boshqa asarlarida, Umar Xayyomning «Navro’znoma» asarida uchraydi. Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit-turk» asarida Navro’zga bag’ishlang’an xalq qo’shiqlari keltirilgan. O’rta osiyolik tarixchi olim Abu Bakr al-Narshaxiy (899- 959) o’zining «Buxoro tarixi» asarida Navro’z kuni Siyovush qabri boshida odamlar xo’roz so’yishlarini va bunga uch ming yildan ortiqroq vaqt o’tganini yozgan («Buxoro tarixi», T., 1966). O’rta Osiyo hududida Navro’z bayrami nishonlanganligi to’g’risida boshqa manbalarda ham ma'lumotlar bor. O’zbekiston hududida yashagan xalqlar ham bu kunni yangi yilning boshlanishi deb quvonch bilan kutib olganlar. Bir necha kun ilgari tayyorgarlik ishlari boshlangan. Bug’doyni undirishga qo’yilgan va uning maysasidan sumalak tayyorlangan, ko’kat chuchvara, yalpiz somsa kabi taomlar pishirilgan, otchopar, uloq, kurash singari xalq o’yinlari, sayillar o’tkazilgan, bahor haqida qo’shiqlar kuylangan. Navro’zning birinchi kuni qishloq joylarida bolalar to’p-to’p bo’lib xonadonlar eshigi oldida Navro’zga bag’ishlangan qo’shiq aytishgan. Xonadon egasi ularni sovg’a-salom va yeguliklar bilan siylagan. Bolalar yeguliklarning bir qismini qishloqdagi beva-bechoralarga ulashishgan. Bu udum hozir ham Samarqand va Jizzax viloyatlarining ayrim qishloqlarida saqlangan. Navro’z yangi yil bayramigina bo’lib qolmay, mehnat bayrami ham hisoblangan.Keltirilgan ma'lumotlardan ko’rinib turibdiki, O’rta Osiyoda ham Navro’z bayrami islom dini qabul qilinmasdan ancha ilgari rasm bo’lgan. Lekin, sobiq sovet tuzumi davrida (20-a. 80-y.lar o’rtalaridan) asossiz ravishda Navro’z diniy bayram va marosimlar qatorida man qilindi. O’zbekiston va O’rta Osiyodagi boshqa mamlakatlar mustaqillikka erishgach, boshqa qadriyatlar qatorida Navro’z bayrami yana tiklandi. Hozir O’zbekistonda ham Navro’z umumxalq bayramlaridan biri sifatida nishonlanadi, 21 mart dam olish kuni deb e'lon qilingan. Har yili shu kuni respublikaning barcha viloyatlaridagi xiyobon va maydonlarda bayram sayillari tashkil qilinadi, konsertlar beriladi. Bir necha kun mobaynida mahallalarda Navro’zga bag’ishlangan tadbirlar o’tkaziladi, sumalak, halim va boshqa tansiq taomlar pishiriladi. Navro’z kunlari hokimliklar, mahallalarning faollari, xayr-ehson tashkilotlari - mehribonlik uylari bolalari, urush va mehnat faxriylari, yolg’iz keksalar huzuriga tashrif buyurib, ularni qutlab, sovg’a- salomlar ulashadi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Assalomu alaykum, hurmatli kanaldoshlar!
Siz va yaqinlaringizni uyg‘onish va yasharish, poklanish va yangilanish ayyomi – Navro‘zi olam bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Barchalaringizga sihat-salomatlik, xotirjamlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu-baraka, farovonlik tilaymiz. Shunaqa bayramlardan koʻp-koʻplarini koʻrish nasib qilsin!
Hurmat bilan, @pedagoglarga - O'qituvchilar uchun kanali admini Qurbonov Diyorbek
#Vazirga_murojaat
#Video_bayonot_2
⚡️ VIDEOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR
Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga savol, taklif hamda murojaatlar yo'llanmoqda.
🔰 Sizga qulaylik yaratish maqsadida portalga kelib tushgan, mazmunan bir xil bo‘lgan savollarga umumlashtirilgan holda videobayonot orqali javob berib boramiz.
❗️Bugungi videobayonotimizda, jumladan quyidagi savollarga javob olishingiz mumkin:
▶️ Oliy ta’lim muassasalarining “Maktab menejmenti” bitiruvchilari maktabda qanday lavozimlarda ishlashlari va qaysi fandan dars berishlari mumkin?
▶️ Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tilidan dars berayotgan hamda IELTS darajasiga ega xodimlarga ham ustama belgilanganmi?
▶️ 2023-yilning 31-dekabriga qadar 7 yoshga to'lmagan bolalar yangi o'quv yilida 1-sinfga qabul qilinadimi?
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
❓ Maktab direktorlarining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlariga oʻz xizmat vazifasiga qoʻshimcha ravishda yagona elektron tizimi (ERP), kundalik.com va boshqa AKT bazalar bilan doimiy ishlash vazifasi yuklatilgan. Ushbu yuklamalar uchun qoʻshimcha ustamalar belgilanishi mumkinmi?
✅ Umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati tomonidan oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlariga oʻqituvchilar va oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kundalik.com sayti hamda maʼlumotlarning yagona elektron tizimiga kiritish vazifasi yuklatilishi mumkin.
Amaldagi meʼyoriy huquqiy hujjatlarda mazkur qoʻshimcha vazifa uchun ustama va toʻlovlar koʻzda tutilmagan.
📌 “Vazirga murojaat” rukni ostida berilgan savollarga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova javob qaytardi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
❓Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotida defektolog lavozimida ishlayotgan mutaxassisning ijtimoiy ta’minoti bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar mavjudmi?
✅ Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-sonli qaroriga muvofiq,
2019-yil 1-iyundan boshlab davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi;
2019-yil 1-sentabrdan boshlab mazkur turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari yordamchilarining, shuningdek, qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi o‘sishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlaydigan tarbiyachilar, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlari yordamchilarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
АРОСАТДАГИ АЪЛОЧИЛАР (ЁХУД ЯНА ДОН КИХОТ ҲАҚИДА)
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Maktabgacha va maktab ta’limiga oid soha yetakchisi sifatida ish boshlagan ilk kunimdan ta’lim fidoyilari — o‘qituvchilar va pedagog xodimlarning bugungi muammolari va tizimni yanada rivojlantirishga doir takliflari bilan qiziqdim. Va yuz minglab auditoriyaga ega bu ulkan jamoa bilan muloqot davrasini tashkil etish uchun “Vazirga murojaat” portalini ishlab chiqishni boshladik.
Maqsadimiz ezgu — mavjud muammolarni faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning o‘zlaridan kelib tushgan murojaat va takliflar orqali o‘rganib, keyingi faoliyat istiqbollarini belgilash.
Joriy yilning mart oyining ilk kunlarida ishga tushgan ushbu portalga (ilk 10 kunlik davomida) hozirga qadar 1200 dan ortiq murojaatlarni qabul qildik. Quvonarlisi, ushbu platformaga soha xodimlaridan tashqari yurtimizdagi har bir fuqaro — ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ta’limni rivojlantirishga doir o‘z takliflarini yuborishmoqda. Va bu murojaatlarning har biri chuqur tahlil qilinib, manzilli o‘rganilmoqda.
Dastlabki tahlillarimizni sizlar bilan bo‘lishsam:
Ayni vaqtda murojaatlarning soni bo‘yicha Toshkent shahri, Qashqadaryo hamda Toshkent viloyati yetakchilik qilmoqda. Murojaatlarning:
21 foizdan ortig‘i ta’lim tizimi bo‘yicha takliflar;
12 foizi ish haqi, ustamalar;
7 foizi malaka toifasi uchun attestatsiya hamda sertifikatsiyalash;
9 foizi maktablarning moddiy-texnik bazasi, infratuzilmasini yaxshilash bilan bog‘liq masalalardir.
Eng achinarli jihati, murojaatlarda hududlardagi rahbar kadrlar faoliyatiga doir norozilik, maktablardagi nosog‘lom muhit bilan bog‘liq masalalar ham talaygina.
Bilamizki, sohadagi eng ko‘p tanqidlar ta’lim muassasalaridagi nosog‘lom muhit bilan bog‘liq, shu bois vazirlikning birinchi galdagi vazifasi va maqsadi tizimidagi barcha ta’lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirishdan iboratdir.
Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, bola xavfsiz va sog‘lom muhitdagina sifatli ta’lim ololadi. Bu muhitni yaratish esa zamonaviy rahbar va malakali o‘qituvchilar qo‘lida. Shunday ekan, yangi vazirlik tizimidagi ta’lim tashkilotlariga zamonga moslasha oladigan, sohada innovatsiyalar qilishga qodir zamonaviy kadrlarni tayinlash bo‘yicha ish olib borilmoqda.
