QASHQADARYODA FAXRLANSA ARZIYDIGAN O'QUVCHILAR BOR...
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o'quvchisi Anorboyev Javoxir milliy va xalqaro chet tilini bilish sertifikatlarini qo'lga kiritdi.
Ular quyidagilardan iborat:
▶️SAT (Scholastic Aptitude Test) imtihonidan - 1060 ball;
▶️IELTS imtihonidan - 6 ball;
▶️BMBning ingliz tili imtihonidan - B2.
❗️Qashqadaryo Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ushbu o‘quvchining kelgusi o'qishlariga omad tilab, yuksak marralarni zabt etishiga tilakdoshdir.
@Qashqadaryo_vxtb
🔴 “Prezident archasi” tadbirining birinchi seans dasturi bo‘lib o‘tdi
✅ Yangi yil bayrami munosabati bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan “Prezident archasi” tadbirining dastlabki seans dasturi bo‘lib o‘tdi.
➖ “Yangi yil ertaklari” mavzusida o‘tkazilgan bayram tadbirida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi hamda bolajonlarni Yangi yil shodiyonasi bilan tabrikladi.
👨👧👧 Poytaxtimizdagi “Tomosha” bolalar teatr studiyasida tashkil etilgan bayram dasturida Mehribonlik uylari, oilaviy bolalar uylari, “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar internat uylari tarbiyalanuvchilari, yetim bolalar va ota-ona qaromog‘idan mahrum bo‘lgan, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan oilalarning 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalari qatnashdi.
👏 Tadbir davomida bir guruh bolajonlarga “Prezident sovg‘asi” berildi.
❗️“Prezident archasi” tadbirining takroriy seanslari joriy yilning 29-30-dekabr kunlari soat 10:00 va 14:00 larda bo‘lib o‘tadi.
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1415
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Gʻuzorda yangi yil arafasida yoshlar uchun yana bir sport maydonchasi foydalanishga topshirildi
Tumanning “Yangiobod” mahallasida joylashgan 71-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchi yoshlari “Besh tashabbus sport o‘yinlarida” yengil atletika yo'nalishida Respublika bosqichida 1-o‘rinni egallab, Yoshlar agentligining imtiyozlariga ega bo‘lishgandi.
Yangi yil bayrami arafasida o‘quvchi yoshlar uchun Yoshlar va sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan umumiy qiymati 314 mln. so‘mlik" Universal sport maydonchasi" qurilib, foydalanishga topshirildi.
@Qashqadaryo_vxtb
BAYRAM SHUKUHI
G‘uzor tumanidagi 19-davlat maktabgacha talim tashkilotining tarbiyalanuvchilari ishtirokida "Yangi yilni kutamiz" deb nomlangan bayram dasturi о‘tkazildi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Президент совғаси жажжи қалб эгаларини беҳад қувонтирмоқда
Қашқадарё бўйлаб вилоят ҳокими ва сектор раҳбарлари иштирокида минг нафарда ортиқ болажонга “Президент совғаси” топширилиши белгиланган. Шунингдек, Муротжон Азимов топшириғи билан ҳокимликлар, ташкилотлар ва саховатпеша тадбиркорлар томонидан байрам муносабати билан 15 минг нафардан зиёд болажонларга Янги йил совғалари, 5 мингдан ортиқ кам таъминланган оила аъзоларига озиқ-овқат маҳсулотлари етказилади.
#Formativ_Summativ_Baholash
Qashqadaryoda tashkil etilgan formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinovi jarayonidan lavha
(+video)
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
"Zamin" fondi, MMTV, "O‘zsuvta’minot" AJ tomonidan YUNISEF ko‘magida amalga oshirilayotgan "Umumta’lim maktablarida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena" qo‘shma loyihasi doirasida 2021-yildan boshlab Buxoro viloyatidagi markazlashgan suv ta’minotiga ulanmagan maktablarda suv ta’minoti tizimlari barpo qilinmoqda.
O‘tgan davrda loyihada ishtirok etayotgan maktablar joylashgan mahallalardagi 100 ming nafardan ziyod aholi xavfsiz ichimlik suvidan bahramand bo‘ldi.
Maktablarda YUNISEF bilan birgalikda sanitariya va gigiyenaga bag‘ishlangan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ularning maqsadi Markaziy Osiyodagi eng qimmatbaho ne’matlardan biri — Suvga hurmat munosabatini tarbiyalashdan iborat.
Suvni tejash — tabiat va ekologiyaga g‘amxo‘rlik qilish demakdir. Bu kelajakka e’tibor hamdir.
Ushbu lavhani tomosha qiling. Nima deb o‘ylaysiz, siz suvni tejash uchun nima qila olasiz?
—
В рамках совместного проекта Фонда Zamin, МДШО, АО «Узсувтаъминот» при поддержке ЮНИСЕФ «Водоснабжение, санитария и гигиена в общеобразовательных школах» в Бухарской области с 2021 года создаются системы водоснабжения в школах, в которых прежде не было доступа к централизованному водоснабжению.
За это время доступ к чистой безопасной питьевой воде предоставлен для более чем 100 тыс. жителей населенных пунктов, где расположены проектные школы.
В школах проводятся различные мероприятия по санитарии и гигиене совместно с ЮНИСЕФ. Их главная цель — воспитание уважительного отношения к одному из самых драгоценных ресурсов Центральной Азии — Воде.
Бережное отношение к воде — это забота о природе и экологии. Это забота о будущем.
Посмотрите этот ролик. Как вы думаете, что можете сделать вы для экономии воды?
Zamin | Facebook | Instagram
#Formativ_Summativ_Baholash
Qashqadaryoda formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan edi.
2023-2024-oʻquv yilida Respublika miqyosida 500 ta umumtaʼlim maktabida oʻquvchilar bilimini formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilganidan xabaringiz bor.
Bugun mazkur tajriba-sinov maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida 2023-2024-oʻquv yilining II chorak yakuni boʻyicha choraklik summativ baholash (CHSB) jarayonlari bo'lib o'tdi. Unda oʻquvchilar ona tili, matematika, biologiya, ingliz tili, fizika, tarix fanlaridan CHSB sinovlarini topshirishmoqda.
❗️Sinov materiallari o'zbek va rus tillarida chop etilgan.
❗️Eslatib o'tamiz, Qashqadaryoda 15 ta tuman va shaharlarda (33 ta maktabda) formativ va summativ baholash tizimi bo'yicha 2-choraklik summativ baholash sinovlari (CHSB) bo'lib o'tmoqda.
————
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Tanlov gʻoliblari taqdirlandi
Kasbi tumani maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimiga qarashli16- umumiy oʻrta taʼlim maktabida boshlang'ich sinf oʻquvchilari oʻrtasida "bo'lim boshlig'i kubogi'' fan olimpiadasi oʻtkazildi.
Gʻolib oʻquvchilar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Tadbirda bolajonlar uchun bayram dasturi tashkil etildi va koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryoda "Chet tillarini faol o'rganamiz" loyihasiga start berildi
Ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Muborak tumanida yangicha yondashuvlar asosida "Chet tillarini faol o'rganamiz" loyihasiga start berildi.
Loyiha doirasida Qashqadaryo viloyat bo'yicha chet tili pedagoglarining til bilish bo'yicha darajasi oshirilib, 2024-yilning yakuniga qadar 100% ko'rsatgichga chiqarilishi nazarda tutiladi.
Mazkur loyiha doirasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
—muntazam tartibda pedagog hamda o’quvchilar uchun sinov testlar va akademik musobaqalarni o’tkazib borish;
—o’qituvchi va o’quvchilar uchun xalqaro va milliy darajadagi til bilish bo’yicha imtihonlarga tayyorlov kurslarini joriy qilish;
—iqtidorli o’quvchilarni saralab ularni milliy va xalqaro olimpiadalarga tayyorlash.
@Qashqadaryo_vxtb
#game
▫️ DIDAKTIK O'YIN
🔻 Ta'rif:
O'yin uchun o'rtaga yengilroq, kichkinaroq narsa qo'yiladi. Ikki nafar bola bir-biriga qarama-qarshi turadi. Tarbiyachi birinchi bolalarni chalg'itadi. Keyin birdan narsaning nomini aytadi. Bunda kim birinchi narsani olsa, "Eng chaqqon" deb maqtaladi.
🔻 Jarayon:
Tarbiyachi birinchi bolalarni chalg'itadi. Masalan: bosh, oyoq, yelka, stakan - yoki - soch, yelka, bo'yin, stakan tarzida.
🔸 Maqsad:
Bolada chaqqonlikni shakllantirish, topqirlikni rivojlantirish, hozirjavoblikni oshirish.
🤩 Ayniqsa, mashg'ulot juda qiziqarli o'tadi.
Telegram | Ilk-qadam.uz | Facebook | Instagram
"Inklyuziv ta’lim" loyihasi doirasida umumta’lim maktablarining 259 nafar uslubchi, psixolog va pedagoglari malaka oshirish kurslarida o‘qidilar.
Mashg‘ulotlarni A.I. Gersen nomidagi RDPU Defektologik ta’lim va reabilitatsiya instituti, Korreksion pedagogika instituti, Qozog‘iston Respublikasi Maxsus va inklyuziv ta’limni rivojlantirish Milliy ilmiy-amaliy markazining yuqori malakali mutaxassislari o‘tkazdi.
Ma’ruzachi sifatida O‘zbekiston Respublikasi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazining uslubchilari va Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchilari ham so‘zga chiqdi.
Tadbir ishtirokchilari zamonaviy maktabda inklyuziv ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar, fan o‘qituvchilari esa yakka tartibdagi o‘quv rejalari bilan ishlashni o‘rgandilar.
—
В рамках проекта «Инклюзивное образование» 259 методистов, психологов и педагогов общеобразовательных школ прошли курсы повышения квалификации.
Занятия проводили высококвалифицированные специалисты из Института дефектологического образования и реабилитации РГПУ им. А.И. Герцена, Института коррекционной педагогики, Национального научно-практического центра развития специального и инклюзивного образования Республики Казахстан.
В качестве лекторов также выступали методисты Республиканского центра профессиональной ориентации и психолого-педагогической диагностики учащихся Республики Узбекистан и преподаватели Чирчикского государственного педагогического университета.
Участники мероприятия получили знания и навыки по организации инклюзивной образовательной среды в современной школе, а учителя-предметники научились работать с индивидуальными образовательными планами.
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
Кўкдалада 7-синф қиз унаштирилди мавзуси шунчаки тармоқларни ларзага солди.
Қизнинг оиласи билан суҳбатлашилганда бу "Туғилган кун эди" деган жавобни олдик.
Бу жавоб қониқарли эмас, аммо асосийси ўқувчи қиз энди назоратда.
Уни вояга етмасидан туриб никоҳга бериш жавобгарликка сабаб бўлиши ота-онасига "яхшигина" тушунтирилди, ўқувчи қиз ҳокимлик назоратига олинди.
Умуман олганда Қашқадарё вилояти, Кўкдала туманидаги "Чияли" ҳудудида бундай ҳолатлар тез-тез учраб туради. Шу кунга қадар бир нечтасига вояга етмаган қизини унаштиргани учун жарима қўлланган, аммо афсуски буни "урф-одат" санаб олгани учун ҳам жаримадан қўрқмайдиганлари учраб туради.
Қизларни вояга етмай туриб никоҳга тайёрлаш, унаштириш ҳолатлари айнан "Чиял"да авж олган.
Бу Кўкдала туманининг энг оғриқли нуқтаси.
Туман ҳокими бошчилигида туман хотин қизлар фаоллари ва масъуллар билан аҳоли орасида кўп марталаб тушунтириш ва тарғибот ишлари олиб борилган, жиддий огоҳлантиришлар берилган, аммо шунга қарамай бу эскича урф-одатдан кечишни истамайдиган ота-оналар ҳамон учраб туради.
Аввало аксарият ота-она бу ишни қилганини тан олмайди, исботлаб берганингда эса "Қизимни вояга етмасидан туриб турмушга бермадим, шунчаки унаштирдим" деб вазиятдан чиқиб кетмоқчи бўлади, ҳақиқатда қонунда унаштирганлик учун жазо чоралари йўқ, қолаверса бирор фарзанд ота-онам мени мажбурлаб унаштириб қўйди деб арз қилмайди афсуски.
Бу баъзи ота-оналарга айнан жазо йўқлиги учун жуда қўл келмоқда.
Бундайларга қонуний жазо чораларини кучайтиришдан бошқа илож йўқ.
Ҳозирда ишчи гуруҳ тузилиб, айнан шу ҳудуд учун кунлик тарғибот ва ташвиқотлар олиб борилиши йўлга қўйилди.
Назорат кучайтирилди, аммо бу масалага биттада нуқта қўйиб бўлмайди, бу мавзу ҳақиқатда жиноят эканини ота-оналар тушуниб етиши учун жиддий жазо чоралари керак.
Бу масалани Сенат даражасида кўриб, айнан вояга етмаган қизларни унаштирганлик учун жавобгарлик масаласини кучайтириш керак, ҳокимликнинг қўлида мана шундай "ричаг" бўлса менимча бу мавзуга нуқта қўйиш осонроқ бўлади.
Бу масала битта туман ёки вилоят ҳокимлиги билан битмайди, бунга Республика миқёсида эътибор керак, ана шунда жазо чоралари кучайтирилиб, бу масалага қарши бемалол курашиш мумкин бўлади, чунки қизи эрсиз қолишидан хавотирда турган ота-онани жарима билан қўрқитиб бўлмайди.
Ҳар ҳолда вояга етмаган фарзандини унаштирган аксарият ота-оналар фарзанди "ўтириб" қолишидан қўрққани учун шундай қилишга мажбур бўлганини айтган, бу ғирт мантиқсизлик, аммо буни азал-азалдан қон-қонига сингиб кетган баъзи одамларга тушунтиришнинг ягона йўли юқорида айтганимдек КЕСКИН ЖАЗО ЧОРАСИ, бошқа йўли йўқ!
🇺🇿@Otabek
Boshqarma xodimlari yaqinlashib kelayotgan Yangi yil ayyomi bilan e'tirof etildi
Bugun Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi faollar zalida yangi yil bayrami munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov tizim xodimlarini, yil yakunida faol bo'lgan jamoadoshlarni kirib kelayotgan yangi yil ayyomi bilan tabriklab, kelgusidagi faoliyatlariga omad va zafarlar tiladi.
Eslatib o'tamiz, bayram tadbirlari ta'lim muassasalarida katta o'rnatilgan tartib asosida o'tkazilmoqda.
@Qashqadaryo_vxtb
YAKUNIY YIG'ILISH
(joriy yilda amalga oshirilgan ishlar, natijalar, kamchiliklar, yutuqlar va 2024-yildagi strategik ustuvor vazifalar, ta'lim sifatini oshirishdagi odimlar...)
Bugun Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov boshqarma xodimlari ishtirokida yil yakuni yuzasidan yig'ilish o'tkazdi.
Yig'ilishda ta'lim sifatiga erishishda amalga oshirilgan islohotlarni quyi tizimgacha yetib borishi, joriy yil davomida bajarilgan ishlar, natijalar, kamchiliklar, yutuqlar ham mukokama etildi.
Bundan tashqari boshqarma o'rinbosarlari, sohaviy bo'lim boshliqlari hisoboti eshitildi va galdagi vazifalar belgilab olindi.
❗️Eslatib o'tamiz, tez fursatlarda yil yakuni sarhisobi bo'yicha bajarilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot beriladi hamda tuman(shahar) Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlarini media, OAV yil davomida qay darajadagi faolliklari rasmiy sahifalarimizda yoritiladi.
@Qashqadaryo_vxtb
Kamalakda yangi yil loyihasi
Faol maktab o'quvchilardan tarkib topgan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Sardorlar Kengashi a'zolari tomonidan Qarshi shahridagi "Chaqar" mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlariga "Kamalak" bolalar tashkilotining yangi yil sovg'alari yetkazildi!
Vatan, do'stlik va baxtli bolalik uchun!
@Qashqadaryo_vxtb
“Prezident sovg’asi” o’z egalariga topshirildi
Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G’ulomov, prokuror Sardor Nazarov va IIB boshlig’i Musurmon Bo’riyevlar Yangi yil bayrami munosabati bilan “Prezident sovg’asi” o’z egalariga topshirishdi.
“Prezident sovg‘asi” tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari, smart soat, magnit taxtasi va boshqa sovg‘alar kiritilgan.
@Qashqadaryo_vxtb
Ахборот 24 | Ўқитувчилар қурилтойи
#25dec #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
⚡️500 ta maktabda yangi baholash imtihonlari o‘tkazildi. Yangi tizimning afzalliklari nimada?
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 500 ta umumta’lim maktabida CHSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur maktab o‘quvchilarining ikkinchi chorak yakuniy bilimlari yangi baholash tizimi orqali sinaldi.
🔴 Imtihon jarayonlari mos ravishda ikki smenada hamda o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida tashkil etildi.
🔹Bunda o‘quvchilar choraklik davomida olgan bilimlarini tegishli fanlarga oid berilgan test savollariga to‘g‘ri javobni belgilash orqali sinovdan o‘tkazdi. Maktablarga test savollari kitobchalari va javoblar varag‘i to‘liq yetkazib berildi.
🔹Imtihon jarayonlari vazirlik hamda sohadagi tegishli mutaxassislar tomonidan kuzatib borildi.
❗️Ma’lumot uchun: yangi baholash tizimi ikki turga — summativ va formativ baholash tizimiga bo‘linadi.
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1410
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Jarayon
Qashqadaryoda formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinovi bo'yicha fotolavhalar
@Qashqadaryo_vxtb
Maktabda profilaktik tadbir o‘tkazildi
Koson tuman IIB JXX HPB VEMB inspektor- psixologi, kapitan D.Jurayev hamda "Yuqori Obron" MFY raisi, xotin-qizlar faoli, maktab direktori va o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida tuman M va MTBga qarashli 38-maktabda yig‘ilish o‘tkazildi. Unda ota-onalarga farzandlarini erta turmushga bermaslik, o‘qishini va dars mashg‘ulotlariga to‘liq qatnashishi xususida so‘z yuritildi
✅Batafsil
🔄🔄🔄
Мактабда профилактик тадбир ўтказилди
Косон туман ИИБ ЖХХ ҲПБ ВЕМБ инспектор- психологи, капитан Д.Жураев ҳамда "Юқори Оброн" МФЙ раиси, хотин-қизлар фаоли, мактаб директори ва ўқувчиларнинг ота-оналари иштирокида туман М ва МТБга қарашли 38-мактабда йиғилиш ўтказилди
✅Батафсил
@Qashqadaryo_vxtb
Muborak tumanida "Chet tillarini faol o'rganamiz" loyihasi doirasida o'qituvchilar uchun mock testlar tashkil etildi
(o'qituvchilar uchun tayyorlov o'quv kurslari o'qitilishi nazarda tutilgan).
Mazkur testlar orqali dastlab o'qituvchi pedagoglarning til bilish darajasi baholanib, natijalarga qarab guruhlarda milliy va xalqaro til bilish bo‘yicha imtihonlarga tayyorlov o'quv kurslarida o'qitilishi rejalashtirilgan.
ESLATMA❗️
Milliy va xalqaro til bilish bo'yicha imtihonlarga tayyorlov kurslari 2024-yilning yanvar oyidan boshlab "Global Education in Karshi" o'quv markazi bilan hamkorlikda boshlanishi belgilangan.
@Qashqadaryo_vxtb
#TANQIDIY
—Qashqadaryoda ham so‘nggi yillarda o‘tkazilgan islohotlar doirasida jinoyatlarning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda yangi ish uslublari tatbiq qilindi, aholi va jamoatchilik bilan uzviy muloqot yo‘lga qo‘yildi, —Qashqadaryo MMTB boshlig'i Ubaydulla ORIPOV.
————
Bugun Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov, viloyat IIB JXX HPB boshligʼi Ruslan Temirovlar Qarshi shahridagi umumiy o'rta ta'lim maktab direktorlari, bo'lim xodimlari ishtirokida tanqidiy, tahliliy yig'ilish o'tkazdi.
Yig'ilishda huquqbuzarliklar profilaktikasi, ta'lim sifatiga erishishda amalga oshirilayotgan islohotlar, jinoyatchilik ga uni oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlar, davomad, murojaatlar bilan ishlash masalalari va boshqa jarayonlari haqida to'xtalib o'tildi.
❗️
"O'z lavozim majburiyatiga sovuqqonlik bilan qaragan direktorlar bilan ishlashni keskin rad etamiz", — deydi soha mas'ullari.
@Qashqadaryo_vxtb
📹 Reportaj: Koson tumani hokimi va viloyat volontyorlar markazi yoshlari imkoniyati cheklangan fuqarolarning xonadonlariga borib, ularni Yangi yil bilan tabriklashdi (Video)
Videoni ko'rish:https://youtu.be/Cdarmnigii4
#Президент_совғаси
#Press_tur
“Prezident sovg‘asi” karvoni yo'lga tushdi
✅ Yangi yil bayrami munosabati bilan yurtimizdagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun beriladigan “Prezident sovg‘asi” karvonlari hududlarga jo‘nab ketmoqda.
➖ Bugun poytaxtimizda “Prezident sovg‘asi”ni qadoqlash, hududlarga jo‘natish jarayonlari doir tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir doirasida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur tashkil etilib, jarayonlar bilan yaqindan tanishtirildi.
⚡️Umumiy hisobda 11 000 dona tayyorlangan “Prezident sovg‘asi” tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari, smart soat, darts magnit taxtasi va boshqa sovg‘alar kiritilgan.
Shuningdek, 12 yoshdan katta 1600 nafar tarbiyalanuvchilar sovg‘alari tarkibiga planshetlar ham kiritilgan.
❗️“Prezident sovg‘asi” hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30-dekabr kunlari tantanali tarzda topshiriladi.
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1406
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
O‘zbekiston - yoshlar mamlakati
Shahrisabz tuman hokimligi tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi,MMTB, RMMM Shahrisabz tuman bo‘limi, Madaniyat bo‘limi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuv avvalida Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanov so‘zga chiqib, Prezidentimiz tomonidan yoshlarga alohida eʼtibor qaratilayotganligi, yoshlar bilan ishlash borasida tumanda tizimli ravishda ishlar olib borilib, bu o‘z natijasini berayotganligini taʼkidladi.
Tadbirda turli sohalarda faol bo‘lgan 300 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etib, hukumatimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda yutuqlarga erishayotganligini o‘rtoqlashdi hamda o‘zlarini takliflarini bildirishdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida ilm-fan, sport, madaniyat va boshqa sohalarda vatanimiz hamda xalqaro miqyosda yutuqlarni qo‘lga kiritgan bir guruh yoshlar tuman hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
@Qashqadaryo_vxtb
⚡️Pedagoglar uchun Metodik marafon o‘tkaziladi
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan 2024-yilning 4–10-yanvar kunlari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafon tashkil etilmoqda.
Marafondan ko‘zlangan maqsad:
👉 umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻquv-tarbiya jarayonini zamonaviy talablar asosida innovatsion usullar yordamida oʻqitishni taʼminlash;
👉 xalqaro baholash dasturi (PISA-2022) tadqiqotlarida oʻquvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar savodxonligi bo'yicha baholash natijalaridan kelib chiqib, ularning o‘zlashtirishdagi boʻshliqlar bilan ishlash;
👉 o‘qituvchilarga oʻquvchilarning mantiqiy fikrlash va samarali muloqot qilish, real hayotiy muammolarga yechim topa olishiga yoʻnaltirilgan metodlarni oʻrgatish;
👉 pedagog kadrlarning ilgʻor tajribalarini aniqlash, oʻzaro tajriba almashishlarini yoʻlga qoʻyish va qoʻllab-quvvatlash.
Marafonda ishtirok etish uchun taqdimotlar @metodik_marafon_bot telegram botiga yuboriladi. Bunda taqdimot hajmi 50 MB'dan oshmasligi kerak.
Eng yaxshi metodik resurs mualliflari tanlab olinadi hamda trener sifatida jalb etiladi. Shuningdek, Ta’limni rivojlantirish markazi rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilinadi.
Marafonga oid yangiliklar markazning @trm_metodika kanalida e’lon qilib boriladi.
#Yangi_yil
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida bayram kayfiyati...
@Qashqadaryo_vxtb