qamarnashriyoti | Unsorted

Telegram-канал qamarnashriyoti - Qamar nashriyoti

5832

📚 Eng ko‘p o‘qilayotgan adabiyotlar 🤝 Nashriyotlar bilan hamkorlik 🛍 200+ hamkor kitob do‘konlari Ulgurji buyurtmalar uchun: +998959914446 +998959884446

Subscribe to a channel

Qamar nashriyoti

Bilish boshqa, bilganiga amal qilish boshqa…

Ko‘pincha boshqalarga to‘g‘ri maslahat bera olamiz. Ammo shu maslahatlarga o‘zimiz qanchalik amal qilamiz?

Aslida insonning komillikka intilishi ham o‘zini tarbiyalashdan, xatolarini tan olishdan va yaxshi amallar sari qadam tashlashdan boshlanadi.

📖 “Komil inson” — ilm, amal va go‘zal axloqning ahamiyati haqida mulohaza qilishga undaydigan asar.

Kitob do’konlaridan so’rang.

@qamar_ulgurji

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

Bahslarda muvaffaqiyat siz endi tomonda bo‘ladi 💯

⚡️ Suhbatlarda, turli bahslarda eng muhim ko‘nikmalardan biri, shubhasiz, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish hisoblanadi.

“Farengeyt Press” nashriyotining “Asl Intellekt” turkumida chop etilgan Entoni Uestonning “Argument: asoslash va bahs mahorati” kitobi aynan shunday mahoratni shakllantirishga bagʻishlangan.

🎯 AQShning Elon universiteti filosofiya professori muallifligidagi ushbu asar mantiqiy fikrlash, toʻgʻri argument tuzish va manbalarni tekshirish boʻyicha ixcham hamda oʻta amaliy qoʻllanma hisoblanadi.

🤡 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamar_ulgurji

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

“Soʻnggi qogʻoz turna” — tinchlik va umid ramzi 🛩

✈️ 1945-yil Xirosimaga atom bombasi tashlanganda, oʻsmir yoshdagi Ichiro va uning doʻsti Xiro dahshatli vaayronagarchiliklar ichida qolishadi.

Doʻstining soʻnggi iltimosiga koʻra, Ichiro uning 5 yoshli singlisi Keykoni qutqarishga vaʼda beradi. Biroq, kutilmagan tartibsizliklar sabab qizaloq yoʻqolib qoladi...

🤩 Yapon afsonasiga koʻra, kimda-kim 1000 ta qogʻoz turna (origami) yasasa, uning eng ezgu va pokiza orzusi ushaladi. Ichiro oʻz vaʼdasini bajarolmagani uchun butun umri davomida vijdon azobida yashaydi va har bir turnani umid va murojaat bilan yasaydi...

Tez kunda. “Soʻnggi qogʻoz turna” kitobi! 🌟

@qamar_ulgurji

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

Nega farzandlarimizni raqamli xavflaridan asramaymiz?! 💻

📱 Oxirgi yillarda bolalar qanchalik oʻzgardi? Nega Z avlod orasida ruhiy salomatlik muammosi bu qadar keskin koʻpaydi? Telefon-markazli bolalik qanday qilib oʻyin-markazli bolalikni siqib chiqardi?

🌟 Jonatan Haidtning “Behalovat avlod kitobida zamonaviy bolalikning “butkul qayta qoplanishi” jarayonini ilmiy dalillar va hayotiy misollar asosida tahlil qiladi. Smartfonlar, iftimoiy tarmoqlar oʻsmirlar orasida behalovatlik, depressiya va ijtimoiy yolgʻizlikka qanday yoʻl ochganini yoritadi.

Biroq kitob faqat tashxis qoʻymaydi — yoʻl-yoʻriq ham koʻrsatadi. Muallif ota-onalar, pedagoglar, hukumatlar, boringki, butun jamiyat uchun amaliy tavsiyalar beradi.

❗️ Kitoblar soni cheklangan. Kitobni bugunoq birinchilardan xarid qilishingizni yoki buyurtma qilishingizni jiddiy tavsiya qilamiz.

🤡 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamar_ulgurji

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

Boshqalar xatolaridan saboq chiqaring! 🕰

📱 Nokia kompaniyasi o‘z texnologiyalari bilan bir vaqtlar dunyoni zabt etgan etdi, ammo...

Ammo bu uzoqqa bormadi, buning bir nechta sabablarini esa yuqorida havola etdik.

📊 Boshqalar xatolaridan xulosa chiqarib, o‘z biznesingiz muvaffaqiyatli boshlash yoki davom ettirishingizni tavsiya etamiz.

💸 Bu kabi muhim tavsiyalarni esa “Million dollarlik xatolar” asari orqali bilib olasiz.

🤡 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamar_ulgurji

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

Tirikligida jannat xushxabari berilgan zot: Hazrati Sa'd ibn Abu Vaqqos 🕌

📖 “Hazrati Sa'd ibn Abu Vaqqos” asari islom olamining buyuk zotlaridan biri, tirikligidayoq jannat xushxabari berilgan ulug‘ sahobiy Sa'd ibn Abu Vaqqosning hayoti va ma'naviy merosiga bag‘ishlangan kitob hisoblanadi.

Mutolaa davomida Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuning yoshlik davri, islomni qabul qilishi, ibodatlari hamda yuksak insoniy fazilatlaridan boxabar bo‘lasiz.

🪻 Shu bilan birga, asar buyuk sahobiyning janglarda ko‘rsatgan jasorati, islom dinini yoyish yo‘lidagi bemisl xizmatlari hamda islom tarixidagi muhim burilish nuqtalari haqida qimmatli ma'lumot beradi.

🤡 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamar_ulgurji

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

Tarixiy, jumboqlarga boy asarlarni sevuvchilar uchun 🌙

⛵️ Fotih masjidi yaqinida yer cho‘kishi sodir bo‘ladi va qadimiy yerosti yo‘laklari topiladi. Arxeologlar jamoasi tadqiqot olib borar ekan, Vizantiya davriga oid yashirin cherkov va tarixiy qo‘lyozmalarga duch keladi.

Bu topilmalar insoniyat tarixidagi ayrim haqiqatlarni o‘zgartirib yuborishi mumkin edi...

🤩 “Daxma sinoati” kitobidagi tarixiy sirlar, jumboqlar kitobxonni bir lahza chalgʻishiga yoʻl qoʻymaydi.

🤡 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamar_ulgurji

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

✍️ Qizi borlarga xushxabar...

🌹 Muhammad Sodiq Muhammad Ismoil qalamiga mansub “Qizi borlarga xushxabar” nomli asar qiz farzand ko‘rish va uni chiroyli tarbiya qilish yo‘lidagi ma’naviy mas’uliyat va mukofotlarga bag‘ishlangan.

Qiz farzandlar Allohning bandasiga bergan eng buyuk ne’mati va marhamatlaridan biri ekani, ularga to‘g‘ri tarbiya berish ota-ona uchun katta savob va jannat vositasi ekani kitobda yoritilgan.

🫂 Mazkur asar farzand kutayotgan ota-onalarga tug‘ilajak murg‘ak jon o‘g‘il bo‘lsin yoki qiz, baribir shukronalik bilan qabul qilish va berilgan ne’matga rozi bo‘lish tuyg‘usini singdiradi.

🤡 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamar_ulgurji

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

Kerakli yukda og‘ir yo‘q! 💪

😎 Kitobxon uchun mutolaa vaqtni o‘tkazishda eng sevimli va samarali mashg‘ulot.

Bir vaqtning o‘zida 5-10 talab kitob o‘qishayotganini ko‘rishingiz mumkin, hatto: biri dars stoli ustida, biri sumkada, yana biri esa oshxonada bo‘ladi. 😅

🙃 Siz qanday kitoblarni o‘zingiz bilan olib yurasiz?

@qamarnashriyoti

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

Ishlar tog‘dek, deadline’lar zich. Lekin baribir kitob o‘qishga vaqt topiladi 😁

📖 Eng zo‘r “multitasking” bu ishni Claude’ga topshirib, o‘zing kitob o‘qishing!

Texnologiyaning yaxshi tomoni faqat tezroq ishlash emas, vaqtni muhimroq narsalarga qaytarib berishida.

Xullas, bahona kamaymoqda: “Kitob o‘qishga vaqt yo‘q” deyish ham endi qiyin. 🙂

Siz bo‘shagan vaqtingizni nimaga sarflagan bo‘lardingiz?

@qamarnashriyoti

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

⛰️ Yo men seni olaman, yoki sen meni olasan...

Turk yozuvchisi Xadicha Kubro Ipak “Avval ham, keyin ham SEN” nomli asarni yozishda tarixiy voqealardan ilhomlangan va badiiy boʻyoq qoʻshgan.

🇹🇷 Mazkur kitobda usmoniylar imperiyasining eng buyuk hukmdorlaridan biri — Sulton Muhammad Fotih (Shahzoda Muhammad) va uning Konstantinopolni fath etish yo‘lidagi orzulari, ruhiy kechinmalari hamda matonati haqida hikoya qilinadi.

Kitobda shahzodaning yoshlik yillari, uning qalbidagi buyuk maqsadlar, ustozi Oqshamsiddin hazratlarining tarbiyasi ta’sirli va badiiy uslubda yoritilgan.

📚 Asarda shunchaki harbiy va siyosiy voqealar emas, balki Shahzoda Muhammadning Istanbulga bo‘lgan cheksiz ishtiyoqi hamda muhabbati tasvirlanadi.

📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamarnashriyoti

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

Kitob mutolaasi bo‘yicha ekspert tavsiyasi! 📚

🖥 Bill Geyts nafaqat “Microsoft” asoschisi, qolaversa, juda ko‘p kitoblarni o‘qib, sharhlay oluvchi mohir kitobxon ham!

Yuqorida Bill Geyts tomonidan kitobxonlarga berilgan muhim tavsiyalarni ulashdik.

📚 Ishonamizki, ushbu tavsiyalar sizga kitob mutolaasini yana ham mazmunli qilishiga yordam beradi.

@qamarnashriyoti

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

🥰 Sevdim deganingiz ruhiy zarbalar berib qiynayversa, sevishda davom etarmidingiz?

🌊 “Feruza” romani Sharq va G‘arb madaniyatlari hamda qadriyatlari o‘rtasidagi farqlarni ham chuqur yorituvchi, ayol taqdiri haqida hikoya qiluvchi ta’sirli kitoblardan.

Muallif o‘z asarida ayolning ichki kechinmalari, sabr-toqati va o‘zligini yo‘qotish jarayonini qiyinchiliklar, to‘qnashuvlar va ruhiy zarbalar bilan tasvirlaydi.

🕊Yozuvchi real hayotdan ilhomlangan bo‘lib, o‘quvchi qahramon taqdiriga befarq qololmaydi.

TEZ KUNDA. “Feruza” kitobi. 🍃

@qamarnashriyoti

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

Har bir buyurtma ortida tartibli jarayon bor 📦

📚 Omborxonamizda hamkor kitob do‘konlaridan biri uchun navbatdagi buyurtmalar jamlanmoqda.

Kitoblar saralanadi, buyurtma asosida qutilarga joylanadi va yetkazib berish uchun tayyorlanadi.

“Qamar” hamkor nashriyotlarining sara kitoblarini do‘koningiz javonlari joylashtirishingiz mumkin.

🤝 Agar siz ham kitob do‘koni yuritsangiz va biz bilan hamkorlik qilishni istasangiz, murojaat qiling.

🚗 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beramiz!

Buyurtma uchun:
+998959914446
+998959884446

@qamarnashriyoti

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

Storislar ortidagi ko‘rinmaydigan haqiqatlar

📷 Instagramdagi chiroyli suratlar, sovg‘alar, sayohatlar kabi “mukammal juftlik” ko‘rinishi ba’zida haqiqatning faqat bir qismini ko‘rsatadi.

Asl hayot esa oila sabr, tushunish, murosa va mehnat bilan quriladi.

📖 G‘iyosiddin Yusufning “To‘ydan keyin kech” kitobi aynan shu muhim haqiqatni eslatadigan, oila qurish oldidan o‘qilishi kerak bo‘lgan kitoblardan biri.

TEZ KUNDA. To‘ydan keyin kech” kitobi. 🥰

@qamarnashriyoti

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

Balki yaxshisi oldindadir…

✨ Hayotimizda ba’zan shunday sinovlar bo‘ladiki, qancha harakat qilmaylik, muammolarimizning yechimi yo‘qdek tuyuladi. Shunday paytlarda inson uchun eng muhimi — umidini yo‘qotmaslik va Allohga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdir.

📖 Faridun O‘zdemir qalamiga mansub “Alloh bor, muammo yo‘q” asari qiyinchiliklar qarshisida sabrli bo‘lish, tavakkul qilish va har qanday vaziyatda Allohdan umid uzmaslik haqida o‘ylashga undaydigan diniy-ma’rifiy kitobdir.

🤡 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamar_ulgurji

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

Bolalar va o‘smirlar uchun yangi asar 🚀

✨ Abiljon Abdurahmonov qalamiga mansub “Yulduzlar kezuvchi” nomli fantastik asar asosan kichik va o‘rta maktab yoshidagi bolalar uchun mo‘ljallangan.

Kitob tasavvur olamini boyitishga mo’ljallangan sarguzashtlarga boy fantastik badiiy asar hisoblanadi.

🤩 Muallif ushbu asarda o‘zga sayyoraliklar tomonidan tanlab olingan o‘zbek bolasining yulduzlararo safarga chiqishi va boshidan kechirgan sarguzashtlari haqida bayon qiladi.

Tez kunda. “Yulduzlar kezuvchi” kitobi!

@qamar_ulgurji

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

Muhabbat va sabr haqidagi qissaning badiiy talqini 📚

🌙 Mashhur turk adibi Hasan Basri Bilgin tarixiy va maʻnaviy mavzularda bir qator goʻzal romanlar yaratgan.

Uning “Ishqning mehrobi Yusuf“ romani adibning oʻzbek tiliga oʻgirilgan ilk asari boʻlib, kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinishiga ishonamiz.

🕯️ Asar voqealari shunchalik taʻsirli va jonli tasvirlanganki, kitobxon oʻzini beixtiyor oʻsha davr muhitida, sahro oʻrtasida yoki hazrati Yoqubning kigiz chodiri yonida his etadi.

TEZ KUNDA. “Ishqning mehrobi Yusuf“ asari 🔥

@qamar_ulgurji

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

Qiyinchiliklar — ertangi yuksalishning muqaddimasi! 🌷

✨ Hasan Basri Bilgin qalamiga mansub “Ishqning mehrobi Yusuf“ kitobi umidsizlik onlarida sizga ruhiy kuch-quvvat beradigan va taskin bag‘ishlaydigan asar hisoblanadi.

Kitob Yusuf alayhissalom hayoti orqali shuni ko‘rsatib beradiki, eng zulmatli tun ortidan albatta nurli tong otadi...

💐 Bu asar bugun siz boshdan kechirayotgan qiyinchiliklar shunchaki vaqtinchalik sinov va ertangi yuksalishingizning muqaddimasi bo‘lishini eslatadi.

🌿 Ruhiy xotirjamlik olishni istasangiz, ushbu kitobni javoningizga qo‘shishni unutmang!

🤡 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamar_ulgurji

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

🌊 Shovqinli dunyodan biroz tin olish vaqti kelmadimi?!

✨ Ahmad Shuqayriyning “40” asari e’lon qilinganiga uncha ko‘p bo‘lmagan esa-da, bir qancha kitobxonlarning qiziqishiga sabab bo‘ldi.

Kitobni muallifning hayotiy tajribalari asosida yozgan 40 kunlik uzlat mahsuli deya olamiz. ❤️

📖 Asar VIII bobdan iborat bo‘lib, muallif inson hayoti davomida duch keladigan turli mavzularda fikrlarini berib o‘tgan.

🗻 Bu kitob jadal bilan o‘zgarayotgan zamonda o‘zni so‘roqqa tortishga undovchi kamsonli, nodir asarlardan!

🤡 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamar_ulgurji

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

Muslima opa-singillarimiz uchun ibratli asar ✍️

🧕 Jamoliddin abu Faraj Hofiz ibn Javziyning “Sahobiya ayollar: Muborak chashmadan suv ichgan gullar” asari islom tarixidagi dono ayollarning hayot yo‘li va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan ibratli risola sanaladi.

Asarda Payg‘ambarimiz alayhissalom davrida yashagan sahobiya ayollarning hayot yo‘li, ularning yuksak fazilatlari hamda ma’naviy darajalari yoritilgan.

🦋 Sahobiyalarning ilm-fan, odob-axloq, ibodat va oilaviy hayotda tutgan o‘rni hamda ularning bugungi kun muslimalari uchun namuna bo‘larli jihatlari bayon etilgani kitobxonlarimizga manfaatli bo‘lishiga ishonamiz.

🤡 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamar_ulgurji

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

🗡️ Sha’n va qasos yo‘lida halokat sari yurganlar qissasi

Ahmad Gunbay Yildiz qalamiga mansub “Gunohning rangi” asarida otaning xohishi bilan emas, qizning qalbi bilan tanlangan baxt halok boʻladi...

🌹Rad etilgan, lekin shu paytgacha hamma aytgani boʻlib kelgan erka oʻgʻil Suat alamidan qabihlikka qoʻl uradi.

Asari qahramonlari qasosni, nomus oʻchini qon rangida oladi.

🤚 Bu kitobni ayniqsa insonlar haqida aksar hol ijobiy fikrda o‘ylaydiganlar o‘qishi kerak. Chunki ba’zida begunohlik eng katta nishon bo‘lishi mumkin.

🤡 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamar_ulgurji

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

Farzandingiz uchun qiziqarli ertak 🧚

🎂 “Fonus” nashriyoti tomonidan chop etilgan “Tug’ilgan kun torti” hikoyasi farzandingizda hayvonlarga nisbatan mehr tuyg’usi shakllanishida, tasavvuri kengayishiga yordam beradi.

Qolaversa, bu kitob bolalarda fikrlar xilma-xilligi, voqealarni tasavvur qila olish ko’nikmalari shakllanishida qo’l keladi. 🤗

📚 Ayniqsa, farzandi bilan birga ertaklar o’qiydigan ota-onalar uchun mazkur hikoya mazmunli vaqt o’tkazishlarida asqatadi.

🤡 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamar_ulgurji

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

Zubayda bintu Ja’far — Islom tarixidagi dono ayol 🧕

🌟 Sa’diya Erol Aykachning “Men Zubayda” asarida oqila va saxovatpesha ayollardan biri — Zubayda bintu Ja’far hayoti va uning tarixda qoldirgan ibratli ishlari haqida hikoya qilinadi.

Zubayda xonim mashhur xalifa Horun ar-Rashidning rafiqasi hamda xalifa Al-Aminning onasi bo‘lgan.

📚 Ushbu asarda Zubayda xonim oddiygina hukmdor ayoli emas, balki saroydagi murakkab siyosiy fitnalarni bartaraf etishda va davlatda muvozanatni saqlashda juda muhim oʻringa ega boʻlgani tasvirlanadi.

📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamarnashriyoti

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

Bizning harakatlarimizni ular takrorlashsa, qanday ko‘rinar edi? 🪞

🦋 Farzandlarimiz biz o‘ylagandan-da kuzatuvchan va bizning taqlidchilarimizdir.

Ular bizdan namuna olishadi, odatlarimizni takrorlashga harakat qilishadi.

🤩 “Sevdirib tarbiyalang” kitoblari esa, farzandingiz tarbiyasida asqatuvchi muhim tavsiyalarni o’z ichiga olgan.

@qamarnashriyoti

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

Turmush qurish arafasida bo‘lganlar uchun 🌸

💞 Yaqinda oila qurish ostonasida bo‘lgan yigit-qizlarga “To‘ydan keyin kech” kitobini to‘ydan avval albatta o‘qib chiqishlarini maslahat bergan bo‘lar edik.

Sababi ushbu asar o‘z ichiga oila qurish ustunlari, er-xotin munosabatlaridagi nozik nuktalar, oila farovonligi uchun zaruriy tavsiyalarni qamrab olgan.

🤍 Mazkur asar har bir bo‘lajak yosh oilaning baxtiga baxt qo‘shishiga ishonamiz!

TEZ KUNDA. “To‘ydan keyin kech” kitobi. 🔥

@qamarnashriyoti

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

Kitoblarmi? Unda vaqt topiladi! 😉

🤩 Mutolaa uchun bo‘sh vaqt izlashga hojat yo‘q, hatto qulay joy ham u qadar muhim emas...

Sababi doim ham bunga imkon topilavermaydi-da.

🏖 Ish, sayohat, uyqu hamda kitob mutolaasi turganda ayni paytda qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz?

Bizningcha sizning tanlovingiz: sayohat davomida kitob o‘qiyotib, uxlab qolish..? 😅

@qamarnashriyoti

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

Baxtni qidirmang, uni juftingiz bilan birga quring! 💍

💐 G‘iyosiddin Yusuf qalamiga mansub “To‘ydan keyin kech” kitobi turmush ostonasida turganlarga mo‘ljallangan bo‘lib, oila qurish oldidan o‘qilishi zarur bo‘lgan kitoblardan biri hisoblanadi.

Mazkur asarda haqiqiy mukammal juftlik ijtimoiy tarmoqlardagi “yolg‘on” emas, aksincha halovat, o‘zaro ishonch va mehnat ustiga qurilishi aytiladi. 💐

TEZ KUNDA. “To‘ydan keyin kech” kitobi. 🥰

@qamarnashriyoti

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

Kayfiyat borida o‘qish oson,
charchaganda ham kitobni ochish esa mutolaa odati


💸 Pul masalasida ham xuddi shunday, bir kunda boyib qolmaysiz. Yagona qaror bilan moliyaviy hayotingiz o‘zgarib ketmaydi.

Lekin kichik odatlar, sabr va intizom vaqt o‘tib katta natija beradi.

📖 “Pul psixologiyasi” ham aynan shuni eslatadi: pulni boshqarish faqat qancha topishingizga emas, o‘zingizni qanday boshqarishingizga ham bog‘liq.

Shuning uchun kitobni yopishga shoshilmang.

Chunki katta o‘zgarishlar ko‘pincha kichik, ammo davomli harakatlardan boshlanadi. ✨

📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamarnashriyoti

Читать полностью…

Qamar nashriyoti

🏰 Buyuk sulton Mahmud Gʻaznaviy haqida tarixiy asar

Mahmud Gʻaznaviy – turk-islom tarixining yorqin yulduzlaridan biri, parchalanish arafasidagi somoniylar merosidan qudratli saltanat barpo etgan daho hisoblanadi.

U Markaziy Osiyo kengliklaridan to Hind ummonigacha boʻlgan sarhadlarni yagona bayroq ostida birlashtirgan jahongirdir.

🪶 Bu kitob iymon, jasorat, yulsak aql va davlat boshqaruvidagi donolik haqidagi ibratli asardir. U orqali tarix sahnida chuqur iz qoldirgan buyuk shaxsni yaqindan tanish imkoni bor.

📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamarnashriyoti

Читать полностью…
Subscribe to a channel