Shu o‘rinda maktablar infratuzilmasiga oid ko‘pgina so‘rovlarga ham javob berib o‘tsam. 2023-yilda yurtimizda:
57 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
24 ta maktab;
6 ta ixtisoslashtirilgan maktab binolari yangidan quriladi.
111 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
206 ta umumta’lim maktablari
3 ta ixtisoslashtirilgan maktablar rekonstruksiya qilinadi.
2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
9 ta maktabning bino va inshootlari mukammal ta’mirlanadi.
Bu faqat aniq rejalarimiz. Ammo yil davomida bog‘chalardagi tarbiyalanuvchi va maktablardagi o‘quvchi o‘rinlarini yanada ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish ustida ishlar davom etmoqda.
“Vazirga murojaat” portaliga kelib tushayotgan taklif va murojaatlar bizni quvontirmoqda. Buning uchun ustozlarimiz, ota-onalarimiz va faol jamoatchilik vakillariga ta’lim sifatini yanada oshirishga doir kuyunchaklik bilan bildirayotgan takliflari uchun minnatdorlik bildiramiz va ularni albatta inobatga olishimizni aytib o‘tishni istardim.
Shuningdek mazkur portalga kelib tushayotgan eng aktual savollarga vazirligimiz tomonidan javoblar tayyorlanib, videobayonot tarzida berib borilishi yo‘lga qo‘yilganini ham aytib o‘tmoqchi edim.
Portalga murojaatlar qabuli davom etadi, ushbu manzil orqali o‘z takliflaringizni yuborishingiz mumkin.
Darsni rejalashtirish uchun ko'rsatmalar
Darsni tog'ri rejalashtirish samarodorlikka qo'shiladigan hissaning deyarli yarmini tashkil qiladi. Buni amalga oshirish uchun, pedagog ishni oʼz-o'ziga savol berishdan boshlashi lozim:
"Mavzuni ilm-fanning eng soʼnggi talablariga muvofiq oʼrgata olamanmi? Buning uchun men yana alohida tayyorlanishim kerakmi?"
Batafsil: https://telegra.ph/Darsni-rejalashtirish-uchun-ko%CA%BCrsatmalar-04-01
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
ВАЗИРЛИКДАН ЎҚУВ МАРКАЗИ УСТУНМИ?
(ёхуд имтиёздан маҳрум таълим фидоийлари ҳақида)
Халқ таълими вазирининг шахсан ўзи чеккан имзо билан бериладиган “Халқ таълими аълочиси” кўкрак нишони соҳадаги энг фидоий ва камдан кам ўқитувчиларга насиб қиладиган олий мукофотдир. Бу мукофотга эришиш осон эмас. Аммо таълим соҳасида йиллар давомида асабидан, кўз нуридан айрилиб эришган бу мукофот ортида фақат меҳнатни эътироф этишдан бўлак ҳеч қандай рағбатлантириш, ҳеч қандай имтиёз йўқлиги кўпчиликни ўйлантиради.
Бу борада ўтган йили ҳам ижтимоий тармоқлар орқали сурхондарёлик ўқитувчи Йигитали Раджабов, андижонлик устоз Каримжон Мадаминовлар юзлаб ўқитувчилар номидан вазирликка таклиф ва мурожаат чилан чиққан, уларга муносабат билдириб ижтимоий тармоқлар орқали: “ИМТИЁЗСИЗ НИШОН – ОТСИЗ ЭГАРДИР” сарлавҳали мақола ҳам чиқаргандим. Аммо, “Халқ таълими аълочиси” кўкрак нишони бўйича Ўзбекистоннинг уч тарафи: шарқ, жануб ва ғарбидан минглаб ўқитувчилар номидан билдирилган таклиф, мурожаат, мақолаларга расмий равишда ҳеч қайси мутасадди на муносабат билдирмади ва на унинг ижобий ҳал қилинишига мужда бермади.
Йигитали Раджабов билан боғланганимизда эса шундай деди: “Қарийиб йигирма тўрт йил кеча кундуз соҳа ривожи учун хизмат қилдим. Меҳнатларим эътироф қилиниб “Халқ таълими аълочиси”га эришдим. Бу мукофотни олган бошқа устозлар ҳам мендан кўп заҳмат чеккан. Аммо...”
Шу ўринда мантиқий савол туғилади;
1.Нима учун йигирма ўттиз йиллаб самарали меҳнат қилган аълочи устозга олий тоифа учун имтиёз берилмаган-у, йигирма ўттиз кун тест ёдлаб, уни йигирма ўттиз дақиқада белгилаб чиққан ўқитувчи олий ва бошқа тоифалар дарҳол берилади?
