To'g'ri qaror – muvaffaqiyatning yarmi
Lotereya oʼynamay turib, Xudodan yutuq soʼragan odam toʼgʼrisidagi latifani barchamiz eshitganmiz. Bugun koʼpchilikning hayoti ham ana shu latifada tasvirlangan syujetga oʼxshab qolgan. Ertani yaratish uchun bugun qanday yashayapmiz, degan savolga oʼzimizcha javob izlab koʼraylik.
Tadqiqotlarga koʼra, bizning taqdirimizda quyidagi uch muhim yoʼnalishdagi qarorlarning oʼrni juda yuqori ekan:
– diqqat-eʼtiborni nimaga qaratishga oid qarorlar;
– hayotingizda muhim ahamiyatga ega narsalarga oid qarorlar;
– xohish-ehtiyojlar uchun qilingan qarorlar.
Biroq, aksariyat odamlar bu tizimni oʼrnatishda idrokka suyanmaganliklari evaziga muntazam muvafaqqiyatsizlikka duchor boʼlaveradilar. Bizdagi qaror qabul qilish tizimiga odatda ota-onamiz, tengdoshlarimiz, oʼqituvchilarimiz, media, reklama yoki umuman ayrim hollarda mentalitet katta taʼsir
oʼtkazadi.
Koʼrinib turibdiki, qaror qabul qilish ham mahorat hisoblanadi. Qaror qoʼrquv yoki majburiyat mevasi boʼlishi kerak emas. U tafakkur, ilm va ishonch mevasi. Muvaffaqiyatli hayot ortida aslida kimningdir jurʼatli qarorlari yotganini unutmang!
📘"Biz g'alaba qozonamiz" kitobidan.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Oʻqituvchilar haqida "QVZ-2022" chempionlari xazil video qilishibdi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
“OpenBudjet“da 921 ta taʼlim muassasalariga oid tashabbuslar gʻolib boʻldi
1,6 trln soʻm mablagʻni qayerga sarflashini bevosita fuqarolar hal etishiga qaratilgan “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2023-yil 1-mavsumi yakunlandi.
Unda taʼlim muassasalariga oid jami 17795 ta tashabbus ilgari surilgan boʻlib, ulardan 921 tasi eng koʻp toʻplay olgani uchun gʻolib deb topilgan.
Xususan:
umumtaʼlim maktablari boʻyicha 10346 ta tashabbusdan 689 tasi;
maktabgacha taʼlim muassasalari boʻyicha 4404 ta tashabbusdan 91 tasi;
musiqa va maktabdan tashqari ta’lim yoʻnalishida 360 ta tashabbusdan 11 tasi;
boshqa taʼlim muassasalari (kasb-hunar maktabi, kollej, texnikum va boshqa) boʻyicha 1061 tadan 61 tasi;
sport muassasalari boʻyicha 1514 tadan 39 tasi;
oliy taʼlim muassasalari boʻyicha 110 ta tashabbusdan 22 tasi gʻolib boʻlgan.
Shuningdek, bolalar maydonchalari yoʻnalishiga joylashtirilgan maktablar hududiga maydoncha qurish boʻyicha 8 ta tashabbus tasdiqlangan.
🏅Gʻolib tashabbuslar roʻyxati:
➡️ Umumtaʼlim maktablari
➡️ Maktabgacha taʼlim muassasalari
➡️ Oliy taʼlim muassasalari
➡️ Musiqa va maktabdan tashqari ta‘lim
➡️ Sport muassasalari
Saytda hududni tanlab filtrlash orqali oʻzingiz izlayotgan muassasani osonroq topa olasiz.
👉 Кирилда ўқиш
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
#Yurist_maslahati
❓Men umumta’lim maktabida matematika fanidan dars beraman. Menga har oylik ustama to’lanadi. Ustama olayotgan o‘qituvchilarga ham mukofot puli beriladimi?
Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi:
✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yildagi 823-son Qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida" 1-ilovaning 9-bandiga ko‘ra, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumta’lim muassasalaridagi tashkil etiladigan ishchi guruh qarori bilan ochiq muhokama orqali hamda umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi fikrlarini hisobga olib, Jamg‘armada nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi. Nizomning 29-bandida umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktabr— O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, Nizomning 32-bandida Prezident maktablariga tanlov asosida qabul qilingan har bir o‘quvchi uchun tegishli umumta’lim muassasasining mos (tanlov, musobaqa, imtihon fanlari) fan o‘qituvchisi mazkur Nizomning 29-bandidan tashqari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy tarif stavkasining ikki baravari miqdorida bir yo‘la mukofot puli to‘lash yo‘li bilan rag‘batlantirilishi mumkin. Umumta’lim muassasasi xodimlarini mukofotlashda adolat va xolislik prinsiplariga amal qilinadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#referendum2023
Янгиланаётган Конституция: инсон қадри учун
🔹Инсоннинг ҳуқуқ ва эркинликларини таъминлаш давлатнинг олий мақсадидир
🔹Инсон ҳуқуқ ва эркинликлари халқаро ҳуқуқ ва Конституцияга мувофиқ эътироф этилади ва кафолатланади
🔹Ўзбекистон Республикаси фуқароси мамлакатдан ташқарига мажбурий чиқариб юборилиши ёки бошқа давлатга бериб юборилиши мумкин эмас
🔹Ўзбекистон Республикасида ўлим жазоси тақиқланади
🔹Инсоннинг шаъни ва қадр-қиммати дахлсиздир
🔹Ҳеч кимга унинг розилигисиз қонунчиликда белгиланмаган мажбурият юклатилиши мумкин эмас
🔹Шахснинг судланганлиги ва бундан келиб чиқадиган ҳуқуқий оқибатлар унинг қариндошлари ҳуқуқларини чеклаш учун асос бўлиши мумкин эмас
@uzbyuksalish
Oʻqituvchilar eng koʻp yoʻl qoʻyadigan xatolar va ularning yechimi
2-qism
✅Darslarni PowerPoint shousiga aylantirmang!
👉Matn koʻrinishida oʻqish
❗️Video material AQSH ning Linkolndagi Nebraska universiteti materialli asosida tayyorlandi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Xabaringiz bormi?
Yangilanayotgan Konstitutsiyada ta’lim olish huquqlarga oid 9 ta eng muhim yangiliklar belgilanmoqda
1. Har kim ta’lim olish huquqiga ega.
2. Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.
3. Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
4. Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi.
5. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.
6. Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.
7. Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli.
8. Oliy ta’lim tashkilotlari akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega.
9. Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
Oʻqituvchilar eng koʻp yoʻl qoʻyadigan xatolar va ularning yechimi
1-qism
✅ Savol berganda “koʻngilli”lar xizmatidan foydalanmang!
👉Matn koʻrinishida oʻqish
❗️Video material AQSH ning Linkolndagi Nebraska universiteti materialli asosida tayyorlandi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
XX asr va XXI asr ta'limi o'rtasida qanday farqlar bor?
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Енг учида тергов ва адолатсиз ҳукм. Хоразмдаги педофил-амалдорлар қандай жазога лойиқ эди?
Хоразмдаги давлат амалдорларининг жинояти жамиятдаги ахлоқий муҳит қай ҳолатга келиб қолганини кўрсатган бўлса, иккинчи томондан айбланувчиларга қўйилган айб ҳамда белгиланган жазо эса тергов ва судлар одилликдан қанчалик йироқлигини яна бир бор фош этиб берди. Қилмиш қанчалар жирканч бўлмасин, судланувчилар «қарға қарғани кўзини чўқимайди» қабилида қўллаб-қувватлангани яққол кўзга ташланиб қолди.
👉 https://kun.uz/85979604
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
2023 йилда иш ҳақи, пенсия ва нафақалар икки марта оширилади
Пенсия, нафақа ва маошлар мос равишда 1 апрел ва 1 майдан – 7 фоизга, 1 сентябрдан эса – 10 фоизга оширилиши режалаштирилмоқда. Kun.uz'га тақдим этилган маълумотларга кўра, бунинг натижасида 2023 йилда пенсиялар ва ойликлар умумий ҳисобда 17,7 фоизга ошади.
👉 https://kun.uz/56232266
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Мирзачўл тумани ХТБ мансабдорлари давлатга катта миқдорда зарар етказгани аниқланди
Туман халқ таълими бошқармаси мансабдорлари ортиқча синфлар шакллантириш, таътил, иш ҳақи ва устама пулларни ортиқча тўлаш, қўшиб ёзиш, камомад каби жиноятларни содир этишда гумонланмоқда. Улар давлатга қарийб 1,6 млрд сўм зарар етказган. Уларга нисбатан жиноят иши қўзғатилган.
👉 https://kun.uz/02426088
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
O'qishning 5 ta komponenti qaysilar?
👉Matn shaklida o'qish
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari ham vazir jamgʻarmasidan oylik ustama olishi mumkinmi?
✅ Hukumat qaroriga (№425, 02.08.2022) koʻra “Boshlangʻich taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha nomzod sifatida oʻquvchilari Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida eng yuqori natijalarni koʻrsatgan boshlangʻich sinf pedagog kadrlari taqdim etilishi mumkin.
Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun qanday natijalarga erishish lozimligi haqida👉 Batafsil: /channel/uztdi/6464
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Oʼquvchilarni dars vaqtida pul yigʼishga yuborilishiga yoʼl qoʼygan maktab direktori vazifasidan ozod etildi
Toshkent viloyati, Oqqoʼrgʼon tumanida joylashgan 17-maktab oʼquvchilarining dars vaqtida uylariga pul olib kelishi uchun joʼnatilgan aks etgan videodagi holat tezkor tarzda oʼrganish boʼyicha vazir tomonidan topshiriq berildi.
Oʼrganish jarayonida mazkur holat haqiqattan ham "Tashabbusli byudjet" bilan bogʼliqligi oʼz tasdigʼini topdi. Maktabi yaqinda ta'mirdan chiqqan bo'lishiga hamda qayta-qayta ogohlantirishlarga qaramay hech qanday soʼz bilan oqlab boʼlmaydigan holatga yoʼl qoʼyganligi uchun maktab direktorini lavozimidan ozod etish boʼyicha qaror qabul qilindi, oʼqituvchiga esa ogohlantirish berildi.
Bu holat qolgan maktablarda takrorlanmasligiga ishonamiz hamda maktabga oʼqituvchi dars bergani, farzandlarimiz esa taʼlim olish uchun borishini unutmasligingizni soʼrab qolamiz.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_5
⚡️ VIDEOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga videobayonot tarzida javob berishda davom etamiz.
❗️Bugungi videobayonotimizda, jumladan quyidagi savollarga javob olishingiz mumkin:
▶️ Davlat mukofotiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga malaka toifasi bir pog‘ona oshirilgan holda ish haqi to'lanadimi? Buning tartibi qanday?
▶️ Olis hududdagi qizil toifaga kiruvchi maktabda boshqa tumandan kelib ishlaydigan o‘qituvchilarga qanday imtiyozlar nazarda tutilgan?
▶️ Xalqaro GMAT imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tib, sertifikatga ega bo‘lgan umumta’lim maktab o‘qituvchilariga 50 foiz ustama beriladi. Ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilariga ham bu kabi ustamalar beriladimi?
❕Bayonotlarimiz davom etadi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
#qiziqarli
Kalkulyatorga qarshi namoyish
1966-yil aprelda boshlangʻich sinf matematika fani oʻqituvchilari kalkulyatordan foydalanishga qarshi namoyishga chiqqan.
Ular oʻquvchilarning kalkulyatordan erta foydalanib, matematika qoidalarini oʻrganmay qoʻyishidan xavotirlanishgan.
📰 “Daily mail” gazetasida chiqqan surat
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Soat 00-13!
Andijon tumani, 17-maktab o‘qituvchilari Andijon tuman prokraturasidan kelgan tekshiruvchilar ish rejalari bir xil emasligi uchun ayni vaqtda maktabdamiz, ish reja chiqaryapmiz, deyishmoqda!
O‘qituvchidan jurnaldan boshqa narsa talab qilish noqonuniy!
O‘qituvchilar sha'ni qadr qimmatini oshirish bo‘yicha qonun imzolandi, konstitutsiyaga kiritilmoqda!
Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi Andijon tumani prokraturasidan izoh so‘rashlari kerak, o‘qitivchilarning yarim tunda maktabda yurishga qanday olamshumul tekshiruv sabab bo‘lgani bo‘yicha.
@domlajon
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Oʻqituvchilar eng koʻp yoʻl qoʻyadigan xatolar va ularning yechimi
2-qism
❎ Bunday xatolardan yana biri darslarni Power Point shousiga aylantirishdir.
✍️Oʻqituvchilar uchun maʼruza matnlarini PowerPointga joylash va dars vaqtini asosan slaydlar bilan oʻtkazish odatiy holga aylandi. Biroq bunday taqdimotlar asosan oʻquvchilar vizual qabul qilishi kerak boʻlgan maʼlumotlarni ifodalash uchungina foydali.
⚠️ Agar siz dars davomida qilishingiz kerak boʻlgan maʼruzani toʻliq slaydlardan foydalanib oʻtsangiz, oʻquvchida sizning bilimingizga nisbatan ishonchsizlik uygʻonadi.
🏓Shuning uchun power point taqdimotlaridan maʼruzangizda tushuntirmoqchi boʻlgan turli diagrammalar, sxemalar, diagrammalar, animatsiyalar, fotosuratlar, videokliplar tushuntirish uchungina foydalaning.
➡️Qolgan maʼlumotlarni berish uchun esa oʻz bilimingizga tayaning.
✔️Eng yaxshi dars bu koʻp qirrali darsdir. Doska, multimedia, hikoya qilish, muhokamalar, mashgʻulotlar, individual topshiriqlar va guruhda ishlash Qanchalik koʻp xilma-xillikni yaratsangiz, sinf shunchalik samarali boʻladi.
✅Darslarni PowerPoint shousiga aylantirmang!
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
ХОРАЗМ ТАЪЛИМИ: САБАБ ВА НАТИЖАЛАР
Президентимиз таълим тўғрисида сўз юритар экан: “Таълим сифатини ошириш – Янги Ўзбекистон тараққиётининг яккаю ягона тўғри йўлидир!”, дея таъкидлаб ўтганди.
Табиийки, таълим сифатини оширишда ўқитувчиларнинг ўзлари биринчи навбатда билим, малака ва тажрибага эга бўлиши зарур. Бу борада олиб борилган тадқиқотлар билан танишганимизда хоразмлик устозлар сўнгги уч йилда етакчилик қилаётганининг гувоҳи бўлдик. Бунинг сабаби эса нафақат Хоразм, балки юқори натижаларга эришаётган барча вилоят ҳудудий бошқарма ва бўлимларга ишнинг кўзини биладиган, ва энг асосийси устоз қадрини биринчи ўринга қўядиган раҳбарларнинг келишидир.
Ўйлаймизки, бугунги кунда Мактабгача ва мактаб таълими ҳудудий бошқарма ва бўлимларга тайинланаётган раҳбарлар энг аввало таълим сифати – яъни Ўзбекистон тараққиёти учун жон куйдирадилар.
Мирзабек ЖАПАҚОВ, ҳуқуқшунос журналист.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
#Диққат #Муҳим
⚡️ Ўқитувчи ва Педагоглар учун тиббий кўрикдан ўтиш, у қай шаклда бўлишидан қатъий назар мутлақо бепул
❗️Агар сиздан "Медосмотр" учун пул талаб қилишса, ушбу видеони кўрсатинг, ҳуқуқингизни талаб қилинг!
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
“Агар ютолмасам, қонингизни ичаман” — Навоийда директор ўқитувчиларни электрон доска учун овоз йиғишга мажбурлади
Навбаҳор туманидаги 9-умумтаълим мактаби директори йиғилишда ўқитувчиларга “Ташаббусли бюджет”да овоз тўплаш бўйича “план” қўйди. Уни бажармаганларга эса ўқув йили бошида дарс соати тақсимотида муносабат мутлақо бошқача бўлишини билдирган.
👉 https://kun.uz/92366793
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
#talimgaoid
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Yangi o‘quv yilidan magistratura va doktorantura uchun B2 va C1 sertifikatlari talab qilinadi
2022/2023-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga dekabr-yanvar oylaridagi tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etilgan edi.
Endilikda Oliy, fan va taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) ga asosan 2023/2024-oʻquv yili uchun magistratura va doktoranturaga qabul Prezidentning tegishli qarori (PQ-5117-son 19.05.2021)da belgilangan talablarga asosan amalga oshiriladi.
Ya`ni filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, vazir buyrug‘i ayrim sertifikatlar ro‘yxatdan chiqarib yuborildi.
Yuqorida vazir buyrug‘i bilan tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi sertifikatlar (ularning darajalari) RO‘YXATI bilan tanishishingiz mumkin.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Навоийда ўқувчилар дарс пайтида қуёш панели учун овоз йиғишга жалб этилди
Хатирчи туманидаги мактабда 8-синф ўқувчилари дарс вақтида бошқа хонага олиб чиқилиб, рўйхат бўйича телефон рақамларга қўнғироқ қилиб чиқиш орқали, “Ташаббусли бюджет”да овоз йиғишга мажбурлангани айтилмоқда. Аввал ҳам бу лойиҳада ғолиб чиққан мактаб бу сафар қуёш панели ўрнатиш ва бошқа ташаббусларни илгари сурган.
👉 https://kun.uz/73390430
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
“Mehrli maktab” filiallarida quyidagi lavozimlar joriy etiladi
“Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda boʻlgan bolalarga taʼlim va tarbiya berish tizimini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (134–son, 29.03.2023-y.) qabul qilindi.
Unga koʻra, “Mehrli maktab”ning filiallari 2023-2028-yillarda bosqichma-bosqich, biroq har yili kamida 3 ta hududda tashkil etiladi.
🏥 Filiallar tegishli tibbiyot muassasalarida ajratilgan xonalarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
💵 Filiallar xodimlariga Mehrli maktab xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi;
🖊Filiallar xodimlari Mehrli maktab direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Har bir filialda quyidagi lavozimlar joriy etiladi:
➡️ maktabgacha taʼlim va tarbiyani tashkil etish uchun — har bir guruh uchun tarbiyachi (1 ta shtat birligi) va tarbiyachi yordamchisi (1 ta shtat birligi);
➡️ umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish uchun — pedagog xodimlar (3 ta shtat birligi);
➡️ psixolog (1 ta shtat birligi);
📍Mehrli maktab direktoriga, zaruratga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda, filiallar xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida ularga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
✔️ Maʼlumot uchun, Hukumat qaroriga (234-son, 05.05.2022) asosan, moliya yili davomida Mehrli maktab xodimlariga Davlat byudjeti hisobidan bir oylik ish haqi fondini yoʻnaltirgan holda moddiy yordam va ikki oylik ish haqi fondini yoʻnaltirgan holda moddiy ragʻbatlantirish koʻrsatiladi.
👉 Кирил ёзувида ўқиш
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Yaxshi oʻqituvchini oddiy oʻqituvchidan ajratib turadigan 5 fazilat
Yaxshi oʻqituvchi sinfda sogʻlom hissiy muhitni saqlaydi: undan qo'rqishmaydi, unga savollar berishadi, unga ishonishadi.
🔹 Batafsil
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⚡️ Joriy yilda oʼqituvchilar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi, maoshlar mavjud sertifikatlar asosida toʼlab beriladi
2023-yilda majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak bo‘lgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari 2024-yilga qadar amal qiladi.
Xabaringiz bor, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʼzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoniga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi faoliyati tugatilib, uning tegishli vazifa va funksiyalari Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligiga oʼtkazildi.
Shu munosabat bilan vazirlik tomonidan taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʼtkazish va malaka toifalari berish boʼyicha yangi shaffof va adolatli tizim ishlab chiqilib, 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy oʼrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, yangi tartib joriy etilgunga qadar 2023-yilda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak boʼlgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari toʼgʼrisidagi sertifikatlarining amal qilish muddati navbatdagi attestatsiya tashkil qilingunga qadar uzaytiriladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
“Меҳрли мактаб“ филиаллари ташкил этилади
“Гематология, онкология, клиник иммунология, бошқа стационар ва узоқ муддатли амбулатор даволанишда бўлган болаларга таълим ва тарбия бериш тизимини янада кенгайтириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ҳукумат қарори (134–сон, 29.03.2023 й.) қабул қилинди
🏢 “Меҳрли мактаб” давлат таълим муассасаси Ҳукумат қарори билан huquqiy_axborot/QubbDI9nh-P">ташкил этилган.
✅ Қарорга кўра, гематология, онкология, клиник иммунология, бошқа стационар ва узоқ муддатли амбулатор даволанишда бўлган болалар даволанаётган давлат тиббиёт муассасаларида “Меҳрли мактаб”нинг филиаллари 2023-2028 йилларда босқичма-босқич, бироқ ҳар йили камида 3 та ҳудудда ташкил этилади.
📌 Филиалларнинг асосий мақсади даволанишда бўлган болаларнинг ҳаётга ижтимоий мослашувини, уларнинг мактабгача таълим ҳамда умумий ўрта таълим ташкилотларида таълимни давом эттиришга тайёрлигини таъминлаш хисобланади.
Эслатиб ўтамиз, «Меҳрли мактаб» ҳудудларда ташкил этиладиган филиалларига малакали педагогларни ишга таклиф қилиб эълон берилган эди.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Оққўрғонда мактаб ўқувчилари дарс пайтида пул олиб келиш учун уйига жўнатилди
Тошкент вилояти Оққўрғон туманидаги мактаблардан бирида ўқувчилар дарс тугамай, устозлари томонидан пул олиб келиш учун уйига жўнатилди. Болаларнинг айтишича, 10 минг сўм пул сим-карта сотиб олиш учун сўраляпти. Бу – “Ташаббусли бюджет” билан боғлиқ экани тахмин қилиняпти.
👉 https://kun.uz/83636560
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU