postdarasmiy | Unsorted

Telegram-канал postdarasmiy - POSTDA|Rasmiy kanal

10302

Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Бирлашган таҳририяти хабарлари 🌐 Веб-сайт : www.postda.uz 📨 E:mail: info@postda.uz

Subscribe to a channel

POSTDA|Rasmiy kanal

Қарши шаҳрида пиёдаларнинг тартибсиз ҳаракатини чеклаш мақсадида ўрнатилган темир панжараларга зарар етказиб, жамоат тартибини бузган 2 нафар фуқарога нисбатан жавобгарлик чоралари кўрилди.
👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

#NAZORAT

❗️Davlat raqam belgisini yechib harakatlanish holatlari yuzasidan kuchaytirilgan reyd tadbirlari oʻtkazildi


IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan Toshkent viloyati boʻylab yuqoridagi qoidabuzarlik holatlari yuzasidan nazorat-reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda. Unutmang, umr tezlikdan muhim!

@Postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

“ҚЎНҒИРТОҒ”ДА АМАЛИЙ МАШҒУЛОТЛАР

Қашқадарё вилояти ИИБ бошлиғининг тегишли буйруғига асосан, “Қўнғиртоғ” дала полигонида ички ишлар органларининг ҳудудий бўлинмалари навбатчилик қисми ҳамда ички ишлар органлари биноси қўриқловига жалб этиладиган ходимлар билан фавқулодда вазиятларда жанговар қуроллар ва махсус воситаларни қўллаш, уларнинг техник-тактик хусусиятлари, тўлиқсиз қисмларга ажратиш ҳамда жанговар қуроллардан ўқ отиш бўйича амалий машғулотлар ўтказилди.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv

Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov tuman IIOFMB profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv otkazdi. Tadbirda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolar xavfsizligini taminlash masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida hokim inspektorlarning joriy faoliyati, erishilgan natijalar va mavjud muammolar bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, jinoyatchilik darajasi mahallalar kesimida alohida etirof etildi.
Hokim inspektorlar fuqarolar bilan davlat ortasidagi ishonchli koprik ekani, ular orqali xavfsizlik va barqarorlik taminlanishini takidladi. Mazkur uchrashuv profilaktika tizimidagi islohotlarni yanada takomillashtirish, hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Oz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

#JUMBOQ

Tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino ikki narsa go'dakning tanasini chiniqtiruvchi vositalardir degan. Birinchisi alla. U ruhiy ozuqa beradi. Ikkinchisi aynan go'dakning tanasini chiniqtiruvchi predmet hisoblanadi.
Diqqat savol: Ikkinchi predmet nima?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: /channel/postda_muloqot

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Butunjahon allergiyaga qarshi kurash kuni.
Tojikistonda Nogironlar va keksalar kuni.
Ukrainada Oila kuni.
Rossiyada Oila, sevgi va sadoqat kuni.

#muhim_voqealar
Mil. av. 52 yil – Parij (Lyutetsiya) tashkil topgan kun.
1796-yil – AQSh Davlat departamenti birinchi AQSh fuqarosi pasportini berdi.
1920-yil – Ingliz mustamlakasi Sharqiy Afrika  Keniya deb nomlandi.
1994-yil – O‘zbekiston Respublikasi hamda Quvayt  bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun.
1998-yil – Google asoschisi  Larry Page “To google” (o‘zbekcha: gugllash) feʼlini so‘zlar ro‘yxatiga kiritdi.
👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

#ИҚТИБОС

Ҳамма одамлар адашади, бироқ буюк одамларгина адашганини тан олади.

© Бернарле Фонтенель,
Француз ёзувчиси.


@Postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

#mutolaa_zavqi
«Navoiy» romani

O'zbek adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qo`shgan taniqli adib, shoir va jamoat arbobi Oybek tomonidan yaratilgan ushbu roman oʻzbek va rus tillarida bir necha marta nashr etilgan. Bundan besh asr oldin yashab o'tgan ulug' shoir va mutafakkir Alisher Navoiy siymosini aniq va yaqqol tasavvur etish buyuk yozuvchigagina xos.
Oybek ushbu asarni yaratishda Navoiyning turkiy til va adabiyotga boʻlgan munosabati tasviridan ham oʻrinli foydalangan. Asarda Navoiy obraziga xos sofdillik, qat'iyat va olijanoblik kabi fazilatlar ochib berilgan. Darhaqiqat, «Navoiy» romani oʻzining badiiy-estetik qimmati, mazmun-mohiyati, badiiy-tasviriy vositalarga limmo-limligi, voqealarning izchilligi, tarixiy haqiqatning koʻzgusi bo'lgani, qahramonlarning bir-biri bilan, ya'ni toʻqima va tarixiy obrazlarning uyg'unlashganligi bilan ham yuksak tahsin va e'tirofga loyiq asardir.
Batafsil 👉
👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

МЎМАЙ ДАРОМАД ИЛИНЖИДА

“Қорадори 2025” тезкор профилактик тадбири доирасида Хатирчи тумани ИИБ ТҚХ ЖҚБ ходимлари “Деҳқонобод” маҳалласида истиқомат қилувчи 50 ёшли киши мўмай даромад илинжида томорқасидан 168 туп каннабис гиёҳвандлик ўсимлигини парвариш қилаётганлигини аниқлашди. Бундан ташқари, унинг хонадонидан 260 грамм қуритилган заҳри қотил топилди.
Навбаҳор туманининг “Чорвоқгузар” маҳалласида яшовчи 1976 йилда туғилган аёл ҳам ҳовлисида 19 туп каннабис гиёҳвандлик ўсимлигини ўстираётгани маълум бўлди. Ҳар иккала ҳолатда ҳам ашёвий далиллар холислар иштирокида расмийлаштириб олинди. Айни пайтда гумон қилинувчиларга нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, дастлабки тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
Маҳлиё ХОЛОВА,
ўз мухбиримиз.
Навоий вилояти.

👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

#JUMBOQ

XIX asrda Hindiston hududida kobralar nihoyatda ko‘payib ketdi. Ular hatto odamlarning uylariga ham kira boshladi. Britaniyalik amaldorlar ilonlarning sonini qisqartirish maqsadida har bitta o‘ldirilgan kobra uchun mukofot berilishini e'lon qilishdi. Hindlar mukofot olish ilinjida ilonlarni yoppasiga qira boshlashdi. Qisqa vaqt ichida gazandalarning soni ancha kamaydi. Ammo oradan muayyan vaqt o‘tgach, hokimiyat vakillari mukofot berilishini bekor qilishdi.
Savol: nima uchun britaniyalik amaldorlar o‘z qarorini bekor qildi?

Ushbu savolga Ismoiljon, Sardor, Yunusov, Mansur, Jo'rabek kabi o'quvchilarimiz to'g'ri javob yo'llashdi. Bilimdonlarga omad yor bo'lsin!

Javob: Chunki ayrim kimsalar kobralarni uyida ko‘paytirib, keyin o‘ldirib, o‘ligini mukofot olish uchun topshira boshlashgan edi.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Қашқадарё вилояти ТХТБ ходимлари ҳамда “Темир йўл вокзаллари” МЧЖ ҳудудий бўлимининг Қарши вокзалида ишловчи ишчи-хизматчилари билан ҳамкорликда вокзалга ташриф буюрувчилар ва йўловчиларнинг хавфсизлиги таъминланиб, уларга юқори сифатли хизматлар кўрсатиш йўлида астойдил хизмат қилиб келинмоқда.
👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

O‘quv-yig‘ini tashkil etildi

IIV Namangan akademik litseyida viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati tarkibiga kiruvchi patrul-post, yo‘l-patrul, huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya bo‘linmalari xodimlari uchun jangovar, jismoniy hamda axloqiy-psixologik tayyorgarlik yo‘nalishlarida o‘quv-yig‘ini tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotlarida harbiy nizomlarning huquqiy va amaliy ahamiyati, ichki ishlar organlari faoliyatidagi o‘rni, harbiy intizomni mustahkamlash, xizmat vazifalarini qonuniylik va mas’uliyat asosida bajarish zaruriyati haqida batafsil tushunchalar berildi. Yig‘in ishtirokchilari yangi talablarni xizmat faoliyatida to‘g‘ri va samarali qo‘llash bo‘yicha muhim tavsiyalar bilan tanishtirildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.

👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Baliqchilik xo'jaliklarida

Ayni kunlarda IIV Aydar-Arnasoy ko'llar tizimini muhofaza qilish boshqarmasi hamda viloyat FVB xodimlari baliqchilik xo'jaliklari jamoalari bilan muloqotlar o'tkazayotir. Bu jarayonda cho'kishning oldini olish, suzish davomida va suvda harakatlanuvchi vositalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berilyapti.
O'z muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Faxriy ustozlar doimo eʼtibor va eʼzozda

Namangan viloyati Ichki ishlar organi tizimida uzoq yillar samarali xizmat qilib, yosh avlodga o‘rnak bo‘lgan, hozirda nafaqa gashtini surayotgan isteʼfodagi kapitan Alisher Musaboyev o‘zining 60 yoshini qarshilamoqda.
Shu munosabat bilan Chortoq tuman IIB rahbariyati hamda Faxriylar kengashi aʼzolari bilan birgalikda faxriy xodim xonadoniga borib, boshqarma rahbariyatining tabriknomasi o‘qib eshittirildi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.

👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

#JUMBOQ

Mingboshi, qo‘shbegi, botirboshi, valiy noib, qal’abon, qo‘rboshi, yovar, to‘pchiboshi, to‘qsabo, ponsadboshi, xos soqchilar, qozi askar, qozi rais, 5 kishilik guruh. Bular Qo‘qon xonligidagi harbiy mansablar. Ularning birini vazifasi tayin. Masalan, Mingboshi –oliy qo‘mondon, qo‘shbegi –o‘z qo‘shiniga ega beklik hokimi, to‘qsabo –o‘z tug‘iga ega bo‘lgan harbiy bo‘linma boshlig‘i, to‘pchiboshi –to‘pchilar bo‘linmasi boshlig‘i va hokazolar.
Savol: Botirboshining vazifasi qanday bo‘lgan?

Ushbu savolga Inoyatova Elnora, Qurbonov Ulug'bek, Risqulova Muslima kabi o'quvchilarimiz toʻgʻri javob yoʻllashdi. Bilimdonlarga omad tilab qolamiz.

Javobi: Beklikdagi harbiy ishning ahvoli uchun ma’sul.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Ekoreyd o‘tkazildi

Viloyat IIB JXX JTSB patrul-post xizmati bataloni hamda viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari Do‘stlik tumanida reyd o‘tkazdilar. Mazkur jarayonda belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash, g‘alladan bo‘shagan maydonlarni yoqib yuborish kabi 9 ta huquqbuzarlik aniqlandi.
O‘z muxbirimiz.
Jizzax viloyati.

👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

#JUMBOQ

Tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino ikki narsa go'dakning tanasini chiniqtiruvchi vositalardir degan. Birinchisi alla. U ruhiy ozuqa beradi. Ikkinchisi aynan go'dakning tanasini chiniqtiruvchi predmet hisoblanadi.
Diqqat savol: Ikkinchi predmet nima?

Ushbu savolga Ismoiljon, Risqulova Muslima, Qurbonov Ulug'bek kabi o'quvchilarimiz to'g'ri javob yo'lladi. Ofarin! Bilimdonlarga omad tilab qolamiz.

Javob: Beshik.
👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Хавфсиз ҳаёт сабоқлари

“Қўшчинор” болалар соғломлаштириш оромгоҳида Самарқанд вилояти Ички ишлар бошқармасининг жисмоний ва жанговар тайёргарлик бўлими ходимлари томонидан бир қатор тадбирлар ташкил этилди.
Ушбу учрашув давомида болаларга хавфсиз ҳаёт сабоқлари тушунтирилиб, ҳуқуқ-тартибот идоралари фаолияти ҳақида қизиқарли маълумотлар берилди. Шунингдек, турли интерактив ўйинлар, викториналар ва беллашувлар ташкил қилинди. Ғолибларга эсдалик совғалари улашилди, оромгоҳ майдонида болалар ва ходимлар ўртасида спорт тадбирлари ўтказилди.

Бу каби ташаббуслар болалар қалбида ички ишлар органларига нисбатан ишонч ва дўстона муносабат уйғотади. Энг муҳими, уларнинг маънавий-ахлоқий тарбиясига ҳисса қўшади.

Самарқанд вилояти
👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

#ҚИЗИҚ_ФАКТ

Дунё спорт оламидаги энг катта медаль 2019 йил БААда Абу-Даби ва Макка ўртасидаги пойгада ғалаба қозонгани учун Халид Ал Сувейдийга топширилган. Медалнинг диаметри 1,49 метрни ташкил қилган.

@Postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

SHIFOKOR RAG‘BATLANTIRILDI

Respublika narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali oliy toifali shifokori Elbek Dilov kechki navbatchilik vaqtida sovuq qurol bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan fuqaroni zararsizlantirib, vaziyatni nazorat ostiga oldi. U yuqori professionallik, fidoyilik va mas’uliyat bilan harakat qilib, fuqaroning hayotini saqlab qolishda muhim rol o‘ynadi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Kiberjinoyatchilikni oldini olish uchun

Namangan viloyati IIB Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan Namangan shahrida joylash “Sardoba” bozori va “Megapolis” savdo majmuasida, aholining kibermadaniyatini yuksaltirishga va fuqarolar orasida kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

❗️Оила ва хотин-қизлар қўмитаси раисининг ўринбосарлари тайинланди

Бу ҳақда Оила ва хотин қизлар қўмитаси ахборот хизмати маълум қилди.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли қарорига мувофиқ, Оила ва хотин-қизлар қўмитаси раҳбариятига янги тайинловлар амалга оширилди.

Унга мувофиқ, қўмита раисининг биринчи ўринбосари лавозимига Абдуллаева Умида Ҳазратовна, қўмита раиси ўринбосари лавозимига эса Нурматова Мукаррам Ахмедовна тайинланди.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

АЁЛЛАРНИ ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯ ҚИЛИШГА БАҒИШЛАНДИ

Урганч шаҳрида хотин-қизларнинг иш билан банд бўлмаган қисмини касб-ҳунарга ўқитиш ва бандлигини таъминлаш мақсадида “Бўш иш ўринлари меҳнат ярмаркаси” ташкил этилди. Шаҳар ИИОФМБ ҳамда Адлия бўлими ҳамкорлигида ўтказилган мазкур тадбирга шаҳар ҳудудидаги ижтимоий ҳимояга муҳтож бўлган хотин-қизлар таклиф этилди. Улар бу ерда тегишли ташкилотлар томонидан касб-ҳунар ўргатиш бўйича амалга оширилаётган ишлар, яратилган шароитлар билан яқиндан танишишди. Шундан сўнг уларга шаҳар ҳудудида мавжуд бўлган бўш иш ўринлари таклиф этилди ва тегишли тартибда шартномалар имзоланди.
Тадбирда соғлигида муаммолари бўлган аёллар чуқурлаштирилган тиббий кўрикдан ўтказилиб, тажрибали шифокорлар томонидан даво муолажалари белгиланди.
“Меҳнат ярмаркаси”да давлат ва жамоат ташкилотлари масъул вакиллари иштирок этиб, аёлларнинг муаммолари, хоҳиш ва истакларини эшитишди ҳамда тегишли тавсиялар беришди.
Ўз мухбиримиз.
Хоразм вилояти.

👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

AMALIY O‘Q OTISH MASHQLARI

Viloyat ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida IIV Buxoro akademik litseyida joylashgan zamonaviy elektron tirda amaliy o‘q otish mashqlari o‘tkazildi. Olib borilgan mashg‘ulotlar xodimlarning jangovar, jismoniy va psixologik tayyorgarligini yanada mustahkamlab, ularning kasbiy mahoratini oshirishga hissa qo‘shadi.
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.

👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

VAZIR FUQAROLARNI QABUL QILDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi. Qabul jarayonida Baxtiyar Torebekov tomonidan fuqarolar, shuningdek yuridik shaxslar va ularning qonuniy vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, 22 ta fuqaroning ichki ishlar organlariga taalluqli bo‘lgan murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan manzilli chora-tadbirlar belgilanib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga bajarish muddatlari aniq belgilangan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

@Postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

ХОДИМЛАР САХОВАТЛИ ИШДА ҲАМ ШАЙ

Самарқанд вилояти ИИБ Тезкор вазифаларни бажарувчи сафарбар отряди ходимлари "Инсон қадри учун" лойиҳаси доирасида Пайариқ тумани, “Жавшарота” маҳалласида яшовчи, боқувчисини йўқотган Саида Ўроқованинг хонадонида бўлиб, унинг ҳолидан хабар олишди.
Саида Ўроқова айни пайтда тўрт нафар фарзандни ёлғиз ўзи боқиб катта қилмоқда. Бир вақтлар яхши ниятлар билан қурилиши бошланган иморатининг тиклаш ишлари тўхтаб қолган. Эндиликда уй-жой қуриш учун анчагина қийналиб қолган бу оила вакилларининг қувончига қувонч қўшиладиган бўлди. Ички ишлар органлари ходимларининг ташаббуси ва ҳомийлик ёрдами билан яна қурилиш-таъмирлаш ишлари бошланди.

Тезкор вазифаларни бажарувчи сафарбар отряди ходимлари ушбу оиланинг турмуш шароитини яхшилаш ва совуқ кунлар бошлангунга қадар уларнинг уйини қуриб, битказиб беришга кўмаклашмоқда.

Самарқанд вилояти.
👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

#JUMBOQ

XIX asrda Hindiston hududida kobralar nihoyatda ko‘payib ketdi. Ular hatto odamlarning uylariga ham kira boshladi. Britaniyalik amaldorlar ilonlarning sonini qisqartirish maqsadida har bitta o‘ldirilgan kobra uchun mukofot berilishini e'lon qilishdi. Hindlar mukofot olish ilinjida ilonlarni yoppasiga qira boshlashdi. Qisqa vaqt ichida gazandalarning soni ancha kamaydi. Ammo oradan muayyan vaqt o‘tgach, hokimiyat vakillari mukofot berilishini bekor qilishdi.
Savol: nima uchun britaniyalik amaldorlar o‘z qarorini bekor qildi?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: /channel/postda_muloqot

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

8 КИШИГА ЙЎЛЛАНМА БЕРИЛДИ

Қарши шаҳар ИИОФМБ ЖХХ Пробация бўлинмасида назоратда турган шахслар ўртасида шаҳар Камбағалликни қисқартириш ва бандликка кўмаклашиш маркази билан ҳамкорликда “Ишга марҳамат” тадбири ўтказилди. Тадбирда 8 нафар назоратдаги шахсга ишга йўлланмалар берилди.
Ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.

👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

BAYROQDORLAR

Toshkent viloyati IIBB xodimlari sport mashgʻulotlarida...

@Postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Саломатлик

Қоринни йўқотиш учун фойдали бўлган беш маҳсулот ҳақида биласизми?

Читать полностью…
Subscribe to a channel