2.Нима учун бир ой қандайдир ўқув марказида ўқиб, унинг оддий қоғоз-сертификатини олган ўқитувчига тоифа берилиб, камида эллик фоиз устама тайинланади-ю, нима учун бир умр меҳант қилиб Вазирнинг имзоси ва муҳри қўйилган гувоҳномага эришган аълочи устозлар булардан маҳрум қилинган?
3.Нима учун мактаблар рейтингини белгилашда қандайдир ўқув марказнинг сертификати инобатга олинади-ю, Вазир имзо чеккан “Халқ таълими аълочиси” гувоҳномаси инобатга олинмайди?
4.Нима учун аттестация бўйича Вазирлар маҳкамасининг 572-сонли қарорида бошқа унвонларга имтиёз берилгану, айнан Халқ таълими вазирлигининг юксак мукофотига имтиёз берилмаган?
5.Нима учун “2022-2026 йилларда Халқ таълими тизимини ривожлантиришнинг Миллий дастурини тасдиқлаш тўғрисида”ги фармони лойиҳасида “Халқ таълими алочиси” эсланмаган ҳам???
6. Мантиқан ўйлаб қарасак, бутун жамоа, ота-оналар назарига тушган, меҳнатини Вазир эътироф қилиб, муҳри ва имзоси билан “Халқ таълими аълочиси” эканлиги тасдиқланган устозга автоматик равишда олий тоифа берилиб, устама белгиланиши керак эмасмиди, аслида?
7. Наҳотки, Вазир муҳр қўйиб, имзо чеккан гувоҳноманинг оддий ўқув маркази директори томонидан бериладиган оддий сертификатчалик қадри бўлмаса???
Аслида таълимдаги ислоҳотларни Вазирлик нуфузини оширишдан, унинг муҳри билан берилган ҳужжат соҳадаги ҳар қандай сертификатдан устун туришини амалда кўрсатишдан бошлаш керак эмасмиди? Биринчи ўринда миллатнинг аълочи устозлари қадрини жойига қўйишдан, уларнинг йиллар давомида соғлигини йўқотиб қилган меҳнатларини эътиборга олишдан бошлаш керак эмасмиди? Буни ўрнига қўя олмасак, қолган ўқитувчиларнинг қадрини қандай кўтариш мумкин? Ўқитувчилар жон куйдириб ишлаб аълочи бўлишдан кўра, фақатгина тест ёдлаб сертификат олишни маъқул кўришмайдими?
Умид қиламизки, мамлакатимиздаги юзлаб “Халқ таълими аълочи”лари, таълимда аълочи бўлишга интилаётган минглаб ўқитувчиларини қийнаётган бу саволлар ҳукумат доирасида кўрилиб чиқилиб, миллатнинг аълочи устозлари қадри жой-жойига қўйилади.
Мирзабек ЖАПАҚОВ, ҳуқуқшунос журналист.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Koll-markazi tomonidan 2023-yilning mart oyi birinchi haftasi mobaynida aholi tomonidan kelib tushgan dolzarb murojaatlar bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi.
➡️ Unga ko'ra, hafta davomidagi 250 ta murojaat, Eksternat tartibida imtihonlarda qatnashish uchun arizalar qabuli boshlanganligi doirasida bo'lib, quyida kelib tushgan dolzarb savollar va ularning javoblari keltirilgan:
❓Eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun ariza berish (hujjat topshirish) muddati qachongacha?
❗️Ariza berish muddati my.gov.uz portali orqali 1-martdan 1-mayga qadar davom etadi.
❓ 9-sinf doirasida eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashish uchun qanday hujjatlar topshirish kerak?
❗️O‘quvchi ta'lim olgan maktabi tomonidan taqdim etilgan baholar tabeli nusxasi yoki 9-sinfni tamomlamaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani ariza berish jarayonida my.gov.uz portaliga kiritadi.
❓11-sinf doirasida eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashish uchun qanday hujjatlar kerak bo'ladi?
❗️9-sinfni tamomlaganlik to‘g‘risidagi shahodatnomani hamda Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasidan majburiy o‘rta ta’limni yakunlamaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani my.gov.uz portaliga elektron tarzda kiritadi.
❓ Agar 9-sinfni tamomlaganlik to‘g‘risida shahodatnomasi bo‘lmasa, bir vaqtning o‘zida 9- va 11-sinf doirasida eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish mumkinmi?
❗️Yo‘q, mumkin emas, avval 9-sinf doirasida eksternat tartibidagi imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib, keyingi yili 11-sinf doirasida ishtirok etadi.
❓Agar oldin maktabni boshqa viloyatda o‘qigan bo‘lib, hozirda doimiy yashash joyi boshqa viloyatga o‘zgargan bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tgan manzili bo‘yicha eksternat tartibida imtihonlarni topshirishi mumkinmi?
❗️Ha, mumkin, ro‘yxatdan o‘tgan manzili bo‘yicha eksternat tartibida imtihonlarda ishtirok etadi.
🔊 Batafsil ma'lumotlar uchun
📞 71-202-09-09 raqamiga
qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.
O‘qituvchilar huquqini himoya qilish jamiyatning umumiy maqsadiga aylanib borishi zarur
Xabaringiz bor, kuni kecha Oliy Majlis Senati tomonidan “Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun ma’qullandi.
Unda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan jazo nazarda tutilmoqda.
Ya’ni pedagog xodimni mehnatga ma’muriy tarzda qayta majburlaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilanmoqda.
Shuningdek, pedagog xodimlarni mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin xuddi shunday qilmishni takroran sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi norma Jinoyat kodeksiga kiritilmoqda.
Ushbu qonun hujjati Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangandan so‘ng o‘qituvchilarning majburiy mehnatga jalb etish bilan bog‘liq necha yillik muammo yechimining qonuniy asosi yaratiladi.
O‘ylaymanki, o‘qituvchiga hurmat ko‘rsatish, uning mehnatini qadrlash yurtimizdagi har bir insonning ham hayotiy, ham insoniy burchlaridan biridir. Shu ma’noda o‘qituvchi kasbining yuksalishi va ijtimoiy himoyasi yaxshilanishidan barchamiz birdek manfaatdormiz.
Bu ezgu yo‘lda biz doimo harakatdamiz.
👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#LMS_haqida
🇷🇺Rus tili fani pedagoglari diqqatiga!
Ayni paytda platformada umumta'lim maktablarida o'tiladigan rus tili (o'zbek va qardosh tillarda) bo'yicha kontentlar faollashtirilgan.
Biroq ko'pchilik ustozlarimiz ro'yxatdan o'tish jarayonida rus tili va adabiyoti yo'nalishini tanlaganliklari uchun ko'pchilikda tushunmovchiliklar paydo bo'lmoqda va aynan shu ustozlarimizda o'z fanlari bo'yicha kontentlar faollashmagan.
☝️Agarda siz bilan ham shunday chalkashlik yuz bergan bo'lsa, ya'ni siz o'zbek va qardosh tillardagi umumta'lim maktablarida rus tilidan dars bersangiz, biroq platformada ro'yxatdan o'tishda rus tili va adabiyoti yo'nalishini tanlagan bo'lsangiz A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining murojaatlar chatiga o'z faningizni rus tili va adabiyoti yo'nalishidan ➡️ rus tiliga (o'zbek va qardosh tillarda) o'zgartirish bo'yicha murojaat yo'llang.
➡️ Rus tili va adabiyoti yo'nalishi ham qisqa muddatda faollashtirilishini ma'lum qilamiz.
Chati: http://t.me/joinchat/UthvxcGuRTIyMjZi
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagog stavkasi 16 soat etib belgilanishi mumkin!
2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida 2023-yilning may oyiga qadar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagog stavkasini 16 soat etib belgilash bo‘yicha taklif tayyorlash vazifasi belgilangan.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
🫁 Ҳозироқ чекишни ташласангиз, организмингиз билан нималар содир бўлади?
Ҳар куни - Инфографика
Наврўз байрамингиз муборак бўлсин!
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Navroʻz bayrami nishonlanadigan mintaqalar xaritasi
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
#Kun_hikmati
📚 Jahon ravshan ziyoyi ilmdandur,
Ko‘ngil sofi safoyi ilmdandur.
Anbar Otin
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
❓Hozirda oliy taʼlim muassasasida boshlangʻich taʼlim yoʻnalishida oʻqiyapman. Ushbu diplom bilan maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachi boʻlib ishlashim mumkinmi?
✅ Oliy taʼlim muassasalari tomonidan berilgan boshlagʻich taʼlim yoʻnalishiga doir diplom maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachi boʻlib ishlash uchun asos boʻla olmaydi.
Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining tavsiflarini belgilashga asos boʻluvchi amaldagi meʼyoriy hujjatga asosan, maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kamida oʻrta maxsus pedagogik maʼlumot yoki boshqa yoʻnalish boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotlilar maktabgacha tʼlim yoʻnalishidagi kasbiy qayta tayyorlov kursini oʻtaganlaridan soʻng maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachi boʻlib ishlashlari mumkin.
📌 “Vazirga murojaat” rukni ostida berilgan savollarga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova javob qaytardi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
❓ Oliy ta’lim muassasalarining “Maktab menejmenti” bitiruvchilari maktabda qanday lavozimlarda ishlashlari va qaysi fandan dars berishlari mumkin?
✅ Mazkur yo‘nalishda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar umumtaʼlim maktablarining iqtisodiyot va tadbirkorlik yoʻnalishlariga doir fanlardan dars berishlari mumkin. Shuningdek, amaldagi tartibga koʻra, uzluksiz taʼlim tizimida maʼnaviy-maʼrifiy, kasbiy taʼlim pedagogikasi va texnologiyasi sohalarida ishlashlari nazarda tutilgan.
📌 “Vazirga murojaat” rukni ostida berilgan savollarga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova javob qaytardi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Калтакни ўқитувчи ейди, ҳолвани ҳокимми?
Батафсил 👇👇👇
https://qalampir.uz/n/79199
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
АРОСАТДАГИ АЪЛОЧИЛАР
(ЁХУД ЯНА ДОН КИХОТ ҲАҚИДА)
Ижтимоий тармоқларда “Халқ таълими аълочиси” кўкрак нишони хусусидаги мунозаралар яна бошланиб, айрим ўқитувчилар:“Туман миқёсидаги иншолар танловида ўқувчиси иккинчи ўринни олган ўқитувчига имтиёз берилса-ю, вазир буйруғи билан берилган ҳужжатнинг битта иншочалик қадри йўқми?”, - дея саволни кўндаланг қўйган.
Бу борада сурхондарёлик блогер ўқитувчи, таълим соҳасида ўнлаб ижтимоий каналлар яратиб, ўқитувчиларга методик ёрдам кўрсатиб келаётган Йигитали Раджапов ҳам кескин чиқишлар қилган.
Тўғриси, бу жонкуяр ўқитувчини Сервантеснинг Дон Кихотига ўхшатдим. Дон Кихот: “Дунёда ҳалиям мазлумлар, азоб чекаётганлар, мададга муҳтожлар бор экан, уларни озод қиладиган жўмард ва олижаноб рицарлар бўлиши керак. Улар йўқолиб кетган бўлса ана шу анъаналарни қайтадан тикламоқ лозим”, дея кураш учун йўлга чиқади. Аммо бу йўлда нимаики қилмасин бариси сароб бўлиб чиқади.
Йигитали Раджапов ҳам Ўзбекистоннинг тўрт тарафидан ўзига мурожаат қилаётган юзлаб ўқитувчиларнинг норозиликларини, ҳақли талаб ва таклифларини зўр бериб тепага етказишга уринаяпти-ю, аммо акс садоси фақат ўзига қайтаётганидан хуноб бўлиб, бу борадаги постлари янада кескинлашмоқда.
Ижтимоий тармоқлардаги бу мунозараларни таҳлил қилган ҳолда “Имтиёзсиз нишон – отсиз эгардир”, “Аълочилар имтиёздан маҳрумми?” сарлавҳали мақолаларим ижтимоий тармоқларда, “Аълочига имтиёз беринг” сарлавҳали мақолам эса “Маърифат” газетасида босилиб чиққан эди.
Бунга расмий муносабат билдириш ўрнига соҳадаги қуйи раҳбарлардан бири: “Бу масалани бекор кўтариб чиқибсиз, ўқитувчилар шу нишон билан алданиб, хурсанд бўлиб юришганди. Буни ҳам бермай қўйишса нима бўлади?” , дея таъна қилди.
Аслида эса бу масала Ўзбекистоннинг тўрт тарафидан юзлаб ўқитувчилар томонидан халқаро ижтимоий тармоқларга, блогерларга қилинаётган мурожаатлар, норозиликлар орқали юзага чиқиб келаётганди. Уларнинг чиқишлари таҳлил қилинган, ҳақли талаблари ижобий ҳал қилиниши сўралган мақолаларим эса ана шу норозиликларнинг ҳовурини босишга, халқаро тармоқларда бу каби чиқишларга барҳам беришга сабабчи бўлганди.
Аммо орадан ойлар ўтиб юқоридаги иншо каби мисолларнинг ижтимоий тармоқларга сизиб чиқилиши ва бу ўз ўрнида вазирлик нуфузига соя солиши ташвишли ҳолдир.
