Senga yoqib bo’lmadi…
Senga atab she'rlar yozdim ko’p,
Sira ko’ngling to’lmadi, gulim.
Orzuyingda shaxzodalarmi?
Senga yoqib bo’lmadi, gulim.
Xohlar edim birga bo’lishni,
Birga yashab, birga o’lishni,
Hech bilmadim ko’ngling olishni,
Senga yoqib bo’lmadi, gulim.
Arzon edi sovg’alarim ham,
Qimmatiga yetmadi qo’lim.
Oddiyligim yuzimga solding,
Senga yoqib bo’lmadi, gulim.
Bir adashib sevib qolibman,
Senga atab gullar olibman,
Essiz, bekor sarson bo’libman,
Senga yoqib bo’lmadi, gulim.
Hech qalbingga topilmadi yo’l,
Nima derdim? Peshonamiz sho’r,
Tengingni top, mayli, baxtli bo’l,
Senga yoqib bo’lmadi, gulim.
01:08.19.08.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
👆Har kuni yangi sher bo’lishi uchun Likelarni❤️ kamentariyani to’ldirib tashaylik shunda zo’r ilxom keladi qadrdonlar..!😅
Читать полностью…Qizg’ongani qizg’ongan
Bir boqishda yondirib,
Yuragimdan joy olgan.
Rashki yomon yorim bor,
Qizg’ongani qizg’ongan.
Har zamon jerkib turar,
Mensiz u ko’zyosh qilar,
Shu qadar yaxshi ko’rar,
Qizg’ongani qizg’ongan.
Men ham oshiq o’ziga,
Oydan go’zal yuziga,
Chidolmayman noziga,
Qizg’ongani qizg’ongan.
Sevaman deb ayt desam,
Sevgisidan u tongan,
Pinxona sevsa kerak,
Qizg’ongani qizg’ongan.
Yonimda bo’ling deydi,
O’zgaga boqmang deydi,
Xiyonat qilmang deydi,
Qizg’ongani qizg’ongan.
Eritar bir so’z bilan,
Kuydiradi noz bilan,
Baxtliman shu qiz bilan,
Qizg’ongani qizg’ongan.
02:08.07.08.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Men sen bilan…
Yuragimda yolg’izim o’zing,
Visolingga shoshib qolaman.
O’zgalarni ko’zlaganim yo’q,
Men sen bilan baxtli bo’laman.
Topolmadim sendan bir nuqson,
Qalbim guli o’zingsan, ishon,
Yonimda bo’l, doim yonma-yon,
Men sen bilan baxtli bo’laman.
Seni o’ylab tunlarim bedor,
Yuragimga bermagin ozor,
Axir sensiz bu dunyolar tor,
Men sen bilan baxtli bo’laman.
Sevaman-da ko’zlaring charos,
Yarashadi senga oq libos,
Senga menday yor kerak xolos,
Men sen bilan baxtli bo’laman.
Ayirmasin bizni bu taqdir,
Endi yonib sevganda Qodir,
Visolingga yetaman oxir,
Men sen bilan baxtli bo’laman.
01:08.28.07.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
🔥Yana bir premyera 👇
✍️Qodir Qaxxor - Kechirmayman
🎙Zarifjon Safarov ijrosida👇
https://youtu.be/MugmLZJnoqQ?si=kp-qJzMFMbFWVCJI
👆Qadirdonlar bu kilipda o’zim o’ynaganman kirib padeshka qilasila degan umiddaman silaga ishonaman xurmat bilan Qodir Qaxxor ✊
Читать полностью…✍️Qodir Qaxxor - Otamga sher yozmabman
🎙Javohir Nematov ijrosida👇
https://youtu.be/zkWwGhUwxV8?si=tf7eJn6SYDWGmpCQ
Jaji singlimizdan chiroyli tarona🥰
🎵Ezoza - Yashiyam onam bor
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#newclip 🔥Premyera🔥
🎵 Navroz Shukrullayev - Omad ketsa hamma qocharkan
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
😊Assalom alaykum qadirdonlar barchaga kirib kelayotgan hayit muborak bo’lsin✨
☺️Hayit munosabati bilan yaqinlaringizni ota onangizni qo’ng’iroq orqali chiroyli tabriklashni xoxlaysizmi? Unda bizga murojat qiling!👇
🎙 Tabrikchi: @oymoma0609
✅Kanalimiz👇
@jannat_hidi_ufurgan_onam
Hamon sendan…
O’zga seni quchib tursa ham
Umidlarim uzolmayapman.
O’zga seni yoring bo’lsa ham
Hamon sendan kecholmayapman.
Atrofimda gullar sanoqsiz,
O’zga gulni qucholmayapman.
Ularda yo’q sening iforing,
Hamon sendan kecholmayapman.
Tan olaman, boshqacha eding,
Tanho eding, o’zgacha eding,
Ayrilmaymiz hech qachon derding,
Hamon sendan kecholmayapman.
Yashayapman ezib dard-alam,
Arimaydi yuragimda g’am,
Vaqtlar o’tib, yillar o’tsa ham,
Hamon sendan kecholmayapman.
