Yuragingni….
Dardlarimdan xalos et meni,
Bir quchoqlay kelaqol menga.
Qalbimga ko’p bermasdan ozor,
Yuragingni beraqol menga.
Nima bopti ko’nglimni olsang,
Men baxtliman yonimda bo’lsang,
Mendan yaxshi yigit yo’q bilsang,
Yuragingni beraqol menga.
Orzularim so’ndirmagin qo’y,
Iforlaring bunchalar xushro’y,
Xo’p desang gar shu yil bo’lar to’y,
Yuragingni beraqol menga.
Kel bo’laylik bir tanu bir jon,
Sen qalbimni gulisan ishon,
Hayollarim olgan ey janon,
Yuragingni beraqol menga.
Naxot seni sevdirolmasam,
Sevaman deb aytaqol menga.
Qodir sherlar yozib charchadi,
Yuragingni beraqol menga.
22:30.07.02.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#kansert
Berilmadim aslo kibrga,
Oddiylik ko’p yoqar Qodirga,
Bir xislatim yoqib xudoga,
Ona qarang zo’r bo’lib ketdim.
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
🎙Mirjalol Yo’lchiyev ijrosida
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
ENDI SIZNI….!
Armonlarda qoldirmang meni,
Axir sizga o’rgandi yurak.
Hayr demay ketib qoldingiz,
Endi sizni sog’insam kerak.
Yor qidirib sarson bo’lgandim,
Ko’nglimdagi gulni topgandim,
Axir sizni uzoq kutgandim,
Endi sizni sog’insam kerak.
Sizni o’ylab qo’limda qalam,
Hayolimdan ketmaysiz hech ham,
Olisdasiz shu qilar alam,
Endi sizni sog’insam kerak.
Ko’ngil qo’yib adashdimmi yor,
Bilib yuring yurak sizga zor,
Dardim sizga qilayin oshkor,
Endi sizni sog’insam kerak.
Ibolisiz bundan ko’nglim to’q,
Boshqachasiz kipriklari o’q,
Essiz bitta rasmingiz ham yo’q,
Endi sizni sog’insam kerak.
22:00.02.02.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
🥹Yo’qchilikda qiynalgan paytlarim onamga vada bergandim onajon hali ko’rasiz zo’rlaridan zo’r bo’laman deb, va sher ham yozgandim sherimiz qo’shiq bo’lib barchaning qalbidan joy olganidan xursandman ✊
✍️Qodir Qaxxor - Zo’rlaridan zo’r bo’laman onajon 🥰
🎙Shoxrux Ergashev &Abror Do’stov
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#avdiosher
✍️Qodir Qaxxor - Sinifdosh qiz boshqacha eding😔
🎙Suxrob Sulton ijrosida
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#trendqo’shiq
✍️Qodir Qaxxor - Sevardimda sinfdoshimni 👌
🎙Sheroz ijrosida
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Chindan sevgan insoning!
Oʻtsa ham qancha yillar,
Unda ekan hayoling.
Unutilmas ekanda,
Chindan sevgan insoning.
Qoʻmsab qolasan yana,
Oʻsha baxtli kunlarni
Qadri boʻlak ekanda,
Oʻsha bedor tunlarni.
Koʻzlarini izlaysan.
Soʻzlarini eslaysan,
Unutolmay, yoningda,
Boʻlishini xohlaysan.
Unutdim deysan asta,
Aslida yurak qoʻmsar.
Yoniga boray deysan,
Gʻururing yoʻling toʻsar.
Ha u boshqacha edi,
Endi alam qilasan.
Uni chindan sevganing,
Kech boʻlganda bilasan.
Oʻtsa ham qancha yillar,
Unda ekan hayoling.
Unutilmas ekanda,
Chindan sevgan insoning.
✍️MUALLIF: QODIR QAXXOR
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Koʻngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
✍️Qodir Qaxxor - O’qimishli qiz edi😔
🎙Hasan Inomov ijrosida
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Sinfdosh qiz
Qalbda hamon yashab kelyapsan,
Necha yil-ki yurakni yeding.
Seni yomon sog’inganman-e,
Sinfdosh qiz boshqacha eding.
Hech bir qizni yonib sevmadim,
Hech bir qizga ko’ngil qo’ymadim,
Eh, vaqtida qadring bilmadim,
Sinifdosh qiz boshqacha eding.
Bir umrlik armonim o’zing,
Sog’indim-ku tim qora ko’zing,
O’sha shirin o’tmishda qolding,
Sinfdosh qiz boshqacha eding.
Ustoz so’ksa yonimni olib,
Xafa bo’lsam ko’nglimni olib,
Qolib ketding yurakda qolib,
Sinfdosh qiz boshqacha eding.
Vaqtlar ortga qaytmaydi endi,
Dardim hech kim bilmaydi endi,
Qodir hamon eslaydi seni,
Sinfdosh qiz boshqacha eding.
15:20.16.01.2024 yangi she'r
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
ASKARLAR.
Yurtning asl jasur og'loni,
Sizlar borki obod shaxarlar.
Chegaramiz metin qalqoni,
Joni fido mag'rur askarlar.
Vatan uchun joningiz fido,
Uxlamaysiz hatto saxarlar.
Sizni doyim qo'llasin xudo,
Omon bo'ling doyim askarlar.
Yurtning erkin o'ylaysiz tinmay,
Jonkuyar yo'q dunyoda sizday,
Qaddingiz tik egilmay sinmay,
Yurtga qalqon mag'rur askarlar.
Tungi uyqu sizdan ko'p yiroq,
Kor qilmaydi oqshom qo'rqular.
Vatan uchun yashaysiz ko'proq,
Vatan ko'rki mag'rur askarlar.
Tinchlik asli bebaxo nemat,
Shu tinchlikni asraganlar mart,
Yurtimiz tinch shudur xaqiqat,
Sizlar borki mag'rur askarlar.
Muallif: Qodir Qaxxor
14- Yanvar vatan ximoyachilar kuniga
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#Nevomusic Premyera🔥
🎵Mirjalol Yo’lchiyev - Ona qarang zo’r bo’lib kettim
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#Nevomusic Premyera🔥
🎵Sardorbek Kamalov - Yomon bo’lsam
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
TIKUVCHI QIZ
Yuragimni xovuchlab,
Ko’chasi yonidaman.
Tikuvchi qizni sevgan,
O’sha shoir bolaman.
U tikkan liboslari.
Ko’zlarim qamashtirar.
Aytgan shirin so’zlari,
Boshimni aylantirar.
Bir kun yorim bo’ladi.
Shunda ko’nglim to’ladi.
Kuyovlik kastimimni,
O’zi tikib beradi.
Eh o’qigan qizlardan,
Juda ko’p pand yeganman.
Shuning uchun oddiy qiz,
Tikuvchini sevganman.
Manga kulib boqdi u.
Qalbimdan joy oldi u.
Omadim keldi qarang,
Onamga ham yoqdi u.
Bir kun yorim bo’ladi.
Shunda ko’nglim to’ladi.
Kuyovlik kastimimni,
O’zi tikib beradi.
13:30.02.01.2024 yangi sher 👆
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#premyera Tez kunda yangi qo’shiq👌
🎙Feruzbek Karimov - Onam meni yaxshi ko’radi 🥰
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#klip
🥹Bu sherni musofirlikda yurganimda onam yopib bergan ko’k somsalarni sog’inib yozgandim keyin qo’shiq bo’lib ketti klipini ko’rganlar bormi🥰
✍️Qodir Qaxxor - Ko’k somsa yegim kelar
🎙G’ulomjon Mirdadoyev ijrosida
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
SENI SEVISHNI
Shunchaki bir savol ila gapirding,
Bilmay qoldim hatto nima deyishni.
Zaboning bunchalar shirin bo’lmasa,
Bugundan boshlayman seni sevishni.
To’g’ri seni har kun kuzatganim rost,
Ko’nglim bor deb senga aytmadim xolos,
Yuzlaring oydek-u ko’zlaring charos,
Bugundan boshlayman seni sevishni.
Ko’nglingni so’rashga ulgurganim yo’q,
Har kuni ko’raman qayg’urganim yo’q,
Sochlaring tim qora kipriklaring o’q,
Bugundan boshlayman seni sevishni.
Meni sevib qolsang xursand bo’lardim,
Xoxlamayman sevib kuyib qolishni.
Kursdoshim bo’lmading sirdoshim bo’lgin,
Bugundan boshlayman seni sevishni.
Oddiy bo’lsam axir ko’rkam bo’lmasam,
Iloji bormikin senga yoqishni.
Xo’p desang borimni bag’ishlab senga,
Bugundan boshlayman seni sevishni.
01:00.31.01.2024 yangi she'r
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Qadrimni bilmagan qadrdonlarim
Boshimga tashvishlar tushgan mahalda,
Qancha yomon o’tdi o’sha onlarim.
Yaxshiligim bilmay unutib ketgan,
Qadrimni bilmagan qadrdonlarim.
Hech kimni omadi ketmasin ekan,
Yigit bu hayotda sinmasin ekan,
Kim oqibat qilsa pul uchun ekan,
Qadrimni bilmagan qadrdonlarim.
Shoshilmang, sindi deb o’ylamang sira,
Sinmadim ko’zingiz ko’ryabdi xira,
Cho'ntagimga pullar to’lyabdi yana,
Qadrimni bilmagan qadrdonlarim.
Yiqilsam, otam bor qo’limdan tutar,
Onam duo qilsa, menga shu yetar,
Siz qayg’urmang aslo bir kunim o’tar,
Qadrimni bilmagan qadrdonlarim.
Ishongan tog’ingda kiyik yotmaydi,
Payti kelsa do’sting vafo qilmaydi,
Qodir kuni aslo sizga qolmaydi,
Qadrimni bilmagan qadrdonlarim.
14:00.31.01.2024 yangi she'r
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Mendan yaxshisini….!
O’z qadrimni o’zim bilmay sevibman,
Olislab ketaman, mensiz qol, mayli.
Oshiqlarim juda ko’paydi deysan,
Mendan yaxshisini topib ol, mayli.
Balki seni sevib adashgan o’zim,
Seni unutmayman, ey qora ko’zim,
Yo’lingni to’smayman endi chin so’zim,
Mendan yaxshisini topib ol, mayli.
Ko’nglim qoldi yomon, ex gulim, sendan,
Tinch qo’yaman bugun yaxshi qol, mayli.
Qancha yaxshi bo’lmay sevdirolmadim,
Mendan yaxshisini topib ol, mayli.
"Ko’rgim kelyapdi"-deb aytmayman endi,
Sira joningga ham tegmayman endi,
Avvalgidek yonib sevmayman endi,
Mendan yaxshisini topib ol, mayli.
Seni sevdim yonib hech nolimayman,
Senga atab endi she'rlar yozmayman,
"O’zingni asragin, xayr" - demayman,
Mendan yaxshisini topib ol, mayli.
17:00.30.01.2024 yangi she'r
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#vidiosher bir sher o’qigim kelib qoldi baxo bervoringlarchi🥰
🎙✍️Qodir Qaxxor - Sinifdosh qiz boshqacha eding😔
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#sher
✍️Qodir Qaxxor - Sen meni👌
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
OMAD KETSA
Eshik ochib kelsa yo’qchilik,
Do’stman degan zahrin socharkan.
Boshing borib toshga tekkanda,
Yaqinlaring asta qocharkan.
Sinishingni poylar pinhona,
Omonmisan demay bir bora,
O’zlaricha qilib bahona,
Omad ketsa hamma qocharkan.
Siz borimsiz degan sanam ham
Borib puli borni qucharkan.
Soxtalardan asrasin Xudo,
Omad ketsa hamma qocharkan.
Past-balanddan iborat dunyo,
Oqibat yo’q dunyoda go’yo,
Qodir yolg’on so’zlamas aslo,
Omad ketsa hamma qocharkan.
Hech vaqosiz qolganingda ham
Ota-onang bag’rin ocharkan.
Hech kimga ko’p ishonib qolma,
Omad ketsa hamma qocharkan.
21:20.22.01.2024 yangi she'r
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#qoshiq.
🎙Maxfuza Davronova - Olisdasiz 😔
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
GULBAXORGA🥰
Atrofimda qizlar parvona.
Hech biridan ko’nglim to’lmaydi.
Sevganim bor bir o’jargina,
Gulbaxorga yoqib bo’lmaydi.
Netay sevsam qoshu ko’zini,
Tutganim yo’q hali qo’lini,
Topolmayman hamon ko’nglini,
Gulbaxorga yoqib bo’lmaydi.
Qizlar meni kutmanglar sira,
Uni deyman yana va yana,
Eh peshonam bunchalar sho’ra,
Gulbaxorga yoqib bo’lmaydi.
Bir kun yorim bo’ladi hali,
O’zi hayron qoladi hali,
Bir ilojin topsaydim qani,
Gulbaxorga yoqib bo’lmaydi.
Qizgonaman sevganim uchun,
Unga atab sher yozdim bu tun,
Yuragimda yechilmas tugun,
Gulbaxorga yoqib bo’lmaydi.
00:30.09.01.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#Nevomusic Premyera🔥
🎵Muslimbek Omonov - Musofir
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
👇Premyera boshlandi kirib layk kamentariyani bosvoraylik qadirdonlarim🤩
✍️Qodir Qaxxor
https://youtu.be/I4u6jAOK1MA?si=bmALSiZVDXGSpa7g
Birinchi kamentda tkuvchi qiz haqida sher so’ralibdi tez orada kutila sherni👆😅
Aktiv bob turamiz 🥰