Men uylansam..!
( Musofirlar tushunadi)
Sog’indim deb qo’ng’iroqlar qilgan, gulim,
Bildirmayman, ammo men ham sog’inaman.
Sevmaysiz deb yuragimni siqavermang,
Men uylansam, faqat sizga uylanaman.
Musofirlik qurib ketsin, olisdaman.
Borsam hali qo’lingizga gul tutaman.
Yigit so’zi bitta bo’lar, yigit so’zim,
Men uylansam, faqat sizga uylanaman.
……
Mehringizni o’zgalarga bermay turing,
Borgunimcha faqat erga tegmay turing,
Siz boshimni egmay turing, egmay turing,
Men uylansam, faqat sizga uylanaman.
Sovchilarim ko’paydi deb dil g’ashlamang,
Kulib yuring, meni deya ko’z yoshlamang,
Yolg’onchi u deya aslo siz o’ylamang,
Men uylansam, faqat sizga uylanaman.
Afsusdaman, sizni tashlab olis ketdim,
Yo’qchilikdan bari axir, majbur edim,
Yodingizda bo’lsin, gulim, bitta so’zim,
Men uylansam, faqat sizga uylanaman.
…….
Mehringizni o’zgalarga bermay turing,
Borgunimcha faqat erga tegmay turing,
Siz boshimni egmay turing, egmay turing,
Men uylansam, faqat sizga uylanaman.
00:00.16.04.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Sevar yorim yo’q endi..!
Qalbim yonar alamdan,
Yurak bag’rim cho'g’ endi.
Yillar o’tdi oradan,
Sevar yorim yo’q endi.
Qo’lim oshga tegdi-yu,
Cho’ntak pulga to’ldi-yu,
Ishlarim yurishdi-yu,
Sevar yorim yo’q endi.
Vaqtida boy bo’lmadim,
Qo’l uzatdim, yetmadim,
Hamon umid uzmadim,
Sevar yorim yo’q endi.
Bugun menga dunyo tor,
Endi so’zlarim bekor,
O’zga bilan baxtli yor,
Sevar yorim yo’q endi.
Qancha go’zal qizlar bor,
Sevolmayman-da zinhor,
Yurak faqat unga zor,
Sevar yorim yo’q endi.
Hayoda tengsiz bo’lgan,
Otasiga bo’ysingan,
Armonim bo’lib qolgan,
Sevar yorim yo’q endi.
00:00.14.04.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Sog’intiryapsiz..!
Arpangizni xom o’rmadimmi?,
Meni buncha yomon ko’ryapsiz.
Yuragimga azoblar berib,
Meni yomon sog’intiryapsiz.
Uchrashuvga chiqmay qo’ydingiz,
Nahot mendan shuncha to’ydingiz,
Boshqadami yoki ko’nglingiz,
Meni yomon sog’intiryapsiz.
Har soniya sizda xayolim,
Bo’ling meni juft-u halolim,
Ey lablari g’uncha misolim,
Meni yomon sog’intiryapsiz.
Ko’zdan uyqu qochdi kechalar,
Sevganmidim sizni shu qadar?
Sarson bo’ldim axir darbadar,
Meni yomon sog’intiryapsiz.
Bir qadrimga yetsin deb balki,
Hammasini atay qilyabsiz,
Bilib qo’ying shu kunlarda siz,
Meni yomon sog’intiryapsiz.
00:00.12.04.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Assalomu alaykum qadirdonlar ramazon oyi ichi ancha tannafus bo’ldi xudo xoxlasa endi ijodni boshlimiz qo’llab quvatlab turasila degan umiddaman yangi sherlar Hali oldinda 🥰
Biz ijodni boshladik✊✍️
#Nevomusic Premyera klip🔥
🎵 Hasanboy Ibragimov - G’iybatchi
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Барчага Навруз муборак болсин 🥰
🎤 Оймома 🌹
✍ Кодир Каххор 😊
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Do’stim endi….!
Qadirdonim senga maslahat,
Hamma yomon ishlarni tashla.
Tavba qilib kech bo’lmasidan,
Do’stim endi nomozni boshla.
Yuraverma qizlar ortidan,
Hech tinchlik yo’q ular dastidan,
Topay desang solixasidan,
Do’stim endi nomozni boshla.
Zino qilma o’zingga qaytar,
Sabr qilsang baxt kulib boqar,
Ishlaring ham yurishib ketar,
Do’stim endi nomozni boshla.
Yaxshiliklar qilishni o’rgan,
Yaxshi niyyat qilishni o’rgan,
Axir buni olloh buyurgan,
Do’stim endi nomozni boshla.
Ishon qalbing nurga to’ladi,
Tashvish g’amlar yiroq ketadi,
Ota onang xursand bo’ladi,
Do’stim endi nomozni boshla.
10:30.19.03.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Ro’za tutgan qizlarni
Qalbida iymoni bor,
Solixalar ko’paysin.
Nomoziga vafodor,
Muslimalar ko’paysin.
Nomaxramga boqmagan,
O’sha qora ko’zlarni.
Xudo baxtini bersin,
Ro’za tutgan qizlarni.
Xo’p bo’ladi deb doyim,
Onasin xurmat qilgan.
Ko’cha kuyda iboli,
Xayosin saqlab yurgan.
Ota shanin o’ylagan,
O’sha shirin so’zlarni.
Xudo baxtini bersin,
Ro’za tutgan qizlarni.
Ochiq sochiq libosni,
O’ziga ep ko’rmagan.
Oydan go’zal yuzini,
Xaloliga saqlagan.
Boshdan ro’mol tushmagan,
O’sha oydek yuzlarni,
Xudo baxtini bersin,
Ro’za tutgan qizlarni.
10:30.12.03.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
🌙Assalomu alaykum qadirdonlar ertaga ramazon bilib bilmay ko’nglingizni og’ritgan bo’lsam barchangizdan kechirim so’rayman …!
✍️Hurmat bilan Oddiy shoiringiz Qodir Qaxxor
БАЙРАМ МУБОРАК АЁЛЛАР
(8- mart bayramga)
Сизга қувонч улашай бугун,
Қучоғингиз гулларга тўлсин.
Гулга ошно гулдек аёллар,
Байрамингиз муборак бўлсин.
Бугун бахтдан яйрасин диллар,
Кўзингиз ҳам қувончга тўлсин.
Эркак кўрки, гўзал аёллар,
Байрамингиз муборак бўлсин.
Бахор гўзал байрамлар фасли,
Яна шундай байрамлар бўлсин.
Тазимдамиз сизга аёллар,
Байрамингиз муборак бўлсин.
Сизга бахтни тилайман мангу,
Бу дунёда бахтингиз кулсин.
Чин юракдан айтай аёллар,
Байрамингиз муборак бўлсин.
✍️МУАЛЛИФ: ҚОДИР ҚАХХОР
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#qoshiq
🎙Muslimbek Omonov
Boshga tashvish tushsin mayli,
Sira nola qilmayman men.
Bilib qo’ying dushmanlarim,
Osongina sinmayman men.
Xudo suysa sinov berar,
Yomon kunlar o’tib ketar,
Ketgan omad yana qaytar,
Osongina sinmayman men.
Boshimiz bir toshga tedi,
Sira ko’z yosh qilmayman men.
Erkak boshim egilmaydi.
Osongina sinmayman men.
Bir yiqildik mayli kuling,
Giybatchilar shoshmay turing,
Tilingizni tiyib yuring,
Osongina sinmayman men.
Otam qo’llab turar axir,
Onam duo qilar axir,
So’zlarim sher qilar Qodir,
Osongina sinmayman men.
Boshimiz bir toshga tedi,
Sira ko’z yosh qilmayman men.
Erkak boshim egilmaydi,
Osongina sinmayman men.
✍️MUALLIF: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#Rizanovva Premyera klip🔥
🎵 Abbosxon Janoblari - Sinifdoshimni
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
DADAJON
Siz o’stirgan nihol samoni quchdi,
Endi davringizni suring, dadajon.
Yuz yoshda ham yayrab, baxtimni ko’rib,
Siz dunyo turguncha turing, dadajon.
Halol mehnat qilib halol yedirgan,
Biroz betob bo’lsak joni qolmagan,
O’zi och qolsa ham bizni to’qlagan,
Siz dunyo turguncha turing, dadajon.
Pul so’rasam doim topib bergansiz,
Yiqilsam qo’limdan darrov tutgansiz,
Qancha yomon bo’lmay yaxshi ko’rgansiz,
Siz dunyo turguncha turing, dadajon.
Yo’qchilikda yonib ishlaganimsiz,
Bizni deb qattiq non tishlaganimsiz,
Yozda tinmay, qishga qishlaganimsiz,
Siz dunyo turguncha turing, dadajon.
Qadringiz bilyapman ulg’ayib oxir,
Sizni yaxshi ko’rar o’g’lingiz Qodir,
Sizdan boshqa sodiq do’stim yo’q axir,
Siz dunyo turguncha turing, dadajon.
18:30.18.02.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
SEVGANIMNI…
Bir o’jar qiz yuragimni o’g’irladi,
Unga sira yoqib bo’lmas hayronman.
Sevib qoldim netay endi, do’stlarim,
Sevganimni sevdirolmay sarsonman.
Gullar tutdim necha bora qo’liga,
Parvonalar bo’ldim har kun yo’liga,
Yo’l topilmas go’zalimni ko’ngliga,
Sevganimni sevdirolmay sarsonman.
Aql-u hushim o’g’irladi ko’zlari,
Dardga davo aytgan har bir so’zlari,
Sog’inaman uyqu kelmas tunlari,
Sevganimni sevdirolmay sarsonman.
Tomog’imdan o’tmayapti bir ovqat,
Javob kelmas axir qancha yozdim xat,
Eh bunchalar sarson qilar muhabbat,
Sevganimni sevdirolmay sarsonman.
Orzularim so’ndirmasa bo’ldi u,
Meni cho'g’siz yondirmasa bo’ldi u,
Qodir do’stim meni yolg’iz dardim shu,
Sevganimni sevdirolmay sarsonman.
Unga sira yoqib bo’lmas hayronman.
01:30.18.02.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#vidiosher
🎙Dilime ukamizdan - Sinifdosh qiz boshqacha eding🥰
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Ona…!
Allohim jonimni olmasa hali,
Kimni kim bo’lishin ko’raman, ona.
Davrimiz kelyapti shamolday yelib,
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.
Ust-boshim eski, noz qildi sanam,
Kechib keldim bugun sevgisidan ham,
Siz borsiz yonimda menga nima g’am?
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.
Yor vafo qilmadi, bevafo ekan,
Dunyo ishlariga kulaman, ona.
Erkak yig’lamaydi deb aytgan o’ziz,
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.
Yigit boshim egib qo’yganimcha yo’q,
Harakat qilyapman yana va yana,
Ko’zingiz yoshlarga to’lmayin tursin,
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.
Yo’qchilikda ketar hammasi sotib,
Eng sodiq do’stimsiz bilaman, ona.
Duo qilib turing Alloh kuch bersin,
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.
08:00.13.04.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Senga yetish….!
Malikadek go’zal husning bor,
Ko’zlaring ham ohu ekanda.
Bilmay seni sevib qolibman,
Senga yetish orzu ekan-da.
Parvo qilmay so’zlarimga ham,
Hech narzarga ilmaysan, erkam,
Oddiyligim qilmoqda alam,
Senga yetish orzu ekan-da.
Sevmay desam qoshing qalam-da.
Azob berib yoqma gulxanda.
Qiyin ekan ko’nglingni olish,
Senga yetish orzu ekan-da.
Chiroyingga mast bo’lib sevdim,
Seni axir yagonam derdim,
Kimligingni afsus kech bildim,
Senga yetish orzu ekan-da.
Sen xohlagan shaxzodangni kut,
Men netarman dunyo bir kamda,
Armonisan endi Qodirni,
Senga yetish orzu ekan-da.
00:30.11.04.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
💫Ramazon hayitingiz muborak bo’lsin qadirdonlarim☺️
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Сиз дунё тургунча туринг , дадажон🤲
Дадаларимизга юбориб коямиз 🦋
🎤 Оймома 🌹
✍ Кодир Каххор 😊
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
🌺NAVRUZ MUBORAK🌺
Bodom gulin to'kar shabboda,
Samo quchar olisda varrak.
Dilim yayrar toza havoda,
Azizlarim Navruz muborak.
Atlas ko'ylak yarashgan qizlar,
Bir biriga aytishar tilak.
