#New_Uzbekistan_university
⚡️“Yangi O‘zbekiston” universitetida Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablarining yopilish marosimi oʻtkazildi
Ilmiy maktablarning maqsadi — iqtisod va matematika yoʻnalishlarida isteʼdodli yoshlarni aniqlash va ularni dunyo tan olgan olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish orqali mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar samaradorligini yanada oshirishdan iborat.
Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablarida oʻzbekistonlik yoshlar qatorida Xitoyning turli oliygohlarida tahsil oluvchi 35 nafar talaba ishtirok etdi.
❗️Mazkur loyiha doirasida matematika va iqtisodiyot sohalari rivojiga oʻz hissasini qoʻshuvchi yosh olimlar hamjamiyati tuziladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#OAV_biz_haqimizda
⚡️Agentligimiz tizimidagi maktablarga 2024/2025-o‘quv yili uchun tashkil etilgan kirish imtihonlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi:
⏺ Oʻzbekiston 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi
⏺ Oʻzbekiston 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi jarayonlari – Namangan viloyati
⏺ Oʻzbekiston 24 | Tayanch ixtisoslashgan maktablarga kirish imtihonlari
⏺ Oʻzbekiston 24 | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari
⏺ O‘zbekiston 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlari
⏺ O‘zbekiston 24 | Вступительные экзамены в Президентские школы
⏺ O‘zbekiston 24 | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari yakunlandi
⏺ UzA | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ilk bosqichi bo‘lib o‘tdi
⏺ UzA | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi boʻlib oʻtdi – Surxondaryo viloyati
⏺ UzA | Imtihonlar adolatli va shaffof tashkil etildi – Buxoro viloyati
⏺ UzA | Eng iqtidorli o‘quvchilar keyingi bosqichga yo‘llanma oladi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi
⏺ UzA | Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda
⏺ UzA | Ijod maktablariga kirish imtihonlari o‘tkazildi
⏺ Qaraqalpaqstan MTRK | Prezident mekteplerine kiriw imtixanlardıń 1-basqıshı bolıp ótti
⏺ Samarqand MTRK | Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda
⏺ Xorazm MTRK | Prezident maktabi uchun test sinovlari
⏺ Jizzax MTRK | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari uchun test sinovlari yakuniga yetdi
⏺ Toshkent | Вступительные экзамены в спецшколы
⏺ Toshkent | Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari
⏺ Toshkent | Prezident maktablariga kirish imtihonlari o‘tkazildi
⏺ Toshkent | Первый этап экзаменов пройден
⏺ Sevimli | Ijod maktablariga kirish imtihonlari
⏺ Mening yurtim | Ixtisoslashtirilgan maktablarda imtihonlar davom etmoqda – Fargʻona viloyati
⏺ Daryo.uz | Prezident maktablariga yangi o‘quv yili uchun qancha ariza kelib tushgani ochiqlandi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
⭕️⭕️⭕️
⭕️⭕️⭕️⭕️
✅ Birozdan so’ng Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan jonli muloqot boshlanadi!
Unda:
➖ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari yakuniy natijalari;
➖ 2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari haqida so’z yuritiladi.
✔️ Savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob beriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#imtihon_2024
⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI BARCHA MAKTABLARGA 2024/2025-O‘QUV YILI UCHUN KIRISH IMTIHONLARI O‘TKAZILDI
📍Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan imtihon jarayonlari hududlarga masʼul etib belgilangan Agentlik xodimlari tomonidan joylarga chiqilgan holda kuzatib borildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari yakunlandi
#10july #uzbekiston24
00:31 — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyevning jarayonlar yuzasidan intervyusi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Xorijiy_hamkorlik
Ayni damda Buxoro shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi hamkorlik bo‘yicha 13-Hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi bo'lib o‘tmoqda.
Yig‘ilish davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov va Ozarbayjon Fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Gasan Gasanli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki tomonlama hamkorlik, kelgusidagi rejalar va amalga oshirilayotgan ishlar, xususan STEAM markazlarini tashkil etishda aloqalar o‘rnatish kabi masalalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, mehmonlar Buxoro shahridagi Prezident maktabi faoliyati, yaratilgan sharoitlar hamda o‘quvchilar yutuqlari bilan tanishishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Xorijiy_hamkorlik
#Ozarbayjon
⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Ozarbayjonning Boku shahrida boʻlib turgani haqida xabar berilgan edi.
Delegatsiya tarkibida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi mas’ullari ham ishtirok etmoqda.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Boku Yevropa litseyida boʻlib, taʼlim maskanida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Oʻzaro muloqotda taʼlim sohasida hamkorlik, oʻquv jarayonlarini tashkil etishda milliy va xorijiy tajriba, oʻgʻil-qizlarni iqtidorini yuzaga chiqarishda zamonaviy yondashuvlar kabi mavzularda fikr almashildi.
Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Boku shahridagi A.Huseynzade nomidagi 20-sonli maktab-litseyda ham boʻlib, muassasa faoliyati, oʻquvchilar yutuqlari hamda ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishildi.
Delegatsiyaning Ozarbayjonga safari davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
❓Nega Prezident maktablari imtihonida javoblar qalamda yoziladi, ruchkada emas?
✅ JAVOB: Kecha, 7-iyul kuni yurtimizdagi Prezident maktablarida imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Bir necha yildan buyon bo‘ladigan ushbu imtihon jarayonlarida har yili ota-onalar nima uchun o‘quvchilar javoblarni qalamda bo‘yayotganiga qiziqishadi va buni hattoki korrupsiya alomati deb o‘ylashadi.
Garchi har yili bunga tushuntirish berilsada, o‘ylaymanki, yana bir bor izoh berish zarar qilmaydi.
Gap shundaki, Prezident maktablariga kirish imtihonlarini Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment tashkiloti o‘tkazadi. O‘zlari savol tuzadi, javoblarni ham o‘zlari yig‘ib oladi, o‘zlari tekshirib, natijalarini saytida chiqaradi.
Javoblarni qalamda belgilash talabi aynan Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan qo‘yilgan. Biznikilar oladigan imtihonlarning barchasida ruchka ishlatiladi.
❓Nega qalam talabi qo‘yilgan?
Chunki bu psixologlarning talabi va tavsiyasi. Ruchka ishlatish yosh bolalarning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, sababi xato qilib qo‘ysa, ruchkani o‘chirib bo‘lmaydi, bu esa bolalarda stressni keltirib chiqaradi, xato qilishdan qo‘rqib qoladi. Shu sababli nafaqat Britaniya, balki dunyoning ko‘plab davlatlaridagi maktablarda qalamdan foydalanish qabul qilingan. Ayniqsa boshlang‘ich sinflarda. Chunki qalam bolalarga erkinlik va xotirjamlik beradi. Agar xorij filmlariga e’tibor bersangiz, talabalar va hattoki katta yoshli insonlar ham ko‘pincha qalamda yozayotganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin.
Umuman olganda bizda ham, hech bo‘lmasa, boshlang‘ich sinflarda qalamdan foydalanishga o‘tish kerak. Shunaqa madaniyatni shakllantirishimiz lozim. Ruchkani butunlay taqiqlash kerak.
Xullas, ushbu jumboqning javobi shunaqa. Qalam ishlatishda qanaqadir korrupsiya yoki qing‘irlik maqsadi yo‘q.
👉 @xushnudbek 👈
#imtihon_manzillari
#imtihon_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
❗️MUHIM ESLATMA
📆 Shu yilning 9-, 10-iyul kunlari Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi.
📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:
📍MANZILLAR ROʻYXATI
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | "Yangi O‘zbekiston" universitetiga kirish imtihoni o‘tkazildi
#uzbekiston24
00:31 — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyevning jarayonlar yuzasidan intervyusi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari
⚡️Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tdi.
📊 Ma'lumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga jami 62 062 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, hududlar kesimida:
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 3218 ta;
📍Andijon viloyatiga 6 844 ta;
📍Buxoro viloyatiga 2 897 ta;
📍Farg‘ona viloyatiga 7 017 ta;
📍Jizzax viloyatiga 4 212 ta;
📍Namangan viloyatiga 5 406 ta;
📍Navoiy viloyatiga 1 949 ta;
📍Qashqadaryo viloyatiga 4 941 ta;
📍Samarqand viloyatiga 5 988 ta;
📍Sirdaryo viloyatiga 2 384 ta;
📍Surxondaryo viloyatiga 4 906 ta;
📍Toshkent shahriga 3 753 ta;
📍Toshkent viloyatiga 3 907 ta;
📍Xorazm viloyatiga 4 640 ta ariza to‘g‘ri kelmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#ijod_maktablari
📣📣📣📣📣
🔔 IJOD MAKTABLARINING 3-BOSQICH KIRISH IMTIHONLARI 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI.
✔️ Ushbu bosqichda jami 50 ta test savollari beriladi. Testning fanga doir har bir savolini yechish uchun 2 daqiqadan, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha savolga 1 daqiqadan vaqt ajratiladi.
⏳ Talabgorlarga ushbu topshiriqlarni bajarish uchun jami 85 daqiqa vaqt beriladi.
❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (85 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
📲Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.
📨 SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytidagi o‘z “Shaxsiy kabinet”iga kirishi kerak.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari
⚡️PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING BIRINCHI BOSQICHI
Ayni vaqtda Respublikamiz bo‘ylab Agentlik tizimidagi Prezident maktablarga kirish imtihonlarining 1-smenasi yakunlandi.
Ma’lumot uchun, jarayonlarni Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining vakillari kuzatib bormoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#OAV_biz_haqimizda
⚡️Agentligimiz tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 2024/2025-o‘quv yili uchun tashkil etilgan kirish imtihonlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi:
⏺ Oʻzbekiston 24 | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari
⏺ Oʻzbekiston 24 | Вступительные экзамены в специализированные учебные заведения
⏺ Oʻzbekiston 24 | Namangan viloyatidagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari
⏺ Oʻzbekiston 24 | Samarqand viloyatidagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari
⏺ O‘zbekiston 24 | Sirdaryo viloyatidagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari
⏺ O‘zbekiston 24 | Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari davom etmoqda
⏺ Uza.uz | Ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihon boshlandi
⏺ Uza.uz | Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari boshlandi
⏺ Uza.uz | Farg‘onada ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari boshlandi
⏺ Uza.uz | Samarqand viloyatida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul imtihonlari boshlandi
⏺ Uza.uz | Bitta o‘ringa 183 da’vogar
⏺ Uza.uz | O‘quvchilar uch smenada imtihon topshirmoqda
⏺ Yoshlar| Ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihon boshlandi
⏺ Jizzax MTRK | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda yangi o'quv yili uchun imtihon jarayonlari
⏺ Samarqand MTRK | Samarqand viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari
⏺ Xorazm MTRK | Xorazm viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari
⏺ Farg‘ona MTRK | Farg‘onada ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari jarayonlari
⏺ Andijon MTRK | Andijon viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari
⏺ Toshkent | Вступительные экзамены в спецшколы
⏺ Nurafshon TV | Ixtisoslashtirilgan maktablar uchun imtihon boshlandi
⏺ Sevimli | Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#New_Uzbekistan_university
⚡️ Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul imtihoni yakunlandi
📸 Bugungi qabul imtihoni jarayonlaridan fotoreportaj.
💫 Imtihonda ishtirok etgan barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
❓PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI?
❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 214-son qaroriga koʻra:
➖Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;
➖Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich kirish imtihonlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida;
➖Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida
IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGINING RASMIY SAHIFALARIDA E’LON QILINADI.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
Nukus shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf oʻquvchisi Malika Xojamuratova “ICT4Girls” qizlar olimpiadasida gʻolib boʻlgan edi.
Shu munosabat bilan oʻquvchimiz Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Gulistan Kojabayeva tomonidan hurmat yorligʻi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Maʼlumot uchun, endilikda Malika Xojamuratova Niderlandiyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro IT qizlar olimpiadasida ishtirok etadi.
Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hurmatli ota-onalar, aziz oʻgʻil-qizlar!
Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimizda oʻqish istagida boʻlgan yoshlarimizning safi yil sayin ortib borayotganligi bizni behad quvontiradi.
Bu yil mazkur maktablarda oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar soni 244 378 nafarni tashkil etdi.
Bunda Respublika miqyosida Prezident maktablariga bir o‘quvchi oʻrniga oʻrtacha 185 nafar, ijod maktablariga 15 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarga 20 nafar, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarimizga 80 nafar, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy maktabiga esa 145 nafar talabgor toʻgʻri keldi.
Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli va imtihon jarayonlarini tashkil etish amaliyoti yildan yilga soddalashtirilib, takomillashtirilib borilmoqda.
Xususan, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihonlar o‘z hududlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da o‘tkazildi. Bu orqali yurtdoshlarimizning vaqt va mablagʻlari tejaldi.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandingizni ilm olishga boʻlgan ishtiyoqini qoʻllab-quvvatlayotganingiz tahsinga loyiq. Uchinchi Renessans vakillari aynan sizning oʻgʻil-qizlaringiz boʻlishi shubhasiz.
Ilmga chanqoq, zukko, bilimdon o‘g‘il-qizlarimiz!
Sizlar hayotingizdagi ilk masʼuliyatli va ayni damda juda hayajonli imtihonlarda oʻz bilimlaringizni sinovdan oʻtkazdingiz.
Har biringizni kelajakda dunyoning nufuzli universitetlari imtihonlarida ishtirok etib, muvaffaqiyat qozonishingizga tilakdoshman.
Hurmatli Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, Siz ozod va farovon yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar. Hech qachon izlanishdan, intilishdan to‘xtamang!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
⭕️⭕️⭕️
⭕️⭕️⭕️⭕️
📣 BUGUN soat 16:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan quyidagi mavzularda jonli muloqot tashkil etiladi:
➖ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari yakuniy natijalari;
➖ 2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari.
✔️ Muloqot vazirlikning rasmiy telegram kanalida boʻlib oʻtadi.
EKSPERTLAR:
➡️Qahramon Almardonov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;
➡️Inom Xoʻjamov, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
AGENTLIK TIZIMIDAGI BARCHA MAKTABLARGA 2024/2025-O‘QUV YILI UCHUN KIRISH IMTIHONLARI O‘TKAZILDI
Bu yil Agentlik tizimidagi maktablarimizga oʻqish istagini bildirgan talabgorlar soni 244 378 nafarni tashkil etdi.
Maktablar kesimida aytadigan boʻlsak,
– Prezident maktablariga 62 062 nafar;
– Ijod maktablariga 5 512 nafar;
– Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 42 785 nafar;.
– Hududiy ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 134 019 nafar o‘g‘il-qizlarimiz hujjat topshirishgan.
Mazkur imtihon jarayonlariga Agentlik tizimidagi maktablardan jami 2 616 nafar pedagog jalb etildi.
Ushbu imtihonlarni shaffof, adolatli, xavfsiz oʻtkazishda yaqindan yordam bergan 14 ta hudud rahbarlariga, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar, Bilim va malakalarni baholash agentliga hamda ommaviy axborot vositalari xodimlariga yaqin hamkorlik uchun alohida rahmat aytmoqchiman.
Shuningdek, Call-markaz hamda Agentlik va joylarda tashkil etilgan shtab vakillariga, kuzatuvchi-nazoratchilarga, umuman olganda ushbu imtihonlarda xizmatda boʻlgan barcha-barchaga oʻz minnatdorligimni bildiraman!
Mazkur imtihonlarda ishtirok etgan barcha o‘g‘il-qizlarimizga omad yor bo‘lsin!
Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlari
#uzbekiston24
📍Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#Ijod_maktablari
⚡️IJOD MAKTABLARINING 3-BOSQICH IMTIHONLARI BARCHA HUDUDLARDA BOʻLIB OʻTDI
Ijod maktablariga (Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi bundan mustasno) kirish imtihonlarining 3-bosqichida:
➖ona-tili va adabiyoti fanlaridan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq hamda intellektual qobiliyat darajasi bo‘yicha 15 ta topshiriq, jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida o‘tkazildi.
📍Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga kirish imtihonlarining 3-bosqichida:
➖ ingliz tilidan 20 ta topshiriq, ona tili va adabiyoti fanlaridan 15 ta topshiriq hamda intellektual qobiliyat darajasi bo‘yicha 15 ta topshiriq, jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida o‘tkazildi.
⌛️ Ijod maktablariga kirish imtihonlarining 3-bosqichida talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 85 daqiqa vaqt berildi.
📶 Maʼlumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, shundan 5 512 tasi ijod maktablari hissasiga to‘g‘ri keladi.
🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari
#uzbekiston24
📍 Qashqadaryo
viloyatidagi imtihon jarayonlari
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI BIR BOSQICHDA QUYIDAGI TARTIBDA O‘TKAZILADI:
📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga:
➖ 5-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
📍Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga:
➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fandan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
📍Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga:
➖ 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
⏱ Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
#imtihon_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
⚡️Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga bo‘lib o‘tgan kirish imtihonlari jarayonlaridan videolavha.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari
⚡️ Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi yakunlandi.
📍Ma'lumot uchun, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida bugun soat 17:00da 3-smena ham bo‘lib o‘tadi.
📊 Eslatib o‘tamiz, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, shundan 62 062 tasi Prezident maktablari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
📣📣📣📣📣
🔔 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 9-, 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI
📆 Joriy yilning 9-, 10-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi.
✅ Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi.
‼️ Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi.
❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus shahri, Andijon va Samarqand viloyatlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi.
⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
📨 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.
🖨 Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari
⚡️PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING BIRINCHI BOSQICHI
Ayni vaqtda Respublikamiz bo‘ylab Agentlik tizimidagi Prezident maktablarga kirish imtihonlarining 1-smenasi bo‘lib o‘tmoqda.
❗️Ma’lumot uchun, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari
🔔 Hurmatli ota-onalar!
📆 Ertaga, 7-iyul kunidan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi boshlanadi!
⚡️ Kirish imtihonlarida sizdan bir nechta tartib-qoidalarga amal qilish so‘raladi.
🗣 Jumladan:
✅ Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz;
✅ Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz;
✅ Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e'tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi).
✅ Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi.
❌ Eslatib o‘tamiz, imtihon jarayonida yordam berishni va’da qilayotganlarning hech biriga ishonmang, aldanib qolmang.
📚 Farzandingizning bilimigina uning natijasiga asos bo‘ladi!
Maʼlumot oʻrnida, talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 yarim soat oldin tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.
#Ochiq_muloqot
✅ Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida xususiy ta’lim sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
➖ Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov, Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov, Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobov, Biznes-ombudsman Dilmurod Kasimov, Soliq qo‘mitasi raisi o’rinbosari Jahongir Abdiyev ishtirok etishdi.
Tadbir davomida tadbirkorlar tomonidan:
➖taʼlim sohasida litsenziya berish va uni nazorat qilish vazifasi betaraf idoraga yuklatilishi,
➖litsenziya olishda professor-oʻqituvchilar bilan mehnat shartnomasi imzolash,
➖xususiy maktablarga xorijiy ustozlarni jalb qilish kabi takliflar ilgari surildi.
Ushbu takliflarni o’rganish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berildi.
Uchrashuvda tadbirkorlar takliflari bilan bir qatorda muammolariga yechim topish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Muloqotda, shuningdek videoselektor orqali Respublikadagi sohaga doir faoliyat yuritadigan tadbirkorlar ham ishtirok etishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin