|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz
✔️ Ro‘yxatdan o‘tish 20:00 gacha uzaytirildi, bemalol ulgurasiz. Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha batafsil (qadamma-qadam) yo‘riqnoma tayyorladik: ➡️ t.me/khisofaq/45Читать полностью…
Seminar oʼtkazildi —QASHQADARYO
Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta‘lim-tarbiya sifatini takomillashtirish yuzasidan seminar-trening tashkil etildi
Tadbir doirasida viloyat bo‘ylab jami 32 nafar ishtirokchilar qamrab olindi. Unda Ilk qadam davlat o‘quv dasturini samarali qo‘llash, yozgi sog'lomlashtirish tadbirlarini yuqori saviyada o'tkazish, ta‘lim-tarbiya jarayonida yordamchi texnologiyalardan foydalanish hamda bolalar bilan ishlashda zamonaviy metodikalardan keng foydalanish bo‘yicha amaliy mashg'ulotlar olib borildi.
Seminar-trening davomida ishtirokchilar o'zaro tajribalar almashib, interfaol mashqlar orqali yangi bilimlarni egallashdi.
O'quv tadbirini borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida viloyat MMT boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev tashrif buyurib ishtirokchi pedagoglarga ta‘lim-tarbiya sifatini jadallik bilan yaxshilash eng muhim vazifalardan biri ekanligini ta'kidladi.
Qashqadaryolik oʼqituvchidan ajoyib natija....
Respublikada ommalashtirilgan ishlarning sertifikatlari chiqdi
Mavzu:Читать полностью…
“Yosh voleybolchilarda tezkorlik va chidamkorlik jismoniy sifatlarni tarbiyalashda harakatli oʻyinlardan foydalanish”.
#gimnastika
“Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining Respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi
✅ Bugun Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilar oʻrtasida “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.
Taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov ishtirok etdi hamda g‘olib ishtirokchilarni samimiy tabrikladi.
➖ Joriy yilning may oyida oʻtkazilgan musobaqaning tuman (shahar) bosqichida 5 247 nafar, hududiy bosqich bahslarida 332 nafar tarbiyalanuvchi ishtirok etdi. Respublika bosqichida eng iqtidorli 27 nafar (13 nafari oʻgʻil va 14 nafari qiz bolalar) tarbiyalanuvchi oʻzaro kuch sinashdi.
👉 “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida tashkil etilgan ushbu sinov bahslari gimnastika boʻyicha milliy va xalqaro toifadagi hakamlar tomonidan 20 ballik baholash mezoni asosida baholab borildi.
Yakuniy natijalarga koʻra:
(qiz bolalar oʻrtasida)
➡️ I oʻrin — Xorazm viloyati, Urganch shahar, 20-DMTT tarbiyalanuvchisi Mubina Rustamovaga;
➡️ II oʻrin — Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, 20-DMTT tarbiyalanuvchisi Fariza Xolmatovaga;
➡️ III oʻrin — Buxoro viloyati, Kogon shahar, 2-DMTT tarbiyalanuvchisi Fayozabonu Qurbanovaga;
(oʻgʻil bolalar oʻrtasida)
➡️ I oʻrin — Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahar, 15-DMTT tarbiyalanuvchisi Alibek Xidirovga;
➡️ II oʻrin — Jizzax viloyati, Sharof Rashidiov tumani, 13-DMTT tarbiyalanuvchisi Muhammadnur Xolmatovga;
➡️ III oʻrin — Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, 20-DMTT tarbiyalanuvchisi Damir Bobomurotovga nasib etdi.
👉 Gʻolib tarbiyalanuvchilar vazirlikning maxsus Diplomi hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Maʼlumot uchun: “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining Respublika bosqichi gʻoliblari Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 1-sinfiga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
Boshqarma boshligʼi hududlarda...
Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i U.Oripov Ko‘kdala tumani Annaroʼz MFYda 150 o‘rinli, Baxt MFYda 60o‘rinli va Qo‘shali MFYdagi 60 o‘rinli yangi qurilayotgan DMTTlarni ko'zdan kechirdi.
