qodirova_g | Unsorted

Telegram-канал qodirova_g - Қодирова | tahrirchi

-

Жонингдан ўтиб кетса ҳам, ўзингни ҳотиржам кўрсат...

Subscribe to a channel

Қодирова | tahrirchi

Telefonda gaplashayotgan qizimga men: Qizim, siz yaxshi dadasiz deeeng
Qizim: yaxshimisiz?
Men: yo'o'o'q, yaxshi dadasiz, deeeng.
Qizim: yaxshimisiz?
Men: ehhhh, google translete ekansiz🤦‍♀

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

#шунчаки

Бирор нарсадан сиқилсам, асабийлашсам, дилим оғриса аламимни ишдан, ўқишдан оламан. Китоб-дафтарга ёпишаман.

Қайсидир китобда ўқигандим (адашмасам "Ақчагул"да): "Меҳнат ғамни аритади".

Тўлиқ қўшиламан шу гапга.

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

#Alhamdulillah

Judayam mas'uliyatli, savobli va hajman katta ishni zimmamga oldim. Allohdan sabr, kuch, g'ayrat va ilmimni ziyoda qilishini so'rayman.

Diniy tahrirlarni tashlab qo'ygandim. Yana qaytish, qaytganda ham davomiylikni saqlash majburiyatidaman. Alloh xayrli va davomli qilsin...🤲

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Yana bir e'tirof. Qo'shilib qo'yinglar endi. 1k bo‘lib qolaylik))

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Yana o‘sha kartoshkalar. Faqat bu safar ilhom uchunmas, ishdan och keladigan rafiqqa dangasa rafiqa tomonidan tayyorlangan yemak.

Kallamga kiydirmasa hali o‘zing ye deb🤭

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

#nimadir

Insonda bir qolipsizlik davri bo‘ladi. Har qanday ramkalardan xoli, bir o‘zanga sig'may toshayotgandek his qiladi o‘zini. Asli ana shu davrda tug'iladi har qancha buyuklik. Ba'zi narsalar sayqal berilmagan holida go‘zal. Sayqallangan sari asliyatini yo'qotaveradi.

Talabalikda yozgan qaydlarimni ko‘rib hozir hayron bo‘laman. Hech narsadan qo‘rqmagan, hayiqmagan, qalami o‘tkir, tili burroq qizning yoziq-chiziqlaridan hayratlanaman. U vaqtda u qadar bilimim yo‘q ediku deb o'ylayman.

Hozir nimalardir bor miyamda. Harholda qovoqni haminqadar to‘ldirganman. Ammo o‘sha davrdagi kabi o‘t yo‘q.

Bildim...

Endi erk yo‘q...

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Qurbonlikdan tashqari barchani Qurbon hayiti bilan muborakbod etaman! 😅

Alloh barchamizni ezgulikda jam qilsin. Bizga bu dunyoda ham, u dunyoda ham yaxshilik ato etsin. Hamma azizlarimizga bayramni xush kayfiyatda oʻtkazishlarini tilab qolaman

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Kim ne yozar, kim ne chizar,
Kimning ko'zi kimga suzar
Hech farqi yo'q qayda kezar
Yoq, otashda yoq...

Menga mosmas qayg‘u-alam,
Dard sanasam bitmaydi g‘am.

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Buncha yaxshi xususiyatni ko'tarolmayman😅

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Жуда беғубор қўшиқ экан. Ҳеч қандай манфаат кўзланмаган, шунчаки бор бўлган туйғулардан ёқимлиси йўқ аслида

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Bir qiziq ma'lumot o'qib qoldim. Qisqichbaqalar jangda mag'lub bo‘lsa miyasi erib ketarkan. Bir muddat miyasiz yurarkan. Toki yangi miya shakllanib olguncha.
Men ham ayni shu "miyasiz" holatdaman. Qaysi jangda, qanday mag'lub bo‘lganimniyam tahlil qilolmayapman. Shaxsiyat ham shu miya kabi har-har zamonda bir shakllanib turadi. Ana shu yangisi shakllanguncha nomi boru o‘zi yo'qdek holatda yurasiz. Hech kimga ko'rinishni, biror narsaga qo‘l urishni, hatto yolg‘iz qolishni istamaysiz. Hatto nima istamayotganingizniyam tushunmaysiz. Bir vaqtlar katta maqsadlar bilan yonganingizga ishonolmaysiz. O'zingizni qumursqadan ozroq farqingiz borligini anglasangiz ham katta gap bu holatda.
Oldingizda uzun yo‘l. Na o'ngga, na chapga yo‘li bor. Faqat oldinga. Ammo yurgingiz yo‘q. Qolgingiz ham. Siz ilgari kutgan bo‘sh vaqtingiz, dam olishga imkoningiz bor. Ammo birgina ishtiyoq yo‘qolgan. Ilgari bo'lmagandek o‘sha ishtiyoq. Nafas olasiz va chiqarasiz. Xuddiki bundan keyingi missiyangiz shundangina iborat.
Bunga ko‘nolasizmi? Joyingizda qololasizmi?
Yo‘q. Men qololmayman. Men turolmayman. Men yurishim kerak. Intilishim kerak. Bo‘shliqdan qutulishim, irodasizligimni yengishim kerak. Lekin haliyam o‘tiribman. Hech narsa qilmay, hech narsa o‘ylamay. Mudrab. Mudrash eng yomon narsa. Na mazza qilib uxlolasiz, na uyg‘oq bo‘lolasiz. Mudramang...

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Yutqazishingni bila turib boraverish g‘alati holat. Balki ahmoqlik, balki kichik ilinj...

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

#reading

Biz-chi? Biz nomardmiz: o’zgalar gunohini ovoza qilish orqali o’zimizning pokroq, halolroq, olijanobroq ekanligimizni namoyish qilmoq bo’lamiz; biz munofiqmiz - arzon obro’, soxta shuhratga o’chmiz, o’z tubanligimiz, maydaligimizni ichdan teran his qilib tursak-da yuksaklik, yiriklik niqobida yurishga jirkanmaymiz.

“Majnun”

@mahinsworld
@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Men qizimga: Asal qizim, siz dunyodagi eng aqlli, eng dono, eng go'zal, eng yoqimli, eng sevimli, eng ajoyib, eng farosatli, eng irodali, eng kuchli ayolning qizisiz!..
Shu payt dadamizning menga qarashi: 🙄

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Injudek terilgan so'zlarni tanlab qo'shiq aytishni Shuhrat Daryodan o'rganish kerak!

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

#nazm

Кўксимда бир қуш бор — учади тинмай.
Юксак-юксакларда учар — кўрар туш...
Учади ярадор бўлганин билмай,
Учиб кетаётиб ўлади бу қуш...

Усмон Азим

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

#qiziq

Kimsalar bor, zir yugurib mehr izlaydi. Mehr bersang, ko‘tarolmaydi.

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

1000 tadan oshdi blogda odam.

Buvim doim 100 ta odam og'zingga qarab o'tiradigan hurmatli shaxs bo'lgin derdi.

Endi baralla 1000 ta odam og'zimga qarab ötiradi deb maqtansam bo'ladi😂

Hazil)

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Ba'zan shunday sahifalarni ko'rib qolamanki, huddiki 1 yillik premiumni yutib olgan kishidek sevinib ketaman. Chunki bunday kanallardagi postlar, kontentmekerning har bir yozadigan mavzusiga mehr berishini harflarni o'qib bittada sezasizda. Bu huddiki hammadan yashirilib qo'yilgan xazinalarga to'la Sim-Sim g'origa o'xshagan joy bo'ladi. Faqat yaltir-yultir oltinlar o'rniga sayqallangan va ongingizni yoritadigan darajadagi fikrlarga to'la joy bo'ladida bunday sahifalar.
Maqtab-maqtab qaysi sahifaligini yozmay ketsam meni duoibad qilishingizni bilgan holda linkini qoldiraman

@mutolaablogs

P.S: o'zimizga qarashlidek joy bu ham jigarlar

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Original javob:

- Agar lozim topsangiz, shunga yordam bervoring...

- Ishton topsamam yordam berolmayman, ishoning)

Javob egasi @Zamira_Abdullayevaa

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Tabriklar ichidan men uchungina yozilgan original bitiklarni izlaydi bu ko'ngil😁

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Oqar suvdek tez o'tib ketguvchi bu hayotda bir-birini qalban tushunib, xatolarni kechirib, dastak bo'lib yashash juda katta ne'mat aslida...
Inson biroz noshukr, adolatsiz xolos.

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

#Alhamdulillah

Faqat yaxshi niyat, orzu, harakat. Yulduzlar oyog‘ing ostida bo‘lib qolganini bilmay qolarkansan...

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Majburan hech kimni o'zingiz uchun ahamiyatsizlashtirishga urinmang. Vaqt o‘tib loyiq bo‘lsa, bunga o‘zi yordam beradi: o‘zini o‘zi ahamiyatsizlashtiradi

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Ҳар якшанба мени битта савол қийнайди: Якшанбани ким дам олиш куни деб атаган бўлса энди)

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

#nimadir

Kutuvlar

Kutuvlar uchun kim aybdor? Menmi yo kutgan inson? Sizmi yoki sizdan kutganlar?

Esimizni tanibmizki bizdan kutishadi - yaxshi farzand bo’lishlik, a’lo baholarga o’qishligimiz va hokazolarni. Kutishadi, kutishadi. Kutuvlarini aytmay ichlarida aytib kutishadi.

Ushbu kutuvni tushunib olsin deyishadi. Siz faoliyat olib bormoqchi bo’lgan joyingizda ichda aytilgan yoki siz tushunib olishga qodir bo’lmaganlarni kutishadi. Kutishadi, kutaverishadi.

Ushbu kutuvni ular orzu-havas deyishadi. Men arzimaymanmi, deya nola qilishadi. Siz hammaga maqtana olishlik joyga turmushga chiqishingizni kutishadi. Siz turmushga chiqqan joy esa sizni xizmat qilishingizni kutadi.

Ular kutuvlarni to’g’ri yo’l tutyapman deyishadi. Sizdan istayapman, kutyapman demasdan vazifanga kiradi, qiyinmasku shular deya kinoya qilishadi. Hayron bo’lasan. Qachon deysan. Deganman deyishadi. Aybdor sanalasan.

Ular bu narsani mutlaq norma deyishadi. Dunyoga keldingmi oqimga bo’ysunib suzishingi kutishadi. Ura-uralariga berilishingni, qadriyat deya atab olishgan aslida inson oyog’ini chirmoviqdek o’rovchi o’tga bo’yin egishingni xohlashadi. Kutuvim shu demaydi. Yo’q…

Ular kutadi.
Faqat sendan kutadi.
Senga hech narsa bermaydi.
Seni eshitmaydi.
Seni meninga tupuradi.
Sen uchun hech narsa qilmaydi.
Seni nomingga do’ppisini qo’yadi.

Ular
Kutadi.
Kutaveradi.
Kutuvlari bilan
Yashaydi.
Kutuvchilar

@mahinsworld

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Tasodiflar yo‘q dunyoda. Neki bo‘lsa, ortida bir xayr mavjud...
Qilgan xatoyingiz hechqursa, dars bo‘ladi.

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Paypoq muammosi bo'lmagan oila bo'lmasa kerak. Go'yo uylanguncha hamma paypoqlar vaqtida yuvilib, vaqtida joyiga borgan. "Paypoqlar kushandasi" kelgach bechara erning topgani paypoqqa ketadigan☹️🧦

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

#оғриқ

Ҳеч эътибор берганмисиз?  Танангизда кучли оғриқ туради ва сиз унга чидолмайдигандек туйиласиз.  Маълум вақт давомидаги қийноқларингиздан сўнг оғриқ босилгандек ҳамда йўқолиб бораётгандек бўлади.  Айни ўша пайт яъни кучсиз оғриқли жараён ўзгача ёқимлидир.  Чунки сиз кучли оғриқдан ўтиб олдингиз.  Буёғи ҳеч нарсамас.
  Ҳаётдаги бошимизга тушган кулфатнинг авж нуқтаси ҳам кучли,  ўта кучли оғриққа ўхшайди.  Бардошим етмайди деб ўйлайсиз.  Аммо секин-аста тарқай бошлайди ва кучсизланади.  Фақат сабр қилиш керак.  Сабр бўлмаса оғриқ баттар кучаяётгандек туйилиши мумкин.
                   
@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Odam taftini odam oladi. Qadrdonlaring bilan uchrashish, gaplashish, dardlashish qanchalar energiya beradi. Yomon xayollarni qochiradi, ko'nglingni yayratib, yukingni yengillashtiradi❤️❤️❤️

@qodirova_g

Читать полностью…
Subscribe to a channel