Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Rasmiy: 🌐 www.piima.uz 📱 t.me/piimauz ⌨️ facebook.com/piima.uz 🖥 instagram.com/piima.uz Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1 📬 info@piima.uz ☎️ +998(71)207-40-48
#qabul_2025
#kundalik_com
🤩 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirish davom etmoqda.
📄Hujjat topshirishda o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabeli talab etiladi.
🟢Mazkur tabelni siz eMaktab platformasidan yuklab olishingiz va ariza topshirish saytiga yuklashingiz mumkin!
❗️E’tibor bering: ushbu tabelni alohida tarzda maktab direktori tomonidan tasdiqlatish talab etilmaydi.
#qabul_2025
#yangi_maktablar
🔔 DIQQAT, EʼLON!
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 2025/2026-o‘quv yilida yangi tashkil etilayotgan maktablar.
📍Toshkent viloyati Chinoz tumanida tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining filiali tashkil etilmoqda.
⏺Ushbu maktabga tabiiy yo‘nalishda taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan 7-, 8-, 9-sinflariga oʻquvchilar belgilangan kvota doirasida oʻqishga qabul qilinadi.
🌐 Batafsil
📝 Kvotalar
📆 Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🌍🌍🌍🌍🌍
Vazir soati: bogʻchalarga qamrov holati, 1-sinf va Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul jarayonlari muhokama qilindi
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonlari sifatini oshirish, 1-sinfga oʻquvchilarni qabul qilish hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi taʼlim muassasalariga qabul jarayonlarini tashkil etish masalalariga bagʻishlangan “Vazir soati” boʻlib oʻtdi.
Vazir Hilola Umarova maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrov koʻrsatkichini oshirish boʻyicha qator ishlar olib borilayotgan boʻlsada, ammo ayrim hududlarda bu boradagi ishlarni tashkil etishda sustkashlikka yoʻl qoʻyilayotganligini taʼkidlab oʻtdi.
Bizni kuzating:
#qabul_2025
#yangi_maktablar
🔔 DIQQAT, EʼLON!
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 2025/2026-o‘quv yilida yangi tashkil etilayotgan maktablar.
📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Buxoro, Xorazm, Fargʻona, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida filiallari tashkil etilmoqda.
Ushbu maktablarga taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-sinflar uchun oʻquvchilar belgilangan kvota doirasida oʻqishga qabul qilinadi.
🌐 Batafsil: https://portal.piima.uz/page/newschools
📆 Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2025
📣 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktabiga birinchi bosqich saralash imtihonlari spetsifikatsiyasi eʼlon qilindi!
📝Ushbu hujjatda imtihon savollari qanday manbalarga asoslanishi, savollar turlari va ularni baholash mezonlari haqida batafsil maʼlumot berilgan.
📚Maktabga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha nomzodlar va ularning ota-onalari ushbu spetsifikatsiya bilan albatta tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.
🪪 Maktabga o‘qishga ariza topshirish 25-iyungacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
🔺 Aloqa: @Alberuniyaloqabot
🤖 @piima_admission_chatbot
📞 Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
🗣Spetsifikatsiya bilan ushbu havola orqali tanishing:
🌐 https://portal.piima.uz/page/qabul-imtihon-materiallari-spesifikatsiyasi
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusining uchinchi yo‘nalishi – Prezident iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyati.
➖ Bu Hamjamiyat mamlakatning eng iste’dodli yoshlari — Prezident maktabi, Al-Beruniy xalqaro maktabi o‘quvchilari, “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlarini bir nuqtada birlashtiradi.
Bunda maxsus raqamli platforma orqali yoshlar o‘zaro tajriba almashadi, innovatsion g‘oyalarini muhokama qiladi. Shuningdek, davlat organlari va yirik kompaniyalar bilan bevosita muloqot qilish, mamlakat rivojiga doir muhim qarorlarda fikr bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
📝 Bundan tashqari, Hamjamiyat tomonidan yoshlar uchun xalqaro miqyosdagi forumlar, konferensiyalar va treninglarga qatnashish imkoniyati yaratiladi va ular yetakchi ish beruvchilar bilan bevosita hamkorlik qiladi.
Mamlakat rivojiga sezilarli hissa qo‘shayotgan fidoyi mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Yangi O‘zbekiston poydevorlari” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.
#Iqtibos
🔴 Tadbir davom etmoqda.
✅ “Prezident iqtidorli farzandlari”milliy dasturi doirasida O‘zbekiston bo‘ylab 3 000 nafar iqtidorli o‘quvchi tanlab olinadi va oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar asosida tayyorlanadi.
❗️Ushbu o‘quvchilar Harvard, Yale, Princeton, Upenn, Cornell kabi yetakchi universitetlarga qisqa muddatli kurslarga yuboriladi.
Mazkur universitetlarga o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilarning o‘qish xarajatlari «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiradi.
📊 Shuningdek, dastur doirasida har yili xorijiy oliygohlarda o‘qishga salohiyati mavjud umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari (respublika bo‘ylab 1 500 nafargacha) imtihon asosida saralab olinadi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#bizning_faxrimiz
⚡️10-sinf oʻquvchisidan 100 foizlik natija!
🤩 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi Gavhar Sindorova oʻzi tanlagan OTM yoʻnalishi boʻyicha Bilim va malakalarni baholash agentligining barcha sertifikatlariga ega boʻldi.
✅Oʻquvchimiz maktabni bitirishiga hali bir yil bor. Shunday boʻlsa-da muddatidan oldin maksimal 189 ballni naqd qilgan Gavhar bu natija bilan toʻxtab qolmoqchi emas. Xalqaro sertifikatlarni ham eng yuqori ballar bilan qoʻlga kiritib, nufuzli xorijiy oliygohlarga toʻliq grant asosida oʻqishga kirishni maqsad qilgan.
#bizning_faxrimiz
⚡️Muddatidan oldin 100 foizlik natija!
🤩 Uchko‘prik tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Mahmudjon Muhammadov oʻzi tanlagan OTM yoʻnalishi boʻyicha barcha sertifikatlariga ega boʻlib, muddatidan oldin oliygohga kirish imkoniyatini naqd qildi.
✅Hali 10-sinf boʻla turib, 189 ballni oldindan jamgʻargan oʻquvchimizning bu natijaga erishishida maktabi, ustozlari va ota-onasining katta hissasi bor.
💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Dolzarb_90_kunlik
#futbol
#gʻalaba
⚽️ Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichida so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi. Unda Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lgan jamoamiz o‘z maydonida Qatarni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
🤩 Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida tashkil etilgan yozgi innovatsion oʻquv mashgʻulotlarida bilim va salohiyatini oshirayotgan oʻquvchilarimiz mazkur oʻyinni jonli efirda bayramona atmosfera va haqiqiy doʻstona muhitda kuzatish imkoniyatiga ega boʻldi.
💫Mazkur gʻalaba oʻquvchilarimizga nafaqat zavq, balki oʻz rejalarini amalga oshirish, orzulari sari dadil qadam tashlash uchun katta ilhom va ishtiyoq bagʻishladi.
🇺🇿O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqishdagi matonati yoshlarimizga astoydil harakat qilinsa, Vatanimiz taraqqiyoti yoʻlida har qanday maqsadga erishish mumkinligini amalda koʻrsatdi.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Akademik_va_yoshlar
⚡️OʻZBEKISTON FANLAR AKADEMIYASI PREZIDENTI MAKTABIMIZDA
🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabida uchinchi an’anaviy "Akademiklar va yoshlar" kongressi oʻtkazildi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, Oʻzbekiston qahramoni Shavkat Ayupov, vitse-prezident Sirojiddin Mirzayev, akademik Sa’dulla Bahromov mazkur tadbirning faxriy mehmonlari sifatida ishtirok etib, o‘quvchilarimiz bilan muloqotda bo‘ldi.
Suhbat davomida fan sohasida erishilgan so‘nggi yutuqlar, innovatsion tadqiqotlar hamda O‘zbekistonda ilmiy faoliyatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy ishlanmalar, startap loyihalar va yangi tendensiyalar haqida so‘z bordi.
Uchrashuv yakunida mehmonlar Prezident maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ilmiy loyihalar va tajriba ishlari bilan tanishib, ularga yuqori baho berdilar.
Fan namoyandalari bilan shu kabi muloqotlar o‘quvchilarimizda ilmiy tafakkurni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Maktab oʻquvchilari oʻrtasida tashkil etilgan “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovlari yoshlarimiz orasida katta qiziqishlarga sabab boʻlmoqda.
Tanlovlarning respublika bosqichlari joriy yil 17-19-iyun kunlari Samarqand shahrida o’tkaziladi.
17-iyun kuni Registon maydonida ochilish marosimi.
18-iyun kuni “Hamid Olimjon” nomidagi musiqali drama teatrida “Turon maktab teatri” tanlovining respublika bosqichi.
19-iyun kuni “Nurafshon” sanʼat saroyida “Iqtidor maktab ansambli” tanlovining respublika bosqichi hamda taqdirlash marosimi “Boqiy shahar” majmuasida oʻtkazilish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun: Tanlovlar g’oliblari xorijiy davlatga taʼlim sayohatiga yuboriladi.
2-3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jamoalar maxsus sovgʻa (interaktiv doska)lar bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.
Respublika bosqichiga yoʻl olgan barcha ishtirokchilarga omad tilayman! Koʻhna Samarqandda uchrashguncha!
@hilola_umarova
#Dolzarb_90_kunlik
#innovatsion_yozgi_oromgoh
📍“Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohi ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning iqtidorli oʻquvchilarini qarshi oldi.
⏺“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida oʻquvchilarimiz oromgohdagi innovatsion yozgi oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etadi.
✅ Innovatsion yozgi oʻquv mashgʻulotlari oʻquvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlashni koʻzda tutib, shuningdek, IT va robototexnika, art dizayn, sport va intellektual o‘yinlar, kitobxonlik kabi yoʻnalishlarni ham oʻz ichiga oladi. Bunda oʻquvchilar o‘z iqtidorlarini namoyish etish, yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish va ijodiy fikrlash salohiyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
#qabul_2025
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
➖ Prezident maktablariga;
➖ Ijod maktablariga;
➖ Sport maktablariga;
➖ Ixtisoslashtirilgan maktablarga
2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli joriy yilning 20-iyungacha amalga oshiriladi.
Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida:
▪️1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshlagan;
▪️Murojaatchilar uchun qoʻshimcha ravishda maxsus piima_admission chatbot yaratildi;
▪️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarda maxsus shtablar tashkil etildi.
Mazkur shtablardagi malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatmoqda.
Hujjatlar qabuli onlayn shaklda my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
Hurmatli ota-onalar va aziz o‘quvchilar!
Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirib, kelajagingizga mustahkam zamin yarating!
@alisher_ubbiyev
#Dolzarb_90_kunlik
#innovatsion_yozgi_taʼtil
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi taʼtil davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish ishlari izchil olib borilmoqda.
📶 Tizimidagi maktablarda xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlov kurslari, sport, kasb-hunar, robototexnika, axborot texnologiyalari, sanʼat va kitobxonlik kabi yo‘nalishlarda yangicha mazmundagi to‘garaklar tashkil etilib, ularda o‘quvchilarga o‘z qiziqishlari va isteʼdodlarini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
#qabul_2025
#yangi_maktablar
🔔 DIQQAT, EʼLON!
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 2025/2026-o‘quv yilida yangi tashkil etilayotgan maktablar.
📝Ixtisoslashtirilgan maktablar quyidagi hududlarda aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishida tashkil etilmoqda:
📍Andijon viloyatida – Buloqboshi, Jalaquduq, Paxtaobod tumanlari;
📍Fargʻona viloyatida – Fargʻona, Quvasoy shaharlari;
📍Qashqadaryo viloyatida – Gʻuzor tumani;
📍Samarqand viloyatida – Bulungʻur tumani;
📍Toshkent viloyatida – Yuqori Chirchiq tumani;
📍Xorazm viloyatida – Gurlan, Urganch, Bogʻot tumanlari.
🌐 Batafsil: https://portal.piima.uz/page/newschools
📆 Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#trening
#boshqaruv_koʻnikmalari
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga kiruvchi maktablar rahbar xodimlari uchun AQA (Assessment and Qualifications Alliance) xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda maxsus trening mashgʻulotlari tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.
✅Mazkur trening doirasida zamonaviy ta’lim standartlari, yetakchilik kompetensiyalari va global baholash tizimlariga oid qator o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar ushbu jarayonlarda nafaqat nazariy bilim, balki real tajriba asosida chuqur bilimlarga ega bo‘lishdi.
#qabul_2025
#infografika
⏰ Agentlik tizimidagi maktablarga my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.
📊 Ushbu arizalarning 13-iyun soat 12:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Live
🔴 Ayni damda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining Respublika bosqichiga start berildi.
📍 Musobaqa jarayonlari poytaxtimizdagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida bo'lib o'tmoqda.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
✅✅✅✅
#Fotoreportaj
➖ Prezident iqtidorli farzandlari tashabbusining taqdimotiga bag‘ishlangan “Yilning eng quvonchli yangiligi” nomli tadbirdan fotoreportaj.
Bizni kuzating:
#Iqtibos
🌐 “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusining ikkinchi yo‘nalishi – Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining tashkil etilishi.
Maktabga O‘zbekistonning eng iqtidorli 8-sinf bitiruvchilari orasidan har yili 60 nafar o‘quvchi qabul qilinadi (joriy yilgi qabul jarayoni 25 iyunga qadar davom etadi).
➖Qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi:
✅✅
🔴 Ayni damda Prezident iqtidorli farzandlari tashabbusining taqdimotiga bag‘ishlangan “Yilning eng quvonchli yangiligi” tadbiri boshlandi.
Tadbir “Yangi O’zbekiston” universitetida bo‘lib o‘tmoqda.
🌐 JONLI EFIR
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#MBZUAI_grant_sohibi
#bizning_faxrimiz
⚡️Oʻquvchimiz sunʻiy intellekt boʻyicha eng nufuzli xorijiy oliygohning toʻliq grantini yutdi!
🤩 Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Saidamirxon Yusupov sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha dunyoning eng nufuzli va ilgʻor oliy ta’lim muassasalaridan hisoblangan Birlashgan Arab Amirliklaridagi Mohamed Bin Zayed University of Artificial Intelligence (MBZUAI) oliygohiga100 foizlik grant asosida o‘qish huquqini qo‘lga kiritdi.
✅Saidamirxon xalqaro va mamlakatimiz miqyosidagi matematika olimpiadalari, texnologik innovatsiya tanlovlari va ijtimoiy loyihalarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘z bilimi va salohiyatini amalda isbotlab kelmoqda.
➖ Ilm-fan va texnologiyalar sohasi bo‘yicha global miqyosda raqobatlasha olishga bel bogʻlagan mana shunday yoshlarimiz safi kundan kunga koʻpayotgani juda quvonarlidir.
💫Saidamirxonga bundan-da ulkan muvaffaqiyatlar va barkamollik yor boʻlishini tilaymiz!
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida o'qish pullikmi?
⚡️ Al-Beruniy maktabi davlat umumta'lim muassasasi hisoblanganligi sababli unda tahsil olish bepul.
💥 Bundan tashqari maktab internat shaklida bo'lgani uchun o'quvchilar yotoq va 5 mahal ovqat bilan ham ta'minlanadi.
✅ Ariza topshirish 25-iyungacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
❗️Eslatib o'tamiz, maktabga 8-sinfni bitirib, 9-sinfiga o'tgan o'quvchilar o'qishga ariza topshirishlari mumkin.
🔹Aloqa: @Alberuniyaloqabot
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
#qabul_2025
#infografika
⏰ Agentlik tizimidagi maktablarga my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.
📊 Ushbu arizalarning 11-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#trening
#boshqaruv_koʻnikmalari
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga kiruvchi maktablar rahbar xodimlari uchun AQA (Assessment and Qualifications Alliance) xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda maxsus trening mashgʻulotlari oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
📶 Treningning ikkinchi kunida AQA xalqaro taʼlim tashkiloti vakillari Samantha Twiselton va Ann Burgess tomonidan olib borilgan mashgʻulotlarda zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish, samarali yetakchilik, o‘qituvchilarni rag‘batlantirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan mavzular muhokama qilindi. Xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan metodik yondashuvlar ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.
#bizning_faxrimiz
⚡️BIR KUNDA 7 NAFAR OʻQUVCHI TALABALIKNI NAQD QILDI
🤩 Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining 7 nafar bitiruvchisi bir kunda Bilim va malakalarni baholash agentligining barcha sertifikatlarig ega boʻlib, oʻzlari tanlagan oliy ta’lim muassasasiga muddatidan oldin talaba boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.
🗣Umumiy hisobda 189 ball jamg‘arib, o‘zlarining bilimga chanqoqligi, intiluvchanligi orqali yuqori natija ko‘rsatgan bitiruvchilarimiz:
⏺Azizbek Muzaffarov;
⏺Durdona Roʻziyeva;
⏺Javohir Komilboyev ;
⏺Jasmina Rahmatullayeva;
⏺Suhrob Sultonov;
⏺Nozima Islomova;
⏺Ozodbek Hamidov.
💫 Oʻquvchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, ularning kelgusidagi oʻqish va ishlariga ulkan zafarlar tilaymiz!
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2025
#infografika
⏰ Agentlik tizimidagi maktablarga my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.
📊 Ushbu arizalarning 10-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#diqqat
⚡️ DIQQAT, TANLOV!
❗️Hurmatli lider va tashabbuskor rahbarlar! Siz bilan kelajak innovatsion taʼlimini birgalikda quramiz!
‼️ Siz taʼlim tizimida yangilik va o‘zgarish qilishga tayyormisiz? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi innovatsion fikrlovchi, ilgʻor va masʼuliyatli rahbar kadrlarni ixtisoslashtirilgan maktablarga ishga taklif etadi.
Top-10 talik universitetlarga kirish uchun yangi imkoniyat!
💥 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida respublikamiz va dunyo tajribasining eng ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassam etadigan zamonaviy o'quv dasturlari asosida ta'lim beriladi.
✨O‘quvchilar dunyoning yetakchi universitetlariga muvaffaqiyatli kirish uchun tayyorlanadi.
✅ Ariza topshirish 25-iyungacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
@alberuniyuzb