Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Бирлашган таҳририяти хабарлари 🌐 Веб-сайт : www.postda.uz 📨 E:mail: info@postda.uz
Otaliqqa olingan yoshlar
Prezidentimiz tomonidan huquq-tartibot organlariga yoshlarni "otaliqqa olish" tizimi asosida ish olib borish vazifasi yuklatilgan edi. Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi yoshlarning muammolari bosqichma-bosqich o'rganilib, ularga ijtimoiy, moddiy, huquqiy hamda manaviy yordam ko'rsatilmoqda. Jumladan, Yangi Qo'yliq mahalla fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi "otaliqqa olingan" yoshlarga tuman IIOFMB rahbariyati tomonidan moddiy va ma'naviy ko'mak ko'rsatilib, ularning bandligi ta"minlanmoqda.
O'z muxbirimiz.
Toshkent shahri.
👉 @postdarasmiy
Jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarida psixologik yondashuv
Olmazor tumani IIOFMB xodimlarining jangavor va psixologik tayyorgarligini oshirish maqsadida sport o’yinlari o’tkazildi.
– Xodimlarni xizmat jarayonida oʻzini boshqara olish qobiliyatini, turli vaziyatlarga ruhan tayyorgarlikni shakllantirish maqsadida jangavor va psixologik mashg’ulotlar zarur, – deydi Olmazor tumani bo’yicha IIOFMB psixologik ta’minlash guruhi katta psixologi, leytenant Abdumuxtor Zaynobodinov. Ushbu sport o’yinlarida ham shaxsiy tarkibning psixologik bardoshliligini oshirish, stressga chidamliligini mustahkamlash va jangovar vaziyatlarda tez va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
O‘tkazilgan tadbir yurt himoyachilarining yuqori darajadagi ma’naviy-axloqiy, ruhiy, siyosiy sifatlarini yanada yaxshilagani, qolaversa, hamjihatlik va hamfikrlikda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
O'z muxbirimiz.
Toshkent shahri.
👉 @postdarasmiy
KITOB – TAFAKKUR XAZINASI
Kitobning inson hayoti, faoliyati va kelajagi uchun ahamiyati beqiyosligi xususida ta’rif-u tavsiflar, fikr-mulohazalar juda ko‘p. Chunki u inson ma’naviyati, tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manba bo‘lib, kitobxon odam bilimi, fikrlashi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi xalq birinchi navbatda o‘zining intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbayi esa avvalo insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti – kitob va kutubxonalarda.
Shavkat MIRZIYOYEV,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
MARKAZDA YOSHLAR BILAN SUHBATLAR
Viloyat IIB JXX HPB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi masʼullari markazda tarbiyalanayotgan bolalarning taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratib, doimiy suhbatlar o‘tkazib kelishmoqda. O‘tkazilgan suhbatlar jarayonida bolalarning ijtimoiy muammolari, oilaviy sharoitlari, qizishlari o‘rganilmoqda. Shuningdek, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida fan va sport to‘garaklariga jalb qilinib, har biri bilan alohida ishlovchi psixologlar ham o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borishmoqda.
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
👉 @postdarasmiy
Фоизсиз кредит ваъда қилган фирибгар
Тўрақўрғон тумани “Шарқ” маҳалласида яшовчи, 1996 йилда туғилган фуқаро Ғ.У. Давлатобод тумани “Қуйи Ровустон” маҳалласида яшовчи, 1991 йилда туғилган фуқаро К.Н.нинг ишончига кириб, унга “TBC Bank” АТБдан фоизсиз кредит олиб беришини ваъда қилади. Уяли алоқа воситаси орқали унинг номига 2 294 000 сўм микроқарз расмийлаштириб, жуфтакни ростлаб қолади.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Ijtimoiy rolik
Spirtli ichimlik ta’sirida aslo rul boshqaruviga oʻtirmang! Oʻzingiz va oʻzgalar hayotini xavf ostida qoldirmang!
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
ИШЧИ ГУРУҲНИНГ АМАЛИЙ МАШҒУЛОТЛАРИ
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирининг тегишли фармойишига асосан мамлакат бўйлаб сайёр ўқув йиғинлари бўлиб ўтмоқда. Мазкур фармойиш ижросини таъминлаш доирасида Бухоро вилоятида Ички ишлар вазирлиги ишчи гуруҳи раҳбарлигида амалий машғулотлар ва ўқув семинарлари олиб борилмоқда. Айниқса, Шофиркон тумани ички ишлар бўлимида хизмат қилаётган ходимлар билан ўтказилган машғулотларда ходимларнинг профессионал тайёргарлиги ва ҳаракатчанлиги юзасидан аниқ баҳолаш ишлари амалга оширилди.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
ШАШЛИКХОНАДА ЭШАК ГЎШТИ...
Ижтимоий тармоқларда Андижон вилояти Шаҳрихон туманида “Наманган шашлик” номи билан танилган машҳур шашликхонада эшак гўшти сотилаётгани ҳақида тарқалган хабар юзасидан Андижон вилояти ИИБ ЖХХ ЖТСБ Карантин тадбирларини таъминлаш гуруҳи ходимлари томонидан ўрганиш ишлари олиб борилди.
КИТАП–ОЙ-ПИКИРЛЕР ҒӘЗИЙНЕСИ
Дүньядағы ҳәр қандай мәмлекет, ҳәр қандай халық биринши нәӯбетте өзиниң интеллектуал потенциалы, жоқары руӯхыйлығы менен қүдиретли. Бундай жеңилмес күш дәреги болса ең әӯеле инсан ой-пикириниң уллы жаңалығы -китап ҳәм китапханаларда.
Шавкат МИРЗИЁЕВ,
Өзбекстан Республикасы Президенти
Китаптың инсан өмири, хызмети ҳәм келешеги ушын әҳмийетиниң шексизлиги ҳаққында тәрийплеӯлер, пикирлер жүдә көп. Себеби, ол инсан руӯхыйлығы, ой-өриси ҳәм дүнья қарасын жетилистириӯши зәрүр дерек болып, китап оқыйтуғын адам билими, пикирлеӯи менен басқалардан ажыралып турады.
Толик👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Profilaktik tadbir
Poytaxtimizning Mirobod tumanida Profilaktika kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar yuzasidan ma'sul xodimlarga yo'riqnoma vaqtida topshiriqlar berildi. O'z navbatida, barcha xodimlar belgilangan tumandagi mahallalar bo'ylab vazifalarini bajarishga kirishishdi.
Hududga biriktirilgan xodimlarining tezkorligini tekshirib ko'rish, tashvish tugmasi so'z holatda ishlayotgan-ishlamayotgani bilish maqsadida IIOFMB rahbariyati tomonidan Abdirauf Fitrat ko'chasida o'rnatilgan tashvish tugmasi bosildi. Hududga biriktirilgan xodimlar belgilangan muddatda voqea joyiga yetib kelishdi. Bunday tezkor harakatlar hududda sodir etilishi mumkin bo'lgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olishga xizmat qiladi.
O'z muxbirimiz.
Toshkent shahri.
👉 @postdarasmiy
Muloqat psixologiyasi haqida so‘z yuritildi
Shayxontohur tuman IIOFMBda “Fuqarolar bilan to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, muomala madaniyati” mavzusida suhbat bo‘lib o‘tdi.
Sohaviy xizmat xodimlari ishtirokidagi tadbirda, Bosh boshqarma tomonidan yuborilgan ko‘rsatmalar asosida psixodiagnostik test sinovlari olinishini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.
– Muloqat jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar bo‘yicha “Muloqat psixologiyasi” mavzusida ma’ruza qilindi, – deydi Shayxontohur tumani bo‘yicha IIOFMB PTG katta psixologi, mayor F.Tuychiyev. – Shuningdek, hozirgi kunda xodimlar va fuqarolar o‘rtasidagi muloqot jarayonida yuzaga kelayotgan nizoli va qaltis vaziyatlar yuzasidan ularni ijobiy hal etishda qo‘llash mumkin bo‘lgan psixologik usullarga alohida ahamiyat qaratildi.
O‘z muxbirimiz,
Toshkent shahri.
👉 @postdarasmiy
#JUMBOQ
Odatda, ayol kishi kiyishga kiyimi qolmaganini aytib nolisa, bu uning "yangi libosim yo'q" degani bo'ladi. Agar erkak kishi kiyishga kiyimi qolmaganini bildirsa, u bu bilan nimani nazarda tutgan bo'ladi?
Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.
Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: /channel/postda_muloqot
УЛАРНИНГ ЎРНИДА ЯРИМ СОАТ ҲАМ ТУРОЛМАСДИК...
Турмуш ўртоғим билан машинада иш юзасидан кўчага чиқдик. Машина кондиционерида муаммо бўлгани учун ярим соатча ойналарни очиб юрдик. Шу қисқа вақт ичида кўчадаги иссиқдан тобим қочди. Йўл бўйида хизмат вазифасини ўтаётган ходимларни кўриб қолдим. Иссиқда, тўғридан-тўғри қуёш остида, жон куйдириб хизмат вазифасини ўтаётганига гувоҳ бўлдим. Ўша дақиқада бир нарсани чуқур англадим — бу инсонлар ҳақиқий бугуннинг қаҳрамонлари! Биз салқин жойга, сояга, дамга интилаётган бир пайтда, улар халқ хавфсизлиги учун ноқулай шароитда ҳалол хизмат қилишмоқда.
Кўча-кўйда қоидабузарликка қарши жарима ёзган ходимни кўриб, бутун қариндошларини эслаётганлар — бир дақиқа тўхтанг. Улар сизнинг тинчлигингиз, фарзандингизнинг хавфсизлиги учун совуқни совуқ, иссиқни иссиқ демай хизматда турибди. Сиз билан биз уларнинг ўрнида ярим соат ҳам туролмаслигимиз аниқ.
Бундай фидойилик, бундай масъулият ҳар доим эътирофга лойиқ!
Суғдиёна ХУДОЙНАЗАРОВА,
Facebook.
@Postdarasmiy
#ЙЎЛ
Чирчиқ шаҳридаги пиёдалар ўтиш жойлари чизиқларини янгилаш ишлари давом этмоқда.
⭐️ Мазкур ишлар Тошкент вилояти ИИББ ЖХХ ЙҲХБ Эксплуатация-монтаж бошқармаси ходимлари томонидан амалга оширилиб, шаҳардан ўтувчи асосий автомобиль йўлидаги пиёдалар ўтиш жойлари махсус “совуқ пласт” бўёқлар билан қайта чизилди.
@Postdarasmiy
Махсус воситалардан фойдаланиш бўйича машғулот ўтказилди
Шеробод тумани ИИБ шахсий таркибининг жисмоний, жанговар тайёргарлиги, махсус воситалар, электрошокер, жанговар ўқотар қуроллардан фойдаланиш ва уларни қўллаш бўйича кўникмаларини мустаҳкамлашга қаратилган ўқув-амалий машғулоти ўтказилди.
Ўтказилган машғулотларда, махсус воситалар, электрошокер ва жанговар ўқотар қуролларнинг тактик-техник хусусиятлари, уларни олиб юриш, сақлаш ҳамда хавфсизлик қоидалари тушунтирилиб, ўқотар қуролни қўллаш шартлари ҳамда унинг ҳуқуқий асослари тўғрисида айтиб ўтилди.
Шунингдек, турли вазиятларда ходимлар томонидан шубҳали ва портловчи воситалар аниқланганда ИИО ходимининг дастлабки ҳаракатлари бўйича тушунчалар берилди.
Ўз мухбиримиз,
Сурхондарё вилояти.
👉 @postdarasmiy
“Йўллардаги ажойиб воқеалар” рукнидан.
Мотоцикл “қасд”ини олди. Сиз-чи, сиз қандай изоҳлайсиз?
👉 @postdarasmiy
КНИГА – СОКРОВИЩНИЦА МЫСЛИ
«Каждое государство и каждая нация в мире сильны прежде всего своим интеллектуальным потенциалом, высокой духовностью. А источником этой непобедимой силы являются книги и библиотеки – великое открытие человечества».
Шавкат МИРЗИЁЕВ.
Книга с древнейших времен служит важнейшим средством коммуникации, накопления и передачи знаний. Через нее поколения обретают мудрость, сохраняют культурное наследие, постигают историю и науку. Выражение «сокровищница мысли» справедливо применяется к библиотекам, архивам, музеям и цифровым платформам. Но именно книга как материальный носитель традиционно символизирует этот образ — за свою компактность, содержательность и способность вдохновлять.
Далее👉
👉 @postdarasmiy
#JUMBOQ
Bir rivoyatga ko‘ra, Chingizxon o‘z ajali yaqinligini his qilib, xitoylik donishmand Chan Chunni o‘z huzuriga chaqiribdi va undan abadiy yashash sirini so‘rabdi. Chan Chun uzoq o‘ylanib, oxiri boqiy umr ko‘rish uchun har doim faqat ......... bilan to‘yinish kerakligini aytibdi. Donishmand nimani nazarda tutgan?
Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.
Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: /channel/postda_muloqot
Barchasi inson manfaatlari uchun: Jazo muddatini oʻtayotgan shasxlar ham taʼlim olib, daromadli kasb-hunarlarga oʻrgatilmoqda
———
Барчаси инсон манфаатлари учун: Жазо муддатини ўтаётган шасхлар ҳам таълим олиб, даромадли касб-ҳунарларга ўргатилмоқда
👉 @postdarasmiy
Тарихий факт
Рулда ухлаб қолишга қарши махсус будильник автомобиллар энди пайдо бўлган вақтларда ихтиро қилинган. Ҳайдовчи боши ерга эгилиши биланоқ будильник овоз чиқара бошлаган.
👉 @postdarasmiy
XAVFSIZLIK TARG’IBOTI
Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan vokzallar, avtoturargohlar hamda avtomashina yuvish shahobchalarida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Tadbirlarda transport vositalari haydovchilariga YHQ dagi o’zgarishlar, tezlik cheklovi, harakat xavfsizli talablari atroflicha tushuntirilmoqda.
O’z muxbirimiz,
Sirdaryo viloyati
👉 @postdarasmiy
Oilaviy ajrimlar: muammo, sabab va omillar
Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida bir qator rahbarlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, diniy maʼrifatchilar hamkorligida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda tuman Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan toʻrtta oilaning taqdiri muhokama qilindi.
Muhokamada asosiy maqsad – oilalarni saqlab qolish, totuvlik va hamjihatlik muhitini yaratishga qaratildi. Chunki har bir oilaning mustahkamligi – jamiyat barqarorligi, yosh avlodning maʼnaviy sogʻlom tarbiya topishi demakdir.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
#JUMBOQ
Odatda, ayol kishi kiyishga kiyimi qolmaganini aytib nolisa, bu uning "yangi libosim yo'q" degani bo'ladi. Agar erkak kishi kiyishga kiyimi qolmaganini bildirsa, u bu bilan nimani nazarda tutgan bo'ladi?
Ushbu savolning javobini Azamat Axmatov, Nilufar Faxritdinovna, Shamsiyev O., Sardorbek, Abu Muhammad Yahyo, Qurbonov Ulug‘bek, S.A.Dushanovalar to‘g‘ri topishdi. Ofarin! Bilimdonlarga omad yor bo'lsin!
Javob: Erkak kishi toza kiyimi qolmaganini nazarda tutadi.
G‘ALABA MUBORAK, QO‘SHAYEV!
Buxoro shahrida professional sportchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “ATF Championship-22” va “Toran fight league” hamkorligidagi aralash jang bo‘yicha xalqaro chempionatda viloyat IIB TVBSO xodimi Sharif Qo‘shayev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘alaba muborak bo‘lsin, Qo‘shayev!
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
👉 @postdarasmiy
Биласизми?
Бургутлар ҳақида қисқача
* Уларнинг кўзлари ўткир бўлади, ўлжасини беш минг метр юқоридан кўради ва қўлга киритмагунича ундан кўзини ўзмайди.
* У ўлимтик емайди, балки ўлжани ўзи овлайди. Емишнинг янгисини излайди.
* Бўронли, ёмғирли ҳавода учишдан қўрқмайди. Аксинча, бундай ҳаво унинг шижоатини қўзғайди. Шамолли вазиятдаги ҳаво босимини фойдаси учун ишлата олади. Бу ҳол унга қанотларини кўп ҳам қийнамасликка имкон беради.
* Бургутларчалик инини юқорига қурадиган ва уни қаттиқ ҳимоялайдиган бошқа қуш йўқ.
* Бургут болаларини ўта қаттиққўллик билан учишга ўргатади. Вақти етиб, полапонини индан ташқарига улоқтирар экан, дангасалик қилиб яна “иссиқ уйларига” қайтиб келмасликлари учун она бургут инини бузиб ташлайди.
ТУМАН ИИБ ТАШАББУСИ БИЛАН
Қарши тумани ИИБ ташаббуси билан тумандаги 6-сонли мактабда ёшларнинг ёзги таътил даврини мазмунли ва самарали ўтказиш мақсадида шахмат, шашка ва волейбол мусобақалари, компюьтер саводхонлиги бўйича билимлар синови ташкил этилди. Якунда ғолиб ва фаол ўқувчи ёшларга совғалар топширилди.
Ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.
👉 @postdarasmiy
KUN TARIXI
Bugun 23-iyul. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing:
Butunjahon bobo-buvilar va keksalar kuni.
AQSh – Ota-onalar kuni.
Indoneziya – Bolalar kuni.
«O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» («Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan») ko‘krak nishoni ta'sis etilgan.
Farg‘ona viloyatidagi Quva shahri tashkil topgan kun (1974).
Xalqaro gimnastika federasiyasi tashkil topdi (1881).
Fransiyaning Rokenkort shahrida NATO shtab-kvartirasi ochildi (1951).
Tavallud: 1976-yil Judit Polgar – vengriyalik shaxmatchi, xalqaro grossmeyster.
@Postdarasmiy
Пул - вирус ташувчими?
Пул купюралари энг оммабоп "вирус ташувчи" бўлиши мумкин!
Аниқланишича, қоғоз пулларда турли вирус ва бактериялар бўлиши мумкин экан. Улар пул юзасида бир неча кун давомида тирик қолиши мумкин. Бу эса, пул билан тўғридан-тўғри алоқа қилгандан сўнг қўлларни ювишнинг қанчалик муҳимлигини англатади.
Шу боис, ҳар доим пул ушлаганингиздан сўнг қўл ювиш ёки антисептик воситалардан фойдаланиш тавсия этилади.
ПРОБАЦИЯ НАЗОРАТИДАГИ ШАХСЛАР БИЛАН
Ёшлар ишлари агентлиги Нишон туман бўлими билан ҳамкорликда туман ИИБ ЖХХ пробация гуруҳи ҳисобида турган ёшлар ва аёллар иштирокида учрашув ташкил қилинди.
Учрашувда пробация назоратида турган шахсларнинг муаммолари тингланиб, уларни ечиш чоралари кўрилди. Назоратдаги шахсларнинг айрим муаммолари ижобий ҳал этилган бўлса, баъзилари юзасидан асослантирилган ҳуқуқий тушунтиришлар берилди.
Норали МАҲМАТҚУЛОВ,
майор.
Қашқадарё вилояти.
👉 @postdarasmiy
#JUMBOQ
Savol: Polyak afsonasiga ko‘ra, Visla daryosi bo‘yida yashagan er-xotin qayiqda odamlarni bir qirg‘oqdan ikkinchisiga olib o‘tish bilan shug‘ullangan. Xotinning ismi Sava bo‘lgan, eriniki-chi?
Ushbu savolga Qurbonov Ulug'bek, Sardor, Azamat Axmatov, Mansur, Murodjon Muxammadazizov kabi o'quvchilarimiz to‘g‘ri javob yoʻllashdi. Ofarin! Bilimdonlarga omad yor bo'lsin!
Javob: Erning ismi Var yoki Vars bo‘lgan. Ular borib keladigan joyni esa Var-Sava deb ataganlar. Keyinchalik bu nom Varshava bo‘lib ketgan.