Yaxshi derdim, yomon qiz bo’lding,
Armonlarga tashlading, ketding,
Yuragimdan o’chmas iz bo’lding,
Hamon sendan kecholmayapman.
18:04.09.06.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Essiz…
Oq libosing yarashdi-yu lek,
To’yingda ham kulmading, essiz.
Armonlarda yashayman endi,
Sen meniki bo’lmading, essiz.
To’xtamaydi qara, ko’zyoshim,
Ayriliqqa yetmay bardoshim,
Qora ko’zim, ey qalamqoshim,
Sen meniki bo’lmading, essiz.
Olislarga ketaylik desam,
So’zlarimga kirmading, essiz.
Xursandmisan ayrilib endi?
Sen meniki bo’lmading, essiz.
O’sha eski surating olib,
Termulaman sog’inchda yonib,
Aytgim kelar yoningga borib,
Sen meniki bo’lmading, essiz.
Ma'nosi yo’q o’tmoqda kunim,
Alamlarda yonmoqda dilim,
Bir umrlik armonim, gulim,
Sen meniki bo’lmading, essiz.
02:08.26.08.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Endi seni yoring bor qo’shiqni eshitganlar bormi?
Manda faqat shu qo’shiq chiqyabdi qatga kirsam 🥰
Bizni muallifligim ostidagi navbatdagi trend desa ham bo’ladi olloxga bexisob shukurlar bo’lsin🥰
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Qo’lim yetmadi…
Bedarak yo’qoldi, izlab qoldim zor,
Yorim ketaman deb hatto aytmadi.
Bilsam boylar tomon ketibdi olis,
Qo’lim yetmadi-da, qo’lim yetmadi.
Umidvor yuragim hamon qo'msaydi
Essiz cho'ntagimda pulim bo’lsaydi,
Dardlarimni bugun hech kim bilmaydi,
Qo’lim yetmadi-da, qo’lim yetmadi.
Yorga yo’q ekan-da keragim endi,
Baxtli bo’lsin mayli, tilagim endi.
Kechirolsang kechir yuragim endi.
Qo’lim yetmadi-da, qo’lim yetmadi.
Bunchalar ham uzun bo’lmasa bu tun
Yuragim yarimta bo’lmaydi butun,
Gullardan ham go’zal yorimga bugun,
Qo’lim yetmadi-da, qo’lim yetmadi.
Endi ko’zlarimda kulgularim yo’q,
Endi o’sha shirin tuyg’ularim yo’q,
Qalbimni kuydirar, o’chmaydi bir cho'g’,
Qo’lim yetmadi-da, qo’lim yetmadi.
Yorga yo’q ekan-da keragim endi,
Baxtli bo’lsin mayli, tilagim endi.
Kechirolsang kechir yuragim endi.
Qo’lim yetmadi-da, qo’lim yetmadi.
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Bugun yangilik qilamizmi?😊
❤️Reaksiyalarni to’ldirib tashlaymiz shunga qarab sherni joylayman👇
Baxtlimisan?
Senga aytar so’zlarim bisyor,
Orzularim faqat sen bilan.
So’ramadim biroq hech sendan,
Baxtlimisan o’zi men bilan?
Sen bor - shirin suraman xayol,
Borlig’imsan, shuni bilib ol,
O’ylantirar faqat bir savol,
Baxtlimisan o’zi men bilan?
Erkalasam kulib qo’yasan,
Bir jilmayib jonim olasan,
Sevishingni qachon aytasan,
Baxtlimisan o’zi men bilan?
Olislasam yo’qlab qolasan,
Rashk qilasan, do’qlab qolasan,
So’rasam gar boshing egasan,
Baxtlimisan o’zi men bilan?
Dunyo bilsin baralla aytay,
Men baxtliman axir sen bilan.
Chiroyligim, ko’zlari qoram,
Baxtlimisan o’zi men bilan?
01:04.22.07.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
DO’STLARIM
Qizlarni ko’nglini olib yursa bas,
Oqibatni chetga surgan do’stlarim.
Avvalgidek endi ular oddiymas,
Pul topib o’zgarib ketgan do’stlarim.
Davri kelib mag’rur yurar osmonda,
Omadni qo’lidan tutgan do’stlarim.
Kibrga berilib mensimay qo’ygan,
Pul topib o’zgarib ketgan do’stlarim.
Hech vaqosiz qolay, yo’qlamang mayli,
To’ldirmang mayliga kam-u ko’stlarim.
Shunchaki, yig’ilib turaylik deyman,
Pul topib o’zgarib ketgan do’stlarim.
Qarz so’rab siz tomon bormayman, qo’rqmang,
Xudo berib qolar yurib ishlarim.
Chin do’stning qadrini bilarsiz bir kun,
Pul topib o’zgarib ketgan do’stlarim.
Hammaning davri bor, hammaning payti,
Og’irlik qilmasin Qodirning bayti,
Bir umr boy bo’lib yashasin, mayli,
Pul topib o’zgarib ketgan do’stlarim.
01:04.27.06.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
SINGLIM
Ko’cha-ko'yda iboli bo’lib,
Hammamizni o’ylab yur, singlim.
O’z vaqtida nomozing o’qib,
Ro'molingni o’rab yur, singlim.
Orzu-havas o’tkinchi, bilgin,
Sevmagin lek sevilib yurgin,
Kam bo’lmaysan, aytganim qilgin,
Ro'molingni o’rab yur, singlim.
Duo olib doim otamdan,
Baxtimga sen yayrab yur, singlim.
O’rnak olib faqat onamdan,
Ro'molingni o’rab yur, singlim.
Singlim bor deb yayrab yuraman,
Seni juda yaxshi ko’raman,
Nima desang, olib beraman,
Ro'molingni o’rab yur, singlim.
Qancha orzu qilsang yetasan,
Iymonli qiz bo’lib yur, singlim.
Ishon juda baxtli bo’lasan,
Ro'molingni o’rab yur, singlim.
02:04.26.06.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
🔥Premyera boshlandi kirib ko’rib layk bosib o’z fikirlaringni qoldirasila degan umiddaman 🥰👇👇
https://youtu.be/6LieQlrXiwU?si=zi0SE_0dDU9-qi-0
#Nevomusic Premyera klip🔥
🔝Klipda mani topilar🥰
🎵 Muslimbek Omonov - Bevafolar kerakmas
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
🔥Premyera boshlandi kirib ko’rib layk bosib o’z fikirlaringni qoldirasila degan umiddaman 🥰👇👇
https://youtu.be/9_ImiXSoiJI?si=Wx_Xre7Sed6qfydQ
🎙Kanal uchun tabrik👆
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu 🤍
✨Qurbon hayitingiz muborak bo’lsin😊
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
DADA..
Dunyoda g’amim yo’q, yo’qdir armonim,
Yonimda bo’lsangiz - shu toj-u taxtim.
Allohga shukrona aytaman doim,
Dada, borligingiz eng katta baxtim.
Yiqilsam yonimda tirgak bo’ldingiz,
Boshingni tik ko’tar, bolam, dedingiz,
Keragidan ortiq mehr berdingiz,
Dada, borligingiz eng katta baxtim.
Sizdan qarzlarimni uzganimcha yo’q,
Siz bergan mehrni berganimcha yo’q,
Hali sizga rahmat aytganimcha yo’q,
Dada, borligingiz eng katta baxtim.
Dunyo lazzatlarin chetga surgansiz,
Bolam o’qisin deb ishlab yurgansiz,
Axir bu bardoshni qaydan olgansiz,
Dada, borligingiz eng katta baxtim.
Endi duo qilib tursangiz bo’ldi,
O’ylamang, ro’zg’orni kamlari to’ldi,
Baxtimga salomat yursangiz bo’ldi,
Dada, borligingiz eng katta baxtim.
02:04.12.06.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Do’stim birga…
Aytmay desam to’lib ketyapman,
Yo’q demasang, bir ko’rishaylik.
Niyat qildim ko’zda yosh bilan,
Do’stim, birga hajga boraylik.
Bilganimni senga o’rgatay,
Bilganlaring jim turib tinglay,
Namozimiz hech kanda qilmay,
Do’stim, birga hajga boraylik.
Gunohlarim ko’pligi rostdur,
Savoblarim juda ham ozdur,
O’sha joyda halovat bordur,
Do’stim, birga hajga boraylik.
Kayf-u safo bizga kerakmas,
Mol-dunyoga qilmaylik havas,
Antaliya, Dubayga emas,
Do’stim, birga hajga boraylik.
Qalbimizni iymonga burib,
Qo’lingni och, duo qilaylik.
Nasib bo’lsa shu yildan qolmay,
Do’stim, birga hajga boraylik.
02:04.06.06.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Endi ko’rishmaymiz….
Onam kelin topdi - yoqdi o’sha qiz,
Ayro tushdi endi yo’lim siz bilan.
Yig’lasangiz yig’lang, endi farqi yo’q,
Endi ko’rishmaymiz, gulim, siz bilan.
Sovchilarim borsa, nozlar qilgansiz,
Osmondagi bitta oyman degansiz,
Kechib ketolmaydi deb o’ylagansiz,
Endi ko’rishmaymiz, gulim, siz bilan.
Ko’zlaringiz nega yoshga to’lyapti?
Menga baxtlar tilang yorug’ yuz bilan.
To’yimga borarsiz, aytgani keldim,
Endi ko’rishmaymiz, gulim, siz bilan.
Ortingizdan yurib rosa tolgandim,
Qadrim bilmadingiz, yaxshi ko’rgandim,
Bag’ritoshlikni ham sizdan o’rgandim,
Endi ko’rishmaymiz, gulim, siz bilan.
Xafa qilgan bo’lsam, uzr so’rayman,
Baxtimiz kulmadi sizday qiz bilan.
Ishqingizda kuygan Qodir yo’q endi,
Endi ko’rishmaymiz, gulim, siz bilan.
03:04.05.06.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg