pedagoglarga | Unsorted

Telegram-канал pedagoglarga - Oʻqituvchilar uchun

11862

Bizning kanal maktablardagi oʻqituvchilarning muammolarini mutasaddilarga yetkazuvchi koʻprikdir... Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin

Subscribe to a channel

Oʻqituvchilar uchun

Машғулотларга кеч қолган Баҳодир Жалолов жазоланди

Бокс бўйича Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи Тўлқин Қиличев машғулотларга кеч қолгани учун Олимпиада чемпиони Баҳодир Жалоловни жазолади.

Р.С. Тартиб қоида ҳамма учун баробар бўлса ва мураббийга нисбатан ҳурмат бўлса натижа самарадорлиги ошади. Буни билиш учун боксчиларимизни натижасига қараш кифоя деб ўйлайман.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

❓ Telegram botimiz (@uztdibot)ga "2018-yilda olingan birinchi toifaning amal qilish muddati tugadi, lekin navbatdagi-majburiy attestatsiyaga hali hujjat topshirilmadi. 2023-yilgi attestatsiya oʻz vaqtida oʻtkazilmasa, oʻqituvchiga oylik maoshi qaysi toifa boʻyicha toʻlanadi?" degan savol bilan murojaat qilishgan.

Javob: Hukumat qarori (572-son, 17.09.2021-y.) bilan tasdiqlangan amaldagi nizomning 49-50-bandlariga ko‘ra: Attestatsiyadan oʻtganlik muddati tugagan va navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod etilmagan pedagog kadrlarga mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi boʻyicha haq toʻlanadi.

Attestatsiyadan oʻtganlik muddati tugab, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi boʻyicha haq toʻlanayotgan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga oxirgi olgan malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha jalb qilinadi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

☝️Notanish kishi kim? Bolalar nega buni bilishi kerak?

Amerika qo‘shma shtatlarda har 40 soniyada bir odam yo‘qoladi. Har yili taxminan 840 000 kishi bedarak yo‘qolganligi haqida xabar beriladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ularning 85-90 foizi bolalardir. Yo‘qolgan bolalarning aksariyati bir necha soat ichida topilsa-da, ko‘p hollarda bolaning o‘g‘irlab ketilgani, eksplutatsiya qilingani ma’lum bo‘ladi.

Bu ma’lumotlar esa bolalarni nazoratsiz qoldirganda qat’iy ehtiyot choralarini ko‘rishni, ularga begona odamlardan ehtiyot bo‘lish qoidalarini o‘rgatishni taqazo etadi.

👉Batafsil

💡Tarbiya darsliklarida o'quvchilarda begonalar bilan muomala qilish va ehtiyotkorlik ko'nikmalarini shakllantiruvchi matnlar, topshiriqlar keltirilgan.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Биласизми

💰 Ҳар бир мактабдаги бир нафар жисмоний тарбия ўқитувчисининг лавозим маошига 20 фоиз миқдорида устама тўлаш орқали маҳаллаларга "спорт тарғиботчиси" сифатида бириктирилиши белгиланган.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Joriy o’quv yilidan maktabning 9- va 11-sinfini tugatgan bitiruvchilarga shahodatnomalar elektron shaklda beriladi.

Bu esa ta’lim sohasidagi qog‘ozbozlik, ortiqcha xarajat va ovoragarchiliklarni oldini olishga qaratilgan navbatdagi qadam.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayanch o‘rta ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar elektron tarzda o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.

Mazkur tartib o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega bitiruvchilarning yurtimizdagi hamda xalqaro bitim imzolagan davlatlar hududidagi kollej, texnikum va oliy ta’lim tashkilotlariga kirish uchun hujjatlarni topshirish huquqini beradi. Elektron shahodatnomani olishda va OTMga topshirishda ortiqcha ovoragarchiliklarning yo'qligi esa o'z navbatida bitiruvchilar va ularning ota-onalariga ham qulaylik yaratadi.

Elektron shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi. Buning uchun bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Eng ahamiyatlisi, shahodatnomalar yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, bitiruvchilarga dublikat shahodatnoma berilmaydi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan o‘zi istagan vaqtda bepul qayta yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ta'limni raqamlashtirish borasidagi ishlarni davom ettiradi.

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Биласизми
Ота-оналарнинг таълим муассасасидаги дарс жараёнига аралашишига йўл қўйилмайди

Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирининг 2020 йил 28 майдаги 131-сонли буйруғига мувофиқ ота-оналар (уларнинг ўрнини босувчи шахслар) таълим муассасасидаги дарс жараёнига аралашиши мумкин эмас.

Томонлар ўртасида юзага келадиган ҳар қандай баҳсли вазиятлар фақатгина мактаб раҳбарияти (директор ва унинг ўринбосарлари) ҳамда мактаб психологи билан дарс жараёнига ҳалақит бермаган ҳолатда ҳал этилиши лозим.

Таълим муассасаси ҳудудида жамоа аъзоларининг ота-оналар (уларнинг ўрнини босувчи шахслар) билан муносабатлари ўзаро ҳурмат ва ҳушмуомалалик тамойилларига асосланиши лозим, бирор бир тараф томонидан бошқасининг шахсиятига камситувчи ҳатти-ҳаракатларнинг содир этилишига йўл қўйилмайди.

Томонлар юқоридаги талабларга риоя этмаган ҳолатларда вазиятни барқарорлаштириш учун маҳаллий ўзини-ўзи бошқариш ва ҳудудий ички ишлар органларига мурожаат этишлари керак.

❗️Эслатиб ўтамиз, Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 197-5-моддасига кўра таълим муассасаси педагог ходимининг касбий фаолиятига қонунга хилоф равишда аралашиш ёки таълим муассасаси педагог ходимининг хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилиш ҳолатлари учун:

👉 фуқароларга 1 млн 500 минг сўмдан 2 млн 100 минг сўмгача, мансабдор шахсларга эса — 2 млн 100 минг сўмдан 3 млн сўмгача миқдорда жарима солиниши мумкин.

❕Агар худди шундай ҳуқуқбузарликлар маъмурий жазо чораси қўлланилганидан кейин бир йил давомида такрор содир этилган бўлса:

👉 фуқароларга 2 млн 100 минг сўмдан 3 млн сўмгача, мансабдор шахсларга эса — 3 млн сўмдан 4 млн 500 минг сўмгача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️Rasman tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmang!

Ijtimoiy tarmoqlardagi aksariyat ommabop guruhlarda qoʻshni davlatlardagi talabalarning barchasi hech qanday imtihonlarsiz oʻqishini Oʻzbekistonga koʻchirishi mumkinligi to‘g‘risida asossiz xabarlar tarqalmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xabar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilib, yurtdoshlarimizdan rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmasliklarini so‘rab qoladi.
✍️✍️✍️

Не верьте неподтвержденным сообщениям!

В большинстве популярных групп в социальных сетях распространяются голословные сообщения о том, что все студенты из соседних стран могут перевести учебу в Узбекистан без экзаменов.

Министерство высшего образования, науки и инноваций сообщает, что новость полностью не соответствует действительности, и просит наших соотечественников не информации, не подтвержденной официально.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

2022-2023-o‘quv yilidan maktab bitiruvchilarining shahodatnomalari elektron shaklda beriladi

Maktab ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan jarayonlarni raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni oldini olish, shuningdek, o‘quvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab maktab bitiruvchilariga elektron shahodatnoma berish tartibi joriy etilmoqda.

Hukumatning tegishli qarori asosida mazkur elektron shahodatnomaning davlat namunasi hamda shahodatnomalarni berish tartibi tasdiqlandi.

Ayni vaqtda elektron shahodatnoma platformasi (e-shahodatnoma.uz) ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralarning elektron bazasiga integratsiya qilinmoqda.

Ushbu yangilik o‘quvchilarga qanday qulayliklar yaratadi?

Maktab bitiruvchilari endi o‘z shahodatnomasini yonida olib yurishi talab etilmaydi. Oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligining (sobiq DTM) “ABITUR” dasturiga integratsiya qilingan holda hujjatlarni onlayn topshirish imkoniyati yaratiladi.

Shu bilan birga bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shaffofligi va haqqoniyligini ta’minlash uchun Adliya vazirligining Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo‘limlari hamda Personallashtirish agentligiga integratsiya qilinadi.

Ma’lumot uchun: elektron shahodatnomaga QR-kod tasviri tushirilib, uni istalgan vaqtda elektron platforma orqali tekshirib olish yoki shahodatnoma yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda dublikat olish uchun ovora bo‘lmasdan shu zaxotiyoq elektron bazadan qayta yuklab olish mumkin bo‘ladi.

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori tayinlandi

Prezident qaroriga asosan

Аlisher Ubbiyev
— Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
OʼzА

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⭕️⭕️⭕️
Hozircha mazkur qo‘shma qarorga asosan 14 ta fan bo‘yicha xalqaro va milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritish orqali oylik maoshingizga 20% yoki 50% lik ustamalar olishingiz mumkin.

✔️ Izlagan imkon topadi, harakat qilgan ustozlar o‘zini o‘zi moddiy tomonlama ham ta'minlab boraveradi.

⚠️ Boshqa fanlardan ham ustama olish imkoniyati bosqichma-bosqich qo‘shilib boradi

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Андижондаги мактабда 119 нафар 2-синф ўқувчиси 1-синфни қайта ўқийди. Нега бундай бўлган?

Андижон шаҳридаги мактабда 2-синфда ўқиётган 119 нафар бола 1-синфни қайта ўқишга мажбурланмоқда. Ҳолат ўтган ўқув йилида 1-синфга 6 ёшли болалар ўқишга қабул қилингани билан боғлиқ. Мактаб раҳбариятининг бу ҳаракати болаларнинг руҳиятига салбий таъсир қилиш баробарида, миллионлаб бюджет маблағларининг ортиқча сарфланишига ҳам сабаб бўлган.

👉 https://kun.uz/00594370


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

O'qishning 5 ta komponenti qaysilar?

👉Matn shaklida o'qish

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

🥳"Fin ta'limi amaliyotda. Nima? Nima uchun? Qanday?" kitobi endi o'zbek tilida

📖Yuqorida kitobning 2-bobi — Finlyandiyada o'quv dasturi islohotlari haqida hikoya qiladi.

📌Kitob Respublika ta'lim markazi Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Javlonbek Meliboyev tomonidan tarjima qilinmoqda.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Тошкентда таълим соҳаси ходимлари коррупция бўйича энг кўп жиноий жавобгарликка тортилди

Жиноят ишлари бўйича Тошкент шаҳар судлари томонидан 2022 йил давомида 12 141 нафар шахсга нисбатан 9 807 та жиноят ишлари кўриб тамомланган.

👉 https://kun.uz/26275589

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

❗️Педагог кадрлар аттестациясига ҳужжатларни қабул қилиш жараёни бўйича ЭЪЛОН !

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 21 декабрдаги “Янги Ўзбекистон маъмурий ислоҳотларини амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-269-сон фармонининг 3-иловасига мувофиқ 2023 йил 1 январдан бошлаб Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Таълим сифатини назорат қилиш инспекциясининг вазифа ва функциялари тегишлилиги бўйича Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳамда Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги орасида тақсимланган ҳолда тугатилаётганлиги муносабати билан 2023 йил январь-июнь ойларида ўтказиладиган педагог кадрлар аттестациясида иштирок этиш учун январь-февраль ойларида белгиланган мурожаат қабул қилиш жараёнлари номаълум муддатларга қолдирилганлигини маълум қиламиз.

Янги ташкил қилинган вазирликлар томонидан педагог кадрларни аттестациядан ўтказишга оид вазифа ва функциялар ижросига киришилганидан сўнг ҳужжатлар қабул қилиш муддатлари ҳақида Pedkadr.tdi.uz (@pka_tdi_uz) ва Таълим назорати (@uztdi) каналлари орқали хабар берилишини маълум қиламиз.

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси

💯Каналимизга аъзо бўлинг ва барча янгиликлар билан биринчилардан бўлиб танишинг!

👉
/channel/pka_tdi_uz 👈
👉Murojaatlar uchun: 👉
@pkatdi_bot

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор

Yurtimizda bir-biridan iste'dodli yoshlar ko'p. Ularning har biri O'zbekistonning ertasi, bizning umidimizdir.

Ayni damda Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan "Yangi O'zbekiston" universiteti talabasi Azimjon Jamolov xuddi shunday yoshlardan biri hisoblanadi.

❗️U o'tgan yili yurtimizda bo'lib o'tgan 56-Mendeleyev olimpiadasida oltin, Xitoyda o‘tkazilgan 54-Xalqaro kimyo olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Bundan tashqari, Azimjon “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohibi hamdir.

Kun.uz internet nashri o'quvchimiz bilan intervyu tashkil qildi. Unda Azimjon xalqaro olimpiadalardagi ishtiroki, o'z oldiga qo'ygan maqsadlari hamda fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ta'kidlash joizki, Azimjon kabi yurtimiz bayrog'ini baland ko'taradigan yoshlar tom ma'noda bizning iftixorimizdir. Aynan ular mamlakatimizning yangi tarixini yozishadi.

👉Azimjonning intervyusi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://kun.uz/67598011

✅ @pedagoglarga

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

❗️Педагог кадрлар аттестациясига ҳужжатларни қабул қилиш жараёни бўйича ЭЪЛОН !

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 21 декабрдаги “Янги Ўзбекистон маъмурий ислоҳотларини амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-269-сон фармонининг 3-иловасига мувофиқ 2023 йил 1 январдан бошлаб Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Таълим сифатини назорат қилиш инспекциясининг вазифа ва функциялари тегишлилиги бўйича Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳамда Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги орасида тақсимланган ҳолда тугатилаётганлиги муносабати билан 2023 йил январь-июнь ойларида ўтказиладиган педагог кадрлар аттестациясида иштирок этиш учун январь-февраль ойларида белгиланган мурожаат қабул қилиш жараёнлари номаълум муддатларга қолдирилганлигини маълум қиламиз.

Янги ташкил қилинган вазирликлар томонидан педагог кадрларни аттестациядан ўтказишга оид вазифа ва функциялар ижросига киришилганидан сўнг ҳужжатлар қабул қилиш муддатлари ҳақида Pedkadr.tdi.uz (@pka_tdi_uz) ва Таълим назорати (@uztdi) каналлари орқали хабар берилишини маълум қиламиз.

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси

💯Каналимизга аъзо бўлинг ва барча янгиликлар билан биринчилардан бўлиб танишинг!

👉
/channel/pka_tdi_uz 👈
👉Murojaatlar uchun: 👉
@pkatdi_bot

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Биласизми

✅ 2 ёшга тўлмаган болали аёлларга болани овқатлантириш учун (ўзига берилган дам олиш ва овқатланиш учун бериладиган танаффусдан ташқари) камида ҳар 3 соатда бир марта ҳар бири 30 минутдан кам бўлмаган танаффус берилади.

🕑 2 ёшга тўлмаган икки ва ундан кўп болали аёлларга танаффуснинг муддати камида 1 соат қилиб белгиланади.

❗️Мазкур танаффуслар учун иш ҳақи камайтирилмайди.

➡️ Болали аёлнинг хоҳишига кўра танаффуслар дам олиш ва овқатланиш учун белгиланган танаффусга қўшиб берилиши ёки умумлаштирилиб, иш кунининг бошига ёки охирига кўчирилиб, иш куни шунга яраша қисқартирилиши мумкин.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️ Maktab bitiruvchilari shahodatnomalari o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi

📚 Tayanch o‘rta ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar elektron tarzda o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi.

💬 "Mazkur tartib o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega bitiruvchilarning yurtimizdagi hamda xalqaro bitim imzolagan davlatlar hududidagi kollej, texnikum va oliy ta’lim tashkilotlariga kirish uchun hujjatlarni topshirish huquqini beradi", – deyiladi xabarda.

🗓 Qayd etilishicha, elektron shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi.

📥 Buning uchun bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

💬 "Eng ahamiyatlisi, shahodatnomalar yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, bitiruvchilarga dublikat shahodatnoma berilmaydi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan o‘zi istagan vaqtda bepul qayta yuklab olishi mumkin bo‘ladi", deya qo‘shimcha qilgan vazir.

📌 Ta’kidlash lozim, oldinroq maktab bitiruvchilari oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligining (sobiq DTM) “ABITUR” dasturiga integratsiya qilingan holda hujjatlarni onlayn topshirish imkoniyati yaratilgani haqida xabar qilgandik.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️"Oylikni oshiringlar": Londonda o‘qituvchilarning ommaviy noroziligi bo‘lib o‘tmoqda

Ayni paytda Londonda so‘nggi o‘n yillikdagi eng yirik ish tashlash bo‘lib o‘tmoqda. Yuzlab o‘qituvchilar Angliya poytaxti ko‘chalariga “Pul qani?”, “To‘lang!”, “kam pul, kam o‘qituvchi, yomon ta’lim” kabi plakatlar bilan chiqishmoqda.

Namoyishchilar mamlakatda narxlar oshib borayotgan bir paytda ish haqini oshirishni talab qilmoqda. Ularning soni 500 ming kishiga yetishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Londondagi o'qituvchilar hozirda yiliga 25.000€ dan 59.000€ gacha maosh olishadi. Bu o'zbek so'mida 307.000.000 so'mdan 700.000.000 so'mgacha degani. Yanayam aniqroq hisoblansa oyiga 25-58 mln so'm oylik olishadi degani.

😁 Noshukrlar!

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#ommalashtirish

Ommalashtirish platformasida baholashni telefonda qanday qilish mumkinligi haqida videorolik tayyorladim.
@domlajon

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Президент Андижон туманидаги 55-умумтаълим мактабида жорий қилинган касбга ўқитиш тизими билан танишди

Президент ознакомился с системой профессионального обучения, внедренной в общеобразовательной школе №55 Андижанского района

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

70 фоизгача камайган қоғозбозлик – мактабдаги шароитдан ўқитувчиларнинг кўнгли тўляптими?

Устозларнинг кўпи мактаб таълимида охирги йилларда бўлган энг катта ўзгариш сифатида ўқувчиларни баҳолаш жараёни онлайн платформага ўтгани ва шу сабаб қоғоз журнал, кундаликлардан воз кечилгани бўлганини айтишмоқда. Қолаверса, сўнгги 5-6 йилда мажбурий меҳнат барҳам топгани ўқитувчиларнинг ўз устида ишлашига кўпроқ вақт қолдиряпти деган фикрда.

👉 https://kun.uz/17712601

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

TAYINLOV

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʼrinbosarlari tayinlandi


Prezident qarori bilan:

Usman Sharifxodjayev —
maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʼrinbosari lavozimiga;

Temurjon Komilov — maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʼrinbosari lavozimiga;

Dilshod Kenjayev — maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʼrinbosari lavozimiga;

Uzokboy Begimkulov — maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʼrinbosari lavozimiga tayinlandi.
OʼzА

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Давлат тест маркази томонидан миллий сертификация бўйича имтиҳонларда барча иштирок этиши мумкинлиги юзасидан ахборот берилди.

Шу ўринда, Халқ таълимини ривожлантириш Миллий дастурига мувофиқ Давлат тест марказининг миллий баҳолаш тизимида олинган сертификатга эга бўлган педагог кадрларга 20 фоиз миқдорида устама берилиши (чет тили бўйича сертификатлар бундан мустасно) белгиланганлигини эслатиб ўтмоқчиман. Халқаро тан олинган сертификатга эга бўлган педагог кадрларда 50 фоиз миқдорида устама олиш имконияти ҳам мавжуд.

Халқ таълими вазирлиги ва Молия вазирлигига ҳар йили сертификатлар (уларнинг комбинацияси) рўйхатини ҳамда ҳар ойлик устама олиш учун уларнинг энг кам даражасини тасдиқлаб бориш топширилган. Сертификатлар ва уларнинг даражалари билан ХТВ веб-сайтида танишиш мумкин.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Боғча ходимларининг маоши оширилади

Бу ҳақида Мактабгача ва мактаб таълими агентлиги масъул ходими Мавлуда Асқархўжаева АОКАдаги брифингда маълум қилди.

Унинг айтишича, бу йил мактабгача таълим ходимларининг маошлари қуйидагича оширилади:

🔹педагог ходимлар лавозим маошлари умумтаълим мактаби ўқитувчиси лавозим маошига тенглаштирилади;

🔹директор лавозим маоши умумтаълим мактаби директори (3- ва 4-гуруҳ) лавозим маошига тенглаштирилади;

🔹тарбиячи ёрдамчиси лавозим маоши 70 фоиз оширилади;

🔹ошхона ва бухгалтерия ходимлари лавозим маошига 100 фоиз устама белгиланади.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Тошкентдаги мактабларнинг барчаси анъанавий таълимга ўтди

Бугундан бошлаб пойтахтдаги мавжуд 335 та таълим муассасасининг барчасида дарслар тўлиқ анъанавий тарзда йўлга қўйилди.

👉 https://kun.uz/04491790

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Bugun, 30-yanvar kuni, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan sana. Agar Islom Abdug’aniyevich hayot bo’lganida bugun 85 yoshga to’lgan bo’lar edi.

Joylari jannatdan bo‘lsin, Alloh o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Биласизми

🔰 Ҳозирги кунда Ўзбекистон ҳудудида:

🔹 меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори – 920 000 сўм;

🔹 базавий ҳисоблаш миқдори – 300 000 сўм;

🔹 пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори – 324 000 сўм;

🔹 ёшга доир энг кам пенсиялар – 633 000 сўм;

🔹 болаликдан ногиронлиги бўлган шахсларга бериладиган нафақа – 698 000 сўм;

🔹 зарур иш стажига эга бўлмаган кекса ёшдаги ва меҳнатга лаёқатсиз фуқароларга бериладиган нафақа – 500 000 сўм;

🔹 иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги пенсияларнинг энг кам миқдори қўшимча тўловни ҳисобга олган ҳолда – 500 000 сўм;

🔹 белгиланган ёшга доир энг кам пенсия миқдоридан 698 000 сўмгача пенсия олувчиларнинг ёшга доир ва ногиронлик бўйича пенсиялари миқдори – 698 000 сўмдан иборат.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Milliy o'quv dasturi doirasida o'quvchida rivojlanishi lozim bo'lgan 4 ko'nikma

📌Video orqali batafsil ma'lumot oling.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…
Subscribe to a channel