Axir shu kun kutganmiz bizlar,
Azizlarim Navruz muborak.
Shodligim hech ichimga sig'may,
Uzgim kelar sariq boychechak.
Quvnab kulib sizlarga aytay,
Azizlarim Navruz muborak.
Qozonlarda qaynar sumalak.
Ko'chalarda pishmoqda chalpak.
Qaldirg'och ham kelibdi qarang,
Azizlarim Navruz muborak.
Yashayabmiz go'zal bo'stonda,
Gullarga boy jannat makonda,
Bugun Navruz O'zbekistonda,
Azizlarim Navruz muborak.
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#trend
👆Trendmi bu sherimiz ham 🥰
🎙Shoxrux Ergashev
✍️Qodir Qaxxor - Yig’lamang sog’inib
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#kilip
🎙Sanjay 👉10M🍋
✍️Qodir Qaxxor - Pulni kuchin ko’ring onajon
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
OQ LIBOSDA…
Senday go’zal bitta edi yor,
Berib ketting ko’nglimga ozor,
Ko’chang shovqin yurakda titroq .
Naxot senga aytildi yor yor,
So’zlaringdan davo topardim,
Tunlar seni o’ylab yotardim,
Suratingga termulib yolg’iz,
Ilxomlanib sherlar yozardim,
Netay ko’nglim senga zor edi.
Axir sensiz dunyo tor edi.
To'yingan xam aytmading gulim,
Oq libosda ko’rgim bor edi.
Eh sensizlik bunchalar og’ir,
Sevdim-u lek bo’lmadim botir,
Ayibdormi yoku shum tag’dir,
Oq libosda ko’rgim bor edi.
Topolmayman endi sendayni,
Sendan go’zal tengsiz xushroyni,
Ex peshonam shunchalar shormi?
Oq libosda ko’rgim bor edi.
Netay ko’nglim senga zor edi.
Axir sensiz dunyo tor edi.
To'yingan xam aytmading gulim,
Oq libosda ko’rgim bor edi.
✍️MUALLIF: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Baxor keldi deganda.
Qor boshladi Qo’qonda.🥰
Silarda qanday bilmam,
Shunaqa biz tomonda.
ONA
(8-mart bayramga)
Keling bugun dardingiz olay,
Bugun ishdan qo'lingiz tinsin.
Mayli bugun ishga ham bormay,
Og'lingiz ham bir ovqat qilsin.
Bir yilda bir yo'lim poylamang!
Yo'l poylagan ko'zingiz tinsin.
Axir bugun bayram onajon,
Bayramingiz muborak bo'lsin.
Mexr beray bugun sizga ko'p,
Hech bo'lmasa shu kun yayrang siz.
Dardlaringiz unutung butkul,
Odamlardek yashang bugun siz.
Ko'zingizda aslo yosh ko'rmay,
Bugun baxtdan bag'ringiz to'lsin.
Ona sizga uzoq umr tilay,
Bayramingiz muborak bo'lsin.
✍️MUALLIF: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
🔥Premyera boshlandi kirib ko’ramiz🥰👇
https://youtu.be/G_YMwPFQ5lo?si=WlcrSGfmAjw4ZT7E
#Nevomusic Premyera🔥
🎵Muslimbek Omonov - Osongina sinmayman
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Sizni sevib qolganman.
Sizni ko’rib o’sha kun,
Yurakka dard solganman.
Aytolmayin yuribman,
Sizni sevib qolganman.
Ko’nglingiz olay deyman,
Qo’lingiz tutay deyman,
Har kun o’zimni yeyman,
Sizni sevib qolganman.
Tunlar uyqu bilmayman,
Visolingiz qo’msayman,
Ko’ngil ekan men g’arib,
Sizni sevib qolganman.
Orzularim so’ndirmang,
Sarson qilmang yondirmang,
Sevgimni siz o’ldirmang,
Sizni sevib qolganman.
Axir sevmadim atay,
Dard berdingiz bir talay,
O’zingizga bildirmay,
Sizni sevib qolganman.
Ko’rishamiz hali biz,
O’zingizni asrang siz,
Bilib qo’ying yaxshi qiz,
Sizni sevib qolganman.
Yurakka dard solganman.
02:30.16.02.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg