#baxtiyor_ona
Farzandim O'zbekiston bayrog'ini hilpiratayotgan videoni ko'rganimda, men ko'z yoshlarim bilan "nahotki, men buni oldin ham ko'rgan edim" - deya tomosha qildim.
Barcha onalarga farzandlari kamolini ko'rib yashash baxtini tilayman.
👉👉 t.me/PMTESTS
⚡️⚡️⚡️ PMTESTS Katta yutuqli olimpiadasi-2024 taqdirlash marosimi🏆
2023-2024-o'quv yilidagi katta yutuqli olimpiada 9-iyunda bo'lib o'tdi. Olimpiadada yuqori darajada ochiqlik, qattiq nazorat va shaffoflik ta'minlandi. Unda dastlabki uchta o'rinni olgan o'quvchilar quyidagilar bo'ldi.
1. Mirzabekov Sardorbek 🏆 (PMTESTS - 2024 Kubogi sohibi)
2. G'aybullayev Asilbek 🥈
3. Nosirov Ibrohimjon 🥉
G'oliblarga pul mukofotini Dizayn jamoasi a'zolari topshirdi. Taqdirlash marosimi videosini taqdim etamiz.
‼️2025-yil Katta yutuqli olimpiadaga saralash 2024-yil sentyabrdan boshlanadi‼️
👉👉 t.me/pmtests
#statistika_va_xulosalar
#AL_XORAZMIY_MAKTABI
✅ 2024-yil Al-Xorazmiy maktabi imtihonida raqobat rekord darajada yuqori bo'ldi. 120 ta o'ringa 15884 ta o'quvchi imtihon topshirdi. O'quvchilarning imithondan muvaffaqiyatli o'tish imkoniyati hatto 1%dan ham kam bo'ldi. Ya'ni, agar o'quvchilar bilimini bir xil deb hisoblasak, imtihondan yiqilish ehtimoli 99,25% ni tashkil qildi.
✅ Toshkent shahrining kirish ko'rsatkichi bo'yicha mutloq ustunligi biroz kamaydi (oldingi yilgidan 20 ta kamroq bo'ldi.)
✅ Viloyatlar ichida Namangan viloyati yetakchilikni Farg'onaga boy bermoqda. Prezident maktablari saralash imtihoni o'tish bali ham Farg'onada (72 ball) Namanganga (69,6 ball) nisbatan baland bo'ldi. Al-Xorazmiy maktabiga ham Namangandan kirgan o'quvchilar soni oldingi yilga nisbatan 12 taga kamaygan, Farg'onada esa 9 taga ortgan.
✅ Andijon viloyatida ham natijalar keskin ortgan. Oldingi yilga nisbatan al-Xorazmiy maktabiga 2 ta o'quvchi ko'proq kirganidan tashqari al-Xorazmiy maktabi Andijon filialiga qabul qilingan o'quvchilardan 9 tasi 88,8 balldan yuqori ball olgan.
- Samarqand filialiga qabul qilingan o'quvchilardan esa 4 tasi 88,8 balldan yuqori ball olgan.
- Nukus filialiga qabul qilinganlardan esa birortasi 88,8 dan yuqori ball ola olmagan.
✅ 2023-yil imtihonda birorta o'quvchisi Al-Xorazmiy maktabiga qabul qilinmagan 4 ta viloyatdan 2024-yilda 14 ta o'quvchi imtihondan muvaffaqiyatli o'tdi. (Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro va Xorazm)
👉👉 t.me/PMTESTS
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT maktabi kirish imtihoni natijalari - 2024 (Samarqand filiali)
Читать полностью…Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT maktabi kirish imtihoni natijalari - 2024 (TOSHKENT SHAHRI)
5-Sinflar (O‘tish bali: 88,8 ball)
#natija_2024
🌐 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod hamda tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalari hududlar kesimida roʻyxat shaklida portal.piima.uz saytiga joylashtirildi:
🔗 https://portal.piima.uz/page/results
🌐Qolaversa, Agentlik tomonidan mandat.piima.uz platformasi test rejimida ishga tushirildi.
🗣Ushbu platforma orqali Agentlik tizimidagi maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchining imtihondan olgan natijalarini ariza raqami va shaxsini tasdiqlovchi hujjat raqami boʻyicha aniqlash, shuningdek, maktablar kesimida imtihon natijalarini roʻyxatini koʻrish imkoniyati mavjud.
📍Maʼlumot uchun, Agentlik tizimidagi hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalarining roʻyxat shaklidagi koʻrinishi barcha maktablarga yetkazildi. Hujjat topshirgan maktabingizga murojaat qilib ushbu roʻyxat bilan tanishishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
⁉️Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar imtihoni natijalarining to'liq ro'yxati hali ham e'lon qilinmadi⁉️
✅ O'tgan o'quv yilida natijalarning to'liq ro'yxati pdf shaklida e'lon qilingan va ota-onalar farzandlari o'rnini ko'rib natijalarni tahlil qila olgan edi. Bu yilgi ro'yxat nima uchun e'lon qilinmayotgani ko'pchilik ota-onalarda savollar tug'dirmoqda. Tavsiyamiz, buni Agentlikning o'zidan (1206) aniqlashtirish lozim.
✅ Oldingi yillarda natijasidan norozi ota-onalar apellatsiya arizalarini berishi mumkin bo'lgan. 2023-yilda Tayanch (Al-Xorazmiy) ixtisoslashtirilgan maktablariga 600 ga yaqin, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga 3000 dan ortiq apellatsiya arizalari berilgan. Bu yil ham apellatsiya berish tartibi bo'yicha rasmiy xabarlar berilishi kerak.
👉👉 t.me/pmtests
‼️ Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar imtihon natijalari bugun e'lon qilinishi rejalashtirilgan‼️
✅ Al-Xorazmiy maktabi va boshqa tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun kirish imtihonlari 9-10-iyul kunlari bo‘lib o‘tdi! Nizom bo'yicha natijalar 20 kun ichida e'lon qilinishi kerak. Demak, Al-Xorazmiy maktabi imtihon natijalari BUGUN 29-iyulda e'lon qilinishi kerak.
👉👉 T.ME/PMTESTS
📌 Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Bunda kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi.
👉👉 @PMTESTS
🟢 Bugungi Prezident maktabi 2-bosqich imtihonida barcha o'quvchilarga muvaffaqiyat tilaymiz‼️
✅ Prezident maktabi Asosiy imtihonida barcha o'quvchilardan yuqori natijalar kutib qolamiz. Barcha o'quvchilarga ota-onalar va ustozlar ishonchini oqlab yuzlari yorug' bo'lishi nasib qilsin!!
✅ Bugungi imtihonda o'quvchilarning vazifasi bor bilim va imkoniyatni ishga solib savollarga to'g'ri javoblarni belgilashdir. Eng munosib o'quvchilarga Prezident maktabi o'quvchisi bo'lish nasib qilsin!!
👉👉 @PMTESTS
⚡️⚡️⚡️ Ixtisoslashtirilgan maktablar imtihon natijalari e'lon qilingan edi‼️
Ammo, sayt qotib qolgani sababli natijalarni aniqlash imkoni bo'lmayapti.
👉👉 T.ME/PMTESTS
#imtihon_2024
#namuna_2023
✔️Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqichini topshiruvchi nomzodlar uchun javoblar varag'i namunasi.
👉👉 t.me/pmtests
45-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi natijalari.
💡 Test yakunlandi!
🔰 Test kodi: 92832
👨 Test qatnashchilari: 415 ta
📝 Kalitlar: 1-B 2-A 3-B 4-B 5-D 6-C 7-C 8-C 9-C 10-C 11-B 12-B 13-C 14-C 15-B 16-C 17-A 18-D 19-D 20-B
🔔🔔 "ASOSIY IMTIHONga tayyorgarlik" kanaliga 87-muammoli masalalar mavzu testi bugun 18:00 da yakunlanadi.
"Asosiy imtihonga tayyorgarlik" kanalida BARCHA e'lon qilingan namunaviy savollar va eng muhim 20 dan ortiq mavzular sodda tilda tushuntirilgan va barcha testlarga videotahlillar joylab borilmoqda.
Bugun kanalda oxirgi mavzu testi tashlanadi va takrorlash darslari ham bo'lib o'tadi.
Kanalga ulanish narxi - 💰200 ming so'm (400ming so'm)
🔰Hoziroq chegirma narxda kanalimizga a'zo bo'ling!!
🧑💻Murojaat uchun:
@PMTESTS_ADMIN
@PMTESTS_ADMIN
@PRTAYYORLOV
@PRTAYYORLOV
tel☎️: +998983383434
⁉️ Prezident maktabi asosiy imtihoni natijalari qachon e'lon qilinadi⁉️
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida e'lon qilinadi.
Farg'ona viloyatidagi ko'rsatkichlarning yaxshilanishi va Namangan viloyatidagi ko'rsatkichlarning biroz tushishi aynan raqobat bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
✅ Biz qurmoqchi bo'lgan tizimning (bozor iqtisodiyoti) yutug'i ham, kamchiligi ham aynan raqobatda. Tizimning yutug'i shundaki, bir nechta o'yinchilar doimiy raqobat qilishadi, imkoniyatlar nisbatan teng taqsimlanadi va sohada o'sish kuzatiladi. Tizimning kamchiligi esa o'sha raqobatning so'nishi yoki o'yinchilarga teng imkoniyat berilmasligida bo'ladi. Bunda kam sonli o'yinchilarga kengroq imkoniyatlar beriladi. Ular esa imkoniyatlarning bir qismidangina foydalana oladilar va natija kutilganidek bo'lmaydi.
✅ Farg'ona viloyatida Prezident maktablariga tayyorlovchi bir qancha o'quv markazlari bo'lib, ularda imkoniyatlar nisbatan teng taqsimlanganini kuzatish mumkin. Ya'ni har bir markazning iqtidorli o'quvchilari mavjud bo'lib, ular o'z markazlarining natijalarini yaxshilab kelmoqdalar. Har bir iqtidorli o'quvchiga kerakli e'tibor va rivojlanish uchun zarur sharoit yaratib berilmoqda.
✅ Namangan viloyatida esa ota-onalar iqtidorli farzandlarini ma'lum bir markazlargagina olib borib tayyorlashni ma'qul ko'rishmoqda. O'quv markazlariga teng imkoniyatlar berilmagani sabab, raqobat biroz kamaygan. Ko'p sonli iqtidorli o'quvchilarga ega bo'lgan o'quv markazlari ularning ma'lum qismigagina kerakli e'tibor va rivojlanishi sharoit yarata oladi. Ma'lum qismi uchun aslida boshqa joylarda tayyorlanish foydaliroq bo'lishi mumkin.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT maktabi kirish imtihoni natijalari - 2024 (Nukus filiali)
Читать полностью…Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT maktabi kirish imtihoni natijalari - 2024 (Andijon filiali)
Читать полностью…⚡️⚡️Toshkent shahridagi "CURIOSITY" o'quv markazida Prezident maktabi tayyorlov kursiga qabul boshlandi!
Farzandingiz "CURIOSITY" o'quv markazida tajribali ustoz @PMTESTS kanali asoschisi Asrorbek Jumanazarov qo'l ostida prezident va al-Xorazmiy maktablariga tayyorlanadi.
✅ O'quv markazimiz kam sonli o'quvchilar bilan yuqori natijalarga erishib kelayotgan Respublikadagi yetakchi markazlardan hisoblanadi. 2023-yilda ustoz Asrorbek Jumanazarovning 7 ta o'quvchisi Prezident maktablariga qabul qilingan.
2024-yilda;✅ Markazimizda yuqori darajada tayyorgarlik ko'rish uchun samarali dasturlar, yirik testlar bazasi va ilg'or metodikaga ega ustozlar jamoasi mavjud.
- 33 ta o'quvchimiz Prezident maktabi saralash imtihonidan muvaffaqiyatli o'tdi;
- 21 ta o'quvchimiz Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilindi
- 3 ta o'quvchimiz Al-Xorazmiy maktabi imtihonidan muvaffaqiyatli o'tdi;
(Natijalar Curiosity telegram kanalida e'lon qilib boriladi)
‼️O'quvchilar sinov asosida qabul qilinadi. Qabul uchun sinov test 10-avgust 10:00 da bo'lib o'tadi‼️
#apellatsiya_2024
📝 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 30-31-IYUL, 1-AVGUST KUNLARI QABUL QILINADI
➖Ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
➖Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi.
➖ Apellatsiya bo'yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi.
🌐 Arizalarni maktablar kesimida quyidagi havolalar orqali yuborishingiz mumkin.
⚪️ Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar uchun
⚪️ Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun
⚪️ Ijod maktablari uchun
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
‼️ ‼️IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI‼️
🔔🔔Joriy yilning 9-10-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino hamda Mirzo Ulug'bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.
📌 Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambot orqali bilishingiz mumkin:
🤖 @Piimaa_tayanch_natija_2024_bot
❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.
👉👉 T.ME/PMTESTS
Bugun madhiyamizni “Olamni mahliyo aylagan Diyora” deb bir marta o’zgartirib aytsak, noto’g’ri bo’lmas-a?
👉 @xushnudbek 👈
Maxsus maktablarga imtihon topshirgan ilmga chanqoq o’quvchilarimiz misoli – ZAMZAMdir.
Zamzam suvi bu - zamzam qudug‘idan chiqadigan mo‘jizaviy va muqaddas suvdir. U boshqa barcha suvlarning sayyidi, eng afzali, eng sharaflisi va eng qadri balandi hisoblanadi. U dunyoda tarkibida mikroorganizm va bakteriyalar bo‘lmagan yagona sof suv.
✅ Zamzam suvini butun dunyo hojilari o’z yurtlariga olib ketadilar. Ushbu suvning olib ketilgani (tanlangan) ham, quduqda qolgani ham aziz va mo’tabar hisoblanadi.
👉 Bizlar uchun imtihon topshirgan beg’ubor o’quvchilarimiz ushbu imtihondan o’tsalar ham, o’ta olmagan bo’lsalar ham AZIZ va QADRLIdir. Ular har qanday vaziyatda boshqa barcha xalqlarning eng ilgori, eng bilimlisi va eng sharaflisi bo’lib voyaga yetishadi.
✅ Zamzam suvi to‘yimli taom va kasallikdan shifodir. U nima niyatda ichilsa, o‘sha niyatning ro‘yobga chiqishiga sabab bo‘ladi.
👉 Jamiyatimiz ilg’or mutaxassislar yetishmasligi sababli taraqqiyot yo’lidagi ochlik va madorsizlikda qolgan insonga o’xshaydi. Ilmga chanqoq yoshlarimiz yetuk mutaxassis bo’lib, O’zbek xalqining taraqqiyot yo’lida yugurishi, kerak bo’lsa uchishini ta’minlashadi. Ular jamiyatimizdagi muammolarga yechim topadilar. Turli illatlarga barham beriladi. Har bir yosh o’ziga berilgan vazifani, o’z oldiga qo’ygan maqsadini mukammal tarzda ro’yobga chiqaradi.
✅ Agar zamzam suvidan boshqa oddiy suvlarga aralashtirilsa mazkur oddiy suv barakot va fazilat kasb etadi. Ya’ni zamzam suvi unga ta’sir o’tkazadi va oddiy suv ham o’zida zamzamning xususiyatlarini ko’rsatadi.
👉 Ba’zi bilimsiz yurtdoshlarimiz buyuk xalq vakili bo’lishiga qaramasdan boshqa xalqlardan ta’sirlanadilar. Ularning yolg’onlariga ishonadi, o’zga madaniyatlarni qabul qiladi, o’zini ular oldida xor qiladi. Ammo, bilimli yoshlarimiz boshqalardan ta'sirlanmaydi, balki ularga ta’sir o’tkazadilar. Ular o’zining to’g’ri yo’lidan hech qachon qaytishmaydi. Ular o’zbek xalqining buyukligini amalda isbotlab berishadi. Kerak bo’lsa, ilm-ma’rifat bilan boshqalarga xalqimizning madaniyati va qadriyatlarini yoyadilar.
Hurmatli yoshlar, Sizlarni buyuk kelajak kutmoqda. Sizlarning zaif, bilimsiz, boshqalardan ta’sirlanadigan, sovun ko’pig’i kabi kuchsiz shabboda ham uchirib ketadigan bo’lishga haqqingiz yo’q! Agar biror imtihondan o’tmagan bo’lsangiz bu siz uchun kichik shabboda. Siz ilm yo’lida mustahkam turing!
#imtihon_natijalari_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
🔔 IMTIHON NATIJALARI EʼLON QILINDI!
📆 Joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga oʻtkazilgan imtihon natijalari eʼlon qilindi.
✅ Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:
🤖 @Piima_2024_natija_1_bot
🤖 @Piima_2024_natija_2_bot
🤖 @Piima_2024_natija_3_bot
🤖 @Piima_2024_natija_4_bot
🤖 @Piima_2024_natija_5_bot
❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.
‼️ESLATMA! Ertaga kunning ikkinchi yarmida hududlar kesimida ham ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalari (ro’yxati) Agentlikning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.
‼️ Ixtisoslashtirilgan maktablar imtihon natijalari yaqin soatlarda e'lon qilishi kutilmoqda‼️
✅ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 4-,5-,6-iyul kunlari bo‘lib o‘tdi! Nizom bo'yicha natijalar 20 kun ichida e'lon qilinishi kerak. Demak, ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlari natijalari BUGUN 26-iyul yaqin soatlarda e'lon qilinishi kerak.
👉👉 T.ME/PMTESTS
#eslatma
🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARNING YAKUNIY IMTIHON JAVOBLARI TEZ KUNLARDA EʼLON QILINADI
📆 4-, 5-, 6-iyul kunlari boʻlib oʻtgan ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 26-iyul kuni;
📆 9-, 10-iyul kunlari boʻlib oʻtgan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 29-iyul kuni;
📆 10-iyul kuni boʻlib oʻtgan ijod maktablariga 3-bosqich kirish imtihonlarining natijalari esa shu yilning 27-iyul kuni eʼlon qilinishi rejalashtirilmoqda.
🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Test kodi: 92832
Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining ✅Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 92832 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
⚡️⚡️⚡️Bugun kanalimizda 45-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi‼️
BUGUN soat ⏰20:00 da kanalimizda Prezident maktablariga tayyorgarlikni boshlayotgan o'quvchilar uchun 45-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi. Testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko‘ring!
Ushbu test 2023-2024-o'quv yilidagi oxirgi Tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib, faqat NANUMAVIY SAVOLLARDAN tashkil topgan.
👉👉 t.me/pmtests
⚡️⚡️⚡️ PMTESTS.UZ saytidagi Asosiy imtihon NAMUNAVIY savollari bilan bilimingizni sinab ko'ring‼️
Hozirgi kungacha Rasmiy sahifalarda e'lon qilingan barcha Namunaviy savollar PMTESTS.UZ saytining "Muammoli masalalar" bo'limiga yechimlari bilan joylangan. Imtihon topshiruvchi o'quvchilarga quyidagi testlarni yechib ko'rishini tavsiya qilamiz:
✅ Saytning "Muammoli masalalar" bo'limidagi 4-test
(2019-yildan 2023-yilgacha e'lon qilingan barcha Namunaviy savollar 73 talik test)
Test yechish narxi - 40 ming so'm
✅ Saytning "Muammoli masalalar" bo'limidagi 33 va 34-testlar
(2024-yilda e'lon qilingan 2022-yil tushgan testlar savollar 20 tadan)
Har bir testni yechish - 5000 so'm (8000so'm)
Saytdan test yechishning afzalligi testni yechgandan so'ng, o'quvchi o'z natijasini bilib oladi va yechimlarni ko'rish tugmasi o'rqali bilmagan savollarini qanday yechishni o'rganib oladi.
👉👉 Saytdan test yechish
👉👉 Saytdan foydalanish yo'riqnomasi