16-май куни эфирга узатилган " Болажон" эшиттиришида МТТларда тарбияланувчилар қамровини ошиб бораетгани ва жорий йилнинг 15-май куни етказилган ведиоселекторда бу каби ислоҳотларни янги босқичга олиб чиқиш кераклиги,пелагог кадрлар тайёрлаш ва малака ошириш тизимини такомиллаштиришга қаратилгани устувор вазифалар ҳақида вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармасининг бошлиғининг ўринбосари Даврон Тожиев мулоҳазалари берилди. /channel/oltinvoha
Читать полностью…Yakkabog' tuman ta'lim muassasalarida Davlatimiz rahbari tomonidan o'tkazilgan videoselektor yig‘ilishda berilgan topshiriqlar hamda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi yuqori saviyada tashkil etilmoqda....
-"Albatta maktabimiz o'quvchi yoshlarini ta'til davrida bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilayotgan maydonchlarimiz faoliyati o'quvchilarimizni kelgusi o'quv yilida faolliklarini oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, madaniy-ma’naviy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladi.Maydonchamizda deyarli har kuni 100 nafarga yaqin o'quvchilar bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etmoqdalar"-deb ta'kidlaydi tumandagi 75-umumiy o'rta ta'lim maktab rahbari F.Sattorova
#Dolzarb90kun
ZUKKO BOLAJONLAR SAHNADA!
Kitob tumanidagi 8-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida "Zukko bolajon" loyihasi doirasida kichkintoylar ishtirokida mazmunli va ta’sirchan adabiy chiqishlar namoyish etildi. 🎭✨
🎤💫Tadbir davomida bolajonlar she’rlar, sahna ko‘rinishlari, raqslar, Vatanni madh etuvchi rasmlar hamda “Bilimdon bolajon” shartlari orqali o‘zlarining iqtidori va iste’dodini namoyon etdilar. Har bir chiqish bolalarning fikrlash qobiliyati, sahna madaniyati hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi vakillari ishtirokida tashkil etilgan ushbu loyihalar bolajonlar tarbiyasida muhim o‘rin egallaydi va ularning intellektual rivojiga katta hissa qo‘shadi.
@Qashqadaryo_MMTB
Kitob tumanida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari qizg‘in davom etmoqda!
Kitob tumanidagi 62-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” shiori ostida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy va jismoniy salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
📖 Kitobxonlik yo‘nalishida musobaqalar, bahs-munozaralar, kitob tahlillari tashkil etilib, o‘quvchilar o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini faol namoyon etishmoqda.
⚽️ Sport yo‘nalishida esa futbol, shaxmat, yugurish kabi musobaqalarda o‘quvchilar sog‘lom turmush tarziga intilishmoqda.
🎨 San’at va ijod yo‘nalishida rassomlik, cholg‘u asboblarida ijro, qo‘shiq kuylash kabi mashg‘ulotlar orqali yoshlar o‘z iste’dodlarini namoyish etmoqda.
✍️ Ularning ijodiy ishlari tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tomonidan yuqori baholanmoqda.
📌 “Dolzarb 90 kun” – bu o‘quvchilarga yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda!
@Qashqadaryo_MMTB
OVOZ BEROLMAGANLAR DIQQATIGA BOTDAGI XATOLIKLAR TUZATILDI BOTGA KIRIB OVOZ BERISHINGIZ MUMKIN✅
OVOZ BERISH UCHUN:
1. Qarshi shahar: Eng yaxshi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori
2. Qarshi tuman: Eng yaxshi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori
3. Gʻuzor: Eng yaxshi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori
4. Koson: Eng yaxshi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori
5. Qamashi: Eng yaxshi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori
6. Yakkabog‘: Eng yaxshi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori
7. Dehqonobod: Eng yaxshi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori
8. Chiroqchi: Eng yaxshi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori
9. Kitob: Eng yaxshi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori
10. Shahrisabz sh: Eng yaxshi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori
11.Shahrisabz t: Eng yaxshi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori
12.Nishon: Eng yaxshi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori
13.Ko‘kdala: Eng yaxshi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori
14. Mirishkor: Eng yaxshi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori
15. Kasbi: Eng yaxshi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori
16. Muborak: Eng yaxshi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori
📢Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga 2025–2026-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda!
SHOSHILING! 12 KUN QOLDI!
🏫 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 2025–2026-o‘quv yili uchun 7,9,10-sinflarga o‘quvchilarni qabul qiladi!
🗓 Hujjatlar topshirish muddati:
2025-yil 1–20-iyun
📲 Onlayn ariza topshirish manzili: ariza.piima.uz
🗂 Kerakli hujjatlar:
1. O'quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti ma'lumotlari;
2. O'quvchining fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
3. Baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).
📝 Kirish imtihonlari 3 bosqichda quyidagi fanlardan tashkil etiladi:
✅ I – Ijodiy matn yaratish
✅ II – Ijodiy suhbat
✅ III – 50 ta test:
▪️ 20 ta – Ona tili va adabiyot
▪️ 15 ta – Ingliz tili
▪️ 15 ta – IQ (intellektual qobiliyat) testi
✅Yuqorida o'quv jarayonlari va " Ochiq eshiklar " kunidan videolavha👆
📞 Call-markaz: 1206
☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar:
+998 75 221 75 27
+998 90 638 79 11
+998 90 867 45 84
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta‘lim-tarbiya sifati takomillashtirilmoqda
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta‘lim-tarbiya sifatini takomillashtirish yuzasidan seminar-trening tashkil etildi
Tadbir doirasida viloyat bo‘ylab jami 32 nafar ishtirokchilar qamrab olindi. Unda Ilk qadam davlat o‘quv dasturini samarali qo‘llash, yozgi sog'lomlashtirish tadbirlarini yuqori saviyada o'tkazish, ta‘lim-tarbiya jarayonida yordamchi texnologiyalardan foydalanish hamda bolalar bilan ishlashda zamonaviy metodikalardan keng foydalanish bo‘yicha amaliy mashg'ulotlar olib borildi.
Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ustoz va muallimlar!
Sizni aziz va ulug‘ qadriyatlarimizning yorqin ifodasi – Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklaymiz!
Bu muborak kun barchamizga mehr-oqibat, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va insonparvarlik fazilatlarini yanada yuksaltirishga da’vat etadi. Qurbon hayiti bizga tozalik, sabr, hamjihatlik va eng muhimi, birodarlik tuyg‘ularini ulug‘lashni o‘rgatadi.
Muhtaram pedagog va ustozlar! Sizlarning yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos mehnatingiz, bilim va ma’rifat bag‘ishlashdagi fidoyiligingiz jamiyatimiz taraqqiyotining asosiy poydevorlaridan biridir. Qurbon hayitida Sizga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, ko‘ngil hotirjamligi, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz.
Muborak Qurbon hayiti barchamiz uchun tinchlik-osoyishtalik, barqarorlik va farovonlik ramziga aylansin!
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, Ubaydulla Oripov.
Qurilish mahsulotlarini maqsadli sarflanishiga doir seminar oʼtkazildi — QARSHI TUMANI
Qashqadaryo viloyat hokimining viloyatdagi umumta’lim maktablarini 2025-2026 oʼquv yilida joriy taʼmirlash boʼyicha qurilish mahsulotlari bilan taʼminlash hamda qurilish mahsulotlarini maqsadli sarflanishiga doir seminar oʼtkazildi.
Seminarda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshligʼi U.Oripov ishtirok etib, taʼlim tashkiloti masʼullariga maxsus koʼrsatmalar berdi.
Shuningdek, taʼlim tashkilotiga tadbirkorlar va ota-onalar homiyligini tashkil etishda faollik koʼrsatgan Qarshi tumani 19-sonli maktab direktori boshqarma boshligʼi tomonidan eʼtirof etildi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
Davlatimiz rahbarining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi mazmuni va yo’nalishlari qanday?
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida ta’lim jarayonlari qanday tashkil etiladi?
Videoda ushbu savollarga mutaxassislarimiz batafsil javob bergan.
Bilimli, iqtidorli yoshlar, sizlarni Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida kutamiz!
Maktab haqidagi barcha ma’lumot, yangiliklar ushbu kanalda: @alberuniyuzb
Taqdirlash marosimi qachon boʻlib oʻtadi?
18-may kuni ikkita (KHISO va COPERNICUS) olimpiada oʻtkazildi. Xorazm viloyati va Nukus shahrida taqdirlash marosimlari 11-13 iyun kunlari oʻtkazildi.
Qolgan hududlarda 15-iyun kuni olimpiada boshlanishida oʻtkaziladi. Quyidagi istisno holatlari mavjud:
1) Zarafshon shahrida taqdirlanadiganlar seshanba kuni taqdirlanadi. Olimpiada o‘z vaqtida bo‘ladi.
2) Jizzax va Fargʻona viloyatlaridan COPERNICUS xalqaro olimpiadasida kumush medallarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar 25-iyunda taqdirlanadi. Oltin va bronza medallar, shuningdek #khiso_olimpiadasi ning barcha gʻoliblari ertaga (15-iyun) olimpiada ochilishida taqdirlanadi.
3) Toshkent shahrida COPERNICUS olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar (200 ga yaqin, eng ko‘p) 29-iyun kuni YOZGI MAKTAB ochilishida taqdirlanishadi. #khiso_olimpiadasi g‘oliblari esa ertaga (15-iyun) olimpiada ochilishida taqdirlanadi.
📊 15-iyun kuni bir vaqtda barcha hududda KHISO va ARCHIMEDES xalqaro olimpiadalari o‘tkaziladi. Ushbu olimpiadalardagi #top_natija li o‘quvchilar "SUPER FINAL" olimpiadasiga yo‘llanma ham olishadi. Ro‘yxatdan o‘tishga kech qolmang: ➡️ t.me/khiso/4950
®️ Qatnashuvchilar ro‘yxati 20:00 da e’lon qilinadi.
⏰ Barcha hududlarda olimpiadalar 9:00 da boshlanadi.
📍 Ertaga olimpiadamiz oʻtkaziladigan manzillar bilan tanishing. Barchasi bitta havolada: ➡️ https://khiso.taplink.ws/
“Garvardchilar maktabi”ga o'qishga ariza topshirish bo'yicha video-yo'riqnoma
✅ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga ariza.piima.uz sayti orqali onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-yo'riqnoma taqdim etilmoqda.
✅ Shuningdek, tez orada my.gov.uz portali orqali ariza topshirish bo‘yicha video-yo‘riqnoma ham e’lon qilinadi.
🔹Aloqa: @Alberuniyaloqabot
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
@alberuniyuzb
😊 Bir oylik tanaffusdan keyin siz kutgan olimpiada: Bu safargi #khiso_olimpiadasi xalqaro ARCHIMEDES olimpiadasining saralash bosqichi sifatida o‘tkaziladi!
Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani 47-umumiy o'rta ta'lim maktabining birinchi toifali geografiya fani o'qituvchisi Meyliyeva Gulruxning geografiya fanidan "7-sinf geografiyasida emotsional intellektni rivojlantirish metodlari" mavzusida yozgan metodik ishi RESPUBLIKA miqyosida ommalashdi.
Читать полностью…#Gʻuzor_tumani
DOLZARB_90_KUN
Gʻuzor tumani ʼʼBarkamol avlodʼʼ bolalar maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi va hodimlari, huquq tartibot organlari rahbarlari, viloyat ʼʼBarkamol avlodʼʼ bolalar maktabi rahbari, Viloyat maktab va maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari oʻrinbosarlari, tumanimiz umumtaʼlim maktab deriktorlari taklif qilinib, toʻgaraklar bilan tanishtirilib, DOLZARB 90 KUN doirasida oʻquv-seminar oʻtkazildi.
@Qashqadaryo_MMTB
Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 5-umumiy o‘rta taʼlim maktabida Prezidentimiz tashabbusi bilan ʼʼDolzarb 90 kunlik" loyiha doirasida naʼmunali seminar tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda turli sport musobaqalari, intellektual va ijodiy tanlovlar, kitobxonlik va teatr mashg‘ulotlari, fanlar to‘garaklari muntazam faoliyat olib bormoqda.
O'QUVCHILAR NEGA JANJALLASHDI?
Читать полностью…Yakkabogʻ tumanida ʼʼDolzarb 90 kunʼʼ loyihasi doirasida 2025- yil 19-maydagi 162- son buyrugʻiga muvofiq Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini yozgi sogʻlomlashtirish davrini mazmunli va maroqli tashkil etish maqsadida 12- Davlat Maktabgacha taʼlim tashkilotida ʼʼShaxmat-shashkaʼʼ, ʼʼRassomchilikʼʼ, ʼʼQoʻgʻirchoq teatrʼʼ, ʼʼGimnastikaʼʼ,ʼʼSogʻlomjon polvonjonʼʼ nomli toʻgaraklar faoliyat olib bormoqda.
@Qashqadaryo_MMTB
#Qabul_2025
#Prezident_maktabi
#QarshishahridagiPrezidentMaktabi
📢 Hurmatli ota-onalar, qadrli o’quvchilar!
🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabiga 2025-2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda.
🗓 Hujjatlar topshirish muddati:
2025-yil 1–20-iyun
📎 Onlayn ariza topshirish manzili: ariza.piima.uz
🗂️ Kerakli hujjatlar:
1. O'quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti ma'lumotlari;
2. O'quvchining fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
3. Baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).
📞Qabul masalalari yuzasidan 1206 qisqa raqamli call-markazga qo‘ng‘iroq qilib murojaat qilishingiz mumkin.
📞Murojaat uchun qoʻshimcha raqamlar:
+998881231197
+998912627578
+998334250818
⬆️Eslatma! Qabul joriy yilning 20-iyun kuniga qadar davom etadi.
Call-markaz soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat olib boradi.
#Qabul_2025
#Call_markaz
🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabiga yangi 2025-2026 o‘quv yili qabul uchun ishchi guruh shtabi faoliyat yuritmoqda.
☎️ Siz oʻzingizni qiziqtirgan savollarga 1206 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilib batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishingiz mumkin.
⚠️ Maktabimizga qabul 1-iyundan 20-iyungacha davom etadi
#QABUL_2025
#QARSHI_SHAHAR_1_SON_IMI
✅ Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga endilikda 5-sinf aniq fanlar yo‘nalishidan tashqari 7-sinf tabiiy fanlar yo‘nalishiga ham 2025-2026-o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi.
🏢Maktab-internatida o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar:
🛌Uzoq hududdan o‘qiydigan o‘quvchilar uchun zamonaviy bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi;
🍲bir kunda 5 mahal bepul ovqatlanishadi;(Yotoqxona)
👨💻darsdan so‘ng 12 turdagi to‘garak mashg‘ulotlariga bepul jalb qilinadi;
🤼♂️turli xil sport turlari bilan shug‘ullanishadi;
🤵maxsus kiyim-kechaklar;
🧪ixtisoslik fanlari (Matematika, Fizika, Ingliz tili, Tarix, Biologiya, Kimyo) fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladi;
💻yuqori sifatli optik internet tarmog‘iga ulanish;
📚darslik bilan bepul taʼminlanadi;
👨🎓xalqaro SAT va IELTS imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mutaxassis o‘qituvchilardan bilim olishadi.
🗄zamonaviy va katta sig‘imga ega kutubxona;
👨🏻💻Yuqori malakali hamda zamonaviy bilimga o‘qituvchilar jamoasidan taʼlim olishadi.
🍀Yuqori bilimga ega bo‘lgan hamda xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar o‘zi xohlagan dunyo va O'zbekistondagi universitetlarga muddatidan oldin talabasi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi
⏳Hujjat topshirish muddati: Joriy yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar ONLAYN shaklda 👉 my.gov.uz yoki ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati 3x4 rasm
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
☎️ call-markaz:
+99897 382-73-81
+99891 961-60-76
+99899 668-95-20
+99894 975-97-99
+99897 585-05-93
✈️Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉 /channel/Qarshi1sonliIxtisoslashtirilgan
#QABUL_2025
#QARSHI_SHAHAR_1_SON_IMI
✅ Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga endilikda 5-sinf aniq fanlar yo‘nalishidan tashqari 7-sinf tabiiy fanlar yo‘nalishiga ham 2025-2026-o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi.
🏢Maktab-internatida o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar:
🛌Uzoq hududdan o‘qiydigan o‘quvchilar uchun zamonaviy bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi;
🍲bir kunda 5 mahal bepul ovqatlanishadi;(Yotoqxona)
👨💻darsdan so‘ng 12 turdagi to‘garak mashg‘ulotlariga bepul jalb qilinadi;
🤼♂️turli xil sport turlari bilan shug‘ullanishadi;
🤵maxsus kiyim-kechaklar;
🧪ixtisoslik fanlari (Matematika, Fizika, Ingliz tili, Tarix, Biologiya, Kimyo) fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladi;
💻yuqori sifatli optik internet tarmog‘iga ulanish;
📚darslik bilan bepul taʼminlanadi;
👨🎓xalqaro SAT va IELTS imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mutaxassis o‘qituvchilardan bilim olishadi.
🗄zamonaviy va katta sig‘imga ega kutubxona;
👨🏻💻Yuqori malakali hamda zamonaviy bilimga o‘qituvchilar jamoasidan taʼlim olishadi.
🍀Yuqori bilimga ega bo‘lgan hamda xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar o‘zi xohlagan dunyo va O'zbekistondagi universitetlarga muddatidan oldin talabasi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi
⏳Hujjat topshirish muddati: Joriy yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar ONLAYN shaklda 👉 my.gov.uz yoki ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati 3x4 rasm
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
☎️ call-markaz:
+99897 382-73-81
+99891 961-60-76
+99899 668-95-20
+99894 975-97-99
+99897 585-05-93
✈️Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉 /channel/Qarshi1sonliIxtisoslashtirilgan
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги
—
Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Dunyoning eng nufuzli “Top-10” universitetlarida o‘qishni istaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!
Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati tashkil etildi. Bugun ushbu maktab va qabul jarayoni haqida ma’lumot berib o'tmoqchiman.
Maktabda o‘quvchilarga uch yil davomida xalqaro standartlar asosida ta’lim berilib, xorijdagi eng nufuzli “Top-10” universitetlarga kirishlari uchun imkoniyat yaratiladi. Bitiruvchilarga shahodatnoma bilan bir qatorda xorijning nufuzli oliygohlariga o‘qishga kirish imkoniyatini beruvchi xalqaro darajadagi (International Baccalaureate (IB) diplom beriladi.
Maktabga 2025/2026 o‘quv yili uchun 60 nafar o‘quvchi 9-sinfga qabul qilinadi.
Arizalar 5-iyunidan 25-iyunigacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
Imtihon ikki bosqichda o‘tkaziladi.
Birinchi saralash bosqichda o‘quvchilar matematika hamda ingliz tili fanlaridan 40 tadan test topshirig‘ini bajaradi.
Ikkinchi bosqichda eng yuqori natija qayd etgan 300 nafar nomzod uchun Toshkent shahrida imtihon o‘tkaziladi. Ular matematikadan 5 ta masala, ingliz tilidan esa 4 ta yozma ish (esse) yozishi talab etiladi.
Imtihonda eng yuqori natija qayd etgan 60 nafar o‘quvchi maktabga qabul qilinadi. Darslar Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi binosida tashkil etiladi.
@piima_admission_chatbot
Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
@hilola_umarova
❗️Xushxabar
Yakkabog' tumani 102-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi oʼquvchilardan natija
Yakkabog' tuman maktabgacha va maktab ta‘limi bo'limiga qarashli 102-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilaridan matematika va ona tili umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi sertifikatlarga ega boʼldilar.