#Video_dars
📹 Ravishdosh va sifatdosh gani qo'shimchasini gan+i bilan farqlash
@qiziqarli_ona_tili
Тез орада аттестация синовларини ўтказиш бўйича мазкур лойиҳа тасдиқланиши кутилмоқда
Читать полностью…Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 2024-yil 15-aprel kuni boshlanadi.
Malaka sinovlari avval eʼlon qilingan manzillarda real vaqt rejimida test (jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida oʻtkaziladi.
Kanalga obuna bo‘ling 👇👇
@qiziqarli_ona_tili
So'zlarning munosabat shakl yasovchi qo'shimchalari
📌 Turlovchi qo'shimchalar:
egalik
kelishik
bog'lama
📌 Tuslovchi qo'shimchalar;
Zamon
mayl
shaxs-son
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Koʻpchilik sana yozganda quyidagi xatolarga yoʻl qoʻyadi:
1. Sana soʻzini notoʻgʻri qoʻllash
Aksar odamlar sana deganda faqatgina kunning oʻzini tushunar ekan. Menimcha, sana bu – yilning qaysi kuni ekanligi. Yil, kun oy birgalikda sanani tashkil etadi.
2. Sanani xato yozish
Aksar oʻzbeklar sanani kun, oy, yil tartibida yozib qoʻyadi – 29-yanvar 2024-yil tarzida. Bu usul oʻzbek tilining uslubiga xos emas. Oʻzbek tilida sana aytilganda avval yil, keyin kun, keyin oy aytiladi. Shuning uchun 2024-yil 29-yanvar, deya yozish toʻgʻri boʻladi.
3. Sanani xato qisqartirish
Koʻpchilik sanani kun, oy, yil tarzida qisqartirar ekan – 29.01.2024. Bu Britaniya ingliz tilisi yoxud rus tili uslubi hisoblanadi. Ularning ogʻzaki nutqida ham avval kun, keyin oy, keyin yil aytiladi. Qisqartirishlari ham shunga hamohang. 01.29.2024. deya qisqartiradiganlar esa Amerika ingliz tilisi qoidasiga amal qilishlarini bilishmasa kerak.
Oʻzbek tilida avval yil, keyin kun, keyin oy aytilar ekan, qisqartirish ham shunga mos boʻlishi kerak – 2024.29.01. Bunday qisqartirish usuli amalda ekanini Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan 2020-yilda chop etilgan “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qoʻllanmasidan bilib olsa boʻladi. Istalgan hujjat ostiga qoʻyilgan sanan yil, kun, oy tartibida.
Koʻpchilik ona tili darslarida sanani soʻz bilan yozish majburiymi deb soʻraydi, shaxsan men bunday tartibga duch kelmaganman. Oʻqituvchi nimani istasa shuni qilaveradi. Soʻz bilan yozilsin, degan tartib biror hujjatda koʻrsatilmagan. Tavsiya etilgan boʻlishi mumkin (fan xususiyatidan kelib chiqib). Lekin men har doim qisqartmasidan foydalanaman va buni fojia deb hisoblamayman.
Shokir Tursun qarashlari
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Punktuatsion belgilarning ishlatilish oʻrinlari haqida batafsil.
@qiziqarli_ona_tili
⚡️Малака синовлари ўтказиладиган жой манзиллари белгиланди
Жорий йилнинг март-май ойларида мактабгача ва мактаб таълими тизимидаги педагоглар учун малака (тест) синовлари ўтказиладиган жой манзиллари маълум бўлди.
👉 Қорақалпоғистон Республикаси — Педагогларни янги методикаларга ўргатиш миллий маркази
(Нукус шаҳри Е.Алакўз кўчаси 54-уй, мўлжал: MEGA NUKUS савдо мажмуаси ёнида);
👉 Андижон вилояти — Педагогларни янги методикаларга ўргатиш миллий маркази
(Андижон шаҳар, Истиқлол кўчаси 8-уй, мўлжал: собиқ Ленинский кўча);
👉 Бухоро вилояти — Когон туман ихтисослаштирилган мактаби
(“Чолоки” МФЙ, Қасри Орифон аҳоли пункти 10-уй, мўлжал: Баховуддин Нақишбандий Зиёратгоҳи);
👉 Жиззах вилояти — Жиззах шаҳридаги 4-умумтаълим мактаби
(Жиззах шаҳар, Кимёгар маҳалласи Тўқимачилар кўчаси 45-уй, мўлжал: вилоят кўз касалликлари шифохонаси);
👉 Қашқадарё вилояти — Педагогларни янги методикаларга ўргатиш миллий маркази
(Қарши шаҳар Олимлар кўчаси 2-уй, мўлжал: Қарши давлат университети);
👉 Навоий вилояти — Навоий шаҳар Баркамол авлод болалар мактаби
(Навоий шаҳар Алоқа кўчаси 6-уй, мўлжал: Навоий савдо маркази (ЦУМ) орқа томонида);
👉 Наманган вилояти — Наманган шаҳридаги 15-умумий ўрта таълим мактаби
(Наманган шаҳри, Ғишткўприк МФЙ, Уйчи кўчаси, 329-А уй, мўлжал - Чорсу);
👉 Самарқанд вилояти — Педагогларни янги методикаларга ўргатиш миллий маркази
(Самарқанд шаҳри, Ҳасан Обиддинов кўчаси, 7-уй,);
👉 Сирдарё вилояти — Вилоят Баркамол авлод болалар мактаби
(Гулистон шаҳар, Шодлик МФЙ, Навоий шоҳ кўчаси 55-уй, мўлжал: Гулистон шаҳар истироҳат боғи);
👉 Сурхондарё вилояти — Термиз шаҳридаги 26-умумий ўрта таълим мактаби
(Термиз шаҳар, Каттабоғ МФЙ, Фаровон массиви, 2-мавзе, 7-манзилгоҳ, мўлжал: "Яшил дунё" бозори);
👉 Фарғона вилояти — Фарғона шаҳридаги 28-умумий ўрта таълим мактаби
(Фарғона шаҳар, “Истиқлол” МФЙ, А.Қодирий кўчаси -13А, мўлжал “Chery” автосалони);
👉 Тошкент вилояти — Педагогларнинг билим ва кўникмаларини баҳолаш маркази
(Тошкент шаҳри, Беруний кўчаси 83-А-уй, мўлжал: Метронинг "Тинчлик" бекати, "IMZO" фирмасининг эски биноси);
👉 Хоразм вилояти — Урганч туманидаги 36-умумтаълим мактаби
(Урганч тумани Мевазор МФЙ Қувонч кўчаси 51 уй, мўлжал: Урганч туман Ҳокимяти);
👉 Тошкент шаҳри — Педагогларнинг билим ва кўникмаларини баҳолаш маркази
(Тошкент шаҳри, Беруний кўчаси 83-А-уй, мўлжал: Метронинг "Тинчлик" бекати, "IMZO" фирмасининг эски биноси).
Ойлик ҳисоблаш учун бот
Ўқитувчи каналига обуна бўлинг👇
/channel/+KzysPSHcaRVlMGQy
@qiziqarli_ona_tili
#attestatsiya
Bir so'z bilan aytganda, milliy sertifikat hamda oliy o'quv yurtiga qanday tayyorlansangiz, attestatsiyaga ham shunday tayyorlaning deyishmoqchi...
P/s: Agar rostdan ham attestatsiyadan yaxshi natijaga erishmoqchi bo'lsangiz, hech qanday "X variant"larga ishonmay, astoydil tayyorlanishni boshlayvering. Testlar katta ehtimol bilan "Milliy sertifikat" testlariga yaqinlashtiriladi. Ortga surilayotganing sababi ham, berilgan adabiyotlar ro'yhatiga Dilnavoz Yusupovaning ,,G'azal tahlili" kitobini berilishi ham aynan shunda...
Barcha ATTESTATSIYA imtihonini topshiruvchilarga OMAD tilaymiz!
@qiziqarli_ona_tili
🐾 Fe'lning lug'aviy shakllari
❗️Sifatdosh qo'shimchalari:
-gan, -kan, -qan, -ayotgan, -adigan, -ar, -r, -mas;
❗️Harakat nomi:
-v, -uv, -moq, -mak, -ish, -sh, -maslik;
❗️Ravishdosh shakli:
-b, -ib, -gach, -kach, -qach, -guncha, -kumcha, -quncha, -gani, -kani, -qani, -gali, -a, -y, -gancha, -kancha, -qancha, -masdan, -may;
🐾 Bo'lishsizlik qo'shimchasi:
-ma, borma
🐾 Fe'lning nisbat qo'shimchalari
❗️Orttirma nisbat qo'shimchalari:
Chiq-ar
Shosh-ir
Yur-giz
Ket-kiz
Tut-qiz
Ko'r-gaz
Ket-kaz
O't-qaz
Yoz-dir
Ayt-tir
To'la-t
Tom-iz
Kir-it
Ko'r-sat
Tur-g'iz
❗️Birgalik nisbat qo'shimchalari:
O'qi-sh-di
Bor-ish-di
❗️O'zlim nisbat qo'shimchalari:
Tara-n-di
Kiy-in-di
Qo'zg'a-l-di
Cho'z-il-di(ko'rpachaga)
Joyla-sh-di(yotoqxonaga)
❗️Majhul nisbat qo'shimchalari:
Takrorla-n-di
Qili-n-di(tarjima)
O'qi-l-di
Topshir-il-di
🐾 Harakatning kuchsizlik darajasini bildiruvchi qo'shimchalar:
Yig'la-msira
Kul-imsira
Ishon-qira
Oqar-inqira
Qizi-sh
To'l-ish
@qiziqarli_ona_tili
⚡️Attestatsiyada pedagogik mahorat nima uchun test orqali baholanayotganiga izoh berildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatining 2023-yilgi yakuniy sarhisobi hamda joriy yilda vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga bag’ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjuman davomida mutasaddilar tomonidan attestatsiyaning 2-bosqichida pedagogik mahoratni test emas, boshqa uslubda aniqlashni rejalashtirganligi haqidagi savolga ham javob qaytarildi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#kerakli
🔰Hikoya ichida hikoya talqinidagi asarlar:
Asrga tatigulik kun – Nayman ona hikoyasi
Oq kema – Mo’min chol ertagi
Sabba’yi Sayyor – 7 iqlim sayyohlari hikoyasi
Zarbulmasal – Masal keltirish orqali hikoya
Ruhlar isyoni – Johillik haqida
Shaytanat – Nor tuya va Musallama kazzob haqida
Beozor qushning qarg’ishi – Qadriyaning hikoyasi
Miftoh ul-adl – Qozi haqida
Ot kishnagan oqshom – Rixsiyevning gaplari
Maymun yetaklagan odam – 27 yil amaldor bo’lgan odam to’g‘risida
Dunyoning ishlari – Ilhaq va Is’hoq haqida
Uch og’a-ini botirlar – To’ti hikoyati
Yetti zog’ora qissasi – Do’nan hikoyasi
Bolalik qissasi – Bolaning ko’ngli poshsho
Dahshat – Asqar ponsot haqida
Bahor qaytmaydi – Mutal gaplari
Chinor – Akbarali qissasi
@qiziqarli_ona_tili
💡💡💡SINONIMLAR
✅Bechora: sho‘rlik, boyaqish, aftoda, ojiz, notavon;
✅To‘satdan: qo‘qqisdan, tuyqusdan, favqulodda, daf'atan, ilkisdan, tasodifan;
✅Beqiyos: mislsiz, benihoya;
✅Ishqiboz: shinavanda, muhlis, havaskor, ixlosmand;
✅Juda: bag‘oyatda, g‘oyatda, eng, toza, rosa, biram, chunon, g‘irt, o‘ta, uvvalo, zap;
✅Xuddi: aynan, naq, rosa, g‘irt, qoq, baayni;
✅Dovrug‘: ovoza, dong, nom, shon, shuhrat;
✅Majol: mador,kuch,
✅Suq:ochkòz ,ochofat,
✅Niyat: maqsad, muddao;
✅Fahm-farosat,tamiz,did;
✅Fahm-zehn,idrok, uquv;
✅Dovruq:nom,dong,shon,shuhrat,ovoza;
✅Nola- fiģon, oh-voh, nolish, faryod, afģon, dod;
✅Tez- jadal, ildam, shitob, zud, shaxd;
✅Xat-maktub, noma;
✅Mashģul-band, ovora, andarmon;
✅Kuch-quvvat,mador, majol;
✅Kuch-qurb, qudrat;
✅Dushman- aģyor, yoģiy;
✅Nuqson-ayb, kamchilik, qusur, illat,nuqs;
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Otlarning Lug'aviy shakllari Otlarning Lug'aviy shakllari funksional(vazifa) shakllar deb ham yuritiladi.
Ularga quyidagilar kiradi👇👇👇👇
1. Kichraytirish shakllari
• -cha: uy+cha, qiz+cha, qalam+cha
• -choq: qo'zi+choq, toy+choq;
• -chak: kelin+chak, tugun+chak;
• -ak: yo'l+ak;
• -a: uy+a.
2. Erkalash shakllari (Subyektiv munosabat shakllari)
• -jon: uka+jon, oyi+jon, buvi+jon, Po'lat+jon;
• -xon: Aziz+xon, Halima+xon, uka+xon
• -oy: kelin+oy, Salima+oy;
• -loq: bo'ta+loq;
• -aloq: qiz+aloq;
• -gina: uka+gina+m, opa+gina+m, qiz+gina;
• -boy: Haydar+boy, Shuhrat+boy, Karim+boy;
• -bek: Salim+bek, Aizz+bek, Nodir+bek;
• -toy: Olim+toy, Avaz+toy;
• -voy: Muhammad+voy, Jamshid+voy.
3. O'xshatish-qiyoslash shakli
• -day: opang+day, inson+day, qush+day;
• -dek: gul+dek, suv+dek, Vatan+dek.
4. Chegara shakli
• -gacha: kuz+gacha, maktab+gacha;
• -qacha: qishloq+qacha, Ming buloq+qacha;
• -kacha: Ko'kterak+kacha, ko'rik+kacha.
5. Qarashlilik shakli
• -niki: amakim+niki, xalq+niki.
6. Ko'plik shakli
• -lar: odam+lar, stul+lar, qoya+lar, chiroq+lar, yaproq+lar.
Diqqat!!! Ko'plik qo'shimchasi -lar I shaxs va II shaxsda egalik shakllaridan keyin qo'llanib, III shaxsda esa egalik shaklidan oldin qo'llanib, hurmatlash ma'nosini ifodalaydi.
I shaxs hurmatlash: opa+m+lar keldilar.
I shaxs ko'plik: opa+lar+im keldilar.
II shax hurmat: opa+ng+lar keldilar.
II shaxs ko'plik: opa+lar+ing keldilar.
III shaxs hurmat: opa+lar+i keldilar.
III shaxs hurmat: opa+lar+i keldilar.
Opalari keldilar. Ushbu gapda qo'llangan -lar qo'shimchasining ma'nosini nutq vaziyatiga qarab ikki xil talqin qilish mumkin:
1. Karimjonning opalari, ya'ni Yulduzxon aya keldilar. (hurmatlash ma'nosi)
2. Karimjonning opalari, ya'ni Yulduzxon va Sabohat aya keldilar. (ko'plik ma'nosi)
Diqqat!!! Ayrim adabiyotlarda -dagi qo'shimchasi otlarning o'rin-payt belgisi shakli sifatida talqin etiladi, ammo bu qo'shimcha 6-sinf ona tili darsligida sifat yasovchi sifatida ajratib ko'rsatilgan
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
❓Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi?
ℹ️ Bu haqda ma’lumot berishdan oldin alohida ta’kidlash kerakki, Ramazon Hayitining birinchi kuni hozircha aniq emas. Shariat qoidalari bo‘yicha, Hayit kuni yangi oy ko‘rinishiga qarab belgilanadi. Shu sababli ushbu postda aytilgan ma’lumotlarni "Hayit kuni aniq bo‘ldi" deb talqin qilinmasligini so‘rayman.
Hozirgi rejaga ko‘ra, Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo‘lishi kutilmoqda. Bular:
🔴 10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;
🔴 11-aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
🔴 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;
🟢 13-aprel, shanba — barcha uchun ISH KUNI;
🔴 14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.
📖 Sharh:
Ramazon oyining 30-kuni 9-aprel, seshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Demak, agar yangi oy ko‘rinishi o‘zgarmasa, unda Ramazon Hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Prezident farmoniga ko‘ra, 11-aprel, payshanba kuni barcha xodimlarga qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. 12-aprel, juma kuni esa 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga esa 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni bo‘ladi.
Demak, 13-aprel, shanba kuni barcha xodimlarga, 6 kunliklarga ham, 5 kunliklarga ham ISH KUNI bo‘ladi.
Agar mabodo yangi oy ko‘rinishi hozirgi taqvimdan farq qilib qolsa, unda dam olish kunlariga ham o‘zgarish kiritilishi mumkin.
📃 Izoh: qo’shimcha dam olish kunlari 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni asosida belgilangan.
👉 @xushnudbek 👈
@qiziqarli_ona_tili