Мақолаларимга изоҳ қолдирганлардан бири шундай савол берибди: Улар таълим аълочиси экан нимага қўрқади, олий тоифани билими билан олса бўлмайдими?
Айнан мана шу саволни тўрт вилоятдан тўрт нафар “Халқ таълими аълочиси”га бердим. Ишонасизми, тўрт нафарининг ҳам жавоби бир хил бўлди: “Мен “Халқ таълими аълочиси” нишонига билимим, тажрибам, эришган ютуқларим, йигирма-ўттиз йил ҳалол меҳнат қилиб, соғлигим, кўз нуримдан ажралиб эришганман. Шунинг ўзи Олий тоифа учун асос бўлигши лозим эди. Аммо Олий тоифани эса йигирма –ўттиз кун тутуриқсиз тест ёдлаб, уни йигирма-ўттиз дақиқада белгилаб чиққаним учун олганман. Қорнимга эмас – қадримга йиғлайман”
Ҳа, устоз қадри ҳақида гапирар эканмиз, ҳурматли президентимизнинг “Нажот – мактабда, нажот – таълимда, нажот – билимда” деган гаплари беихтиёр эсга тушади.
Шундай экан, аввало, шахсан Халқ таълими вазири имзоси билан берилган ҳужжатни ҳар қандай танлов, ҳар қандай сертификатдан устун қўйиб, унинг нуфузини оширмас эканмиз фидоий, аълочи нажоткорларимизнинг ўзи нажотга муҳтож бўлиб қолаверади! Алал оқибат эса фидоийлик, аълочиликдан кўра – тест ёдлаш, сифатли таълим беришдан кўра - танловларга қатнашиш афзалга, анаънага айланиб қолиши шубҳасиз...
Мирзабек ЖАПАҚОВ, ҳуқуқшунос журналист. Хоразм.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
🔰 Xodimlarning sanatoriy va dam olish uylariga yoʻllanmalar olish tartibi
🔹 Xodim sanatoriyga yoʻllanma olish uchun ish joyida tuzilgan kasaba uyushmasi qoʻmitasiga murojaat qiladi.
Kasaba uyushmasi tuzilmagan tashkilot xodimlari sanatoriy yoʻllanmasi olish uchun ish beruvchining ishonchnomasiga asosan hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalariga murojaat qiladi.
🔸 Kasaba uyushmasi qoʻmitasi xodimga tizimdagi sanatoriylar va dam olish uylari toʻgʻrisida maʼlumot beradi.
🔹 Xodim oʻziga maʼqul kelgan sanatoriyni tanlab, sanatoriyga yoʻllanma ajratish boʻyicha ariza topshiradi.
🔸 Kasaba uyushmasi qoʻmitasi xodimning arizasini qabul qilib, sanatoriyga yoʻllanma olish uchun murojaatlarni roʻyxatga olish kitobiga (13 forma) kiritib, navbat oladi.
🔹 Kasaba uyushmasi qoʻmitasi xodimga imtiyozli yoʻllanma olish uchun hisobidagi mablagʻdan kelib chiqqan holda yuqori turuvchi kasaba uyushmalari tashkilotlari tuman (shahar) kengashlariga buyurtma beradi.
🔸 Kasaba uyushmalari tashkilotlari tuman (shahar) kengashlari buyurtmani qabul qiladi va soʻralgan sanatoriyga yoʻllanmani tashkilot kasaba uyushmasi qoʻmitasi ishonchnomasiga asosan ajratadi.
🗂 Xodim kasaba uyushmasi qoʻmitasidan yoʻllanma olishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
👉 ariza;
👉 tibbiy maʼlumotnoma;
👉 pasport nusxasi;
👉 mehnat daftarchasi nusxasi;
👉 mehnat taʼtili berilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma;
👉 yoʻllanma qiymati toʻliq yoki qisman toʻlangani (yoʻllanma narxining 45 foizi) toʻgʻrisidagi toʻlov qogʻozi (kvitansiya).
🔸 Xodim sanatoriy yoʻllanmasi hamda tibbiyot muassasasidan sanatoriyga taqdim etish uchun sanatoriy-kurort kartasini (0.7.2./U-shakl) olib, sanatoriyga yoʻllanmada belgilangan kunda tashrif buyuradi.
📌 Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federayiyasi tizimidagi sanatoriylar va dam olish uylari toʻgʻrisida maʼlumot
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Ўқитувчига ўқитманг!
Яқин 1000 йил орасида бирорта табиб ёки шифокорга шу сохадан беҳабар одамнинг маслаҳат ёки кўрсатма берганини ёки операция жараёнида жаррохнинг устига "минволиб" "ундай қил, бундай қил"-деганини эслай олмайман.
Сафарга чиққан инсон самолёт учувчиси ёки кема капитанига ихтиёрини топширади, ҳа деганда уларнинг ишига аралашиб бурун суқмайди.
Агар ҳар бир "махмадона" самолёт штурвалини бошқарса нима бўлишини кўз олдингизга келтиринг.
Нонвой мустақил нон пиширса, подачи қўй боқса, қурувчи қурса нима учун ўқитувчи мустақил дарс ўтолмайди?
Ҳар қандай кас "ундай эмас, бундай ўқит", "мени фарзандимни эркала, мени фарзандим биринчи партада ўтириши керак, мени фарзандимга алоҳида эътибор бер, фарзандимга 2 баҳо қўйма, дарсни мана бундай ўт, уй вазифасини мана бундай баҳола..." деган кўрсатма-ю буйруқларни беравериши оқибатида болаларда на билим, устозларда на иштиёқ қолди.
Эй инсон!
Фарзандингни мактабга, Устозга бердингми, энди сабр ва масъулият билан натижани кут.
Фарзандингни назорат қил. Устоз дарс - операция жараёнида. Фарзандингни бу операциядан муваффақиятли чиқиши сенинг сабр-тоқатингга боғлиқ.
Операцияга зарур воситаларни, маблағни етказиб бериш сенинг вазифанг.
Кун тун, керак бўлса ухламай фарзандинг ҳаққига дуо қил. Жарроҳ - ўқитувчи фарзандингни эсон омон қўлингга топширсин. Солиҳ, билимли инсон бўлиб етишган фарзанд устозидан кўра энг аввало сенга, жамиятга керак.
Шундай экан устозларга, ўқитувчиларга ўқитишни, тарбиялашни ўргатмоқчи бўлган "дўстим".
Сиз ўзингизнинг ишингизни қилинг. Ўқитишни ўз эгаларига қўйиб беринг.
Қобилжон Қосимов
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⚡️Umumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan ayol pedagog xodimlar diqqatiga
❗️ILTIMOS QUYIDAGI SO'ROVNOMADA ISHTIROK ETING.
✅So'rovnomada ishtirok etish orqali, pedagogik faoliyatning eng muhim samaradorlik ko'rsatkichlari (Teachers' key performance indicators/KPI) nima ekanligini bilib olishingiz mumkin.
Sizning ishtirokingiz biz uchun muhim, so'rovnoma ilmiy tadqiqot maqsadida amalga oshirilmoqda, natijalardan kelib chiqib amaliy takliflar hamda dasturlar ishlab chiqiladi.
📍TA'LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH UCHUN SO'ROVNOMADA
ISHTIROK ETING⤵️
https://forms.gle/XWhpAGSFWyLXgKnE9
☝️SHU YERGA BOSING☝️
@Pedagoglarga
Zamonaviy ta'limdagi trendlar:
1. Ta'limda individual yondashuv
2. Daholar soati
3. Raqamli fuqarolik
4. Miya tanaffusi
5. Ozgina-yu sozgina
6. Tajribali ta’lim
7. STEAM ta'limi
Siz o'z darsingizda ushbu ta'lim trendlarining qay biridan foydalanasiz? Javobingizni izohlarda qoldiring.
Batafsil: https://telegra.ph/Zamonaviy-talimdagi-trendlar-06-09
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
#Ustozlar_uchun
Didaktik tamoyillar
Bu o'qitish va o'qish jarayonida qoʼllaniladigan, darsning samaraliligini oshirishga yo'naltirilgan qoidalardir. Ta'limda ulardan foydalanish darsdan kutilgan maqsadga erishish uchun yaxshi natija beradi.
Batafsil: https://telegra.ph/Didaktik-tamoyillar-03-04
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
#foydali_maslahat
Bosh miyani rivojlantirish usullari haqidagi foydali maslahatlar.
Albatta, oddiy, barchamiz qilishimiz mumkin bo‘lgan mazku mashg‘ulotlardan foydalanish inson miyasini rivojlantirishi olimlar tomonidan isbotlangan. @domlajon
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Maktab rahbar xodimlariga mehnatiga haq toʻlash sharoitlari yaxshilanishi mumkin!
2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida 2023-yilning may oyiga qadar umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha taklif tayyorlash vazifasi belgilangan.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU